MUSTAQILLIK DAVRI O'ZBEKISTON AMALIY SAN'ATIDA MINIATYURA AN'ANALARINING TALQINI: TAXLILIY MANZARA
Abstract
O‘zbekistonning mustaqillikka erishganidan so‘ng milliy o‘zlikni anglash va an’anaviy qadriyatlarni tiklash jarayonlarida amaliy san’atning o‘rni muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur davrda miniatyura san’ati an’analariga e’tibor qaratilib, ularni zamonaviy amaliy san’at asarlarida yangicha talqin etish tendensiyasi kuchayib bordi. Ushbu ilmiy maqolada mustaqillik yillaridagi O‘zbekiston amaliy san’atida miniatyura an’analarining mohiyatli aks etilishi, bu jarayonga xos bo‘lgan muayyan xususiyatlar va uning o‘ziga xos o‘ziga xosliklari tahlil qilinadi.
Full text
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 22 MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEKISTON AMALIY SAN’ATIDA MINIATYURA AN’ANALARINING TALQINI: TAXLILIY MANZARA Zilolaxon Asqarova San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti doktoranti (DSc), kafedra dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.17463057 Annotatsiya. O‘zbekistonning mustaqillikka erishganidan so‘ng milliy o‘zlikni anglash va an’anaviy qadriyatlarni tiklash jarayonlarida amaliy san’atning o‘rni muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur davrda miniatyura san’ati an’analariga e’tibor qaratilib, ularni zamonaviy amaliy san’at asarlarida yangicha talqin etish tendensiyasi kuchayib bordi. Ushbu ilmiy maqolada mustaqillik yillaridagi O‘zbekiston amaliy san’atida miniatyura an’analarining mohiyatli aks etilishi, bu jarayonga xos bo‘lgan muayyan xususiyatlar va uning o‘ziga xos o‘ziga xosliklari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: миниатюра, амалий санъат, наққошлик, заргарлик, ранг, композиция, ёғоч ўймакорлиги, қутича, Шарқ, достон. Аннотация. После обретения Узбекистаном независимости роль прикладного искусства в процессах национального самосознания и возрождения традиционных ценностей приобрела важное значение. В этот период уделялось особое внимание традициям миниатюрной живописи, усиливалась тенденция к их новому осмыслению в произведениях современного прикладного искусства. В данной научной статье анализируется существенное отражение традиций миниатюры в прикладном искусстве Узбекистана в годы независимости, характерные особенности этого процесса и его специфические черты. Ключевые слова: миниатюра, прикладное искусство, художественная роспись, ювелирное дело, цвет, композиция, резьба по дереву, шкатулка, Восток, дастан. Abstract. After Uzbekistan gained independence, the role of applied art in the processes of national self-awareness and the restoration of traditional values became increasingly important. During this period, attention was paid to the traditions of miniature art, and the tendency towards their new interpretation in works of contemporary applied art intensified. This scientific article analyzes the essential reflection of miniature traditions in the applied art of Uzbekistan during the years of independence, the specific features inherent in this process, and its unique characteristics. Keywords: miniature, applied art, painting, jewelry, color, composition, wood carving, box, East, epic. Mustaqil rivojlanishning dastlabki yillarida O‘zbekiston ulkan iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelgan bo‘lsa-da, davlat madaniyat va san’at, xususan, badiiy hunarmandchilik sohalarining tiklanishi va ravnaqini o‘z zimmasiga oldi. Bu boradagi sa’y-harakatlar nafaqat an’analarni asrab qolish, balki uni zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga qaratildi. Davlat tomonidan “Xalq ustasi” unvoni ta’sis etilib, eng iste’dodli hunarmandlar O‘zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy va faxriy a’zolari etib saylandi. “Usta – shogird” an’anasining yo‘lga qo‘yilishi yosh
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 23 avlodga bilim va tajribani yetkazishda muhim o‘rin tutdi. Mustaqillik yillarida davlat, jamoat, xususiy va xalqaro tashkilotlarning hamkorligi natijasida O‘zbekistonda an’anaviy badiiy hunarmandchilikni tiklash va rivojlantirish sohasida samarali boshqaruv tajribasi shakllantirildi. Xususiy mulkning barpo etilishi esa bu borada erishilgan yutuqlarning muhim omillaridan biriga aylandi. Xalq hunarmandchiligining maqomini mustahkamlash, uni iqtisodiy va qonuniy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator hukumat hujjatlari qabul qilindi. Ustalarning o‘zlari ham o‘zgarishlar zarurligini anglab, mahsulot sifatini oshirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatdilar. Bu jarayonda olimlar, mutaxassislar va san’atshunoslardan iborat ekspertlar hamjamiyatining roli beqiyos bo‘ldi. 2017 yildan boshlab, O‘zbekistonda hunarmandchilikni rivojlantirishda yangi davr boshlandi. Prezident Farmonlari va boshqa qator hukumat hujjatlari asosida sohaning moliyaviy, ijtimoiy va boshqa imtiyozlarni o‘z ichiga olgan rivojlanish strategiyasi belgilab berildi. Hunarmandchilikni rivojlantirish, O‘zbekistonning milliy imidjini ko‘tarish va turizm sanoati uchun boy, ammo hali to‘liq foydalanilmagan manba sifatida qarash kengaydi. Ushbu barcha siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va estetik omillar va hodisalarning majmuasi O‘zbekiston an’anaviy badiiy hunarmandchiligining rivojida muhim bosqichni belgilab berdi. Bugungi kunda sirlangan kulolchilik, zargarlik, yog‘och o‘ymakorligi va naqqoshlik, kashtachilik, zardo‘zlik, gilamchilik, namatchilik, an’anaviy matolar tayyorlash, miniatyura tasvirlari bilan bezatilgan papye-mashe mahsulotlari kabi yo‘nalishlar eng muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Shu bilan birga, kandakorlik va chitgarlik sohalarida tiklanish va ijodiy rivojlanish borasidagi muammolar hali ham dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. XX asr oxirida O‘zbekistonda Sharq miniatyurasi an’anasining jonlanishi milliy madaniyatimizdan muhim o‘rin tutdi. Avvallari asosan qog‘ozda yaratilgan bu san’at turi, endilikda papye-mashe, keyinchalik esa charm va qovoqchalar kabi turli amaliy materiallarda ham o‘z ifodasini topdi. Bugungi kunda ushbu yo‘nalish eng mashhur hunarmandchilik turlaridan biriga aylanib, Toshkent, Buxoro, Xiva, Samarqand kabi shaharlarimizda rivojlanmoqda. Ammo, bozor talablari va ommaviy ishlab chiqarishga intilish, afsuski, bu san’at turida sifat yo‘qotishlariga ham olib keldi. Aynan shu sababdan, sharq miniatyurasi an’anasini jonlantirishda bosh-qosh bo‘lgan N. Xolmatov, Sh. Muxamedjanov, B. Yuldashev, B. Xadjimetov kabi rassomlar an’anaviy qadriyatlar sofligini saqlab qolish maqsadida, o‘z asarlarini hozirda asosan qog‘oz va mato kabi an’anaviy materiallarda yaratishga urinmoqdalar. Shu bilan birga, xalq hunarmandchiligining ijtimoiy mavqeini mustahkamlashga qaratilgan tashkiliy choratadbirlar va soliq imtiyozlari xalq ustalarining moliyaviy ahvolini yaxshilashga hamda o‘z mahsulotlarini bozorda munosib namoyish etish imkonini berdi. Biroq, bozor sharoitlariga moslashish jarayonida bir qator salbiy hodisalar ham kuzatilmoqda. Bunga xalq ustalari ijodida o‘ylanmagan yangiliklar, mahalliy an’analarga yot bo‘lgan mavzular va texnologik uslublarning paydo bo‘lishi misol bo‘la oladi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda miniatyura san’ati an’anaviy va zamonaviy yo‘nalishlarni o‘zida mujassam etgan keng qamrovli badiiy tendensiyaga aylandi. Bugungi kunda miniatyuralar lak miniatyuralari, devoriy rasmlar, qog‘oz, mato va teriga ishlangan asarlarni o‘z ichiga oladi. Buyuk o‘zbek musavviri Kamoliddin Behzod ijodi zamonaviy miniatyura ustalari uchun muhim ilhom manbaiga aylanib, milliy madaniyatimizni yuksaltirish va yangi badiiy asarlar yaratishga xizmat qilmoqda.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 24 So‘nggi o‘ttiz yil ichida o‘zbek miniatyura san’ati tadrijiy rivojlanish bosqichini boshidan kechirdi. Rassomlarning soni sezilarli darajada ko‘paydi va o‘zbek miniatyurasiga xos bo‘lgan muayyan tematik yondashuvlar shakllandi. Ijodiy izlanishlar xarakteriga ko‘ra, zamonaviy miniatyura ustalari asarlarini ikkita asosiy yo‘nalishga ajratish mumkin: An’anaviylikka asoslangan yo‘nalish: Bu yo‘nalishda rassomlar lak, qog‘oz, teri va matoda ishlashda Sharqning o‘rta asrlardagi kitob miniatyuralari maktablariga xos bo‘lgan qoida va qonuniyatlarga qat’iy rioya qiladilar. Individuallikka intilgan yo‘nalish: Ikkinchi yo‘nalishda mualliflar o‘rta asrlarning an’anaviy miniatyura maktablariga xos bo‘lgan kanonik tizimdan chekinib, texnologik jarayon hamda asarning obrazli yechimida o‘zgachalik va individuallikka erishishga intiladilar. 1980-1990-yillardagi miniatyura rassomlarining tematik moyilligini tahlil qilganda, quyidagilarni e’tiborga olish lozim: “Birinchi to‘lqin” vakillari: SH. Muhammadjonov, N. Xolmatov, G. Kamolov, T. Boltaboyev, X. Nazirov, A. Yo‘ldoshev kabi rassomlar, o‘z ijodlarida, asosan, Sharq mumtoz she’riyatiga xos adabiy syujetlarni (masalan, “Farhod va Shirin”, Alisher Navoiyning “Layli va Majnun”, Firdavsiyning “Shohnoma” kabi asarlardan olingan lavhalar) va xalq ertaklaridagi voqealarni tasvirlashga ustunlik berganlar. Ularning asarlarida har doim ham aniq bir adabiy manbaga ishora qilinishi mumkin, ammo ularning uslubi o‘rta asr miniatyuralariga xos an’analarni aks ettiradi. “Ikkinchi to‘lqin” vakillari: B. Yo‘ldoshev, U. Qosimov, F. Rahmatullayev, Sh. Shoahmedov, M. Po‘latov, D. Toshev, B. Bobonazarov, B. Hojimetov, A. Karimov, Q. Mirzayev, B. Gulmirzayev, Q. Omonov, Ch. Payziyeva, Z. Yusupov, S. Jalilova, X. Toshboyev kabi rassomlar esa o‘rta asr adabiy manbalariga murojaat qilish barobarida, ularning o‘zini emas, balki motivlarini asos qilib olgan holda, zamonaviy va yorqin kompozitsiyalar yaratishga intilganlar. Bu asarlarda muayyan adabiy syujetga bevosita ishora qilinmasligi mumkin, lekin ular o‘rta asr miniatyuralari uslubi va motivlarini aniq his ettiradi. Bu rassomlar o‘z asarlarida an’anaviy uslublarni saqlab qolish bilan birga, ularga yangicha yondashuvni olib kirganlar. Monumental naqshlar va zargarlik buyumlarini yaratish sohasidagi ijodni miniatyura san’ati bilan birga qo‘shib olib borgan iste’dodli musavvir Niyozali Xolmatovning ham O‘zbekiston miniatyurasi rivojiga qo‘shgan xissasi salmoqlidir. Badiiy hunarmandchilikning bir necha turlari bilan shug‘ullanishi rassomning miniatyura rangtasviri olamidagi ijodiy izlanishlarini yanada boyitdi. Xususan, uning miniatyuralaridagi yorqin bezakli bo‘yoqlar qabarib turgan sirli halqachalarni eslatadi. N.Xolmatovning asarlari suratning mutanosibligi, kompozitsiyaning lo‘ndaligi, xatning sipoligi bilan farqlanib turadi. N.Xolmatov O‘zbekistondagi rassomlar orasida birinchilardan bo‘lib asarlarida tasavvufona g‘oyalarni ifodalagan. Bu diniy ta’limot O‘rta asrlarda badiiy ijodga, kishilarning ma’naviy-axloqiy qarashlariga samarali ta’sir ko‘rsatgan. N.Xolmatov ushbu ulkan hodisani chuqur his qilgan va buni Zamonaviy O‘zbekiston san’atida ko‘rsatish zururligini anglagan ijodkordir. O‘zbekiston xalq ustasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Niyozali Xolmatov zamonaviy miniatyura san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. Zamonaviy lokli miniatyura san’atida qadimgi musavvirlarning rassomlik an’analari davomchilaridan biri bo‘lgan. Rassomning nafis ishlangan lok buyumlari yuqori professionalligi bilan ajralib turadi. Niyozali Xolmatovning ko‘p qirrali iste’dodi nafaqat lokli miniatyura san’atida, balki dastgohli rangtasvirning moybo‘yoq va tempera texnikalari, kitob illyustratsiyasi, emal va zargarlik san’atida ham namoyon bo‘lgan. Ustaning barcha asarlari muallifning o‘ziga xos individualligi bilan uyg‘unlashgan bo‘lib, uni
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 25 boshqa rassomlarning asarlari bilan almashtirib bo‘lmaydi – mumtoz jihatdan jiddiy kompozitsiya, ifoda vositalaridan ixcham va nozik foydalanish va yuqori texnik mahorat egasi. Niyozali Xolmatov “Darvesh”, “Darvesh yashil yostiqli”.1997 yil. Mazkur badiiy kompozitsiya yog‘och panno asosida, mis yuzasiga emal texnikasi orqali amalga oshirilgan. Ijod namunasining markaziy qismida mashshoq figurasi tasvirlangan. Uning qo‘lida an’anaviy musiqa asbobi bo‘lmish dutor mavjud bo‘lib, figuraning tanasi yonbag‘ridagi toshga suyangan holda joylashtirilgan. Mashshoqning bosh va ust kiyimida bir xil ranglar uyg‘unligi seziladi: oq, sariq va qizil rangdagi murakkab naqshlar bilan bezatilgan. San’atkor mashshoq figurasini to‘liq gavdada ijro etgan, bu uning har bir detalining aniq aks etishiga imkon beradi. Asarning fon qismi moviy, oq va ko‘k ranglar palitrasi bilan yaratilgan. Ranglarning ushbu tanlovi kompozitsiyaga chuqurlik va vizual joziba bag‘ishlaydi, asosiy figurani ajratib ko‘rsatishga xizmat qiladi. Umumiy tasvirda milliy musiqa madaniyatiga oid motivlar va ijrochilik san’ati unsurlari o‘z aksini topgan. “Darvesh yashil yostiqli”. asari ham 1997-yilda yaratilgan bo‘lib, yog‘och pannoga mis yuzasi orqali emal texnikasida ijro etilgan miniatyuradir. Kompozitsiyaning asosiy sujetini xayolga cho‘mgan holda, yashil rangdagi yostiqqa suyangan holda o‘tirgan darvesh figurasi tashkil etadi. Darveshning bosh kiyimi va liboslari havorang, qizil va sariq ranglar uyg‘unligidagi naqshlar bilan bezatilgan. Bu ranglar va naqshlar kompozitsiyaning umumiy vizual qamrovini boyitadi. Asarning orqa fonida havorang rangdagi gullar tasviri joylashtirilgan. Ushbu fon elementi umumiy tasvirga nazokat va ranglar uyg‘unligini ko‘shadi, shu bilan birga asisiy figurani yanada adjratib ko‘rsatadi. Asar darvesh obrazi va uning falsafiy holatini emal san’atining nozik uslubida ifodalaydi. Niyozali Xolmatov. “Zirak”. 1987 yil. Mazkur kompozitsiya bir xil hajmdagi va oval shaklidagi ikki taqinchog‘ (zirak) dan iborat bo‘lib, ularning har biri emal texnikasi yordamida bezatilgan.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 26 Birinchi zirak: Oval shakldagі ushbu zіrakda asіsіy sudjet sifatida gul ustiga kөnib turg‘an, ok-kizil ranglar uyg‘unligidagі kұsh tasvirlangan. Kompozitsiyaning fon qismi havorang rangda ijro etilgan bo‘lib, unda ikkita ochilmagan gul (guncha) va barglar joylashtirilgan. Ranglar va uslub stilizatsiyalashgan (uslublashtirilgan) xususiyatga ega. Ikkinchi zirak: Ikkinchi oval shaklidagi zirakda, oppoq fonda och pushtirangdagi gul markaziy o‘rinni egallaydi. Ushbu gul yashil rangdagi barglar bilan o‘ralgan. Kompozitsiyaning umumiy vizual qamrovini boyitish maqsadida, siyohrang ko‘k rangda mayda gulchalar (yoki naqshlar) qo‘llanilgan. Umumiy olgåndä, ushbu ziraklar emal san’atining o‘ziga xos uslubini aks ettirib, ränglar va syujetlar vositasida vizual estetikaga ega. Niyozali Xolmatov. "Kamoliddin Behzod portreti" (1992) Asar 1992-yilda Niyozali Xolmatov tomonidan yaratilgan bo‘lib, yog‘och pannoga mis yuzasi orqali emal texnikasi bilan ijro etilgan Kamoliddin Behzodning portretidir. Asarning asosiy sujeti stilizatsiyalashgan (uslublashtirilgan) tarzda tasvirlangan buyuk miniatyurachi Kamoliddin Behzod obrazidir. Portretda Behzod figurasining yon tomonga qaragan profili berilgan. Uning boshi oq rangdagi salla bilan bezatilgan, libosi ham shu rangda bo‘lib, unga jigarrang fonda ajralib turuvchi vizual ta’sirchanlik bag‘ishlaydi. Behzodning yuzi soqol bilan qoplangan. Fondning jigarrang rangi, portretdagi bosh va liboslarning oq hamda Behzodning o‘ziga xos obrazi bilan ranglar kontrasti hosil qilib, kompozitsiaga chuqurlik va ta’sirchanlik qo‘shadi. Asar ijodkorning milliy madaniyat qahramonlariga bo‘lgan ehtiromini va emal san’atidagi mahoratini namoyish etadi. Niyozali Xolmatov. “Mashshoq”. 1991 yil. Mazkur badiiy buyum romb (tomchi) shaklidagi yog‘ochdan yasalgan quticha bo‘lib, uning qopqog‘i emal texnikasi yordamida bezatilgan. Kompozitsiyaning markazida havorang fonda mashshoq figurasi tasvirlangan. Mashshoq boshiga sallali, yuzida sokoli bilan aks etgan. U
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 27 qo‘lida musiqa asbobini chalayotgan holda tasvirlangan, oyoqlarini birlashtirgan holda o‘tirgan holati uning ijodiy yoki diniy holatini ifodalaydi. Fonning havorang rangi ushbu figuraga alohida joziba bag‘ishlaydi. Quticha qopqog‘ining hoshiya chetlarida mayda gullar va barglar shaklidagi dekorativ elementlar joylashtirilgan. Bu bezaklar kompozitsiyaning umumiy estetik qiyofasini to‘ldirib, unga nafislik va to‘liqlik baxsh etadi. Buyumning shakli va bezak uslubi an’anaviy naqshlar va ijrochílik mądaniyatining elementlarini o‘zida mujassam etgan. Zamonaviy o‘zbek rassomlarining o‘rta asrlar miniatyura rangtasviri namunalari bilan tanishuvi ularga ekzistensial dunyoqarashning chuqur g‘oyaviy asoslarini ochib beradi. O‘rta asr musavvirlarining turli mahalliy maktablarga mansub miniatyuralarida aks etgan “komil inson” konsepsiyasi, butun borliqdagi unsurlarning izchilligi, foniy dunyodan boqiy dunyogacha bo‘lgan integratsiya va koinot bilan uyg‘unlik haqidagi bilimlar, ko‘p jihatdan, zamonaviy rassomlar uchun ijodiy namuna bo‘lib xizmat qiladi. Tasavvuf nazaridan yondashiladigan bo‘lsa, zamonaviy rassomlarning ushbu yo‘nalishdagi izlanishlarini ikki asosiy guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga mansub rassomlar ijodida tasavvuf ta’limotining ruhi, uning estetik doktrinasi yaqqol ifoda topgan. Ikkinchi guruhdagi musavvirlar asarlarida esa tasavvufiy motivlar va syujetlar ko‘proq ongsiz, intuitiv tarzda tasvirlanganligini kuzatish mumkin. Niyozali Xolmatov o‘z ijodi orqali tarixiy miniatyura an’analarini zamonaviy san’atda rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi. U mahalliy maktablarga xos qat’iy qoidalardan chekinish orqali texnologik jarayonlarga, shuningdek, asarning obrazli yechimiga individual, o‘ziga xos yondashuvlarni olib kirdi. Bu esa miniatyura san’atining yangicha talqinlarini yaratishga imkon berdi. Niyozali Xolmatov, o‘zining miniatyura an’analari asosida yaratgan asarlarida, Sharq san’atining poetikasi va qoidalari doirasida mustaqil ijod qiluvchi rassom sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu mahoratga rassomning o‘rta asrlar badiiy ijodiyotining asosini tashkil etuvchi aruz tizimiga asoslangan she’riyat, miniatyura, xattotlik va naqqoshlik kabi san’at turlarini chuqur o‘rganishi orqali erishilgan. Xolmatov mavjud an’analarga yangicha ruh baxshida etish, an’anaviy miniatyuraga yangi hayot kiritish va ushbu noyob san’at turining yo‘q bo‘lib ketmasligiga qaratilgan sa’y-harakatlarni amalga oshirgan. Uning ijodi miniatyura san’atining zamonaviy davrda ham dolzarb ekanligini va yangicha talqinlar orqali hayotga qaytarilishi mumkinligini isbotlaydi. Shomahmud Muhammadjonov. “Siyovushning olovda sinalishi”. Zamonaviy o‘zbek miniatrasining qayta tiklanishi va rivojlanishida Shomahmud Muhammedjonovning ijodi bevosita muhim ahamiyat kasb etadi. U miniatyura san’atini taqlid
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 28 qilib, takror qilib yaratgan. U boshqa ijodkorlarga o‘xshab miniatyura asarlariga yangilik kiritishni hohlamagan. Rassom faqatgina Buxoro, Samarqand maktablari miniatyurasiga taqlid qilgan. Uning “Siyovushning olovda sinalishi” asari, to‘rtburchak quticha qopqog‘ida aks etgan murakkab miniatyura san’ati namunasini o‘zida mujassamlashtirgan. Markaziy kompozitsiya, Siyovushning oq otda olovli to‘siqdan o‘tayotgan dinamik va hayajonli sahna tasvirini o‘zida aks ettiradi. Bu epizodning fonida, tog‘li relyef va undan yuqorida besh nafar inson figurasi kuzatuvchi sifatida tasvirlangan. Sahna dramatizmi, karnay chalayotgan jarchining figurasidan kelib chiqadigan signalizatsiya yoki xabar berish funksiyasi bilan kuchaytirilgan. Vizual muhit, qoyalar, tog‘ massivlari, turli xil bargli ko‘p yillik daraxtlar va osmonning oq bulutlari bilan boyitilgan. Kompozitsiya tagida joylashgan matn, ushbu miniatyuraning tematik yo‘nalishini va badiiy mazmunini aniqlashtirishga xizmat qiladi. Qutichaning to‘rt cheti ham o‘ziga xos vizual elementlar bilan bezatilgan. Bir chetida qiradirli landshaft, botanik elementlar (gullar) va geologik tuzilmalar (toshlar) integratsiyalashgan. Ikkinchi chetida ikkita tulki va bir o‘rdakning tasviri, ekologik yoki simvolik ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Uchinchi chetda quyon va ohularning birlashgan tasviri, to‘rtinchi chetida esa yana bir bor tulki va boshqa bir hayvonning birgalikda tasviri, quticha bezaklarining ikonografik boyligini va har bir detaldagi badiiy-semantik mazmunni ko‘rsatadi. Toir Boltaboyev. “Bog‘da”. Toir Boltaboyevning “Bog‘da” asari dumaloq upa qutisi qopqog‘ida joylashgan nafis miniatyura san’ati namunasini o‘zida aks ettiradi. Markaziy kompozitsiya, bog‘ muhitida gilamcha ustida yotgan yostiq yonida o‘zining aksini ko‘zguda aks ettirayotgan ayol figurasini tasvirlaydi. Ayolning vizual harakati va ko‘zgudagi aksining o‘zaro munosabati, o‘zini anglash yoki go‘zallikni e’tirof etish kabi tematik ma’noga ega. Sahna old qismida to‘la anor bilan bezatilgan lagan bor. O‘ng tomonda esa kursi ustida turli taqinchoqlar va idish joy olgan. Ayolning orqasida anor daraxtining tasviri, bog‘ muhitini yanada boyitadi va anorning ramziy ma’nolarini kuchaytiradi. Atrof-muhit gullar va turli o‘simliklar bilan bezatilgan, bu esa bog‘ning jonli va tabiatga boyligini ifodalaydi. Kompozitsiyani ta’kidlovchi qism sifatida, hoshiya chetida naqshinkor elementlardan tashkil topgan kompozitsiya ko‘rsatilgan. Tasvirning umumiy fonini qora rang tashkil etadi, bu esa markaziy figuralarning ranglarining yanada yorqin ko‘rinishiga hissa qo‘shadi. Ranglar palitrasida qizil, to‘q sariq va yashil ranglar ustunlik qiladi, bu esa anor, gullar va o‘simliklar bilan bog‘liq rang uyg‘unligini hosil qiladi. Ushbu miniatyura lok bilan qoplangan bo‘lib, uning vizual jozibadorligini oshirgan.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 29 Xurshid Nazirov. “Xofiz lirikasi”. 2004 yil. Xurshid Nazirovning papye-mashedan ishlangan buyumlaridagi naqshin mavzular Sharq mumtoz she’riyati vakillari Lutfiy, Hofiz, Xorazmiy g‘azallaridagi syujetlardan ilhomlanish samarasi tarzida vujudga kelgan. X.Nazirovning lakli miniatyurasi uchun bezaklarning mo‘lligi, voqealarning ko‘tarinkiligi xarakterli bo‘lib, ular o‘ziga xos kompozitsiya va rangin vositalar orqali aks ettiriladi. Shunisi qiziqki, rassom naqshlaridagi qora rang obrazlar mazmunini ochib berishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi, ayni paytda Palex miniatyurasi an’analariga ehtirom ma’nosini bildiradi. Uning “Xofiz lirikasi” asari, to‘rtburchakli kichik quticha qopqog‘ida joylashgan ijodiy va batafsil miniatyura kompozitsiyasi bilan bezatilgan. Markaziy syujetda yosh yigitning chordana qilib o‘tirgan holda, qo‘lidagi ayol figurasiga qarab, xayolga cho‘mgan holati tasvirlangan. Bu holat, yigitning ichki dunyosi, ehtimol muhabbat, sog‘inch yoki nostalgiya kabi murakkab hissiyotlarni ifodalaydi. Kompozitsiyaning old qismida ramziy ma’nolarga ega bo‘lgan buyumlar joylashtirilgan: o‘ng tomonda anor mevasi (hayot, unumdorlik, sevgi), chap tomonda esa sharob solingan idish (zavq, bayram, hayot lazzatlari). Yigit islimiy naqshlar bilan bezatilgan gilamcha ustida o‘tiribdi. Uning boshida salla, egnida esa novvot rang va yashil rangdagi libosda tasvirlanishi, o‘sha davr kiyim uslubi va ranglar uyg‘unligini aks ettiradi. Orqa fon quyuq qizil va qora ranglar uyg‘unligida sakkiz qirrali yulduz shaklidagi sariq naqsh bilan boyitilgan. Bu naqshning mavjudligi, tasvirga mistik yoki ma’naviy ma’no qo‘shishi mumkin. Qutichaning yon tomonlari ham vizual jihatdan boyitilgan: ular bir xil takrorlanuvchi, to‘g‘ri to‘rtburchak va sakkiz qirrali yulduz shaklidagi geometrik elementlar hamda ichki islimiy naqshlar bilan bezatilgan. Ushbu bezaklar umumiy estetikaga mos keladi va kompozitsiyani yakunlaydi. Xurshid Nazirov. “Olam va idrok”. 2004 yil.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 30 Ijodkorning yana bir amaliy san’at buyumida to‘rtburchak shakldagi quticha qopqog‘ining markaziy kompozitsiyasi, ikki qismga bo‘lingan syujetni o‘z ichiga oladi: kun va tun tasviri. Fonning umumiy rang palitrasi to‘q ranglarda bo‘lib, bu markaziy elementlarning yorqinligini kuchaytiradi. Kompozitsiyaning o‘ng tomoni kunduzgi vaqtni aks ettiradi, bu yerda tillarang quyosh nurini sochayotgani ko‘rsatilgan. Bu qismda, beqasam to‘n kiygan mo‘ysafid kishi darveshona holatda, tizzasiga tayanib, cho‘kkalab o‘tiribdi. Uning bu pozasi va kiyimi, tasvirga ma’naviy-falsafiy mazmun bag‘ishlagan. Kompozitsiyaning chap tomoni tungi muhitni taqdim etadi. Bu yerda, naqshinkor gilamcha ustida, gulli bolishga yonboshlab dam olayotgan yigit tasvirlangan. Yigitning kiyimi to‘q qizil rangda bo‘lib, boshida salla bor, bu esa o‘sha davr kiyim-kechak uslubiga ishora qiladi. Uning oldida havo rang ko‘zacha va piyola mavjud. Orqa planda uchta katta xumning tasviri ko‘rinadi. Ushbu miniatyuraning yuqori qismida bulutlar suzib yuribdi, ya’ni samoviy muhitni yaratadi. Atrof-muhit mayda gullar, o‘simliklar va toshlar bilan boyitilgan, bu esa manzaraga tabiiy go‘zallikni qo‘shadi. Qutichaning chetlari esa sariq, qizil va yashil ranglardan iborat grix naqsh bilan o‘ralgan bo‘lib, kompozitsiyani yanada ko‘rkamlashtirgan. Bahodir Xodjimetov. “Visol”. 2000 yil. Bahodir Xodjimetov ijodiga mansub ushbu to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi qutichaning qopqog‘ida, qora rangdagi fonda, erkak va ayolning uchrashuvini aks ettiruvchi miniatyura tasvirlangan. Kompozitsiyaning markazida erkak obrazi ko‘rsatilgan, u qo‘lida musiqa asbobini chalmoqda. Bu harakat, tasvirga musiqiy va emotsional ohang qo‘shadi, balki uchrashuvning romantik yoki bayramona kayfiyatini kuchaytiradi. Uning yonida, yashil-sariq ranglardagi libosda, qo‘lida piyola bilan bolishga suyanib o‘tirgan ayol tasvirlangan. Ularning oldida joylashgan ko‘za va mevali lagan, tasvirga jonli va realistik elementlar qo‘shgan. Kompozitsiyaning o‘ng tomonida gullagan daraxt, o‘simliklar va turli xil gullar bilan bezatilgan landshaft ko‘rinishi mavjud. Yuqorida osmonda suzayotgan bulutlar, umumiy manzaraga chuqurlik va osmonga xos ko‘rinish bergan. Tasvirning umumiy estetikasi, qora fonda yorqin ranglarning kontrasti bilan ajralib turadi. Butun kompozitsiya hoshiyalangan va mayda naqshlar bilan bezatilgan. Quticha chetlari esa gulli naqshlardan tashkil topgan hoshiya bilan o‘ralgan bo‘lib, umumiy dizaynga uyg‘unlik baxsh etgan.