IJODKORLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA MODULLI O'QITISH TEXNOLOGIYASIDАN FOYDАLАNISHING AFZALLIKLARI
Abstract
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida modulli o‘qitish texnologiyasidan foydalanishning ahamiyati, uning o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishdagi o‘rni hamda amaliy samaradorligi hamda modulli o‘qitish orqali o‘quvchilarda mustaqil izlanish, ijodiy yondashuv, bilimni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalari shakllanishi yoritib berilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1555 IJODKORLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA MODULLI OʼQITISH TEXNOLOGIYASIDАN FOYDАLАNISHING AFZALLIKLARI Xamidov Jamshid Abdisamiyevich¹, Azimboyeva O`g`iloy², Yarasheva Dilrabo Shavkatovna3 ¹ CHDPU katta o’qituvchisi, 2,3 CHDPU talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17462119 Annotatsiya. Ushbu maqolada ta’lim jarayonida modulli o‘qitish texnologiyasidan foydalanishning ahamiyati, uning o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishdagi o‘rni hamda amaliy samaradorligi hamda modulli o‘qitish orqali o‘quvchilarda mustaqil izlanish, ijodiy yondashuv, bilimni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalari shakllanishi yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: modulli o‘qitish texnologiyasi, innovatsion ta’lim, ijodkorlik qobiliyati, pedagogik texnologiyalar, amaliy metodlar, mustaqil ish, laboratoriya ishi, muammoli o‘qitish, interfaol usullar. Bugungi kunda ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish dolzarb masalalardan biridir. Shulardan biri – modulli o‘qitish texnologiyasi bo‘lib, u o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, tahlil qilish, ijodiy yondashish va o‘z faoliyatini rejalashtirishga o‘rgatadi. Modulli ta’lim orqali o‘quvchilar nafaqat bilim egallaydilar, balki ularni ijodiy qo‘llash malakasini ham rivojlantiradilar. Respublikamiz yoshlarining har tomonlama kamolga erishishi, maʼnaviyatli barkamol shaxs sifatida shakllanishi va ularning jamiyatda faol ishtiroklari bevosita, ularga beriladigan maqsadli va toʼgʼri gʼoyaviy taʼlim-tarbiyaga asoslanadi.Talim sohasini rivojlantirish uchun yangi va interfaol pedagogik texnologiyalardan xamda metodlardan foydalanish maqsadga muvoffiqdir. Talim jarayonida yani pedagogik texnologiyalarni, jumladan, XXI asr texnologiyasi bo‘lgan modulli o‘qitish texnologiyasidan foydalanish bugungi kunning asosiy vazifasidir. Keyingi vaqtlarda o‘qituvchilar orasida ta’lim - tarbiya jarayonida katta samara keltiradigan talim modelllariga, pedagogik innovatsiyalarga, pedagogik texnologiyalarga va metodlarga qiziqish tobora kuchayib bormoqda. Lekin, ularning ko‘proq samara beradiganlarini ajratish va ulardan o‘quv-tarbiya jarayonida foydalanish hozirgi kunning talabidir. O‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘quvtarbiya jarayonini takomillashtirish, ularda o‘quv faoliyatining asosiy usul va ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari bilan turli xorijiy va respublikaning psixologiya va pedagogika sohasidagi mutaxassislari shug‘ullanganlar. Ijodkorlik — bu yangilik yaratish, noodatiy fikr yuritish va muammolarga original yechim topish qobiliyatidir. Modulli o‘qitish aynan shu jihatlarni rivojlantirishga keng imkoniyat yaratadi. Chunki u: 1. O‘quvchini mustaqil izlanishga yo‘naltiradi. Har bir modulda o‘quvchi bilimni tayyor shaklda emas, balki izlanish orqali o‘zlashtiradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1556 2. Muammoli vaziyatlar yaratadi. Bu o‘quvchilarda ijodiy fikrlash, tahliliy yondashuv va qaror qabul qilish malakasini shakllantiradi. 3. Individual yondashuvni ta’minlaydi. O‘quvchilar o‘z sur’atida o‘rganadilar, bu esa har birining ichki salohiyatini ochib berishga yordam beradi. 4. Amaliy faoliyat bilan bog‘laydi. Modullarda amaliy topshiriqlar, loyiha ishlari, mustaqil tadqiqotlar ijodiy tafakkurni faollashtiradi. 5. Motivatsiyani kuchaytiradi. O‘quvchi o‘z faoliyatining natijasini ko‘rib, o‘zo‘zini baholashni o‘rganadi. Bu esa ijodiy yondashuvni mustahkamlaydi. O‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyati rivojlantirish, amaliy ko‘nikmalarini chuqurlashtirish masalasi bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Bu muammoni hal etish o‘quvchilarning qobiliyati o‘sishiga va ongli ravishda o‘z kasblariga qiziqishi hamda mas’uliyatini oshishiga modulli o‘qitish texnologiyasi yordam beradi. Modulli o‘qitish - bu o‘quv jarayonini mantiqan tugallangan, mustaqil o‘rganishga mo‘ljallangan modullar orqali tashkil etish tizimidir. Har bir modul ma’lum mavzu bo‘yicha o‘quv maqsadi, mazmuni, topshiriqlar tizimi, baholash mezonlari va yakuniy nazoratni o‘z ichiga oladi. Bu yondashuv o‘quvchining faol ishtirokini ta’minlaydi, ularni sub’ekt sifatida o‘quv jarayoniga jalb etadi. Natijada o‘quvchi o‘z qiziqishi va imkoniyatidan kelib chiqib, ta’lim jarayonini individuallashtira oladi. Modulli o‘qitishda, o‘quv dasturlarini to‘la, qisqartirilgan hamda tabaqalashtirish orqali, bosqichma-bosqich o‘qitish imkoniyati yaratiladi, ya’ni o‘qitishni individuallashtirish mumkin bo‘ladi. Modulli o‘qitishda quyidagi maqsadlar nazarda tutiladi: ✓ o‘qitishning uzluksizligini ta’minlash; ✓ o‘qitishni individuallashtirish; ✓ o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun yetarli sharoit yaratish; ✓ o‘qitishni jadallashtirish; ✓ fanning samarali o‘zlashtirilishiga erishish. Modulni o‘qitishning samaradorligini oshirish uchun o‘qitishning quyidagi usullarini qo‘llash mumkin: muammoli muloqotlar, evristik suhbatlar, o‘quv o‘yinlar, loyihalash va yo‘naltiruvchi matnlar va hokazolar. Modulli o‘qitish – o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u o‘quvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir. Modulli ta’limning afzalliklari quyidagilardan iborat. ✓ O‘quvchi o‘rganish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. ✓ O‘qituvchi nazoratchi emas, balki yo‘naltiruvchi rolini bajaradi. ✓ O‘quv jarayonida refleksiya, ya’ni o‘z-o‘zini tahlil qilish ko‘nikmasi shakllanadi. ✓ Har bir o‘quvchi o‘zining ijodiy imkoniyatlarini sinab ko‘radi. ✓ O‘quv materiali kichik bo‘limlarga ajratilganligi sababli o‘zlashtirish samaradorligi ortadi. Modulli o‘qitish texnologiyasining samaradorligi quyidagi omillarga bog‘liqdir. Bular: ✓ Ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi; ✓ Malakali o‘qituvchilarning tarkibiy darajasi;
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1557 ✓ O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi; ✓ Kutiladigan natijalar bahosi; ✓ O‘quv jarayoniga mos didaktik materiallarning ishlab chiqilishi; ✓ Modullar natijasi va tahlillari kabi omillarga bog‘liq. Har bir o‘qituvchi modulli o‘qitish texnologiyasidan foydalanish va qo‘yilgan maqsadga erishish uchun “An’anaviy” yoki “Interfaol” metodlardan birini tanlashi kerak. Bizning mashg‘ulotlarimiz amaliy mashg‘ulot bo‘lganligi uchun о‘qitishning amaliy metodlaridan foydalanish ko‘zga tutilgani sababli, ushbu metoddan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bizga ma’lumki, o‘quvchilar har qanday ko‘rish va bajarib ko‘rish orqali qabul qiladilar. Ushbu jarayonda o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda о‘qitishning amaliy metodlaridan foydalanish mashg‘ulot samaradorligi ortadi. Barchamizga ma’lumki, о‘quvchilarning malaka va kо‘nikmalarni shakllantirish jarayoni bilan bog‘liq bо‘lgan metodlar о‘qitishning amaliy metodlari hisoblanadi. О‘qitishning amaliy metodlari о‘quvchilar faoliyatining juda keng jabhalarini qamrab oladi. Amaliy metodlaridan foydalanishda quyidagi usullar keng qо‘llaniladi: masalaning qо‘yilishi, uning bajarilishini rejalashtirish, tezkor rag‘batlantirish, yо‘llanma berish va nazorat qilish, yо‘l qо‘yilgan kamchiliklar sabablarini aniqlash, ta’lim maqsadiga tо‘la erishishni ta’minlash uchun tegishli tuzatishlar kiritib borish. О‘qitishning amaliy metodlari og‘zaki hamda kо‘rsatmali metodlar bilan birgalikda qо‘llaniladi, chunki har qanday mashg‘ulotlar avvalida albatta yо‘riqnoma berilishi shart. Og‘zaki tushuntirish va namunalarni namoyish qilish, shuningdek bajarilgan ish tahlili butun mashg‘ulot davomida ham davom ettiriladi. Xususan, о‘qitishning amaliy metodlariga yozma va og‘zaki mashqlar, amaliy va laboratoriya ishlari, mustaqil ishlarning ba’zi turlari kiradi (shakl). Mashq qildirish metodi asosan olingan bilimlarni amaliyotga tatbiq qilish hamda kо‘nikma va malakalarni mustahkamlash vazifasini bajaradi. Bunda о‘qituvchi kо‘nikma va malakalarni mastahkamlash maqsadida о‘quvchilarga turli mashqlar beradi. Mashq deb, biror amalni о‘zlashtirish yoki mustahkamlash maqsadida rejali ravishda tashkil qilingan takroriy vazifalarni bajarishga aytiladi. Shuningdek, mashq muayyan xatti-harakatlarni kо‘p marotaba takrorlashni о‘z ichiga oladi. Xozirgi Texnologiya fani dasturida keltirilgan geometrik figuralarni tayyorlash, ularni chizish, qirqish, qog‘oz varag‘ini buklash yо‘li bilan turli xil burchaklarni hosil Mashq qildirish metodi Laboratoriya ishlari metodi O‘qitishning amaliy metodlari Amaliy ishlar metodi Mustaqil ishlar metodi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1558 qilish va modellashtirish, о‘quvchilarda eng kо‘p ishlatiladigan о‘lchash va qirqish asboblari bilash ishlash malakasini shakllantirishga yо‘naltirilgan maxsus mashqlar bajarish ishlari tizimli amalga oshiriladi. Mashq natijasida kо‘nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, о‘quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi va hayotiy tajribasi ortadi. Amaliy ishlar metodi о‘quvchilarga egallangan bilimlarini amalda qо‘llashni о‘rgatishga yordam beradi. Amaliy ishlarni bajarish rejasini о‘quvchilarning о‘zlari mustaqil tuzishlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Kо‘rgazmali qurollarni о‘quvchilar tomonidan bajarilishini ham amaliy ishlarga kiritish mumkin. Bu egallagan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Amaliy ishlar sinfda, о‘quv ustaxonada yoki tabiiy sharoitlar – maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Laboratoriya ishlari metodi о‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni о‘tkazish metodlari bо‘lib, ular kо‘proq tabiiy fan (fizika, kimyo, biologiya, texnologiya) lar asoslarini о‘rganishda qо‘llaniladi. Bu metod о‘quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish kо‘rish, о‘lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi kо‘nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar о‘quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va о‘lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi. Amaliy va laboratoriya ishlarini о‘tkazish о‘quvchilarning bilim va kо‘nikmalarini faol egallashlariga imkon beradi, mustaqil hukm chiqarish va xulosalar qilishga oid kо‘nikmalarini rivojlantiradi, о‘quvchilar tasavvurini boyitadi va ularning bilim doiralarini kengaytiradi. Mustaqil ishlar metodi о‘quvchilarning malaka va kо‘nikmalarni shakllantirish jarayoni bilan bog‘liq bо‘lgan amaliy metodlardan biri hisoblanadi. Mustaqil ishlar – bu о‘qituvchining bevosita ishtirokisiz, biroq uning topshirig‘i bilan maxsus ajratilgan vaqtda bajariladigan ishlar majmuidir. Bu о‘rinda о‘quvchilar о‘zlarining aqliy va jismoniy harakatlari bilan topshiriqda qо‘yilgan maqsadga ongli ravishda erishishga intiladilar. Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida malakalar shakllanishi bilan birga о‘quvchilar о‘z kuchlari, bilim va qobiliyatlarini sinovdan о‘tkazadilar. Mustaqil ishlarning keng qо‘llanilishi о‘quvchilarda ishga ijodiy yondashishni, ulardagi bilishga qiziqishlarini, olingan bilimlarni amalda qо‘llay bilishni rivojlantirishga yordam beradi. Demak, bugungi kunda respublikamizda bir qator siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar borayotgan bir davrda talim-tarbiya jarayonida katta samara keltiradigan talimmodellaridan, pedagogik innovatsiyalardan, pedagogik texnologiyalardan va metodlardan foydalanish samarali natija beradi. Jumladan, zamonaviy oqitish texnologiyalaridan biri modulli oqitish texnologiyasidan xam foydalanish taʼlim-tarbiya jarayonini samaradorligini oshirish uchun imkoniyat beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Oʼzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonuni 2020 yil 23 sentyabrь, OʼRQ-637son https://lex.uz/docs/5013007 2. Бегматова Н.Х. Модулли ўқитиш технологиясидан фойдаланишнинг афзалликлари. Сборник международной научно-практической конференции: «Развитая наука и качественное образование – прочная основа процветания нации». Чемкент-2022.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1559 3. Ж.А.Хамидов О неоторых формах, методах трудового воспитания младших школьников//Academic research in educational sciences, 2020. Volume 1, Issue 3, 10451050 с. 4. Ж.А.Хамидов Ўқувчиларни креатив тадқиқотчилик ва касбий кўникмаларини танқидий фикрлаш орқали ривожлантириш//Academic Research in Educatinal Sciences, 2021. Volume 2, Issue 12, 922-928 b. 5. J.A.Xamidov Kichik maktab o'quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muammosi//Экономика и социум №2(81) ч.2 2021, 479-484 b. 6. О‘.Shukurova Uzluksiz ta’lim tizimida “Ustoz shogird” imkoniyatlarining yaratilishi. Academic research in educational sciences Journal, №2, 2021 y. 7. Abduqodirov A.A., Pardayev A.X. Ta’lim jarayonining texnologiyalashtirish nazariyasi va metodikasi. – T.2012. -120 b.