EKOLOGIK ONG VA MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHDA AXLOQIY TAMOYILLARNING
Abstract
Mazkur maqolada ekologik ong va madaniyatni rivojlantirishning axloqiy tamoyillari ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida "tabiat-jamiyat-inson" tizimidagi munosabatlarning transformatsiyasi, ekologik ongning shakllanish bosqichlari va ularga ta’sir etuvchi axloqiy omillar aniqlangan. Ekologik madaniyatni rivojlantirishda ahloqiy tamoyillarning nafaqat norma sifatida, balki tabiatga munosabatda amaliy faoliyatga yo‘naltiruvchi mexanizm sifatidagi roli ochib berilgan. Shuningdek, yoshlarda ekologik ma’naviy-axloqiy normalarni shakllantirishning mafkuraviy va pedagogik-didaktik masalalari, ekologik madaniyatni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari va metodlari tahlil qilingan.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Namozov Shohrux Akbar o’g’li Alfraganus universiteti «Falsafa» yo’nalishi magistranti EKOLOGIK ONG VA MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHDA AXLOQIY TAMOYILLARNING Annotatsiya:Mazkur maqolada ekologik ong va madaniyatni rivojlantirishning axloqiy tamoyillari ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida "tabiat-jamiyat-inson" tizimidagi munosabatlarning transformatsiyasi, ekologik ongning shakllanish bosqichlari va ularga ta’sir etuvchi axloqiy omillar aniqlangan. Ekologik madaniyatni rivojlantirishda ahloqiy tamoyillarning nafaqat norma sifatida, balki tabiatga munosabatda amaliy faoliyatga yo‘naltiruvchi mexanizm sifatidagi roli ochib berilgan. Shuningdek, yoshlarda ekologik ma’naviy-axloqiy normalarni shakllantirishning mafkuraviy va pedagogik-didaktik masalalari, ekologik madaniyatni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari va metodlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: ekologik ong, ekologik madaniyat, axloqiy tamoyillar, biosfera, ekologik muvozanat, ekologik axloq, ma’naviy qadriyatlar, tabiat-jamiyat-inson munosabatlari, ekologik tarbiya, ekologik mas’uliyat. РОЛЬ НРАВСТВЕННЫХ ПРИНЦИПОВ В РАЗВИТИИ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО СОЗНАНИЯ И КУЛЬТУРЫ Аннотация:В данной статье проведен социально-философский анализ нравственных принципов развития экологического сознания и культуры. В результате исследования выявлены трансформatsiи в системе отношений "природа-общество-человек", этапы формирования экологического сознания и влияющие на них нравственные факторы. Раскрыта роль нравственных принципов в развитии экологической культуры не только как нормы, но и как механизма, направляющего практическую деятельность в отношении природы. Также анализируются идеологические и педагогико-дидактические вопросы формирования экологических морально-нравственных норм у молодежи, важные направления и методы развития экологической культуры. Ключевые слова: экологическое сознание, экологическая культура, нравственные принципы, биосфера, экологическое равновесие, экологическая этика, духовные ценности, отношения природа-общество-человек, экологическое воспитание, экологическая ответственность. THE ROLE OF MORAL PRINCIPLES IN THE DEVELOPMENT OF ECOLOGICAL CONSCIOUSNESS AND CULTURE Abstract:This article provides a socio-philosophical analysis of moral principles in the development of ecological consciousness and culture. The research reveals transformations in the "nature-society-human" system, stages of ecological consciousness formation, and moral factors influencing them. The role of moral principles in developing ecological culture is revealed not only as norms but also as mechanisms directing practical activities in relation to nature. The article also analyzes ideological and pedagogical-didactic issues of forming ecological moral norms among youth, important directions, and methods of developing ecological culture.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Keywords: ecological consciousness, ecological culture, moral principles, biosphere, ecological balance, ecological ethics, spiritual values, nature-society-human relations, ecological education, ecological responsibility. KIRISh Bugungi kunda ekologik muammolar global ahamiyat kasb etib, ularni hal qilish nafaqat texniktexnologik yoki iqtisodiy vositalar, balki ijtimoiy ong va madaniyatni rivojlantirish orqali ham amalga oshirilishi zarurat bo‘lib qolmoqda. Ekologik inqirozning chuqurlashuvi tabiat va insoniyat munosabatlarining murakkablashuviga olib keldi, bu esa o‘z navbatida, jamiyatda ekologik ong va madaniyatni rivojlantirishni taqozo etmoqda. Globallashuv jarayonlari barcha sohalarga, shu jumladan, ekologik munosabatlarga ham ta’sir ko‘rsatayotgan hozirgi davrda, tabiatga munosabatda axloqiy tamoyillarga asoslanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning buzilishi, ekologik muvozanatning izdan chiqishi, tabiiy resurslarning kamayib borishi va atrof-muhitning ifloslanishi kabi global muammolar ko‘p jihatdan insoniyat ekologik madaniyatining yetarli darajada rivojlanmaganligi bilan bog‘liq. Ko‘pgina ekologik muammolarni hal qilishda texnik va texnologik yechimlar muhim bo‘lsa-da, ammo tabiatga nisbatan insonlarning munosabatida axloqiy tamoyillarning rivojlanishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mazkur tadqiqotning dolzarbligi shundaki, u jamiyatda ekologik ong va madaniyatni rivojlantirishda axloqiy tamoyillarning rolini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilib, zamonaviy ekologik muammolarni hal etishda axloqiy-ma’naviy qadriyatlarning ahamiyatini ochib beradi. Ekologik madaniyatni rivojlantirishda axloqiy tamoyillarning roli va ularning amaliyotga joriy etilish mexanizmlarini tahlil qilish orqali ekologik muammolarni hal qilishning samarali yo‘llarini aniqlash mumkin. MAVZUGA OID ADABIYoTLARNING TAHLILI Ekologik ong va madaniyatni rivojlantirish masalalari turli davrlarda ko‘plab olimlar, faylasuflar va mutafakkirlar tomonidan o‘rganib kelingan. Zamonaviy tadqiqotchilar orasida bu muammoni o‘rganishga katta hissa qo‘shgan olimlar qatorida O‘zbekiston olimlarining ishlarini alohida ta’kidlash lozim. Otamuratov S. o‘zining «Globallashuv va millat» asarida globallashuv jarayonlari tabiat va jamiyat munosabatlariga ta’sirini chuqur tahlil qilgan. Uning fikricha, «globallashuv sharoitida ekologik muammolarning keskinlashuvi milliy qadriyatlar tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, bu esa jamiyatda ekologik madaniyatni rivojlantirishda milliy qadriyatlarga tayanish zarurligini yanada dolzarb qilib qo‘ymoqda» [15]. Berdimuratova A.K. o‘zining «Filosofsko-metodologicheskie problemы sovremennoy ekologicheskoy situatsii» tadqiqotida Orol bo‘yi mintaqasidagi ekologik vaziyatni tahlil qilib, «ekologik muammolarni hal etishda texnik-texnologik yechimlar bilan birga, aholining ekologik madaniyatini oshirish muhim ahamiyatga ega» ekanligini ta’kidlaydi [5]. Qo‘yliev T. «Ekologik madaniyatning shakllanish va rivojlanish xususiyatlari» monografiyasida ekologik madaniyatning rivojlanish bosqichlarini tahlil qilib, «jamiyatda ekologik madaniyatni shakllantirishda axloqiy tamoyillar muhim o‘rin tutishini va ular tabiatga munosabatda inson faoliyatini tartibga soluvchi mexanizm vazifasini bajarishini» ilmiy asoslab bergan [10, 115 b.].
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Abdukasimov Sh.J. tadqiqotlarida «yoshlarning ekologik ongini shakllantirishda ekologik axloqning roli katta» ekanligi ta’kidlangan. Uning fikricha, «yoshlarda ekologik madaniyatni rivojlantirishda axloqiy tamoyillarga tayanish, ularning tabiatga munosabatini ma’naviy jihatdan boyitadi va ekologik mas’uliyatini oshiradi» [3]. Rasilov D. «Urbanizatsiya va ekologik madaniyatni rivojlantirish masalalari» asarida shaharlashuv jarayonlarining ekologik madaniyatga ta’sirini o‘rganib, «urbanizatsiya sharoitida insonning tabiatdan uzoqlashuvi ekologik madaniyatning pasayishiga olib kelishi mumkinligi, bu esa o‘z navbatida, shahar aholisining ekologik ongini rivojlantirishda yangi yondashuvlarni talab etishi»ni asoslab bergan [14, 67 b.]. Saidova U. o‘z tadqiqotlarida «Sharq va G‘arb madaniyatlarining tabiatga munosabatdagi farqli jihatlarini tahlil qilib, Sharq madaniyatida tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabat, tabiat bilan uyg‘unlikka intilish kabi xususiyatlar ekologik madaniyatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini» ta’kidlaydi [15, 78 b.]. Kistaubaev S.U. tadqiqotlarida «shaxs ekologik dunyoqarashini shakllantirishda milliy qadriyatlarning rolini tahlil qilib, an’anaviy qadriyatlarga tayanish orqali ekologik madaniyatni rivojlantirishning samarali yo‘llari»ni ko‘rsatib bergan [6]. Qilichev F.T. «shaxs ekologik madaniyatini shakllantirishda diniy qadriyatlarning rolini tahlil qilib, diniy aqidalarda tabiatni asrash, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kabi g‘oyalarning mavjudligi ekologik madaniyatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini» asoslab bergan [11]. Ashurov A.O‘. tadqiqotida «O‘zbekiston mahallalarida jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishning ijtimoiy-madaniy omillarini tahlil qilib, mahalla institutining ekologik madaniyatni rivojlantirishdagi rolini» ilmiy jihatdan asoslab bergan [2]. G‘ulomov A.B. «jadid mutafakkirlarining ekologik madaniyatga doir qarashlarini tarixiy-falsafiy jihatdan tahlil qilib, ularda ilgari surilgan g‘oyalarning zamonaviy ekologik tarbiya tizimini takomillashtirishdagi ahamiyatini» ko‘rsatib bergan [13]. Xusanov E. «o‘quvchilarda ekogumanistik dunyoqarashni shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik jihatlarini o‘rganib, maktab o‘quvchilarining ekologik madaniyatini rivojlantirishning ilmiypedagogik asoslari»ni ishlab chiqqan [17, 18]. Yuqoridagi olimlarning tadqiqotlarida ekologik ong va madaniyatni rivojlantirishning turli jihatlari o‘rganilgan bo‘lsa-da, ekologik madaniyatni rivojlantirishda axloqiy tamoyillarning roli yetarlicha tizimli va kompleks o‘rganilmagan. Aynan shu sababli, mazkur tadqiqotda ekologik ong va madaniyatni rivojlantirishning axloqiy tamoyillari ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan chuqur tahlil qilinadi. TAHLIL VA NATIJALAR Ekologik ong va madaniyatni rivojlantirishda axloqiy tamoyillarning rolini tahlil qilish uchun, avvalo, globallashuv sharoitida inson, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning transformatsiyasini o‘rganish zarur. Zamonaviy jamiyatda tabiatga munosabatning axloqiy asoslari o‘zgarayotgan bo‘lib, bu o‘zgarishlar ko‘p jihatdan ekologik inqiroz hamda global ekologik muammolarning keskinlashuvi bilan bog‘liq.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Insoniyat tarixiga nazar tashlasak, tabiat va inson munosabatlari uzoq evolyusion yo‘lni bosib o‘tganini ko‘ramiz. Dastlab, inson tabiatga moslashgan bo‘lsa, keyinchalik uni o‘zgartira boshlagan, bugungi kunga kelib esa, global miqyosda tabiatga ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu jarayonda insonning tabiatga munosabati ham o‘zgarib borgan. Ibtidoiy davrda tabiatga sig‘inish, uni ilohiylashtirish ustun bo‘lgan bo‘lsa, industrial jamiyatda tabiat resurs sifatida qaralib, unga iste’molchilik munosabati shakllangan. Zamonaviy postindustrial jamiyatda esa, tabiatni muhofaza qilish, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kabi tamoyillar shakllanmoqda. Ekologik ong va madaniyatni rivojlantirishda axloqiy tamoyillar quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Regulyativ funksiya – insonning tabiatga munosabatini tartibga solish, ekologik xulq-atvor normalarini belgilash; 2. Aksiologik funksiya – tabiatni qadriyat sifatida anglash, unga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish; 3. Integrativ funksiya – jamiyatni ekologik muammolarni hal qilish yo‘lida birlashtirish; 4. Prognostik funksiya – ekologik vaziyatni oldindan baholash va mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni oldini olish. Ekologik ong va madaniyatni rivojlantirishning axloqiy tamoyillari orasida quyidagilarni alohida ta’kidlash mumkin: Tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik prinsipi inson faoliyatining tabiatga ta’sirini oldindan baholash va mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni oldini olishni nazarda tutadi. Ehtiyotkorlik prinsipi ekologik xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi. Shved olimi Xans Yonas o‘zining mas’uliyat etikasida ehtiyotkorlik prinsipini asosiy axloqiy tamoyillardan biri sifatida ko‘rsatadi. Uning fikricha, «inson o‘z faoliyatining natijalarini oldindan ko‘ra bilishi va kelajak avlodlar oldida mas’uliyatli bo‘lishi kerak». Ehtiyotkorlik prinsipi ekologik siyosatning muhim qismi sifatida Rio-de-Janeyro deklaratsiyasining 15-prinsipida ham mustahkamlangan: «Atrof-muhitni himoya qilish uchun davlatlar o‘z imkoniyatlariga qarab ehtiyotkorlik prinsipini keng qo‘llashlari kerak. Jiddiy yoki qaytarib bo‘lmaydigan zarar tahdidi mavjud bo‘lgan hollarda, to‘liq ilmiy aniqlikning yo‘qligi atrof-muhitning degradatsiyasini oldini olish uchun samarali choralarni kechiktirishga sabab bo‘lmasligi kerak». Tabiat bilan uyg‘unlik prinsipi inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, tabiiy jarayonlarga mos ravishda faoliyat yuritish zaruratini anglatadi. Inson tabiatdan ajralmas qism sifatida, tabiat qonuniyatlariga muvofiq yashashi kerak. Sharq falsafasida, xususan, konfutsiychilik, daosizm va buddizmda tabiat bilan uyg‘unlikka erishish g‘oyasi markaziy o‘rinni egallaydi. Daosizmda «u-vey» (aralashmaslik) prinsipi tabiiy jarayonlarga zo‘ravonlik bilan aralashmaslikni nazarda tutadi. O‘zbek mutafakkirlarining asarlarida ham tabiat bilan uyg‘unlikka erishish g‘oyasi ilgari surilgan. Xususan, Abu Rayhon Beruniy o‘zining «Mineralogiya» asarida insonning tabiatga ta’sirini cheklash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarurligini ta’kidlagan. Ekologik adolat prinsipi tabiiy resurslardan foydalanishda adolatli taqsimlash, ekologik yukni teng taqsimlash va kelajak avlodlar huquqlarini himoya qilishni nazarda tutadi. Ekologik adolat prinsipi nafaqat hozirgi avlod vakillari o‘rtasida, balki hozirgi va kelajak avlodlar o‘rtasida ham adolatli munosabatlarni ta’minlashga qaratilgan.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Amerikalik faylasuf Jon Rolzning «adolat nazariyasi»ga ko‘ra, jamiyatning har bir a’zosi tabiiy resurslardan foydalanishda teng huquqlarga ega bo‘lishi kerak. Bu prinsip ekologik adolatning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Tabiatni e’zozlash prinsipi tabiatga nisbatan hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lish, uni qadrlash va avaylashni nazarda tutadi. Tabiatni e’zozlash prinsipi ko‘p jihatdan diniy va milliy qadriyatlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular orqali jamiyatda ekologik madaniyatni rivojlantirish mumkin. Albert Shveyserning «hayotga hurmat» etikasi barcha tirik mavjudotlarga nisbatan hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lishni targ‘ib qiladi. Uning fikricha, «har bir tirik mavjudot yashashga intiladi va bu intilish ehtiromga loyiqdir». O‘zbek xalqining an’anaviy qadriyatlarida ham tabiatni e’zozlash muhim o‘rin tutadi. Suvni muqaddas bilish, yerga mehr bilan munosabatda bo‘lish, daraxtlarni asrash kabi qadriyatlar xalqimizning ekologik madaniyatini belgilab beruvchi muhim omillardan hisoblanadi. Ekologik mas’uliyat prinsipi har bir insonning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mas’uliyatini anglatadi. Ekologik mas’uliyat shaxsiy, jamoaviy va global darajada namoyon bo‘lishi mumkin. Gans Yonas o‘zining «Mas’uliyat prinsipi» asarida «texnologik sivilizatsiya sharoitida inson mas’uliyati yangi mazmun kasb etishi»ni ta’kidlaydi. Uning fikricha, texnologik taraqqiyot insonning tabiatga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirmoqda, bu esa o‘z navbatida, ekologik mas’uliyatning oshishini talab qilmoqda. Ekologik tejamkorlik prinsipi tabiiy resurslardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, chiqindilarni qayta ishlash va ikkilamchi xomashyodan foydalanishni nazarda tutadi. «Barqaror rivojlanish» konsepsiyasining asoschilaridan biri Donella Medouzning fikricha, «resurslarning cheklanganligi sharoitida tejamkorlik prinsipi barqaror rivojlanishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi». Ekologik tejamkorlik prinsipi O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunida ham o‘z aksini topgan. Qonunning 4-moddasida «tabiiy resurslardan oqilona foydalanish» prinsipi belgilangan. Ekologik ta’lim va tarbiya prinsipi jamiyatda ekologik ong va madaniyatni rivojlantirish uchun uzluksiz ekologik ta’lim va tarbiya tizimini yaratishni nazarda tutadi. Ekologik ta’lim va tarbiya orqali jamiyat a’zolarining ekologik savodxonligini oshirish, ularda tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish mumkin. YuNESKO tomonidan ishlab chiqilgan «Barqaror rivojlanish uchun ta’lim» dasturida ekologik ta’lim va tarbiyaning maqsadi, vazifalari va prinsiplari belgilangan. Dasturga ko‘ra, «ekologik ta’lim va tarbiya nafaqat bilim berish, balki ekologik qadriyatlarni shakllantirish, ekologik mas’uliyatni rivojlantirish va ekologik muammolarni hal qilishda faol ishtirok etishga undashni ham nazarda tutadi». O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunida ham ekologik ta’lim va tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Qonunning 5-moddasida «insonparvarlik va ekologik
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL yo‘naltirilganlik» ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biri sifatida belgilangan. Yuqorida keltirilgan ekologik ong va madaniyatni rivojlantirishning axloqiy tamoyillari jamiyatda ekologik madaniyatni shakllantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Bu tamoyillarni amaliyotga tatbiq etish orqali jamiyatda ekologik ong va madaniyatni rivojlantirish, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, ekologik muammolarni hal qilishning samarali yo‘llarini topish mumkin. Ekologik madaniyatni rivojlantirishda axloqiy tamoyillarning rolini oshirish quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi mumkin: 1. Oila instituti orqali – oilada bolalarga yoshligidan tabiatni sevish, uni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi qadriyatlarni singdirish; 2. Ta’lim muassasalari orqali – bog‘cha, maktab, kollej va oliy ta’lim muassasalarida ekologik ta’lim va tarbiyani kuchaytirish, o‘quv dasturlariga ekologik axloq bo‘yicha maxsus kurslarni kiritish; 3. Ommaviy axborot vositalari orqali – ekologik ma’rifatni keng tarqatish, tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rsatuvlar va maqolalarni ko‘paytirish; 4. Fuqarolik jamiyati institutlari orqali – ekologik nodavlat tashkilotlari faoliyatini qo‘llabquvvatlash, mahalla qo‘mitalari, diniy tashkilotlar orqali ekologik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish; 5. Davlat boshqaruvi organlari orqali – ekologik qonunchilikni takomillashtirish, ekologik nazoratni kuchaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshirish. Ekologik madaniyatni rivojlantirishda axloqiy tamoyillarning samaradorligini oshirish uchun ularni jamiyat hayotining barcha sohalariga integratsiyalash, ekologik ma’rifatni keng tarqatish, yoshlarda ekologik mas’uliyatni shakllantirish va jamiyatda ekologik faollikni rag‘batlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. XULOSA VA TAKLIFLAR Jamiyatda ekologik ong va madaniyatni rivojlantirishning axloqiy tamoyillarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilish natijasida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 1. Globallashuv sharoitida insoniyat, tabiiy muhit va ijtimoiy tuzilmalar o‘rtasidagi aloqadorlik yangi bosqichga ko‘tarilib, ularning o‘zaro ta’siri etik-ma’naviy qadriyatlar asosida shakllanmoqda. Bu esa zamonaviy sivilizatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zida aks ettirmoqda. Tabiat va jamiyat munosabatlarida axloqiy tamoyillarning roli tobora ortib bormoqda. 2. Ekologik ong va madaniyatni rivojlantirish jarayoni zamonaviy jamiyatning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib, u nafaqat tabiatni muhofaza qilish, balki insoniyat kelajagini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi. Ekologik ongni shakllantirishda axloqiy tamoyillar muhim ahamiyat kasb etadi, ular jamiyat a’zolarining tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatini shakllantirishga xizmat qiladi. 3. O‘zbekiston sharoitida ekologik madaniyatni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analar ko‘rinishida jamiyat ekologik madaniyatini shakllantirishda muhim omillardan biridir. Ayniqsa, ajdodlarimizning tabiatga ehtiyotkorona munosabati, suvni muqaddas bilish, yerga mehr kabi qadriyatlar zamonaviy ekologik ong va madaniyatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 4. Ekologik ong va madaniyatni rivojlantirishning axloqiy tamoyillari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi va kuchaytiradi. Tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik, tabiat bilan uyg‘unlik, ekologik adolat, tabiatni e’zozlash, ekologik mas’uliyat,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL ekologik tejamkorlik hamda ekologik ta’lim va tarbiya prinsiplari yagona tizimni tashkil etib, ekologik madaniyatning asosiy tarkibiy qismlarini belgilab beradi. 5. Ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi institutsional mexanizmlarning umummilliy maqsadlarga mosligi va samarali ishlashi axloqiy, huquqiy, siyosiy va boshqa ijtimoiy ong shakllarining amaliy birlashuviga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan. Shu sababli, ekologik madaniyatni rivojlantirishda kompleks yondashuv zarur bo‘lib, bunda axloqiy tamoyillar markaziy o‘rinni egallashi kerak. 6. Yoshlarda ekologik ma’naviy-axloqiy normalarni shakllantirish zamonaviy ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunda yoshlarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularda ekologik mas’uliyatni shakllantirish, tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash va ekologik faollikni rag‘batlantirish zarur. Jamiyatda ekologik ong va madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin: 1. Ekologik ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish, barcha ta’lim bosqichlarida ekologik axloq bo‘yicha maxsus kurslarni joriy etish; 2. Ommaviy axborot vositalari orqali ekologik ma’rifatni keng targ‘ib qilish, ekologik mavzudagi ko‘rsatuvlar, maqolalar va ijtimoiy reklamalarni ko‘paytirish; 3. Mahalla institutini ekologik madaniyatni rivojlantirishda faol ishtirok etishga jalb qilish, mahalla qo‘mitalarida ekologiya bo‘yicha mas’ul shaxslarni tayinlash; 4. Yoshlar tashkilotlari orqali yoshlarning ekologik faolligini oshirish, ekologik aksiyalar, tadbirlar va musobaqalar o‘tkazish; 5. Ekologik nodavlat tashkilotlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat organlari bilan hamkorligini kuchaytirish; 6. Ekologik qonunchilikni takomillashtirish, ekologik jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish; 7. Ekologik madaniyatni rivojlantirishda milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analardan keng foydalanish, ularni zamonaviy ekologik talablar bilan uyg‘unlashtirish; 8. Ekologik axloqning asosiy normalarini kodifikatsiya qilish, «Ekologik xulq-atvor kodeksi»ni ishlab chiqish va keng joriy etish; 9. Ekologik madaniyatni rivojlantirishda oila institutining rolini kuchaytirish, ota-onalar uchun ekologik ma’rifat bo‘yicha qo‘llanmalar va tavsiyalarni ishlab chiqish; 10. Ekologik madaniyatni rivojlantirishda diniy tashkilotlarning imkoniyatlaridan keng foydalanish, diniy arboblarni ekologik targ‘ibot ishlariga jalb qilish. Yuqoridagi takliflarni amalga oshirish orqali jamiyatda ekologik ong va madaniyatni rivojlantirish, ekologik muammolarni hal qilish samaradorligini oshirish va kelajak avlodlar uchun sog‘lom ekologik muhitni ta’minlash mumkin. Bunda jamiyatning barcha a’zolari, davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, ta’lim muassasalari, oila va diniy tashkilotlar o‘z hissalarini qo‘shishlari zarur. FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR: 1. Agzamxodjaeva S. Ijtimoiy ideal va O‘zbekistonda ma’naviy taraqqiyot muammolari. Falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. –T.: 2008. [1] 2. Ashurov Abror O‘ralovich. O‘zbekiston mahallalarida jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishning ijtimoiy-madaniy omillari (ijtimoiy-falsafiy tahlil). Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent – 2024. [2]
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 3. Абдукасымов Ш.Ж. Формирование экологического сознания студенческой молодёжи Узбекистана в условиях независимости. Автореферат на соис. уч. степени канд. филос. наук. –Т.: 1997. [3] 4. Абдуллаев Б.Б. Ўзбекистон ёшлари сиёсий маданиятида қадриятлар тизимининг ўзгариш жараёни. Сиёсий фанлар бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертatsiяси.автореферати. Тошкент – 2024. [4] 5. Бердимуратова А.К. Философско-методологические проблемы современной экологической ситуatsiи (на материалах Приараля): Докторлик диссертatsiяси. – Тошкент, 1999. [5] 6. Кистаубаев С.У. Шахс экологик дунёқарашини шакллантиришда миллий қадриятларнинг роли: Фалсафа доктори (PhD) диссертatsiяси автореферати. – Самарқанд, 2019. [6] 7. Mamashokirov Saidmurod. Vahimami yoki haqiqat. T.: «Iqtisod-moliya» 2012. [7] 8. Otamuratov S. Globallashuv va millat. – Toshkent.:Yangi asr avlodi, 2008. [8] 9. Пўлатов Х.Х. Объективные и субъективные факторы формирования культуры зашиты природы в условиях села (На материалах Республики Узбекистан). Автореферат на соис. уч. степени канд. филос. Наук. –Т.: 1994. 26 б. [9] 10. Qo‘yliev T. Ekologik madaniyatning shakllanish va rivojlanish xususiyatlari. –T.:TAQI, 2007. 140 bet. [10] 11. Qilichev Feruzbek To‘ychi o‘g‘li. Shaxs ekologik madaniyatini shakllantirishda diniy qadriyatlarning roli. Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent-2022. [11] 12. Rasilov D. Urbanizatsiyalashgan muhitning ekologik madaniyatni rivojlantirishdagi roli. Falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya Avtoreferati. –T.: 2000. [12] 13. G‘ulomov A.B. Jadid mutafakkirlarining ekologik madaniyatga doir qarashlari: tarixiyfalsafiy tahlil. Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi. Buxoro-2021. [13] 14. Rasilov D. Urbanizatsiya va ekologik madaniyatni rivojlantirish masalalari. –T.: 2001. 119 bet. [14] 15. Saidov U. Sharq va G‘arb: madaniyatlar tutashgan manzillar. –T.: «Yangi asr avlodi», 2008. 200 bet. [15] 16. Saifnazarov I., Qosimov B., Muxtorov A., Nikitchenko G. Fanning falsafiy masalalari. –T.: «Fan va texnologiya», 2007. 240 bet. [16] 17. Xusanov E. O‘quvchilarda ekogumanistik dunyoqarashni shakllantirish ijtimoiy-pedagogik zaruriyat sifatida // O‘zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy pedagogika va psixologiya masalalari: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. – 2024 yil 27-mart. [17] 18. Husanov E.T. Maktab o‘quvchilari ekologik madaniyatining ilmiy mohiyati // Zamonaviy ta’lim. – 2023. – №3(124). – B. 50-55. [18] 19. Shokirov D. Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodining o‘zgaruvchanlik xususiyatlari // Central Asian academic journal of scientific research. – 2022. – Tom 2, Chiqish 6. – B. 337-342. [19]