YANGI O'ZBEKISTON KUTUBXONALARINING MUVAFFAQIYATLARI VA MUAMMOLARI
Abstract
Ushbu maqola zamon bilan hamnafas harakat qilayotgan O‘zbekistonning kutubxonalari xususida. Zamonaviy, jahon standartlariga mos kutubxona qanday bo‘lishi, kutubxonaning tashqi va ichki ko‘rinishlarini yaratishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida gap boradi. Qolaversa, jahondagi ko‘plab kutubxonalani birlashtirib turgan IFLA tashkiloti faoliyati va uning bizning sohamiz uchun foydali jihatlari dolzarbdir.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 474 YANGI O‘ZBEKISTON KUTUBXONALARINING MUVAFFAQIYATLARI VA MUAMMOLARI Irgashova Dildora Ma’murjon qizi Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Milliy bibliografiya xizmati bo‘limi mutaxasissi, TATU magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17457826 Annotatsiya. Ushbu maqola zamon bilan hamnafas harakat qilayotgan O‘zbekistonning kutubxonalari xususida. Zamonaviy, jahon standartlariga mos kutubxona qanday bo‘lishi, kutubxonaning tashqi va ichki ko‘rinishlarini yaratishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida gap boradi. Qolaversa, jahondagi ko‘plab kutubxonalani birlashtirib turgan IFLA tashkiloti faoliyati va uning bizning sohamiz uchun foydali jihatlari dolzarbdir. Kalit so‘zlar: kutubxona, innovatsiya, zamonaviylashtirish, interyer, jahon, IFLA, asotsatsiya, modern. УСПЕХИ И ПРОБЛЕМЫ БИБЛИОТЕК НОВОГО УЗБЕКИСТАНА Аннотация. В статье рассказывается о библиотеках Узбекистана, которые идут в ногу со временем. В ней рассказывается о том, какой должна быть современная библиотека, соответствующая мировым стандартам, и на что обратить внимание при формировании внешнего и внутреннего облика библиотеки. Кроме того, актуальна деятельность организации ИФЛА, объединяющей множество библиотек по всему миру, и её полезные аспекты для нашей отрасли. Ключевые слова: библиотека, инновации, модернизация, интерьер, мир, ИФЛА, ассоциация, современный. SUCCESSES AND CHALLENGES OF THE LIBRARIES OF NEW UZBEKISTAN Abstract: This article is about the libraries of Uzbekistan, which are moving in step with the times. It talks about what a modern library should be, meeting world standards, and what to pay attention to when creating the external and internal appearance of a library. In addition, the activities of the IFLA organization, which unites many libraries around the world, and its useful aspects for our field are relevant. Keywords: library, innovation, modernization, interior, world, IFLA, association, modern. Bugungi kunda zamonaviylashib borayotgan Yangi O‘zbekistonda har sohada o‘sish, rivojlanish kuzatilayotgan bir paytda axborotning manbai hisoblanmish kutubxonalarimiz ham yangicha rang, yangicha mazmunda o‘z faoliyatini olib bormoqda. Xususan, O‘zbekistondagi eng yirik kutubxona sifatida Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi misolida qaraydigan bo’lsak, kutubxonada kundan kunga o‘sish, yangilanish kuzatilmoqda. Ish jarayoniga zamonaviy texnika, texnologiyalarni joriy qilish, vaqtni tejagan holda ish sifatini oshirish kabi maqsadlar oldinga qo‘yilgan. Ish jarayoni bilan birgalikda kutubxonada kitobxonlarga xizmat ko’rsatish, ularga mutolaa uchun qulay sharoit yaratib berish ham muhim hisoblanadi. Kitoblarning keng assortimenti, qidirilgan kitoblarni tez va oson topish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 475 Kitobxonning qulayligi uchun zamonaviy, yorug’ va shinam o‘quv zallari, mustaqil qidirish uchun barcha zallarda computer qurilmalari bilan ta’minlanganligi quvonarli, albatta. Joriy yilning sentabr oyida kutubxona ma’muriyati hamda xodimlar IFLA xalqaro forumida ishtirok etib qaytishdi. IFLA bu jahondagi barcha kutubxonalarni birlashtirgan, ularni rivojlanishi, kengayishi uchun sharoit yaratib beruvchi xalqaro tashkilot hisoblanadi. Avvallari Milliy kutubxona xalqaro forumda onlayn qatnashib kelgan bo‘lsa, bugungi kunda delegatsiya bilan yuzma-yuz uchrashish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. “Kutubxonalar faol va global professional hamjamiyatlar orqali o'zaro bog'langan va qo'llab-quvvatlaniladi. Kutubxonalar hamkor sifatida e'tirof etiladi, himoya qilinadi va qadrlanadi. Kutubxonalar barcha darajalarda muhim o'zgarishlarni amalga oshirish qobiliyatiga ega.” Ushbu jumlalalar IFLA federatsiyasining bosh g’oyasi hisoblanadi. IFLA o‘z oldiga qo’ygan maqsadlarni amalga oshirish uchun aniq bir rejalarni tuzib chiqgan bo‘lib, bular 20242029-yillarga mo‘ljallangan IFLA strategiyasida aks etgan. IFLA kutubxonalarni xalqaro hamjamiyatga qo’shilishga, tajriba almashish va rivojlanishga undaydi. Zero, yakkama-yakka harakat qilgandan ko‘ra birgalikda qilingan harakat samaraliroq bo‘ladi. Sohaga yangi innovatsiyalarni kiritish, bundan boshqalarni ham xabardor qilish, yutuqlar bilan bir qatorda sohadagi muammolarni o‘rtaga tashlash kabi masalalar bosh rolda hisoblanadi. Yurtimiz kutubxonalaridagi dolzarb muammolardan biri bu kadrlarning yetishmasligi va yoki kadrlar malakasining yetishmasligidir. Kutubxonalarda ishlayotgan hodimlarning juda kam qismigina oliy ma’lumotli kadr, aksar qismi nomutaxasis hamdir. Zamonaviy axborot zamonida yashayotgan ekanmiz, bugungi kun talablaridan biri bu axborotga ega bo‘lishni tezlashtirish va sifatini oshirishdir. Axborot deganda tor doiradagi kunlik yangiliklarni tushunish kerak emas. Kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar, gazeta, jurnallar haqida kitobxonalarga xabar berish, ularga sharxlar berish kerak. Buning uchun albatta har bir kutubxonada malakali xodimlar ishlashi zarur. Mutaxasislarning yetishmasligi o‘z o‘rnida ishga olinayotgan xodimga qo‘yiladigan talablar darajasini pasaytiradi. Ushbu muammo yillar davomida o‘z yechimini topadi, albatta. Bugungi kunda yurtimizda 7 ta oliygohda kutubxonachi kadrlar tayyorlanmoqda. Bular: 1. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti; 2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot-texnologiyalar universiteti; 3. O‘zDSMI Nukus filiali; 4. O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali; 5. Termiz davlat universiteti; 6. Namangan davlat universiteti; 7. Qarshi davlat universiteti; Kutubxonachi rivojlanishi kerak, tezlik va sifat jihatdan o‘sishi lozim deymiz-u lekin, unga mos sharoit qilib berilyaptimi? Kutubxonachilarning malaka oshirish muddati juda qisqa. Unda ham o‘zimizning eski medotdlar yana qaytadan o‘qitiladi, xolos. Umuman bizda chet el kutubxonalari bilan aloqa yo‘q, orqadamiz deb ham ayta olmaymiz.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 476 Yurtimizdagi katta-katta tashkilotlar tasarrufidagi yoki xususiy tashkilotlar kutuxonasi xodimlari chetda malaka oshirishlari mumkin. Lekin chekka-chekka hududlardagi kutubxonachilarda bu imkoniyatlar qachon paydo bo‘ladi? Bugungi kunda ko‘plab sohalar chet el bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda, ularning ish yuritish sistemasi o‘rganilib bizga mos tushadigan, qulay taraflari o‘zlashtirilmoqda. Kutubxonachilik sohasida ham ushbu tizimni joriy qilib chet el kutubxonalari tizimini yosh xodimlar o‘rganib, malaka oshirib kelishlari uchun sharoit yaratib berish lozim. Har bir sohaning yetuk mutaxassisi bu jamiyatning muhim va kerakli a’zosidir. Kutubxona – bilim beruvchi ezgu maskan. Kutubxonachilik sohasida yetuk kadrlar, yangilik, innavatsiyalar qiluvchi xodimlar bu taraqqiyot uchun hissa qo‘shuvchilardir. Shunday ekan malakali kutubxonachi kelajak poydevori, rivojlangan davlatning kichik bir hissadori desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Sohamiz bo‘yicha yaxshi yangiliklardan biri bu Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi yangi binoga ega bo‘lmoqda. Zamonaviy, shinam va ko‘rkam bino Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tashabbuslari bilan bunyod bo‘lmoqda. Kutubxona binosi tashqi tomondan ham ichki interyeri tomonidan ham zamnaviy dizayn asosida yaratilmoqda. Avvalo, kitobxonlarga qilinayotgan sharoit, keng va yorug‘ zallar, boy fond va shinam muhitni ko‘rgan har bir inson, har bir mutaxassis quvonadi, albatta. Bugungi kunda kitobga oshno bo‘lmagan inson o‘z-o‘zini rivojlantira olmaydi, zamonaviy hayot bilan hamnafas bo‘la olmaydi. Hozir chop etilayotgan kitoblar ham ijtimoiy hayot bilan teng ketmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ijtimoiy hayotimizdagi muammolar, ularning kelib chiqish sabablari ham bugungi kunga mos. Eskicha ruh bahsh etuvchi kitoblarni o‘qiganda inson o‘zgacha ma’naviy boylik olish rost, ammo bugungi jundan ham uzilib qolmaslik ham muhim. Axborot olami keng rivojlangan bir paytda qaysi kitobni o‘qishni bilish ham kitobxon uchun ham kutubxonachi uchun ham mas’uliyatli ish.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 477 Mamlakatimiz yetakchisining “Kitob o‘qigan, o‘zini ustida ishlagan odamda qanot bo‘ladi. U befarq bo‘lmaydi”, degan so‘zlari ham bugungi kunda ma’rifiy sohalarda kechayotgan islohotlarda ustuvorlik kasb etmoqda. Barcha sa’y-harakatlar kitob mutolaasini rivojlantirish hamda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish uchun qilinmoqda. Bugungi virtuallashib borayotgan davrda kitobxonlarni tarbiyalash kutubxona va kutubxonachilarning asosiy missiyalaridan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. –280–son. 2011yil 13 aprel // Xalq so‘zi. – 2011. – 14apr. B. 2. 2. Berdiyeva Z. Kutubxonashunoslik: kasb–hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma 3– nashr.–Toshkent: ILM ZIYO, 2014.– 399 b. 3. Yuldashev I. J., Nosirov O‘. Kutubxona-axborot xizmati: nazariyasi va amaliyoti : [o‘quv qo‘llanma] / I. J. Yuldashev, O‘. Nosirov. Toshkent, 2021. – 352 b. 4. https://repository.ifla 5. https://uz.council.science 6. https://www.facebook.com/photo 7. https://uza.uz/oz/posts/yurtimizdagi-kitobxonlikni-rivojlantirishga-oid-amaliy-ishlarturkiya-nashrlarida