scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XAMSADA SALAFLAR TA'RIFI

Rabbimqulova Go'zal Egamberdi qizi

Abstract

Ushbu maqola xamsachili an'anasini davom ettirgan Xazrat Alisher Navoiy "Xamsa" sidagi boblarda Salaflarning ta'rifi haqida. Xamsachilikda ulkan iz qoldirgan, barchamizga ma'lum va mashhur uchta shoir Abdurahmon Jomiy, Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy vasfida yozilgan boblarning bir-biridan farqli jihatlari, qaysi dostonda qanday ta'riflanganligi keltirib oʻtiladi. Navoiy har bir dostonida har bir Salaf haqida turli fikrlarni bayon etadi va hech biri takrorlanmaydi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 526 XAMSADA SALAFLAR TA’RIFI Rabbimqulova Go‘zal Egamberdi qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik fakulteti 1-kurs magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17458522 Annotatsiya. Ushbu maqola xamsachili anʼanasini davom ettirgan Xazrat Alisher Navoiy "Xamsa" sidagi boblarda Salaflarning taʼrifi haqida. Xamsachilikda ulkan iz qoldirgan, barchamizga maʼlum va mashhur uchta shoir Abdurahmon Jomiy, Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy vasfida yozilgan boblarning bir-biridan farqli jihatlari, qaysi dostonda qanday taʼriflanganligi keltirib oʻtiladi. Navoiy har bir dostonida har bir Salaf haqida turli fikrlarni bayon etadi va hech biri takrorlanmaydi. Kalit soʻzlar: Xamsa, xamsachilik, salaflar, soʻfiy, valiulloh, "Tuhfa", fano, "Zinda Pil", pil, nazm, nasr, qaranful, Ganja. Annotation. This article discusses the description of the predecessors (Salafs) in the chapters of Hazrat Alisher Navoi’s “Khamsa”, who continued the tradition of Khamsachilik (writing a cycle of five epics). It highlights the differences between the chapters dedicated to the three renowned and influential poets who left a great mark on this tradition — Abdurahman Jami, Nizami Ganjavi, and Khusrau Dehlavi — and explains how each of them is portrayed in different epics. In each of his works, Navoi expresses unique views about every predecessor, and none of them are repeated. Keywords: Khamsa, Khamsachilik, Salafs, Sufi, Valiullah, Tuhfa, Fano, Zinda Pil, elephant, verse, prose, clove, Ganja. Аннотация. В данной статье рассматривается описание салафов в главах «Хамсы» великого поэта Хазрата Алишера Навои, продолжившего традицию хамсачилик. Приводятся различия между главами, посвящёнными трём известным и прославленным поэтам, оставившим глубокий след в хамсачилик — Абдуррахману Джами, Низами Гянджеви и Хосрову Дехлеви, — а также указывается, в каком дастане и как они описаны. В каждом из своих дастанов Навои высказывает разные мнения о каждом из салафов, и ни одно из них не повторяется. Ключевые слова: Хамса, хамсачилик, салафы, суфий, валиуллох, «Тухфа», фано, «Зинда Пил», пил, назм, наср, каранфул, Гянджа. Sharq musulmon poetikasida xamsachilik XIII asrda vujudga kelgan. Birinchi bo’ib ozarbayjonlik Nizomiy Ganjaviy 34 yil davomida xamsa yozgan. Biroq bu asarlari vafotidan so’ng xamsa sifatida birlashtirilgan. Nizomiyning xamsasidagi birinchi doston “Maxzan ulasror” (sirlar xazinasi), ikkinchisi "Xusrav va Shirin", uchinchisi "Layli va Majnun", toʻrtinchisi "Haft paykar", beshinchisi "Iskandarnoma". Nizomiydan soʻng javob tarzida Xusrav Dehlaviy Xamsa yaratadi. Xamsani birinchi bor Nizomiy yozgan boʻlsa ham lekin xamsachilik anʼanasini X. Dehlaviy boshlab beradi. Dehlaviyning "Xamsa"siga quyidagi dostonlardan iborat: 1) "Matlaʼ ul-anvar" (nurlar chiqish joyi); 2) "Shirin va Xusrav"; 3) "Majnun va Layli"; 4) "Oyinai Iskandariy" (Iskandar koʻzgusi); 5) "Hasht behisht" (sakkiz jannat). ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 527 Xusrav Dehlaviydan soʻng Navoiyning zamondoshi ham ustozi Jomiy Xamsa yozadi. Jomiyning xamsasi beshta emas yettita dostondan iborat boʻlganligi uchun baʼzi olimlar ungs Xamsa sifatida qaramaydi. Jomiyning xamsasiga kiruvchi dostonlar: 1) "Tuhfat ul-ahror"; 2) "Suhbat ul-abror"; 3) "Yusuf va Zulayho"; 4) "Layli va Majnun"; 5) "Xirandnomayi Iskandariy". Undan soʻng Navoiy ikkilanishlar bilan boshlaydi. Bunday ulugʻ ishga qoʻl urish tabiiyki oson emas. Navoiy ustozidan oq fotiha olib, men ham boshlasam va bunga u (yaʼni Jomiyni nazarda tutadi) boʻronida rozi boʻlsa qarshi boʻlmasa va zohirida yordam berib tursa deb "Hayrat ul abror"da qayd etadi1. Xamsada Abdurahmon Jomiy tavsifi. “Hayrat ul Abror”ning XIII bobida “Uning davoti bor zulmatni o’ziga jamlab olgan; ma’nodorlik esa unga hayot suvidir. Uning bir qatrasidan bahramand bo’lgan odam, shubhasiz, abadiy umrga erishgan bo’ladi” deb aytadi. A.Jomiy tasavvufiy shoir hisoblanadi , shunday ekan uning asarlari boshdan ohirigacha diniy ilmlarimizni ravshanlashtiradi. Bor yog’I bir misrasini o’qisak ham unda olam-olam ma’no bor. Yana Navoiy aytadi: “U biron asar ustida qalam tebratsa, uning yozganini mendan oldin boshqa birov ko’rmagan”. A.Jomiy 1414-1492-yillarda yashab ijod etgan . Bundan Navoiyga zamondosh, ham ustoz bo’lganini bilamiz. Bunga isbot tarzida xuddi shu XIII bobda keltirilgan hikoyani aytib o’taman. Kunlarning birida Navoiyning ko’ngli, aqli yo’l ko’rsatib Jomiyni ko’rgilari kelib qoladi va xuzurlariga boradilar. Uning qo’llarida bir necha qog’oz ko’radilar. U kishikulib Navoiyga imo qilib, “Tuhfa” ni yozib bo’lganliklarini aytadilar. –Ol-da, boshdan ohirigacha ko’rib chiq, boshdan ohirigacha har bir varag’ini ko’zdan kechir ! – deydilar. Bu dostonda Jomiyning kulbasi taʼriflanadi. Keyingi dostonlarda esa bunga toʻxtalmay, toʻgʻridan toʻgʻri shaxsiga ijodiga toʻxtalganlar. Bu bobda yana bir hikoya keltiriladi. “Hayrat ul Abror” da Abdurahmon Jomiy va Nizomiy Ganjaviy haqida so’z boradi. “Farhod va Shirin” dostonining VII bobi A.Jomiy haqida. “Muhabbat jomini oxirigacha sipqargan va o’sha katta pillardan oramizda tirik yurgan kimsan Zinda Pili Ahmadi Jom ham shudir. Uni vahdat mayidan gʻoyat mast boʻlgan holda koʻrib, unga ana shu "Zinda pil" laqabini berganlar". Ushbu dostonning VI bobida Nizomiy va Dehlaviylarni Pil (fil) deya taʼriflaydilar. Keyingi bobda esa Jomiyni "hozirgi", "tirik" fil deb taʼriflaydilar. Aynan shundan ham Jomiy Navoiyning zamondoshi ekanligini bilamiz. Navoiy "Jomiy timsolida biz fano timsolini koʻramiz. Uning tanasidagi bir holning oʻzi olam-olam maʼnoga ega. Fanolik uning vujudini shu qadar uoʻqotganki, natijada yoʻq narsaning oʻrnida bor narsa paydo boʻlgan" deb Jomiyning tasavvuf ilmining choʻqqisiga chiqqan soʻfiy ekanligini dalillab oʻtganlar. Jomiyga tarif berishda Navoiyga yetadigani boʻlmagani shubhasiz. Navoiy Jomiyni dengizga, soʻzlarini shu dengizdagi durlarga, maʼnodorligini esa durlar ichidagi yana bir dengizga oʻxshatadilar. "Layli va Majnun" dostonining VI bobida Jomiyning besh dostoni qayd etilgan. "Sabbai Sayyor" dostonining VII bobida "Uning arab tilidagi darsi bir duo misoldir. Kamina Ibn Xojibning shogirdi edi. Yoʻq, Ibn Hojibning emas, Allohning yori, tafsir ilmining bilimdoni" deya taʼriflaydi. Ushbu fikrdan ham Jomiyning fano olamining sohibi ekanligi isbotini topadi. Bundan tashqari bu bobda Jomiyning bir nechta, xususan "Arbain", "Ruboiyot shahri", "Lavomeʼ", "Lavoyix", "Lamoʼot", "Tovu Mimiya" bu Ibn Foriz sheʼrlariga sharh, "Shavohid", "Nafohot", Tuhfat ul ahror", "Subha", "Oshiq va Maʼshuq", Qasoyid", "Gʻazaliyot" kabi asarlariga alohida alohida toʻxtalib oʻtadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 528 "Saddi Iskandariy" dostonida muallif Salaflarning shaxsiga, sifatlariga alohida toʻxtalmasdan, yakunlovchi fikr sifatida tanqidiy yoritadi. Jomiy haqida "Jomiy xazratlari Iskandar dostonini zeb-ziynat bilan nazmga solayotganligini eshitdim. Lekin u kishi uning xolatlariga uncha ahamiyat bermay, ishni nutqlaridan boshlagan ekan, jumladan, Iskandarning tarixi va u haqdagi afsonalarni tushirib qoldirib, u tarafidan aytilgan dur kabi bebaho soʻzlarni yozgan ekan" deya qarshi fikrni bildiradi. Navoiy ustozlarini yuksaklarga koʻtarib tarif etish bilan birga yuksak mahorat bilan shunday ulugʻ ustozlarning xatolarini ham koʻra olgan buyuk shaxsdir. Xusrav Dehlaviy. Navoiy garchi "Hayrat ul Abror" dostonida X.Dehlaviyga toʻxtalmagan boʻlsada ikkinchidostoni "Farhod va Shirin" dostonining VI bobida Dehlaviyni zikr etib oʻtadi. Ushbu bobda Navoiy "Bu durlardan olamlar tinmasdan olib tursa ham, yuz yilda mingdan biri ham kam boʻlmaydi. Xech kim shakar sochuvchi hinduzoda — Xusrav Dehlaviydek gavhar ulashuvchi boʻla olmagan", deb aytadi. Bu misralardan Dehlaviyning ijod yuksakligi bilangina tanishib qolmay, balki uning shaxsiga oid maʼlumotni yaʼni hind shoiri ekanligi namoyon boʻladi. Yana shunday "Egniga nazm yashil ipakdan toʻqilgan toʻn yopgan boʻlib, uni bu xolda toʻti emas, Xizr paygʻambar desa toʻgʻri boʻladi" deb aytilgan. Xazrat Dehlaviy tariqat bosqichlarini bosib oʻtgan, valiulloh darajasidagi shayxdir. Yuqoridagi taʼrifdan ham buni dalili koʻrinadi. Hattoki Navoiy Xizr paygʻambarga tenglashtirgani Dehlaviyning ulugʻligini yanada oshiradi. Xuddi shu bobda "Bugungi kunda oʻsha pil shu hindu ekanligini bilib ol, kichikroq boʻlsada, bir pil" deydi. Yuqorida aytib oʻtganimizdek, pil degan. Nizomiydek yuksak boʻlmasada kichikroq fil deya taʼriflaydi. "Layli va Majnun" da Xusrav Dehlaviy juda keng yoritilmagan ammo birgina jumla uning shaxsiyatini keng yoritib bergan. "Hindistonning jodu ishida mohir, hidn sehirgari" degan jumla. "Sabbai Sayyor" dostonining VI bobida Nizomiy va Dehlaviy haqidagina soʻz yuritib qolmay, qisman adabiyot nazariyasi, nazm va nasr haqida ham yetarlicha tushunchalar yoritilgan. Bu bobda Dehlaviyga "Uni hind dema, qaro balo ham emas, ofati xudo degin! U qoʻliga qalam olsa, nazmi bilan olamga oʻt soladi", deya taʼriflangan. "Saddi Iskandariy" da Dehlaviyga quyidagicha sifat beriladi, "Xusrav Dehlaviy ham nazm devonlari tuzgan. Uning nomlari chuchuk, maʼnodor nuqtalardan tashkil topgan, qalami esa nay shakardan (shakarqamishdan) yoʻnilgan. Uning qalam uchi qaranful (qalampirmunchoq) kabi xushboʻy hamda nozanin sarv daraxtlariga chirmashib ketgan muattar sunbul misolidir". Navoiy Dehlaviyni nazmda Nizomiyday mohir boʻlmasada el orasida unga teng keladigani yoʻq deydi va shunday oʻxshatish qiladi "Dehlaviy quyosh boʻlmaganda ham Mushtariy yulduziga loyiq shoirdir". Nizomiy Ganjaviy. Muallif "Hayrat ul Abror" dostonida Nizomiyga ajoyib taʼriflaydi, goʻyo Nizomiyning barcha ijodining salmogʻini bir ogʻiz jumla bilan yoritadi. "Aql xazinachisi yuz avlod umri davomida tarozuda tortsa ham baribir, uning kichik bir qismini tortib ulguradi, xolos". "Farhod va Shirin" dostonining VI bobida shunday keltirilgan "Uning bu xazinalaridan hech kim Ganjada yashagan sochuvchi Nizomiy Ganjaviy kabi foydalanib, orzulariga yetgan emas". Eʼtibor bilan qaralsa Navoiy Nizomiyga nisbatan "Ganjada yashagan" deya dunyoga kelgan yurtini aytib soʻz yuritadi. Barchamizga maʼlum va mashhur" Bu maydon ichra tura bilish, Nizomiy panjasiga panja urish oson emas" jumlasi "Farhod va Shirin" dostonining VI bobida keltirilgan. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 529 "Daryo qoʻzgʻalganda shamolga ham taʼsir qiladi, ammo esgan har qanday yel uni chayqata olmaydi, Nizomiy shunday ulugʻ pil ediki, u gavharning eng katta hazinasini yaratdi". Navoiy uch Salafni shunday taʼriflaganki, hech biri bir-biridan ortiq yo kam boʻlib qolmagan. "Layli va Majnun" dostonining V bobida shunday deydi "U — maʼno tangalarining zarb etuvchisi". Nizomiyning soʻzlari, asarlarining tengi yoʻq. Hatto Navoiy Qorun ganji "Panj Ganj"ning oldida bir vayronadek deydi. "Sabbai Sayyor" dostonida nazmda ijod qiluvchi ijodkorlarning eng yuksak soʻzlisi "Xamsa" yozuvchisi Nizomiydir deya taʼriflaydi. "Saddi Iskandariy" da "Nizomiy soʻz mayi bilan shunday mast — behush boʻlardik, u bilan tengma-teng may ichadigan qodir kimsa yoʻq edi" deydi. Bu bilan yuzuvchi Nizomiyning ijod qilayotgandagi koʻrinishini taʼriflaydi. May deganda biz mast qiluvchi ichimlikni emas ijodkorning ilhomini tushunishimiz lozim. Sheʼr yozish bilan mashgʻul paytlarida bor vujudi bilan ijodga shoʻngʻib ketishini Navoiy maslikka, behushlikka qiyoslaydi. Bilamizki, mast odam tashqi olam bilan qiziqmaydi, atrofdagilarni anglamaydi, tushunmaydi va oʻzi hohlagan ishini qiladi. Yuqorida aytib oʻtgan fikrimiz yaʼni Nizomiyni odatda ismi bilan emas tugʻilgan joyiga nisbat berib keltirib oʻtishiga yana bir dalil sifatida "Ganjaviy soʻz xazinasiga ega boʻlganlarning nodiri yaktosi Ganjada parvarish topgan zotdir" degan jumlani keltirish mumkin. Nizomiy yaratgan xazinada dunyoga sochilgan va bu xazinada bir jahon haqiqatlar yashiringan. Darhaqiqat "Xamsa" yaratish juda mushkul ish. Navoiy ham oʻz Xamsasini yaratishdan oldin oʻzigacha boʻlgan barcha xamsalarni sinchiklab oʻrganib chiqqan. Umuman olganda barcha ilmlarda huddi shunday. Xamsa yozishga qoʻl urganlar juda koʻplab topiladi. Ammo Nizomiy, Dehlaviy va Jomiy kabi oʻchmas iz qoldirish hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi. Navoiy ulugʻ ustozlarini ijodini esga olishda "Xamsa"sidagi birgina dostoni bilan cheklanib qolmay barcha dostonlarida ularga toʻxtalib oʻtadi. Aynan shundan ham Navoiyning ustozlariga boʻlgan hurmat-eʼtiborini koʻrish mumkin. Navoiy ustozlarining ijodiga adolatli va holisona nazar soladi. "Saddi Iskandariy" da tanqidiy fikrlar ham oqilona aytib oʻtilgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O."Navoiyshunoslik" (1-kitob). — Toshkent: Tamaddun, 2018. 2. Navoiy A. "Hayrat ul Abror" 3. "Farhod va Shirin" nasriy bayon muallifi Gʻafur Gʻulom, nashrga tayyorlovchi A.Hayitmetov. Toshkent: Adabiyot va sanʼat, 1975. 4. "Layli va Majnun" nasriy bayon mualliflari Rahmonov V., Norqulov N. Adabiyot va sanʼat. 1990. 5. A.Navoiy "Sabbai Sayyor". —Toshkent: Gʻafur Gʻulom. 1991. 6. A.Navoiy 'Saddi Iskandariy" Inoyat Maxsumova nusxasi asosida qayta toʻldirib, nashrga tayyorlovchi Mavjuda Hamidova.