scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RAQAMLI TA'LIM SHAROITIDA VATANPARVARLIK TARBIYASINI RIVOJLANTIRISH: AN'ANAVIY VA VIRTUAL EKSKURSIYALAR SINTEZI

Nazarov Odil Omanqulovich –p.f.f.d .(PhD). Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM. [email protected] Abdilova Maxliyo Mardon qizi Iqtisodiyot va pedagogika universiteti 2-bosqich magistranti

Abstract

Mazkur maqolada raqamli ta’lim sharoitida o‘quvchilarda vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirish masalalari ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Unda an’anaviy ekskursiya faoliyatining pedagogik imkoniyatlari va virtual ekskursiyalar texnologiyasining ta’lim-tarbiyaviy afzalliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’lim jarayonida raqamli vositalardan foydalanish orqali milliy qadriyatlar, tarixiy meros va vatan tuyg‘usini o‘quvchilarga yetkazishning samarali usullari ishlab chiqiladi. Tadqiqotda raqamli pedagogika, interfaol ta’lim texnologiyalari hamda madaniy-ma’naviy tarbiya o‘rtasidagi integrativ yondashuvlar asosida vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy taklif va metodik tavsiyalar keltiriladi.

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 RAQAMLI TA’LIM SHAROITIDA VATANPARVARLIK TARBIYASINI RIVOJLANTIRISH: AN’ANAVIY VA VIRTUAL EKSKURSIYALAR SINTEZI Nazarov Odil Omanqulovich –p.f.f.d .(PhD). Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM. [email protected] Abdilova Maxliyo Mardon qizi Iqtisodiyot va pedagogika universiteti 2-bosqich magistranti Anotatsiya Mazkur maqolada raqamli ta’lim sharoitida o‘quvchilarda vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirish masalalari ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Unda an’anaviy ekskursiya faoliyatining pedagogik imkoniyatlari va virtual ekskursiyalar texnologiyasining ta’lim-tarbiyaviy afzalliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’lim jarayonida raqamli vositalardan foydalanish orqali milliy qadriyatlar, tarixiy meros va vatan tuyg‘usini o‘quvchilarga yetkazishning samarali usullari ishlab chiqiladi. Tadqiqotda raqamli pedagogika, interfaol ta’lim texnologiyalari hamda madaniyma’naviy tarbiya o‘rtasidagi integrativ yondashuvlar asosida vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy taklif va metodik tavsiyalar keltiriladi. Аннотация В данной статье рассматриваются теоретические и методические основы формирования патриотического воспитания учащихся в условиях цифрового образования. Анализируются педагогические возможности традиционных экскурсий и образовательный потенциал виртуальных туров. Освещаются эффективные способы передачи учащимся национальных ценностей и исторического наследия с использованием цифровых технологий. На основе newjournal.org zenodo.org 2 интеграции цифровой педагогики, интерактивных технологий и духовнонравственного воспитания разработаны научные рекомендации и методические подходы по развитию патриотического сознания учащихся. Anotation This article explores the theoretical and methodological foundations of fostering patriotism among students within the framework of digital education. It analyzes the pedagogical potential of traditional excursions and the educational advantages of virtual tours. The study emphasizes effective strategies for transmitting national values and historical heritage to learners through digital means. Based on the integration of digital pedagogy, interactive learning technologies, and moral-spiritual education, the paper presents scientific recommendations and methodological approaches aimed at enhancing students’ patriotic awareness. Kalit so‘zlari: Raqamli ta’lim, vatanparvarlik tarbiyasi, an’anaviy ekskursiya, virtual sayohat, milliy qadriyat, innovatsion yondashuv, raqamli pedagogika, ta’lim texnologiyasi.. KIRISH. Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari inson hayotining barcha jabhalariga, jumladan, ta’lim tizimiga ham chuqur kirib bormoqda. Raqamli texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya vositalarining jadal rivojlanishi o‘quvtarbiyaviy jarayonni yangicha formatda tashkil etish, o‘quvchilarning tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy olamini zamon talablari asosida shakllantirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Shu nuqtayi nazardan, raqamli ta’lim sharoitida o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, an’anaviy va virtual ekskursiyalar sintezi orqali ularning milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotira va ma’naviy qadriyatlarni e’zozlash ko‘nikmalarini rivojlantirish zamonaviy pedagogikaning dolzarb vazifasiga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yangi O‘zbekiston – yangi taraqqiyot bosqichida” g‘oyasi, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, “Ma’naviyatni yuksaltirish – insonni yuksaltirish newjournal.org zenodo.org 3 demakdir” tamoyili bugungi pedagogik faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini belgilab bermoqda. Xususan, 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-sonli Farmon hamda 2020-yil 5-oktabrdagi PQ–6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Qaror ta’lim jarayonini raqamlashtirish, o‘quvchilarning axborot savodxonligi, raqamli madaniyati va ma’naviy-axloqiy kamolotini uyg‘un rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Shu bilan birga, 2017–2021yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (2020-yil 23-sentabr) hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan tamoyillar yosh avlodni milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga sadoqat ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan. Raqamli ta’lim tizimining joriy etilishi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik shakllarini, ta’lim mazmuni va metodlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bu jarayonda vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etish, o‘quvchilarning tarixiy-madaniy meros bilan tanishuvida an’anaviy ekskursiyalar bilan bir qatorda virtual sayohatlardan samarali foydalanish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Virtual ekskursiyalar orqali o‘quvchilar O‘zbekistonning tarixiy obidalarini, buyuk ajdodlar hayoti va faoliyatini, milliy san’at va madaniyat namunalarini interaktiv tarzda o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu esa ularning tafakkurini kengaytiradi, milliy qadriyatlarga nisbatan mehr va hurmat tuyg‘ularini mustahkamlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-martdagi “Ma’naviyat va ma’rifat tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni mazkur yo‘nalishdagi davlat siyosatining asosiy tamoyillarini belgilab berdi. Unda yoshlarning ma’naviy immunitetini oshirish, milliy g‘oya va vatanparvarlik ruhini singdirish, tarixiy merosni raqamli shaklda saqlash va targ‘ib qilishning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish masalalari alohida e’tiborga olingan. Bu esa ta’lim muassasalarida innovatsion pedagogik yondashuvlar, xususan, raqamli ekskursiya, 3D muzeylar, onlayn madaniyat markazlari va interaktiv dars modellaridan foydalanish zaruratini kuchaytirdi. newjournal.org zenodo.org 4 Shu bilan birga, “O‘zbekiston Respublikasi Milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi”da ham yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va fidoyilikni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. Mazkur konsepsiyada yoshlarning tafakkurini axborot xurujlaridan himoya qilish, ularni global axborot oqimida milliy qadriyatlarga sodiq, tanqidiy fikrlaydigan, raqamli muhitda faol ijtimoiy pozitsiyaga ega shaxs sifatida shakllantirish zarurligi ta’kidlanadi. Bugungi kunda o‘quvchilarda Vatanga sadoqatni shakllantirish, ularning tarixiy-madaniy identitetini mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy fazilatlarini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning roli beqiyos. Bu jarayonda an’anaviy ekskursiyalar – jonli muloqot, estetik idrok va amaliy tajriba maktabi bo‘lsa, virtual ekskursiyalar – interaktivlik, immersiv muhit va keng ko‘lamli bilim maydoni yaratadi. Shu sababli, mazkur tadqiqotning ilmiy yangiligi — aynan shu ikki shaklning pedagogik sintezi orqali o‘quvchilarda vatanparvarlik kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan metodik model ishlab chiqish bilan belgilanadi. Mazkur mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, raqamli ta’limning jadal rivojlanishi sharoitida o‘quvchilarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, ularni o‘z yurtining boy madaniy merosi bilan tanishtirish, raqamli resurslardan ongli va vatanparvarlik ruhida foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish nafaqat ta’lim jarayonining, balki milliy g‘oyaning ham ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda. Shu maqsadda, davlat siyosati darajasida yoshlarning raqamli kompetensiyasini vatanparvarlik ruhida rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Raqamli ta’lim vositalari yordamida o‘quvchilarda Vatanga muhabbatni shakllantirish, ularni milliy qadriyatlar bilan uyg‘un holda tarbiyalash, an’anaviy va virtual ekskursiyalar sintezi orqali ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirish bugungi O‘zbekiston ta’lim tizimining eng muhim ilmiy-pedagogik vazifalaridan biri hisoblanadi. Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida ta’lim tizimining asosiy maqsadi nafaqat o‘quvchilarga nazariy bilim berish, balki ularning qalbida milliy g‘urur, yurtga sadoqat, fuqarolik burchini his etish, vatanparvarlik ruhini shakllantirishdan iboratdir. Shu nuqtai nazardan, zamonaviy ta’limda raqamli texnologiyalar, masofaviy o‘qitish vositalari, 3D-modellash, virtual ekskursiyalar, newjournal.org zenodo.org 5 interaktiv platformalar, hamda multimedia resurslari ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish to‘g‘risidagi PQ–6079sonli qarorida ham ta’lim jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, o‘qituvchi va o‘quvchilarni raqamli madaniyatga tayyorlash eng muhim vazifa sifatida belgilab berilgan. Shu bilan birga, ushbu jarayonlarda milliy qadriyatlar, tarixiy meros va vatanparvarlik g‘oyalarining zamonaviy talqinini shakllantirish dolzarb masalaga aylanmoqda. Vatanparvarlik tarbiyasi asrlar davomida xalqimizning ma’naviy hayotida markaziy o‘rin tutgan. Bu jarayonni jadidlar merosida, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Mahmudxo‘ja Behbudiy kabi ma’rifatparvarlarning asarlarida ham ko‘rish mumkin. Ular yosh avlodni vatanni sevish, uni obod qilish, xalq manfaatini himoya qilish ruhida tarbiyalashni eng muhim insoniy fazilat sifatida e’tirof etganlar. Bugungi raqamli ta’lim tizimi ana shu tarixiy an’analarni zamonaviy axborot-kommunikatsion vositalar bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Chunonchi, virtual ekskursiyalar orqali o‘quvchilar tarixiy obidalar, muzeylar, tabiat maskanlari va madaniy yodgorliklar bilan masofadan turib tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa ularning tarixiy tafakkurini boyitadi, milliy g‘ururni oshiradi, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlaydi. An’anaviy ekskursiyalar esa hali-hanuz o‘zining tarbiyaviy samaradorligini saqlab qolgan. O‘quvchilarni Amir Temur haykali, Mustaqillik maydoni, “Shahidlar xotirasi” majmuasi, Ichan-qal’a yoki Registon ansambli kabi joylarga olib borish orqali ularning yuragida tarixga hurmat, ajdodlarga sadoqat, o‘zligini anglash tuyg‘usi kuchayadi. Shunday bo‘lsa-da, zamonaviy sharoitda bu jarayonlar raqamli texnologiyalar bilan qo‘llab-quvvatlanishi, ya’ni an’anaviy va virtual ekskursiyalar sintezi asosida amalga oshirilishi ta’lim samaradorligini yanada oshiradi. Bunday yondashuv yoshlarning raqamli tafakkurini, tahliliy fikrlashini, vizual idrokini rivojlantiradi. Raqamli ekskursiyalar (virtual sayohatlar) nafaqat axborot berish, balki o‘quvchini faol ishtirokchiga aylantirish imkoniyatini yaratadi. Masalan, 3D formatdagi “O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklari” onlayn platformasi, “Google Earth” asosidagi “Virtual Museum” loyihalari, “Ziyonet” tarmog‘ida joylashgan milliy madaniy obidalar haqidagi interaktiv resurslar o‘quvchilarda vizual idrok, emotsional taassurot va bilishga newjournal.org zenodo.org 6 qiziqishni kuchaytiradi. Shu bilan birga, o‘qituvchi bu jarayonni maqsadli pedagogik texnologiyalar – muammoli ta’lim, loyihaviy faoliyat, refleksiya va tahliliy tahlil usullari orqali yo‘naltirib boradi. Bu esa raqamli vositalarning faqat texnik emas, balki ma’naviy-ma’rifiy mazmun bilan to‘ldirilishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” farmonida ham yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni milliy g‘oya va qadriyatlar asosida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etilgan. Shu boisdan, vatanparvarlik tarbiyasini raqamli ta’lim sharoitida amalga oshirish o‘qituvchilardan yangi metodik yondashuv, kreativ tafakkur va innovatsion vositalarni qo‘llashni talab qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar uchun vatanparvarlik g‘oyalarini o‘rgatishda faqat og‘zaki ma’ruzalar yoki darslikdagi matnlar yetarli emas. Ular vizual, emotsional, interaktiv jarayonlarda faol ishtirok etgan taqdirdagina, milliy qadriyatlarni chuqur anglaydilar. Shu sababli, “virtual ekskursiyalar” orqali o‘quvchilar O‘zbekistonning har bir viloyatidagi tarixiy joylar bilan tanishib, o‘z hududining madaniy merosiga qiziqish bildiradilar. Bu esa ularning shaxsiy identifikatsiyasini mustahkamlaydi, milliy birlikni anglashga yordam beradi. Virtual sayohatlar, ayniqsa, chekka hududlardagi yoki nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun teng imkoniyat yaratadi. Bu holat O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (2020-yil 23-sentabr, O‘RQ–637-son) da belgilangan ta’limda tenglik tamoyillariga ham mos keladi. Shu jihatdan qaraganda, an’anaviy va virtual ekskursiyalar sintezi nafaqat ta’limning sifatini oshiradi, balki inklyuzivlikni ta’minlaydi, har bir o‘quvchiga milliy merosni his etish imkonini beradi. Yana bir muhim jihat shundaki, raqamli ta’lim orqali tashkil etilgan vatanparvarlik tarbiyasi o‘quvchilarda axborot madaniyatini, tahliliy fikrlashni, global va milliy qadriyatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunish qobiliyatini ham rivojlantiradi. Chunki bugungi yoshlar raqamli muhitda yashaydi, ularning psixologik xususiyatlari, e’tibor va motivatsiyasi raqamli interaktivlik orqali shakllanadi. Shu sababli, pedagoglar o‘quvchilarning diqqat markazini ushlab turish uchun ekskursiyalarni video, 3Dmodellar, interaktiv testlar, vizual effektlar bilan boyitishlari zarur. Raqamli newjournal.org zenodo.org 7 transformatsiya jarayoni ta’lim tizimiga kirib kelgan davrda o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish masalasi yangi metodologik yondashuvlarni talab etmoqda. An’anaviy ekskursiyalar tarixiy joylarga, madaniy obidalarga yoki me’moriy yodgorliklarga tashrif buyurish orqali o‘quvchilarda milliy g‘urur, tarixiy xotira va ajdodlar merosiga hurmat hissini kuchaytirgan bo‘lsa, virtual ekskursiyalar bu jarayonni kengaytirish va ommalashtirish imkoniyatini yaratmoqda. Ayniqsa, 2020yildan keyingi davrda raqamli texnologiyalarning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, masofaviy o‘qitish tajribasi kengaygani sababli, tarbiya jarayonida ham interaktiv, multimediya va vizual vositalardan foydalanish samaradorligi ortdi. O‘zbekiston Respublikasining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, shu jumladan, raqamli kontent va virtual ta’lim muhitini yaratish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Shu kontekstda, raqamli ekskursiyalar – bu o‘quvchilarga mamlakatimizning har bir hududi, tarixiy shaharlar, me’moriy obidalar, mustaqillik yodgorliklari bilan masofadan turib tanishish imkonini beruvchi innovatsion vositadir. Masalan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz kabi tarixiy markazlarga 3D texnologiyalarda yaratilgan virtual sayohatlar o‘quvchilarda ajdodlar merosiga nisbatan milliy iftixor va vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Pedagogik nuqtayi nazardan qaraganda, virtual ekskursiyalar o‘quvchilarning kognitiv faolligini oshiradi, ularni mustaqil o‘rganishga, ma’lumotlarni tahlil qilishga, tarixiy dalillarni solishtirishga undaydi. Bu jarayonda o‘qituvchining roli ham o‘zgaradi: u endi ma’lumot yetkazuvchi emas, balki yo‘naltiruvchi, fasilitator, raqamli gid sifatida faoliyat yuritadi. Shu jihatdan, raqamli pedagogikaning zamonaviy talablari – o‘quvchilarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash bilan bir qatorda ularning media madaniyatini, axborot tanqidiyligini va global dunyoqarashini ham shakllantirishni nazarda tutadi. An’anaviy ekskursiyalar bilan solishtirganda, virtual ekskursiyalar o‘quv jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi, geografik yoki moddiy cheklovlarni bartaraf etadi, shu bilan birga, vatanparvarlik tarbiyasida individual yondashuv imkoniyatini ham yaratadi. Masalan, o‘quvchi o‘z hududidagi tarixiy obidalarni, tabiat go‘shalarini yoki milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi joylarni onlayn newjournal.org zenodo.org 8 tarzda o‘rganib, ularni boshqa viloyatlar yoki davlatlardagi ob’ektlar bilan taqqoslay oladi. Bu esa “o‘zini millatning bir qismi sifatida anglash” mexanizmini kuchaytiradi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi “Vatanparvarlik tarbiyasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida yoshlarning tarixiy xotira, madaniy meros va mustaqillik g‘oyalariga asoslangan tarbiyasini raqamli vositalar orqali rivojlantirishga alohida urg‘u berilgan. Bu hujjat asosida ta’lim muassasalarida “Virtual muzey”, “Vatan sari sayohat” kabi loyihalarni amalga oshirish tavsiya etilgan. Ushbu tashabbuslar an’anaviy ekskursiyalar va virtual tajribalarning sintezini ta’minlash orqali o‘quvchilarning vatanparvarlik kompetensiyasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Psixologik-pedagogik nuqtayi nazardan, vatanparvarlik tuyg‘usi emotsional-idrokiy jarayonlarga tayanadi. Shu bois, virtual ekskursiyalarni ishlab chiqishda nafaqat vizual effektlar, balki interaktiv topshiriqlar, milliy musiqalar, tarixiy nutqlar, ovozli izohlar, 360° video lavhalar kabi hissiy jihatdan ta’sirli komponentlardan foydalanish muhim. Bunday yondashuv o‘quvchilarda “virtual ishtirok” holatini yaratadi va ularni o‘z yurtining madaniy merosiga bevosita daxldor shaxs sifatida his etishga undaydi. Bugungi kunda bir qator ta’lim muassasalari — xususan, Prezident maktablari, ijod maktablari va AKTga ixtisoslashgan litseylar — raqamli vatanparvarlik loyihalarini joriy etib, o‘quvchilarning milliy identitetini mustahkamlashda ilg‘or tajribalarni qo‘llamoqda. Ularning amaliy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, raqamli ekskursiyalar orqali o‘quvchilar o‘z shaharining yoki viloyatining tarixiy joylarini virtual tarzda o‘rganar ekan, shu jarayonda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasi ham shakllanadi. Bu esa “raqamli vatanparvarlik” tushunchasining mazmunini yanada kengaytiradi. Bundan tashqari, raqamli ekskursiyalar o‘quvchilarda jamoaviylik, hamkorlik, muloqot va muhokama madaniyatini rivojlantiradi. Chunki bunday faoliyat jarayonida o‘quvchilar guruhli tarzda ishlaydi, virtual muhitda fikr almashadi, o‘zining fikrini asoslashga o‘rganadi. Natijada vatanparvarlik faqat hissiy-emotsional holat sifatida emas, balki ijtimoiy ong, mas’uliyat va fuqarolik pozitsiyasi sifatida shakllanadi. Shu bilan birga, raqamli ta’limning tarbiyaviy samaradorligini oshirish uchun metodik ta’minot, pedagogik kadrlarning raqamli savodxonligi va texnik newjournal.org zenodo.org 9 infratuzilmaning rivoji zarur. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28yanvardagi “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ– 4963-son qarorida pedagogik kadrlar uchun raqamli ta’lim texnologiyalari bo‘yicha malaka oshirish dasturlarini kengaytirish vazifasi belgilangan bo‘lib, bu jarayon vatanparvarlik tarbiyasida innovatsion metodlarni qo‘llashga ham asos bo‘ladi. Shunday qilib, an’anaviy va virtual ekskursiyalarni integratsiyalash — bu o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda zamonaviy pedagogik modelni yaratish demakdir. Bu model nafaqat o‘tmish qadriyatlarini saqlaydi, balki ularni raqamli madaniyat bilan uyg‘unlashtiradi. Natijada, o‘quvchilar o‘z Vatanini nafaqat geografik joy sifatida, balki ma’naviy, madaniy va texnologik birlik sifatida anglay boshlaydilar. XULOSA Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, raqamli ta’lim sharoitida vatanparvarlik tarbiyasini rivojlantirishda an’anaviy va virtual ekskursiyalarni sintezlash zamonaviy pedagogikaning istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Mazkur yondashuv o‘quvchilarning tarixiy-madaniy merosni anglashini, milliy o‘zlikni chuqur his etishini va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini oshiradi. Raqamli muhitdagi interaktiv sayohatlar, virtual muzeylar, 3D tarixiy rekonstruksiyalar o‘quvchilarni faqat kuzatuvchi emas, balki faol ishtirokchi sifatida jalb etadi. Shu bilan birga, an’anaviy ekskursiyalar orqali ular jonli muloqot, estetik idrok va ijtimoiy tajriba orttiradi. Bu ikki shaklning uyg‘unligi o‘quvchilarda kompleks vatanparvarlik kompetensiyalarini shakllantiradi — ya’ni, milliy qadriyatlarni bilish, ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, zamonaviy texnologiyalar orqali ularni asrab-avaylash va targ‘ib etish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shu boisdan, zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarni raqamli madaniyat asosida tarbiyalash bilan bir qatorda, ularning tarixiy xotira va milliy g‘ururini kuchaytirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini takomillashtirish zarur. Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, “Ma’naviyatni yuksaltirish” konsepsiyasi hamda “Taraqqiyot strategiyasi – 2022–2026” hujjatlarida belgilangan maqsadlar pedagogik jarayonni