scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MARGARET TETCHER-BUYUK BRITANIYA SIYOSATDONI

BAXTIYOROVA JASMINA OYBEK QIZI Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti Xalqaro Munosabatlar yo'nalishi 2-bosqich talabasi

Abstract

Mazkur maqola Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri va shu bilan bir qatorda bosh siyosatdoni bo'lgan Margaret Tetcherning hayoti va siyosatga kirib kelishiga bag‘ishlangan. Unda uning hokimiyatni boshqargan yillari(1979-1990) yillarda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar, xususiylashtirish siyosati, ijtimoiy himoya tizimidagi o‘zgarishlar va kasaba uyushmalari bilan to‘qnashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, Tetcherizm tushunchasining asosiy tamoyillari, uning jamiyatdagi ta’siri va merosi yoritiladi. Maqola rasmiy manbalarga asoslanib Tetcher davrining Britaniya jamiyatiga ta’sirini chuqur ochib berishga harakat qiladi

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 MARGARET TETCHER-BUYUK BRITANIYA SIYOSATDONI BAXTIYOROVA JASMINA OYBEK QIZI Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti Xalqaro Munosabatlar yo'nalishi 2-bosqich talabasi Annotatsiya Mazkur maqola Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri va shu bilan bir qatorda bosh siyosatdoni bo'lgan Margaret Tetcherning hayoti va siyosatga kirib kelishiga bag‘ishlangan. Unda uning hokimiyatni boshqargan yillari(1979-1990) yillarda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar, xususiylashtirish siyosati, ijtimoiy himoya tizimidagi o‘zgarishlar va kasaba uyushmalari bilan to‘qnashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, Tetcherizm tushunchasining asosiy tamoyillari, uning jamiyatdagi ta’siri va merosi yoritiladi. Maqola rasmiy manbalarga asoslanib Tetcher davrining Britaniya jamiyatiga ta’sirini chuqur ochib berishga harakat qiladi. Kalit so‘zlar: Margaret Tetcher, "Temir Xonim" laqabi, siyosat va boshqaruv, xususiylashtirish, Tetcherizm, mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar, kasaba uyushmalari, Buyuk Britaniya, konservatizm, ayol siyosatchi. KIRISH. 20-asr Buyuk Britaniya siyosiy tarixida Margaret Tetcher nomi o‘chmas iz qoldirgan. U mamlakatning birinchi ayol bosh vaziri sifatida nafaqat siyosiy, balki ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar davrining ramziga aylagan. Uning qat’iyati, islohotlarga bo‘lgan yondashuvi, hamda iqtisodiy siyosatda amalga oshirgan yangiliklari tufayli u “Temir xonim” nomi bilan butun dunyoda tanildi. Tetcher boshchiligida 12 yil davomida boshqarilgan hukumat Buyuk Britaniya newjournal.org zenodo.org 2 tarixidagi eng muhim siyosiy burilishlardan birini amalga oshirdi. Ushbu maqolada uning hayoti, siyosiy faoliyati, g‘oyalari, hamda bugungi davr uchun ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Margaret Tetcher hayoti va siyosiy faoliyatining shakllanishi MARGARET TETCHER MARGARET ROBERTS ismli baqqol oilasida 1925-yil 13oktabrda bundan qariyb 100 yil muqaddam dunyoga keladi. Otasi Alfred Robertsdo’konchi va Grantham shaxrining mahalliy kengash a’zosi, keyinchalik meri bo’lgan. Uning onasi Ethel Stephenson uning ilm olishiga katta ahamiyat bergan. Yoshligidanoq Margaret Tetcher siyosatchi bo’lishni juda istagan. Margaretning otasi unga diniy, mehnatsevarlik, o’zini tutish borasida qat'iy tarbiya berdi. Juda kichikligidan kitobxon, intiluvchan va tartibli bo’lib yetishgan. Uning aqliy salohiyati yosh siyosatchini Oksford universitetiga yetaklagan. 1944-1947-yillarda uyerda u organik kimyo bo’yicha tahsil olgan.Uning sisoyatga bo’lgan intilishi va qiziqishi uni universitetining Konservatorlar uyushmasining birinchi ayol rahbarlaridan bo’lishiga turtki bo’ldi. 1947-yilda universitetni tamomlagach, yuridik sohaga qiziqish bildirdi va advokatlik imtihonidan o’tgach, shu sohada faoliyat yurita boshladi. 1954-yildan boshlab esa u soliq qonunlari bo’yicha ixtisoslashgan yurist sifatida ishga joylashdi. 1951-yilda u badavlat sanoatchi Denis Thatcher (1915-2003) bilan turmush qurishdi. Turmush o’rtog’i uning siyosiy faoliyatini qo’llab-quvvatladi. 1953-yilda ular egizak farzandli bo’lishdi. Dastlabki siyosatga kirishi 1959-yilda parlamentga saylanishidan boshlangan. Biroq bundan oldin 1950-yillardagi saylovda qatnashgan va g’alaba qozona olmagan, so’ngra tezda ko’tarila boshlagan. U o’sha vaqtdagi kam sonli ayol siyosatchilardan biri edi. Dastlab 1961-1964-yillarda Tetcher Pensiya va milliy sug’urta vazirligining parlament kotibi bo’lgan.1970-1974-yillarda esa u Edvard Xit hukumatida ta’lim va fan vaziri sifatida ham o’zini sinab ko’rgan. Undan so’ng, Tetcher konservatorlar partiyasi rahbari sifatida Edvard Xitning o’rnini egallagan va parlament muxolifati newjournal.org zenodo.org 3 yetakchisi bo’lgan.Uning partiyasi 1979-yilda umumiy saylovda g’alaba qozongach, Tetcher Britaniyaning birinchi ayol bosh vaziri bo’ladi. Uning siyosatdagi roli juda ahamiyatli e’tirof etiladi, bir qancha islohotlarni amalga oshiradi. Masalan, soliqlarni kamaytiradi, biznes ustidan hukumat nazoratini kamaytiradi va umuman davlatning iqtisodga aralashishi kamayadi. Keyinchalik, Telekom kabi davlat korxonalari xususiy mulkdorlarga sotiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, Tetcher siyosatining falsafasi va amaliyoti “Tetcherizm” deb nomlanadi. Tetcher mehnatkash oila farzandlari uchun kuchli ta’lim olish imkonini beruvchi keng qamrovli maktablarni har qanday boshqa ta’lim vaziridan ko’ra ko’proq ochgan. Biroq u bosh vazir bo’lgan davrda bu maktablar zaiflashtirilgan. TETCHER VA IJTIMOIY SIYOSAT Margaret Tetcher ichki siyosatda tetcherizm va murosasizlik tamoyili bo‘yicha ish ko‘rdi. U 3 muddatlar oralig'ida hukumatni boshqardi: 1.1979-1983-yillar 2.1983-1987-yillar 3.1987-1990-yillar Tetcher Konservativ partiyaning o’ng qanoti qo'llab-quvvatlashi bilan 1975-yilda fevral oyida partiya yetakchisi etib saylangan. Shu tariqa, u Buyuk Britaniya tarixini o’zgartirgan 15 yillik siyosiy ustunligini boshlab bergan. Tetcher hokimiyatga kelganidan so’ng, oldida katta kuch-qudratni ko’rmagan. O’sha paytlarda mamlakatda inflatsiya kuchayib, poyezdlar uchun kechikish oddiy holga aylanib bo’lgan, taksafonlar har doim buzuq bo’lib, ish tashlash kuchaygan. Margaret keyinchalik o’zining Techerizm nomi bilan mashxur bo’lgan yangi iqtisodiy yo’nalishni amalga oshirgan va bu orqali bularning barchasiga chek qo’yishga qaror qilgan. Bu yo’l pul muomalasini qat’iy nazorat qilish, byudjetlar mutanosibligi va moliyaviy xarajatlarga “o’z imkoniyatlarida keliib chiqib yashash” tamoyiliga muvofiq aql bilan yondashishni o’z ichiga olgan. Bu inflyatsiyani pasaytirish uchun zarur bo’lib, hukumat oldida turgan asosiy vazifalardan biri bo’lgan. newjournal.org zenodo.org 4 Ammo, bu vazifalarni amalga oshirish oqibatida ishsizlikning ortib borishi xavfi e'tibordan chetda qolgan. Uning davrida vazirlik soliqlarni kamaytirish, barcha sohalarda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, davlat harajatlarini(ayniqsa, ijtimoiy ehtiyojlar uchun) qisqartirish, korxonalarni xususiylashtirish, kasaba uyushmalarini huquqlarini cheklash kabi yo’nalishlarda ish olib borgan. Garchi inflatsiya bir maromda ushlab turilgan bo’lsada, ammo bu siyosat tez orada ishlab chiqarishni pasayishi, inqirozlar va ko’plab korxobnalarning yopilishi, 30-yillarda kuzatilgan Buyuk Depressiya darajasidagi ommaviy ishsizlikka olib kelgan. 1981-yilning yozida bir qancha shaxarlarda tartibsizliklar boshlanib, buning ortidan Tetcherning mashxurligi keskin pasaya boshladi. "TEMIR XONIM" Laqabi Bundan tashqari, Margaret Tetcher va uning siyosiy faolligi haqida bir qancha ma’lumotlar keltirilgan. Ulardan biri bu- “Temir Xonim” laqabining kelib chiqishi. 1975-yil 5-fevralda Londonning "The Daily Mirrror" gazetasida Tetcher haqida “Temir Xonim” nomli maqola chop etiladi. Bu ibora nemischa "Qiynoq asbobi " nomidan olingan bo’lib, "ichi po’lat mixlar bilan o’ralgan temir quti" degan ma’noni anglatadi. Ammo, bu ibora birinchi bor SSSR ning “Krasnaya Zvezda” gazetasidagi Tetcherning o’z yurtida “temir xonim” deb atalishi haqidagi maqoladan kelib chiqgan bo’lib, u 1976-yil yanvarda inglizlarning “The Sunday Times” deb atalgan gazetasida chop etilgan. MARGARET TETCHERNING TASHQI VA ICHKI SOHADAGI SIYOSATI Margaret Tetcher siyosatda qat’iyatli, murosazisligi va mustaqil fikrliligi bilan tanilgan edi. Bilamizki, Buyuk Britaniya yillar davomida qanchadan-qancha kurashlar, nizolar va siyosiy to’qnashuvlarga duch kelgan, ulardan biri bu Folklend urushi (1982). 1982yilda Argentina hukumati Buyuk Britaniyaga qarashli Folkend orollarini bosib oladi. O’sha vaqtdagi siyosiy rahbar Tetcher bunga javoban zudlik bilan harbiy javob qaytaradi. Jang taxminan 10 hafta davom etadi va Britaniya g’alabasi bilan tugaydi. Ushbu voqea uning ichki va tashqi siyosiy mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, Tetcher davrida Sovet Ittifoqi bilan bo’lgan muzokarali jarayonlar sal newjournal.org zenodo.org 5 bo’lsada o’z yechimini topadi. Sovuq urush (1945-1991) yillarida Tetcher Sovet Ittifoqi yetakchisi M.Gorbachyov bilan muzokaralarda uchrashganida uni “bu odam bilan ishlash mumkin” deya ta’kidlagan. Bu esa o’z navbatida o’rtadagi ziddiyatlarga ijobiy ta’sir ko’rsatgan.Shunday bo’lsada, mamlakatda ish tashlash avj oladi va bir yil davom etgan ish tashlash harakati 1984-yilda to’liq mag’lubiyat bilan yakunlangan. 1987-yilgi saylovlarda esa shimolliklar konservatorlarga qarshi ovoz bergan bo’lsa ham ammo, ular hokimiyatda qolishga muvaffaq bo’lishgan, bu esa Tetcherga o’z islohotlarini davom ettirishga imkon bergan. Biroq, iqtisodiy o’sishning to’xtab qolishi oqibatida ta’lim va sog’liqni saqlash tizimlaridagi bozor o’zgarishlari, shuningdek, ijtimoiy nafaqalarini yana qisqartirilishi bosh vazirning obro’siga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Natijada, 1990-yilda fuqarolarning ommaviy qarshilik harakatlari va zamonaviy Britaniya tarixidagi eng yirik norozilik namoyishlari boshlanib, 1990-yil 22-noybrda Margaret Tetcher iste’foga chiqishga qaror qiladi. Iste’fodan so’ng yana 2 yil mobaynida u Palata a’zosi bo’lib kelgan, ammo keyinchalik 66 yoshida u parlamentni butunlay tark etadi. Masalaning tub mohiyatini ko’ra olish va maqsad sari intilish Tetcherga Angliya konservativ partiyasining yuqori pog’onasiga ko’tarilishiga yordam bergan bo’lsa, qat’iyat va maqsadlari unga 20-asrdagi boshqa Britaniya yetakchilaridan ko’ra uzoqroq hokimiyatda qolish imkonini bergan. Britaniyaning birinchi ayol vaziri sifatida Tetcher kutilganidek ko’p narsaga erisha olmagan, o’z yo’lida doimo to’siq va qiyinchiliklarga duch kelgan. Ammo tez orada ma’lum bo’ldiki, Tetcher qonunchilikdan ijodiy foydalanish orqali o’zidan oldingi 3 ta vazirdan ko’proq natijaga erisha olgan. U davlat iqtisodiyotining tobora cho’kib boryotgan kemasi rulini uning tarafdorlari yoki muxoliflari tasavvur qilganidan ham tezroq va samaraliroq boshqargan. Margaret buni o’ziga bo’lgan mustahkam ishonch, oldindan ko’ra bilish qobilyati, haqiqat va yaxshilikka tayangan holda amalga oshirgan. TETCHERNING MEROSI VA TARIXIY AXAMIYATI 2002-yildan beri Tetcher surunkali sog’liq muommolari, shu jumladan bir nechta kichik insultlar va demensiya bilan kurashib kelgan. Oxirgi yilllarda esa u ochiq chiqishlardan cheklangan. Va 2013-yil 8-aprelda Londonning Ritz mehmonxonasida newjournal.org zenodo.org 6 miya insultidan vafot etadi. 2013-yil 17-aprelda Sankt-Pol katedraliuda (Londonda) marosimi o’tkazildi. Unda Qirol ilohiy muqaddas Britaniyadan tashqari, britaniyalik sobiq bosh vazir, xalqaro mehmonlar ishtirok etdi. Jasadini oldidan ham Mortlake krematoriyasida kuydiriladi va so’ngra 28-sentabrda, maxfiy marosimda xotirasiga bag’ishlangan joyda, Royal Hospital Chelse hududida, turmush o’rtog’i Denis Tetcher yonida dafn qilinadi. Ba’zilar uchun Margaret Tetcher bir vaqtlar qudratli Britaniya kasaba uyushmalarini shavqatsizlarcha mag’lub etgan “temir xonim” bo’lsa, boshqalar uchun mamlakatni yaqinlashib kelayotgana inqirozdan qutqargan, liberal g’oyalar vataniga shaxsiy erkinlik va tadbirkorlarning mustaqilligini qaytargan konservativ bosh vazir bo’lgan. Margaret o’z mamlakati tarixida o’chmas iz qoldirdi, butun Britaniya jamiyatining fikrlash tarziga ta’sir ko’rsatdi. Ehtimol, u qoldirgan eng katta meros uning izidan borishni hohlaydigan yosh lider ayollar uchun o’rnak bo’ladi. XULOSA Bugungi kunda ham “Tetcherizm” tushunchasi siyosatshunoslikda muhim o‘rin tutadi. U liderlik, prinsipiallik va strategik fikrlashning namunasi sifatida eslanadi. U zamonaviy-siyosiy tarixda o'z izini qoldirgan, kuchli, irodali, qat'iy qarorlar egasi bo'lib qolgan. Uning faoliyati Buyuk Britaniya tarixida har sohada, ayniqsa, iqtisodiyotda tubdan o'zgarishlar sodir bo'lgan davr hisoblanadi. Xalqaro maydonda ham mamlakat nufuzi ortdi. Uning siyosiy merosi, g‘oyalari va tajribasi bugungi kunda ham ko‘plab siyosatchilar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. Tetcher nafaqat “Temir xonim”, balki o‘z xalqining taraqqiyoti uchun kurashgan yetakchi sifatida tarix sahifalarida o‘chmas iz qoldirdi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI 1. Britannica Encyclopedia – “Margaret Thatcher Biography”. 2. BBC History Archives – “Margaret Thatcher: Life and Legacy”. 3. https://www.gazeta.uz/oz/2022/10/13/margaret-thatcher/ newjournal.org zenodo.org 7 4. Margaret Thatcher. “The Downing Street Years”. HarperCollins, 1993. 5. Campbell, J. (2011). The Iron Lady: Margaret Thatcher, from Grocer’s Daughter to Prime Minister. Vintage.