О'ZBEKISTONDA MILLIY AN'ANA VA QADRIYATLARNI TIKLASHDA KULOLCHILIK SAN'ATINING ROLI
Abstract
Maqolada о‘zbek kulolchilik maktablari tomonidan ushbu san’atni yanada rivojlantirish, an’ana va qadriyatlarimizni tiklash, keng targ‘ib etish va uni yoshlarga о‘rgatish borasida amalga oshiralayotgan ishlar haqida sо‘z boradi. Xususan, mamlakatning har bir mintaqasida mavjud kulolchilik maktablari tarixi va uzoq о‘tmishga ega badiiy an’analari keng yoritilgan.
Full text
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 132 О‘ZBEKISTONDA MILLIY AN’ANA VA QADRIYATLARNI TIKLASHDA KULOLCHILIK SAN’ATINING ROLI 1Mansurov Ne’mat Axmedovich, 2Tulavboyeva Bahoroy Avalbekovna 1Dotsent, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 2Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti magisrtanti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17463914 Annotatsiya. Maqolada о‘zbek kulolchilik maktablari tomonidan ushbu san’atni yanada rivojlantirish, an’ana va qadriyatlarimizni tiklash, keng targ‘ib etish va uni yoshlarga о‘rgatish borasida amalga oshiralayotgan ishlar haqida sо‘z boradi. Xususan, mamlakatning har bir mintaqasida mavjud kulolchilik maktablari tarixi va uzoq о‘tmishga ega badiiy an’analari keng yoritilgan. Kalit sо‘zlar: loy, kulol, kulolchilik maktabi, usta, an’ana, shogird, hunarmand, naqsh, bezak, buyum, uslub, chinni, idish, sulola. Аннотация. В статье рассматривается работа, проводимая узбекскими гончарными школами по дальнейшему развитию этого искусства, возрождению наших традиций и ценностей, его широкой популяризации и обучению молодёжи. В частности, подробно освещается история гончарных школ в каждом регионе страны и их давние художественные традиции. Ключевые слова: глина, гончар, гончарная школа, мастер, традиция, ученик, ремесленник, узор, декор, предмет, стиль, фарфор, сосуд, династия. Annotation. The article discusses the work being done by Uzbek pottery schools to further develop this art, restore our traditions and values, promote them and teach them to young people. In particular, the history and art traditions of the existing pottery schools in each region of the country are widely covered. Keywords: clay, pottery, pottery school, master, tradition, apprentice, craftsman, pattern, ornament, pottery, style, porcelain, pottery, dynasty. Mamlakatimizda qadimdan milliy qadriyat sifatida rivojlanib kelayotgan kulolchilik an’analarini asrab-avaylash, xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish, uni keng targ‘ib etish, xalq ustalarining mehnatini munosib rag‘batlantirish va yoshlarni ushbu san’atga jalb etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu ma’noda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 martdagi «Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qо‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi PQ-5033son qarori ushbu sohaga berilayotgan e’tiborning yaqqol dalilidir. Mazkur qarorda hududlarda kulolchilik an’analarini tiklash va rivojlantirish maqsadida sohada ixtisoslashgan markazlar va galereyalar tashkil etish, kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarilishini kengaytirish kabi an’anaviy va zamonaviy kulolchilikni yanada rivojlantirish bо‘yicha asosiy yо‘nalishlar belgilab berilgan. Shuningdek, kulolchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan hunarmandlarni har tomonlama qо‘llab quvvatlash, usta-shogird maktablari faoliyatni tubdan takomillashtirish orqali yoshlarni sohaga keng jalb qilish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Islom dinigacha bо‘lgan davrda loydan yasalgan xudolar oilani turli muammolardan himoya qilgan, bolalar hushtaklari ham loydan yasalgan. Loy idish-tovoq tayyorlash uchun
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 133 almashtirib bо‘lmaydigan ashyo xisoblangan. Xayratlanarlisi shundaki, О‘zbekistonda kо‘plab kasblarning orasida kulolchilik san’atini qadim zamonlardan beri eng sharafli va hurmatga sazovor kasb sifatida e’tirof etish joiz. Mamlakatning har bir mintaqasida о‘zining qadimgi kulolchilik maktablari mavjud bо‘lib, uning badiiy an’analari uzoq о‘tmishga ega. Samarqand atrofidagi Afrosiyob tepaliklaridan arxeologlar kо‘plab haykalchalar – terrakotadan yasalgan hayoliy hayvonlar, ajdaho va sherlarning tasvirlari, afsonaviy Maraqanddan ikki ming yil oldin yashagan noma’lum ustalar tomonidan yasalgan sopol idishlar parchalarini topilgan. XX asrning о‘rtalarida xalq ustasi – kulol Umar Jо‘rakulov olimlarning topilmalariga diqqat bilan nazar tashlar ekan, u qadimiy bezaklar va plastika texnikalarni о‘rganib, qadimiy san’atni tiklagan holda ajoyib figuralarni yasashni boshlagan. Hozirgi kunda ustazoda nomi bilan atalgan Samarqand kо‘chalaridan birida joylashgan kulolchilik ustaxonasida uning shogirdlari Afrosiyob kulolchilik an’analarini davom ettirmoqdalar. Eshak va otlarga mingan kulgili chavandozlar, choyxona va bozor manzaralari, masxarabozlar va ajdarlar kabi terrakota mahsulotlari sayyohlarning Samarqandga qilgan safarlarini esda qolarli bо‘lishi uchun yaxshi esdalik sovg‘asi bо‘ladi. Loydan о‘yinchoqlar kо‘plab hunarmandlar tomonidan yasalgan, ammo ularning haqiqiy san’at asari darajasiga yetkazish hammaga ham nasb qilavermaydi. О‘yinchoq hushtagi qadimgi Uba qishlog‘ida yashab ijod qilgan hunarmand Hamro Rahimovaga mashhurlik keltirgan. Bugungi kunda an’analarni saqlovchi uning shogirdi Kubaro Boboyeva о‘z shogirdlariga kо‘p boshli otlar va qо‘zilarni, yorqin bо‘yalgan va qattiq jaranglaydigan hushtaklarni yasashni о‘rgatmoqda. Ubadan uzoqroqda, Buxorodan qirq kilometr uzoqlikda, Buyuk Ipak yо‘li bо‘ylab о‘zining kulolchilik buyumlari bilan mashhur bо‘lgan G‘ijduvon shaharchasida О‘zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zosi mashhur usta kulol Alisher Narzullayev yashaydi. U kulollar sulolasining oltinchi avlodi xisoblanadi. A.Narzullayev tomonidan tayyorlangan idishlar – lagan, piyola, kosa, vazalar tovus patlari rangini eslatuvchi naqshlar bilan bezatilgan. Qalin sir qatlami bilan tinchlantirilgan bо‘yoqlarning yorqin ranglari akvarelning yumshoqligi va gо‘zalligini kasb etadi. Kulol charxi ustida ishlash, loydan g‘ayrioddiy shaklga ega buyumlarni yaratish va ularni badiiy bezash sirlari Alisherga uning otasi usto Ibodullo Narzullayev tomonidan meros qolgan.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 134 Dunyoning eng qadimgi shaharlaridan biri – Xivada Xorazm kulolchilik maktabi rivojlandi, u geometrik naqshlarining grafik jihatdan aniqligi, mahobatliligi bilan ajralib turadi. Kulolchilik buyumlaridagi naqshlar qadimgi Ichan-Qal’aning mashhur me’moriy yodgorliklari devorlari mayolika bezagi bilan shu qadar qо‘shilib ketishi yorqinlikni aks ettiradi. Bu esa bugungi hunarmandlar xon saroy va masjidlarini bezatgan xalq ustalarining bevosita avlodlari ekanidan dalolat yueradi. Zamonaviy kulollar ishkor sirini tayyorlash uchun xuddi shu tabiiy modda, aralashmalardan foydalanganlar, ular ajdodlari tomonidan sо‘nmaydigan kо‘k, nilobi, feruza plitalarini tayyorlash uchun ishlatilgan. О‘zbekistonning istalgan burchagida kulolchilik san’ati ixlosmandlari о‘ziga xos noyob badiiy bezak uslubi, dekorativ shakllarning sofligi va qо‘lda tayyorlanganlik jonli tuyg‘usini shohidi bо‘lishlari mumkin. Ammo kulolchilik san’atining chinakam bilimdonlari Farg‘ona vodiysining Rishtoniga borishga intiladilar. Tarixiy ma’lumotlarga kо‘ra, sopol idishlar Rishtonda ming yil avval paydo bо‘lgan. Rishton kulollari – kо‘zagarlar о‘zlarini kulolchilik san’ati asoschilarining avlodlari va eski an’analarni saqlovchilar deb bilishadi. О‘rta asrlarda Rishton ustalarining san’ati Buyuk Ipak yо‘li bо‘ylab kо‘plab shahar va mamlakatlarda shuhrat qozongan. Amir Temur о‘zining qudratli Movarounnahr imperiyasini yaratgandan sо‘ng, ushbu imperiyaning bozorlarida barcha mamlakatlarning eng yaxshi tovarlarini topish mumkin edi. Eng qimmatbaho buyumlar orasida xitoy oq chinnisi ham bor edi. Ammo xitoyliklar uni ishlab chiqarish sirini hech kimga bermaganlar. Ma’lumki, Amir Temur XIV asr oxirida bir necha ustalarni Samarqanddan Rishtonga jо‘natgan. Aynan о‘sha paytda xitoy oq chinnisini ishlab chiqarish texnologiyasini aniqlashga urinishlar qilingan. Farg‘ona vodiysida yuqori sifatli kaolinli loy konlari bо‘lmaganligi sababli, bu urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Lekin Rishtonda «chinni» deb nomlangan, oq sir bilan qoplangan mahalliy loydan yarim fayans yasash usuli topilgan. Ushbu uslub о‘zbek zaminida о‘ziga xos rivoj topdi. Aytish kerakki, Rishton kulollari tomonidan XIX asrning
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 135 о‘zidayoq chinnidan idishlar tayyorlangan. Qadimgi Sharq e’tiqodlariga kо‘ra, havo rang baxtni anglatadi, chunki u suv va osmon rangidir. Hozirgi kunda Samarqand, G‘ijduvon va Toshkentning xalq ustalari mahsulotni qoplash uchun asosan qо‘rg‘oshin siridan foydalanishadi. Rishton kulollari esa hanuzgacha о‘zlariga ma’lum bо‘lgan butalar kulidan tayyorlangan «ishqor» sug‘orish usulini qо‘llaydilar. Ustalar unga qalay, kobalt oksidi, mis yoki temir qо‘shadilar. Ushbu qо‘shimchalarning kul tarkibidagi kaliy bilan birikmasiga qarab ishkor sir ultramarin, firuza, oq, qora yoki jigarrang ranglarga ega bо‘ladi. О‘zbekistonning boshqa kulolchilik markazida Rishtondagi kabi turli xil mahsulot shakllari mavjud emas. Turli taomlar solish uchun lagan, kosa va shokosa, ulkan kо‘za va xumlar, qо‘shquloq, oftoba, о‘rdak – hayoliy qush shaklidagi idishlar – kulollar fantaziyasining chegarasi yо‘q. Uzoq о‘tmishdan naqshli bezaklardan iborat sehrli tasvirlar mavjud bо‘lgan, ammo ularning ramziy va badiiy yechimi avloddan-avlodga qanday qilib о‘tishi hali ham ma’lum emas. Ustalar kulolchilik buyumlarini anor mevalari, aylana va spiral bezaklar – quyosh, oy va koinotning qadimiy ramzlari bilan shoxcha shaklidagi naqshlar bilan bezashgan. Italiya, Vengriya, Fransiya, Belgiya, Rossiyadagi muzeylar ekspozisiyalari Temuriylar davri kulolchilik an’analarining jonli timsoli bо‘lgan Rishton ustalarining zamonaviy asarlari bilan bezatilgan. Sо‘nggi yillarda Ibragim Komilov, Rustam Usmonov, Sharafutdin Yusupov, Mahmud Azizovning shogirdi usto Nabijon Qodirovning ishlari Shveysariya, Germaniya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda bо‘lib о‘tgan kо‘rgazmalarda tomoshabinlar tomonidan e’tirof etilgan. Butun dunyo kolleksionerlari Rishton kulolchilik namunalarini sotib olishga intiladilar. Va har qanday sayyoh ham Rishton kulolchilik ustaxonalarida loydan yasalgan mо‘jizani sotib olishdan о‘zlarini ushlab turolmaydilar. Rishtonda ustalarining tashabbusi va mahalliy hokimiyatning qо‘llab-quvvatlashi natijasida yetakchi kulol ustalarning ijodini targ‘ib qilish sezilarli darajada faollashdi. Mashhur markazning bir qator muzeylari va xalq ustalarining ijodiy studiyalari tashkil etildi. Ular orasida taniqli usta kulol Ibraxim Komilovning uy-muzeyi, Rustam Usmonov tomonidan yaratilgan uygalereya (1997), Alisher Nazirovning ijodiy ustaxonasi (2005) shular jumlasidandir. Bularning barchasi, shubhasiz, Rishton kulolchiligining ishlab chiqarishdagi ijodiy va tashkiliy muammolarga qaramay, Markaziy Osiyodagi ushbu yirik an’anaviy kulolchilik markazi tо‘g‘ri yо‘nalishda rivojlanayotganligi ishonchni ruhlantiradi. 2021 yilning 29 yanvar kuni Rishton tumanida kulolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan markazning ishga tushishi yuqoridagi fikrlarning yaqqol dalili sifatida e’tirof etishimiz mumkin [2, 8]. Rishton yaqinidagi Minor qishlog‘idan Muzaffar Saidov ham ishqorli kulolchilik an’analarida faoliyat olib boradi va Namangan viloyatida qadimgi G‘urumsaray qishlog‘ida eng keksa usta G‘afurjan Masharipov ustozi – taniqli usto Kenja an’analarini davom ettiradi. Aynan shu erda, G‘urumsaroyda toshkentlik taniqli usta kulol, О‘zbekiston Badiiy Akademiyasining haqiqiy a’zosi Akbar Rahimov bundan bir necha yil oldin usto Maxmud Rahimovdan kо‘k sirli «ishqor» tayyorlashning qadimiy texnologiyasi sirlarini о‘rgangan.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 136 Toshkentning Kо‘kcha dahasida shaharning diqqatga sazovor joylaridan biri – Muxitdin Rahimov nomidagi uy-muzey joylashgan. Mashhur kulollar sulolasining tо‘rtinchi avlod vakili, kulol-texnolog, olim, serqirra ijodkor ajoyib hayot yо‘lini kechirgan. M.Rahimov nomzodlik dissertasiyasini himoya qilib, qirq yildan ortiq Respublika San’atshunoslik institutida katta ilmiy xodim bо‘lib faoliyat kо‘rsatgan. Qadimgi kulolchilik markazlariga uyushtirilgan arxeologik ekspedisiyalar, kо‘plab sayohatlarda u Samarqand, Buxoro, Toshkent, Farg‘ona vodiysi kulolchilik san’atining an’anaviy badiiy texnikasini puxta о‘rgangan. Muxitdin Rahimov kо‘p yillar davomida Kushon davri va Temuriylar davri kulolchiligini о‘rganib, О‘zbekistondagi kulolchilik tarixi va kulolchilik buyumlarini tayyorlash va qayta ishlash texnologiyasi, kulolchilikda turli xil ramzlar va badiiy tasvirlarning talqini bо‘yicha bir necha kitoblar yaratgan. Uning о‘zbek kulolchilik san’ati muammolariga bag‘ishlangan о‘nlab maqolalari nashrdan chiqqan. Muxitdin Rahimov о‘z ishini juda sevar kunini asosiy ishiga – kulol charxida rang-barang buyumlar yasashga va ularni bezatishga bag‘ishlagan. U Kushon va Temuriylar davriga oid juda kо‘p turli xil ajoyib asarlar yaratib, о‘sha davr kulolchilik uslubini qayta tiklashga muvaffaq bо‘lgan. M.Rahimov yaratgan asarlarida tinchlik va farovonlik ramzi bо‘lgan jannat qushlarining suruvlari, murakkab geometrik naqshlar va stilizasiya qilingan arab yozuvlari bir-biri bilan uyg‘unlashib ketgan hamda suzib yurgan baliqlar esa qadimdan buyon boylik va baxtni anglatadi. Usta Muxitdin kulolchilik an’analari, о‘zining benazir mahorati va mukammallikka intilishini о‘g‘li Akbarga meros qoldirgan [1, 39]. Taniqli kulol-rassomi Akbar Rahimov otasi vafotidan sо‘ng о‘z mablag‘lari hisobidan xususiy uymuzeyini yaratdi. U yerda otasining kulolchilik ustaxonasi, shaxsiy buyumlari, kitoblari va albatta ustaning asarlari asosiy о‘rinni egallaydi. Shuningdek, bu yerda Akbar akaning va uning о‘g‘li, sulolaning oltinchi avlod davomchisi Alisher Rahimovning asarlari tо‘plangan. Yosh bо‘lishiga qaramay mashhur kulollar sulolasi davomchisi, iste’dodli rassom Alisher Raximov tomonidan yaratilgan buyumlar nafaqat О‘zbekistonda balki, dunyonning Fransiya, Germaniya va Yaponiya kabi davlatlarida о‘tkazilgan kо‘rgazmalarda muvaffaqiyatli namoyish etilgan. U oilaviy an’analarni davom ettirib, Kushonlar va Temuriylar davriga oid sayqallangan kulolchilik uslubida ijod qilib keladi. Alisherning V asr Toshkent о‘yma kulolchiligini qayta tiklash ustida ish olib borayotganligi taxsinga loyiq. Shuningdek, uning tomonidan qadimda mashhur bо‘lgan «qoshg‘ariy» uslubi asosida bir qator asarlar yaratilganini alohida e’tirof etish joiz [4]. 2006 yil 20 aprelda “О‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi kо‘magida mashhur kulol Rahimovlar sulolasining usta-shogird kulolchilik maktabi tashkil etildi. Bu maktab eshiklari kulolchilik san’ati asoslari haqida kо‘proq bilmoqchi bо‘lgan har bir kishiga ochiq.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 137 Shayxontohur tumanining Oqlon mahallasida yashovchi kulollar Akbar va Alisher Rahimov ustaxonasi doimo gavjum. Ularning xonadoni va ustaxonasidagi turli davrlarga mos usulda ishlangan bejirim sopol buyumlar har qanday kishida hayrat va havas uyg‘otadi. Shu bois bu yerga kelgan yurtdoshlarimiz va xorijlik sayyohlar rang-barang, maftunkor amaliy san’at namunalarini sevib xarid qiladilar. 2006-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “Rahimovlar kulollik maktabi”da ustoz-shogird an’anasi asosida kо‘plab hunarmandlar tayyorlanmoqda. Kulolning mehnatlari samarasida bugun bu yerda turli davrlarga oid о‘n sakkiz yо‘nalish va uslubda nafis kulolchilik buyumlari yaratilmoqda. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, о‘zbek kulolchilik maktablari tomonidan ushbu san’atni yanada rivojlantirish, an’ana va qadriyatlarimizni tiklash, keng targ‘ib etish va uni yoshlarga о‘rgatish borasida amalga oshiralayotgan ishlar yosh avlodni tarbiyalashda asosiy omil bо‘lib xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 martdagi «Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qо‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi PQ-5033-son qarori. 2. Алиева С.Ш. Кулол Акбар Рахимов // SAN’AT. – Т.: 1999. – № 2. – Б.38-40. 3. Алиева С.Ш. Особенности керамики Ферганской долины // SAN`AT. –Т.: 2011. – № 1. – С.6-9. 4. Алиева С.Ш., Хакимов А.А. Метаморфозы в керамике Узбекистана: индивидуальност и традиsия // SAN`AT. – Т.: 2012. – №3. – С.29-33. 5. Хакимов А. Прикладное искусство Узбекистана. Традисии и инновасии. – Т.: Юнеско, 2013. 6. Ташходжаева.Д. Ашёлар технологияси. Ўқув қўлланма. - Т:, “Санъат” журнали нашриёти, 2017 7. https://abasayyoh.com/ru/attractions/156#