scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA YUQUMLI KASALLIKLARNING OLDINI OLISHDA GIGIYENA NAZORATINING O'RNI

Boboyeva Iroda Oʻtkir qizi Samarqand viloyati Narpay tuman Sanitar epidemiologik qo'mita Sanitar gigiyenik laboratoriyasi bo'lim mudiri email: [email protected]

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA YUQUMLI KASALLIKLARNING OLDINI OLISHDA GIGIYENA NAZORATINING O‘RNI UOʻK: 613.92:614.46:373.2(575.1) Boboyeva Iroda Oʻtkir qizi Samarqand viloyati Narpay tuman Sanitar epidemiologik qo‘mita Sanitar gigiyenik laboratoriyasi bo‘lim mudiri email: [email protected] ORCID: 0009-0006-9944-8770 Annotatsiya: Ushbu maqola orqali maktabgacha taʼlim tashkilotlari (MTT) larda yuqumli kasalliklarning oldini olish va unda gigiyena nazoratining o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot davomida maktabgacha ta’lim muassasalarida uchraydigan asosiy yuqumli kasalliklar — respirator, ichak, teri va parazitar infeksiyalar, ularning kelib chiqish sabablari hamda gigiyena sharoitlari bilan bog‘liqligi o‘rganilgan. Shuningdek Sanepidqo`m Narpay tuman boʻlimining 2024 yillik hisoboti va 2025 yil IX oylik hisoboti asosida MTT bolalari orasida gepatit A kasalligi bilan kasallanish darajasi tahlil qilindi, maʼlumotlar olindi va xulosa chiqarildi. Maqolada gigiyenik nazoratni kuchaytirish, ota-onalar va tarbiyachilarning gigiyena madaniyatini oshirish, profilaktik emlashni to‘liq amalga oshirish hamda xalqaro tajriba asosida samarali profilaktika dasturlarini joriy etish bo‘yicha takliflar berilgan. Tadqiqot natijalari bolalar sog‘lomligini mustahkamlash va MTT muhitida yuqumli kasalliklar tarqalishini kamaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: gigiyena nazorati, yuqumli kasalliklar, maktabgacha ta’lim tashkiloti, profilaktika, emlash, sanitariya, bolalar sog‘lomligi, jamoat gigiyenasi. newjournal.org zenodo.org 2 Роль гигиенического контроля в профилактике инфекционных заболеваний в дошкольных образовательных организациях УДК: 613.92:614.46:373.2(575.1) Бобоева Ирода Уткир кизи заведующий отделом санитарно-гигиенической лаборатории Нарпайского района Самаркандской области email: [email protected] ORCID: 0009-0006-9944-8770 Аннотация: В данной статье анализируется роль профилактики инфекционных заболеваний и гигиенического контроля в дошкольных образовательных организациях (ДОО). В ходе исследования были изучены основные инфекционные заболевания, встречающиеся в дошкольных образовательных учреждениях - респираторные, кишечные, кожные и паразитарные инфекции, их причины и связь с гигиеническими условиями. Также на основе годового отчета Нарпайского районного отдела Санитарно-эпидемиологического комитета за 2024 год и отчет за IX месяц 2025 года был проанализирован уровень заболеваемости гепатитом А среди детей ДОУ, получены данные и сделаны выводы. В статье представлены предложения по усилению гигиенического контроля, повышению гигиенической культуры родителей и воспитателей, полной реализации профилактических прививок и внедрению эффективных профилактических программ на основе международного опыта. Результаты исследования включают практические рекомендации, направленные на укрепление здоровья детей и снижение распространения инфекционных заболеваний в среде ДОО. newjournal.org zenodo.org 3 Ключевые слова: гигиенический контроль, инфекционные заболевания, дошкольная образовательная организация, профилактика, вакцинация, санитария, здоровье детей, общественная гигиена. The role of hygiene control in the prevention of infectious diseases in preschool educational organizations UDC: 613.92:614.46:373.2(575.1) Boboeva Iroda Utkir kizi Head of the Department of the Sanitary and Hygienic Laboratory of the Sanitary and Epidemiological Committee of the Narpay District, Samarkand Region email: [email protected] ORCID: 0009-0006-9944-8770 Abstract: Through this article, the role of hygiene control and prevention of infectious diseases in preschool educational organizations (PEOs) is analyzed. The study examined the main infectious diseases encountered in preschool educational institutions - respiratory, intestinal, skin, and parasitic infections, their causes, and their relationship with hygiene conditions. Also, based on the annual report of the Narpay District Department of the Sanitary and Epidemiological Committee for 2024 and the report for the IX month of 2025, the incidence of hepatitis A among children in preschool educational institutions was analyzed, data were obtained, and a conclusion newjournal.org zenodo.org 4 was drawn. The article presents proposals for strengthening hygiene control, raising the hygiene culture of parents and educators, fully implementing preventive vaccinations, and implementing effective preventive programs based on international experience. The research results include practical recommendations aimed at strengthening children's health and reducing the spread of infectious diseases in the preschool environment. Keywords: hygiene control, infectious diseases, preschool educational organization, prevention, vaccination, sanitation, children's health, public hygiene. Kirish Maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) bolalarning ijtimoiylashuvi, bilim olishi va tarbiyalanishida muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, MTT lari — katta jamoa, yopiq xonalar va doimiy yaqin muloqot tufayli turli yuqumli kasalliklar tez tarqaladigan joylardan biridir. 3–6 yoshli bolalarning immun tizimi to‘liq shakllanmaganligi bois ular ko‘plab virus va bakteriyalarga nisbatan zaif bo‘ladi. Dunyo Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) maʼlumotlariga ko‘ra, MTT muassasalarida yuqumli kasalliklar tarqalish xavfi uy sharoitidagi bolalarga nisbatan 23 baravar yuqori (Nesti va Goldbaum, 2007). Zamonaviy tadqiqotlar shuni newjournal.org zenodo.org 5 ko‘rsatadiki, MTT muassasalarida gigiyena nazoratining yetarli darajada amalga oshirilmasligi nafas yo‘llari va oshqozon-ichak infeksiyalarining keng tarqalishiga olib keladi (Wu va boshq., 2022; Pidjadee va boshq., 2024). O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimi rivojlanishi bilan birga, bu muassasalarda yuqumli kasalliklarning oldini olish masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Respublikada 2025-yilga kelib 13,000 dan ortiq MTT muassasasi faoliyat yuritmoqda va ularda 1,5 million dan ortiq bola taʼlim olmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori, 2019). Ammo bu muassasalarda gigiyena nazorati tizimining zaifligiga oid muammolar hali ham o‘z yechimini kutmoqda (Ataniyazova va boshq., 2014). Ushbu maqolada MTT larda yuqumli kasalliklar va ular orasida eng ko`p uchraydigan gepatit A kasalligini oldini olishda gigiyena nazoratining o‘rni, kasalliklarning kelib chiqish sabablari va ularni oldini olish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqot maqsadi: MTT muassasalarida yuqumli kasalliklarning oldini olishda gigiyena nazoratining o‘rni va samaradorligini baholash, hamda bu sohadagi eng yaxshi xalqaro tajribalarni tahlil qilish. Shu bilan birga, MTT muassasalarida keng tarqalgan yuqumli kasalliklarni aniqlash va ularning epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish, gigiyena nazorati komponentlarini va ularning samaradorligini baholash, xalqaro tajribadan kelib chiqib, eng samarali gigiyena nazorati choralarini aniqlash hamda O‘zbekiston sharoitida qo‘llash mumkin bo‘lgan tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Ushbu tadqiqot quyidagi savollarga javob beradi: 1) MTT muassasalarida qanday yuqumli kasalliklar eng ko‘p uchraydi? 2) Gigiyena nazoratining qaysi komponentlari eng samarali? 3) Xalqaro tajribada qanday eng yaxshi amaliyotlar mavjud? 4) O‘zbekiston sharoitida qanday yondashuvlar eng maqbul? Adabiyotlar sharhi va nazariy asoslar: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarning shaxsiy gigiyena qoidalari, sogʻlom turmush tarziga amal qilishi, yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish, bilim olishi va tarbiyalanishi boʻyicha koʻplab ilmiy tadqiqotlar va adabiyotlar mavjud. Masalan, Pidjadee va boshq., (2024) sistematik sharhi ko‘rsatishicha, MTT muassasalarida eng newjournal.org zenodo.org 6 ko‘p tarqalgan kasalliklar nafas yo‘llari infeksiyalari (60-70%), diareya kasalliklari (15-25%) va teri infeksiyalari (8-15%) ni tashkil etadi. Wu va boshq., (2022) randomizatsiyalangan nazorat ostidagi tadqiqoti MTT larida qo‘l gigiyenasi dasturi joriy etilgandan so‘ng bolalardagi qo‘llar mikrobiologik kontaminatsiyasi 62.5% ga kamayganini ko‘rsatdi. Staniford (2020) ning sistematik sharhi MTT larida qo‘l gigiyenasi dasturlari diareya kasalliklarini 28-48% ga, nafas yo‘llari infeksiyalarini esa 20-50% ga kamaytirganini tasdiqladi. Tahoun va hamkasblarining (2019) Misrda o‘tkazilgan tadqiqoti gigiyena nazorati bo‘yicha bilimlarning yetarlilik darajasi MTT xodimlarining atigi 2,5% ida borligini aniqladi. Feng va boshq., (2024) Xitoyda o‘tkazilgan katta ko‘lamli epidemiologik tadqiqoti MTT muassasalarida gigiyena choralarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi kasallik tarqalish tezligini 65% gacha kamaytirishini ko‘rsatdi. Okubo va boshq., (2024) Yaponiyadagi tadqiqoti esa pandemiya davrida MTT muassasalarida kuchaytirilgan gigiyena choralari kasallanish darajasini sezilarli darajada pasaytirgani haqida dalillar keltiradi. Yuqumli kasalliklarning tarqalish zanjiri nazariyasiga ko‘ra, yuqumli kasallikning tarqalishi uchun uch asosiy komponent zarur: kasallik manbai, yuqish yo‘li va sezgir organizm. MTT muassasalarida gigiyena nazorati aynan bu zanjirni uzishga qaratilgan (Churchill, 2005). Sanitariya va gigiyena baryeri modeli ko‘rsatishicha, bir nechta gigiyena baryerlari (qo‘l yuvish, sirt tozalash, ventilyatsiya) birgalikda qo‘llanilganda maksimal himoya effektiga erishish mumkin (Shane, 2020). O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining (2020) “Maktabgacha ta’lim muassasalarida gigiyena va sanitariya qoidalari” manbasi MTT larda gigiyena qoidalarini belgilaydi va ularning ahamiyatini ta’kidlaydi. WHO (Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti) (2021) “Bolalar va o‘smirlar uchun emlash dasturlari” emlashning ahamiyatini va bolalar sog‘lig‘ini saqlashdagi rolini ko‘rsatadi. UNICEF (2022) “Bolalar sog‘lig‘ini saqlash va gigiyena” manbasi bolalar sog‘lig‘ini saqlashda gigiyena va sanitariya muammolarini tahlil qiladi. newjournal.org zenodo.org 7 Fayzilloyeva (2024) ning bolalar o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish: muammo va yechimlar tahlilida yuqumli kasalliklarning oldini olish masalasi nafaqat tibbiy yondashuvlarni, balki ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik omillarni ham o‘z ichiga olishi bayon qilgan. Uning fikricha innovatsion texnologiyalar, xalqaro tajribalar va jamoat sog‘ligi sohasidagi yangiliklar bolalar o‘rtasida yuqumli kasalliklarni oldini olishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda . Shuningdek, Tursunova (2025) ning “Bolalarning sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda gigiyenik tarbiyaning ahamiyati” maqolasida bolalar bilan kundalik faoliyatda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish ularning hayot tarzining ajralmas qismiga aylanishi uchun zarurligi ta’kidlanib, shu orqali bolalarda gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirish va ularni muntazam ravishda rivojlantirishga e’tibor qaratish lozimligi aytilgan. Yuqumli kasalliklar profilaktikasi nomli Bekbergenov (2025) tahlilida bolalar orasida keng tarqalgan kasalliklar — respirator infeksiyalar, ichak kasalliklari, virusli va parazitar infeksiyalar misolida ularning kelib chiqish sabablari, gigiyenik omillar, emlashning ahamiyati va sanitariya sharoitlari yoritilgan. Ahmedjonova, Qo‘ldoshova (2022) larning Maktabgacha yoshdagi bolalarning madaniy-gigiyena malakasini shakllantirish tamoyillari yordamida gigiyena nazoratini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bu muammolarning oldini olish haqida tavsiyalar berilgan. Ravshanova va To‘xtayevalar (2020) maqolasida yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘layotgan omillarni tahlil qilish va gigiyena nazoratini kuchaytirish orqali ularning oldini olish yo‘llarini koʻrish mumkin. Shuningdek Sanepidqoʻm Narpay tuman boʻlimining 2024 yillik hisoboti va 2025 yil IX oylik hisoboti asosida davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti (DMTT) bolalari orasida gepatit A kasalligi bilan kasallanish darajasi tahlil qilindi, maʼlumotlar olindi va xulosa chiqarildi. Metodologiya Ushbu tadqiqot sistematik adabiyotlar sharhi metodologiyasiga asoslanadi. Qidiruv strategiyasi PubMed, Scopus, Web of Science va Springer maʼlumotlar bazalarida 2015-2025 yillar oralig‘ida nashr etilgan Q1-Q3 darajasidagi jurnallar newjournal.org zenodo.org 8 bo‘yicha amalga oshirildi. Shuningdek, ushbu tadqiqotda sifatli va miqdoriy metodlar qo‘llanildi, bu esa tadqiqotning har tomonlama va chuqur o‘rganilishini taʼminladi. Tadqiqot jarayonida quyidagi metodologik yondashuvlar qo‘llanildi: 1. Sifatli metodlar orqali DMTT larida gigiyena nazoratining amaliyotini o‘rganish maqsadida bir qator intervyu va so‘rovnomalar o‘tkazildi. 2. Tadqiqotda ishtirok etuvchi DMTT xodimlari, gigiyena va epidemiologiya mutaxassislari va ota-onalar bilan chuqur intervyular o‘tkazildi. Tibbiyot xodimlari, tarbiyachilar va ota-onalarning gigiyena borasidagi xabardorlik darajasi o‘rganildi. Intervyular davomida gigiyena nazoratining amaliyotlari, muammolar va ularni hal etish yo‘llari haqida fikrlar yig‘ildi. Intervyu savollari ochiq va yopiq shaklda bo‘lib, ishtirokchilarning fikrlarini kengaytirishga imkon berdi. 3. Tadqiqot davomida 25 ta MTT bo‘yicha mavjud statistik ma’lumotlar yig‘ildi. Ushbu ma’lumotlar MTT lardagi gigiyena nazoratining holati, gepatit A tarqalishi va ularning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar haqida maʼlumot berdi. 4. Sanepidqo‘m ning Samarqand viloyati Narpay tuman epidemiologiya bo‘limi va bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘limidan olingan kasalliklar tarqalishi bo‘yicha hisobotlar tahlil qilindi. Bu hisobotlar MTT larda gigiyena qoidalariga rioya qilinishi va kasalliklar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashda yordam berdi. 5. Tadqiqot davomida 25 ta DMTT va 200 ta ota-onadan ma’lumotlar yig‘ildi. Ushbu metodik yondashuvlar orqali MTT larda gigiyena nazoratining amaliyoti va uning samaradorligi haqida keng qamrovli ma’lumotlar to‘plandi. Gepatit A bilan kasallangan MTT bolalari soni aniqlandi. Tadqiqot natijalari bolalar sog‘lig‘ini saqlash va gigiyena qoidalariga rioya qilishni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Tahlil va natijalar muhokamasi Xalqaro tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, MTT muassasalarida quyidagi kasalliklar eng ko‘p uchraydi: Nafas yo‘llari infeksiyalari (60-70%): ORVI, gripp, bronxit va pnevmoniya kabi kasalliklar MTT muassasalarida eng keng tarqalgan (Nesti va Goldbaum, 2007). newjournal.org zenodo.org 9 Ushbu kasalliklar asosan havoda tarqaladigan tomchilar orqali yuqadi va zich joylashgan guruhlarda tez tarqaladi. Nafas yo‘llari infeksiyalari orasida gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar, shuningdek shamollash asoratidan kelib chiqadigan bronxit va pnevmoniya ko‘p kuzatiladi, bular havo-tomchi yo‘li orqali yuqib, isitma, yo‘tal, burun oqishi va umumiy holsizlik bilan namoyon bo‘ladi hamda davolash kechiksa og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Emlanmagan bolalarda qizamiq, qizilcha va parotit kabi yuqori yuqumli kasalliklar ham tez tarqaladi, ular toshmalar, isitma, limfa tugunlari kattalashishi, quloq bezlarining shishi kabi belgilar bilan namoyon bo‘lib, miya yallig‘lanishi, bepushtlik kabi xavfli asoratlarni keltirib chiqaradi, shuning uchun emlash juda muhimdir. Oshqozonichak infeksiyalari (15-25%): Norovirus gastroenteriti, rotavirus va bakterial diareya keng tarqalgan (Wu va boshq., 2022). Bu kasalliklar asosan fekalog‘iz yo‘li orqali yuqadi va gigiyena qoidalarining buzilishi natijasida rivojlanadi. Rotavirus va enterovirus odatda “bog‘cha diareyasi” sifatida namoyon bo‘lib, ich ketishi, qayt qilish, qorin og‘rig‘i va suvsizlanishga olib keladi, dizenteriya, salmonellyoz va E.coli infeksiyalari esa ko‘proq sifatsiz ovqat va suv orqali yuqib, qon aralash ich ketishi, og‘ir intoksikatsiya va suvsizlanish bilan kechadi. Teri va ko‘z kasalliklari (8-15%): Konyuktivit, dermatit va boshqa teri infeksiyalari kuzatiladi (Feng va boshq., 2024). Bu kasalliklar bevosita kontakt orqali yuqadi. Teri va shilliq qavat kasalliklaridan stafilokokk va streptokokk infeksiyalari yiringli toshmalar, yara va furunkullar bilan kechadi, qo‘tir esa kuchli qichishish va mayda toshmalar bilan ifodalanib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri teri kontakti orqali yuqadi, mikoz (zamburug‘ infeksiyalari) esa umumiy oyoq kiyim yoki gilam orqali tarqalib, tirnoqlarning mo‘rtlashishi va teri qizarishi bilan namoyon bo‘ladi. Parazitar kasalliklar ham keng tarqalgan bo‘lib, askaridoz va enterobioz kabi gelmintozlar ko‘proq iflos qo‘l va yuvilmagan sabzavot-mevalar orqali yuqadi, qorin og‘rig‘i, uyqusizlik, ishtaha pasayishi va ozib ketishga olib keladi, lyamblioz esa iflos suv va qo‘l orqali tarqalib, qorin dam bo‘lishi, ich buzilishi va allergik toshmalar bilan namoyon bo‘ladi. MTT larda yuqumli kasalliklarning tarqalishiga ko‘plab muammolar sabab bo‘ladi va ularning eng asosiylari sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq rioya newjournal.org zenodo.org 16 rolini o‘rganish, mahalliy-madaniy omillarning gigiyena choralariga taʼsirini aniqlash kelgusi tadqiqotlar uchun yo‘nalishlar vazifasini o`taydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Ataniyazova, O.A., Negmatov, B., Parpiev, O. (2014). A Cost-Benefit Analysis of Early Childhood Hygiene Interventions in Uzbekistan. European Journal of Business and Economics, 7(14), 183-189. 2. Churchill, R.B. (2005). Infection control challenges in child-care facilities and other pediatric community-based settings. Infection Control and Hospital Epidemiology, 26(2), 185-190. 3. Feng, Y., Chen, S., Zhang, L., et al. (2024). Epidemiological characteristics of infectious disease outbreaks in schools in Zhejiang Province, China. Frontiers in Public Health, 12, 1362847. 4. Nesti, M.M., Goldbaum, M. (2007). Infectious diseases and daycare and preschool education. Jornal de Pediatria, 83(4), 299-312. 5. Okubo, Y., Michihata, N., Morisaki, N. (2024). Infection prevention measures and its determinants in childcare facilities during the COVID-19 pandemic in Japan. Journal of Infection and Chemotherapy, 30(3), 234-241. 6. Pidjadee, C., Klunklin, A., Suksatit, B., et al. (2024). The effect of infection prevention and control programme for childcare workers in daycare centres: A systematic review and meta-analysis. Journal of Clinical Nursing, 33(8), 28922906. 7. Rabie, T., Curtis, V. (2006). Handwashing and risk of respiratory infections: a quantitative systematic review. Tropical Medicine & International Health, 11(3), 258-267. 8. Shane, A.L. (2020). Infections associated with group childcare. Red Book: 20212024 Report of the Committee on Infectious Diseases, 32nd ed, 132-151. 9. Staniford, L.J., Schmidtke, K.A., Watson, S., et al. (2020). A systematic review of hand-hygiene and environmental-disinfection interventions in settings with children. BMC Public Health, 20, 195. newjournal.org zenodo.org 17 10. Tahoun, M.M., Hassan, A.A., Elkashef, W.F., et al. (2019). Infection control in child daycare centers in Alexandria, Egypt. Journal of Infection and Public Health, 12(3), 372-379. 11. Wu, S., Zhu, Q., Yang, Y., et al. (2022). Effect of hand hygiene intervention in community kindergartens of Changsha. International Journal of Environmental Research and Public Health, 19(21), 14349. 12. Zomer, T.P., Erasmus, V., van Empelen, P., et al. (2015). A hand hygiene intervention to reduce infections in child daycare: a randomized controlled trial. Epidemiology and Infection, 143(12), 2494-2502. 13. Ahmedjonova, N.A. va Qo‘ldoshova, V.F. (2022) Maktabgacha yoshdagi bolalarning madaniy-gigiyena malakasini shakllantirish tamoyillari. Uchenyy XXI veka, (3[84]), p.36. 14. Bekbergenov, N.U. (2025) Yuqumli kasalliklar profilaktikasi. Ilm fan xabarnomasi, 10(1). 15. Fayzilloyeva, N.F. (2024) Bolalar o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish: muammo va yechimlar tahlili. Innovative Academy, pp.24–27. 16. Tursunova, N. (2025) Bolalarning sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda gigienik tarbiyaning ahamiyati. Akademik tadqiqotlar zamonaviy fanlarda, 4(4), pp.118–122. 17. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi. (2020) Maktabgacha ta’lim muassasalarida gigiyena va sanitariya qoidalari. Toshkent: SSV. 18. World Health Organization (WHO). (2021) Bolalar va o‘smirlar uchun emlash dasturlari. Geneva: WHO. 19. UNICEF. (2022) Bolalar sog‘lig‘ini saqlash va gigiyena. New York: UNICEF. 20. Sanepidqo‘m Narpay tuman bo‘limi. (2024) Yillik hisobot. pp.5–6. 21. Sanepidqo‘m Narpay tuman bo‘limi. (2025) To‘qqiz oylik hisobot. pp.7–8, 12. 22. Ravshanova, M.Y. , To‘xtayeva, N.T. (2020) Yuqumli kasalliklarning epidemiologiyasi va profilaktikasi. Toshkent: Tibbiyot nashriyoti. newjournal.org zenodo.org 18