scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA XIZMATLAR SOHASINING TUTGAN O'RNI VA SOHANI RIVOJLANTIRISHDAGI MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Sayfutdinova Soxiba Abdugafurovna

Abstract

Maqolada xizmatlar sohasining iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni, sohani rivojlantirish borasidagi muammolar va yechimlar, xizmatlar sohasini rivojlantirish yo’llari to’g’risida fikr va mulohazalar keltirilgan.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Sayfutdinova Soxiba Abdugafurovna O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA XIZMATLAR SOHASINING TUTGAN O‘RNI VA SOHANI RIVOJLANTIRISHDAGI MUAMMOLAR VA YECHIMLAR Annotatsiya: Maqolada xizmatlar sohasining iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni, sohani rivojlantirish borasidagi muammolar va yechimlar, xizmatlar sohasini rivojlantirish yo’llari to’g’risida fikr va mulohazalar keltirilgan. Kalit so’zlar: yalpi ichki mahsulot (YAIM), elektron to’lov tizimlari, onlayn savdo platformalari, “raqamli turizm”, globallashuv, xususiy sektor. Annotation: The article presents the role of the service industry in the development of the economy, problems and solutions for the development of the industry, and the ways of developing of the service industry. Key words: Gross domestic product (GDP), electronic payment systems, online trading platforms, digital tourism, globalization, private sector. Аннотация: В статье представлена роль сферы услуг в развитии экономики, проблемы и пути решения развития отрасли, пути развития сферы услуг. Ключевые слова: валовый внутренний продукт, электронные платежные системы, онлайн-торговые платформы, цифровой туризм, глобализация, частный сектор. Kirish. Bugungi globallashuv va axborot asrida mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda xizmatlar sohasi yildan yilga muhim ahamiyat kasb etib kelayotgan sohalardan hioblanadi. Jahon iqtisodiyotida xizmatlar sohasining ulushi yalpi ichki mahsulot (YaIM) ning qariyb 60-70 foizini tashkil etmoqda. Xususan, rivojlangan davlatlarda xizmatlar sohasi nafaqat iqtisodiy o’sishning asosiy drayveri, balki ijtimoiy hayot sifatini belgilovchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Xizmatlar sohasi sanoat va qishloq xo’jaligidan farqli ravishda inson kapitali, axborot texnologiyalari va innovatsion g’oyalarga tayanadi. Bugungi kunda ayniqsa, raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmatlarning yangi shakllari hisoblanadigan – electron xizmatlar, IT servislar, onlayn platformalar va boshqa yangi yo’nalishlar tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham so’nggi yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlat dahbari tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar, milliy strategiyalar hamda hududiy dasturlar xizmatlar sohasining iqtisodiyotdagi o’rnini oshirish, xizmat turlarini diversifikatsiya qilish, aholiga qulay sharoit yaratish va yangi ish o’rinlarini tashkil etishga qaratilgan. Shunday bo’lsada, sohaga oid bir qator tizimli muammolar mavjud bo’lib, ularni hal etish mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti uchun dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Porter M.E. (1990) milliy iqtisodiyotda raqobat ustunligini ta’minlashda xizmatlar sohasining roliga alohida urg’u beradi.1Lundvall B.A. (1992) xizmatlar 1Porter M.E. The competitive Advantage of nations. (1990). JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL sohasining innovatsion tizimlarda tutgan o’rnini chuqur tahlil qilgan.2O‘zbek olimlaridan Xodjayev N.X. O‘zbekistonda xizmatlar sektorining rivojlanish bosqichlari, innovatsion loyihalar va davlat siyosatining roliga oid nazariy hamda amaliy jihatlarini yoritib bergan.3 Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, abstrakt – tanqidiy tahlil, omilli tahlil, induksiya va deduksiya usullaridan samarali foydalanilgan. Tahlil va natijalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-104-sonli4 qarorida nazarda tutilgan xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga 1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasining amal qilish muddati 2028 yil 1 yanvargacha uzaytirilib berilganligi, 2025 yil 27 fevraldagi “Xizmatlar sohasini barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-78-sonli5qarorida xizmatlar hajmini 15 foizga oshirish, sohada 3 million kishini daromadli mehnat bilan ta’minlash, 52,2 mingta xizmat ko’rsatish obyektlarini tashkil etish, imtiyozlar, moliyaviy resurslar va xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari rejasi xizmatlar sohasining rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 2025 yilning yanvar-mart oylarida Respublikada bozor xizmatlari hajmi 210,8 trln so‘mni tashkil etdi va o’tgan yilning mos davriga nisbatan 112,6 foizga oshdi. Hududlar kesimida xizmatlar sohasi yuqori o’sish sur’atlari Toshkent shahrida (116,9 foiz), Samarqand (114,0 foiz) va Navoiy (113,1 foiz) viloyatlarida qayd etilgan. Respublikada yangi savdo va servis obyektlari ishga tushirilishi natijasida 23,3 mingdan ziyod yangi ish o’rinlari yaratilgan. O’zbekiston iqtisodiyotida xizmatlar sohasining ahamiyati yildan yilga ortib bormoqda. O’zbekiston iqtisodiyoti 2024 yilda 6,5 foizga o‘sib, YaIM hajmi 114,9 mlrd dollarni tashkil etgan. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko’ra, 2024-yil yakuniga kelib mamlakat YaIM tarkibida xizmatlar ulushi 47,4 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich hali rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetmagan bo’lsada, sohaning salohiyati yuqoriligidan dalolat beradi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylanib bormoqda. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlantirilmoqda. Statistik ma’lumorlarga qaraganda 2023 yilda IT-xizmatlar eksporti 300 mln AQSh dollaridan oshgan bo’lsa, 2024 yilda bu ko’rsatkich 400 mln dollarga yaqinlashgan. Toshkent, Samarqand va Farg’ona viloyatlarida IT Park rezidentlari soni tez sur’atlarda ortib bormoqda, ular dasturiy ta’minot ishlab chiqish, “outsourcing” xizmatlari, sun’iy intellekt va “big data” bilan ishlash bo’yicha xizmatlar eksportini amalga oshirmoqda. Bundan tashqari O‘zbekistoning boy tarixiy merosi, madaniyati va tabiiy resurslari turizmni xizmatlar sohasi ichida eng katta salohiyatga ega tarmoqqa aylantirmoqda. Shuni aytish lozimki, bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy xizmatlar sohasi – banklar, sug’urta kompaniyalari, investitsiya fondlari, mikrofinans tashkilotlari orqali iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda. Markaziy bank ma’lumotlariga ko’ra, 2024 yil yakunlariga bo’yicha bank aktivlari hajmi 690 trln so’mdan oshdi, moliyaviy xizmatlar sektori YaIMning 8-9 foizini tashkil etmoqda. 2Lundvall B.A. National systems of Innovation: towards a Theory of Innovation and Interactive learning.(1992). 3Xodjayev N.X. Innovatsion iqtisodiyot asoslari. Toshkent: “Iqtisodiyot” nashriyoti.2022. 42022 yil 27 yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-104-sonli qaror 52025 yil 27 fevraldagi “Xizmatlar sohasini barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-78-sonli qaror JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Xizmatlar sohasi quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajaradi: Bandlikni ta’minlash. Aholining katta qismi xizmat ko’rsatish sohasida mehnat qilmoqda. Bu ayniqsa yoshlar va ayollar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Hududiy rivojlanish. Xizmatlar sohasi, xususan turizm, transport, savdo va maishiy xizmatlar viloyatlarda iqtisodiy faollikni oshiradi. Innovatsion iqtisodiyot omili. Zamonaviy IT xizmatlari, moliyaviy texnologiyalar va elektron tijorat O’zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirish jarayonini tezlashtirmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar. Turizm, transport-logistika xizmatlari va xalqaro savdo xizmatlari mamlakatning jahon xo’jalik tizimidagi o’rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Demak, xizmatlar sohasi iqtisodiy barqarorlik, aholi farovonligi va mamlakatning global maydondagi raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim o’rin tutadi. So‘nggi yillarda erishilgan yutuqlarga qaramay, O‘zbekiston xizmatlar sohasi rivojida bir qator muammolar mavjud: Infratuzilma yetishmovchiligi. Hududlarda, ayniqsa chekka qishloqlarda xizmat ko’rsatish tarmoqlari yetarli darajada shakllanmagan. Bu esa aholining sifatli xizmatlardan foydalanishini cheklab qo’yadi. Malakali kadrlar taqchilligi. Ko‘plab sohalarda, xususan, turizm, axborot texnologiyalari, moliya va logistika xizmatlarida zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega mutaxassislar yetishmaydi. Raqobqt muhitining sustligi. Ayrim hududlarda xizmatlar bozori yetarli darajada rivojlanmagani sababli narxlarning yuqoriligi va xizmat sifati pastligi kuzatiladi. Raqamlashtirishning sekinligi. Elektron tijorat, onlayn xizmatlar, fintech va raqamli turizm xizmatlari hali to’liq ommalashmagan. Investitsiya muammolari. Xizmatlar sohasiga xususiy kapitla va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish darajasi past. Me’yoriy-huquqiy cheklovlar. Ayrim yo’nalishlarda byurokratik to’siqlar va tartibga solishdagi muammolar va tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklamoqda. Ushbu muammolar xizmatlar sohasining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini kengaytirishga to’sqinlik qilmoqda. Xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish uchun quyidagi yo’nalishlarda islohotlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: Infratuzilmani modernizatsiya qilish. Transport-logistika markazlari, turistik infratuzilma, axborot-kommunikatsiya tizimlarini kengaytirish orqali xizmatlar tarmog’ini yanada rivojlantirish mumkin. Kadrlar salohiyatini oshirish. Kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim muassasalari va xalqaro hamkorlik orqali xizmatlar sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash zarur. Raqamli iqtisodiyotga o’tish. Elektron to’lov tizimlari, onlayn savdo platformalari, “raqamli turizm” xizmatlarini keng joriy qilish aholiga qulaylik yaratadi va samaradorlikni oshiradi. Xususiy sektorni qo’llab quvvatlash. Soliq imtiyozlari, kredit va grant dasturlari orqali xizmatlar sohasida kichik va o’rta biznesni rivojlantirish lozim. Investitsiyalarni jalb etish. Xorijiy va mahalliy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni amalga oshirish xizmatlar bozorini kengaytiradi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Turizmni rivojlantirish. O’zbekistonning boy madaniy merosi va tabiiy zahiralaridan samarali foydalanib, turizm xizmatlarini jahon bozoriga olib chiqish katta iqtisodiy natija berishi mumkin. Shu yo’nalishlarda amalga oshiriladigan islohotlar xizmatlar sohasining YaImdagi ulushini oshirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va mamlakat aholisining turmush sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Xulosa. Xizmatlar sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotining eng istiqbolli yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Xizmatlar sohasi ichida IT, turizm va moliyaviy xizmatlar O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan va katta istiqbolga ega yo’nalishlari hisoblanadi. IT sektori yoshlar bandligini oshirish va eksport hajmini ko’paytirish imkonini beradi. Turizm – valyuta tushumlarini ko’paytirish, hududiy rivojlanish va xalqaro imijni mustahkamlash vositasi hisoblanadi. Moliyaviy xizmatlar iqtisodiyotning barcha sohalarini investitsiya va kredit bilan ta’minlaydigan asosiy infratuzilma hisoblanadi. So’nggi yillarda amalga oshirilayotgan davlat siyosati sohaga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Biroq mavjud muammolarni bartaraf etish uchun kompleks yondashuv talab etiladi. Infratuzilmani rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash, raqamlashtirishni jadallashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va xususiy sektorni qo’llabquvvatlash – xizmatlar sohasining barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi asosiy omillardir. Kelajakda xizmatlar sohasining YaIMdagi ulushi oshib borishi, yangi turdagi xizmatlar paydo bo’lishi va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi iqtisodiy nufuzi mustahkamlanishi kutilmoqda. Shu sababdan, xizmatlar sohasini rivojlantirish nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy barqarorlik va xalq farovonligini ta’minlashda ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-104-sonli qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 fevraldagi “Xizmatlar sohasini barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-78-sonli qarori. 3. Porter M.E. The competitive Advantage of nations. 1990. 4. Lundvall B.A. National systems of Innovation: towards a Theory of Innovation and Interactive learning. 1992. 5. Xodjayev N.X. Innovatsion iqtisodiyot asoslari. Toshkent: “Iqtisodiyot” nashriyoti. 2022. 6. Yusupov M.A., “Xizmatlar marketingi”. Darslik. – T.:”Iqtisodiyot”, 2021.