BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA TILI O'QITISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNI AMALGA OSHIRISHNING DIDAKTIK ASOSLARI
Abstract
boshlang‘ich sinflarda ona tili fanini o‘qitishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etishning didaktik asoslari yoritilgan. Kompetensiyaviy yondashuv ta’lim jarayonida o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakasini amaliy faoliyat bilan bog‘lashni, mustaqil fikrlash, muloqot, axborot va ijtimoiy kompetensiyalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Full text
VOLUME-3, ISSUE-10 79 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI O‘QITISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNI AMALGA OSHIRISHNING DIDAKTIK ASOSLARI Baxtiyorova Nastarin Baxriddinovna Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi Nastarinbaxtiyorova943281126 Annatatsiya. boshlang‘ich sinflarda ona tili fanini o‘qitishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etishning didaktik asoslari yoritilgan. Kompetensiyaviy yondashuv ta’lim jarayonida o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakasini amaliy faoliyat bilan bog‘lashni, mustaqil fikrlash, muloqot, axborot va ijtimoiy kompetensiyalarini shakllantirishni nazarda tutadi. Kalit so‘zlar: kompetensiyaviy yondashuv, ona tili ta’limi, boshlang‘ich sinflar, didaktik asoslar, metodika, kommunikativ kompetensiya, nutqiy rivojlanish, interfaol metodlar, ijodiy fikrlash, o‘quv faoliyati. Bugungi kunda ta’lim tizimida o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga, ularning mustaqil fikrlashi, muloqot qilish madaniyati va ijtimoiy faoliyatga tayyorligini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu nuqtai nazardan, kompetensiyaviy yondashuv ta’lim jarayonining zamonaviy asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Kompetensiyaviy yondashuvning mohiyati shundaki, u o‘quvchilarga faqat nazariy bilim emas, balki bu bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish malakasini ham beradi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda ona tili fanini o‘qitishda bu yondashuv o‘quvchining nutqiy, kommunikativ va ijodiy faoliyatini rivojlantirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Kompetensiyaviy yondashuvning mohiyati va ahamiyati shundaki kompetensiya – bu o‘quvchining ma’lum bir sohada egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir. Kompetensiyaviy yondashuv esa ta’lim jarayonida o‘quvchini faqat bilim oluvchi emas, balki uni mustaqil ravishda o‘zlashtiruvchi, tahlil qiluvchi va qo‘llovchi shaxs sifatida shakllantirishni nazarda tutadi. Ona tili ta’limida bu yondashuv o‘quvchilarning nutqiy faoliyatini rivojlantirishni, ijodiy va mantiqiy fikrlashn, kommunikativ kompetensiyani shakllantirishni, amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishni maqsad qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun bu jarayon nafaqat grammatikani bilish, balki o‘z fikrini to‘g‘ri, mantiqiy, ifodali va adabiy me’yorlarda bayon qila olishni o‘rganish demakdir. Didaktik asoslar va ularning mazmuni ona tili o‘qitishda kompetensiyaviy yondashuvning didaktik asoslari quyidagi tamoyillarga tayanadi.1.Faol o‘quvchi tamoyili – o‘quvchi dars jarayonining faol ishtirokchisi, bilimni tayyor holatda emas, mustaqil izlanish orqali egallaydi.2. Amaliy yo‘naltirilganlik tamoyili – har bir mashg‘ulot hayotiy vaziyat bilan bog‘lanadi. Masalan, “Do‘stlik haqida hikoya tuzish”, “Oila a’zolari haqida so‘zlashish” kabi mavzular o‘quvchining shaxsiy tajribasiga tayanadi. 3.Integratsiya tamoyili – ona tili boshqa fanlar bilan bog‘liq holda o‘qitiladi. Bu o‘quvchining dunyoqarashini kengaytiradi va so‘z boyligini oshiradi.4. Kommunikativlik tamoyili – o‘quvchilar darsda o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma tarzda erkin ifoda etadilar.5. Refleksiya tamoyili – o‘quvchi o‘z bilimini tahlil qiladi, xatolarini aniqlaydi va ularni to‘g‘rilash yo‘llarini topadi. Bu tamoyillar o‘qituvchidan an’anaviy “ma’lumot yetkazuvchi” rolidan ko‘ra, “ta’lim jarayonini boshqaruvchi” rolini talab etadi.
VOLUME-3, ISSUE-10 80 Ona tili darslarida kompetensiyalarni shakllantirish yo‘llari bu boshlang‘ich sinflarda ona tili darslari orqali quyidagi kompetensiyalar shakllantiriladi. Kommunikativ kompetensiya - og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri, ravon, madaniyatli so‘zlasha olish qobiliyati. Axborot kompetensiyasi – matndan kerakli ma’lumotni topish, tahlil qilish va xulosa chiqarish. Ijtimoiy kompetensiya – jamoada ishlash, muloqotga kirisha olish, boshqalar fikrini hurmat qilish. Shaxsiy kompetensiya – o‘z fikrini himoya qilish, o‘z ustida ishlash, o‘qishga mas’uliyat bilan yondashish. Bularni shakllantirish uchun o‘qituvchi quyidagi metodlardan foydalanadi. “Aqliy hujum”, “Munozara”, “Rol o‘ynash”, “Klaster”, “Tushunchalar tarmog‘i” kabi interfaol usullar, hayotiy mavzularda ijodiy yozma ishlar (hikoya, xat, tavsif); matn tahlili va nutqiy mashqlar orqali fikrni mantiqan ifodalashdan iborat. Kompetensiyaviy yondashuv asosida darsni tashkil etish bosqichlari ona tili darsida kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirish quyidagi bosqichlarda olib boriladi. Motivatsion bosqich - o‘quvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otish, savollar va muammoli vaziyatlar orqali darsga tayyorlash. Tahliliy bosqich – yangi bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar, suhbat, guruhli ishlarda o‘zlashtirish. Amaliy bosqich – o‘rganilgan bilimlarni real nutqiy faoliyatda qo‘llash. Refleksiya bosqichi – o‘quvchi o‘z faoliyatini baholaydi, xulosalar chiqaradi. Bu bosqichlar o‘quvchining faolligini oshiradi, bilimni ongli va mustahkam o‘zlashtirishga yordam beradi. Darsda o‘yinli va interfaol metodlardan foydalanishda boshlang‘ich ta’limda o‘yin elementlari o‘quvchining tabiiy ehtiyojiga mos keladi. Shu sababli o‘yinli metodlar kompetensiyalarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Masalan: “Topishmoq zanjiri” — so‘z boyligini kengaytiradi; “Kim tezroq gap tuzadi?” — grammatik kompetensiyani rivojlantiradi; “So‘zlardan hikoya tuz” — ijodkorlikni oshiradi. Bunday faoliyatlar o‘quvchini faol fikrlashga, nutqiy tajribasini kengaytirishga va o‘rganilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etishga undaydi. Xulosa. Kompetensiyaviy yondashuvni boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘qitish jarayoniga tatbiq etishzamonaviy ta’limning asosiy talabi hisoblanadi. U o‘quvchining bilim oluvchi emas, balki bilimni mustaqil yaratuvchi shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. Bu yondashuvning samaradorligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi. O‘quvchi mustaqil fikrlashni o‘rganadi, nutqiy va kommunikativ kompetensiyalar shakllanadi, o‘quv jarayoniga ijodiy yondashuv kuchayadi, tilni o‘rganish jarayoni hayot bilan bog‘lanadi. Kompetensiyaviy yondashuv ona tili darslarini zamonaviy, interfaol va shaxsga yo‘naltirilgan shaklda tashkil etish imkonini beradi. Natijada o‘quvchilar o‘z fikrini ravon ifodalovchi, tahlil qiluvchi, ijodkor va faol shaxs sifatida kamol topadilar. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1.Shabbazova Dilfuza Ruziqulovna.ONA TILI O‘QITISH METODIKASI. Toshkent”METODIST NASHRIYOTI”2023. 2. Qosimova. K. Boshlang‘ich sinflarda imlosi qiyin so‘zlarni o‘rgatish. -T.1964. 3. PIRLS 2011 baholash asosi. Ina V.S. Mullis, Maykl O. Martin, Enn M. Kennedi, Keti L. Trong, Marian Sainsberi. 4.Daminova Dilbar Melimurodovna METHODOLOGY FOR DEVELOPING MATHEMATICAL LITERACY SKILLS IN PRIMARY CLASS STUDENTS. NOVATEUR PUBLICATIONS JournalNXA Multidisciplinary Peer Reviewed Journal . -October -2023, 2023-yil.88-92-bet
VOLUME-3, ISSUE-10 81 5.Daminova Dilbar Melimurodovna, & Muxtorova Lobar Abdimannabovna. ISSUES OF MATHEMATICAL LITERACY DEVELOPMENT IN WORLD SCIENCE. GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) ISSN (E): 23476915 Vol. 11, Issue 03, March. (2023). -3-4-mart 2023, 2023-yil.307-311-betlar 6.Daminova Dilbar Melimurodovna, & Muxtorova Lobar Abdimannabovna PEDAGOGPEDACOGICAL OPPORTUNITIES OF FORMING MATHEMATICAL LITERACY SKILLS OF PRIMARY SCHOOL PUPILS. WEB OF SCINTIST: WEB OF SCINTER:INTERNATIONAL SCINTIFIC RESEARCH JOURNAL. -3.Mar..2023, 2023yil.971-976-bet 7.Daminova Dilbar Melimurodovna.TIMSS TADQIQOTLARIDA MATEMATIK BILIM VA KO‘NIKMALAR TIZIMINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH. Globallashuv sharoitida innovatsion texnologiyalar va oliy ta`limning dolzarb muammolari. Metodist nashriyoti” 2023-yil. 532-534-bet 8.Daminova Dilbar Melimurodovna ONA TILINI FANLARARO O`QITISHDA NUTQIY FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI. INTER EDUGATION.CLOBAL STUDY. -2024.N4(1), B:122-128-bet 9.Daminova Dilbar Melimurodovna.Ona tilini fanlararo o`qitishda nutqiy faoliyatni rivoglantirish metodikasi. Til va adabiyotlar.uz 84-86-betlar 10. Daminova Dilbar Melimurodovna, & Salimova Ruxshona Chori qizi. KICHIK YOSHDAGI O`QUVCHILAR NUTQINI O`STIRISHNING VAZIFALARI ,METODLARI VA VOSITALARI. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS.53-57-betlar.