scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI BUTUN SINF DOIRASIDA SOG'LOM RAQOBAT MUHITIDA O'QISHGA O'RGATISHNI LOYIHALASH

Abdirayimova Noila Komiljonovna

Abstract

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda butun sinf doirasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ularda kollaborativ ko’nikmalarini shakllantirishning samarali tomonlari ochib berilgan.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Abdirayimova Noila Komiljonovna Samarqand shahar 81sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI BUTUN SINF DOIRASIDA SOG‘LOM RAQOBAT MUHITIDA O‘QISHGA O‘RGATISHNI LOYIHALASH Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda butun sinf doirasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ularda kollaborativ ko’nikmalarini shakllantirishning samarali tomonlari ochib berilgan. Kalit so’zlar: Muhit, sog‘lom raqobat,. kollaboratsiya, o‘quvchilar, interaktiv metod. Аннотация: В статье раскрываются эффективные аспекты создания здоровой конкурентной среды в классе и развития навыков сотрудничества у учащихся начальной школы. Ключевые слова: среда, здоровая конкуренция, сотрудничество, учащиеся, интерактивный метод. Abstract: The article reveals the effective aspects of creating a healthy competitive environment within the entire class and developing collaborative skills in primary school students. Keywords: Environment, healthy competition, collaboration, students, interactive method. Har neniki qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish odamzod (Alisher Navoiy) Darhaqiqat, inson biror ishni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, yoki o‘rganishnishni istasa, albatta, unda dastlab aql bo‘lishi lozim. Va bunda inson o‘z tafakkuriga tayanadi. Inson bu hayotda nimaniki o‘rgansa,bu, albatta, uning tafakkurida aks etadi va inson o‘rganayotgan ilmlarining barchasini o‘z tafakkuri doirasida tahlil qiladi va xulosa chiqaradi. Shuning uchun ham tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish muhim masala hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf oʻquvchilarida tafakkur tezligi shakllanib borgani sayin ular uchun yangi boʻlgan vaziyatlarni tezroq oʻrganish, ularni tahlil qilib, bu hodisalarning mazmun mohiyatini toʻliqroq anglashga intilish kuchayib boradi. Ular oʻzlari kundalik foydalanadigan buyumlarni, jihozlarning keraklilik darajasi, ularning hayotimizdagi oʻrnini tahlil qila boshlaydilar. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari ichida tafakkur tezligi shakllangan oʻquvchilar oʻzlarining oʼzgacha fikrlari, fikrlarining kreativligi, yangi gʻoyalarga boyligi va yangiliklarga tez koʻnikishi bilan oʻz tengdoshlaridan ajralib turadi. “AMALGA OSHGAN ORZULAR DAFTARIM” METODI JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Ushbu psixologik metod o‘quvchilarni yuqori cho‘qqilarga ko‘taruvchi metodlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ayni rivojlangan davlatlarning nima uchun rivojlanish sababini qidirganingizda, uning asl negizida shaxs tarbiyasi yotadi, ya’ni, bolaga kichiklikdanoq maqsad qo‘yishni, ularning har bir qilayotgan yaxshi ishiga motivatsiya berilishidadir. Kishidagi barcha bilish jarayonlari (nutq, tafakkur, xotira, diqqat, idrok, sezgi) yaxshi ishlasa, maqsadga erishishi juda yengil va oson bo‘ladi. Bu metod kishidagi ixtiyordan keyingi diqqatni shakllantirshga yordam beradi, motivatsiya va rag‘bat kishini yuksaltiradi. Xo‘sh,ushbu metod qanday metod? - Bunda barcha o‘quvchilar uchun bir xil qizil (energiyaga boy rang) yoki pushti (beg‘ubor rang) rangli qog‘ozga “Amalga oshgan orzularim daftari “ deb yozilib, ismi uchun joy qoldiriladi. - Ichiga o‘zlarining beg‘ubor orzulari xohish-istaklari o‘tgan zamonda yozdiriladi. - Orzular yozdirilishidan oldin, o‘quvchilarning ko‘zlarini yumushini taklif etasiz; - Sulton Alining “Tug‘ilish” kuyi past ovozda qo‘yiladi. - So‘ng o‘quvchilaga juda chiroyli ohangda, misol uchun: “Bolajonlar, a’lo baholarga o‘qiyotganligingizni tasavvur qiling, siz eng zo‘risiz, eng donosiz, maktabni oltin medal bilan bitirayotganingizni, o‘qishga kirganingizni, ota-onangizning eng chiroyli orzularini bajarganingizni tasavvur qiling…”, - deya ularni kelajakka xayolan sayohat qildirasiz. So‘ng tasavvur qilgan narsalarini daftarlariga tushirishini aytasiz. Bu metodni “Kelajakka sayohat” deb ham atasangiz bo‘ladi. Bu metodga sinf soati, tarbiya darslarining 10 daqiqa qismini ajratsangiz, darsingizga integratsiya bo‘ladi. Bu orzu daftarlar orqali o‘quvchilarning ichki dunyosi bilan yanada tanishasiz, ayniqsa, ota-onalar yig‘ilishida ularga farzandlarining bu daftarlarini o‘qitganingizda farzandlarini yanada tanitasiz. Ular farzandlarining xohishlarini ulardan xohlayotgan mehrlarini anglashiga ota-ona, mas’uliyatini yana ham oshirishga yordam beradi. Bu metoddan surunkali tarzda yillar davomida foydalnish o‘quvchilarga maqsad qo‘yishni, barcha ishga ma’suliyat bilan yondashishni, insoniylik, go‘zal fazilatli kishi bo‘lib yetishishiga, har bir vaqtini reja bilan unumli foydalanishni o‘rgatadi. Maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish va ularga erishish yo‘llari Maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish va ularga erishish baxtli hayot garovidir. Biroq har doim ham intilayotgan narsalarimizni to‘g‘ri ifodalay olmaymiz. Bu esa orzularning orzuligicha qolib ketishiga olib keladi. Maqsadlarga erishish siri nimada? Faqat o‘zingiz va o‘z imkoniyatlaringizga tayaning! JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Oldingizga biror maqsad qo‘yishdan avval uni amalga oshirish bo‘yicha barcha javobgarlik o‘z zimmangizda ekanligini esdan chiqarmang. Muvaffaqiyatsizlikda boshqa kishini ayblamaslik uchun boshqalarning yordamisiz erishish mumkin bo‘lgan maqsadlarni o‘z oldingizga qo‘ying. Maqsadlarni to‘g‘ri shakllantiring! Maqsadlarni xuddi g‘oyalar kabi qog‘ozga (yon daftar, kundalik) yozib qo‘yish kerak. Batafsil yozib chiqilgan maqsadning amalga oshish ehtimoli ko‘proqdir. Agar maqsadlaringizni qog‘ozga yozmasdan ham xotirangizda saqlashga ishonsangiz, ularga erishishga ham katta umid qilmang. Ularni orzular safiga kiritib qo‘yishingiz mumkin. Inkor shaklidan foydalanmang! Maqsadni to‘g‘ri qo‘yish va shakllantirish uchun u ijobiy quvvat ulashishi lozim. Shuning uchun nimani istamasligingiz emas, nimalarni xohlayotganligingizni aniqlab oling. To‘g‘ri maqsad — “doimo a’lo baho olish”, “ustoz stipendiyasi sovrindori bo‘lish”. Noto‘g‘ri maqsad — “ikki baho olmaslik”, “oxirgi o‘rinda bo‘lsa ham, Ustoz stipendiyasi olish”. Katta maqsadlarni qismlarga ajrating! Har qanday katta maqsad uni qismlarga ajratguningizga qadar chiqish qiyin bo‘lgan tog‘dek ko‘rinadi. Ta’limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma’naviy boyitishdan iboratligi ta’kidlangan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-241-son qarori 2022-yil 11-may. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi PF-134-son Farmoni. 2022-yil 11-may. 3. . K. Qosimova, S. Matchonov, X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva, Sh. Sariyev. “Ona tili o‘qitish metodikasi”– T.: “Noshir”, - 2009. 352 4. “Boshlangʻich sinflarda oʻqitishning zamonaviy metodikasi” dasturi doirasida trening ishtirokchisi qoʻllanmasi. Toshkent – 2023 5. Qarshiboyeva, X. K. (2020). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tili va o‘qish darslarida nutqiy faoliyatini takomillashtirish yo‘llari. Konferensiya, 1(1), 379382. 6. I.V.Repyova. Matematika. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 2-sinf uchun darslik. – Toshkent: “Novda Edutainment” nashriyoti, 2023 7. U.B.Aydarova. Oʻqish savodxonligi. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 2-sinf uchun darslik. –Toshkent: “Novda Edutainment” nashriyoti, 2023. 8. Fayzullayeva G. Loyihaga asoslangan o‘qitish (project-based learning): tub mohiyat, o‘zgarayotgan yondashuv // Xalq ta’limi. – Toshkent, 2023. – № 2. – B. 67-72 (13.00.00; №17). 9. Fayzullayeva G. O‘qituvchi–o‘quvchi munosabatlarida o‘qituvchining kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish // “O‘qituvchining kasbiy standarti, amaliyotga tatbiq etish va istiqboldagi vazifalar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Samarqand, 2021. – B. 215-217. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Internet saytlari 1. www.uzedu.uz. 2. www.multimedia.uz 3. www.ziyonet.uz.