scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FARZANDLAR TARBIYASIGA OILADAGI SALBIY MUNOSABATLARNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TA'SIRI

Isoqova Zebiniso Abdumajidovna

Abstract

ushbu maqolada ana shunday salbiy munosabatlarning farzandlar tarbiyasiga ta’siri, shuningdek ularni kelajakdagi hayotlariga ham salbiy o’rin tutishini yoritib o‘tilgan.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Isoqova Zebiniso Abdumajidovna Sirdaryo viloyati Guliston tumani 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi +998994644407 [email protected] FARZANDLAR TARBIYASIGA OILADAGI SALBIY MUNOSABATLARNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TA’SIRI Annotatsiya: ushbu maqolada ana shunday salbiy munosabatlarning farzandlar tarbiyasiga ta’siri, shuningdek ularni kelajakdagi hayotlariga ham salbiy o’rin tutishini yoritib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Oila, farzand, tarbiya, oilaviy muhit, psixologiya, oila psixologiyasi, giperg'amxo'rlik, manipulyatsiya, psixologik ta’sir, ong, psixologik iqlim, psixologik holat. Kirish: Oila - muqaddas. Ammo, bu muqaddas oilani barpo etish, mustahkamligini taminlash va ko'p yillar davomida oilani saqlab qolish oson ish emas. O'zimizning o'zbek oilalari urfodatlariga nazar soladigan bo'lsak, sovchilik, kattalar roziligi, kattalar kelishuvi va oxiri yoshlar tanishuvi bilan to'y o'tkazib yuborishadi. Undan keyingi hayot kelinlik uyidagi muhit, urf - odatlar bilan davom etadi. Yosh oila, yoki ota-ona bilan, yoki alohida yashashni boshlaydi. Aksariyat hollarda, ota-ona va shu oila a'zolari bilan birgalikda murosa qilib yashashga to'g'ri keladi. Yoshlar hayotida yangi bosqich - bir biriga o'rganish, ko'nikish boshlanadi. Kattalar gapi bilan, ya'ni oilani mustahkamlash bahonasida tezroq farzand ko'rish mavzusi muhokamada bo'ladi. Eng katta ma'suliyat mana shu davrdan boshlanadi. Biz "farzand" degan tushunchani yaxshi tushunib olishimiz shart. Chunki bu -alohida katta bir tubi cheksiz bo'lgan mavzu. Farzand bu - o'yinchoq emaski, xohish istaklarni qondirish uchun xoxlagan paytda dunyoga keltirsa. U bir individ, shaxs. Farzandni dunyoga keltirish va uni shaxs sifatida har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash, imkoniyatlar yaratib berish biz ota onalarning eng katta masuliyatimiz ekanligini tushinib olishimiz lozim. Eng avvalo, oiladagi muhit va urf - odatlarimizni to'g'ri yo'lga qo'yib olishimiz zarur. Ota - ona birinchi o'rinda, farzand tarbiyasini nazorat qilishi uchun, o'zidagi nuqsonlarini tarbiyalashi, kamchiliklarini bartaraf qilishi va ular ustida ishlashi maqsadga muvofiq bo'ladi. Bolalarning rivojlanishiga oila hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Xo'sh, farzand tarbiyasi qaysi paytdan boshlanadi? Farzand tarbiyasi ona qornidan, embrionlik davridan boshlanadi. Ona farzand kutayotganini bilgandan so'ng, onalik instinkti uyg'onib, o'zi va bolasini ehtiyot qila boshlaydi. Bolaning yaxshi rivojlanishi uchun toza havoda sayr, o'z vaqtida to'g'ri ovqatlanishga e'tibor qaratadi. Bu jarayon farzand tug'ilganidan keyin ikki hissaga oshadi. Bola ona qornida rivojlanib borar ekan, o'zining xarakterini ko'rsatib, ona bilan muloqotga kirishadi. Farzandning mehr muhabbatga hissi uyg'onadi. Oiladagi bo'lib o'tadigan har bir muhit o'z ta'sirini ko'rsatadi. Farzand dunyoga kelgach, biz uning sog'lom bo'lishini va aqliy jihatdan yaxshi rivojlanishini xoxlaymiz, uning qanday inson bo'lishini oxirgi o'ringa qo'yamiz. Ingliz faylasufi DJ.Lokkning fikriga ko'ra - "bolaning qalbi, nimani xoxlasa shuni yozish mumkin bo'lgan oq qog'ozga o'xshaydi". Bu oppoq qog'ozni yaxshi narsalar bilan ham, yomon narsalar bilan ham, to'ldirish ota-onaga bog'liq. Bola tarbiyasida ota-ona birdek masulyatga ega JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL bo'lishi lozim. Faqatgina ona yoki ota tarbiyasi bola tarbiyasining shakillanishida salbiy ta'sir ko'rsatishi ham mumkin. Avvalambor, bola tarbiyasida oila mustaxkamligi birinchi o'rinda turadi. Har bir inson o'z ishi bilan band bo'lgan bugungi kunda ota-onalar ko'pincha farzandlari bilan vaqt o'tkazish kerakligini unutishadi. E'tibor va muloqot yetishmasligi bolaning hissiy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligi haqida o'ylab ko'rish, oilaviy rishtalarni mustahkamlash uchun bolalar bilan muloqot qilish, o'ynash va yetarlicha vaqt ajratish haqida o'ylab ko'rish kerakligi oilaning eng birinchi vazifalaridan ekanligini yoddan chiqarmasliklari lozim. Bugungi kunda bu eng dolzarb masala hisoblanadi. [1] Ko'pgina ota - onalar farzandlarini hamma narsada eng zo'r bo'lishiga intiladi va ba'zida, bu haddan tashqari mukammallikka olib keladi. Bu, bolaga haddan tashqari bosim o'tkazishi va uning normal rivojlanishiga to'sqinlik qilib, ota - ona va farzand o'rtasidagi manipulyatsiyaga sabab bo'lishi mumkin. Ota - onalar esda tutishlari kerakki, eng muhimi mukammallikka intilish emas, balki mehrlarini ayamasdan, bolani qo'llab - quvvatlashga va tushunishga harakat qilishlari lozim. Zamonaviy dunyoda ota - onalik haqiqiy san'atga aylandi. Bu - muvozanat, sabr-toqat va bilimni talab qiladi. Biroq, hatto eng g'amxo'r ota - onalar ham o'zaro munosabatlarining sog'lom emasligi sababli, farzandlarining rivojlanishi va ularning tarbiyasiga salbiy ta'sir qilishi mumkin bo'lgan xatolarga ota yoki ona hukumdor manipulyatsiyasiga yo'l qo'yishlari mumkin. Bunada, ota farzandiga tanbex berayotganida onaning yon bosishi, yoki aksincha, ona tanbex berayotganida otaning yon bosishi, ota-ona o'zaro kelishmovchiliklarini farzandi oldida muhokama qilishi va hokazolar shular jumlasidandir. Giper-g'amxo'rlik ("giper" lotincha so'zdan — me'yordan yoki o'lchovdan oshib ketish) bola uchun nafaqat haddan tashqari tashvish, balki haddan tashqari nazorat ham hisoblanadi. Ota-ona bola uchun nimani va qachon bajarishni, qanday ovqatlanishni, nima deyishni hal qilishi aslida bolaga zarar keltiradi. Haddan tashqari himoyalash g'amxo'rlikdek tuyulsa-da, aslida unday emas. Haddan tashqari himoyalovchi ota-onalar odatda manipulyatsiya qiladilar, talab qiladilar, buyruq beradilar yoki shantaj qiladilar, bolaning istaklari va ehtiyojlarini e'tiborsiz qoldiradilar, yoki ikkinchi darajali deb bilishadi, bola uchun mutlaqo barcha qarorlarni qabul qiladilar. Shunday qilib, haddan tashqari himoyalanish zo'ravonlik shakllaridan biri hisoblanadi. Ota - ona bola tarbiyasiga juda yumshoq yoki juda qattiq yondashishi bolada xulq-atvor va intizom muammolariga olib kelishi mumkin. Ota - onalar oilada aniq chegaralar va qoidalarni belgilaganlarida, farzandlarida mas'uliyat hissi uyg'onishini va o'zini o'zi boshqara olishni rivojlantirishga yordam berish uchun, ularni birgalikda doimiy ravishda bajarishlari lozim. Albatta, muvozanatni topish juda qiyin, ammo har bir ota-ona bu masalaga jiddiy yondashishi zarur. Ko'p oilalarda farzandlar soni uchtani tashkil etadi. Katta farzand yoki kichkina farzandga e'tibor kuchayib ketishi, yokida kamayib ketishi haqida gapiramiz. Lekin statistika ma'lumotlariga nazar soladigan bo'lsak, uchinchi farzand dunyoga kelganidan keyin, birinchi farzandga ma'suliyat kuchayib, o'rtancha farzand e'tibordan chetlab qolish extimollari yuqori bo'lar ekan. Ota - onalar qiladigan xatolardan yana biri - farzand tarbiyasida ular xaqoratli so'zlar va kaltak qo'llashlari.. Bolasini kaltak vositasida tarbiya qilishni o'ylaganlar qattiq adashadi. Chunki farzand yaxshi so'zning gadosi, yomon gapirish, kaltaklash bolani oiladan, ota-onadan bezdiradi. Siz yaxshisi farzandingizni qarg'amang, yomon so'zlar bilan so'kmang. Chunki bu narsalar farzandingizga, oilangizga g'am -tashvish keltiradi. Aksincha, yaxshi duolar qiling, yaxshiliklar tilang.. Ba'zan sho'xlik qilib, gapingizga quloq solishmasa yoki biror ishda xato qilishsa, ularni urmay-so'kmay, tushuntirishga xarakat qiling. Farzand tarbiyasida har bir narsaga mas'uliyatli yondashib, ularning komil inson bo'lib yetishishida nafaqat ota - onalar, balki, bola atrofidagi jamiyat ham sog'lom fikr egalari bo'lishi muhim rol o'ynaydi. Farzandlaringizning kimlar bilan do'st va hamsuhbat bo'lishlariga e'tiborli bo'ling, boshqalar oldida iloji boricha sharmandalarcha koyimang. Uyda qanday yaxshi muolila qilsangiz, ko'chada ham yaxshi muolilada bo'ling. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL O'zbek oilalarida asosan, birinchi farzand, birinchi nevaraga bo'lgan e'tibor yoki mas'uliyat yuqori darajada. Nafaqat to'ng'ich farzand, balki kenja farzandlar ham ota -onasi yoki bobo - buvisi tarafidan haddan ziyod erkalashlar, ba'zida esa haddan ziyod mas'uliyat yuklashlar farzandni stress holatlarga tushirib, bola fikrlashini buzilishiga olib keladi. Oqibatda, ko'p erkalatilgan farzanda o'z egosini hamma narsadan yuqori o'ringa qoyishiga olib keladi va bola tomonidan ota - onaga nisbatan manipulyatsiya jarayoni yuzaga keladi. Bu esa, atrofdagi insonlar bilan sog'lom munosabatlarni o'rnatishiga to'sqinlik qiladi va muammolarga duch kelishga olib keladi. Haddan tashqari mas'uliyat yuklatilgan farzand esa, jamiyatda o'z o'rnini topishiga qiynalishiga olib keladi. Bunday farzandlar vaqti kelib ortiqcha yuklatilgan mas'uliyatlardan charchaydi, shaxsiy fikrini bildira olmaganidan asablari zo'riqib suitsid holatigacha yetib borishi mumkin. Shuning uchun farzand tarbiyasida har bir narsaga mas'uliyatli yondashib, ularning komil inson bo'lib yetishishida nafaqat ota - onalar, balki, bola atrofidagi jamiyat ham sog'lom fikr egalari bo'lishi muhim rol o'ynaydi. [2] Barcha insoniy munosabatlar orasida oila a'zolari o'rtasidagi munosabatlar ayniqsa teran va mustahkamdir. Oilajamiyatning asosiy bo'g'ini sifatida, jamiyat rivoji uchun eng katta hissa qo'shadigan institut hisoblanadi. Undagi munosabatlarning ishonch, mehr, muhabbat va hurmat asosiga qurilganligi ayniqsa yosh avlodni ruhiy jihatdan yetuk qilib tarbiylashada yuqori ahamiyat kasb etadi. Oilaviy munosabatlar quyidagi 4 qisimdan tashkil topgan: 1. Ruhiy-fiziologik munosabatlar - biologik turdoshlik va jinsiy eitiyojni qondirish munosabatlari. 2. Psixologik munosabatlar - ochiqlik, bir-biriga ishonch va g'amxo'rlikni, bir-birini ma'naviy va emotsional qo'llab-quvvatlashni nazarda tutadi. 3. Ijtimoiy munosabatlar - oilada rollarning taqsimlanishi, oiladagi moddiy qaramlikni, shuningdek nufuz, rahbarlik, bo'ysunish va boshqa munosabatlarni o'z ichiga oladi. 4. Madaniy munosabatlar - mazkur oila vujudga kelgan va yashayotgan u yoki bu madaniyat sharoitlarida yuzaga kelgan an'analar va odatlar bilan bel gilanuvchi oiladagi alohida munosabatlar. Bu munosabatlar albatta bola tarbiyasida asosiy o'rin tutadi. Oilaviy munosabatlarning qay darajada va nima asosida tuzilganligi farzandning ruhiy holatiga yoki ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatadi. Oilada ota va onaning bir biriga bo'lgan munosabatlaridagi mehr, muhabbat va ishonch tuyg'ulari bola yoshlik chog'idanoq uning psixikasida o'z aksini topadi. Bola ruhiy holatining buzilishi, asabiylik, diqqat-e'tiborni jamlolmaslik, odobni tez-tez buzilishi asosan otaona munosabatlaridagi kamchiliklar natijasi sifatida baholanadi. Ota-ona o'z ruhiy va ma'naviy sog'lijiga aloiida e'tibor berishi lozim. O'z ruhiy sog'ligining holatiga to'g'ri baho bermaslik bolalarga o'ta salbiy ta'sir ko'rsatadi. [3] Ota-ona farzandlarida o'z bolalarining bo'lg'usi ota-onasini ko'rishlari lozim. Aqliy va jismoniy jihatdan faol hayot kechirish, axloqiy-ma'naviy sog'lomlik va beg'uborlik bola normal rivojlanishi uchun zarur bo'lgan bosh omillardir. Oila - jamiyatning muhim bo'g'ini. Unda biz o'z hayotimizning eng yaxshi va muhim qismini o'tkazamiz. Oila shaxsning shakllanish sarchashmasi hisoblanadi va uning jismoniy va ma'naviy sog'lomlik darajasini belgilaydi. Otaonaning oiladagi maqomi ularga muloqot qoidalariga rioya etish majburiyatini yuklaydi, kattalar xulq-atvori shartlarini belgilaydi. Muayyan sharoitdagi xulq-atvorni modellashtirish muloqot jarayonida o'zini to'g'ri tutish demakdir. Bolalar oldida ota-onalarning bir-birining fikrini hurmat qilgan holda madaniy muomala qilishi, farzandlarning jamoa bilan kirishimli bo'lishi, jamiyatda har qanday muammoli vaziyatlarni muomala orqali murosa-madora yo'li bilan hal qilish ko'nikmasini shakllantirishda boshlang'ich bo'g'in vazifasini ta'minlab beradi. Ota-ona oilada har JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL jiiatdan o'z farzandlariga o'rnak bo'ladi. Bola ulg'aygani sari ota-ona imidjining unga bo'lgan ta'siri kuchayib boradi. Ayrim ota-onalar bunga ko'pincha e'tibor bermaydilar. Aksariyat hollarda ular uyda o'z tashqi ko'rinishiga qaramay qo'yadilar. Vaholanki, bu bolalar tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ular muqarrar tarzda hayotda o'z ota-onasiga taqlid qiladi. Buning natijasida bolaning o'ziga bo'lgan ishonchi pasayishi va buning natijasi o'z oldiga qo'ygan maqsadlarga erishishda qiyinchilikka uchrashi mumkin. To'liq bo'lmagan (ya'ni otasiz yoki onasiz) oilada tarbiya uchun o'ziga xos sharoitlar yuzaga keladi. Oilada otaning yo'qligi o'g'il bolalarga qiz bolalarga qaraganda salbiyroq ta'sir ko'rsatadi: otasiz ular ko'pincha urishqoqroq va sertashvishroq bo'lib o'sadilar. Bunday oilalarda voyaga yetgan qizlarning xulq-atvori to'liq oilada tarbiyalangan qizlar xulq-atvoridan uncha farq qilmaydi. [4] O'qish natijalariga qiziqish - ota-onaning bolaga bo'lgan umumiy qiziqishining muhim ko'rsatkichi. Maktabda ishlar qanday ketayotganini bolaning kundalik daftarini tekshirish orqali bilish mumkin. Shu sababli kundalik daftardagi joriy yozuvlarga ota-onaning munosabati ularning o'z o'g'li yoki qizining o'qishiga, ularning qobiliyatlari va shaxsiy fazilatlariga bo'lgan munosabatini tavsiflaydi. Odatda har oqshom butun oila dasturxon atrofida yig'iladi. Bu vaziyat ota-onaning o'z farzandiga qiziqishi nuqtai nazaridan diqqatga sazovordir, chunki unda oiladagi o'zaro munosabatlarning butun rang-barangligi aks etadi. Bolaning o'ziga munosabati unga qanday qarashlari, atrofdagilar unga qay darajada qiziqishlari bilan uzviy bog’liq. Agar bola o'ziga past nazar bilan qarasa, u o'z fikrlari va mashg'ulotlari boshqalarga qiziqarli emas, deb hisoblashga moyil bo'ladi. Ota-onasining xulq-atvori va o'ziga bo'lgan munosabatidagi qandaydir holatlar uning bunga bo'lgan ishonchini mustaikamlab boradi. Oiladagi o'zaro munosabatlarning yuqorida qayd etilgan uch sohasidan har biri o'z holicha ota-onaning farzandiga bo'lgan qiziqishi darajasini aks ettirmasligi ham mumkin. Biroq ota-onaning o'z farzandiga befarq munosabati va bola o'ziga past nazar bilan qarashi o'rtasida bevosita aloqa mavjud. [5] Foydalanilgan adabiyotlar: [1] Yudina, N. V. oilaviy munosabatlarning bolalarning aqliy rivojlanishiga ta'siri [2] M.Norbosheva ” Bolalar psixologiyasi‘‘ Toshkent 2002 [3] Inomova M. "Oilaviy tarbiyani takomillashtirishning nazariy asoslari" "Xalq ta'limi" jurnali. Toshkent, 1998-yil 3-son. [4] Lutfullayev N. "Oilaning tarbiyaviy ahamiyati" "Xalq ta'limi" jurnali. Toshkent; 2005-yil 2son. [5] Azarov Y.P. "Oila pedagogikasi" Toshkent, "O'qituvchi". 2008.