scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"ICHKI YONUV DVIGATELLARI. YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA IQTISODIY USTUNLIK VA EKALOGIK XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI"

J. Ismatov,G.A.Djumayeva

Abstract

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot tushunchasi, ichki yonuv dvigatellari turlari, iqtisodiy ustunliklari. Ichki yonuv dvigatellari va ularning zamonaviy ahamiyati, Ekalogik xavfsizlik va innovatsion yechimlar, Yashil iqtisodiyot sharoitida innovatsion yondashuvlar umumiy xulosalar va takliflarni o’z ichiga olgan.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Toshkent davlat texnika universiteti, Mexanika muxandisligi fakulteti, "Ichki yonuv dvigatellari, sovutish va kriogen texnikasil" kafedrasi professor v.v.b., t.f.d. J. Ismatov +998909966270 jumaniyoz[email protected] Toshkent davlat texnika universiteti G.A.Djumayeva tyutor +998945170387 [email protected] “ICHKI YONUV DVIGATELLARI. YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA IQTISODIY USTUNLIK VA EKALOGIK XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI” Annotatsiya: Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot tushunchasi, ichki yonuv dvigatellari turlari, iqtisodiy ustunliklari. Ichki yonuv dvigatellari va ularning zamonaviy ahamiyati, Ekalogik xavfsizlik va innovatsion yechimlar, Yashil iqtisodiyot sharoitida innovatsion yondashuvlar umumiy xulosalar va takliflarni o’z ichiga olgan. Kalit so’zlar: Benzin, dizel, gibrit, gazli dvigatellar, filtrlar, alternativ yoqilg’ilar, bioetanol, biodizel, vodorot, innovatsion yondashuvdagi subsidiyalar, ekalogik soliqlar, modernizatsiya qilingan IYD Kirish. Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2025 yil nomini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb nomlanishi va ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash har bir insonning muqaddas burchi hisoblanadi. Shunday ekan ushbu maqolada ichki yonuv dvigatellarini ekologik va iqtisodiy jihatdan yanada samarali, xavfsiz bo’lish uchun amalga oshirilayotgan innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyot – bu tabiatga ta’sirni minimal darajaga tushirgan holda global ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi yondashuv . Shu nuqtai nazardan, transport tizimi ham global ulushni belgilaydi. Garchi elektr transport vositalari ko‘payayotgan bo‘lsa-da, ichki yonuv dvigatellari (IYD) hali ham ahamiyatdan chiqmaydi: dunyo bo‘ylab 2024 yilda taxminan 2,17 milliard, 2025 da esa 2,37 milliard birlik sotilgan IYDlar mavjud IYD turlari va iqtisodiy ustunliklari: 1. Yonilg‘i turi bo‘yicha JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL A) Benzinli dvigatellar (SI – Spark Ignition): Sham bilan yonadi, yuqori aylanish tezligi, yengil transportda keng tarqalgan. B) Dizel dvigatellar (CI – Compression Ignition): Siqilish natijasida yonadi, momenti katta, yuk mashinalari va qishloq xo‘jaligi texnikasida asosiy. S) Gazli dvigatellar: Metan (CNG), propan–butan (LPG) va vodorod (H₂–ICE) bilan ishlaydi. D) Aralash yoqilg‘ili (flex-fuel) dvigatellar: Benzin + bioetanol, dizel + biodizel aralashmalarida ishlay oladi. 2. Ishlash jarayoni bo‘yicha A) 4 taktli dvigatellar: Eng keng tarqalgan, yonish to‘liqroq, samaradorligi yuqori. B) 2 taktli dvigatellar: Oddiyroq, yengil va ixcham, lekin sarfi ko‘proq va emissiyasi yuqori (motosikl, kichik texnika). 3. Silindrlar joylashishi bo‘yicha S) Qator (Inline): Silindrlar bitta chiziqda (I4, I6). Eng ko‘p uchraydi. D) V-simon: Ikki qatorda, burchak ostida joylashgan (V6, V8, V12). J) Oppozit (boxer): Silindrlar qarama-qarshi yotqizilgan (Subaru, Porsche). G) Radial: Silindrlar markaziy val atrofida (asosan aviatsiyada). 4. Sovitish usuli bo‘yicha A) Suyuqlik bilan sovitiladigan: Ko‘pchilik avtomobil dvigatellari (antifriz + radiator). B) Havo bilan sovitiladigan: Kichik hajmli mototsikl, samolyot va maxsus texnika dvigatellari. 5. Zarbali arxitektura bo‘yicha A) Atmosferali dvigatellar: Faqat tabiiy havo so‘rishi bilan ishlaydi. B) Turbo/super zaryadlovchi dvigatellar: Kompressor yoki turbina yordamida havo bosimi oshiriladi → quvvat va samaradorlik yuqori. 6. Innovatsion va zamonaviy turlari A) Gibrid dvigatellar: IYD + elektr motor. B) Plug-in gibrid: Zaryadlanadigan akkumulyatorli, qisqa masofani elektrda bosib o‘tadi. S) HCCI (Homogeneous Charge Compression Ignition): Benzinni dizelga o‘xshash siqish orqali yoqadi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL D) RCCI (Reactivity Controlled Compression Ignition): Ikki xil yoqilg‘ini (masalan, dizel + gaz) nazoratli yonishi bilan ishlaydi. J) Vodorodli IYD: Vododrni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yonilg‘i sifatida ishlatadi. Ichki yonuv dvigatellarini taqqoslash jadvali Turi Afzalliklari Kamchilikla ri Qo’llanishi Benzinli (SI) Ishga tushishi oson, yengil va ixcham, tez aylanish tezligi, past shovqin Yoqilg‘i sarfi ko‘proq, CO₂ emissiyasi yuqori, past moment Yengil avtomobillar , mototsikllar Dizel (CI) Yoqilg‘i samaradorligi yuqori (30– 40%), katta moment, yoqilg‘i narxi nisbatan arzon og‘ir yukda ishonchli Shovqin va vibratsiya, NOx va PM emissiyasi yuqori, og‘irroq konstruksiya Yuk mashinalari, avtobus, q/x texnikasi Gazli (CNG/LPG/H2 ) Toza yonishi (NOx va PM kam), arzon yoqilg‘i (CNG/LPG), H₂ CO₂ chiqarmaydi Quvvat benzinga nisbatan past, Ballon og‘ir va joy talab qiladi, gaz stansiyalari cheklangan Shahar avtobusi, taksi, ekologik hududlarda Aralash yoqilg’ili (Frex-fuel) Bioetanol/biodiz el bilan ishlay oladi, CO₂ izini kamaytiradi, yoqilg‘i ta’minotida moslashuvchanli k Bioyoqilg‘i har doim mavjud emas, sovuqda ishga tushirish qiyin bo‘lishi mumkin Braziliya, AQSH, ekologik dasturlarda 2 taktli Ixcham, yengil oddiy tuzilish, Quvvat/og‘irlik nisbati yuqori Samaradorlik past, yoqilg‘i va moy sarfi ko‘p, emissiyasi yuqori Moped, kichik mototsikl, generator 4 taktli Samaradorlik yuqori, emissiya pastroq, Tuzilishi murakkabroq, og‘irroq Asosiy avtomobillar , yuk JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL mustahkam va uzoq xizmat qiladi mashinalar Turbo/super zaryadlovchi Quvvat va moment oshadi, samaradorlik yuqori, kichik hajmdan katta quvvat Tuzilishi murakkab, narxi yuqoriroq, yoqilg‘i sifati talabchan Zamonaviy benzin va dizel avtomobillar i Gibrid (IYD+elektro) Yoqilg‘i sarfi va CO₂ kamayadi, shahar sharoitida tejamkor, emissiya past Narxi yuqori, akkumulyator og‘ir, texnik xizmat murakkab Shahar avtomobillar i, taksilar Plug-in gibrid (PHEV) Elektr rejimida yurishi mumkin, yoqilg‘i tejaladi, ekologik toza Zaryadlash infratuzilmasi kerak, akkumulyator qimmat Shahar va yaqin masofa avtomobillar i HCCI/RCCI (innavatsion) Yoqilg‘i samaradorligi yuqori, emissiya (NOx, PM) past, yangi ilmiy yondashuv Barqaror yonish boshqaruvi qiyin, texnologiya hali tajriba bosqichida Kelajak avlod dvigatellari, ilmiy loyihalar Vodorodli IYD CO₂ chiqarmaydi, ekologik toza, vodorod yonishi tez Vodorod saqlash qiyin, infratuzilma cheklangan, NOx hosil bo‘lishi mumkin Kelajak transporti, eksperimenta l avtomobillar Ichki yonuv dvigatellari (IYD) zamonaviy transport tizimining asosi bo’lib, ular global iqtisodiyotda energiya iste’molining katta qismini tashkil etadi. Ularning samaradorligi, ekalogik talablarga mosligi va iqtisodiy afzalliklari transport sohasi rivojlanishida muhum ahamiyat kasb etadi. Dvigatellarni turli mezonlarga ko’ra tasniflash orqali ularning ishlash prinsipi, qo’llanish sohasi va istiqboldagi rivojlanish yo’nalishlari aniqlanadi. Quydagi diagrammadan ko‘rinib turibdiki: Benzinli dvigatellar ekologik jihatdan ko‘proq zararli, iqtisodiy samaradorligi o‘rtacha. Dizel dvigatellar iqtisodiy samarali, lekin ekologik ta’siri yuqori. Gibrid dvigatellar ekologik ham, iqtisodiy ham muvozanatli. Gaz (CNG/LPG) dvigatellari eng samarali va ekologik toza variantlardan biri. Vodorodli ICE ekologik jihatdan eng qulay, iqtisodiy samaradorlikda esa hali rivojlanish bosqichida. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Ichki yonuv dvigatellarining iqtisodiy ustunliklari 1. Boshlang‘ich qiymat va ishlab chiqarish tannarxi: Arzon ishlab chiqarish: IYD texnologiyasi yuz yildan ortiq vaqt davomida rivojlanib, ishlab chiqarish liniyalari va butlovchi qismlar bozori mukammallashgan. Shu sababli ishlab chiqarish tannarxi elektr yoki vodorod texnologiyalariga qaraganda ancha arzon. Keng assortiment: Yengil avtomobillardan tortib yuk mashinalari, avtobuslar va qishloq xo‘jaligi texnikasigacha turli hajm va quvvatdagi IYD variantlari mavjud. 2. Yoqilg‘i ta’minoti va infratuzilma: Mavjud infratuzilma: Benzin va dizel yonilg‘isi uchun global miqyosda keng servis va yonilg‘i quyish stansiyalari mavjud. Bu transport tizimining iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydi. Moslashuvchanlik: IYD turli yoqilg‘ilar (benzin, dizel, CNG, LPG, biodizel, bioetanol, e-yoqilg‘ilar) bilan ishlashi mumkin. Bu yoqilg‘i narxlaridagi o‘zgarishlarga moslashishga yordam beradi. 3. Yoqilg‘i samaradorligi: Dizel dvigatellar: 35–40% termik samaradorlikka ega bo‘lib, og‘ir transportda yoqilg‘i sarfini keskin kamaytiradi. Benzinli dvigatellar: Zamonaviy turbozaryadlovchi va gibrid tizimlar yordamida yoqilg‘i sarfini 15–25% gacha kamaytiradi. CNG/LPG dvigatellar: Benzinga nisbatan yoqilg‘i xarajati 30–50% gacha arzon. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 4. Texnik xizmat va ta’mirlash: Servis tarmog‘i keng: IYD bo‘yicha mutaxassislar va ehtiyot qismlar bozori keng rivojlangan. Xizmat narxi nisbatan arzon: Elektr transportida akkumulyator almashtirish qimmatga tushsa, IYD’ning asosiy ta’mirlash ishlari (yog‘, filtr, piston halqalari, yonilg‘i nasosi va h.k.) nisbatan arzonroq. Qayta foydalanish: Ko‘plab ehtiyot qismlar (blok, krank, turbina) ta’mirlanib yana foydalaniladi. 5. Transport tizimida barqarorlik: Uzoq masofaga chidamlilik: IYD’li transport vositalari bir yoqilg‘i bilan yuzlab kilometrlarni bosib o‘ta oladi. Bu yuk tashishda iqtisodiy ustunlik beradi. Og‘ir yuk tashishda samaradorlik: Dizel dvigatellari yuqori moment tufayli katta massani arzonroq narxda tashish imkonini beradi. Qishloq xo‘jaligi va sanoat texnikasi: Elektr yoki vodorod texnologiyalari hali to‘liq joriy etilmagan sohalarda IYD eng maqbul va iqtisodiy jihatdan foydali variant hisoblanadi. 6. Umumiy iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari: TCO (Total Cost of Ownership – umumiy egalik qiymati): IYD’ning boshlang‘ich narxi va xizmat xarajati elektr transportidan pastroq bo‘lgani uchun umumiy egalik qiymati ko‘pincha arzonroq chiqadi. Qayta sotish qiymati: IYD’li avtomobillar bozorda keng tarqalganligi sababli ikkilamchi bozorda tezroq sotiladi va narxi nisbatan barqaror. Energiya xavfsizligi: Turli yoqilg‘i turlaridan foydalanish imkoniyati mamlakatlar uchun energiya manbalarini diversifikatsiya qilishda muhim. 7. Kelajak istiqbollari: Yangi texnologiyalar (EGR, SCR, DPF, GPF, mild-hybrid, Atkinson/Miller sikllari) orqali yoqilg‘i sarfi va emissiyani kamaytirish imkoniyati mavjud. Bioyoqilg‘i va sintetik yoqilg‘ilardan foydalanish orqali IYD’ning iqtisodiy ustunligi yanada oshadi. “Yashil iqtisodiyot” sharoitida IYD elektr transporti bilan parallel ravishda hali uzoq vaqt iqtisodiy jihatdan asosiy o‘rin egallaydi. Ichki yonuv dvigatellari: Ekologik xavfsizlik va innovatsion yechimlar 1. Ekologik xavfsizlikning dolzarbligi: Ichki yonuv dvigatellari transport tizimida asosiy energiya manbai bo‘lib, ular atmosferaga bir qator zararli moddalarni chiqaradi: CO₂ (karbonat angidrid): Iqlim o‘zgarishiga olib keluvchi issiqxona gazi. NOx (azot oksidlari): Smog, kislota yog‘inlari va inson salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatadi. PM (zarrachalar, soot): Nafas olish tizimi kasalliklariga sabab bo‘ladi. CO (uglerod oksidi) va HC (to‘liq yonmagan uglevodorodlar): Toksik moddalardir. Shuning uchun Yevro-6, AQSh EPA, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda qat’iy ekologik standartlar joriy qilingan. 2. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash usullari A) Yonish jarayonini takomillashtirish: EGR (Exhaust Gas Recirculation): Gazlarni qayta aylantirish orqali yonish haroratini pasaytiradi va NOx chiqindisini kamaytiradi. GDI optimizatsiyasi + GPF: Benzinli to‘g‘ridan-to‘g‘ri purkash tizimi samarali yonadi, GPF (gasoline particulate filter) zarrachalarni ushlab qoladi. Atkinson va Miller sikllari: Yonish jarayonini samarali tashkil etish orqali CO₂ chiqindisini 10–15% kamaytiradi. B) Chiqindi gazlarni tozalash tizimlari: Katalitik neytrallash (TWC – Three Way Catalyst): CO, HC va NOx ni bir vaqtda kamaytiradi. DPF (Diesel Particulate Filter): Dizel dvigatellardan chiqadigan zarrachalarni 90% gacha ushlab qoladi. SCR (Selective Catalytic Reduction): AdBlue yordamida NOx ni azot va suv bug‘iga aylantiradi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL S) Yoqilg‘i sifatini oshirish: Oltingugurt miqdorini kamaytirish katalizator va DPF samaradorligini oshiradi. Bioyoqilg‘i (biodizel, bioetanol) qo‘shilishi CO₂ chiqindisini kamaytiradi. 3. Innovatsion yechimlar A) Gibrid va elektrlashtirish yechimlari: Mild Hybrid (48V tizim): Generator-starter yordamida yoqilg‘i sarfi 10–15% kamayadi. Full Hybrid: Shahar rejimida dvigatel o‘chib, elektr motor ishlaydi → emissiya sezilarli kamayadi. Plug-in Hybrid (PHEV): Elektr energiyasida 30–60 km masofani bosib o‘ta oladi, CO₂ chiqindisini pasaytiradi. B) Yangi yonish texnologiyalari: HCCI (Homogeneous Charge Compression Ignition): Benzinni dizelga o‘xshash usulda siqish orqali yoqadi → NOx va PM past, samaradorlik yuqori. RCCI (Reactivity Controlled Compression Ignition): Ikki xil yoqilg‘i aralashmasi bilan nazoratli yonish → CO₂ kamayadi, samaradorlik ortadi. GCI (Gasoline Compression Ignition): Benzinni dizel uslubida siqib yoqish → emissiyani pasaytiradi. S) Muqobil yoqilg‘ilar: CNG/LPG: Ekologik toza, NOx va PM kam. Vodorodli IYD: CO₂ chiqarmaydi, faqat NOx hosil bo‘lishi mumkin (past haroratli yonish bilan kamaytiriladi). Sintetik yoqilg‘ilar (e-fuels): CO₂ neytral yonilg‘ilar bo‘lib, mavjud IYD’da qo‘llash mumkin. D) Raqamli boshqaruv tizimlari: IoT asosidagi dvigatel boshqaruvi: Yonish jarayonini real vaqt rejimida optimallashtirish. Telemetriya va Eco-driving: Haydovchi uslubini nazorat qilish orqali 5–15% yoqilg‘i tejaladi. AI asosidagi kalibrovka: Dvigatel parametrlarini avtomatik moslashtirish orqali ekologik va iqtisodiy samaradorlikni muvozanatlashtirish. 4. Yashil iqtisodiyot sharoitida ahamiyati: Ekologik xavfsizlikka qaratilgan innovatsion yechimlar orqali IYD’lar hali uzoq muddat davomida transport tizimida asosiy rolni saqlab qoladi. Dekarbonizatsiya bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: Qisqa muddatda → DPF, SCR, GPF, mild hybrid texnologiyalari. O‘rta muddatda → bioyoqilg‘i, CNG/LPG, PHEV. Uzoq muddatda → vodorod IYD va sintetik yoqilg‘ilar. Shu orqali iqtisodiy samaradorlik va ekologik xavfsizlik o‘rtasida muvozanat ta’minlanadi. Yashil iqtisodiyot sharoitida IYD’ga innovatsion yondashuvlar 1. Yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari: Yashil iqtisodiyot – bu iqtisodiy o‘sish va texnologik taraqqiyotni ekologik xavfsizlik bilan uyg‘unlashtirish tamoyiliga asoslangan yondashuvdir. Transport sohasi bu jarayonda yetakchi rol o‘ynaydi, chunki transport umumiy CO₂ chiqindilarining 25–30% gacha qismini tashkil etadi. Shuning uchun IYD’larni ekologik va iqtisodiy jihatdan samarali saqlab qolish uchun innovatsion yechimlar muhim. 2. Innovatsion yondashuvlarning asosiy yo‘nalishlari A) Yonish jarayonini optimallashtirish: HCCI (Homogeneous Charge Compression Ignition): Aralashma bir xil konsentratsiyada siqilib yonadi → NOx va PM juda kamayadi. RCCI (Reactivity Controlled Compression Ignition): Ikki xil yoqilg‘i (masalan, dizel + metan) birgalikda nazoratli yonadi → yuqori samaradorlik, past emissiya. Atkinson/Miller sikllari: Yonish siklini o‘zgartirish orqali CO₂ chiqindisini kamaytiradi va yoqilg‘i sarfini tejamli qiladi. B) Muqobil va qayta tiklanuvchi yoqilg‘ilar: CNG/LPG dvigatellari: Ekologik xavfsiz, NOx va PM kam. Bioyoqilg‘i (bioetanol, biodizel): Qayta tiklanuvchi resurslardan olinadi → uglerod neytralligi ta’minlanadi. Vodorod dvigatellari: Faqat suv bug‘i chiqadi, CO₂ chiqarmaydi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Sintetik yoqilg‘ilar (e-fuels): Qayta tiklanuvchi energiya asosida ishlab chiqariladi va mavjud IYD’da ishlay oladi. S) Chiqindi gazlarni tozalash texnologiyalari: SCR (Selective Catalytic Reduction): NOx ni suv bug‘i va azotga aylantiradi. DPF/GPF (filtrlar): Zarrachalarni 90% gacha ushlab qoladi. Katalitik neytrallash (TWC): CO, HC va NOx ni bir vaqtda kamaytiradi. D)Gibridlashtirish va elektrlashtirish: Mild Hybrid (48V): 10–15% yoqilg‘i tejaladi. Full Hybrid: Shahar rejimida elektr motor bilan ishlaydi → chiqindi kamayadi. Plug-in Hybrid (PHEV): Elektr rejimida 30–60 km masofani bosib o‘ta oladi. J) Raqamli va intellektual boshqaruv tizimlari: AI asosida dvigatel boshqaruvi: Yonish jarayonini real vaqt rejimida moslashtiradi. IoT va telemetriya: Transport oqimini nazorat qilib, optimal tezlik va yoqilg‘i sarfini ta’minlaydi. Eco-driving tizimlari: Haydovchilarga tejamkor va ekologik yurish uslubini o‘rgatadi. 3. Iqtisodiy va ekologik muvozanat: Innovatsion texnologiyalar dastlab investitsiya talab qiladi, lekin uzoq muddatda: 10–20% yoqilg‘i tejaladi, 30–60% zararli chiqindi kamayadi, dvigatelning xizmat muddati uzayadi. Bu yechimlar transport tizimini barqaror va ekologik xavfsiz qiladi, yashil iqtisodiyot tamoyillariga mos keladi. Xulosa 1. Ichki yonuv dvigatellari turli konstruktiv va texnologik yechimlarga ega bo‘lib, ular transport tizimida hanuz yetakchi o‘rin tutmoqda. Har bir tur ma’lum afzallik va cheklovlarga ega: benzinli dvigatellar qulay va ixcham, dizel samarador, gazli ekologik, gibrid va vodorodli dvigatellar esa istiqbolli hisoblanadi. Shunday qilib, transport sohasida ekologik xavfsizlik va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash uchun mos dvigatel turini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. 2. Ichki yonuv dvigatellari hali ham iqtisodiy ustunlikka ega, chunki ular arzon ishlab chiqariladi, servis tarmog‘i rivojlangan, yoqilg‘i samaradorligi yuqori va uzoq masofada ishonchli. Shu sababli, transport tizimida qisqa va o‘rta muddatda ularning iqtisodiy afzalligi saqlanib qoladi. 3. Ichki yonuv dvigatellari ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun chuqur modernizatsiya qilinmoqda. EGR, DPF, SCR, GPF kabi tizimlar, bioyoqilg‘i va gibrid texnologiyalar chiqindilarni kamaytirsa, HCCI, RCCI va vodorod IYD kabi innovatsion yechimlar kelajakda ekologik va iqtisodiy muvozanatni yanada samarali ta’minlash imkonini beradi. 4. Yashil iqtisodiyot sharoitida IYD’ni butunlay yo‘q qilish emas, balki innovatsion modernizatsiya qilish asosiy vazifa hisoblanadi. Qisqa muddatda: EGR, SCR, DPF, mild hybrid texnologiyalari. O‘rta muddatda: Bioyoqilg‘i, CNG, PHEV. Uzoq muddatda: Vodorod dvigatellari va sintetik yoqilg‘ilar. Bu yondashuvlar ichki yonuv dvigatellarini global transport tizimida iqtisodiy samaradorlik va ekologik xavfsizlikni muvozanatlashgan holda uzoq muddat foydalanish imkonini beradi. 5. Ichki yonuv dvigatellari hozirgi transport tizimida asosiy energiya manbai bo‘lib qolmoqda, chunki ular iqtisodiy samaradorlik, texnologik moslashuvchanlik va mavjud infratuzilmaning tayyorligi bilan ajralib turadi. 6. Biroq, ularning CO₂, NOx, PM, CO va boshqa zararli chiqindilari ekologik muammolarni keltirib chiqaradi, shuning uchun ekologik xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish zarur. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 7. Yashil iqtisodiyot sharoitida IYD’ni butunlay rad etish emas, balki modernizatsiya qilish va innovatsion yondashuvlarni qo‘llash eng maqbul yo‘l hisoblanadi. 8. Innovatsion texnologiyalar – HCCI, RCCI, SCR, DPF, bioyoqilg‘i, gibridlashtirish, vodorod va sintetik yoqilg‘ilar – IYD’ning kelajakda ham transport tizimida barqaror ishlashini ta’minlaydi. 9. Raqamli boshqaruv tizimlari va intellektual yondashuvlar (AI, IoT, telemetriya) dvigatelni optimal rejimda ishlatib, yoqilg‘i sarfini kamaytiradi va chiqindilarni nazorat ostida saqlaydi. Takliflar Qisqa muddatli chora-tadbirlar (1–5 yil): Transport vositalarida majburiy EGR, DPF, SCR tizimlarini joriy etish. Yoqilg‘i sifatini yaxshilash, oltingugurt miqdorini keskin kamaytirish. Mild-hybrid texnologiyali avtomobillarni ishlab chiqarishga rag‘batlantirish O‘rta muddatli chora-tadbirlar (5–10 yil): Bioyoqilg‘i (bioetanol, biodizel) ulushini oshirish. CNG va LPG yoqilg‘isida ishlovchi transport vositalarini keng joriy etish. Plug-in hybrid avtomobillar uchun infratuzilma yaratish. Uzoq muddatli chora-tadbirlar (10–20 yil): Vodorodli ichki yonuv dvigatellari va vodorod infratuzilmasini rivojlantirish. Sintetik yoqilg‘i (e-fuels) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. To‘liq dekarbonizatsiya jarayonida IYD va elektr transport vositalarini muvozanatli qo‘llash. Ilmiy va amaliy takliflar: O‘zbekiston sharoitida bioyoqilg‘i ishlab chiqarish uchun qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan foydalanish. Transportda ekologik monitoring tizimini kuchaytirish va raqamli nazorat mexanizmlarini joriy qilish. Yangi avlod muhandislik tadqiqotlari (HCCI, RCCI, GCI) bo‘yicha ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash. Xulosa qilib aytganda, IYD’lar hali uzoq vaqt davomida transport tizimida o‘z o‘rnini saqlab qoladi, lekin yashil iqtisodiyot tamoyillariga moslashish uchun ularni modernizatsiya qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Ichki yonuv motorlari nazaryasi va dinamika asoslari. B. To’layev Toshkent «Fan va texnologiyalar» -2010 2. Луканин В.Н. (ред.) Двигатели внутреннего сгорания. Кн.1: Теория рабочих процессов. Учебник для ВУЗов. — М.: Высшая школа, 1995. — 368 с., ил. 138 3. Луканин В.Н. (ред.) и др. Двигатели внутреннего сгорания. Кн. 2: Динамика и конструирование. В 3 кн. Учебник для вузов. — В.Н. Луканин, И.В. Алексеев, М.Г. Шатров и др.; Под ред. В.Н. Луканина и М.Г. Шатрова. — 3-е изд. перераб. — М.: Высш. шк., 2007. — 400 с.: ил. —ISBN 978-5-06-004143-9. 4. Jo’rayev B. Avtomobil dvigatellarining ekalogiyasi va iqtisodiy samaradorligi. -T.: TATU nashriyoti 2020 5. Xo’jayev U. Yoqilg’i-havo aralashmasi va yonish jarayonlarini takomillashtirish. – Toshkent, 2019.