scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AXSIKENT ARXEOLOGIK YODGORLIGIDAN ANIQLANGAN FAUNA MATERIALLARI TAHLILI: DASTLABKI NATIJALAR

Olimov Sanjarbek

Abstract

So‘ngi yillarda O’zbekistondagi arxeologik tadqiqotlarda arxeologik yodgorlikda o‘tmishda sodir bo‘lgan barcha jarayonlarni yaxshiroq tushunish maqsadida bioarxeologik usullar faol qo‘llanilmoqda. Farg‘ona vodiysidagi Axsikent yodgorligi ham arxeozoologik materiallarga boy bo‘lib, ushbu materiallar ustida birlamchi tadqiqotlarning olib borilishi mazkur tarixiy shahar va uning atrof hududlarida yashovchi aholining kundalik ovqatlanish ratsioni, xonaki hayvonlar ularning hayotida qay darajada muhim bo‘lganligini aniqlash imkonini beradi. Biroq Farg‘ona vodiysining aksariyat yodgorliklari kabi Axsikentda ham arxeozoologik tadqiqotlar yetarli emasligi sababli hududda inson va uni o‘rab turgan muhitdagi hayvonlarga bog‘liqlik darajasi haqida asosiy ma’lumotlar mavjud emas. Bu masalani ilmiy jihatdan yoritish maqsadida mazkur maqolada qazishmalar davomida aniqlangan materiallarning statistikasi qilinib, ularning tahlili amalga oshirildi. Natijada eng ko‘p suyak qoldiqlari Caprinae(qo‘y/echki)ga taalluqli bo‘lsa, keying o‘rinlarda Bos spp.(qoramol), parranda/qush kabilar ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Olimov Sanjarbek, Y. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti ilmiy xodimi Tel: +998936700928 E-mail: [email protected] AXSIKENT ARXEOLOGIK YODGORLIGIDAN ANIQLANGAN FAUNA MATERIALLARI TAHLILI: DASTLABKI NATIJALAR Annotatsiya: So‘ngi yillarda O’zbekistondagi arxeologik tadqiqotlarda arxeologik yodgorlikda o‘tmishda sodir bo‘lgan barcha jarayonlarni yaxshiroq tushunish maqsadida bioarxeologik usullar faol qo‘llanilmoqda. Farg‘ona vodiysidagi Axsikent yodgorligi ham arxeozoologik materiallarga boy bo‘lib, ushbu materiallar ustida birlamchi tadqiqotlarning olib borilishi mazkur tarixiy shahar va uning atrof hududlarida yashovchi aholining kundalik ovqatlanish ratsioni, xonaki hayvonlar ularning hayotida qay darajada muhim bo‘lganligini aniqlash imkonini beradi. Biroq Farg‘ona vodiysining aksariyat yodgorliklari kabi Axsikentda ham arxeozoologik tadqiqotlar yetarli emasligi sababli hududda inson va uni o‘rab turgan muhitdagi hayvonlarga bog‘liqlik darajasi haqida asosiy ma’lumotlar mavjud emas. Bu masalani ilmiy jihatdan yoritish maqsadida mazkur maqolada qazishmalar davomida aniqlangan materiallarning statistikasi qilinib, ularning tahlili amalga oshirildi. Natijada eng ko‘p suyak qoldiqlari Caprinae(qo‘y/echki)ga taalluqli bo‘lsa, keying o‘rinlarda Bos spp.(qoramol), parranda/qush kabilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Kalit so‘zlar: arxeozoologik tadqiqotlar, Axsikent yodgorligi, chorvachilik, Caprinae, astragalus, dieta, suyaklar tahlili. Abstract: In recent years, bioarchaeological methods have been actively used in archaeological research in Uzbekistan to better understand all the processes that occurred in the past at archaeological sites. The Akhsikent monument in the Fergana Valley is also rich in archaeozoological materials, and primary research on these materials allows us to determine the daily diet of the population living in this historical city and its surrounding areas, and to what extent domestic animals were important in their lives. However, due to the lack of archaeozoological research in Akhsikent, as in most monuments of the Fergana Valley, there is no basic information about the level of dependence of humans and animals on the environment in the area. In order to shed light on this issue scientifically, this article provides statistics on the materials discovered during the excavations and their analysis. As a result, the largest number of bone remains belong to Caprinae (sheep/goats), followed by Bos spp. (cattle), and poultry/birds. Keywords: archaeozoological studies, Aksikent monument, animal husbandry, Caprinae, astragalus, diet, bone analysis. Kirish JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL O‘rta Osiyo hududida o‘tgan asrda boshlangan arxeologik tadqiqotlar yangi asrda sezilarli darajada kengayib, keng ko‘lamda olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda, qazishmalar jarayonida aniqlanayotgan faunaviy materiallarning tadqiqi masalasiga bo‘lgan ilmiy qiziqish ham ortib bormoqda. O‘rta Osiyo hududlarida otning xonakilashtirilishiga oid tadqiqotlar alohida e’tiborga molikdir. Mazkur hududda uy otining suyak qoldiqlari ilk bor so‘nggi bronza davri yodgorliklarida uchraydi. N. M. Ermolova ko‘p qatlamli Namozgohtepa (VI qatlam) va Tekkemtepa (1-qurilish davri) manzilgohlarida ishonchli tarzda aniqlangan ot suyaklari topilmalariga murojaat qiladi. Biroq u Kelleli topilmasida turlarni aniqlashning to‘g‘riligi borasida shubhalar bildiradi hamda mazkur suyakning ham katta qulonga mansub bo‘lishi mumkinligini taxmin qiladi1(1). Baqtriya–Marg‘iyona hududlaridan tashqarida, xususan Murg‘ob daryosining yuqori oqimida joylashgan Tairsu (Tojikiston) va Qang‘urtut manzilgohlarida miloddan avvalgi II ming yillik oxiri – I ming yillik boshlariga oid uy otining suyak qoldiqlari aniqlangan2(2). Yuqorida tilga olingan yodgorliklarning Gonurga nisbatan (miloddan avvalgi 2000-yilda o‘zining eng yuqori taraqqiyot cho‘qqisiga chiqqan) yoshroq ekanligini inobatga olgan holda, mintaqa uchun eng qadimiy uy otlari suyak qoldiqlarining Gonurtepa hududidan aniqlanganini ta’kidlash mumkin3(3). Farg‘ona vodiysida qo‘yning xonakilashtirilish davrini aniqlashga qaratilgan laboratoriya tahlillariga asoslangan tadqiqot arxeologiya sohasidagi muhim ilmiy kashfiyotlardan biri hisoblanadi. Obishir V yodgorligida Rossiya–Qirg‘iziston qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan 2015–2019-yillarda olib borilgan qazishmalar jarayonida fauna materiallaridan tahlil uchun tish namunalari olindi. Jumladan, DNK tahlillari orqali Ovis aries (qo‘y) sifatida aniqlangan ikki tish (OB20-01 va OB20-06) sinchkovlik bilan o‘rganildi hamda ular to‘g‘ridanto‘g‘ri radiokarbon usuli yordamida tekshirildi. Ushbu tadqiqot natijalari Obishir V yodgorligidan topilgan xonakilashtirilgan qo‘y namunalarining ancha qadimiyligini tasdiqlaydi. Radiokarbonli tahlillar Obishir V faunasi qoldiqlarining 2va 3-qatlamlari dastlabki o‘zlashtirilishini miloddan avvalgi 6000-yillargacha olib chiqadigan ishonchli xronologiyani belgilab bermoqda(4). Buxoro viloyatidagi Oyoqog‘itma yodgorligida olib borilgan xalqaro qo‘shma ekspeditsiya natijalari miloddan avvalgi VI–V mingyilliklarda odamlar tomonidan tuyadan foydalanishda muhim o‘zgarishlar sodir bo‘lganini ko‘rsatadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, miloddan avvalgi 5400yillikdan IV mingyillikkacha davrda tuya deyarli ishlatilmagan, biroq miloddan avvalgi IV mingyillikdan keyin aholi tomonidan keng ko‘lamda boqila boshlangan. Ushbu jarayon iqlim o‘zgarishlari natijasida yuzaga kelgan qurg‘oqchilik va suvsizlikka chidamli hayvonlarga ehtiyojning ortishi bilan izohlanadi4(5). 1Ермолова Н.М. Материалы к изучению скотоводства и охоты в Центральной Азии в эпоху энеолита и бронзы // Древние цивилизации Востока. Ташкент: Фан, 1986. С. 116. 2Виноградова Н.М., Ранов В.А., Филимонова Т.Г. Памятники Кангурттута в Юго-западном Таджикистане (эпоха неолита и бронзовый век). М.: Институт востоковедения РАН, 2008. C. 189190. 3Сарианиди В.И., Дубова Н.А. Туркменистан – древнейший центр мирового коневодства // Мирас (Ашхабад). 2005. № 3. С. 108-112. 4Szymczak K, Khudzhanazarov M, Fontugne M et al.. Exploring the Neolithic of the Kyzyl kums; Ayakagytma ‘The Site’ and other collections. Swiatowit Supplement Series P: Prehistory and Middle Ages, vol.11, Warsaw: Institute of Archaeology University of Warsaw. 2006. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Ushbu maqola uchun tadqiqot obyekti bo‘lgan materiallar Axsikent arxeologik yodgorligidan aniqlangan bo‘lib, mazkur o‘rta asr shahri Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumani hududida joylashgan bo’lib, maydoni va tarixiy ahamiyati jihatidan Farg’ona vodiysidagi yirik qadimgi shaharlardan biridir. Tadqiqotchilarga ko’ra, dastlab mil.avv. III asrda Axsikent 40 gektar maydonda Farg’ona davlatining poytaxti sifatida tashkil qilingan(6).5Rivojlangan o’rta asrlarda Farg’ona shahri, Farg’ona-Axsikat deb atalgan va bu davrda Farg’onaning bosh poytaxti bo’lgan. Farg’ona vodiysi orqali o’tgan xalqaro savdo yo’lining shimoliy va janubiy yo’nalishlarining Axsikat sharidan o’tishi uning rivojidagi muhim omillardan bo’lgan. IX-XIII asrlarda shahar 3 qismdan iborat bo’lgan: qal’a, shahriston, rabod. Qal’aning faqatgina janubiy devorining bir qismi va Qoraxoniylar davriga mansub kazarma saqlangan6(6). 1980-yillarda arxeolog olim A. Anorboyev tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko’ra, X asrda Axsikat shahri hududi 400 gektar ortiq bo’lgan7(7). XIII asrda Chingizxon Xorazmshohlar davlatini bosib olish davomida Farg’onaga ham qo’shinning bir qismini yuborishi va shaharning vayron etilishida asosiy rol o’ynagan8(6). Materiallar va metodlar O‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab keng ko‘lamda arxeologik tadqiqotlar olib borilayotgan Axsikent yodgorligi arxeologik materiallarga boy bo‘lib, qazishmalar jarayonida arxeozoologik va arxeobotanik topilmalarga ham tez-tez duch kelinadi. Farg‘ona vodiysi aholisi turmush tarzi va oziq-ovqat iste’molida chorva hayvonlarining o‘rni qanday bo‘lganini aniqlashda Axsikent yodgorligidan topilgan fauna qoldiqlari muhim manba vazifasini o‘taydi. 2024-yilda Axsikent yodgorligida XI, VIII va XVIII obyektlarda qazishma ishlari olib borilgan bo‘lsa-da, hayvon suyaklari juda ko‘p topilgani bois faqat XVIII obyektning shimoliy transheyasidan aniqlangan suyaklarning bir qismi, ya’ni 2va 3-xonalardan olingan namunalarni o‘rganishga muvaffaq bo‘lindi. Ushbu maqolada fauna qoldiqlarini tahlil qilish orqali o‘rta asrlardagi Axsikent yodgorligi misolida Farg‘ona vodiysida uy hayvonlarining inson hayotida va kundalik iste’molida qanday darajada qo‘llanilganini aniqlash uchun bir nechta metodlardan foydalanildi. Avvalo, to‘plangan materiallar suvda yuvilib, so‘ng quyosh nurlaridan himoya qilish maqsadida salqin joyda quritildi. Agar taqqoslash uchun zamonaviy to‘plam mavjud bo‘lmasa, arxeologik yodgorliklardan topilishi mumkin bo‘lgan ko‘p uchraydigan hayvon suyaklarining batafsil chizmalarini taqdim etuvchi bir nechta qo‘llanmalar yoki maxsus 'suyak atlaslari'dan foydalanildi(8).9Solishtirish uchun suyaklar to‘plamlarining mavjud emasligi tufayli ushbu maqolada turli olimlarning hayvonlar skeletlari morfologiyasi, bir oilaga mansub hayvonlar suyaklarining bir-biridan farqli jihatlari alohida chizmalar bilan ko’rsatilib, tushuntirilgan shunday “suyak atlaslar”dan foydalanildi To’g’ri taksonomik atamalar arxeologik topilmalarni aniq talqin qilish va ilmiy natijalarni to’g’ri yetkazish uchun zarur hisoblanadi. Ushbu atamalar xalqaro standartlarda tan olingan lotincha 5Anorboyev A. Farg'onaning qadimgi shaharlari va ularning Markaziy Osiyo tarixida tutgan o’rni.Toshkent. Fan. 2022. B. 36. 6Anorboyev A. Farg'onaning qadimgi shaharlari va ularning Markaziy Osiyo tarixida tutgan o’rni… B.45 7Анарбаев A. Ахсикент в древности и средневековье (итоги и перспективы исследования) // СА. №1. - М., 1988, - С. 184. 8Anorboyev A. Farg'onaning qadimgi shaharlari… - B. 37. 9Elizabeth J.R., Elizabeth S.W. Zooarchaeology. Cambridge university press. New York, 2008. - P. 29 JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL nomlari bilan alohida taksonomik jadval qilinib, ushbu maqolada qo’llanildi. Unda Elizabeth J.R., Elizabeth S.W tomonidan yozilgan kitobdan foydalanildi(8)10. Bundan tashqari, bu jadvalda faqatgina Axsikent yodgorligi va qo’shni hududlarda uchrashi mumkin bo’lgan, mahalliy sharoitlarga asoslangan holda hayvonlar oilasi, nasl/turlari, hamda ilmiy nomidan tashqari (mahalliy) qo’llaniladigan nomlar aks ettirildi.(1-jadval) Sutemizuvchilar sinfi Oila Nasl/tur Mahalliy nom Hominidae Homo sapience Inson Canidae Canis familiaris Qo’lga o’rgatilgan it Felidae Felis catus Qo’lga o’rgatilgan mushuk Felidae Felis silvestris Yovvoyi mushuk Equidae Equus asinus Xonaki eshak Equidae Equus Caballus Xonaki ot Equidae Equus ferus Yovvoyi ot Camelidae Camelus bactrianus Xonaki baqtriya tuyasi(2 o’rkachli tuya) Camelidae Camelus dromedarius Xonaki bir o’rkachli tuya Camelidae Camelus ferus Yovvoyi tuya Bovidae Bos Taurus Xonaki qoramol Bovidae Bos indicus Zebu qoramoli Bovidae Bos primigenius Auroks(xonaki) Bovidae( Caprinae kichik oilasi) Capra hircus Xonaki echki Bovidae( Caprinae kichik oilasi) Ovis aries Xonaki qo’y Phasianidae Gallus gallus Xonaki tovuq Phasianidae Meleagris gallopavo Xonaki kurka Anatidae Anas platyrhynchos Xonaki o’rdak Anatidae Anser anser Xonaki g’oz 1-jadval. Quyidagi jadvalda Axsikent yodgorligidan aniqlangan, ushbu maqola uchun tadqiq qilingan hayvon suyaklarining soni va foizi keltirilgan. Barcha fauna topilmalaridagi elementlar, ular tegishli bo’lgan tur/nasl nomlari lotincha shaklda, umumiy guruhlar o‘zbek tilidagi so‘zlar bilan keltirildi. Tur/nasl nomlari ham o’zbek tilidagi izohlar bilan ishlatildi. Element nomlari esa faqatgina lotincha shaklda qo’llandi. Suyak elementlarini uzun, egri, yassi kabi turlarga bo’lish suyak turi noma’lum bo’lganda ushbu umumiy nomlarni qo’llash aniqlikni saqlashga yordam berdi. Bunda uzun suyaklarga: humerus, femur, tibia, fibula, radius, ulna; yassi suyaklarga: scapula (kurak), coxal (tos suyagi); egri suyaklarga: cranium (bosh chanoq), qovurg’a, vertebrae (umurtqa), talus (oshiq) calcaneus (bo‘g‘im suyagi) kabilar qo’llandi. 10 Elizabeth J.R., Elizabeth S.W. Zooarchaeology. Cambridge university press. New York, 2008. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Element va u tegishli bo’lgan hayvon turini aniqlashda qiyinchilik tug’ilsa, tur mansub bo’lgan oila, agar u ham imkonsiz bo’lgan holatda noma’lum deb belgilab ketish ma’qul ko’rildi. Nasl/tur Aniqlangan elementlar soni(NISP) Foiz (%) Caprinae (qo’y/echki) 100 62.11 Kichik sutemizuvchi 18 11.18 Qush/parranda 16 9.94 Noma’lum 6 3.73 Ovis aries (qo’y) 6 3.73 Bos spp (Qoramol) 7 4.32 Capra hircus(echki) 3 1.86 Yirik sutemizuvchi 6 3.72 2-jadval Materiallar tahlili 1-jadval ko’rsatkichlaridan ma’lum bo’ladiki, aniqlangan hayvon suyaklarining eng katta ulushi Caprinae (Qo’y/echki)ga tegishli bo’lib, elementlar soni 100 dona, jami aniqlangan hayvon suyaklarining 62.11%ini tashkil qiladi. Ikkinchi o’rindagi eng ko’p topilgan suyaklar kichik sutemizuvchilar guruhiga mansub bo’lib, bu guruhga Qo’y, echki, gazel va shu kabi mayda tuyoqli umumiy ravishda hayvonlar kiritildi, lekin suyaklardan birortasi gazel yoki boshqa mayda tuyoqlilarning xonaki shakliga tegishli ekanligi haqida aniq ma’lumot yo’q. Bu guruhga mansub hayvon suyaklari soni 18 dona bo’lib, jami suyaklarning 11,18% ini tashkil qiladi. Ovis aries(qo’y) turiga mansub 6 ta (3.73%), Capra hircus (echki) 3 ta(1.86%), Bos spp.(qoramol) turiga mansub 7 ta (4.32%) suyak aniqlandi. Qushlarga oid jami 16 ta (9.94%) suyak elementi aniqlangan. 6 ta yirik sutemizuvchi elementi topilgan, lekin ularning aniq qaysi turga mansubligini aniqlash imkoni bo’lmadi. Suyak elementi va turi, oilasi, umuman, element haqida ma’lumot olish imkonsiz bo’lgan noma’lum suyaklar ham mavjud bo’lib, ular 6 donani, umumiy to’plamning 3.75 %ini tashkil qiladi. Bu yerda dominant guruh Caprinae bo’lib, qazishma o’tkazilgan obyektda mazkur suyaklar bilan bir xil qatlamda qoraxoniylar davriga oid sopollar, tangalar aniqlangan bo’lib, ushbu sulola davrida Axsikent va unga tutash hududlarda chorvachilik bilan ham shug’ullanish aholi ijtimoiy hayotida tirikchilik o’tkazish uchun muhim tarmoqlardan hisoblanganini ko’rish mumkin. Yirik sutemizuvchilar, xususan, qoramol, ot yoki tuya esa faqatgina ba’zi xonadonlarda shu xonadonning ehtiyojlari uchungina boqilganini taxmin qilish mumkin. 2-xonadagi 7-o’radan 104 dona suyak yig’ilib, ulardan 84 donasi (87.36%) Caprinae turiga, 26 tasi (27.04%) turi aniqlanmagan o’rta sutemizuvchi tipiga mansubdir. 2 dona (2.08%) suyak JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL elementi noma’lumligicha qoldi. Bu to’plamda ham dominant Caprinae (qo’y/echki) bo’lib, aholining iste’molida muhim o’rin egallagan. Bunga sabab aholining diniy mansubligi bo’lib, qurbonlik uchun, asosan, qo’y tanlangan. Qo’y/ echkining astragalus (oshiq) qismi esa o’yin maqsadlarida maxsus ishlov berilgan, to’rt tomoni tekis, parmalash orqali teshilgan, ba’zilarining o’rtasida noma’lum qotishma joylashtirilgan. Bunday shaklga o’xshash o’yin uchun maxsus ishlov berilgan, milloddan avvalgi asrlarga taalluqli astragalus elementlari Yaqin Sharqdagi arxeologik yodgorlikarda ham ko’plab topilgan. Qazishma joylari bo’yicha olingan ma’lumotlar asosida, ayniqsa VIII obyektning shimoliy transheyasida, 2-xonada suyak elementlarining yuqori zichlikda aniqlangani kuzatildi. Bu joylar hayvon so’yish, go’sht saqlash yoki iste’mol jarayonlari bilan bog’liq bo’lgan bo’lishi mumkin. Ba’zi qatlamlarda aynan atlas (bo’yin umurtqalari) va falanga suyaklarining ko’pligi kuzatilgan, bu esa ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan joylar, masalan, hayvonlarni qurbonlik qilish yoki xonadonlar ichidagi qassobxonalar bilan bog’liq xonalar mavjudligini ko’rsatadi. Shuningdek, 2-xonadagi 7-o’rada kul, organik va ko’plab hayvon qoldiqlari aniqlanib, suyaklarning soniga sezilarli ta’sir ko’rsatgan. Aynan ushbu o’radan, ayniqsa, o‘rta sutemizuvchi, turli yoshdagi hayvonga tegishli bo’lgan qovurg’a elementi, mandibula(pastki jag’) ham ochilgan bo’lib, eng ko’p miqdorga egalik qiladi. Bundan kelib chiqib, bir xonadonda go’sht iste’mol darajasi juda yuqori bo’lgan deyish mumkin. Bunday o’ralar bitta xonadonda 4-5 tagacha topiladi. 2-xonadan farqli ravishda, 3-xonada suyaklarning soni sezilarli darajada kam miqdorni tashkil qiladi. Elementlarning miqdori bo‘yicha ulushi ham ikki xonada turlicha (3-jadval). 3-jadval. Yuqoridagi diagrammada umumiy suyaklardan aholi ko‘proq iste’mol uchun hayvonlar so‘yilishidan keyin olib qoladigan qismlardagi 8 xil suyaklar asosida 2 xonadagi ko‘rsatgichlar berilgan. Bunda mazkur suyaklarning jami soni 2-xonada 58, 3-xonada 11 ta. Eng yuqori ko‘rsatgich ikkala xonada ham qovurg‘a bo‘lib, 2-xonadagi umumiy suyaklarning 31 %ini, 3xonada esa 16 %ini tashkil qiladi. Keyingi yuqori ko‘rsatkich 2-xonada 20% miqdor bilan bosh chanoq qismga tegishli bo‘lsa, bunday suyak qismi 3-xonada umuman aniqlanmadi. 2-xonada, shuningdek, bo‘yin umurtqalari, go‘sht kam bo‘ladigan oyoqning pastki qismlari ham ko‘plab aniqlanganini hisobga oladigan bo‘lsak, mazkur xonada hayvonlar so‘yilib, go‘shti boshqa JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL xonalarga tarqatilgan yoki sotilgan degan fikrga kelishga asos bo‘ladi. Chunki, yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilganidek, ko‘plab mandubula (pastki jag‘,bosh qismi) qismlari aniqlangan bo‘lsa-da, uning soniga mos ravishda go‘sht ko‘p bo‘ladigan son qismlari kamchilikni tashkil qiladi. Bugungi kunda ham ko‘pchilik xonadonlarda yoki qassoblar sotish uchun hayvonlarini so‘yganda, hayvonning boshini va tuyoq qismlarini o‘zlarida olib qoladigan holatlarni kuzatish mumkin. 3-xonada esa suyaklar soni juda kam aniqlangan. Ikkala xonada ham eng ko‘p suyak qovurg‘a bo‘lib, mazkur xonadon tomonidan eng ko‘p iste’mol qilingan. 3-xonada keyingi ko‘p miqdorga egalik qiladigan suyak qismlari orqa yuqori oyoq, ya’ni son va tos suyagidir. Ushbu xonadan maxsus ishlov berilgan, o‘yin maqsadlarida qo‘llaniladigan astragalus suyak qismining ko‘za ichidan ko‘p miqdorda, 75 ta namunasi topilishi(1-rasm) hamda yuqoridagi ko‘rsatkichlar 3-xona oshxonadan farqli ravishda, mehmonxona yoki bolalar xonasi bo‘lgan, degan fikrga kelishga asos bo‘ladi. Ko’plab suyaklarda inson faoliyatiga xos bo’lgan kesilgan, chopilgan yoki sinish belgilari aniqlangan. Bu belgilar hayvonlarning so’yilganini, go’sht ajratib olinganini yoki suyaklarning qayta ishlangani ehtimolini ko’rsatadi(1-rasm). Shu bilan birga, hayvon (kemiruvchi yoki yirtqich) izlarining kamligi qazishmalar o‘tkazilgan xonadonlarda go‘sht mahsulotlarini bunday zararkunandalardan himoya qilish samarali yo‘lga qo‘yilganidan dalolat beradi. Topilgan fauna qoldiqlari, ayniqsa Bos taurus (qoramol turkumiga kiruvchi) suyaklari Axsikent aholisi chorvachilik bilan ham shug’ullanganini ko’rsatadi. Turli suyak elementlarining joylar bo’yicha taqsimoti esa bu hududda iqtisodiy hayot, ovqatlanish madaniyati hamda hayvon so’yish va iste’mol qilishga oid an’analar haqida muhim arxeologik ma’lumotlarni beradi Shuningdek, maxsus ishlov berilgan suyaklarning ham aniqlanishi ularning alohida foydalanishda bo’lganining yaqqol isbotidir. Masalan, XVIII obyektning shimoliy transheyasi, 3xonasidan, ko’za ichidan jami JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 3-rasm. 75 ta, 9 tasiga esa maxsus ishlov berilgan, silliqlangan, teshik ochilib, ichiga qattiq qotishma joylashtirilgan astragalus (oshiq) suyak elementlarining topilishi aholi qatlami ichida ushbu elementdan o’yin maqsadlarida keng foydalanilganligiga ishora qiladi (2va 3-rasmlar). Oshiq bilan bog‘liq o‘yinlar, marosimlar va fol ochish bronza hamda ilk temir davrlarida Yevrosiyoning aksariyat qismida juda keng tarqalgan va mashhur bo‘lgan. Asosan, xonaki chorva mollari (qoramol, qo‘y va echki) oshiq suyaklaridan foydalanilgan. O'zbеkiston hududidagi qadimgi JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL shahar, qishloq va mozor-qo'rg'onlarning arxеologik qazishmalarida jеz davri yodgorliklaridan boshlab, oshiqlar ko'plab aniqlangan. Sopollitеpa, Kuchuktеpa, Jarqo'ton, Еrqo'rg'on, Zartеpa, Afrosiyob kabi yodgorliklar shular jumlasidandir. Farg'ona vodiysida Chust yodgorligidan bir tomoni, ikki tomoni, to'rt tomoni ishlov bеrilgan, ishlov bеrilmagan, o'rtasi tеshikli, o'rtasi bronza yoki gips quyilgan 20 dan ortiq qo'y va echkining oshiqlari (astragalus) aniqlangan(9)11. Aslida astragalusning ko’p miqdorda topilishi ba’zi hollarda diniy qarashlar bilan ham bog’liq. Xususan, Tel el-Ajjul yodgorligida 2 ta, taxminan, mil.avv. 2-mingyillikka tegishli bo’lgan astragalus topilib, ularning bittasi o’rtasi teshilib, unga mis quyilgan(10).12 Bunday qilish orqali suyakning og’irligi oshishiga erishilgan. Levant ( Suriya, Isroil, Livan, Turkiyaning bir qismi) hududidagi Tanaach yodgorligidan mil.avv. X asrga taalluqli bo’lgan , alohida guruhlarda 76, 44, 20 dona Caprinae astragalusi topilib, u topilgan xona diniy jamoaga tegishli ekanligi xulosa qilingan(11).13 Anatoliya hududlarida astragalusga maxsus ishlov berish eneolit davrida boshlangan. Markaziy Anatoliyaning Alisher Hoyuk yodgorligidan aniqlagan bunday elementlarda 3 tagacha teshik ochilgan, bir tomoni tekislangan va o’rtasiga qo’rg’oshin quyilgan(10)14. Yuqorida qo’llanilgan uslublar Axsikent yodgorligidan topilgan uslublarga o’xshash bo’lib, uni tayyorlash texnikasi, g’oyasi uzoq davrlardan boshlangan bo’lib, uning ildizlari diniy asosga borib taqalishini ko’rsatadi. Markaziy Osiyo yirik savdo yo’llari chorrahasida joylashganligi hisobga olinsa, mazkur suyak ishlash bilan bog’liq an’analar savdo aloqalari orqali kirib kelgan degan to’xtamga kelish mumkin. Makedoniyalik Aleksandr yurishlari davrida o‘zining lashkariga bosib olingan hududlardagi mahalliy aholidan askarlikka olgan. Uning armiyasida sharqqa yurishlari davomida Yaqin Sharq o’lkalarida yashovchi aholidan olingan askarlar mavjud bo’lishi mumkinligidan kelib chiqqan holda Markaziy Osiyoda astragalusga ishlov berish, uni o’yin vositasi sifatida ishlatish ellinizm bilan birga kirib kelgan degan taxminga kelishga asos bo‘ladi. Ma’lumki, ellinizm davrida Markaziy Osiyo hududlariga Aleksandr Makedonskiy bosqinidan so‘ng barcha jabhalarda, san’atda, hunarmandchilikda ellinizm ta’siri keng yoyilgan edi. Xulosa Yuqoridagi tadqiqot xulosalaridan kelib chiqib shuni aytish mumkin-ki, Axsikentda aholining katta qismi o‘rta asrlarda mayda tuyoqli hayvonlarning go‘shtini iste’mol qilgan va bu hayvonlar, asosan, shahar atrofida chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi kishilar tomonidan shaharga olib kelingan. Keyingi o‘rinda yirik tuyoqli hayvonlar, xususan, qoramol go‘shti aholi iste’molida muhim o‘rin tutgan. Oz miqdorda bo‘lsa-da, ot ham boqilgan. Biroq otlarning yoshini aniqlash imkoni bo‘lmaganligi sababli bu hayvonlarning transport yoki go‘shti uchun saqlanganligini aniqlashga muvaffaq bo‘linmadi. Parrandachilik ham Axsikent aholisining oziq-ovqat ratsionida sezilarli o‘ringa ega bo‘lganligi ko‘p miqdordagi tuxum po‘shoqlarining qoldiqlari va tovuq/parranda suyaklarining topilishi bilan izohlandi. 11 Муродалиев Р. Археологик тадқиқотларда аниқланган ҳайвон ошиқ суяклари ва уларнинг талқинига доир. Жамият ва инновациялар. 2024. 5-нашр, № 5. Б. 3. 12Gilmour, G.H. The Nature and Function of Astragalus Bones from Archaeological Contexts in the Levant and Eastern Mediterranean. Oxford Journal of Archaeology. 1997, 16: - P. 167–175 13 Lapp P. 1964: ‘The 1963 Excavations at Ta’annek’. Bulletin of the American Schools of Oriental Research 173, P. 4–44. 14 Gilmour, G.H. The Nature and Function of Astragalus Bones from Archaeological Contexts in the Levant and Eastern Mediterranean. Oxford Journal of Archaeology. 1997, 16: - P. 167–175