scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

S.KALONOV VA N.XALILOVLARNING "HALIMA" MUSIQALI DRAMASINING YANGI SAHNAVIY TALQINI

Irkinov Temur Qaxramon o'g'li

Abstract

S. Kalonov va N. Xalilovlarning “Halima” musiqali dramasiga bag‘ishlangan. Maqolada sahna asarining musiqiy-dramatik tuzilishi, g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishi hamda zamonaviy sahna talablari asosida qayta ishlanish jarayoni ilmiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, musiqali dramarning avvalgi va yangi sahnaviy talqini atroflicha tahlil qilinadi.

Full text

SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 90 S.KALONOV VA N.XALILOVLARNING “HALIMA” MUSIQALI DRAMASINING YANGI SAHNAVIY TALQINI Irkinov Temur Qaxramon o‘g‘li Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institute ish yurituvchi kotibi, musiqashunos https://doi.org/10.5281/zenodo.17463742 Annotatsiya. S. Kalonov va N. Xalilovlarning “Halima” musiqali dramasiga bag‘ishlangan. Maqolada sahna asarining musiqiy-dramatik tuzilishi, g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishi hamda zamonaviy sahna talablari asosida qayta ishlanish jarayoni ilmiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, musiqali dramarning avvalgi va yangi sahnaviy talqini atroflicha tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: hofiz, sozanda, bastakor, maqom, milliy meros, uslub, usul, orkestr. Аннотация: Статья посвящена музыкальной драме “Халима” С. Калонова и Н. Халилова. В работе научно освещаются музыкально-драматическая структура произведения, его идейно-художественная направленность, а также процесс переработки драмы в соответствии с современными требованиями сценического искусства. Кроме того, подробно анализируются прежняя и новая сценические интерпретации музыкальной драмы. Ключевые слова: хафиз, музыкант, композитор, маком, национальное наследие, стиль, ритм, оркестр. Annotation:The article is dedicated to the musical drama “Halima” by S. Kalonov and N. Khalilov. It provides a scholarly analysis of the musical and dramatic structure of the work, its ideological and artistic direction, and the process of adaptation in accordance with modern stage requirements. The previous and new stage interpretations of the musical drama are also examined in detail. Keywords: hafiz, musician, composer, maqom, national heritage, style, rhythm, orchestra. Bu dutor o‘zgarmagan, ammo sadosi o‘zgacha… Qo‘shiqdan Jadidchilardan bo‘lmish G‘ulom Zafariy Ozarbayjon musiqali dramalaridan ilhomlanib milliy musiqali drama yaratishga kirishadi. U nafaqat ijrochilar uchun hayot va mahorat maktabi bo‘ladigan, balki ayni vaqtda, tomoshabin bilan aloqani mustahkamlovchi muammoni koʼtaradigan pesani yozishga o‘tirdi. “Halima” musiqali dramasi ana shunday asar bo‘lib chiqdi. Birinchi musiqali drama bo‘lmish “Halima” spektaklini 1919-1920 yillardan boshlab turli havaskor teatr jamoalari sahnalashtira boshlashgan va 20-yillar mobaynida teatr sahnasidan tushmay kelgan 1 . Аsar yoshlarni o‘z taqdirini o‘zi hal qila olmasligi, o‘g‘il - qizni xoxlaganiga uylantirish va uzatish tamoman ota - onalar ixtiyorida ekanligi, natijada yoshlar baxtsizlikga uchrayotganligi ochiq - oydin ko‘rsatilgan. Shu jihatdan “Halima” yoshlar muhabbati haqida yozilgan dolzarb pesa bo‘lib jarangladi. “Halima”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” musiqali spektakllari 1 Исломов Т, “Тарих ва саҳна”. Тошкент, “Адабит ва санъат” нашрити, 1998 . SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 91 O‘zbekiston teatr tarixida birgina musiqali drama janrini shakllanishida asos bo‘lib qolmasdan, Respublika Davlat musiqali teatrini tashkil topishida ham muhim ahamiyatga ega boʼldi. Zafariy yozuvchi va dramaturg sifatida “Halima” pyesasi bilan keng tanilgan. Ushbu asar 1920-yilda yaratilgan bo‘lib, 14-sentyabrda “Turon” truppasi tomonidan Mannon Uyg‘ur rejissyorligida sahnalashtirilgan. “Halima” asari milliy musiqali drama janriga mansub bo‘lib, uning musiqiy bezaklari muallif tomonidan kiritilib, mashhur sozanda va hofizlar Shorahim Shoumarov va Mulla To‘ychi Hofiz tomonidan ijro etilgan. Asar o‘z davrida milliy opera maqomini olgan bo‘lib, professor A.Fitrat tomonidan ham opera sifatida e’tirof etilgan. Bundan tashqari, G‘ulom Zafariy o‘zbek milliy kuy-an’analari, maqom tizimi va uning sho‘balarini chuqur o‘zlashtirgan, milliy musiqa merosini ilmiy va ijodiy jihatdan tahlil qila olgan yuksak saviyali ziyoli sanaladi. Bu boradagi bilim va izlanishlaridan dalolat beruvchi maqolalari qatorida “O‘zbek musiqasi to‘g‘risida”, “Musiqa muammosi” hamda “Sharq musiqalari va cholg‘ulari” kabi asarlarini tilga olish mumkin. Bastakor To‘xtasin Jalilovning “Halima” musiqali dramasining ilk variantini musiqalashtirishda ishtirok etib, musiqiy-sahnaviy asarda nay ijrosida “Cho‘li Iroq” maqomidan foydalangan. Bu kuy “leytmavzu” sifatida spektakl rivojlanish jarayonida eshitilib turadi. Nay o’tish chog’ida Ne’matning “Uyg‘on” nomli “Iroq” maqomi asosida aytiladigan ariyasi bilan qo‘shilib ketadi. Zubaydabegimning dutor pardalarida chertgan xonishin ohanglari orqali “Halima” musiqali dramasi o‘ziga xos tarzda boshlanadi. Unda “Tanovor”, “Qari navo”, ohangdor va g‘amgin xalq kuylari bilan bir qatorda, Buxoro Shashmaqomi hamda Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llaridan ham samarali foydalanilgan. G‘ulom Zafariyning “Halima” musiqali dramasi dastlab (1919—20yillar) o‘zbek mumtoz musiqa namunalari asosida sahnalashtirilgan edi. Bunda hofiz Shorahim Shoumarov asar mazmuni va voqealar rivojiga mos kuylarni tanlashda yordam bergan. 1970yilga kelib bastakorlar Saidjon Kalonov* 2 va Nabijon Halilovlar** 3 hamkorligida “Halima” dramasining simfonik orkestri ijrosi uchun mo‘ljallangan musiqasi ijod etildi. Musiqali drama XX-asr mobaynida uch marta tahrirdan o‘tkazilgan. Har bir tahrirda u yoki bu musiqiy nomerlar qo‘shilgan yoki aksincha qisqartirilganligini kuzatish mumkin. Musiqiy asarning 1971-yildagi afishasi quyidagi ko’rinishda edi. “Halima” 3 parda, 8 ko‘rinishli musiqali drama. Boy qizi Halima va etikdo‘zning o‘g‘li Ne’mat birbirlariga ko‘ngil qo‘yganlar. Ulaming har ikkisi sevgisiga sodiq, ahdiga vafodor. Halimaning otasi Muslimboy ishi orqaga ketib, qo‘shnisi Ortiqboydan qarz bo‘lib qoladi, ammo uzoq muddat qarzini qaytarib berolmaydi. Vaziyatdanfoydalangan Ortiqboy 2 Saidjon Kalonov -Namangan viloyatining Karkidon qishlog’ida dehqon oilasida tavallud topgan. 1925-yilda Toshkent musiqa texnikumiga o‘qishga kirib, atoqli sozandalar Abdusoat Vahobov va Shorahim Shoumarovlar boshqargan milliy cholg’ulari sinfida tahsil oladi. Texnikumni bitirib. Samarqand musiqa va xoreografiya institutida buyuk naychi Abduqodir Ismoilov sinfida ikki yil o‘qidi. Saidjon Kalonovning bastakorlik ijodi 1942yildan boshlangan. Uning qalamiga mansub «Chevar qizlar», «Yashang qizlar», «Gulistonlar aro», «Vatan sevgisi», «Vatan taronasi* qo'shiqlaridir 3 Nabi Xalilov-*1922yilda Qo‘qon shahrida tavallud topgan. 1939yili Qo‘qonda bir vaqtning o‘zida musiqa maktabini fleyta va nay cholg'ulari bo'yicha bitirgan. 1950-1951yillar Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtida xor dirijyorligi bo'limida o‘qidi. 1951-1956yillar Toshkent davlat konservatoriyasining opera-simfonik dirijyorligi bo'limida professor A. Kozlovskiy sinfida dirijyorlik sirlarini o’rganib, kompozitsiya bo‘yicha ham tahsil oladi. N. Xalilov ko'plab musiqali dramalarga musiqa bastalagan. «Baxt to‘yi» Y. Mirzo, «O1ifta» F. Musajonov, «Sehrli uzuk» S. Qoriyeva, «Toshkentga sayohat», «Bu qanday balo», «Dilafruzga to ‘rt oshiq», «Baxt qushi» shular jumlasidandir. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 92 Muslimboydan qizining qo‘lini so'raydi. Muslimboy hech kimning ra’yiga qaramay qizini Ortiqboyga uzatishga rozilik beradi. To‘y kuni belgilanadi. Ne’mat hijron azobiga chidolmay kasal bo‘lib qoladi. Tez orada tabib Ortiqboy bergan pora evaziga Ne’matni hayotdan judo qiladi. Ayriliqni ko‘tara olmagan va otasi xohishiga qarshi borolmagan Halima sevgisiga sodiq qoladi. To‘y kuni joniga qasd qilib, o‘zini osib o‘ldiradi. Halima va Ne’mat dueti sol-minor tonalligida, Allegretto sur’atida 6/8 takt o‘lchovida yozilgan. Duetning diapazoni birinchi oktava «sol» notasidan ikkinchi oktava «sol» notasigacha. Duetni Halima boshlab beradi, uni yuqori pardalarda Ne’mat davom ettiradi. Ne’mat kuylaydiganjoyida tempi ozgina sekinlashadi ritenuto. Bu hol yigitning salobatini, ovoz tembrining kuchliligini bo‘rttirib ko‘rsatadi. U avj pardalarida kuylab Halimaga bo‘lgan sevgisini bayon etadi. Duetning oxiriga borib Halima va Ne’mat birga kuylashib sodiqlikka ont ichishadi. Ariyada qahramonning ichki his-tuyg’ular yaqqol seziladi. O‘ziga xos milliy qochirim, bezaklar orqali yana teran ifoda etiladi. Halimaning «Qanchalar» ariyasida (Si-bemol majorda)da Moderato sur’atida yozilgan. Ariya yuqori tessiturada, soprano ovozi uchun yozilib, ovoz diapazoni kichik oktavadagi «sol» notasidan ikkinchi oktava «mi» bemolgacha. Chuqur dramatizm asosiga qurilgan bu ariyaning qiyinchiligi bir yarim oktavadaligidadir. Bu yerda dramatizm yanada kuchayishi, qahramondagi iztiroblardan guvohlik beradi. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 93 Halima va Ne’mat dueti ikki qismdan iborat. Birinchi qismi (6/8 o‘lchovida) Andante sur’atida si minor tonalligida yozilgan. Bu qismini Halima kuylaydi. O‘zining dardchilligi va nidosi bilan ajralib turadigan ufar usulida yozilgan: bu qismni Halima kuylaydi. U o‘rta testiturada yozilgan bo‘lib, ovoz diapazor birinchi oktava “mi” notasidan ikkinchi oktava “re” notasigacha boradi. Bu yerda ikki sevishganlarning o‘zaro dialogi aks etadi. Ikkinchi qism juda og‘ir sur’atda dardli (4/4 takt o‘lchovida) yuqori testiturada yozilgan. Ovoz diapazoni birinchi oktava “lya” notasidan ikkinchi oktava “lya notasigacha. Duetning ikkinchi qismini Ne‘mat kuylaydi. U xonanda aktyor uchun kuylash ancha og‘ir, chunki yuqori pardalarda dard bilan ijro etiladi. Spektakldagi Halimaning «Bormayman dedi» ariyasi Andantino tempida 3/4 takt o‘lchovida o‘rta tessiturada yozilgan. Uning jo‘r sadolari xuddi dengiz to’lqiniga o‘xshaydi. Bu holat Halimaning yuragidagi hayajonni eshituvchiga yetkazadi. Ariyaning ovoz diapazoni kichik oktavaning «si» notasidan birinchi oktavaning «si» notasigacha. Bu asar Halimaning ariozasi “Kel-kel” deb nomlanadi. Arioza musiqali dramaning so‘nggi sahnasida ijro etiladi. U si-minor og‘ir sur’atda 4/4 o‘lchovida yozilgan. Diapazon jihatidan kichik okta “si” tovushidan, ikkinchi oktava “re” tovushigacha bo‘lgan kenglikni o‘z ichiga oladi. Ariyaning xarakteri dramatik xarakterda bo‘lib, rechitativ usulida yozilgan. Ariyaning boshlang‘ich qismidagi ingliz surnayidagi mungli ohang nolasi aktyorni dramatik holatga tayyorlaydi. Bu ariyaning so‘z matnining bo‘lib-bo‘lib, ehtiros bilan kuylanadi. Ne’matning ariyasi «Qizg‘on malagim» deb nomlanib, musiqali dramaning avj pallasida ijro etiladi. Bu ariya Mi bemol major tonalligida tenor ovozi uchun yuqori tessisturada yozilgan. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 94 Spektaklda aktyor uchun g‘oyatda murakkab bo‘lgan eng og‘ir va qiyin kuylanuvchi ariyadir. Erkin kuylash usulida (Ad libitum) yozilgan. Ariyaning ovoz ko‘lami birinchi oktava “sol” tovushidan ikkinchi oktava “lya” tovushigacha. Bu yerda Ne’matning ichki psixologik olami musiqiy matoda yaqqol aks etadi. XXI-asrga kelib, “Halima” musiqali dramasi ikki talqinda teatr sahnasida yashay boshladi. Birinchisi, “Diydor” teatr-studiyasida namoyish etilgan variant bo‘lsa, ikkinchisi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatridagi talqin yaratildi. “Halima” musiqali dramasi — dramaturg G‘ulom Zafariy ijodining ilk yirik namunasi bo‘lib, XX asrning 20-yillarida yaratilganiga qaramasdan, bugungi kunga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va xalqning ijtimoiy hayotidagi dolzarb mavzularni ko‘tarib chiqqan muhim sahna asari sifatida qimmatlidir. Birinchi sahna talqini sifatida “Diydor” teatr-studiyasida G‘ulom Zafariyning “Halima” pyesasi O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti “Musiqali drama va teatr aktyorligi” yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining diplom ishi sifatida namoyish etildi. Spektakl sahnalashtiruvchisi — taniqli rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev, rassom — Sergey Seduxin, kurs rahbari — Ramziddin Qodirov bo‘ldi. Ushbu spektakl “O‘zbek-teatr” ijodiy birlashmasi tomonidan tashkil etilgan “Seni kuylaymiz, zamondosh” teatr haftaligi doirasida tanlovdan tashqari qo‘shimcha spektakl sifatida tomoshabinlarga taqdim etildi. Ushbu namoyish institut tomonidan olib borilayotgan amaliy va istiqbolli tashabbuslardan biri sifatida alohida e’tirof etiladi. Jumladan, bitiruvchi talabalarning teatr amaliyotini professional rejissyorlar bilan hamkorlikda tashkil etish tajribasi teatr va institut o‘rtasidagi ijodiy aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, kelajakda malakali aktyorlarning kamol topishiga, ustoz-shogird an’analarining shakllanishiga zamin yaratadi. Nodir musiqali drama Zubaydabegim (Zaynab Xudoyorova) ijro etgan dutorning xonishin ohanglari bilan boshlanadi. Asarda “Tanovor”, “Qari navo” kabi og‘ir, mahzun xalq kuylarining ohanglari ham qo‘llanilgan. Qahramon ayol Halima (Fayoza Valiyeva) sevgilisi Ne’matning (Nurillo Eminov) mardikorlikdan qaytishini orziqib kutadi. Ne’mat uyga qaytganida, Halimaning quvonchi cheksiz bo‘lib, u o‘zining sirdoshi bo‘lgan tut daraxtlari bilan his-tuyg‘ularini baham ko‘radi, ularni shivirlaydi va hayotning quvonchlarini ular bilan bo‘lishadi. Ortiqboy (Nurillo Eminov) — XX asr boshlaridagi yangi-fabrikantlardan biri bo‘lib, ehtiyotkor va mug‘ombir tabiatga ega. Ne’mat mardikorlikdan qaytib kelgach, u “balki mardikorlikdan qochib kelgandirsan?” deb shubhalanadi. Ortiqboy oqposhshoning tarmog‘iga tushgan yigitlarning sog‘-omon chiqishiga ishonmaydi va ukasining o‘rniga o‘zi uni mardikorlikka jo‘natishga qaror qiladi. Ne’mat siyosatdan so‘z ochsa-da, Ortiqboy “Menga nima...” deb, o‘zini siyosatdan uzoq tutadi, ammo ayni paytda atrofdagi mahallalarga zavjalarini yuborib, odamlarning siyosiy vaziyat haqidagi fikrlarini bilishga harakat qiladi. Ortiqboy siyosiy o‘zgarishlarning o‘z sarmoyasi va fabrikalarga ta’sir qilishini oldindan sezadi. Uning xotinlari — Zubayda (Zaynab Xudoyorova), Suxsurxon (Madina Sapayeva), Bodombeka (Inoyatxon Baxtiyorxo‘ja qizi) — buyruq berish jarayonida uch xil xarakterda namoyon bo‘ladi. Ortiqboy hamma narsani pul orqali baholaydi. Bu fikrni Halimani “o‘ziniki qilish” uchun Xoljon xolani (Shahnoza Yo‘ldosheva) ishga solib, unga miri berganida, shuningdek, Ne’matning sog‘lig‘i yomonlashib, dardining kuchayishini tezlashtirish uchun tabibga (Hamidullo Qodirov) “og‘ziga siqqanicha” pul to‘lab turganida ko‘rish mumkin. Ortiqboy pulning “zo‘rligi”ni chuqur anglagan odamdir. Ne’matning mardikorlikka Ortiqboyning SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 95 ukasining o‘rniga borishiga sabab ham aynan pul kuchidir. Uning uchun vijdon ham, iymon ham pulga bog‘liq. Boyning nozik tomoni — Halimaga nisbatan “ishqivoz”ligi hisoblanadi. Beg‘ubor, sof tuyg‘ulari va pok qalbi bilan Halima uning yuragiga joylashgan, uch xotinini ortda qoldirib, unga yetishish Ortiqboyning asosiy orzusidir. Boybichchalari husn-u malohatda betakror va oqil bo‘lsalar-da, uningcha ularning qalbi qora. Ortiqboy hatto uxlaganida ham halovat topolmaydi, chunki u xotinlaridan biror balo chiqmasligini orzu qiladi... Halima esa — butunlay boshqa olam, yosh, navqiron, “yah” desa, qo‘lga qo‘nadigan qiz. Ortiqboyning ayollari — Zubaydabegim, Suxsurxon va Bodombeka — tashqi ko‘rinishda gulgun, orasta bo‘lsalar-da, ularning ichki dunyosi dard, fig‘on va iztirobga to‘la. Zaynab Xudoyorova, Madina Sapayeva va Inoyatxon Baxtiyorxo‘ja qizining talqinida bu qahramonlar “ichkari uy”dagi itoatkor, bag‘rikeng va mungli sharq ayolining qalb nidosini ohang, qo‘shiq va raqs orqali samimiy ifoda etgan. Ayniqsa, ular sahnaning orqa fonida jonlantirgan “majnuntol” obrazi — sukut saqlovchi, ammo sirdosh va dardi ko‘ngliga sig‘magan, qora taqdir, kundoshlik alamini yuragida ko‘tarib yurgan ayol timsolida chuqur badiiy ifodalangan. Ularning Halima va Ne’mat uchrashuvi paytidagi sahnada palakni aylantirishlari — charxi gardunning ikki yosh qismati ustida aylanishi, avval yorug‘ baxt nishonalari bilan, so‘ngra esa hayotning kajraftorligi va jabrli oqibatlari bilan to‘qnash kelishi — ramziy va ta’sirchan yondashuv bo‘lib xizmat qilgan. Ne’matning paxta zavodiga jo‘natilishi bilan bog‘liq sahnada ijro etilgan “Ayriliq, hijron” ariyasi yurakni ezuvchi dard va iztirobni kuylash orqali voqeaning dramatik mohiyatini ochib beradi. Sahnaning turli epizodlarida ba’zida royal, ba’zida dutor sadolari, ba’zida esa xalq qo‘shiqlari orqali ifodalangan musiqiy holatlar tomoshabinning ichki kechinmalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, ularning ruhiy holatini boyitadi. Bu musiqiy vositalar sahna muhitini nafaqat mo‘tadillashtirib, balki tomoshabinga voqealarning ruhi bilan uyg‘unlashish imkonini ham beradi. Rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev aynan shu musiqiy va sahnaviy topilmalar orqali tomoshabinni passiv kuzatuvchidan voqealar ishtirokchisiga aylantira olgan. Halimaning otasi – Muslim aka (Valijon Azmetov) obrazida dastlab har narsani pul bilan o‘lchovchi inson timsoli gavdalanadi. Ammo u o‘g‘li Zokirjon (Abbos Qo‘ziboyev) va qizi Halima (Fayoza Valiyeva) bilan bo‘ladigan suhbatlarda, aslida, ojiz va nochor ota sifatida namoyon bo‘ladi. Zokirjon singlisi yoshi katta va badavlat kishiga uzatilayotganiga norozilik bildirgan bo‘lsa-da, milliy tarbiyamizga xos tarzda otasining ko‘ziga tik qaray olmaydi. Muslim aka o‘rtahol savdogar bo‘lishiga qaramay, qarz botqog‘idan chiqish yo‘lini Halimani Ortiqboyga uzatishda ko‘radi. Biroq Zokirjon bu qarorni oriyatga zid deb bilib, muammoni hal qilish uchun boshqa yo‘l, ya’ni qarzni o‘z kuchi bilan to‘lashga bel bog‘laydi. Ota moliyaviy inqirozni engib o‘tishning yagona yo‘li deb Halimaning boyga turmushga chiqishini ko‘rgan bir paytda, o‘g‘il sha’n va vijdon masalasini ustun qo‘yadi. Hatto otasi unga “O‘chir ovozingni, yo‘qol!” deb g‘azab bilan kavush otganida ham, Zokirjon kavushni olib kelib, xotirjamlik bilan otasiga fikrini yetkazishga harakat qiladi, uning g‘azabini so‘ndirishga intiladi. Shu bilan birga, Halimaning onasi Rokiya xola (Madina Sapayeva) ham baland ovozli e’tiroz bildirmasdan, “Men bu nikohga qarshiman...” deya sokin ohangda turmush o‘rtog‘iga munosabatini bildiradi. Halimaning o‘zi esa otasining og‘ir ahvolini tushungan holda, ko‘z yoshlari ichra “Men roziman...” deya iztirobli qarorini bildiradi. Bu vaziyat orqali o‘zbek oilasiga xos bo‘lgan tarbiya, sabr-toqat, hurmat va murosa kabi qadriyatlar chuqur ifoda etiladi. Har bir obraz orqali jamiyatdagi murakkabliklar, ijtimoiy muammolar va insoniylik bilan qaror qabul qilish zarurati mahorat bilan yoritilgan. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 96 Ne’matning otasi Rahim aka (Azamat Hamroyev) obrazida mustaqil fikrga ega bo‘lmagan, boshqalarning ko‘rsatmasidan chiqa olmaydigan, qat’iyatsizlikda yashovchi inson namoyon bo‘ladi. Uning harakati va qarashlari Ortiqboyning istaklariga mutlaq bo‘ysunadi. Go‘yo Ortiqboy uning nazarida oddiy odam emas, balki ilohiy martabaga ega shaxsdek ko‘rinadi. Rahim aka faqat “nima desangiz – shu, boy ota” deya har bir masalada yon beruvchi, o‘z pozitsiyasini yo‘qotgan inson sifatida ko‘zga tashlanadi. Unda qarshilik ko‘rsatish, ichki norozilik yoki fikr bildirishga intilish singari belgilar mutlaqo sezilmaydi. Bu obraz orqali tomoshabinga yurakdagi isyonini ham bo‘g‘ib yashaydigan, ijtimoiy bosim ostida o‘zligini yo‘qotgan kishilar timsoli yetkaziladi. Ortiqboyning xotinlari Ne’mat va Halimaning birga bo‘lishi uchun ularni moddiy jihatdan ta’minlab, qochishga undashi — jamiyatdagi murakkab muammolardan birining dramatik ko‘rinishidir. Ammo Ne’mat ota-onasining yuzini yerga qaratishni istamaydi, jamiyatda muqaddas sanalgan qadriyatlarni buzishni istamaydi. Uning darddan holsizlangan ruhi iroda kuchini yengishga ojizlik qiladi. Kasallik uning ichki ishonchini yemirib, kelajak sari yo‘l topish umidini so‘ndiradi. Natijada, har ikki yosh — Ne’mat va Halimaning hayoti fojiaviy yakun topadi. Ularning fojiasi orqali muallif jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik, majburiylik va axloqiy dilemmalarni ochib beradi. “Halima” pyesasining eng katta yutug‘i shundaki, tomoshabin uni tom ma’noda yuragi bilan his qildi. Zalda o‘tirganlar oddiy kuzatuvchi emas, balki har bir sahna ortidagi ma’noni chuqur anglashga urinayotgan faol ishtirokchi sifatida ishtirok etdilar. Har bir epizod davomida “Nega?” degan savolga javob izlab, syujetning har bir burilishiga diqqat bilan nazar tashlashdi. Dramada aks etgan voqealar dolzarbligini yo‘qotmagan holda, hayotning ayovsiz sinovlarida inson qanday sobit turishi, qanday qilib o‘z “men”ini yo‘qotmay, vijdon va qat’iyat bilan yashashi kerakligi ochib beriladi. Asarda boylik – faqat moddiy ustunlik emas, balki kimningdir baxti evaziga erishilgan yolg‘on yutuq sifatida ko‘rsatiladi. Unda iymon va vijdonni chetga surib, nafsga berilish orqali keltiriladigan fojialar asosiy g‘oya sifatida ilgari suriladi. Pyesadagi har bir obrazni jonlantirgan aktyorlar yoshligiga qaramay, o‘z rollarini yuqori darajada mahorat bilan ijro etdilar. Ularning sahnadagi ishonchli chiqishlarida, shubhasiz, rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev hamda aktyorlik ustozlaridan biri Ramziddin Qodirovning tajribasi va saboqlari katta o‘rin tutdi. Ikkinchi variant esa 2023-yilning iyun oyida bastakor Saidjon Kalonov va Nabijon Xalilovlarning “Halima” musiqali dramasi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatrida sahnalashtirildi. Musiqali drama avvalgi variantlaridan biroz farq qiladi. 70yillarda qayta ishlangan musiqiy nomerlar saqlangan holda yangi musiqiy lavhalar kiritilgan. Bugungi kundagi “Halima” musiqali dramasi quyidagi musiqiy nomerlardan tashkil topgan. 1. Uvertyura (Xalima ariyasi “Ne uchun”). 2. Halima va Nig’mat dueti (“Bahor kelar”). 3. Halima ariyasi (“Ne uchun”). 4. Nig’mat qo’shig’i (“Sayra bulbul”). 5. Nig’mat ariyasi (“Qizg’on malagim”). 6. Halima va Nig’mat dueti (“Ne’mat akajon”). 7. Musiqiy fon. (Halima va Nig’mat dueti musiqiy lavhasi asosida). SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 97 8. “Qizg’on meni”. 9. Musiqiy fon. (“Qizg’on meni” asosida). 10. Nig’mat qo’shig’i (“Zor aylama”). 11. Nig’mat va Halima dueti (“Ko’rgali”). 12. Halima va Nig’mat dueti (“Kichkina g’urbatdur boshim”). 13. Final. Xor. Mazkur musiqali dramani sahnalashtirish jarayonida avval yangi kiritilgan Xoljon xola qo‘shig’i musiqiy-sahnaviy talablarga mos kelmaganligi sababli teatrning bosh dirijyori Akmal To‘rayev tomonidan olib tashlangan. Uvertyura avvalgi variantda tamomila boshqa bo‘lgani ayni haqiqat. Lekin, sahnalashtiruvchi dirijyor aynan musiqali drama uchun Halimaning “Ne uchun” nomli ariyasini uvertyura sifatida foydalanish taklifini rejissyorga bergan bo‘lib, o‘z navbatida mazkur musiqiy nomer uvertyura vazifasini ham bajaradi. Avvalgi yaratilgan uvertyura musiqiysahnaviy talablarga javob bermaganligi uchun foydalanilmagan. Yangilangan muqaddima “Halima” musiqali dramasini butun qiyofasini yaqqol tasvirlaydi. Avvalgi ilk variantni nota matni deyarli saqlanib qolinmagan. Faqatgina 70-yillardagi musiqali dramaning klavir va partiturasi mavjud bo‘lib, zamonaviy talqinni yaratishda ushbu manbalar muhim ahamiyat kasb etgan. Musiqashunos Ahmadjon Jaborovning fikriga tayanadigan bo‘lsak: “G‘ulom Zafariyning o‘zi To‘xtasin Jalilov bilan birga xalq kuylaridan musiqa tanlashdi. Xalq kuylari xazinasining noyob durdonalaridan “Dilimda hamisha surating bor”, “Shitob”, “Iroq”, “Ushshoq SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 98 Qashqarchasi”, “Chorgoh”, “Bayot III”, “Toshkent Iroqi”, “Navo” kabi ashhulalar shu musiqali dramaga tanlangan asarlarning asosini tashkil etadi”-deya xotirlaydi 4 . Musiqali drama “Cho’li Iroq” kuyidan boshlanib, spektakl davomida “leytmavzu” sifatida takrorlanib turadi. Bugungi kundagi variantda esa “Ne uchun” deya kuylanadigan Halimaning ariyasidan. Shuningdek, musiqali dramaga xalq terma, qo‘shiq, ashula va yallalaridan, maqom namunalaridan unumli foydalanilgan. Asar bugungi kunda ham o’z badiiy qimmatini yo’qotmasdan sahnada namoyish etib kelinmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Мирзиев Ш.М. Адабит ва санъат, маданиятни ривожлантириш – халқимиз маънави оламини юксалтиришнинг мустаҳкам подеворидир. // збекистон ижодкор зилилари вакиллари билан учрашувдаги маърузаси. Халқ сзи. 4 август, 2017 ил. 2. G‘ofurbekov T. O‘zbekiston musiqa madaniyati (o‘quv qo‘llanma). “Musiqa”, 2019. 3. Жабборов А. Мусиқи драма ва комедия жанрлари збекистон композиторларининг ижодитида. Тошкент, 2000. 4. Жабборов А. збекистон бастакорлари ва мусиқашунослари. “Янги аср авлоди”, Тошкент, 2004. 5. Муратхонов С. Мусиқали театр актри (қув қлланма). Тошкент, 1998. 4 А.Жабборов. Мусиқи драма ва комедия жанрлари збекистон композиторларининг ижодитида. Тошкент:. 2000 , 51 b.