MADANIYAT TARIXINING ASOSIY OMILLARI
Abstract
ushbu maqolada tarixiylik tamoyilining mazmun mohiyati, hamda o‘ziga xos xususiyatlari, tarixiy jarayonlar, voqea va hodisalarning shaxslar tomonidan olib borilgan ishlar dalil qilingan holda asoslab berilgan. Bobur saltanatida yuz bergan voqealar bosqichma-bosqich amalga oshirilgan madaniy jarayonlarning rivojlanishi haqida batafsil fikrlar yuritilgan. Bu esa tarixiylik tamoyili tushunchasini jamiyat va fan taraqqiyotidagi rolini ilmiy tahlil qilib bergan.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Shukurov Alisher Madananiyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tqadqiqot instituti kichik ilmy xodimi MADANIYAT TARIXINING ASOSIY OMILLARI Annotatsiya: ushbu maqolada tarixiylik tamoyilining mazmun mohiyati, hamda o‘ziga xos xususiyatlari, tarixiy jarayonlar, voqea va hodisalarning shaxslar tomonidan olib borilgan ishlar dalil qilingan holda asoslab berilgan. Bobur saltanatida yuz bergan voqealar bosqichma-bosqich amalga oshirilgan madaniy jarayonlarning rivojlanishi haqida batafsil fikrlar yuritilgan. Bu esa tarixiylik tamoyili tushunchasini jamiyat va fan taraqqiyotidagi rolini ilmiy tahlil qilib bergan. Kalit so‘zlar: tarixiylik, tamoyil, sivilizatsiya, insoniyat, millat, madaniyat, xolislik, Yevropatsentrizm, paskashlik, ahloqiy, oliyjanob, ilmiylik. ОСНОВНЫЕ ФАКТОРЫ ИСТОРИИ КУЛЬТУРЫ Аннотaция: в статье раскрывается сущность принципа историчности, его особенности, исторические процессы, события и явления, подкреплённые фактическими данными. Подробно рассматриваются вопросы развития культурных процессов в эпоху правления Бабура. Проводится научный анализ роли концепции принципа историчности в развитии общества и науки. Ключевые слова: историзм, принцип, цивилизация, человечество, нация, культура, объективность, европоцентризм, пошлость, мораль, благородство, наука. MAIN FACTORS OF CULTURAL HISTORY Abstract: this article presents the essence of the principle of historicity, its specific features, historical processes, events and phenomena, substantiated by evidence. Detailed thoughts are given on the development of cultural processes that took place in the reign of Babur. This provides a scientific analysis of the role of the concept of the principle of historicity in the development of society and science. Keywords: historicism, principle, civilization, humanity, nation, culture, objectivity, Eurocentrism, vulgarity, morality, nobility, science. Kirish. Tarix atamasi, odatda, tabiat va jamiyatdagi rang-barang o‘zgarishlar, bir ijtimoiyiqtisodiy bosqichdan boshqasiga o‘tish, jamiyatning shakllanishi, rivojlanishi, inqirozga uchrashi, yana tiklanishi kabi jarayonlarni o‘rganuvchi, tahlil etuvchi, ilmiy xulosalar chiqarishni ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. Shuningdek, tarix insoniyat va uning hayoti, avlodlar almashinuvi, turli sivilizatsiyalar shakllanishi, ularning o‘tmishidan darak beruvchi muhim manbalar majmuidir.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Tarix fanining engasosiy tamoyili – holislikdir. Holislik yo‘qolganda fanning asl mazmuni buziladi. Voqea-hodisalarning turli siyosiy, mafkuraviy, manfaatparastlik qarashlari asosida “o‘rganilishi”, shubhasiz, u yoki bu tarixiy masalalarga baho berishda adolatsizlikni yuzaga keltiradi. Huddi shunday, tarixga oid ilmiy-tadqiqot ishlarining bayonchilik, publitsistik usulda olib borilishi masalasida ham o‘ta ehtiyotkorlik talab etiladi. Xo‘sh, tarix fani biz uchun nimaga kerak? Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev shunday deydi: “Bir haqiqatni barchamiz chuqur anglab olishimiz kerak: milliy tarixni xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizga milliy ruhda yetkazish, ularning qalbiga, shuuriga singdirish kerak. Aks holda, uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi. Ma’lumki, el-yurtimiz o‘zining qadimiy o‘tmishi davomida qancha-qancha unitilmas voqealarni, turli sinov va qiyinchiliklarni, zafarli davrlar bilan birga, fojeali kunlarni ham boshidan kechirgan. Lekin bir haqiqatni ta’kidlash kerakki, Vatanimiz hududida mavjud bo‘lgan har bir davlatchilik tuzumi, har qanday ijtimoiy jarayon – u g‘alaba yoki mag‘lubiyat bo‘ladimi, yuksalish yoki tanazzul bo‘ladimi, barcha-barchasi xalqimiz bosib o‘tgan murakkab tarixiy yo‘lning uzviy va ajralmas qismidir. Shuning uchun ham biz tariximizning barcha bosqichlarini yaxlit holda qabul qilib, har tomonlama chuqur o‘rganishimiz zarur. O‘tmishdagi yutuq va g‘alabalardan kuch-quvvat olib, xato va mag‘lubiyatlardan xulosa va saboq chiqarib yashaydigan xalq o‘zining taraqqiyot yo‘li va kelajagini to‘g‘ri belgilay oladi”. Darhaqiqat, tarix nafaqat bizning o‘tmishimiz, ayni paytda millatimizning yorqin kelajagini belgilab berishdagi muhim omil hamdir. Tarix zanjirlarini bir-biri bilan bog‘lab turuvchi rishtalar juda ko‘p. Ammo ularning orasida madaniyat kabi fenomen hodisa borki, uning ahamiyatini aslo kamsitish mumkin emas. Bekorga mamlakat rahbari bizni madaniyat bog‘lab turadi va u insoniyat taraqqiyotining asosi hisoblanadi, deb ta’kidlamagan. Haqiqatdan ham, insoniyatning mavjudligini anglatib, ajdodlar va avlodlar zanjirini bog‘lab turadigan fenomen hodisa madaniyat hisoblanadi. Madaniyat real hodisa va u har bir millat, elat, sivilizatsiyalarning o‘ziga xosligi, ayni paytda, ularning o‘zaro aloqadorligi, uyg‘unligini tarixiy jarayonlar silsilasida namoyon etadi. Shu ma’noda madaniyat va tarixni bir-biridan mutlaqo ayro holda tushunish va anglash mumkin emas. Madaniyat va tarixning umumiyligi va xususiyligi makonda va zamonda aks etadi. Shu nuqtai nazardan har bir xalq o‘z tarixini holis ravishda o‘rganmoqchi, anglamoqchi bo‘lsa, shubhasiz, bu jarayonni o‘z milliy madaniyatiga murojaat qilishi natijasida to‘g‘ri tushunishi mumkin. Madaniyat hodisasini o‘rganish oson emas. Chunki, u har doim u yoki bu mamlakat, jamiyatda mavjud bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, ayniqsa, mafkuraviy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunga tarixdan, jumladan, O‘zbekistonning eng qadimgi davridan hozirgacha mavjud bo‘lgan tarixida misollar juda ko‘p. Tahlil va muhkama. O‘quvchilar, sohaga qiziquvchilar, mutaxassislarni chalg‘itmaslik uchun esa tarixni, xususan, madaniyat tarixini holis o‘rganish talab etiladi. Abu rayhon Beruniy bu borada shunday deydi: Asarni yozishga (kirisha) boshlab, aytamanki, mendan so‘ralgan narsaga yetkazuvchi vositalarning eng muhimi – qadimiy millatlar avlodidan va ularning rasmu rusum va qoidalardan iboratdir. Aqliy (narsalardan) dalil keltirish, kuzatilgan (narsalarga) qiyos qilish yo‘li bilan u habarlarni bilib bo‘lmaydi. Buni faqat “kitob ahillar” va turli din arboblariga shu e’tiqodlarga amal qiluvchi har xil maslak va ishonch egalariga erishish, ularning tushunchalarini kishilarning tabiatini pastkashlashtiradigan yomon axloqdan, haqiqatni ko‘rishga imkon
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL bermaydigan omillardan o‘zini tozalagandan keyin, ularning isbot uchun keltirilgan so‘z va e’tiqodlarini bir-biriga solishtirish bilan bilinadi. Ana shu aytib o‘tganim haqiqiy maqsadga yetkazuvchi eng yaxshi yo‘l va bunga dog‘ tushuruvchi shak-shubhani yuvib tashlash uchun eng kuchli yordamchidir. Garchi qattiq urinib zo‘r mashaqqat cheksak ham o‘shandan boshqa yo‘l bilan maqsadga erisha olmaymiz. Darhaqiqat, har qanday jamiyat va davlatda bo‘lmasin madaniy jarayonlarni o‘rganishdan ham murakkabroq narsaning o‘zi yo‘q. Agar biz inson mohiyatini baxt-saodatga erishishi va tom ma’noda erkin bo‘lishida, deb bilsak, unda insoniyatni o‘sha darajaga yetkazadigan yagona kuch, omil madaniyat hisoblanadi. Shuning uchun ham milliy tariximizga e’tibor beradigan bo‘lsak, mutafakkir-allomalarimiz har doim ham ma’rifatli jamiyat barpo etishga, odamlarning madaniy olamini shakllantirishga bekorga harakat qilmaganliklarini bilishimiz mumkin. Shuning uchun ham Abu Nasr Forobiy o‘z ta’limotlarida madaniyat, ma’naviyat va axloqqa doimo ustuvor ahamiyat berib kelgan. “Madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) – deydi alloma, shunday bo‘ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo‘lgan har bir odam kasbhunarda ozod, hamma bab-barobar bo‘ladi, kishilar o‘rtasida farq bo‘lmaydi, har kim o‘zi istagan yoki tanlangan kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo‘ladilar. Biri ikkinchisiga ho‘jayin bo‘lmaydi. Odamlarning tinchlik va erkinliklariga xalaqit beruvchi sulton (ya’ni podshoh) bo‘lmaydi. Ular orasida turliyaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo bo‘ladi”. Bugun yurtimizda, Yangi O‘zbekistonni barpo etish asnosida o‘z oldimizga “Ma’rifatli davlat”ni barpo qilishni maqsad qilib olishimizning boisi ham shunda. Tarixdan saboq chiqarib, amalga oshgan va amalga oshmagan barcha maqsad-muddaolarning tahlilini qilish uchun ham bizga holis tarix kerak. Yangi zamonning taniqli adibi, mutafakkir-alloma Chingiz Aytmatov tarixi yo‘q xalqni otaonasiz qolgan yetim bolaga o‘xshatadi. U aytadi: “tarixiy xotirasidan mahrum bo‘lgan xalq go‘yo nozik novdaga o‘xshaydi – uni qaysi tarafga qarab egsang – bas, o‘sha tarafga qarab o‘saveradi, degan gaplarda haqiqat bor. Afsuski, totalitar tartiblar hukm surgan davrda biz o‘z ixtiyorimiz bilan qaramlikni bo‘ynimizga oldik; yaralarimizdan qon tomib turgan bo‘lsada unga zarracha e’tibor bermadik, tariximizni sinchiklab o‘rganmadik, aksincha o‘zga mamlakatlar tarixini o‘rgandik va o‘zgalar tarixini o‘zimiznikiga nisbatan yaxshiroq bilib oldik. Axir, qadim zamonlardan boshlangan tariximiz qo‘liga qalam ushlab olgan zamonaviy olim-qassoblar tomonidan buzib yozilmadimi?!”. Tarix fani u yoki bu masala, jarayonlar haqida taxminiy ma’lumotlar berishdan yiroq. Nemis ma’rifatparvarlaridan Fridrix Shiller (1759-1805) inson zoti vujudga kelganidan boshlab to hozirgi darvrgacha taraqqiyotning yagona zanjiri mavjud deydi. Faqat tarix ne’matlarni to‘g‘ri qadrlashni o‘rganishga qodir. Biz bu ne’matlarga shuning uchun shukronalik qilmaymizki, biz ularga o‘rganib qolganmiz, ularni ko‘ramiz, qo‘lga kiritamiz. Aslida esa, bu ne’matlar eng yaxshi va olijanob odamlarning qon to‘lovi evaziga kiritilgan. Ularni egallash uchun ko‘p avlodlarning og‘ir mehnati bo‘lgan. Tarix hamma axloqiy dunyoni qamrab oladi. U kishilar va xalqlar ustidan hukm chiqaradi. Shiller hammadan ko‘proq ishonch bilan o‘tmishni o‘rganishning axloqiy me’yorlarini, har bir insonning butun insoniyat oldidagi mas’uliyati g‘oyasini ishlab chiqdi. Shiller o‘z tinglovchilarini tarixni o‘rganishga chaqirib, shunday deydi: “Tarixni o‘rganish aqlimizni nurlantiradi, qalbimizni olijanob fidoyilik bilan alangalantiradi. U ruhimizni axloqiy masalalarga pastkashlik va bachkanalik bilan yondashishdan saqlaydi”.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Aynan shunga o‘xshash fikrni aslida kelib chiqishi shvesariyalik bo‘lgan nemis mutafakkiri Georg Vilgelm Fridrix Gegel ham aytgan. Uning ta’kidlashicha, jahon tarixida aql hukmronlik qiladi. Tarix anglashilgan zaruriyat erkinligining amalga oshishidir. Tarix tarixiy xotirani taqazo etadi. Tarixiy xotira esa inson uchun juda muqaddas va noyob bo‘lgan madaniyat tushunchasini real kuchga, harakatlantiruvchi jarayonga aylantiradi, millatni uyg‘otadi. Shu ma’noda, tarix va madaniyat tushunchalarini millatga kuch bag‘ishlovchi, uni uyg‘otuvchi muhim omil, deyish mumkin. Tarixni yaxshi bilmasdan turib inson o‘z axloqiy fazilatlariga ega bo‘lishi mumkin emas. Madaniyatni anglash, uning amaliy, an’anaviy qadriyatlaridan bahra olishi, inson boshini baland ko‘tarib yurishi uchun esa, albatta, tarixiy xotira kerak. Demak, birinchidan, tarixni bilmaslik tarixiy xotiradan judo bo‘lish demakdir. Ikinchidan, tarixni bilmaslik ajdodlar tomonidan yaratilgan boy, betakror milliy-madaniy merosni unutish demakdir. Uchinchidan, tarixni bilmaslik millatning uzoq tarixida uni yutuqlar, taraqqiyotga yo‘naltira olgan maqsadlar, g‘oyalardan bebahra qolishidir. To‘rtinchidan, tarixni bilmaslik millatning yutuqlar bilan birga, o‘z tarixidagi qora kunlardan tushkunlikdan xulosa qila olmaslik, ulardagi ma’naviy, siyosiy-mafkuraviy hushyorlikning yo‘qolishi demakdir. Beshinchidan, tarixni bilmaslik o‘z kelajagini tasavvur eta olmaslik, dunyo taraqqiyotida “o‘zini yo‘qotib qo‘yish”dan iboratdir. Madaniyatni anglashda tarix, tarixiy xotira qanchalik darajada muhim bo‘lgani kabi, tarixiylik tamoyili ham shu darajada zarur hisoblanadi. Xo‘sh, tarixiylik so‘zi nimani anglatadi? Tarixiylik – har bir davlat, jamiyat o‘tmishida sodir bo‘lgan barcha voqea-hodisa, turli ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviymafkuraviy jarayonlarni konkret vaziyatda, muayyan shart-sharoit, avvalgi va bo‘lajak voqealar bilan uzviy aloqada tadqiq etish, o‘rganish, anglash va undan haqqoniy xulosa chiqarishni talab etadigan ilmiy tamoyilni ifodalovchi atama. Madaniyatdagi tarixiylik ilmiylik, holislik tamoyillari bilan uyg‘unlikda o‘zining asl mohiyatiga ega bo‘ladi. Sovet davrida madaniyat kabi o‘ta muhim ijtimoiy fenomen hodisani o‘rganishda sinfiylik, partiyaviylik kabi tamoyillarga amal qilinishi natijasida ming yillar davomida shakllangan o‘zbek milliy madaniyatidagi progressiv hodisalar, an’anaviy yo‘nalishlar inkor etildi. Natijada, milliy madaniyatimiz “qoloq” madaniyat sifatida kamsitildi. Qolaversa, milliy madaniyatga baho berishda “farmatsion” yondashuv asosiy mezon qilib olindi. O‘zbek milliy madaniyatiga noxolis munosabatda bo‘lish esa uning milliy taraqqiyotga munosabatni belgilashdagi “sivilizatsion” yondashuvni inkor qilishga olib keldi. Madaniyat ko‘hna tarixning har bir aniq bosqichida alohida o‘rniga ega bo‘lgan tarixiy voqelikdir. Umumtarixiy jarayonlar tadqiqi alohida masala sifatida ko‘tarilgan har bir sharoitda barchamiz madaniyat masalasiga murojaat qilamiz. Chunki, u yoki bu millat, elatning madaniyatini o‘rganar ekanmiz, shubhasiz, ularning madaniyati, mazkur madaniyatning boshqa madaniyatlardan farqli yoki o‘xshash jihatlariga e’tibor beramiz.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Boshqacha so‘z bilan aytganda, har bir milliy yoki mintaqaviy madaniyatning umumjahon madaniyatidagi o‘z o‘rni borligini nazarda tutgan holda o‘rganish ularning eng muhim xususiyatli tomonlarini anglashga imkon beradi. Madaniyatni anglashdagi tarixiylik tamoyili u yoki bu madaniyatni makonda va zamondagi mavjudligining darajasini aniqlashda yordam beradi. Masalan, madaniyatshunos olimlar o‘rtasida ushbu fenomen hodisani milliylik xususiyatlari asosida o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham, biz milliy madaniyatlarni “o‘zbek”, “rus”, “hind”, “nemis” madaniyati kabi atamalar bilan nomlab kelamiz. Shu bilan birga, alohida makon va zamonda mavjud bo‘lgan, u yoki bu xalqlarning moddiy va ma’naviy madaniyatini o‘z ichiga olgan shunday atamalar ham borki, ular tarixiy jarayonni anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, qadimgi yunonlar madaniyatini ifoda etuvchi “antik madaniyati”ni olib ko‘raylik. Xo‘sh, nima uchun mazkur xalqning madaniyati aynan shunday deb atalgan? Buning asosiy sababi “yunon madaniyati”dan bo‘lak boshqa madaniyatlarning borligi bilan izohlanadi. Agarda “antik madaniyat”dan bo‘lak madaniyatlar bo‘lmaganida mazkur atama qabul qilinmagan bo‘lar edi. U yoki bu hodisaning madaniyatga qancha darajada tegishli ekanligini aniqlashda ushbu madaniyatning, bir tomondan, aynan shu davr va xalqqa mansubligini, boshqa tarafdan, uning boshqa tarixiy davrlarga va xalqlarga taalluqli ekanligini, ular o‘rtasidagi muayyan uyg‘unlikni anglash mumkin. Madaniyat tushunchasida kishilarning zamon va makonda bir-birini bog‘lab turadigaan, ayni paytda, ularning farqli jihatlarini aniqlash o‘z ifodasini topadi. Shu bilan birga, mazkur holatlarning birortasini mutloqlashtirish aslo mumkin emasligini ham unutmaslik zarur. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, madaniyatda faqat uning farqli o‘ziga xos xususiyatli jihatlarini e’tiborga olish mazkur fenomen hodisaning mutloqlashtirilishiga olib keladi. Shuningdek, turli madaniyatlarning doimiy ravishda bir-biriga o‘xshashligi, boshqa tarafdan esa, ularning o‘ziga xosligi, alohidaligining nisbatini, mutanosibligini to‘g‘ri olishdan iboratdir. Insoniyatning turli tarixiy davrlarda va ijtimoiy-siyosiy jamiyatlarda o‘z xarakterlari, munosabatlari, an’analari, axloqiy va diniy qarashlari azaldan ma’lum. Har bir xalq va tarixiy davr faqat o‘ziga xos madaniyati, takrorlanmas ma’naviy qadriyatlariga ega. Bunday o‘ziga xoslik turli madaniyatlarda alohida mazmun va shaklning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Madaniyat kabi o‘ta murakkab ijtimoiy hodisani o‘rganishda har bir madaniyatning bir-biridan farqlanuvchi sifat ko‘rsatkichlarini ajratib olish o‘ta muhimdir. O‘tmish madaniyatini anglashning eng to‘g‘ri yo‘li uni aynan shu xalqning tarixiy jarayondagi muayyan holatini alohida, holisano tadqiq etish asnosidagina yuz berishi mumkin. Dunyoda bir xil ma’naviy qiyofali, ruhiy-xarakterga ega ikki kishini topib bo‘lmagani kabi, bir-biriga aynan o‘xshash xalqlarni ham izlashdan foyda yo‘q. Demak, milliy madaniyatlarning ham o‘xshashliklari ham, bir-biridan farqli tomonlarini aniqlab beradigan me’yoriy mezonlarga muhtojlik sezilmoqda. Agar turli madaniyatlarning o‘ziga xosliklarini, shuningdek, umumiylik jihatlarini o‘lchashning umume’tirof etilgan me’yorlari bo‘lmasa, unda bu jarayonni qay tarzda boshqarish, ular nisbatini aniqlash mumkin? Bizning nazarimizda, madaniyatdagi tarixiylik tamoyili u yoki milliy madaniyatning nafaqat aynan shu madaniyatga xos bo‘lgan alohida mazmun-mohiyatini, shuningdek, umuminsoniy madaniyatning eng asosiy belgilari, ularning rivojlanish yo‘nalishlarini ham belgilab berishi lozim.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Madaniyatda tarixiylik tamoyili ushbu fenomen hodisadagi faqat farqli jihatlarini emas, ayni paytda ularning yagona bir-biri bilan uyg‘un tarixiy jarayon ekanligini isbot qilishga yordam beradigan omil hamdir. Shu o‘rinda so‘nggi paytlarda madaniyatshunos olim-mutaxassislar o‘rtasida madaniyat hodisasini “baholash” va “tavsiflash” masalasidagi bahs-munozaralari haqida ayrim fikrlarni bildirishni o‘rinli, deb bildik. Ayrim mutaxassislar ushbu tushunchalarni nafaqat bir-biridan alohida tushunadilar, ayni paytda ularni o‘zaro ziddiyatli hodisa sifatida talqin qiladilar. Taniqli madaniyatshunos E.S. Markaryanning qayd etishicha, madaniyatni an’anaviy tarzda tushunishdagi eng asosiy belgi bu – uning aksiologik, qadriyatshunoslik nuqtai-nazaridan baholanishidir. Shuningdek, turli madaniyatlarning mohiyatini aniqlashda ularni “madaniyatli” yoki “madaniyatsiz” sifatida baholash amaliyoti ham uchrab turadi. Xuddi shunday nuqtai-nazar alohida olingan individlarga, shuningdek, butun bir xalqqa nisbatan ham qaratilishi odatga kirgan. Ammo shuni yodda saqlash lozimki, madaniyat fenomeniga, ayniqsa, butun xalq madaniyatiga nisbatan “madaniyatli xalq” yoki “madaniyatsiz xalq” degan yorliqni ishlatish bizning fikrimizcha, xato bo‘ladi. Bunday bahoning berilishi asosan u yoki bu davlatlar, turli siyosiy kuchlarning o‘z sinfiy, mafkuraviy-g‘oyaviy manfaatlari nuqtai-nazaridan amalga oshiriladigan harakat sifatida e’tiborga olinishi mumkin. Boshqacha aytganda, yuqoridagi kabi baho berilishida asosiy mezon turli siyosiy kuchlarning o‘z manfaatlarini ko‘zlashidan iborat bo‘lib, bu holat faqat sub’ektiv mazmunga ega. Madaniyatga baho berishda sub’ektivlik masalasiga yorqin misol sifatida “evropasentrizm”ni keltirish mumkin. “Evropasentrizm” g‘oyasining asosiy mohiyati shundan iboratki, insoniyat madaniy rivojlanishining eng asosiy namunasi, qolipi, etaloni bu – Yevropa madaniyatidir. Shuningdek, jahon madaniyatining eng rivojlangan davri sifatida ham Yevropa mintaqasining XVIII-XX asrlardagi holati tan olinadi. Bu, xech shubhasiz, xato xulosa. Bunday ilmiy jihatdan asoslanmagan, u Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosati, dunyoda gegemonlikni qo‘lga kiritish maqsadida amalga oshirilgan siyosatning natijasidan bo‘lak narsa emas. Yevropa xalqlaridan boshqa davlatlar va xalqlarning “madaniylik” darajasi ularning qay darajada Yevropa madaniyatiga yaqinlik mezonlari bilan o‘lchadi. Agarda, u yoki bu davlat va xalqlarning madaniyati Yevropa madaniyatida uzoqlik darajasi qanchalar yuqori bo‘lsa, u xolda boshqa xalqlar va davlatlar madaniyatining “madaniylik” ko‘rinishlari shunchalar past hisoblangan. Madaniyatda “Evropasentrizm” g‘oyasining paydo bo‘lishi o‘z navbatida unga zid ravishda “Vostokotsentrizm” g‘oyasining shakllanishiga olib keldi. Ushbu g‘oya, shubhasiz, sharq madaniyatini g‘arb madaniyatidan ustunligini isbotqilishga qaratilgan edi. Shu narsani unutmaslik lozimki, turli xalqlar va davlatlar madaniyatining “rivojlanganlik” va “qoloqlik” darajasini u yoki bu xalqlar madaniyati, ularning rivojlanganlk bosqichlari bilan sun’iy ravishda, siyosiy-mafkuraviy andozalar bilan o‘lchash mutlaqo mumkin emas. Madaniyatni anglashdagi tarixiylik tamoyili mazkur jarayonni siyosiy-mafkuraviy andozalar asosida baholashni mutlaqo inkor etadi. Madaniyatni tom ma’noda anglash aslida uning mohiyatini tushunishdan boshlanadi. Agar madaniyat insonning haqiqiy mohiyatini, uning ijodiy imkoniyatlarini ochib berishga, shuningdek, shaxsning jamiyatda tutgan o‘rnini belgilab berishga yordam beradigan bo‘lsa, bunday madaniyat insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida o‘zining ijtimoiy-madaniy vazifasini to‘liq ado etgan hisoblanadi. Biroq ko‘pincha turli omillar, jumladan, urushlar, siyosiy-mafkuraviy zug‘umlar tufayl milliy madaniyalar rivojlanishi ma’lum vaqtga sekinlashishi, turg‘un holatga tushishi ham mumkin.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Bunday hol milliy madaniyatlarning yo‘qolibketishini anglatmaydi. Milliy madaniyat jamiyat a’zolari, butun bir xalqning qalbida, ruhiyatida aslo o‘chmaydigan yog‘du sifatida mangu yashaydi. Bunga misollar ko‘p. Biz uzoq yillar davomida sovet davrida shakllangan “yangi madaniyat”ning milliy madaniyatlar rivojiga ijobiy ta’siri haqida kitoblar yozdik, disertatsiyalar yoqladik. Biroq uning asl maqsadini ba’zan anglab yetmadik yoki bilib bilmaslikka oldik. Masalan, o‘sha yillarda kashf qilingan “shaklan milliy, mazmunan sotsialistik, ruhan baynalmilal madaniyat” deb bong urilgan soxta shiorni olib ko‘raylik. Avvallari mazkur shior sobiq sovet davlatidagi barcha milliy madaniyatlarni yanada rivojlanishini ta’minlab beradigan muhim omil sifatida baholandi, uning tom ma’nodagi mohiyatini anglab yetmadik. Biroq keyinchalik o‘sha davr madaniyatini anglashda tarixiylik tamoyili mezonlariga amal qilish asnosida ushbu shiorning milliy madaniyatlarini ichidan yemiruvchi, ularni yo‘q qilishga yo‘naltirilgan harakat ekanligini butun jamiyat anglab yetdi. Axir, milliy madaniyatni uning mazmun-mohiyatisiz qanday qilib anglash va tushunish mumkin. Madaniyatda faqat uning shaklan rivojlanishiga e’tibor berish aslida uning tom ma’nodagi mohiyatini inkor qilishdan bo‘lak narsa emas edi. Haqiqatan ham, 74 yil davom etgan sovet mustabid tuzumi davrida sobiq ittifoqdosh respublikalari xalqlari, jumladan, o‘zbeklarning milliy tili va madaniyati rivojlanishiga to‘g‘anoq bo‘lish maqsadida ishlatilmagan hiylayu-nayranglar qolmadi. O‘sha davrda O‘zbekiston tom ma’noda “sovet madaniyati”ni shakllantirishning poligoniga, bu borada turli tajribalar o‘tkaziladigan maydonga aylantirildi. Shaxsga sig‘inish yillarida millatlarning bir-biriga qo‘shilib, yagona sovet xalqiga aylanishi haqida “nazariyalar” paydo bo‘ldi. “Milliy tillar yo‘qoladi, bitta til qoladi”, deb “bashorat” qilindi. Bunday soxta nazariya Stalin tomonidan o‘rtaga tashlangan edi. 1930-yildan boshlab qariyb oltmish yil davomida millatlar va milliy tillarni qo‘shib yuborish siyosati zo‘r berib hayotga joriy etildi. Baynalmillalik bayrog‘i ostida milliy tillar rivojlanishi cheklab qo‘yildi. O‘zbek tiliga nisbatan qilingan ijtimoiy adolatsizlik, ayniqsa, daxshatliroq tus oldi. Bu narsa davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib amalga oshirildi. O‘zbek tilini buzish va aynitish uning lug‘at tarkibiga ruscha baynalmilal so‘zlarni sun’iy ravishda tiqishtirishdan boshlandi. O‘zbek tili uchun unchalik maqbul, tabiiy bo‘lmagan, o‘zbek tiliga mutlaqo yondoshmaydigan so‘zlarni, iboralarni kundalik hayotda, badiiy, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar, gazeta va jurnallarda, o‘zaro muloqotda ishlatish odat tusiga kirdi, baynalmilallik belgisi sifatida yuqori baholanib, har tomonlama ma’qullandi. Natijada og‘zaki va yozma nutqimiz ortiq darajada bulg‘andi. Ijtimoiy hayotda o‘zbek tilidan foydalanish kengayib borish o‘rniga asta-sekin toriyib bordi. Ish yuritishda undan foydalanish anchagina cheklanib qoldi. Korxonalarda, ilmiy muassasalarda, maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida, meditsinada, aloqa tashkilotlarida o‘zbek tilidan foydalanishda qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yildi. O‘zbek tili fuqaro havo flotida, ichki ishlarda, armiyada ham yaqinlashtirilmadi. Bolalar bog‘chalarida, maktablarda, o‘rta va oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tiliga ajratilgan soatlar yil sayin kamaytirildi. O‘zbek maktablarida rus tilini o‘qitish birinchi sinfdan boshlansa, Respublikadagi rus maktablarida o‘zbek tilini o‘qitish esa uchinchi, o‘n bir yillik o‘quv dasturi bo‘yicha esa to‘rtinchi sinfdan boshlandi. Respublikamizda o‘zbek tilida nashr etiladigan kitoblar ko‘payishi o‘rniga muttasil ravishda kamayib bordi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Ahvol shu darajaga yetdiki, barcha yig‘inlar, majlislar, yozishmalar rus tilida olib boriladigan, dissertatsiyalar, kitoblar, risolalar, maqolalar, ariza va shikoyatlar, iltimosnomalar shu tilda yoziladigan bo‘ldi. Ma’muriy-buyruqbozlik ish usullari avjiga mingan, hamma narsa, har bir kattayu kichik masala markazning ko‘rsatmasi, roziligi bilan hal qilinadigan yillarda o‘zbek tili o‘rnini rus tili egallay boshladi. O‘zbek tiliga nisbatan olib borilgan bunday noodilona siyosat xalqimizning ruhiga, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Ayrim o‘zbek rahbarlari butunlay yerli aholi odamlaridan iborat majlislarda rus tilida so‘zlaydigan, buni o‘zlari uchun madaniyatlilik alomati, fahr-iftixor deb biladigan bo‘lib qoldilar. Xalq orasida yevropalashgan, o‘zini o‘ta madaniyatli inson deb hisoblaydigan, lekin ko‘pchilik o‘rtasida to‘rt og‘iz so‘zni ona tilida gapirishga qiynaladigan avlod paydo bo‘ldi. O‘z ona tilini bilmasa ham rus tilini mukammmal bilish, shu tilda chiroyli so‘zlash, ilmiy, badiiy sarlar yozish ma’naviy kamolotning cho‘qqisi, madaniyatlilik belgisi deb baholanadigan bo‘ldi. O‘z ona tilida xalq oldiga chiqib so‘zlay olmaydigan, lekin rus tilini yaxshi biladiganlar raxbarlik lavozimlariga ko‘tarila boshladilar. Oxir-oqibatda o‘z tiliga mensimay qaraydigan kishilar shakllana boshladi. Bu – jamiyatning eng katta fojeasi edi. Madaniyatdagi tarixiylik tamoyili tufayli butun tarixiy adolat g‘alaba qozonmoqda. Sovet tuzumining mafkuraviy-g‘oyaviy zug‘umlari qanchalar darajada qattiq bo‘lmasin, xalqimizning ongi shuuridan milliy madaniyatimizni siqib chiqarib tashlay olmadi. Mustaqillik yillarda o‘zbek xalqi o‘z milliy madaniyatini tezlikda tiklay oldi. Milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur, vatanparvarlik kabi xalqimizga xos bo‘lgan azaliy fazilatlar tufayli bugun o‘zbek madaniyati yana bir bor o‘z imkoniyatlaridan keng foydalanish huquqiga ega bo‘ldi. Shu narsani unutmaslik lozimki, madaniyatdagi tarixiylik tamoyili vorisiylik tamoyili bilan uyg‘un. O‘zbek milliy madaniyati uzoq ming yillar davomida shakllangan bo‘lib, uning rivojlanishi evolyusiyasi turli bosqinchilik, urushlar, tabiiy ofatlar tufayli turg‘unlik holatlarini boshidan kechirdi. Ammo bularga qaramasdan, milliy madaniyatimiz o‘zining boy merosi, chuqur va mustahkam ildizlariga ega ekanligi nuqtai-nazaridan ham yashab kelmoqda. Madaniyatimizdagi vorisiylik uning bardavomiyligini ta’minladi. Madaniyat hech qachon “qoloq” yoki “yuqori”, “yaxshi” yoki “yomon” bo‘lmaydi. Madaniyalar turlicha bo‘lishimumkin. Mazkur ijtimoiy hodisa, ayni paytda muayyan tarixiy jarayonda “pastdan yuqoriga” tamoyili asosida ham mavjud bo‘lmaydi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, dunyoda barcha insoniyat uchun yaxlit, bir ko‘rsatkichdan iborat me’yor asosida shakllangan madaniyat yo‘q. Bugungi dunyo turli shakl va mazmunga ega, bir-birini takrorlamaydigan turfa madaniyatlardan iboratShuningdek, xoh Yevropa, xoh Afrika yoki Osiyo madaniyati bo‘lsin, xech kim ularning biriga ikkinchisidan yuqori yohud past nazar bilan munosabatda bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Madaniyatni anglashdagi tarixiylik tamoyili ushbu fenomen hodisani ilmiy jihatdan o‘rganishni taqazo qiladi. Bugungi kunda g‘arb olimlari tomonidan alohida madaniyatni tadqiq qilishda muhim usul sifatida funksional tamoyil ilgari surilmoqda. Unga ko‘ra har bir alohida milliy madaniyat boshqa madaniyatlar bilan uzviylikda, o‘zaro aloqadorlikda emas, aksincha, mustaqil, boshqalardan farq qiluvchi hodisa sifatida o‘rganilishi tavsiya qilinmoqda. Ayni vaqtda, milliy madaniyatlarni boshqa madaniyatlar bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganishni inkor qilish ham ko‘zlangan maqsadga erishishga imkon bermaydi. Milliy va mintaqaviy madaniyatlar o‘rtasidagi o‘zaro chqinlik, uzoq tarix davomida bir makon va zamonda shakllanganligini e’tiborga olmaslik ham har bir milliy madaniyatning asl mohiyatini esdan chiqarmaslik muhim.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Shu nuqtai-nazaridan madaniyatda tarixiylik masalasini dunyo xalqlari madaniyatidagi o‘zaro aloqadorlik va bir-biriga ta’sir ko‘rsatish asnosida tahlil qilish ham muhim o‘ringa ega. Albatta, jahon xalqlari madaniyatining o‘zaro aloqadorligi masalasining qator sabablari mavjud. Masalan, bunday aloqalar turli mustamlakachilik oqibatida sodir bo‘lishi mumkin. Shuningdek, boshqa xalqlar ham aynan shunday jarayonlar yuz berishi mumkin. Bunga misollar talaygina. Ayni paytda, bugungi kunda madaniyalarning o‘zaro ta’sir darajasini aniqlashda ijtimoiy omillarning ahamiyati tomora ortib bormoqda. Xususan, bugungi g‘arbiy Yevropa madaniyati, san’atida estetik ideallarning tobora yo‘qolib borishi, buning natijasida jamiyatda ma’naviyestetik beqarorlikning yuzaga kelishi ham turli xalqlarning o‘zga xalqlar madaniyatini o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyojini oshirib bormoqda. Odatda o‘z milliy san’atida estetik ideallarning mavjud emasligi uni “tashqaridan” izlashga undaydi. Xuddi shunday holat XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyoda olib borgan mustamlakachiliklari tufayli ham sodir bo‘lgan. Tarixda aksariyat hollarda milliy madaniyalarning o‘zaro bir-biriga ta’siri mustamlakachiliklar tufayli sodir bo‘lishi mumkinligini yuqorida ta’kidlagan edik. Darhaqiqat, shunday. Mustamlakachilik siyosati milliy madaniyatlarning na faqat shakliy jihatdan o‘zgarishiga, ayni vaqtda uning mazmun-mohiyatiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Madaniyatdagi tarixiylik tamoyilining muhim vazifalaridan biri ham mazkur ta’sir darajasini aniqlashdan iboratdir. Masalan, X asrga kelib Ispaniya madaniyatida jiddiy transformatsiya jarayonlari sodir bo‘ldi. Bunga ushbu xududda arab istilosining boshlanishi sabab bo‘ldi. Natijada, azaldan rivojlanib kelayotgan, o‘ziga xos an’analarga ega bo‘lgan ispan madaniyati unga mutlaqo begona bo‘lgan arab madaniyati bilan deyarli qo‘shilib ketdi. Oqibatda jahon madaniyati va san’atida alohida o‘ringa ega bo‘lgan ispan-mavritan madaniyati va san’ati shakllandi. VIII asrda Pereney yarim orolida arab mustamlakachiligining boshlanishi madaniyat va san’atning turli sohalarida uzoq davr davom etgan musulmon va xristian mafkuralarining o‘zaro aloqalariga asos soldi. XV asrga kelib esa Ispaniya ikki turli madaniyatlarning o‘zaro to‘qnashuvi va bir-biri bilan o‘zaro uyg‘unlashuvining klassik mazmun va shakliga aylangan davlat sifatida namoyon bo‘ldi. Buning natijasida dunyoda kamdan-kam uchraydigan fenomen hodisa – aborigen (mahalliy aholi) va kelgindilar madaniyatining o‘zaro sintezi – “mavritan san’ati” yuzaga keldi. O‘sha davrda arab madaniyati yangi musulmon sivilizatsiyasiga asos soldi. Arab madaniyati Iroq, Suriya, Misr, Shimoliy Afrikadan to Indoneziyagacha bo‘lgan juda katta makonni o‘z ma’naviyma’rifiy ta’siriga oldi. Arablar tomonidan shakllantirilgan musulmon madaniyati Markaziy Osiyo xalqlari tarixiy taqdirida ham alohida o‘ringa ega bo‘ldi. Mavritan madaniyati aslida “g‘arb” va “sharq” madaniyatlarining o‘zaro aloqadorligi natijasida paydo bo‘lgan, shakllangan edi. Ispan madaniy markazlari, muzeylarida saqlangan asbob anjomlar, turli diniy predmetlarda, Kastiliya cherkovlaridagi krest-nishonlar, idishlarda ispan-mavritan san’atining ko‘rinishlarini uchratish mumkin edi. Shuningdek, arab madaniyatining ayrim ko‘rinishlari, hattoki, Qur’oni karim oyatlari yozilgan yozuvlar ham yuqorida nomlar qayd etilgan anjomlarda o‘z aksini topganligini ta’kidlash lozim. Madaniyatdagi tarixiylik masalasi mazkur fenomen hodisaning turli madaniyatlarning bir-biriga o‘zaro ta’sirni o‘rganish nuqtai-nazaridan ham ahamiyatli hisoblanadi. Shu o‘rinda qayd etish lozimki, har bir milliy madaniyatning rivojlanishi shu xalqning ming yillar davomida shakllangan qadriyatlari, an’analari bilan bevosita bog‘liqdir. Biroq yana shu narsa ham ma’lumki, ayrim hollarda o‘zga xalqlar madaniyati ham milliy madaniyatlar rivojiga o‘zining kuchli ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Masalan, bunga buyuk davlat arbobi, mutafakkir alloma Zahiriddin Muhammad Boburning Hindiston va hind xalqi tarixiy taqdirida tutgan o‘rni misol bo‘la oladi.