scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

О'ZBEKISTONNING QADIMIY ME'MORCHILIGIDA GANCHKORLIK BEZAKLARINING KО'LLANILISHI

Mansurov Ne'mat Axmedovich, Xusnutdinova Fazilat Abdumananovna

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonning qadimiy me’morchiligidagi ganchkorlik bezaklari haqida so‘z yuritiladi. Ganchkorlik san’atimiz faxri, beqiyos va bebaho hazina. Hech shubhasizki, uni chuqur o‘rganish ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Ganch o‘ymakorligi san’ati asrlar davomida o‘ziga xos uslub bilan rivojlanib kelganligi tahlil qilingan.

Full text

SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 138 О‘ZBEKISTONNING QADIMIY ME’MORCHILIGIDA GANCHKORLIK BEZAKLARINING KО‘LLANILISHI 1Mansurov Ne’mat Axmedovich, 2Xusnutdinova Fazilat Abdumananovna 1Dotsent, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 2Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti magisrtanti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17463938 Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekistonning qadimiy me’morchiligidagi ganchkorlik bezaklari haqida so‘z yuritiladi. Ganchkorlik san’atimiz faxri, beqiyos va bebaho hazina. Hech shubhasizki, uni chuqur o‘rganish ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Ganch o‘ymakorligi san’ati asrlar davomida o‘ziga xos uslub bilan rivojlanib kelganligi tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Me’morchilik, restavratsiya, ganchkorlik konservatsiya, tarix, ganch yirik o‘yma, chuqur o‘yma, yassi o‘yma, qirma, zamini ko‘zguli o‘yma, zamini rangli o‘yma, chizma pardoz, panjarasimon o‘yma, zanjira, arxeologiya, ta’mirshunos. Аннотаsия: Статья посвящена ганчевым орнаментам Узбекистана XI-XII веков. Гордост нашего искусства гравюры – несравненное и бесsенное сокровище. Не подлежит сомнению, что ее углубленное изучение имеет научное и практическое значение. Проанализировано, что искусство резьбы по ганчу развивалос на протяжении веков, вырабатывая свой собственный, уникальный стиль. Ключевые слова: Архитектура, реставраsия, гравюра, консерваsия, история, гравюра, глубокая гравюра, плоская гравюра, резьба, зеркальная гравюра зами, sветная гравюра зами, рисунок декора, решетчатая резьба, занджира, археология, мастерремонтник. Annotation: This article is about ganch ornaments of Uzbekistan of XI-XII centuries. The pride of our art of engraving is an incomparable and priceless treasure. There is no doubt that its in-depth study is of scientific and practical importance. The art of Ganch carving has evolved over the centuries with a unique style. Key words: Architecture, restoration, engraving, conservation, history, engraving, deep engraving, flat engraving, carving, zami mirror engraving, zami colored engraving, drawing decoration, lattice carving, zanjira, archeology, repairman. Xalq amaliy bezak san’ati kishilarning ma’naviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham о‘zbek xalq amaliy san’ati kishilarni badiiy, ahloqiy, umuminsoniy tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishda hamda madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, mavjud barcha san’at turlari о‘z о‘quvchisiga, tinglovchisiga yoki tomoshabinga о‘tkazadigan badiiy, hissiy, ruhiy ta’siri orqali bilim beradi va tarbiyalaydi. Shu о‘rinda xalq amaliy bezak san’ti turlarining fazilatlari juda ham о‘ziga xos bо‘lib, ularni boshqa xech narsa bilan almashtirib bо‘lmaydi. Ya’ni, bunday san’at asarlari ayni choqda ham badiiy, ham amaliy vazifalarni bajara olishi ularning xalq orasida keng tarqalishiga sabab bо‘lgan. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 139 Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi. Hususan, ganchkorlik qadimiy san’at turlaridan biri bo‘lib, o‘z aksi husn-jamolini dunyo me’morchiligida, shu jumladan O‘rta Osiyo, Eron, Turkiya, Arabiston, Afg‘oniston va boshqa Sharq mamlakatlari me’morchiligida namoyon etib kelmoqda. Ayniqsa, O‘rta Osiyoda yaratilgan asarlar o‘ziga xos badiiyligi kompozitsiyasi va ishlanish uslubi bilan farq qiladi. Hozirgi kunda ganch serquyosh O‘zbekistonimizda ardoqlanib, avaylab muhofaza qilinayotgan ko‘pgina yodgorlik obidalariga ko‘rkamlik, go‘zallik baxsh etib turibdi. U Samarqand, Buxoro, Toshkent, Qo‘qon, Marg‘ilon, Xiva, Shahrisabz va boshqa shaharlardagi tarixiy obidalarni qurish va bezatishda ishlatilgan. Ganch qorishmasi yangiligida oson kesiladi, undan xohlagancha shakllarni o‘yish, yasash mumkin, lekin u qotgandan so‘ng qattiq toshga o‘xshab qoladi. Ustalarimiz uning bu ajoyib xususiyatidan qadimdan foydalanib kelganlar. Shu tariqa hozirgacha bu hunar avloddan-avlodga o‘tib tarixiy an’ana sifatida rivojlanib boryapti. Ganchkorlik – sanatimiz faxri, beqiyos va bebaho xazina. Hech shubhasizki, uni chuqur o‘rganish ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Har qanday binoni bezashda avval uning tuzilishiga mos ganch o‘ymakorligi turini tanlash, qo‘llash o‘z-o‘zidan muhim ahamiyatga ega. Kichik xonaga mayda tekis o‘ymakor va unga mos bo‘lgan pardoz turi, katta mehmonxonalarga (zallarga) esa yirik yoyma va o‘ziga xos ganch o‘ymakorligi qo‘llaniladi. Ganch o‘ymakorligi, yirik o‘yma, chuqur o‘yma, yassi o‘yma, qirma, zamini ko‘zguli o‘yma, zamini rangli o‘yma, chizma pardoz, panjarasimon o‘yma, zanjira, hajmli o‘yma turlaridan iborat. Bundan tashqari, ganch o‘ymakor ligi turlari zaminli va zaminsiz o‘ymalarga bo‘linadi. Ganch o‘ymakorligi san’ati asrlar davomida o‘ziga xos uslub bilan rivojlanib kelgan. Bu san’atning eng qadimgi, o‘rta asrlardagi va XX asrdagi rivojlanishini ko‘zdan kechirib, o‘rganib chiqsak bu davrlardagi ganch o‘ymakorligi bir-biridan mutlaqo farq qiladi. Qadimgi ganch o‘ymakorligi hajmiy bo‘lib, realistik tasvirlar asosida ishlangan. Ularda ko‘pincha odamlar, hayvonlar, qushlar tasviri ishlatilgan. Eramizning birinchi asrlaridayoq kishilar ganchni ajoyib xususiyatga ega ekanligini bilib, qal’alar, karvonsaroy va boshqa joylarni bezay boshlaganlar. Bo‘lib o‘tgan janglar oqibatida ular vayronaga aylanib, faqat qoldiqlari saqlanib qolgan. III asrda Tuproqqal’aning SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 140 serhasham saroy mehmonxonalari o‘yma ganch bilan bezatilgan. Varaxsha shaharchasida juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan va eramizdan avvalgi III-IV asrlarda ishlangan ganch o‘ymakorligi namunasi topilgan. Unda o‘simliksimon naqshlar, palmetta, geometrik shaklli naqshlar ganchdan ishlangan. Ayniqsa gorelefli ishlangan baliq tasvirida o‘yilgan ganch namunasini ko‘rsatish mumkin. Varaxsha shaharchasidan topilgan namunalar. Varaxshadagi topilmalardan VII-VIII asrlardagi Buxoro saroyi qoldiqlaridan namunalar topilgan. Bu topilmalarda qushlar, hayvonlar baliqlarni, o‘simliksimon va geometrik shakllarning o‘yma namunalarini ko‘rish mumkin. O‘rta Osiyoni arablar bosib olganidan keyin islom dini xukmron bo‘lib qoldi, u tirik mavjudotni tasvirlashni ta’qiqladi. Buni O‘rta Osiyodagi arxitektura yodgorliklaridan ko‘rish mumkin. Xususan VII-VIII asrlardagi hukmdorlarning Varaxshadagi saroylarida bu san’atning xilma-xil namunalari saqlangan. Buxorodagi Ismoil Somoniylar maqbarasida ganch o‘ymakorligi namunalarida to‘lqinsimon ishlangan naqshlar topilgan. Unda o‘simliksimon naqshning islimi turi ko‘p ishlatilgan. X-XI asrlarda naqqoshlik, yog‘och, tosh va ganch o‘ymakorligi yanada rivojlangan. Murakkab abstrakt tasvirni aks ettiradigan naqshlar paydo bo‘ldi. Ganch o‘ymakorligi ishlari uyning ichki va namgarchilik tegmaydigan qismiga ham qo‘yilgan. Har xil geometrik shaklli qilib g‘isht terish rivojlangan. Afrosiyobda arxeologik qazishmalar natijasida X-XI asrlarda ishlangan saroylarning qoldiqlari topilgan. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 141 Ayniqsa izora (panel) ganchi topilgan bo‘lib, unda geometrik va o‘simliksimon naqshning chuqur o‘ymalari ishlatilgan. O‘yma chuqurligi 2-3 sm bo‘lgan, naqsh qoramtir soya xisobiga aniq oppoq bo‘lib ko‘rinib turibdi. Ganch devorga qalin qilib suvalgan, naqsh tasviri devor sirtiga to‘ppa-to‘g‘ri chizilib o‘yilgan. O‘sha davr ustalar axtadan(ulgudan) foydalanmaganlar. Binolarning tashqi qismiga esa quyma asosida ganch ishlari bajarilgan. III asrlarda murakkab naqshlar paydo bo‘ladi. Ustalar tabiatdan o‘simlik va hayvonlarning tasvirini stillashtirib, ganch o‘ymakorligida ishlatganlar. Shu devorlarda o‘ymaning chuqurligi 7 mm dan oshmagan. Uylarning tashqi qismiga namoyon, ustun va peshtoqlariga ganch o‘yma ishlatilgan. Farg‘ona vodiysida XII asrda bezak bezak sifatida har xil plitkasimon o‘yma ganch namunalari ishlatilgan. Bu binolarni ganch bilan bezatish keng avj olganligini ko‘rsatadi. O‘zgan yodgorliklari shartli ravishda shimoliy, o‘rta, janubiy deb nomlangan maqbaralarning intereri, devor peshtoqlari, ravoqlari juda ham nafis o‘yma naqshlar bilan ishlangan. Mavorounnahrda ganchkorlik san’ati, ayniqsa ravnaq topgan, me’morchilikning asosiy bezagi darajasiga ko‘tarilgan. Unda fantastik hayvonlarning tasvirini ko‘rish mumkin. Termizshohlar saroyi XI asrda qurilgan baland devorlar bialn o’ralgan katta inshoot bo’lgan. Saroy jamlanmasi katta hudud (7 gektar)ni tashkil etib, to’rtburchak tarxda qurilgan. Saroyning bosh fasadida yirik peshtoqli eshik to’rt burchakli hovliga olib kiradi. Imoratlar bilan o’ralgan keng hovli o’rtasida sopol quvurlar suv bilan ta’minlanib turuvchi 8,5x8,5 metrli hovuz, mehmonxona (dahlizli katta zal) oldida 4 ta kvadrat ustunli ayvon bo’lgan. Bosh eshik qarshisida peshtoq ayvonli cho’zinchoq qabulxona zali bo’lib, uning uch tomonidan ikki qavatli gumbazlar o’ragan, old tomoni ochiq bo’lgan. Shu tomon qimmatbaho parda bilan to’silgan. Shu cho’zinchoq xona to’rida podshoh taxti turardi. Termizshohlar saroyi topilmalaridan. XII asrda (1129-1130 yillari) g’aznalik Sulton Abdul Muzaffar Bahromshoh tomonidan yangi bezaklar bilan saroyning qabul zali esa ganch oymakorligi bilan bezatilgan, unga uch qavatli kesma bezak berilgan, devorlariga afsonaviy mahluqlarning tasviri tushirilgan. Imorat g’ishtdan ustalik bilan, qandasa to’ri asosida terilgan, tagi (poli) pishshiq g’isht yotqizilgan. Termiz maqbaralaridagi ganch o‘ymakorlik san’ati o‘sha davrning yuqori cho‘qqisi desa bo‘ladi. XII - asrda muqarnaslar xosil bo‘ladi va ko‘pgina binolarda ishlanila boshlangan. Muqarnaslar oddiy ganch o‘ymakorligidan farq qilib, ancha murakkabdir. U taxmon va boshqa joylarda bezak sifatida qo‘llanila boshlandi. Binolarnig ichki qismlariga ishlangan muqarnaslar ayniqsa ajralib turadi. Termiz hukumdorlar saroyini qazish paytida ganch panjara, rangdor oyna, ganchga boʻyab ishlangan tasvir qoldiklari topilgan. Saroy bir necha marta taʼmir etilgan. XII - SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 142 asrda zal intereri ganch oʻymakorligi bilan bezatilgan, devorlarga afsonaviy maxluqlarning tasvirlari ishlangan. Termizshohlar saroyi uch davr qurilishi bo’lib, o’rta asr me’morchiligining o’ziga xos va betakror na’munasi bo’lgan. Koʻpgina joylarda geometrik nakshlar, oʻsimlik nakshi, bilan birgalikda uchraydi. Bunda ham biz Termiz ganchkorlarining yuqori malakali usta ekanligining guvoxi boʻlamiz. Har bir naqsh oʻzining betakrorligi, mukammalligi, tiniq ishlanganligi bilan ajralib turadi. Qabulxonaga tashrif buyurganlarni janubiy devorda tasvirlangan gʻayri oddiy xayvonlarning rasmi hayratga solgan. Chunki bu gʻayritabiiy xayvonlar juda mahorat bilan oʻyib ishplangan. Shubhasiz kabulxonaning oʻyma naqshlari mehmonlarga kuchli psixologik taʼsir koʻrsatgan. Bir tomondan kabulxonaning goʻzalligi, nakshlarning nafisligi mehmonga sir li taʼsir koʻrsatsa, ikkinchi tomondan gʻayri oddiy hayvonlarning tasviri bu sirlikni yanada oshirgan, taʼsirchanlikni kuchaytirgan. Buning ustiga kabulxonaning tomida joylashgan turli rangdagi shishalar bilan bezatilgan panjara orqali tushayetgan yorugʻlik zalga yanada sirli hayajon bagʻishlagan. Mehmonlar saroyning mahobatidan, goʻzalligidan hayratga tushganlar. Qabulxonaning koʻrinishi va ichki bezaklari asrlar davomida katta kismi yemirilganiga qaramasdan, oʻzining ilk taʼsirchanligini hozir ham yoʻqotmagan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. С.Булатов “Ўзбекистон халқ амалий безак санъати” Т. “Мехнат”,1991. 7-бет 2. И.А. Каримов. «Тарихий хотирасиз келажак йўқ», Т., «Ўзбекистон», 1997. 3. М.Ахмедова. “Нодир ва бетакрор ёдгорликлар ҳалқимизнинг бебаҳо мулки”. 2014 4. Зиёмуҳамедов Б. “Илм ҳикмати”, Монография. Т.: 1999. 222 б. 5. Кароматов H. “Ўзбекистонда мозий эътиқодлари тарихи”, Услубий қўлланма. Т.: 2008. – 242 б. 6. Ш.М.Мирзиёев. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2016 йил якунлари ва 2017 йил истиқболларига бағишланган мажлисидаги Ўзбекистон Республикаси Президентининг нутқи. // Халқ сўзи газетаси. 2017 йил 16 январь, №11.