"TURKIY XALQLAR DEKORATIV-AMALIY SAN'ATI AN'ANALARI: TARIXIY ILDIZLAR, ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA KELAJAK ISTIQBOLLARI"
Abstract
Ushbu maqolada turkiy xalqlar dekorativ-amaliy san’ati rivojlanishining tarixiy bosqichlari, uning bugungi san’at ta’limi va madaniyatdagi o‘rni hamda zamonaviy innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu maqolada turkiy xalqlar dekorativ-amaliy san’ati rivojlanishining tarixiy asoslari va uning O‘zbekiston amaliy san’at maktabi bilan o‘zaro aloqalari ham tahlil qilinadi. Tadqiqotda xalq amaliy san’ati namunalari, bezak, naqsh, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik va metall ishlov berish kabi yo‘nalishlar tarixiy va estetik nuqtai nazardan o‘rganilib, ularning turkiy xalqlar madaniy identitetidagi o‘rni yoritiladi.
Full text
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 8 “TURKIY XALQLAR DEKORATIV-AMALIY SAN’ATI AN’ANALARI: TARIXIY ILDIZLAR, ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA KELAJAK ISTIQBOLLARI” 1Ahmadaliyev Fayzullaxon, 2Ahmadaliyeva Dilfuza 1Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori, 2Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17462984 Annotatsiya. Ushbu maqolada turkiy xalqlar dekorativ-amaliy san’ati rivojlanishining tarixiy bosqichlari, uning bugungi san’at ta’limi va madaniyatdagi o‘rni hamda zamonaviy innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu maqolada turkiy xalqlar dekorativamaliy san’ati rivojlanishining tarixiy asoslari va uning O‘zbekiston amaliy san’at maktabi bilan o‘zaro aloqalari ham tahlil qilinadi. Tadqiqotda xalq amaliy san’ati namunalari, bezak, naqsh, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik va metall ishlov berish kabi yo‘nalishlar tarixiy va estetik nuqtai nazardan o‘rganilib, ularning turkiy xalqlar madaniy identitetidagi o‘rni yoritiladi. Kalit so‘zlar: dekorativ-amaliy san’at, turkiy xalqlar, an’ana, madaniy meros, zamonaviy san’at, innovatsiya. Аннотация: В данной статье анализируются исторические этапы развития декоративно-прикладного искусства тюркских народов, его роль в современном художественном образовании и культуре, а также современные инновационные подходы в этой области. Кроме того, рассматриваются исторические основы становления декоративно-прикладного искусства тюркских народов и его взаимосвязи с узбекской школой прикладного искусства. В исследовании изучаются образцы народного прикладного искусства — орнамент, вышивка, резьба по дереву, гончарное дело и металлообработка — с историко-эстетической точки зрения, а также раскрывается их значение в формировании культурной идентичности тюркских народов. Ключевые слова: декоративно-прикладное искусство, тюркские народы, традиция, культурное наследие, современное искусство, инновация. Abstract: This article analyzes the historical stages of development of the decorative and applied arts of Turkic peoples, their role in contemporary art education and culture, as well as modern innovative approaches in this field. The study also explores the historical foundations of the development of Turkic decorative arts and their interrelation with the Uzbek school of applied art. Folk art forms such as ornamentation, embroidery, wood carving, pottery, and metalworking are examined from historical and aesthetic perspectives, revealing their importance in shaping the cultural identity of Turkic peoples. Keywords: decorative and applied art, Turkic peoples, tradition, cultural heritage, contemporary art, innovation. O‘zbekistonning boy madaniy merosi nafaqat o‘zining ajoyib me’moriy yodgorliklari bilan, balki o‘rta asr san’ati va bezaklari bilan ham taniqlidir. Turkiy xalqlar dekorativ-amaliy san’ati ko‘p ming yillik tarixga ega bo‘lib, ularning dunyoqarashi, e’tiqodi va turmush tarzi bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu san’at turi orqali xalq
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 9 o‘z estetik qarashini, tabiatga bo‘lgan munosabatini, ramziy timsollar orqali dunyo haqidagi tasavvurini ifoda etgan. Har bir turkiy xalqning san’atida o‘ziga xos estetik did, tabiatga munosabat, diniy va ramziy belgilar mujassam. Bugungi globallashuv davrida bu merosni chuqur o‘rganish va uni zamonaviy ta’lim tizimiga tatbiq etish san’atshunoslik va pedagogika oldida dolzarb vazifa bo‘lib turibdi. Dekorativ-amaliy san’at asrlar davomida nafaqat maishiy ehtiyojlarni, balki xalqning ruhiy olami, dunyoqarashi va badiiy didini ifodalagan. Ayniqsa, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman, ozarbayjon, uyg‘ur va boshqa turkiy xalqlarning amaliy san’atida umumiy ildizlar va ramziy uyg‘unlik mavjud. O‘zbekiston hududi qadimdan turkiy xalqlarning madaniy markazlaridan biri sifatida bu san’atning shakllanishi va taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan. Shosh (Toshkent), Buxoro, Xiva, Samarqand, Marg‘ilon kabi markazlarda hunarmandchilik, naqsh, kashtachilik, zargarlik va kulolchilik an’analari asrlar davomida uzviy rivojlanib kelmoqda. Turkiy dunyoda amaliy san’atining tarixiy ildizlari haqida gapiradigan bo‘lak, qadimdan xalq turmushining ajralmas qismi bo‘lgan. Qadimgi Turk xoqonligi, Oltin O‘rda, Xorazmshohlar davrida gilamchilik, kashtachilik, zargarlik va kulolchilik rivoj topgan. Arxeologik topilmalar bu san’at turlarining nafaqat utilitar, balki marosimiy va estetik ahamiyatga ega bo‘lganini ko‘rsatadi. Naqshlarda “hayot daraxti”, “qush”, “quyosh” va “suv” kabi ramzlar turkiy dunyoqarashning asosiy belgilarini aks ettiradi. Masalan, o‘zbek kashtachiligi va qozoq “kiyiz” bezaklari o‘rtasida ramziy o‘xshashliklar mavjud: ikkalasida ham spiral, quyosh shakli, barg yoki qush tasvirlari uchraydi. Bu o‘xshashliklar umumturkiy estetik tafakkurning tarixiy ildizlarini ko‘rsatadi.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 10 O‘zbekiston amaliy san’ati qadimdan yuksak darajada rivojlangan. Arxeologik topilmalarga ko‘ra, qadimgi Sug‘d, Xorazm va Farg‘ona vohalarida turkiy xalqlarga xos naqsh bezaklari, sopol buyumlar, bronza zargarlik buyumlari keng qo‘llangan. XIX–XX asrlarda esa Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Marg‘ilon, Rishton kabi markazlarda milliy maktablar shakllandi. Rishton kulollik maktabi – turkiy naqsh tizimining davomchisi bo‘lib, unda “bodom”, “anor”, “islomiy” naqshlar tabiat va hayot timsoli sifatida ishlatiladi. Buxoro zargarligi – turkiy xalq marosimlari bilan bog‘liq bezak buyumlari yaratishda davomiylikni saqlab qolgan. Marg‘ilon ipakchilik an’anasi – qadimiy turkiy to‘quv san’ati bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, “atlas” va “adras” matolar milliy ramzga aylangan. Ushbu an’analar O‘zbekiston madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lish bilan birga, butun turkiy dunyo san’atining tarkibiy elementi hisoblanadi. Zamonaviy davrda turkiy mamlakatlarda amaliy san’at xalqaro miqyosda tan olinmoqda. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon va Qirg‘izistonda xalq amaliy san’atini rivojlantirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylangan. Masalan, O‘zbekiston hunarmandlari UNESCO tomonidan “Nomoddiy madaniy meros” ro‘yxatiga kiritilgan ko‘plab an’analarni Buxoro zargarligi, Rishton kulolligi, Marg‘ilon ipakchilik maktabi davom ettirmoqda. Turkiyada “Türk el sanatları” konsepsiyasi asosida milliy naqshlar dizayn, moda va interyer san’atida faol qo‘llanilmoqda. Qozog‘istonda esa “Qol o‘ner” (qo‘l san’ati) ta’lim tizimiga joriy etilgan. Kelajakda turkiy xalqlar dekorativ-amaliy san’ati ta’lim, dizayn, raqamli madaniyat sohalarida yanada keng qo‘llanilishi kutilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston san’at maktablarida dekorativ-amaliy san’atni o‘qitishda turkiy xalqlar o‘rtasidagi estetik va madaniy yaqinlikdan samarali foydalanilmoqda. “Hunarmand” uyushmasi, “Turksoy”, “Turk Akademiyasi” kabi xalqaro tashkilotlar doirasida qo‘shma ko‘rgazmalar, mahorat darslari o‘tkazilmoqda. Zamonaviy dizayn va raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan dekorativ san’at turlari — milliy naqsh asosidagi grafika, raqamli ornament, 3D gilam dizayni kabi yo‘nalishlar vujudga kelmoqda. Bu jarayon turkiy xalqlarning amaliy san’atini nafaqat saqlab qolish, balki uni global madaniy maydonga olib chiqishga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida “Milliy naqshlar semiotikasi”, “Turkiy dekorativ an’analar” kabi fanlarni o‘qitish bu merosni saqlash va rivojlantirishga xizmat qiladi.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 11 Shuningdek, TURKSOY doirasida tashkil etilayotgan “Turkiy hunarmandlar festivali” va “Naqshlar orqali birlik” loyihalari umumturkiy madaniy integratsiyani kuchaytiradi. San’at ta’limida dekorativ-amaliy san’atning o‘rni beqiyosdir. Dekorativ-amaliy san’atni o‘quv jarayoniga kiritish o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, estetik did va ijodiy tafakkurni shakllantiradi. Amaliy mashg‘ulotlarda gilam naqshlarini tahlil qilish, kashta tikish, milliy naqshlardan dizayn yaratish o‘quvchilarning milliy o‘zligini anglashiga yordam beradi. Bu jarayon madaniy merosni saqlash bilan birga, zamonaviy dizayn yo‘nalishlarida yangi yechimlarni topishga ham zamin yaratadi. Kelajak istiqbollariga to‘xtaladigan b‘lsak, raqamli texnologiyalar asrida dekorativamaliy san’at virtual platformalarga ko‘chmoqda. 3D modellash, raqamli naqsh dizayni, NFT san’at, onlayn hunarmandlik ko‘rgazmalari turkiy amaliy san’atni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Kelajakda bu san’at turlari orqali turkiy mamlakatlar o‘zaro madaniy integratsiyani kuchaytiradi, “Turk san’at makoni” (Turk Art Space) kabi umumiy platformalar tashkil etilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniy merosni asrab-avaylash va targ‘ib etish” haqidagi qarorlari milliy san’at rivojida muhim bosqich bo‘ldi. Kelajakda turkiy davlatlar o‘rtasida “Turkiy amaliy san’at virtual muzeyi”, “Yosh hunarmandlar akademiyasi”, onlayn ustaxona platformalari tashkil etilishi bu yo‘nalishning istiqbolini kengaytiradi. Bundan tashqari, san’at ta’limida dekorativ-amaliy san’at asosida o‘quvchilarda milliy identitetni shakllantirish, estetik tarbiya berish va ijodiy tafakkurni rivojlantirish bo‘yicha yangi metodik tizimlar ishlab chiqilishi zarur. Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, turkiy xalqlar dekorativ-amaliy san’ati o‘tgan asrlarning badiiy xotirasi, bugunning ijodiy kuchi va kelajak avlod uchun ilhom manbaidir. Uning ta’lim, dizayn va madaniyat sohalarida qo‘llanishi yosh avlodda milliy o‘zlikni anglash, estetik qarash va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bois, turkiy xalqlar san’atini o‘rganish va uni zamonaviy pedagogik jarayonlarga integratsiya qilish dolzarb ilmiy va amaliy masala sifatida e’tirof etiladi. Turkiy xalqlar dekorativ-amaliy san’ati O‘zbekiston madaniy hayotining ildizlari bilan chambarchas bog‘langan. Bu san’at turi o‘tgan asrlarda xalqning ma’naviy dunyosini ifodalagan bo‘lsa, bugun u milliy o‘zlikni anglash, estetik didni shakllantirish va ijodiy tafakkurni rivojlantirish vositasiga aylangan. O‘zbekiston amaliy san’ati turkiy dunyo merosining ajralmas qismi sifatida nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham o‘z o‘rniga ega. Shu bois, bu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar, o‘qituvchilar va hunarmandlar hamkorligini kuchaytirish, zamonaviy texnologiyalarni integratsiya qilish – bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. 2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 3. Raxmonova N. O‘zbekiston xalq amaliy san’ati tarixi. – Toshkent: Kamalak, 2019. 4. Turksoy (2023). Common Heritage of Turkic Arts. – Ankara. 5. UNESCO. Intangible Cultural Heritage Lists. – 2022. 6. Babadjanov A. Decorative Art of Central Asia. – London: Routledge, 2020.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 12 7. Zarifova, D. . (2025). O‘ZBEKISTONDA AVTOPORTRET SAN’ATI TARAQQIYOTI VA UNING SAN’AT TA’LIMIDA O‘ZLIKNI ANGLASH VOSITASI SIFATIDAGI AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(9), 197–199. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/136992 8. Omon qizi, Z. D. (2025). The Role of Self-Portrait in Shaping Students’ Personal Identity and Creative Expression. American Journal of Education and Evaluation Studies, 2(9), 107– 108. Retrieved from https://semantjournals.org/index.php/AJEES/article/view/2438 9. Zarifova, D. O. qizi.(2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING O ‘RGANILISHI. Innovative Development in Educational Activities, 2(9), 57-62.