scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUZEY ASHYOLARINI SAQLASH MUAMMOLARI

Kuryazova Darmonjon Turayevna, Kuryazov Ulug'bek Turayevich

Abstract

Bugungi kunda O‘zbekiston moddiy madaniy merosini saqlash muammolari hamda ularning o‘ziga xosliklarini o‘rganish dolzarb masalalardan biri sanaladi. Mazkur tadqiqot ishida asosan muzey predmetlarini saqlash jarayonlari, eksponatlarning kimyoviy va fizik o‘ziga xosliklari, predmetlarning eskirish jarayonlarini sekinlashtirish uchun qo‘llaniladigan uslublar o‘rganildi. Muallif tomonidan ko‘rsatilgan muammolarning yechimi bo‘yicha xulosalar berildi.

Full text

SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 126 MUZEY ASHYOLARINI SAQLASH MUAMMOLARI 1Kuryazova Darmonjon Turayevna, 2Kuryazov Ulug’bek Turayevich 1t. f.d., professor va dotsent. 2Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.17463892 Annotatsiya. Bugungi kunda O‘zbekiston moddiy madaniy merosini saqlash muammolari hamda ularning o‘ziga xosliklarini o‘rganish dolzarb masalalardan biri sanaladi. Mazkur tadqiqot ishida asosan muzey predmetlarini saqlash jarayonlari, eksponatlarning kimyoviy va fizik o‘ziga xosliklari, predmetlarning eskirish jarayonlarini sekinlashtirish uchun qo‘llaniladigan uslublar o‘rganildi. Muallif tomonidan ko‘rsatilgan muammolarning yechimi bo‘yicha xulosalar berildi. Kalit so‘zlar: muzey, eksponat, uslub, saqlash, zaxira saqlovxonasi, predmet, eskirish jarayoni, moddiy madaniy meros, yodgorlik, o‘rganish. Аннотация. Сегодня проблемы сохранения материального культурного наследия Узбекистана и изучения их особенностей считаются одними из актуальных. В данной исследовательской работе в основном изучались процессы консервации музейных предметов, химические и физические особенности экспонатов, методы, применяемые для замедления процессов износа предметов. Были сделаны выводы о решении обозначенных автором проблем. Ключевые слова: музей, экспонат, стиль, хранение, запасник, предмет, процесс ношения, материальное культурное наследие, памятник, изучение. Annotation. Today, the problems of preserving the material cultural heritage of Uzbekistan and studying their features are considered one of the most urgent. This research paper mainly studied the conservation processes of museum objects, the chemical and physical features of exhibits, and the methods used to slow down the wear processes of objects. Conclusions were drawn about the solution of the problems identified by the author. Key words: museum, exhibit, style, storage, storeroom, object, wearing process, material cultural heritage, monument, study. O‘zbekistonning moddiy madaniy merosi qatoriga O‘rta Osiyo xalqlarining asrlar davomida yaratgan, jahon sivilizatsiyasiga hissa bo‘lib qo‘shilgan va ayni vaqtda eng nufuzli muzey, kutubxona, arxiv va shaxsiy majmualarda saqlanayotgan osori atiqalar va ko‘chmas ob’yektlar namunalari kiradi. Ushbu moddiy va ma’naviy merosni saqlash, muhofaza qilish davlat hamda jamiyatning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi va bu O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o‘z aksini topgan [2. – B. 17]. Madaniy va tarixiy merosni kelajak avlod uchun saqlab qolish – butun dunyo hamjamiyati oldida turgan muhim muammolardan biri xisoblanadi. Moddiy madaniy merosni asrab-avaylash, ularni kelgusi avlodlarga yetkazish dunyo davlatlari hamda xalqaro tashkilotlarning ham alohida e’tiborida bo‘lib, bu borada maxsus xalqaro hujjatlar hayotga tatbiq etilgan. Har qanday mamlakatning noyob madaniy merosini saqlashga bo‘lgan ko‘rsatmalari, YUNESKOning bir qator konvensiyalarida muxrlangan va har bir davlatning milliy boyligini Umumjahon merosining tarkibiy qismi sifatida qabul qiladigan xalqaro huquqning ideal normasidir [1. http://wh.unesco.ru]. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 127 Ma’lumki, moddiy madaniy merosning katta qismi aynan muzeylarda bo‘lib, ularni saqlash doir muammolar bugungi kunning dolzarb muammosi xisoblanadi. Muzey ashyolarining eskirish jarayonini sekinlashtirish chora tadbirlarining optimal variantlarini ishlab chiqish masalalari muzeyshunoslar oldida turgan muhim omillardan biridir. Tadqiqot ishimizning asosiy maqsadi, yuqoridagi muammolarning yechimini, bugungi kunda faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston muzeylari misolida yoritib berishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda, muzey sohasida chop etilgan ilmiy manbalardan foydalangan holada muzey ashyolarini saqlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi belgilandi. Moddiy madaniy merosni o‘rganish va saqlash masalalari tadqiqiga bo‘lgan e’tibor kuchayib, turli fanlar kesimida chuqur izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, J.Ismailova, D.Kuryazova, D.Qurbonova, M.Muxamedova, I.Ilalov, L.Lefteyeva va boshqalar tomonidan yaratilgan, o‘zbek hamda rus tillarida nashr etilgan maqola, monografiya, o‘quv qo‘llanma va tadqiqotlarda moddiy madaniy merosga munosabat, uni o‘rganish va saqlash muammolariga e’tibor qaratilgan. Lekin, shuni ta’kidlash joizki, moddiy madaniy merosning turlari va qamrovini aniqlash hamda tasniflash, ularni saqlash borasidagi o‘tmish va jahon tajribasi hamda yutuqlarini tahlil etish, muzeylarning tarixiy va amaliy ahamiyatini ochib berish, ularni qayta qurish va yangilarini yaratish borasida respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar tadqiqotlarda, ilmiy adabiyotlarda o‘zining to‘liq aksini topgani yo‘q. Tadqiqotda keltirilgan ma’lumotlar ilmiy asosga ega bo‘lib, uning asosiy xulosalari muzeylar faoliyatini takomillashtirishda, muzey eksponatlarini saqlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari tizimida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazishda qo‘llanilishi mumkin. Moddiy madaniy meros yodgorliklarini saqlash chora – tadbirlarini tadqiq etish, muzey ashyolarini maksimal darajada saqlanib qolinishiga imkon yaratadi. Muzey eksponatlarini saqlash tartibi predmetlarning fizikaviy, kimyoviy xususiyatlari, manbalar tipiga, soniga, xajmiga, joylashishiga, xona va fond saqlovxonalarining texnik jihozlanishiga bog‘liqdir. Fondlarni saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit, maxsus saqlash tartibi tuzilganda samarali natija beradi. Shuning uchun har bir saqlov uchun ajratilgan alohida xonada, saqlash tartibi bir-biriga yaqin predmetlarni joylashtirish lozim. Kompleksli sistemada saqlashda esa bir xonada turli predmetlardan ishlangan predmetlar joylashtiriladi. Bunday holda saqlash tartibi o‘rtacha ko‘rsatkichga qo‘yiladi. Saqlashning kompleksli tartibi faqat xonalar kam bo‘lsa yoki predmetlar kam bo‘lganda qo‘llaniladi. Bu sistemalar ichida predmetlarning joylashtirilishi, manbalarning tipiga, materialiga, mazmuniga, nima uchun moslashtirilganligiga qarab amalga oshiriladi. Predmetlarni joylashtirishda xajmli, inventar nomeriga ham e’tibor beriladi. Ular shkaf, stellaj, javon va boshqa moslamalarga bittadan yoki guruhlarga ajratib joylashtiriladi. Guruhlarga ajratilganlari o‘ziga tegishli moslamalarga joylashtiriladi. Ya’ni, birlari planshetlarga tikiladi, boshqalari papkalarga, futlyarlarga solinadi va xokazo. Predmetlar joylashtirilgan moslamalarga topografik ro‘yxat yoziladi. Arxeologik yodgorliklar alohidagi saqlash guruhlariga ajratiladi. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 128 Boshqa bir qator buyumlar manba qatorida, qoidaga ko‘ra matolar, jun, charm va ulardan qilingan buyumlar bitta saqlash guruhini tashkil etadi. O‘z navbatida bu predmetlar yana mayda guruhlarga ajratiladi. Gazlamalar, kashtalar, krujevalar suriladigan lotok-qutili shkaflarda, xajmiga qarab gorizontal taxlanadi, usti chit bilan yopiladi. Charm va jundan qilingan tekis buyumlar ham gorizontal lotok-qutilarga taxlanadi. Uncha katta bo‘lmagan lavhalarni esa ramkaga tortilgan matolarga tikib, usti yopilib, tortib chiqarsa bo‘ladigan vertikal planshetlarda saqlash mumkin. Jun, ipak, zig‘ir, paxta, sintetik tolali matolar turli shkaflarda saqlanadi.Shuningdek, gorizontal holatdagi lotok-qutilarda dur, tilla va kumush iplar bilan bezak berilgan zardo‘zi buyumlar ham saqlanadi. Bu kabi eksponatlarni gorizontal holatda saqlanishiga sabab, ularning tolalari bir tekisda bo‘ladi. Agar vertikal holatda saqlansa, ularning eskirish jarayoni tezlashadi, ya’ni yerning tortish kuchiga asosan, mato tolalari va unga tikilgan bezaklar pastga qarab tortiladi va mato tolalari hamda bezak tikilgan iplar nimjonlashib, to‘kilib, yirtilib ketishi mumkin [3. – B. 112]. Lekin, muzeyshunoslikka oid adabiyotlarda: “Kiyim-kechaklar iloji boricha qanday matodan tikilganiga qarab, guruhlarga ajratilib, yumshoq narsa o‘ralgan ilgichlarga ilinadi, usti chit chexol bilan yopiladi va vertikal holatda shkaflarda saqlanadi. Charm va jundan tikilgan kiyimlar ham matodan tikilgan kiyimlar singari, vertikal holatda, yumshoq kiyimosgichlarga ilinib, shkaflarga qo‘yiladi” - deb yozilgan [4. – B. 185]. Vaholangki, ularning tolalari va bezaklari ham yuqorida aytilgandek, pastga tortilib, zaiflashib qolishi mumkin. Bosh kiyimlarni ham nimadan tikilganiga qarab guruhlarga ajratiladi. Ular dumaloq shakldagi g‘o‘lalarga kiydiriladi yoki kartonga o‘xshagan qog‘oz bilan ichi to‘ldirilib, futlyarga solib, shkaflarda saqlanadi va vaqti-vaqti bilan havo aylanadigan joyga olib chiqib turiladi. Xavo xarorati past bo‘lishi talab etiladi. Xashoratlarni xaydash uchun buyumlarga shuvoq, geran va evkalipt o‘simliklarining xidi keladiga vositalar sepish tavsiya etiladi. Oyoq kiyimlarining ichi yumshoq qog‘ozlar bilan to‘ldirilib, korobkaga solinib, shkafda saqlanadi. Charmdan tikilgan oyoq kiyimlarning eskirish jarayonini sekinlashtirish, nihoyatda qiyin. Ular vaqt o‘tishi bilan torayadi, bujmayadi. Natijada uning tashqi ko‘rinishi, razmeri ilmiy pasportidagi yozuvlarga mos kelmay qoladi. Shuning uchun ilmiy pasportlarning oxirgi qismidagi “izoh” deb yozilgan joyiga restavrator yoki fond saqlovchisi eksponatdagi barcha o‘zgarishlarni muntazam ravishda yozib borishi lozimligi tavsiya etiladi. Agar shu o‘zgarishlar yozilmasa, muzeydagi buyumlarni bor-yo‘qligini tekshirib boradigan komissiya a’zolariga, yaroqsiz ahvolga kelib qolgan eksponat xaqiqatdan ham ilmiy pasport fotosidagi buyum ekanligini isbotlab bo‘lmaydi. Gilamlar, shpaleralar o‘ng tomoni ichiga qilib valga o‘raladi va chexolga solinadi, vertikal holatda saqlanadi. Gilamlarni ham xuddi kashtachilik namunalari kabi uzoq muddat ekspozision zallarda osib qo‘yish mumkin emas, chunki ularning ustki qismi to‘kilib tushishi mumkin. Bu jarayon juda sekin kechadi, oddiy ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydi. Lekin bu holatda buyumning eskirish jarayoni tezlashishini muzey xodimlari inobatga olishi kerak. Soha mutaxassislarining ta’kidlashiga ko‘ra, suyakdan ishlangan predmetlar alohida oynali javonlarda saqlanadi, chunki yorug‘lik kam bo‘lsa, u rangini o‘zgartiradi [4. – B. 187]. Yog‘ochdan yasalgan predmetlarning turli xajmdagilari, turli narsalarga mo‘ljallanganlari bir guruhga birlashtirib, birga saqlanadi. Ular orasidagi me’moriy yodgorliklarning yog‘och detallari; suvda (kema, qayiq, sol va x.k.) va quruqlikda (kareta, arava, chena va hokazo) harakatlanishga mo‘ljallangan moslamalar; ish qurollari; mebel, shuningdek, uy-ro‘zg‘ori SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 129 buyumlari va boshqa mayda predmetlar ham mavjud. Yog‘ochdan ishlangan predmetlar bilan qamishdan qilinganlari ham birga saqlanadi. Fond strukturasi bo‘yicha, haykallar tasviriy manbaga kiritilsada, yog‘ochdan ishlanganlari yog‘och buyumlar bilan saqlanadi. Me’moriy inshootlarning qismlari, maxsus jihozlangan devorlarga osiladi. Yer va suvda harakatlanish vositalari kolodka ustiga qo‘yiladi. Mebel va katta xajmdagi haykaltaroshlik asarlari ham poldan balandroq qilib, tagiga narsa qo‘yib tiklanadi. Uncha katta bo‘lmagan predmetlar, uy ro‘zg‘ori buyumlari, o‘yinchoqlar, mayda haykaltaroshlik namunalari xajmiga qarab, shkaflarga qo‘yiladi. Stend, stellaj va shkaflardagi buyumlar bir-biriga tegmasligi kerak. Sopol va shishadan ishlangan predmetlar guruhlarga bo‘linadi va nimaga ishlatilishiga qarab ajratiladi. Idish-tovoq, koshinlar, yoritgich moslamalari, texnik va laboratoriya shishalari va hokazo. Shuningdek bu saqlov guruhiga sopol haykaltaroshlik buyumlari ham kiradi. Predmetlar qanday materialdan qilingani hisobga olinib joylashtiriladi. Masalan, fayans, farfor, mayolikadan qilingan buyumlar bir guruhga yig‘iladi. Rangli shishalar alohida guruhlarga ajratiladi.Sopol va shishadan qilingan predmetlar shkaflarda saqlanadi. Ularni tokchalarga birbiridan uzoqroqqa taxlab, og‘irligi ham hisobga olinadi. Chunki tokcha predmetlarning og‘irligidan tushib ketib, buyumlar sinishi mumkin. Tekis yuzali predmetlar, masalan, tarelkalar maxsus podstavkalarga vertikal joylashtiriladi. Agar ular gorizontal holatda saqlansa, orasiga yumshoq qog‘oz yoki mato qo‘yilib, 6 tadan ko‘p bir-birini ustiga qo‘yilmaydi [6. – B. 140]. Katta hajmdagi dekorativ vazalar, ko‘zalar, haykallar tokchali ochiq javonlarga yoki tagliklarga qo‘yiladi. Osib qo‘yiladigan yoritgich asboblari shtangalarga mahkamlanadi. Qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, numizmatika, qurol-aslahalar moslashtirilgan maxsus xonalarda, seyflarda saqlanadi. Katta muzeylarda ular mustaqil saqlanish guruhlarini tashkil etadi.Qimmatbaho metall predmetlar shkaflarda, javonlarda, lotok-qutilarda saqlanadi. Platina, tilla, kumushdan qilingan mayda buyumlar futlyarga solinib, seyfga qo‘yiladi. Numizmatikaga oid buyumlardan – tangalar, medallar, znachoklar, jetonlar, plaketakalar va boshqalar korobkalarga solinib, lotok-qutilarda saqlanadi. Shuningdek ularni qattiq kartondan qilingan kartonlarga birma-bir solib, vertikal taxlash ham mumkin. Qurol-aslahalar, hajmiga qarab podstavkalarning ustida, bir necha tokchali ochiq javonlarda, shkaflarda saqlanadi. Katta xajmlilari, zambarak, pulimyot va xokazolar podstavkalarga o‘rnatiladi. Qurol, miltiq, pistoletlar, ichida ushlab turadigan reykasi bor maxsus shkaflarga qo‘yiladi. Kalta ushlagichli qurollar (pistolet), shuningdek, lotok-qutili shkaflarda ham saqlanadi. Har xil turdagi nayzalar vertikal holatda, maxsus podstavkalarga o‘rnatiladi. Sovuq qurollar, ya’ni qilich, qilichsimon nayzalar, xanjar kabilar gorizontal holatda yoki maxsus moslamalarga osilgan holatda saqlanadi. Boshqa metall buyumlar materialiga qarab guruhlanadi. (cho‘yan, temir, po‘lat, misbronza, qo‘rg‘oshin, qalay va hokazolar) Qo‘rg‘oshindan ishlangan predmetlar maxsus saqlash tartibida bo‘lishi kerak. Ularni yog‘ochdan qilingan polkalarda qo‘yib bo‘lmaydi. Tasviriy manbalar ham saqlash guruhlariga bo‘linadi: rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, fotosuratlar. Alohida guruhga kartografik materiallarni ajratish maqsadga muvofiqdir (kartografiya-geografik xaritalar). Rangtasvir asarlari fond saqlovxonalarining devorlariga osiladi, to‘siqlarga yoki ochiq javonli shkaflariga joylashtirilishi mumkin. To‘siqlar suriladigan va surilmaydigan bo‘ladi. Surilmaydigani ma’qulroq ko‘riladi. Javonlar havo sirkulyasiyasini ta’minlash uchun reshetkali va har bir kartina uchun yacheykali bo‘lishi kerak. Yuqorida qayd etilgan joylarga, SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 130 moslamalarga qo‘yish asarlarning to‘planish strukturasi, xajmi yoki inventar nomeriga qarab taxlanishi mumkin. Padramniksiz kartinalarning o‘ng tomoni tashqariga qaratilib, diametri 50-70 smli valga o‘raladi. Bu ishni faqat ta’mirlovchi amalga oshiradi. Bitta valda 10 tagacha kichik xajmdagi, 23 tagacha katta xajmdagi kartinalarni o‘rash mumkin. Shuningdek, kartinalar xajmiga qarab tanlanib ikkitadan o‘ng tomoni bir-biriga qaratib taxlanadi. Marmar, ohak, gipsdan ishlangan haykaltaroshlik namunalarining katta va o‘rtacha xajmdagilari podstavka yoki stellajlarga qo‘yilib, usti chexol bilan yopib qo‘yiladi, kichikroq va mayda haykallar shkaflarda saqlanadi. Ko‘mirda, yumshoq qalamlarda, pastelda chizilgan chizmatasvirlar oyna tagida saqlanadi. Ushbu chizmatasvirlar va akvarel, gravyura, litografiyalar yacheyka moslamali shkaflarga vertikal qo‘yiladi. Predmetlarni joylashtirishda to‘plash strukturasiga qaraladi yoki xajmiga, inventar nomeriga qarab qo‘yib chiqiladi. Xuddi shu prinsipda akvarel, chizmatasvir, gravyura, litografiya albomlari ham joylashtiriladi. Akvarel, qalamtasvir, gravyura, litografiya tasvirli listlar alohida papkalarda, inventar nomeri bo‘yicha 30 tadan oshirmay taxlanadi. Papkalarda tortma qutili shkaflarda gorizontal saqlanadi. Atlaslar shkaf polkalarida, xarita va loyixalar papkalarda saqlanadi. Katta xajmdagi xaritalar doka yoki chitga yelimlangan bo‘lib, o‘ng tomoni tashqariga qaratilib, val yoki karton trubkalarga o‘raladi, chexolga solib, gorizontal holatda maxsus shkaf yoki polkalarda saqlanadi. Globuslar - korobkalarga solinib, shkafga joylanadi. Katta xajmdagilari esa, ustiga chexol yopilib, maxsus tagliklarga qo‘yiladi. Negativlar, pozitivlar alohida saqlanishi kerak. Negativlar alohida konvertlarga solinib, xajmi bo‘yicha qutilarga vertikal taxlanib, shkaflarga qo‘yiladi. Pozitivlar qattiq qog‘ozlarga o‘ralib, konvertlarga solinib vertikal tarzda qutilarga taxlanadi. Magnit lentalari yog‘och moslamada, bir xil xajmli qutilarga vertikal taxlanadi. Yiliga bir marta magnit lentalarini qayta o‘rab, ichki kuchlanishi yo‘qotiladi. Gram-plastikalar alohidagi konvertlarda vertikal qo‘yiladi. To‘planish tarkibi va inventar nomeriga qarab joylashtiriladi [4. – B. 189]. Muzeydagi barcha mebel va moslamalarga quyidagilar talab etiladi: muzey predmetlarini saqlashga yaroqliligi; ishlatishga qulayligi; texnik zararlardan, changdan saqlay oladigan; eksponat materiali bilan reaksiyaga kirishmaydigan; namlikni o‘ziga singdirmaydigan; qulflanadigan; plomba va muxr bossa bo‘ladigan bo‘lishi kabilar shular jumlasidandir. Shuningdek, fondlardagi moslamalar saqlanayotgan predmetlar uchun ham, ularni olib ishlatadigan ilmiy xodimlar uchun ham qulay bo‘lishi lozim. Xulosa. Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilgan holda, O‘zbekistonning moddiy madaniy merosini saqlash uslublarini ilmiy jihatdan o‘rganish, , bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Fond saqlovxonalaridagi moslamalar maxsus talablarga yuz foiz javob bera olmaydi. Predmetlarning maksimal saqlanishini ta’minlash uchun zarur ashyolar yetishmaydi va muzeylarning aksariyat qismi moslashtirilgan binolarda joylashtirilgan. Saqlash masalalarini xal qilish uchun muzey eksponatlarining materiali hamda uning tayyorlanish jarayonini mukammal bilish talab etiladi [6. – B. 409]. Buning uchun muzeyga turli soha mutaxassislarini jalb qilinib, barcha muzey ashyolari vaqti-vaqti bilan ko‘zdan kechirilishi kerak. O‘zbekiston, madaniy merosi jihatidan haqqoniy ravishda dunyodagi boy davlatlardan biri hisoblanadi. Katta bo‘lmagan hududda juda katta miqdordagi xilma-xil tarixiy va madaniy yodgorliklar to‘plangan. O‘zbekistonning bir necha ming yillik tarixini aks ettiruvchi yuzlab SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 131 yodgorliklar butunjahon – tarixiy ahamiyatga ega. Ularni o‘rganish, kelajak avlod uchun saqlab qolish va muhofaza qilish faqat muzeyshunoslar emas, balki, boshqa soha mutaxassislari, jumladan, tarixchi, san’atshunos, fizik, kimyogar, biolog kabi olimlar uchun muhim vazifadir. Chunki, muzey ashyolariga optimal saqlov tartibini ishlab chiqish uchun ularning kashfiyotlari ham muhim sanaladi. Фойдаланилган адабиётлар 1. Умумжаҳон маданий ва табиий меросни муҳофаза қилиш ҳақида Конвенция, 1972йил. http://wh.unesco.ru/text/convention.htm 2. Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Тошкент: Ўзбекистон, 2014. – Б. 17. 3. Kuryazova D.T., Ergashev B.E., T.I.Maxmudov. Jahon muzeyshunosligi. Ma’ruzalar kursi. – Samarqand, SamDU, 2015. – B. 112. 4. Музееведение. Музеи исторического профиля. – Москва: Высшая школа, 1988. – С. 185, 187, 189. 5. Kuryazova D.T. Muzey ishi tarixi va nazariyasi. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘qituvchi, 2007. – В. 140.