scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DAVLAT QARZ SIYOSATI VA BARQAROR RIVOJLANISHGA OID ILG'OR TADQIQOTLAR

Tilabov Nasrulla Tashmuratovich

Abstract

Ushbu maqolada davlat qarz siyosati va barqaror rivojlanish o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik tahlil qilinadi. 2020–2025 yillardagi O‘zbekiston tajribasi hamda xalqaro ilg‘or tadqiqotlar asosida davlat qarzining iqtisodiy o‘sishga, moliyaviy barqarorlikka va ekologik-iqtisodiy transformatsiyaga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqolda taniqli iqtisodchilarning qarashlari hamda xalqaro tashkilotlar hisobotlari taqqoslab o‘rganildi. Tadqiqotda empirik va komparativ metodlardan foydalanildi, davlat qarzi va YAIM, qarzning xizmat ko‘rsatish xarajatlari, yashil obligatsiyalar ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Natijada O‘zbekiston uchun qarz siyosatini barqaror rivojlanish tamoyillari asosida optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Full text

INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 1083 DAVLAT QARZ SIYOSATI VA BARQAROR RIVOJLANISHGA OID ILG‘OR TADQIQOTLAR Tilabov Nasrulla Tashmuratovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” kafedrasi dotsenti, i.f.n. https://doi.org/10.5281/zenodo.17461648 Annotatsiya. Ushbu maqolada davlat qarz siyosati va barqaror rivojlanish o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik tahlil qilinadi. 2020–2025 yillardagi O‘zbekiston tajribasi hamda xalqaro ilg‘or tadqiqotlar asosida davlat qarzining iqtisodiy o‘sishga, moliyaviy barqarorlikka va ekologikiqtisodiy transformatsiyaga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqolda taniqli iqtisodchilarning qarashlari hamda xalqaro tashkilotlar hisobotlari taqqoslab o‘rganildi. Tadqiqotda empirik va komparativ metodlardan foydalanildi, davlat qarzi va YAIM, qarzning xizmat ko‘rsatish xarajatlari, yashil obligatsiyalar ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Natijada O‘zbekiston uchun qarz siyosatini barqaror rivojlanish tamoyillari asosida optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Kalit so‘zlar: davlat qarzi, barqaror rivojlanish, qarz siyosati, yashil obligatsiyalar, moliyaviy barqarorlik. Аннотация. В данной статье анализируется неразрывная взаимосвязь между политикой государственного долга и устойчивым развитием. На основе опыта Узбекистана в 2020-2025 годах и передовых международных исследований будет рассмотрено влияние государственного долга на экономический рост, финансовую стабильность и эколого-экономические преобразования. В статье путем сопоставления были изучены мнения известных экономистов и отчеты международных организаций. В исследовании использовались эмпирические и сравнительные методы, анализировались показатели государственного долга и ВВП, стоимость обслуживания долга, "зеленые" облигации. В результате были разработаны предложения по оптимизации долговой политики Узбекистана на принципах устойчивого развития. Ключевые слова: государственный долг, устойчивое развитие, долговая политика, зеленые облигации, финансовая стабильность. Abstract. This article analyzes the inextricable relationship between public debt policy and sustainable development. Based on the experience of Uzbekistan in 2020-2025 and international advanced studies, the impact of public debt on economic growth, financial stability and environmental and economic transformation will be considered. In the article, The views of famous economists and reports of international organizations were studied by comparison. The study used empirical and comparative techniques, analyzed the indicators of public debt and GDP, service costs of debt, green bonds. As a result, proposals were developed to optimize debt policy for Uzbekistan on the principles of sustainable development. Key words: public debt, sustainable development, debt policy, green bonds, financial stability. KIRISH Davlat qarzi siyosati har bir mamlakatning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda davlat qarzining YAIMga nisbati 40 foiz INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 1084 atrofida shakllanib, fiskal intizomni ta’minlash va barqaror rivojlanish bilan uyg‘unlashgan holda olib borilmoqda. Shu bilan birga, tashqi qarzning yuqori ulushi, global foiz stavkalari o‘zgarishi, inflyatsiya va xalqaro moliya bozoridagi beqarorlik yangi xavf-xatarlarni yuzaga keltirmoqda. Bunday sharoitda davlat qarz siyosatini optimallashtirish, uni barqaror rivojlanish maqsadlariga moslashtirish, ekologik va ijtimoiy loyihalarga qarz resurslarini yo‘naltirish masalalari dolzarb masala hisoblanadi. ADABIYOTLAR TAHLILI 1-jadval Iqtisodchilarning qarashlari va xalqaro tashkilotlar hisobotlarini taqqoslash bo’yicha ma’lumotlar* T/r Muallif Asar nomi Sanasi Hajmi Manba Mazmuni va qarashlar 1 Reinhart C. & Rogoff K. Growth in a Time of Debt 2010 45 bet NBER Davlat qarzining yuqori darajasi iqtisodiy o‘sishni cheklashi mumkin, xavfsiz chegara muhim 2 Blanchard O. Public Debt and Low Interest Rates 2019 35 bet AER Past foiz stavkalari sharoitida qarz kamroq xavfli, ammo samarali investitsiyaga yo‘naltirish zarur. 3 Mavlonov A. Davlat qarzi boshqaruvida zamonaviy yondashuvlar 2020 12 bet Iqtisodiyot va ta’lim jurnali O‘zbekistonda shaffoflik, qarz ma’lumotlarining ochiqligi va innovatsion obligatsiyalar joriy etilishi kerak 4 Duflo E. & Banerjee A. Good Economics for Hard Times 2019 410 bet MIT Press Davlat qarzining ijtimoiy-investitsion loyihalarga yo‘naltirilishi kambag‘allikni qisqartirishga yordam beradi 5 IMF Uzbekistan: Article IV Report 2023 60 bet IMF.org O‘zbekiston qarz siyosati barqaror, ammo tashqi qarz ulushi yuqori. Yashil moliya imkoniyatlari tavsiya etilgan *Muallif ishlanmasi Yoqoridagi mavzuga oid adabiyotlar tahlildan umumlashgan xulosa: 1. Davlat qarzining chegaralari va xavfsizligi – Reinhart & Rogoff (2010) qarzning yuqori darajasi iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidlasa [10], Blanchard (2019) foiz stavkalari past bo‘lgan sharoitda qarzning xavfi kamayishini va uni samarali investitsiyaga yo‘naltirish zarurligini ilgari suradi [2]. Demak, qarz xavfsizligi makroiqtisodiy sharoit va qarzdan foydalanish maqsadiga bog‘liq. 2. Shaffoflik va boshqaruv – Mavlonov (2020) O‘zbekiston misolida davlat qarzi boshqaruvida shaffoflik, ochiqlik va innovatsion obligatsiyalarni joriy etish zarurligini INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 1085 ta’kidlaydi. Bu qarash xalqaro adabiyotlarda ilgari surilgan nazariyalar bilan uyg‘unlashadi, chunki qarzning xavfsizligi uni qanday boshqarishga ham bog‘liq [3]. 3. Ijtimoiy va investitsion yo‘nalishlar – Duflo & Banerjee (2019) qarzni ijtimoiyinvestitsion loyihalarga yo‘naltirish kambag‘allikni qisqartirishda samarali bo‘lishini ko‘rsatadi. Bu fikr Blanchardning qarzni “samarali investitsiyaga yo‘naltirish” haqidagi qarashiga mos keladi [4]. 4. Xalqaro moliya institutlari tavsiyalari – IMF (2023) O‘zbekiston qarz siyosatini barqaror deb baholagan bo‘lsa-da, tashqi qarz ulushi yuqoriligini va yashil moliya imkoniyatlaridan foydalanish zarurligini alohida qayd etadi [5]. Bu esa Reinhart & Rogoffning qarzning “xavfli chegarasi” haqidagi mulohazalariga hamohang. Shuningdek, solishtirma yakuniy xulosada esa, birinchidan, barcha mualliflar davlat qarzining iqtisodiy o‘sishga ta’siri muhimligini ta’kidlashadi, ammo qarashlar turlicha nuqtalarda uyg‘unlashadi: Reinhart & Rogoff qarz xavfini ko‘proq nazorat nuqtasidan, Blanchard esa qarzdan foydalanishning sharoit va maqsadiga qarab baholaydi. Ikkinchidan, mahalliy nuqtai nazar (Mavlonov) O‘zbekiston sharoitida shaffoflik va innovatsion obligatsiyalarni joriy etish zarurligini ko‘rsatib, xalqaro nazariyalarni amaliy jihatdan boyitadi. Uchinchidan, ijtimoiy-investitsion qarash (Duflo & Banerjee) qarzni kambag‘allikni qisqartirish va barqaror rivojlanishga yo‘naltirish zarurligini isbotlaydi. To’rtinchidan, xlqaro moliya institutlari (IMF) tavsiyalari esa O‘zbekistonning qarz siyosatini barqaror, lekin tashqi qarz ulushini kamaytirish va yashil moliyalashtirishni kengaytirishga yo‘naltirilgan holda baholaydi. Umuman olganda, adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, davlat qarz siyosati faqat fiskal intizom masalasi emas, balki samarali investitsiya, shaffof boshqaruv va barqaror rivojlanish maqsadlariga yo‘naltirilganda ijobiy iqtisodiy va ijtimoiy natijalar beradi. TADQIQOT METODOLOGIYASI Asosan empirik tahlil – 2020–2025 yillar statistik ma’lumotlari asosida (qarz/YAIM, foiz to‘lovlari, qarz manbalari), komparativ usul bilan – O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Braziliya va Qozog‘iston tajribalarini solishtirildi va ssenariy tahlili bo’yicha esa – 2025 yildan keyingi istiqbolda qarz barqarorligini baholash o’tkazildi. TAHLIL VA NATIJALAR Ushbu maqolaning tahliliy qismida davlat qarz siyosatining barqaror rivojlanishga ta’sirini ilmiy asosda yoritish maqsadida uchta asosiy yunalish keltirildi. Jadval tanlashda ikki muhim omil inobatga olindi: birinchidan, davlat qarzining miqdoriy barqarorligi (qarzning YAIMga nisbati), ikkinchidan esa, qarz mablag‘larining sifatli taqsimoti va samaradorligi (qaysi sohalarga sarflangani va qanday natija bergani), uchinchidan, xalqaro ilg‘or tajribalar bilan taqqoslash imkoniyati. Mazkur 1-jadval orqali O‘zbekiston qarz dinamikasi mintaqa va dunyo mamlakatlari bilan qiyoslanadi, bu esa qarz siyosatining xavfsizlik chegaralarini aniqlashga yordam beradi. 2jadvalda davlat qarzi mablag‘larining real sektor va ijtimoiy loyihalarga taqsimlanishini ochib beradi, bu orqali qarzning iqtisodiy o‘sish va farovonlikka bevosita ta’siri baholanadi. 3-jadval esa O‘zbekiston tajribasini Janubiy Koreya, Braziliya va Qozog‘iston kabi mamlakatlar bilan solishtirib, innovatsion moliyaviy instrumentlardan foydalanish darajasini ko‘rsatadi. INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 1086 Shu tariqa, uchta jadval o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi manbalar sifatida tanlangan bo‘lib, ular davlat qarz siyosatining barqaror rivojlanish bilan uyg‘unligini tahlil qilishda asosiy empirik material vazifasini bajaradi. 1-jadval O‘zbekiston davlat qarzining YAIMga nisbati (2020–2025, %)* Yil O‘zbekiston Qozog‘iston Janubiy Koreya Braziliya 2020 36.5 25.3 41.8 88.6 2022 39.8 27.9 44.1 92.1 2025 prognoz 42.0 30.5 46.0 94.0 *Muallif ishlanmasi Ushbu jadvalgan ko’rinib to’ribdiki, 2020–2025 yillar oralig‘ida O‘zbekiston davlat qarzining YAIMga nisbati 36,5 foizdan 42 foizgacha oshishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich mintaqadagi Qozog‘istondan yuqoriroq, biroq Janubiy Koreya va ayniqsa Braziliya darajasidan ancha past. Demak, O‘zbekiston qarz siyosati hali nisbatan xavfsiz chegarada, biroq barqaror rivojlanish loyihalarini moliyalashtirishda qarz yukining oshishi xavfini ham hisobga olish lozim [6]. 2-jadval O‘zbekistonda qarz siyosati va barqaror rivojlanish loyihalari* (foizda) Yo‘nalish Qarz mablag‘lari ulushi Natija Infratuzilma (yo‘l, transport) 35 Logistika samaradorligi oshdi Energetika (yashil loyihalar) 25 Quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushdi Ta’lim va sog‘liqni saqlash 20 Ijtimoiy xizmatlar qamrovi kengaydi Qishloq xo‘jaligi modernizatsiyasi 15 Hosildorlik oshdi Boshqa 5 Kichik loyihalar *Muallif ishlanmasi Bu erda O‘zbekiston qarz mablag‘larining asosiy qismi infratuzilma (35 foiz) va energetika (25 foiz) loyihalariga yo‘naltirilgani transport-logistika samaradorligi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining rivojlanishini jadallashtirmoqda. Ta’lim va sog‘liqni saqlash (20 foiz) hamda qishloq xo‘jaligi (15 foiz) bo‘yicha moliyalashtirish esa inson kapitalini rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bu taqsimot qarz siyosatining barqaror rivojlanish maqsadlariga yo‘naltirilganini ko‘rsatadi. INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 1087 3-jadval Xalqaro tajribani solishtirishi* Davlat Yashil obligatsiyalar hajmi (mlrd $) Qarzni YAIMga nisbati (%) Innovatsion yondashuv O‘zbekiston 0.6 42.0 Yashil evrobondlar, “Debt Portal” Janubiy Koreya 8.2 46.0 Blockchain asosida qarz boshqaruvi Braziliya 4.5 94.0 Ijtimoiy obligatsiyalar, kambag‘allikka qarshi dasturlar Qozog‘iston 1.1 30.5 Raqamli qarz ma’lumotlar bazasi *Muallif ishlanmasi Ushbu jadvalda esa xalqaro tajribada qarz siyosatini innovatsion yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Janubiy Koreya blockchain texnologiyalari yordamida shaffoflikni oshirmoqda, Braziliya ijtimoiy obligatsiyalar orqali kambag‘allikka qarshi kurashmoqda, Qozog‘iston raqamli ma’lumotlar bazasini yaratgan. O‘zbekiston ham 0,6 mlrd dollarlik yashil evrobondlar chiqarib, “Debt Portal”ni joriy etgani bilan xalqaro moliya bozorida innovatsion instrumentlarni tatbiq eta boshlaganini ko‘rsatmoqda. Umuman olganda tahlil va natijalar shuni ko’rsatdiki, O‘zbekiston davlat qarz siyosati mintaqaviy va xalqaro tajribaga tayangan holda bosqichma-bosqich innovatsion moliyaviy instrumentlarni tatbiq etmoqda. Qarz mablag‘larining barqaror rivojlanish maqsadlariga yo‘naltirilishi iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashi bilan birga, qarz barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bois kelgusida ham qarz siyosatini diversifikatsiya qilish, innovatsion va yashil moliya instrumentlarini kengaytirish muhim strategik vazifa bo‘lib qoladi [7]. XULOSA VA TAKLIFLAR 1. O‘zbekiston davlat qarz siyosatini barqaror rivojlanish tamoyillari bilan uyg‘unlashtirishi lozim. 2. Ijtimoiy va yashil obligatsiyalar hajmini kengaytirish orqali qarz mablag‘larini samarali yo‘naltirish mumkin. 3. Qarzni boshqarishda raqamli texnologiyalar (Debt Management Portal, blockchain)ni keng joriy etish zarur. 4. Tashqi qarz ulushini kamaytirib, ichki qarz bozorini rivojlantirish tavsiya etiladi. 5. Qarzni samarali investitsiyalarga – ta’lim, sog‘liqni saqlash, yashil energetika, ijtimoiy infratuzilma loyihalariga yo‘naltirish kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Reinhart, C. & Rogoff, K. (2010). Growth in a Time of Debt. NBER Working Paper No.15639.https://www.nber.org/papers/w15639 2. Blanchard, O. (2019). Public Debt and Low Interest Rates. American Economic Review, 109(4): 1197–1229. https://doi.org/ INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 1088 10.1257/aer.109.4.1197.https://www.imf.org/en/Publications/CR/Issues/2025/06/23/Republi c-of-Uzbekistan-2025-Article-IV-Consultation-Press-Release-and-Staff-Report-567977 3. Mavlonov, A. (2020). Davlat qarzi boshqaruvida zamonaviy yondashuvlar. Iqtisodiyot va ta’lim, 6(1), 45–54. 4. Duflo, E. & Banerjee, A. (2019). Good Economics for Hard Times. MIT Press.https://gdsnet.org/BanerjeeandDufloGood Economics forHardtimes2019.pdf 5. IMF (2023). Uzbekistan: Staff Report for the 2023 Article IV Consultation. https://www.imf.org 6. World Bank (2022). Uzbekistan Public Expenditure Review. Washington, DC. https://documents1.worldbank.org/curated/en/ 09914350 3032342898/pdf/P1731400b7033d022087b409217648dc35e.pdf 7. OECD (2021). Green Finance and Investment. Paris: OECD Publishing. https://www.oecd.org/en/publications/green-finance-and-investment_24090344.html