scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ABDULVOHID BURHONOV HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI

Qudratova O'g'iloy Tohir qizi

Abstract

Bugungi rivojlanib borayotgan adabiyotimizda ko‘plab ijodkorlarning o‘ziga xos o‘rni bor. Ularning har biri adabiyotimiz uchun ahamiyatlidir. Ushbu maqolamizda Abdulvohid Burhonov hayot faoliyati, ijodiy ishlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Uning ijtimoiy faolligi, ijodi va shaxsiy qarashlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 539 ABDULVOHID BURHONOV HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI Qudratova O‘g‘iloy Tohir qizi 1kurs magistratura matnshunoslik fakulteti talabasi, O‘zbek tili va adabiyoti unversiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17458667 Annotatsiya. Bugungi rivojlanib borayotgan adabiyotimizda ko‘plab ijodkorlarning o‘ziga xos o‘rni bor. Ularning har biri adabiyotimiz uchun ahamiyatlidir. Ushbu maqolamizda Abdulvohid Burhonov hayot faoliyati, ijodiy ishlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Uning ijtimoiy faolligi, ijodi va shaxsiy qarashlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Kalit so‘zlar: To ba kay?, “Tarbiyayi aftol” , yangi usul maktab, jadidchilik. Аннотация. В современной развивающейся литературе существует множество творческих личностей, каждая из которых занимает своё особое место и имеет значение для нашей культуры. В данной статье рассматриваются жизнь и творческая деятельность Абдулвахид Бурханов. Также раскрывается общественная активность и литературная деятельность Мунзима, его роль в развитии просвещения и джадидского движения. Ключевые слова: «То ба кай?», «Тарбияи афтол», новая методическая школа, джадидизм. Annotation. In today’s developing literature, many creative figures have their own unique place and significance for our culture. This article provides information about the life and literary activity of Abdulvohid Burhonov. It also highlights the social engagement and creative work of Munzim, emphasizing his contribution to education and the Jadid movement. Keywords: “To ba kay?”, “Tarbiyayi aftol”, new-method school, Jadidism. XX asr boshlarida O‘zbekiston adabiyoti va madaniy hayotida taraqqiyparvarlik g‘oyalari keng yoyila boshladi. Bu davrda millatni uyg‘otish, ma’rifat tarqatish, xalqni zamonaviy dunyoqarash sari yetaklash g‘oyasi ko‘plab adiblar ijodining markaziga aylandi. Ana shunday ziyolilar safida Abdulvohid Burhonov ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. Uning asarlarida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy muammolari, xalqni jaholatdan chiqarish, ilm va ma’rifat orqali taraqqiyot sari yetaklash masalalari bosh mavzu sifatida namoyon bo‘ladi. Burhonov ijodi o‘z davrining ijtimoiy hayotini chuqur anglash, xalq dardini ifoda etish va milliy o‘zlikni saqlashga da’vat ruhida yozilganligi bilan ajralib turadi. Shu bois, adib ijodida taraqqiyparvarlik mavzusini o‘rganish nafaqat uning badiiy mahoratini, balki o‘z davrining ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarini ham tahlil etish imkonini beradi. Abdulvohid Burhonov – Munzim. Ma’rifatparvar shoir, davlat va jamoat arbobi Mirzo 1875-yili Buxoroda tavallud topadi. Dastlabki ta’limni eski maktabda oladi. XIX asrning 90yillaridan Abdulvohid Burhonov Munzim taxallusi bilan ma’rifiy she’rlar yoza boshlaydi, keyinchalik esa amaliy faoliyatida ham ma’rifatparvarlik bilan shug‘ullanadi. XX asrning birinchi o‘n yilligida Munzim yangi usuldagi maktab ochish uchun harakat qiladi. Buxorodagi dastlabki jadid maktabining ochilishi ham uning nomi bilan bog‘liq. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 540 U 1908 -yili Samarqandga borib, jadid maktablaridagi o‘qitish uslubini Mahmudxo‘ja Behbudiy va Abduqodir Shokuriydan o‘rganadi 1 . Shu yili 23-oktabrda Mirzo Abdulvohid hovlisida ochilib, 12 bola o‘qitiladi. Ularning bir qismi pullik, bir qismi tekinga ta’lim oladi. 1909-yilda esa katta yoshdagilar uchun kechki maktab tashkil etadi. Munzim o‘z maktabi uchun Sadriddin Ayniy bilan hamkorlikda darsliklar yaratadi. Shu yili Mukammal Burhonov, Sadriddin Ayniy bilan birgalikda “Tarbiyayi aftol” (Bolalar tarbiyasi) jamiyatini tuzishdi, ular bilan birgalikda 14 bola Istanbulda ta’lim oldi. Sadriddin Ayniy “ Ochiq fikrlilarning dastlabki mashhur namoyondalari, yoshlar va yosh fikrlilar ediki, yangi maktab atrofida jam bo‘lgan edilar 2 ” degan edi. Ana shu yoshlar ichida Munzim ham bor bo‘lgan. Munzim Buxoroning birinchi matbuot nashri “Buxoroi sharif” gazetasini chop etishda faol ishtirok etgan. She’rlarini fors-tojik tilida shu gazetada “Munzim” taxallusi bilan chop ettirgan. Gazetaning 1912-yilda chiqqan 53-sonida uning “Vatan” she’ri, 59-sonida “To ba kay” va “Maktab” she’rlari nashr etilgan 3 . Bu she’rlarda jadidchilik harakati ilgari surgan ma’rifatparvarlik, vatanparvarlik, farzandlarimiz tarbiyasi, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalari o‘z ifodasini topgan. To ba kay? Zolimon dar dahr mehronad davron to ba kay, Meshavand dar komi onho charx gardon to ba kay? Hokimoni zolimon xunkhor paydo meshavand, Gar chi az ranji benavoyon to ba kay? Qachongacha? Zolimlar bu dunyoda davr suradi – qachongacha? Falak ularga xizmat qiladi – bu qachongacha? Zolim, qonxo‘r hukmdorlar yana paydo bo‘ladi, Bechora xalqning azob-u ranjidan bexabar – bu qachongacha 4 ? Bu bandda shoir adolatsizlik, zolimlik va ijtimoiy tengsizlikka qarshi fikr bildiradi. Munzim “To ba kay?” (“Qachongacha?”) so‘zi orqali xalqning sabr toqati tugayotganini, adolatsizlikdan charchaganligini, holatning yomon ekanini ifodalaydi. Shoir davr zulmiga qarshi ruhiy norozilikni bildiradi. “Zolimon dar dahr mehronad davron to ba kay” – dunyo zolimlarga xizmat qilayotganini, hamma ularning atrofida aylanayotganini aytib, bu holat qachongacha davom etishini so‘raydi. “Meshavand dar komi onho charx gardon to ba kay” – falak, taqdir go‘yo zolimlar foydasiga aylanayotganini tanqid qiladi. “Hokimoni zolimon xunkhor paydo meshavand” – jamiyatda qonxo‘r, zolim hukmdorlar ketma-ket paydo bo‘layotganini va bularning oxiri yo ‘qligini ta’kidlaydi. “Gar chi az ranji benavoyon to ba kay” – xalqning, bechoralarning iztirobi tugamayotgani, ularning og‘rig‘iga hech kim e’tibor bermayotganini, har kim o ‘z manfaatlarini o‘ylayotganini ifodalaydi. “To ba kay?” nidosi esa shunchaki savol emas, 1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulvohid_Burhonov 2 S. Ayniy, 1j., “Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar”,T., 1997. B23 3 Y. Manzarov. Ilmiy muommolari tadqiqotchilar nazarida.B, 98. 4 Садриддин Айнӣ. Намунаи адабиёти тоҷик. – Душанбе: Адиб, 2010. – B. 384. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 541 balki chorlov, ogohlantirish va ozodlikka da’vatdir. Munzim she’rlar bilan birga xattotlik bilan ham shug‘ullanib, uni mukammal egallagan. S.Ayniy maslahati bilan Ahmad Donish asarlarining goʻzal xattotlik uslubida qoʻlyozma nusxalarini yaratgan. Keyinchalik u uyda bosmaxona tashkil etib, Qur’oni Karimni chop ettirdi, uning nusxasi “Abd al-Vhidiy Qur’oni” va “Munzim Qur’oni” nomi bilan mashhur bo‘ldi. Rossiyada 1917-yil fevral inqilobi va Amir Olimxonning o‘sha yilning 7-aprelida Buxorodagi farmoni bilan Buxoro jadidlari Abdulvohid Burxonov Munzim boshchiligidagi “Eski e’tiqodlilar” va Fayzulla Xo‘jayev va Abdurauf Fitrat boshchiligidagi “Yangi jadidlar”ga bo‘lingan. Birinchisining asosiy faoliyati ta’lim bo’lsa, ikkinchi guruh keng miqyosli islohotlar tarafdori edi. Bu guruhlar orasidagi tafovutlar ancha kuchli edi. Masalan, A. Fitrat guruhi a’zolari “Yosh buxoroliklar” sa’y-harakati bilan amirning 1917-yil 7-apreldagi farmonini keng ommaga tushuntirish maqsadida mitinglar, yig‘ilishlar, namoyishlar o‘tkazish tarafdori edilar. Abdulvohid Burxonov guruhi namoyishlarga qarshi chiqdi. Keyinchalik bu ikki guruhning birlashishi natijasida “Yosh buxoroliklar” partiyasi tuzilib, unga Munzim rais etib tayinlanadi. Buxoroda reaksiya va ta’qiblar kuchaygan davrda Munzim ham Toshkentga ko‘chib o‘tadi va “Uchkun” va “Qutulish” gazetalariga hissa qo‘shadi. Uning bir qancha she’rlari, jumladan “Bayoni xol”, “Ey, mazlum sharq” shu gazetalarda bosilgan. Munzim ijodiy faoliyati o‘zbek va tojik adabiy aloqalarini mustahkamlashda, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy merosni boyitishda muhim o‘rin egallaydi. Shoir o‘z asarlarida inson ruhiyati, muhabbat, sadoqat, vatanparvarlik, insoniylik kabi yuksak tuyg‘ularni badiiy ifoda etgan. Uning she’rlari nafis tuyg‘ular, falsafiy mushohada va lirizm bilan sug‘orilgan bo‘lib, o‘quvchini chuqur o‘yga chorlaydi. Munzimning ijodiy merosi – o‘z davrining ijtimoiy hayoti, milliy qadriyatlari va inson qalbining nozik kechinmalarini aks ettirgan boy manba hisoblanadi. Shuning uchun uning asarlarini tahlil qilish nafaqat adabiyotshunoslik uchun, balki bugungi yosh avlodning estetik tarbiyasi uchun ham katta ahamiyatga ega. Foydalanilgan dabiyotlar 1. Y. Manzarov. Ilmiy muommolari tadqiqotchilar nazarida.B, 97-100 2. Садриддин Айнӣ. Намунаи адабиёти тоҷик. – Душанбе: Адиб, 2010. – B. 448. 3. Radjabov Q., Inoyatov S. Buxoro tarixi. Toshkent: Tafakkur, 201. 4. 4.https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulvohid_Burhonov