TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA PEDAGOGLARNING KASBIY MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISHDA NAZARIY-AMALIY YONDASHUVLAR
Abstract
Malaka oshirish va qayta tayorlash tizimida pedagogik kasbiy kompetentligni rivojlantirish xususiyatlari yoritilgan. Tibbiy pedagogning kasbiy mahoratiniligi va uni innovatsion faoliyatda namoyon bo‘lishi. Kasbiy-pedagogik tayyorgarlik jarayonida tayanch, maxsus kompetensiyalar mazmuni berilgan bo’lib, tibbiy pedagogik kompetentlik, integrativ, innovatsion-kreativ yondashuvlar hamda tibbiy ta’lim jarayonida pedagogning kasbiy mahoratini ijodkorligini rivojlantirish omillari yoritilgan.
Full text
newjournal.org zenodo.org 1 TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA PEDAGOGLARNING KASBIY MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISHDA NAZARIY-AMALIY YONDASHUVLAR Xudaybergenova D.X. Annotatsiya. Malaka oshirish va qayta tayorlash tizimida pedagogik kasbiy kompetentligni rivojlantirish xususiyatlari yoritilgan. Tibbiy pedagogning kasbiy mahoratiniligi va uni innovatsion faoliyatda namoyon bo‘lishi. Kasbiy-pedagogik tayyorgarlik jarayonida tayanch, maxsus kompetensiyalar mazmuni berilgan bo’lib, tibbiy pedagogik kompetentlik, integrativ, innovatsion-kreativ yondashuvlar hamda tibbiy ta’lim jarayonida pedagogning kasbiy mahoratini ijodkorligini rivojlantirish omillari yoritilgan. Tayanch tushunchalar: kompetentlik, mahorat, o‘qituvchi shaxsi, boshqaruv mahorati, pedagogik ijodkorlik, tibbiykasbiy kompetentlik. O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrda tasdiqlangan “Ta’lim to‘g‘risida” gi yangi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralda “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son, 2019 yil 8 oktyabrda “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonlari, 2020 yil 27 fevralda “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4623-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentyabrda “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 797-sonli Qarorlari ijrosini ta’minlashda tibbiy oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasb mahorati hamda innovatsion kompetentligini rivojlantirish, sohaga oid ilg‘or xorijiy tajribalar, yangi bilim va malakalarni o‘zlashtirish, shuningdek amaliyotga joriy etish ko‘nikmalarini takomillashtirishni maqsad qiladi. Tibbiy oliy ta’lim sohasi
newjournal.org zenodo.org 2 bo‘yicha pedagog kadrlarni tayyorlash mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari asosida rivojlantirilgan bo‘lib, pedagogik mahoratni o‘qituvchi shaxsida nomoyon etish lozim. Malaka oshirish va qayta tayorlash tizimida tibbiy pedagogning kasbiy kompetentligi va kreativligini takomillashtirishfda, uni innovatsion faoliyatda namoyon bo‘lishini, kasbiy tibbiy pedagogik tayyorgarlik jarayonida amalga oshiriladi. Tibbiy pedagogik kompetentlik, integrativ, innovatsion kreativ yondashuvlar asosida tibbiy pedagogning kasbiy mahoratini ijodkorligini rivojlantirish omili bo’lib xizmat qiladi. O‘quv mashg‘ulotlarining zamonaviy turlarini (keys-stadi, aralash ta’lim, virtual laboratoriya, debat) tashkil etish va o‘tkazish metodikasi asosan tinglovchilarda tanqidiy, o‘zini-o‘zi (motivatsion, intellektual, amaliy-faoliyatli, faol kommunikatsiya va jamoaviy ish) rivojlantirish va kreativ fikrlashni rivojlantirish usullari tibbiy ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish va modernizatsiyalash mahsulidir. O‘zbekiston Respublikasini yanada qaror toptirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “jismonan sog‘lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega, yoshlarni tarbiyalash, ularning faolligini oshirish1” kabi yo‘nalishlar belgilangan bo‘lib, o‘z navbatida, mazkur jarayonni tadqiqiy va tahliliy yo‘nalishga ega bo‘lgan tibbiy ta’lim tizim sifatida ko‘rib chiqish zaruratini izohlaydi. O‘qituvchining kasbiy pedagogik kompetentligi va kasb mahorati uning qobiliyati mezonlari hamda kasbiy fazilatlari (chuqur bilimga egaligi va pedagogik faoliyatida unga asoslanganligi), tibbiy ta’lim jarayonini rivojlantirish, o‘zgaruvchan sharoitlarda ta’lim muassasasiga moslashuvi, innovatsion faoliyat, tibbiy ta’lim jarayonining samarali kechishiga jiddiy ta’sir etuvchi omillardan biridir. Tinglovchilar pedagogik kompetentlik tushunchasini tavsiflashda qobiliyatlarning qay darajada namoyon bo‘lishi va imkoniyatlarining qanday ochilishiga tinglovchilar va o‘qituvchi-pedagog o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik shakllari, umuman olganda o‘qituvchining kasbiy etukligiga bog‘liq jarayonlarni amalga oshirishi muhim ahamiyatga ega. Malaka oshirish va qayta tayorlash tizimida pedagogik kompetentsiya – biror kasb bilan doimiy shug‘ullanadigan inson o‘z 1Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-сон Фармони. Ўзбекистон Республикасиқонун ҳужжатлари тўплами. 2017 йил, 6-сон, 70-модда.
newjournal.org zenodo.org 3 kasbini mohirlik bilan bajarilishi pedagogik kompetentlik va kasbiy jihatdan sog’lom turmush tarzini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik-psixologik tadqiqotlarda “kompetentlik” tushunchasi “pedagogning tibbiy-kasbiy mahorati” sifatida o‘rganiladi. Uning tarkibiga pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida rivojlangan muhim kasbiy sifatlar hamda shaxsiy kasbiy salohiyatni tashkil etgan tibbiy pedagogik kompetentsiya, intellektual, motivatsion, kommunikativlik, kreativlik-ijodiy, perseptiv hamda shaxs emotsional-irodaviy (irodaviy ta’sir o‘tkazish va mantiqiy ishontira olish) kabi kompetentsiyaviy majmualar kompleksi kiradi. Malaka oshirish va qayta tayorlash tizimida pedagogik kompetentlik darajasi bir necha omillar bilan bevosita bog‘liq. Birinchidan, tibbiy pedagogik faoliyati jarayonida individual xususiyatlarning mavjudligi, ularni tuzatish va takomillashtirish, ikkinchidan, tibbiy pedagogning ijtimoiy-madaniy muhitga singishi, tibbiy ta’lim-tarbiya jarayonida ijtimiy-madaniy me’yorlari va kasbiy kompetentligini namoyon etishi. O‘qituvchining pedagogik mahorati va o‘z kasbiga “kompetentligi”, o‘qituvchilik faoliyatining samaradorligi, ma’lum ko‘rsatkichlarga, masalan, tibbiy pedagogning bilim darajasi va tibbiy pedagogik salohiyati, zamonaviy o‘qitish texnologiyasini qay darajada o‘zlashtirib olganligidir. Kasbiy tibbiy pedagogik mahorat, malaka oshirish va qayta tayorlash tizimida tibbiy ta’lim berish va tarbiyalash hamda shaxsni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni qanchalik hal eta olish pedagogik kompetentsiya bilan belgilanadi. O‘qituvchining kasbiy pedagogik mahorati va o‘z kasbiy faoliyatini yuqori saviyada tashkil qila olishni ta’minlovchi, o‘qituvchi-pedagog shaxs xususiyatlarini yig‘indisidir. SHunday muhim xususiyatlarga o‘qituvchi faoliyatining insonparvarlikka yo‘naltirilganligi, uning kasbiy bilimlari, pedagogik qobiliyatlari va pedagogik texnikasi, verbal noverbal ta’sirlar kiradi. Bu pedagogik kompetentsiya tizimidagi o‘zini tashqi ta’sirlarsiz rivojlantira olish xususiyatiga ega o‘zaro bog‘liq jihatlardir. SHundan kelib chiqib ta’kidlash mumkinki, o‘qituvchining kasbiy kompetentligi o‘qituvchi faoliyati va shaxsiga qo‘yilgan me’yoriy talablar bilan belgilangan umumiy yoki tipik xususiyatlar o‘qituvchi sub’ekt sifatida pedagogik faoliyat va muloqotda namoyon bo‘luvchi individual-psixologik va tipologik xususiyatlarini belgilash mumkin. Kompetentsiya yuksak mahorat, qobiliyatlar majmui, tibbiy pedagogik mahoratning
newjournal.org zenodo.org 4 ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Malaka oshirish tizimida pedagogic kompetentsiya– bu tinglovchilar bilan hamkorlik va do‘stona munosabatlar jarayonida namoyon bo‘ladigan “ta’lim va tarbiya berish san’ati, pedagogik mahorat, pedagogik texnika va erkin ijod”dir. Pedagogik texnikaning asosiy komponentlarini bilish, uning usullarini egallash va ularni o‘z faoliyatida qo‘llay olishni talab etadi. Pedagogik kompetentsiya – o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan yuksak darajada madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan, pedagogik –psixologik sohalarni yaxshi tahlil eta oladigan, o‘qitish metodikasini mukammal egallagan tibbiy pedagogik fazilatlari, o‘qituvchilik kasbining sirlarini chuqur egallaganligi, insoniylik va iste’dodi hamda intellektual salohiyati va shu kabilar asosida undagi kasbiy bilim va tushuncha, ko‘nikma va malakalarning mukammal rivojlangan kasbiy faoliyatidir. Malaka oshirish tizimida pedagogik kompetentsiya didaktik faoliyatida ijodiy qo‘llagan holda o‘quv ishining hamma qirralarida eng yuqori darajada erishilgan yutuqlardir. Pedagogik kompetentsiya– bu o‘qituvchi-pedagogning shunday shaxsiy va kasbiy fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u o‘z fanini chuqur va atroflicha bilishida, pedagogik-psixologik va metodik tayyorgarligida tinglovchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishniig maqbul yo‘llarini izlab topib amaliy faoliyatida namoyon bo‘ladi. Yuksak kasbiy pedagogik mahorat egasi, ya’ni kasbiy pedagogik ijodkorlik. Tibbiy oliy ta’lim muasasasi tibbiy ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish bevosita tibbiy ta’lim jarayonini amalga oshiruvchi professoro‘qituvchilarga alohida talablar qo‘yadi. Malaka oshirish tizimida amaliy faoliyatga ijodkorona tatbiq etishning asosiy tayanch nuqtalari hisoblangan, o‘z-o‘zini takomillashtirish texnologiyasining konseptual asoslarini, asosiy qoidalarining mohiyatini o‘zlashtirgan kasbiy pedagogik tinglovchilarga tibbiy ta’lim va tarbiya berishda innovatsion g‘oyalarning etakchisi bo‘la olishi mumkin. Bu esa quyidagilarni taqozo etadi: u tinglovchini tinglay olishi, vaziyatdan munosib ravishda chiqa olish, kasbiy tibbiy pedagog yangi g‘oyalarni hamisha qo‘llab-quvvatlaydi, g‘oya va fikrlarini bemalol, erkin ifodalash mumkin bo‘lgan muhitni yarata oladi. Demak, ijodkor, kasbiy tibbiypedagog o‘z kasbining etuk ustasi – ustoz pedagog, ma’lum pedagogik mahoratga ega shaxs hisoblanadi. Malaka oshirish tizimida pedagog barcha vaziyatlarda ham o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishi uchun
newjournal.org zenodo.org 5 doimiy ravishda o‘z bilim va kompetentligini oshirib, zamonaviy pedagogik va ilg‘or tibbiy pedagogik tajribalarni, metod va usullarni muntazam o‘rganib, kasbiypedagogik ijodkorligini rivojlantirib tinglovchilarga taqdim etib boradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli Qonuni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralь “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli Farmoni. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 aprelь "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrь “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5544-sonli Farmoni. 5.Inoyatov U.I. va boshq. Pedagogika: nopedagogik oliy ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan darslik.-T.: TDPU – 2013. – 256 b. 6.Ishmuhamedov R.J., M.Mirsolieva. O‘quv jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalari. – T.: «Fan va texnologiya», 2014. 60 b. 7.Muslimov N.A va boshqalar. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. O‘quv-metodik qo‘llanma. – T.: “Sano-standart”, 2015. – 208 b. 8.Muslimov N.A va boshqalar. Pedagogik kompetentlik va kreativ asoslari. O‘quvmetodik qo‘llanma. – T.: “Sano-standart”, 2015. – 120 b. Internet saytlar 9.http://edu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi