scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FAVQULODDA VAZIYATLAR MONITORINGI

Mamadaliyev Zafarbek Abdujalil o'g'li

Abstract

Ushbu tadqiqot favqulodda vaziyatlarni monitoring qilishga qaratilgan bo‘lib, u tabiiy va texnogen ofatlarni oldini olish, xavf-xatarlarni kamaytirish va jamoat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Samarali monitoring tizimi favqulodda vaziyatlarni o‘z vaqtida aniqlash, baholash va ularga javob berishga imkon yaratadi. Tadqiqotda zamonaviy texnologiyalar, ma’lumotlarni yig‘ish usullari va davlat hamda mahalliy tashkilotlar o‘rtasidagi koordinatsiyaning ahamiyati ta’kidlangan. To‘g‘ri tashkil etilgan monitoring tizimlari qaror qabul qilish, resurslarni taqsimlash va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni oshirish orqali insoniy, iqtisodiy va ekologik zararlarni kamaytiradi.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti 1-bosqich tinglovchisi kapitan Mamadaliyev Zafarbek Abdujalil o‘g‘li FAVQULODDA VAZIYATLAR MONITORINGI Annotatsiya: Ushbu tadqiqot favqulodda vaziyatlarni monitoring qilishga qaratilgan bo‘lib, u tabiiy va texnogen ofatlarni oldini olish, xavf-xatarlarni kamaytirish va jamoat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Samarali monitoring tizimi favqulodda vaziyatlarni o‘z vaqtida aniqlash, baholash va ularga javob berishga imkon yaratadi. Tadqiqotda zamonaviy texnologiyalar, ma’lumotlarni yig‘ish usullari va davlat hamda mahalliy tashkilotlar o‘rtasidagi koordinatsiyaning ahamiyati ta’kidlangan. To‘g‘ri tashkil etilgan monitoring tizimlari qaror qabul qilish, resurslarni taqsimlash va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni oshirish orqali insoniy, iqtisodiy va ekologik zararlarni kamaytiradi. Kalit so‘zlar: Favqulodda vaziyatlar, monitoring, xavf-xatarlarni baholash, erta ogohlantirish tizimi, jamoat xavfsizligi, krizisga javob, tabiiy ofatlar, texnogen ofatlar Favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimining (keyingi o‘rinlarda Yagona tizim deb ataladi) asosiy vazifalari va funksiyalari, shuningdek faoliyati tartibini belgilaydi. Monitoring – (kuzatish, nazorat qilish) – ma’lum bir xodisa yoki jarayonning holatini kuzatish, hisobga olish, baholash va istiqbolini belgilashdir. Monitoring axborot almashinuvi va prognozlash masalalarini hal etishga mo‘ljallangan, u O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1027-son qarorining 2-ilovasiga ko‘ra Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimi to‘g‘risida nizom bilan belgilangan. Ushbu nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: atrof muhit monitoringi — atrof muhit holatini baholash, unda kechayotgan jarayonlarni tahlil qilish va undagi o‘zgarishlar rivojini o‘z vaqtida aniqlash uchun ma’lum bir dastur bo‘yicha doimiy ravishda olib boriladigan kuzatuv va nazorat tizimi; monitoring obyekti — chegara doirasida aniq dastur bo‘yicha atrof muhitning holatini nazorat qilish maqsadida doimiy ravishda kuzatuv ishlari olib boriladigan, unda kechayotgan jarayonlarni, ulardagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash va prognozlash uchun tahlil qilish va baholash amalga oshiriladigan tabiiy, texnogen obyekt yoki uning bir qismi; monitoring ma’lumoti — favqulodda vaziyatlarga olib keladigan xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarni muntazam yoki tezkor nazorat qilish va kuzatish natijasida olingan ma’lumot turi; JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL geografik axborot tizimi — geografik obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish, modellashtirish va aks ettirish, shuningdek, raqamli kartografik, o‘xshash va matnli axborotdan foydalangan holda umumdavlat (tarmoqlararo) yoki tarmoq ahamiyatiga molik axborot va hisob-kitob vazifalarini hal etish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan tizim; favqulodda vaziyat manbai — favqulodda vaziyat yuz bergan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli tabiiy hodisa, avariya yoki xavfli texnogen hodisa, odamlarning, qishloq xo‘jaligi hayvonlari va o‘simliklarining keng tarqalgan infeksion (yuqumli) kasalliklari, shuningdek, hozirgi zarba vositalari ishlatilishi natijasi; potensial xavfli obyekt — favqulodda vaziyat manbai yuzaga kelishi real xavfini tug‘diruvchi radioaktiv, yong‘in-portlash xavfi, xavfli kimyoviy va biologik moddalar ishlatiladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, saqlanadigan va tashiladigan obyekt; favqulodda vaziyat yuzaga kelish xavfi — favqulodda vaziyat manbaining tegishli xavf ko‘rsatkichlari bilan belgilanadigan yuzaga kelish ehtimoli yoki takrorlanish tezligi; xavfga baho berish — xavfni va uning ehtimoli bo‘lgan manbalarini identifikatsiyalash, ularning yuzaga kelish mexanizmini tadqiq qilish, identifikatsiya qilingan xavfli hodisalar yuzaga kelish ehtimoliga va ularning oqibatlariga baho berish. Yagona tizim tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash masalalarini hal etishga mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Yagona tizimning asosiy vazifalari: - tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi potensial manbalarni barvaqt aniqlash, ular bo‘yicha tizimli kuzatuv va nazoratni tashkil etish va amalga oshirish; - favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash ma’lumotlarini, shuningdek, ularning yuzaga kelganligi va oqibatlari to‘g‘risida doimiy va avtomatlashtirilgan axborot almashinuvini ta’minlash; - favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarning rivojlanish ehtimoli xususiyati va ko‘lamini oldindan prognozlashtirish; - favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, ularning oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Yagona tizimning asosiy funksiyalari: a) Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi potensial manbalarni barvaqt aniqlash, ular bo‘yicha tizimli kuzatuv va nazoratni tashkil etish sohasida: - monitoring obyektlarining tizimli kuzatuvi va laboratoriya nazoratini olib boradi; - favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfini aniqlaydi va uni baholashni amalga oshiradi; JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL - yagona tizimning barcha darajalarida favqulodda vaziyatlarning potensial xavf manbalarining holati va tavsifi, shuningdek, ular yuzaga kelganligi va oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishni amalga oshiradi; b) Favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash ma’lumotlarini, shuningdek, ularning yuzaga kelganligi va oqibatlari to‘g‘risida doimiy va avtomatlashtirilgan axborot almashinuvini ta’minlash sohasida: - favqulodda vaziyatlar manbalarining ma’lumotlar bazasi hamda potensial xavfli obyektlar reyestrini shakllantiradi va rivojlantiradi; - maxsus geoaxborot tizimlar yaratilishi va yuritilishini tashkil etadi, favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalar yuzaga kelish xavfi darajasi bo‘yicha hududlarni batafsil rayonlashtirgan holda monitoring ma’lumotlarining tizimli kiritilishini va yangilanib borilishini ta’minlaydi; - yagona tizimning axborot maydonida favqulodda vaziyatlarning potensial manbalari holati va darakchilari to‘g‘risida monitoring ma’lumotlari almashinuvini ta’minlaydi; - favqulodda vaziyat yuzaga kelish xavfi to‘g‘risida ogohlantirish ma’lumotlarini hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo‘yicha tavsiyalarni FVDT rahbar organlariga tezkor taqdim etilishini amalga oshiradi; - favqulodda vaziyatlar monitoringi va prognozlash vazifalarini hal etish uchun mavjud axborotkommunikatsion tizimlarni takomillashtiradi; - maxsus, shu jumladan davlat siriga oid ma’lumotlar himoyalanishini ta’minlaydi. v) Favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarning rivojlanish ehtimoli xususiyati va ko‘lamini oldindan prognozlashtirish sohasida: - tezkor monitoring ma’lumotlarini, shuningdek, favqulodda vaziyat yuzaga kelganligi va uning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, hisoblashni amalga oshiradi; - favqulodda vaziyat situatsion ssenariylari hamda uning oqibatlarini ko‘rsatgan holda favqulodda vaziyat manbai rivojlanish modelini ishlab chiqadi; - favqulodda vaziyat yuzaga kelishi, ularning oqibatlari ko‘lamining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlari muntazam tayyorlanishini ta’minlaydi; - yagona tizim faoliyat ko‘rsatishida axborot-tahliliy va tashkiliy-metodik jihatdan ta’minlanishini amalga oshiradi; g) Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, ularning oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish sohasida: - favqulodda vaziyat yuzaga kelishi prognozlari asosida ularning oldini olish tadbirlari samaradorligini oshirish, bartaraf etish va oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL - favqulodda vaziyatning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha maqsadli va ilmiy-texnik dasturlar ishlab chiqilishida ishtirok etadi; - favqulodda vaziyatni to‘xtatish va oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan kuch va vositalarning birlamchi hisob-kitobini amalga oshiradi. Yagona tizim faoliyatini tashkil etish Yagona tizim faoliyatini boshqarish va davlat nazoratini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Yagona tizim ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligi javobgarlik zonalari aniq ajratilgan tamoyil bo‘yicha: obyekt — tuman (shahar) — viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri) — respublika, ketma-ketlikda monitoring va prognoz ma’lumotlari almashinuvini ta’minlash orqali amalga oshiriladi. Yagona tizim ishtirokchilari FVV va uning hududiy tuzilmalariga favqulodda vaziyat manbalari holati va faollashuv ehtimoli to‘g‘risida, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda xavfli tabiiytexnogen jarayonlar va hodisalarning holati to‘g‘risidagi monitoring va prognoz ma’lumotlarini ro‘yxatga muvofiq taqdim etishlari shart hisoblanadi. Xavfli jarayon va hodisalar to‘g‘risidagi monitoring ma’lumoti, favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalar tahdidi to‘g‘risidagi prognoz ma’lumoti, sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat asosiy parametrlari, shuningdek, uning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumot shakl ko‘rinishida taqdim etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Гаврилов, А.В. Экстремальные ситуации и их предупреждение: Мониторинг и управление. Москва: Наука, 2018. 2. Балаев, В.В. Мониторинг чрезвычайных ситуаций и системы раннего оповещения. Санкт-Петербург: Питер, 2019. 3. UNDRR. Global Assessment Report on Disaster Risk Reduction. United Nations, 2019. 4. Alexander, D. Principles of Emergency Planning and Management. Oxford: Oxford University Press, 2015. 5. Coppola, D.P. Introduction to International Disaster Management. 3rd Edition. Elsevier, 2015.