scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Zikirova Nodira Yo'ldoshevna Iqtisodiyot va pedagogika universiteti katta o'qituvchi +998912151367

Abstract

Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirishning nazariy asoslari, kompetensiya tushunchasi, kompetentlikni baholash mezonlari, kompetensiyaning shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari haqida so‘z yuritilgan

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI Zikirova Nodira Yo‘ldoshevna Iqtisodiyot va pedagogika universiteti katta o‘qituvchi +998912151367 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirishning nazariy asoslari, kompetensiya tushunchasi, kompetentlikni baholash mezonlari, kompetensiyaning shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: ta’lim, tarbiya, mahorat, kompetensiya, kasbiy kompetentlik, shaxsiy komponenti, metodologiya, kompetentlik, professionallik ANNOTATION This article talks about the theoretical foundations of the formation of the professional competence of future elementary school teachers, the concept of competence, the criteria for evaluating competence, and the pedagogical conditions for the formation of competence. Key words: education, training, skill, competence, professional competence, personal component, methodology, competence, professionalism АННОТАЦИЯ В данной статье говорится о теоретических основах формирования профессиональной компетентности будущих учителей начальной школы, понятии компетентности, критериях оценки компетентности, педагогических условиях формирования компетентности. Ключевые слова: образование, подготовка, умение, компетентность, профессиональная компетентность, личностный компонент, методология, компетентность, профессионализм newjournal.org zenodo.org 2 Kirish Bugungi kun sharoitida, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, o‘qitishning hozirgi zamon tizimlari va yangi pedagogik texnologiyalari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Yangi pedagogik texnologiyalarning mohiyati shundaki, unga qo‘yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o‘quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 20-apreldagi PQ–2909-sonli Qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, davlatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, mutaxassislar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan [1]. Kompetentsiya alohida ahamiyatga ega, chunki ta’lim tizimi hozirgi vaqtda sezilarli innovatsion o‘zgarishlar bilan ajralib turadi. Hozirgi sharoitda o‘qituvchilar muvaffaqiyatli va talabchan bo‘lishlari uchun har qanday o‘zgarishlarga tayyor bo‘lishlari, yangi sharoitlarga tez va samarali moslasha olishlari, professional bo‘lish istagini namoyon etishlari, bilim va ko‘nikmalarini doimiy ravishda yangilab turishlari kerak. O‘qituvchilarning malakasini oshirish kontseptsiyalari(E.F.Zer,N.S.Gluxanyuk,E.A.Klimov,.K.Markova,N.S.AbulxanovaSlavskaya, A.G. Asmolov, L.S. Vygotskiy, V.I. Dolgova, A.N. Leontiev, S.L. Rubinshteyn), kompetentsiyaga asoslangan yondashuv (V.I.Baidenko, A.A.Verbitskiy, E.F.Zer, I.A.Zimnyaya, Yu.G.Tatur, Pryaznikov, E.E. Simonyuk va boshqalar); Innovatsion faoliyat va innovatsion ta'lim muhitini tushunishga nazariy yondashuvlar (V.C.Dudchenko, V.I.Dolgova, I.A.Zimnaya, E.V.Koroteva, S.A.Novoselov, K.S.Pirogov, B.A. Slastenin, A.B. Xutorskaya va boshqalar) tomonidan o‘rganilgan. Hozirgi zamonda hayot juda o‘zgaruvchan. Ta’limdagi katta o‘zgarishlar o‘qituvchining kasbiy ongidagi o‘zgarishlarsiz bo‘lmaydi. Zamonaviy o‘qituvchida zarur bo‘lgan ko‘plab yangi bilimlar, tushunchalar paydo bo‘ldi. Shunday tushunchalardan biri kompetentlilikdir. Bu nima? Biz bu haqida qanday tasavvurga egamiz, ana shu haqda fikr yuritmoqchimiz. Kompetensiya keng qamrovli tushuncha newjournal.org zenodo.org 3 bo‘lib, inglizcha “competence” , ya’ni “mahorat”, “qobiliyat” degan ma’nolarni anglatadi. Kompetensiya (lot.competo-erishyapman, munosibman, loyiqman) –u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba. Kompetentlik - biron bir ishni samarali qila olish qobiliyati, ishni bajarishda talablarni qondira olish qobiliyati, aniq ishchi funksiyalarni bajarishda talablarni qondira olish qobiliyati aniq ishchi funksiyalarni bajarishda talablarni qondira olish qobiliyati. Kompetentlilik - bu o‘qituvchining noaniq holatda harakat qilish qobiliyati. Hozirgi zamon o‘qituvchisi doimo ijodiy izlanishda bo‘ladi, shuningdek, o‘quvchini nimaga o‘rgatish kerak kabi dolzarb savolga javob qidirishi lozim. Zamonaviy o‘qituvchi ishiga va o‘quvchilarga bo‘lgan mehrini o‘ziga mujassam etish, nafaqat bolalarni o‘qitishi, o‘zi ham ulardan o‘rgana olishi zarur. Zamonaviy pedagog har bir boladagi eng yaxshi sifatlarni yuzaga chiqarib, ularni rag‘batlantirishi kerakki, bu bolalar maktabni tugatganlaridan keyin ham olgan bilimlaridan quvonib, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari, unga sidqidildan xizmat qilishlari zarur. Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishidir. L.M.Mitina pedagogik kompetentlik - deganda predmet haqidagi bilimlar, o‘qitish metodikasi va didaktikasi, pedagogik muloqot ko‘nikma va malakasi, shuningdek o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini takomillashtirish, o‘z-o‘zini amalga oshirish usullari va vositalarining uyg‘un birlashishini tushungan. U pedagogik kompetentlik tuzilmasida quyidagi uchta tashkil etuvchini ajratgan: Faoliyatli, kommunikativ va shaxsiy. L.M.Mitina tomonidan taklif etilgan pedagogik kompetentlikni tuzilmalashtirishdan kelib chiqqan holda, biz, bo‘lajak mutaxassislar uchun egallanish darajasi pedagogik kompetentlikning rivojlanish darajasini aniqlaydigan quyidagi kompetensiyalar majmuasi yetarli va zarur deb hisoblaymiz: - faoliyatli yoki maxsus kompetensiya (bilim, ko‘nikma, malaka va pedagogik faoliyatni amalga oshirishning individual usullari); - shaxsiy yoki kasbiy kompetensiya (kasbiy o‘z-o‘zini takomillashtirish va o‘zo‘zini amalga oshirishga oid bilim, ko‘nikma va malakalar); newjournal.org zenodo.org 4 - kommunikativ kompetensiya (pedagogik faoliyatni ijodiy amalga oshirishga oid bilim, ko‘nikma va malaka) [2]. Professionallik va kompetentlik tushunchalari umumiy xususiyatlarga ega. Shuni ta’kidlash kerakki, har doim ham belgilangan talablar va standartlarga to‘liq mos keladigan odamlar chinakam professionallar bo‘lavermaydi, sabab, ba’zilari bilimlarni amalda qanday qo‘llashni bilishmaydi, demak, bunday pedagogik faoliyat samarasiz bo‘lib qolaveradi. Kasbiy pedagogik kompetensiyalarni alohida turlarga ajratish maqsadga muvoqdir: - maxsus pedagogik kompetensiya; -pedagogik faoliyatni zarur darajada amalga oshirish uchun yetarli ma’lumotga ega bo‘lish. Bundan tashqari, pedagogning o‘z kasbiy darajasini munosib baholay olishi va mutaxassis sifatida o‘z rivojlanishini belgilash qobiliyati ushbu turga bog‘liq; - ijtimoiy pedagogik kompetensiya; - ijtimoiy vakolat darajasi pedagogning hamkasblari bilan munosabatlarni samarali qurishi, birgalikdagi harakatlarni rejalashtirish qobiliyatini belgilaydi. Samarali aloqa ko‘nikmalari, pedagogik madaniyat va ish natijalari uchun javobgarlik; - bularning barchasi ijtimoiy pedagogik kompetensiya tushunchasiga kiritilgan; - shaxsiy pedagogik kompetensiya; - bu pedagogik ishni oqilona tashkil etish qobiliyati bo‘lib, vaqtni boshqarish, shaxsiy o‘sishga intilish uning asosiy tarkibiy qismlaridir. Kasbiy kompetentlikning tarkibiga kasbiy faoliyatdagi kompetentlik, kasbiy muloqotdagi kompetentlik, mutaxassisning o‘z kasbini nomoyon eta olishdagi kompetentligini kiritish mumkin. Kompetentlik nima ekanligini tushungandan so‘ng, uning darajalarini aniqlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Kompetentlik modelini yaratish bo‘yicha quyidagi algoritmni taklif etishimiz mumkin: 1-bosqich lavozim yo‘riqnomasini ishlab chiqish. Ushbu bosqichda lavozim uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalar turlarini aniq ko‘rsatish muhimdir. 2-bosqich tekshirish sur’atini aniqlash. Bu ta’lim muassasasining o‘ziga xos xususiyatlariga va kadrlar almashinuviga bog‘liq. newjournal.org zenodo.org 5 3-bosqich har bir o‘rin uchun taqqoslash asosida sinov yoki imtihonni o‘tkazish tartibini tasdiqlash. 4-bosqich sinov yoki imtihondan o‘tish. 5-bosqich ma’lumotlarni tahlil qilish va ularni tizimga keltirish. 6-bosqich baholash natijalari to‘g‘risida qaror qabul qilish, qo‘shimcha o‘qishga yuborish, boshqa lavozimga o‘tish, ishdan bo‘shatish. 7-bosqich hisobot davrida ta'lim muassasasining vakolati va ishini baholash samaradorligini yakuniy tahlilini qilish. 8-bosqich xavf-xatar va to‘siqlar bo‘yicha ish namunasini to‘liq ishlab chiqish. A.A. Derkach tomonidan kasbiy muloqotdagi kompetentlikning: - kommunikativlik yoki muloqotchanlik kompetentligi (kasbdoshlar bilan muloqot qila olish qobiliyati), - ijtimoiy-perseptiv kompetentlik (boshqa kishilarni idrok qilish va baholay olish qobiliyati), differinsial va psixologik kompetentlik (insonlar o‘rtasidagi individual psixologik tafovutlarni farqlay olish), - diagnostik kompetentlik (boshqa kishilarga xos bo‘lgan xususiyatlarni o‘rganish qobiliyati), - axloqiy kompetentlik (shu kasb taqozo etadigan odob-axloq normalariga rioya qilish), - empatik kompetentlik (jamoa a’zolariga hamdard bo‘la olish, ularni to‘g‘ri tushunish va boshqa tarkibiy qismlari ajaratib ko‘rsatgan [3]. Mutaxassisning ijtimoiy-perseptiv kompetentligi xususiyatlarining tuzilishi: - boshqa kishilarni idrok qilish, tushunish va baholashning aniqliligi; - ijtimoiy subyektlar bilan tizimli munosabat o‘rnata olish qobiliyatining mavjudligi; - idrok qilinayotgan shaxs sning xulq-atvori va xususiyatlarini fikran modellashtira olish; - shaxslararo baholash jarayonida turli mezonlardan foydalana olish va boshqalar. Bo‘lajak mutaxassislarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish uchun avvalo kuzatuvchanlik xususiyatining rivojlanishiga, ya’ni perseptiv, kognitiv, refleksiv, empativ, motivatsion va prognostik jihatlarining taraqqiy etishiga e’tibor qaratish newjournal.org zenodo.org 6 lozim. Pedagogik faoliyat va muloqot jarayonida ijtimoiy-perseptiv kompetentlikka ega bo‘lib borish uchun mutaxassis o‘zida insonparvarlik, ijtimoiy-refleksiv, bilim hamda ko‘nikmalar, ijobiy kasbiy "Men"- siymosi, ba’zi shaxsga xos sifatlar (intellekt, iroda, empatiya, kuzatuvchanlik, mehribonlik, hissiy bag‘rikenglik va boshqalar)ni shakllantirishga oid mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi maqsadga muvofiqdir [3]. Pedagogik-psixologik trening-seminar, ish o‘yini, mahorat darsi va turli amaliy mashg‘ulotlarga jalb qilish, malakaviy amaliyotning rolini oshirish, har bir talabaga o‘zining pedagogik faoliyatga xos imkoniyatlari va mahoratini namoyon etishi mumkin bo‘lgan qulay sharoitlarni yaratib berish orqali unda ijtimoyi-perseptiv kompetentlikni shakllantirish mumkin. Buning uchun nafaqat shu sohaga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishi, balki insonlar bilan muloqot o‘rnatish texnikasini egallash, motivatsion sohani rivojlantirish, psixologik bilimdonligini oshirib borish, kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan tayyorgarlik ko‘rib borish lozim. Kompetentlikni baholash mezonlari 1. Tayyorgarlik maxsus xususiyatlar, axborotni qabul qilish va qayta ishlash xususiyatlari, o‘rganish qobiliyati, tipologik xususiyatlar va boshqalar 2. Bilim kompetentlik, stereotiplar, bilim, kompetentlik bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rganishning ustunligi haqidagi tasavvurning mavjudligi 3. Tajriba kompetentlikka yaqin yoki aynan unga mos keladigan masala va topshiriqlarni bajarish 4. Munosabat kompetentlikni amalga oshirish yoki faoliyat kompetentligi bilan bog‘liq holda o‘ziga va boshqalarga nisbatan munosabatlarning shakllanishi 5. Muntazamlilik kompetentlikka bog‘liq amallarga “turtki”larni nazorat qilish qobiliyati, matonat, qat’iyat, sabrlilik, kompetentlikni amalga oshirish bilan bog‘liq maqsadga erishishdagi to‘siqlarni zabt etishga tayyorgarlik. Xulosa Xulosa qilib aytish lozimki shaxsga ta’lim va tarbiya berishda nafaqat ta’lim oluvchiga ta’limning yo‘naltirilishi, balki o‘qituvchining pedagogik faoliyatga psixologik tayyorligi muhimdir. Bunday hollarda o‘qituvchining kasbiy kompetentlik darajasiga alohida e’tibor qaratishni talab etadi. Ta’lim tizimida kompetentli yondoshuv ta’lim islohatlarining konseptual asoslari sifatida qabul qilinishi, ta’lim newjournal.org zenodo.org 7 tizimiga kompetentli yondoshuvning joriy etilishi ta’lim maqsadi, mazmuni, o‘qitish shakli, o‘qitish usullari, pedagogik va axborot texnologiyalari, nazorat usullarini hamda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi rolida jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi. O‘qituvchining kasbiy kompetentligini tarkib toptirish uchun pedagogik oliy ta'limda tub o‘zgarishlarni amalga oshirish kerak. Oliy ta’lim Davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi va darsliklarni takomillashtirish yo‘nalishida muayyan ishlar olib borilayotgan bir paytda, mavjud an’anaviy mazmundan voz kechish qiyin kechsada, ta’lim mazmunini yanada aniqlashtirish lozim bo‘ladi. Adabiyotlar 1. “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 20-apreldagi PQ–2909sonli qarori 2. O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy taqqiqotlar jurnali 18-son 20.04.2023 3.Guilford J.P. (1950) Creativity, American Psychologist, Volume 5, Issue 9, 444–454 4. Sa’dullayev, A. (2024). Aspects of forming voluntary qualities in overcoming anxiety in adolescent wrestlers. News of UzMU Journal, 1(1.4), 176-179.