scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MARMELAD EKSTRAKTI TARKIBIDAGI SUVDA ERUVCHAN VITAMINLAR MIQDORINI YUSSX USULIDA ANIQLASH

Maxmudova Aziza Alisher qizi

Abstract

Ushbu tadqiqotda yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX) usuli yordamida marmelad mahsuloti ekstrakti tarkibidagi suvda eruvchan vitaminlar (B1, B2, B6, B9, B1 va C) aniqlandi va ularning miqdori baholandi. Tahlil natijalariga ko‘ra, 100 g marmeladda mos ravishda 1,513 mg B1, 5,313 mg B2, 2,910 mg B6, 3,390 mg B9, 10,133 mg B12 va 13,603 mg C vitamini mavjudligi aniqlandi. Ushbu miqdorlar ayrim vitaminlar bo‘yicha kunlik ehtiyojning muhim qismini qoplab, marmeladni funksional oziq-ovqat sifatida ishlab chiqarish imkoniyatini tasdiqlaydi. Tadqiqot natijalari YuSSX usulining oziq-ovqat mahsulotlaridagi vitamin tarkibini aniqlashda aniqlik, tezlik va sezgirlik nuqtai nazaridan yuqori samaradorligini ko‘rsatadi.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Maxmudova Aziza Alisher qizi MARMELAD EKSTRAKTI TARKIBIDAGI SUVDA ERUVCHAN VITAMINLAR MIQDORINI YUSSX USULIDA ANIQLASH ОПРЕДЕЛЕНИЕ ВОДОРАСТВОРИМЫХ ПРОДУКТОВ В ЭКСТРАКТЕ МАРМЕЛАДА МЕТОДОМ YUSSX DETERMINATION OF WATER-SOLUBLE PRODUCTS IN MARMALADE EXTRACT BY YUSSX METHOD Annotatsiya: Ushbu tadqiqotda yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX) usuli yordamida marmelad mahsuloti ekstrakti tarkibidagi suvda eruvchan vitaminlar (B1, B2, B6, B9, B1va C) aniqlandi va ularning miqdori baholandi. Tahlil natijalariga ko‘ra, 100 g marmeladda mos ravishda 1,513 mg B1, 5,313 mg B2, 2,910 mg B6, 3,390 mg B9, 10,133 mg B12 va 13,603 mg C vitamini mavjudligi aniqlandi. Ushbu miqdorlar ayrim vitaminlar bo‘yicha kunlik ehtiyojning muhim qismini qoplab, marmeladni funksional oziq-ovqat sifatida ishlab chiqarish imkoniyatini tasdiqlaydi. Tadqiqot natijalari YuSSX usulining oziq-ovqat mahsulotlaridagi vitamin tarkibini aniqlashda aniqlik, tezlik va sezgirlik nuqtai nazaridan yuqori samaradorligini ko‘rsatadi. Kalit soʻzlar: qandolat mahsulotlari, ekstrakt, YuSSX, standart eritma, xromotografik sharoit, vitaminlar. Аннотация: В данном исследовании методом высокоэффективной жидкостной хроматографии (ВЭЖХ) проведено определение водорастворимых витаминов (B1, B2, B6, B9, B12 и C) в экстракте мармеладного продукта и дана количественная оценка их содержания. По результатам анализа установлено, что в 100 г мармелада содержится соответственно: 1,513 мг витамина B1, 5,313 мг - B2, 2,910 мг - B6, 3,390 мг - B9, 10,133 мг - B12 и 13,603 мг витамина C. Эти количества покрывают значительную часть суточной потребности в ряде витаминов, что подтверждает возможность использования мармелада в качестве функционального пищевого продукта. Полученные результаты демонстрируют высокую эффективность метода ВЭЖХ с точки зрения точности, скорости и чувствительности при определении витаминного состава пищевых продуктов. Ключевые слова: кондитерские изделия, экстракт, ВЭЖХ, стандартный раствор, условия хроматографирования, витамины. Annotation: In this study, water-soluble vitamins (B1, B2, B6, B9, B12, and C) in a marmalade product extract were identified and quantitatively assessed using the High-Performance Liquid Chromatography (HPLC) method. According to the analysis results, 100 g of marmalade contains 1.513 mg of vitamin B1, 5.313 mg of B2, 2.910 mg of B6, 3.390 mg of B9, 10.133 mg of B12, and 13.603 mg of vitamin C. These amounts cover a significant portion of the recommended daily intake for certain vitamins, confirming the potential of marmalade as a functional food product. The findings demonstrate the high accuracy, speed, and sensitivity of the HPLC method in determining the vitamin composition of food products. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Key words: confectionery products, minerals, extract, HPLC, standard solution, chromatographic conditions, vitamins. KIRISH Hozirgi kunda aholining qandolat mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish, inson uchun foydali bo‘lgan vitamin va minerallar bilan boyitishga katta e’tibor qaratish lozim. Tayyorlangan qandolat mahsulotlarining tarkibida qand miqdorini kamaytirish, ularni vitaminlar, aminokislotalar, pektin va boshqa biologik faol moddalar bilan boyitish, assortimentini ko‘paytirish hamda saqlash muddatini oshirish asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Ekologik sharoitlar yomonlashuvi tufayli organizmning himoya funksiyalarini mustaxkamlash maqsadida shifobaxsh-profilaktik qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish dolzarb masalaga aylandi. Shu sababli aholini oziqlanishini samari yaxshilash uchun oziq-ovqat mahsulotlarini vitaminlar, oqsillar bioantioksidlovchilar, oziqaviy tolalar, mineral moddalar bilan boyitish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi [1]. Turli hildagi qandolat mahsulotlari hamda yarimfabrikatlarning nafaqat organoleptik sifat ko‘rsatkichlari balki fizik-kimyoviy sifat ko‘rsatkichlari ham tahlil qilinadi. Bunda ular quyidagi xususiyatlari bo‘yicha baholanadilar namligi, nordonligi, ishqor miqdori, qand, yog‘ miqdori, tayyor mahsulotning hajmiy og‘irligi va boshqa ko‘rsatkichlari. Ushbu ko‘rsatkichlarni aniqlashda hozirgi kunda bir qator zamonaviy usullar va jihozlardan foydalanilgan holda amalga oshirilimoqda. Suyuqlik holatidagi harakatchan fazadan foydalaniladigan xromatografiya usullari ichida YuSSX eng yaxshi o’rganilgani va ko’p ishlatiladiganidir. Yuqori samarador xromatografik tahlil usulini yaratilishiga va mukammallashtirishga 20 yilcha vaqt ketdi. Bu usul moddalarning juda kam (mikro) kontsentratsiyadagi miqdorlarini ham juda qisqa vaqt ichida yuqori sezgir detektorlar yordamida mikrokolonkalarda aniqlash imkonini beradi. YuSSX so’nggi paytlarda yanada keng qo’llanilmoqda. U gaz xromatografiyasiga qo’shimcha ravishda ishlatiladi va ayniqsa uchmaydigan birikmalarni aniqlash uchun muhimdir. YuSSX, masalan, oziq-ovqatda turli qo’shimchalar, ifloslantiruvchi moddalar va tabiiy komponentlarni tezda aniqlash uchun ishlatiladi. Katta solishtirma sirt maydoni va binobarin, xromatografik ustunda yuqori ajratish samaradorligiga o’lchamlari bir xil bo’lgan mikro-donador qattiq adsorbent tashuvchilar ishlatilishi natijasida erishiladi. Biroq, bunday mikrodonador qattiq tashuvchilar bilan to’ldirilgan ustunlar suyuqlik oqimiga katta qarshilik ko’rsatadi [2]. Tadqiqotning maqsadi marmelad mahsuloti tarkibidagi suvda eruvchan vitaminlar miqdorini yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usuli yordamida aniqlash, olingan natijalarni sanitariya me’yorlari va kunlik ehtiyoj ko‘rsatkichlari bilan solishtirib, marmeladning funksional oziq-ovqat sifatidagi ahamiyatini baholash hamda YuSSX usulining oziq-ovqatdagi biologik faol moddalarni aniqlashdagi samaradorligini tahlil qilish va ilmiy-tadqiqotlarda qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rsatishdan iborat. TADQIQOT QISMI Marmelad tarkibidagi suvda eruvchi vitaminlar miqdorini aniqlash uchun uchun dastlab marmelad tayyorlaymiz. Buning uchun biz quritilgan mevalar sharbatidan ya’ni: olma, o‘rik, zirk va na’matak mevalari sharbatlari aralashmasidan tayyorlangan marmeladni tayyorlaymiz va tarkibini aniqlaymiz. Foydalanigan reaktiv va jihozlar.Vitamin B12 “Rhydburg Pharmaceuticals” (Germaniya), B1, B2, B6, B9va C vitaminlar “DSM Nutritional Products GmbX” dan (Germaniya) olingan. HPLC JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL darajadagi tozalikda suv, asetonitril, kimyoviy toza markadagi sirka kislota va natriy gidroksidi reaktivlaridan foydalanildi. O‘simlik tarkibidagi suvda eruvchan vitaminlar miqdorini Yaponiyaning Shimadzu kompaniyasida ishlab chiqarilgan LC-40 Nexera Lite yuqori samarali suyuqlik xromatografida amalga oshirildi. Standart eritmalarni tayyorlash. C (CAS 50–81–7), B1(CAS 70–16–6), B6(CAS 65–23–6) va B12 (CAS 68–19–9) vitaminlarning eritmalari (100 mg/l) har bir vitaminning 5 mg dan miqdori 50 ml HPLC tozaligidagi suvda eritib tayyorlanadi. B2(CAS 83-88-5) va B9(CAS 59-30-3) vitaminlarining standart eritmalari ushbu vitaminlarning 5 mg ni 50 ml 0,025% natriy gidroksid eritmasida eritib tayyorlandi. So‘ngra dastlabki barcha B vitaminlari o‘zaro aralashtirilib, umumiy eritmasi tayyorlandi. Hosil bo‘lgan eritmadan 1,5 ml olib 0,45 mkm li shprits filtri yordamida filtrlanib, vialaga quyildi va analiz uchun foydalanildi. Namuna ekstraktini tayyorlash. Suvda eruvchan vitaminlarni ekstraksiya qilish uchun 1 g tekshiriladigan namuna OHAUS kompaniyasi (AQSh) tomonidan ishlab chiqarilgan NV222 markali tarozisida 0,01 g aniqlikda tortib olinib, 50 ml hajmli konussimon kolbaga solindi va 25 ml 0,1 N li HCl eritmasi qo’shildi. Aralashma GT SONIC-D3 (Xitoy) markali ultratovushli vannada 60 oC haroratda 20 daqiqa davomida ekstraksiya qilindi. So’ngra aralashma sovitilib, filtrlandi hamda o’lchov kolbasida suv bilan 25 ml ga yetkazildi. Ekstraktdan 1,5 ml miqdori 0,45 mkm li shpritsli filtrda filtrlanib vialaga solindi hamda analiz uchun foydalanildi [3]. Xromatografik sharoitlar. Vitaminlarni aniqlash. Standart eritmalar va namuna ekstrakti LC-40D nasosi, SIL-40 avtosampleri, SPD-M40 foto-diod matritsali detektoridan (PDA) iborat LC-40 Nexera Lite yuqori samarali suyuqlik xromatografi va LabSolutions ver. 6.92 dasturiy ta’minoti yordamida tahlil qilindi. Shim pack GIST C18 (150 × 4,6 mm; 5 mkm, Shimadzu, Yaponiya) teskari fazali kolonkasi hamda asetonitril (A) va sirka kislotaning suvdagi 0,5 % li eritmasi (B) dan tashkil topgan gradientli harakatchan faza (1-jadval) qo'llanildi. In'ektsiya hajmi 10 mkl, oqim tezligi 0,9 ml/min va kolonka termostati harorati 35 °C etib belgilandi. Har bir vitaminning analitik signali (cho'qqi maydoni) to’rtta to'lqin uzunliklari 361, 291, 265 va 244 nm da qayd etildi (1-rasm). 1-jadval. Harakatchan faza gradiyent dasturi. Vaqt Atsetonitril (A), % 0,5 % li sirka kislota (B), % 0 0 100 6,8 0 100 15,5 50 50 17,4 95 5 17,5 0 100 25 Tugatish OLINGAN NATIJALAR MUHOKAMASI Marmelad mahsuloti ekstrakti tarkibidagi vitaminlarni aniqlash. Namunaning 0,1 N li HCl dagi ekstraktining xromatogrammasi olindi (1-rasm) hamda natijalar qayta ishlanib 2-jadvalda keltirildi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 1-rasm. Namuna ekstrakti tarkibidagi vitaminlarni aniqlash xromatogrammalari. 2-jadval. Ekstraktdagi vitaminlarning miqdori va ushlanish vaqtlari. Vitamin Ushlanish vaqti, sek Konsentratsiya, mg/l 100 g namunadagi miqdor, mg Vitamin B1 1,873 0,605 1,513 Vitamin B9 13,529 1,356 3,390 Vitamin B2 15,317 2,125 5,313 Vitamin B6 3,456 1,164 2,910 Vitamin B12 13,673 4,053 10,133 Vitamin C 2,627 5,441 13,603 Tadqiqot natijalari marmelad mahsuloti tarkibida bir nechta suvda eruvchan vitaminlarning mavjudligini hamda ularning miqdoriy tarkibini aniqlash imkonini berdi. Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usuli yordamida B guruhi vitaminlari (B1, B2, B6, B9, B12) va askorbin kislotaning (vitamin C) miqdorlari aniqlanib, 100 g mahsulotda mos ravishda 1,513 mg, 5,313 mg, 2,910 mg, 3,390 mg, 10,133 mg va 13,603 mg ekanligi qayd etildi. Olingan natijalar Sog‘liqni saqlash tashkilotlari va O‘zbekiston Respublikasi sanitariya normalarida tavsiya etilgan kunlik ehtiyoj ko‘rsatkichlari bilan solishtirilganda, 100 g marmelad iste’moli: Vitamin B₁ ehtiyojining ~13–15 % ini, JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Vitamin B₂ ehtiyojining ~35–40 % ini, Vitamin B₆ ehtiyojining ~20–25 % ini, Vitamin B₉ ehtiyojining ~8–10 % ini, Vitamin B₁₂ ehtiyojining ~350–400 % ini, Vitamin C ehtiyojining ~15–18 % ini qoplaydi. Bu ko‘rsatkichlar marmeladning nafaqat shirinlik sifatida, balki ayrim vitaminlar, ayniqsa B12 vitamini bo‘yicha boy manba ekanligini ko‘rsatadi. Natijalar marmeladni funksional oziq-ovqat sifatida ishlab chiqarish imkoniyatini tasdiqlaydi. YuSSX usulining aniqligi, tezligi va sezgirligi kelgusida oziq-ovqat mahsulotlarining vitamin tarkibini muntazam nazorat qilishda, hamda ularning biologik qiymatini oshirish bo‘yicha ilmiy izlanishlarda samarali qo‘llanishi mumkin. XULOSA O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida marmelad mahsulotidagi suvda eruvchan vitaminlar miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usuli yordamida muvaffaqiyatli aniqlangani tasdiqlandi. Marmelad tarkibida B guruhi vitaminlari (B1, B2, B6, B9, B12) hamda C vitamini mavjudligi aniqlanib, ayrim vitaminlar, xususan B12 vitamini bo‘yicha marmeladni muhim biologik aktiv manba sifatida ko‘rsatadi. Olingan natijalar marmeladni nafaqat shirinlik, balki funksional oziq-ovqat sifatida ishlab chiqarish istiqbollarini ochib beradi. Shuningdek, YuSSX usulining yuqori aniqligi, sezgirligi va takrorlanuvchanligi bu metodni oziq-ovqat mahsulotlarining vitamin tarkibini baholashda ishonchli vosita sifatida tavsiya etish imkonini beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Xalq tabobati plus “Qandolat mahsulotlarini vitiman va minerallar bilan boyitishning ahamiyati” Dots. Sattarova B.NMaxmudova A.A. Utanova N.M. 2. Karimov Baxtiyor Qurambayevich “Tahlilning instrumental” Toshkent-2020 3. Asqarov, I. R., Abdullayev, S. S. o‘g‘li, Mamatqulova, S. A., Abdulloyev, O. S., & Abdulloyev, S. X. (2024). Suvda eruvchan vitaminlar miqdorini YuSSX usulida aniqlash metodikasini ishlab chiqish (chilonjiyda misolida).