Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Yo‘ldosheva Malikaxon Asqarali qizi “Ideal orzular maktabi” nodavlat ta’lim muassasasi o‘qituvchisi E-mail: [email protected] Tel: +998886679724 BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLIKLARINING TUZILISHI VA DARSLIK UCHUN YARATILGAN QO‘LLANMALAR TAHLILI Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarining tuzilishi, darsliklardagi ma’lumotlarning berilish tartibi, o‘qituvchilar uchun yaratilgan o‘qituvchi kitoblari va ulaning ahamiyati, mazmuniy yo‘nalishlari hamda ular asosida yaratilgan metodik qo‘llanmalar tahlil qilingan. Ta’lim-tarbiya jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining pedagogik mahorati kabilar asoslab berilgan. Kirish qismida ona tili ta’limining boshlang‘ich bosqichdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot metodlari sifatida tahlil, solishtirish va pedagogik kuzatuv usullari qo‘llanilgan. Darsliklarning mavzular tizimi, mashq turlari, grammatik va lug‘aviy materiallarning bosqichma-bosqich berilishi, shuningdek, darsliklarga mos ishlab chiqilgan metodik qo‘llanmalarning samaradorligi natijalar qismida tahlil etilgan. Muhokama qismida mavjud darsliklarning afzalliklari, kamchiliklari hamda ta’lim jarayonida ularni takomillashtirish yo‘llari haqida xulosalar berilgan. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, ona tili darsligi, metodik qo‘llanma, darslik tahlili, ta’lim sifati, DTS, o‘quv dasturi, boshlang‘ich ta’lim, savod o‘rgatish davri. KIRISH Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarda o‘qish, yozish, fikrlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishning poydevori hisoblanadi. Shu jarayonda ona tili darsliklari asosiy o‘quv manbai sifatida til qoidalarini o‘rgatish, so‘z boyligini kengaytirish, grammatik tushunchalarni bosqichma-bosqich singdirish vazifasini bajaradi. O‘zbekiston ta’lim tizimida so‘nggi yillarda darsliklarni yangilash, zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida ishlab chiqish va ularni metodik qo‘llanmalar bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu sababli, boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarining tuzilishini, mazmuniy tizimini hamda ularga yaratilgan metodik qo‘llanmalarning amaliy ahamiyatini tahlil qilish dolzarb ilmiypedagogik masala hisoblanadi.Bilamizki, DTS ta’limning asosini tashkil qilsa, o‘quv darsliklari esa ta’limning ajralmas qismidir. ASOSIY QISM “Darslik — davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, uning asoslari mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliytajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri”
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Ona tili darslari 1-sinfda savod o‘rgatish davridan keyin boshlanib, 4sinfgacha davom etadi. Darslar ona tili darsliklari asosida olib boriladi. Darsliklar tuzilishi bilan ona tili fani bo‘limlari asosida tanishib chiqamiz. Har bir sinf uchun mo‘ljallangan “Ona tili” darsligida o‘ziga xos shartli belgilar bo‘lib, bu o‘quvchi uchun ham, o‘qituvchi uchun ham darslikdan foydalanish uchun qulaylik yaratadi. 2023-yilda nashrdan chiqqan ona tili darsligi kirish sifatida “Ona tilim” mavzusi bilan boshlangan. Bu mavzu orqali ona tilini jamiyatimizdagi o‘rni, uning hayotimizdagi ahamiyati haqida o‘quvchilarga tushuncha beriladi. 2023-yilda nashrdan chiqqan 2-sinf “Ona tili” darsligi esa “Takrorlash” mavzusi bilan boshlangan. Bu mavzu orqali 1-sinfda o‘tilgan bilimlar, jumladan, nutq, og‘zaki va yozma nutq haqidagi tushunchalar o‘quvchilar yodiga tushuriladi, mustahkamlanadi. 3-sinf “Ona tili” darsligidagi “Takrorlash” bo‘limi orqali fonetika, grafika va grammatika bo‘limlariga oid bilimlar esga olinsa, 4-sinf “Ona tili” darsligidagi “Takrorlash” bo‘limida esa sintaksisga oid gap, gap bo‘laklari, uyushiq bo‘laklar, undalma, fonetikaga oid bilimlar yodga olinadi. Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarini tahlil qilar ekanmiz, deyarli barcha darsliklar fonetika va grafika bo‘limlari bilan boshlangan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bu bo‘limlar yuzasidan qanday bilimlarni egallashlari to‘g‘risida keyingi boblarda batafsil ma’lumot beriladi. 1-sinf “Ona tili” darsligining ikkinchi bobi “So‘z” deb nomlanib, bu bobda so‘z turkumlari haqida boshlang‘ich tushunchalar keltirilgan. 1-sinf “Ona tili” darsligining uchinchi bobi “Nutq. Gap” deb atalib, jami 10 soat vaqt ajratilgan. Bu bobda 1-sinf o‘quvchilariga sintaksis bo‘limiga oid bo‘lgan bilimlar beriladi. Nutq nima ekanligi, nutqning turlari, og‘zaki va yozma nutq o‘quvchilarga mashqlar orqali tushuntiriladi. Shu bilan birgalikda ma’nodosh so‘zlarga ham to‘xtalib o‘tiladi. “Gap” mavzusi orqali esa gap so‘zlardan tuzulishini, har bir gap bosh harf bilan boshlanishini,matndagi gaplar sonini aniqlashni, gapning mazmuniga qarab har xil tinish belgilar qo‘yilishini, xabar ma’nosini bildirgan gaplar oxirida nuqta, so‘roq ma’nosini bildirgan gaplar oxirida so‘roq, his-hayajon bilan aytilgan gaplarda undov belgisi ishlatilishini bilib oladilar. Mashqlar orqali o‘quvchilarga ko‘chirma gaplarni aniqlash topshiriq qilib berilganligini ko‘rishimiz mumkin. 2-sinf ona tili darsligida sintaksisga oid quyidagi bilimlar o‘rganiladi: gapda so‘zlar mazmunan bog‘lanishi; gap tugallangan fikrni bildirishi; gapda kim yoki nima haqida fikr bildirilayotgan so‘z tagiga bir to‘g‘ri chiziq, ular haqida nima deyilayotgan so‘z ostiga esa ikki to‘g‘ri chiziq chizilishi, bu so‘zlar gapning asosiy ma’nosini bildirishi va ularni so‘roq berib aniqlash mumkinligi; gapda so‘zlarning bog‘lanishi sterelkalar orqali belgilanishi; nutqning hayotimizdagi o‘rni; nutqning gaplardan tuzulishi; ma’no jihatdan o‘zaro bog‘langan gaplar matn deb atalishi; matnga sarlavha qo‘yish mumkinligi haqida ma’lumotlar beriladi. 2-sinf ona tili darsligida so‘z birikmasi, gap bo‘laklari atama sifatida o‘rganilmaydi, o‘quvchilarga faqatgina boshlang‘ich ma’lumotlar beriladi. Sintaksis bo‘limi darslikda uchun jami 14 soat vaqt ajratilgan. 3-sinf ona tili dasrligida sintaksis bo‘limi uchun 26 soat vaqt ajratilgan. 3-sinf “Ona tili darsligini tahlil qilar ekanmiz, 1va 2sinfda o‘tilganlarni takrorlab, oldin olingan bilimlar
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL mustahkamlanganligini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari o‘quvchilar gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari bilan batafsil tanishadilar. Ular avvaligi sinflarda darak, so‘roq, hishayajon va buyruq gaplarning qanday ma’noni bildirishini, ularning oxiriga qanday tinish belgisi ishlatilishini o‘rgangan bo‘lsalar, 3-sinfda esa bu gaplarni atama sifatida nima deyilishini bilib oladilar. Avvalgi sinflarda o‘quvchilarga buyruq gap haqida tushuncha berilmagan edi. 3-sinfda buyurish, maslahat, iltimos mazmunini bildiruvchi gaplar buyruq gaplar deb atalishi, ularning oxiriga ham xuddi darak gap singari nuqta qo‘yilishi o‘rgatiladi. O‘quvchilar darak va buyruq gaplarni bir-biridan farqlay olishlari kerak. Bundan tashqari, kuchli his-hayajon, quvonch ma’nolarini bildirgan gaplar his-hayajon gaplar deb atalishini, ularning oxiriga undov belgisi qo‘yilishini bilib oladilar. “Gap ustida ishlashga oid mashqlar juda xilma-xil bo‘lib, analiz va sintezning ustunligiga hamda o‘quvchilaming mustaqillik darajasiga ko‘ra tasnif qilinadi. Analiz yoki sintezning ustunligiga nisbatan gap ustida ishlash mashqlari ikkiga bo‘linadi: 1) analitik mashqlar, ya ’ni tuzilgan tayyor matndan olingan gapni tahlil qilish; 2) sintetik mashqlar, ya ’ni mustaqil gap tuzishga qaratilgan mashqlar” Gap bo‘laklari yuzasidan 3-sinfda quyidagi ma’lumotlar berilgan: gapda so‘zlar ma’nosiga qarab ma’lum bir vazifani bajarishi; mustaqil ma’no anglatuvchi so‘zlar gap bo‘lagi bo‘lib kelishi; gapning asosiy mazmunini bildiruvchi so‘zlar bosh bo‘laklar deb atalishi; gapning mazmunini to‘ldirish uchun boshqa so‘zlar ham kelishi va ular ikkinchi darajali bo‘laklar deb nomlanishi; bosh bo‘laklarga ega va kesim kirishini, ularning ta’rifini kesim gapning markazi bo‘lib, o‘z atrofida barcha so‘zlarni birlashtirishi; ega kim?, nima? kimlar?, nimalar? so‘roqlariga javob bo‘lishini; kesim esa nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so‘roqlariga javob bo‘lishini; ikkinchi darajali bo‘laklar ham ma’lum bir ma’no anglatishini, ma’lum bir so‘roqqa javob bo‘lishini, ularning tagiga to‘lqinli chiziq chizilishini; so‘zlar orqali birikmalar tuzushni bilib oladilar. 4-sinfda ham sintaksis bo‘yicha avvalgi bilimlar takrorlanadi, buning uchun jami 19 soat vaqt ajratilgan. Darslikka e’tibor bilan qarasak, o‘quvchilarga asosan savol bilan murojaat qilinganligini ko‘rishimiz mumkin. Bundan maqsad o‘quvchilarni fikrlashga, avvalgi sinflarda olingan bilimlarni eslashga qaratilgan. O‘quvchilar gaplarni ohangiga mos tarzda o‘qishga, ularni yozayotganda esa ohangiga mos tarzda tinish belgilarini ishlatishga o‘rgatiladi. Gap bo‘laklari yuzasidan ham avvalgi bilimlar mustahkamlanadi. Qaysi gap bo‘lagi yolg‘iz holda ham gap bo‘la olishini, gapning asosi aynan shu bo‘lak ekanligini va boshqa barcha so‘zlarni o‘ziga bog‘lab kelishini bilib oladilar. Shu bilan birgalikda o‘quvchilarga gapda so‘zlar ohang va turli vositalar yordamida bog‘lanishi, ega kesimga, ikkinchi darajali bo‘laklar esa bosh bo‘laklarga bog‘lanib kelishi o‘rgatiladi. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar so‘z birikmasi bilan atama sifatida tanishmaydilar. “Boshlang‘ich sinflarda so‘z birikmasi ustida ishlashda quyidagi mashq turlaridan foydalaniladi:
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 1. Bosh so‘zdan ergash so‘zga so‘roq berish, so‘zlaming o‘zaro bog‘lanishini aniqlash. Masalan, Anvarjon yaxshi o‘qiydi. Kim (o‘qiydi)? — Anvarjon. (Anvarjon) nima qiladi? — o‘qiydi. Qanday (o‘qiydi)? — yaxshi. Yaxshi o‘qiydi — so‘z birikmasi. 2. Gapda so‘zlaming o‘zaro bog‘lanishini chizmada ko‘rsatish. Bu o‘quvchilarni asta-sekin murakkab qurilmalarni tuzishga o‘rgatadi. Masalan: Terimchi paxtani mashinada terdi. Gulzorda har xil gullar ochildi. 3. Matnda uchragan so ‘z birikmasining ma ’nosini tushuntirish. 4. Matnda yoki faoliyat jarayonida uchragan yangi so ‘z bilan so‘z birikmasi tuzish. Mashqning bu turi so‘zning ma’nosini chuqur tushunishga va undan o ‘z nutqida foydalanishga yordam beradi. 5. So‘z turkumlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda so‘z birikmasi tuzdirish. Ot so‘z turkumi o‘tilganda, ot va sifat bilan (jonajon Vatanim), ot va boshqa ot bilan (maktab bog‘i) fe’l o‘tilganda, ot va fe’l bilan (kinoga bordi, maktabda bo‘ldi, uydan keldi, kitobni o‘qidi) so‘z birikmalari tuzdiriladi” O‘qituvchi o‘quvchilarni so‘z birikmalarini to‘g‘ri tuzishlariga e’tibor qaratishi lozim. Chunki o‘quvchilar bunday xatoliklarni gap tuzishda ham takrorlashlari mumkin. Boshlang‘ich sinf darsliklarini tahlil qilar ekanmiz, morfemikaga oid bilimlar o‘quvchilarga 3-sinfdan boshlab berilishini ko‘rishimiz mumkin. 1-2-sinflarda ular so‘z va uning ma’nolari bilan tanishadilar. 3-sinfga kelib esa darslikdagi “So‘z tarkibi” bo‘limi orqali morfemik bilimlar o‘zlashtiriladi. Buning uchun jami 18 soat vaqt ajratilgan. “So‘z tarkibi to‘rt bosqichda o‘rganiladi: Birinchi bosqich - so‘z yasalishini o‘rganishga tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichning vazifasi — o‘quvchilarni bir xil o‘zakli so‘zlaming ma’no va tuzilishiga ko‘ra bog‘lanishini tushunishga tayyorlash. Ikkinchi bosqich — bir xil o‘zakli so‘zlaming xususiyatlari va barcha morfemalarning mohiyati bilan tanishtirish. Uchinchi bosqich — o‘zak, so‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalarning xususiyatlari hamda tildagi ahamiyatini o‘rganish metodikasi. To‘rtinchi bosqich — so‘z turkumlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda so‘zning tarkibi ustida ishlash (3-, 4-sinflar)” So‘z tarkibini o‘rganishning 1-bosqichi 1-2-sinfga to‘g‘ri keladi. 1-2-sinfda o‘quvchilar kim?, nima? so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlarni o‘rganish jarayonida asosdosh so‘zlarga duch keladilar. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar e’tiborini asosdosh so‘zlar o‘rtasidagi ma’no bog‘lanishiga qaratishi lozim.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 3-sinfda o‘quvchilar dastlabki 2-3-bosqichga doir bilimlarni o‘zlashtiradilar. Ya’ni: asos nima ekanligini, uning belgilanilishini, asosdosh so‘zlar tuzilishi va ma’no jihatidan umumiylikka ega bo‘lishini; so‘z yasovchi qo‘shimchalar, ularning so‘zdagi ahamiyati, belgilanishini; so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimchalar, ularning gapdagi ahamiyati, belgilanishini bilib oladilar. “So‘z turkumlari” bo‘limida o‘quvchilar so‘z yasovchi qo‘shimchalarni turlarga ajratadilar. Qaysi qo‘shimcha ot so‘z turkumini, qaysi biri sifat so‘z turkumini yasayotganligini aniqlaydilar. 4-sinf ona tili darsligida so‘z tarkibi uchun alohida bo‘lim, mavzu ajratilmagan bo‘lib, so‘z turkumlarini o‘rganish barobarida, o‘quvchilarning so‘zning asosi, yasovchi qo‘shimchalar haqidagi bilimlari mustahkamlanib boradi. Bunda o‘quvchilar qaysi so‘z turkumlari yasalishini, yangi so‘zni hosil qilish uchun asos vazifasini bajarishini, so‘z yasovchi qo‘shimchalar va ularning nutqimizdagi tutgan o‘rni, so‘zni so‘zga bog‘lovchi qo‘shimchalar kelishik qo‘shimchalari deb atalishini, kelishik qo‘shimchalarining turlarini, so‘zlarning morfemik tahlil qilishni bilib oladilar. So‘z tarkibini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlari rivojlanadi, til birligi sifatida so‘zni ongli ishlatish, uni taqqoslash ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. “Taqqoslash, degan edi mohir pedagog K.D. Ushinskiy, har qanday tushuncha va har qanday fikr yuritishning asosidir. Dunyoda hamma narsani taqqoslash orqaligina bilib olamiz. Binobarin, agar oldimizda hech narsaga tenglashtirib bo‘lmaydigan yangi bir narsa paydo bo‘lsa, bu vaqtda biz ana shu buyum to‘g‘risida biror fikr ham tuzolmas edik va bu buyum to‘g‘risida biror so‘z ham ayta olmas edik” O‘quvchilar maktabga qadam qo‘yar ekanlar, dastlab ularning lug‘at boyliklarini oshirish ustida ish olib boriladi. “Alifbe” darsligining birinchi sahifasidanoq o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazish uchun turli xil rasmlar berilgan bo‘lib, bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga savollar bilan murojaat etadi. “Maktabda lug‘at ustida ishlash metodikasi to‘rt asosiy yo‘nalishni ko‘zda tutadi: 1.O‘quvchilar lug‘atini boyitish, ya’ni yangi so‘zlarni, shuningdek, bolalar lug‘atida bo‘lgan ayrim so‘zlaming yangi ma’nolarini o‘zlashtirish. 2.O‘quvchilar lug‘atiga aniqlik kiritish. 3.Lug‘atni faollashtirish, ya’ni o‘quvchilar ma’nosini tushunadigan, ammo o‘z nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug‘atidagi so‘zlarni faol lug‘atiga o‘tkazish. 4.Adabiy tilda ishlatilmaydigan so‘zlarni o‘quvchilar faol lug‘atidan nofaol lug‘atiga o‘tkazish” Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari lug‘at boyligi kuniga 8-10 so‘zga boyishi lozim. Buning 60 foizi ona tili darslari hisobiga to‘g‘ri keladi. Buning uchun o‘quvchilar uchun mavhum bo‘lgan so‘zlarni ularning faol lug‘atiga kiritish, matnda qo‘lllay olish, antonimini, sinonimini topish, ayrim sodda iboralarni, maqol va tasviriy ifodalarni, ko‘p ma’nolini so‘zlarni ishlata olishi lozim. Turli xil shevaga xos bo‘lgan so‘zlarni jargonlarni o‘quvchilar faol lug‘atidan chiqarib tashlab, ularning o‘rniga adabiy tilda ishlatiladigan so‘zlarni kiritish kerak. XULOSA
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklari o‘quvchilarda savodxonlik, fikrlash va nutq madaniyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. 2. Darsliklarning mazmuni bosqichma-bosqichlik tamoyiliga asoslangan bo‘lib, har bir sinf uchun o‘ziga xos ta’limiy maqsadlar belgilangan. 3. Metodik qo‘llanmalar darsliklarni to‘ldiruvchi muhim vosita sifatida o‘qituvchi ishini yengillashtiradi, biroq ularni zamonaviy metodlar va raqamli ta’lim vositalari bilan boyitish lozim. 4. Kelgusida darsliklar mazmuniga ijodiy topshiriqlar, interfaol mashg‘ulotlar va o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantiruvchi elementlarni ko‘proq kiritish tavsiya etiladi. ADABIYOTLAR RO`YXATI 1. G‘oyibnazar E. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Ilm ziyo. 2013. 2. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X.va b. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Nosir. 2009. 3. Zokirov, M. T., & Zokirova, S. M. (2020). Contrastic Analysis at The Phonetic Level. Academic Leadership (Online Journal), 21(05), 163-169. 4. Zokirov M. T., Zokirova S. M. About Lexical-semantic Interference in the Speech of Tajiks, Living in Fergana Region of the Republic of Uzbekistan //International Journal of Pharmaceutical Research. – 2020. – Т. 12. – №. 3. 5. Zokirov M. T., Dadabayeva S. S. About the role of languages contacts in the development of languages //Theoretical & Applied Science. – 2020. – №. 4. – pp. 687-691.