scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SHAHRISABZ ME'MORIY OBIDALARIDAGI EPIGRAFIK BEZAKLAR TAHLILI

Mirzayorova Guliruh Shuhrat qizi, Dosmetova Zuxra Shavkatovna

Abstract

Mazkur maqolada Shahrisabz shahrida joylashgan o‘rta asr me’moriy yodgorliklarining epigrafik bezaklari ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda Oqsaroy, Dor ut-tilovat va Dor us-saodat majmualaridagi arab yozuvidagi naqshlar, Qur’on oyatlari hamda tarixiy yozuvlarning mazmuni va badiiy ifodasi o‘rganilgan. Shuningdek, epigrafik yozuvlarning me’moriy kompozitsiyadagi o‘rni, ularning g‘oyaviy-badiiy ahamiyati, shuningdek, o‘sha davr estetik qarashlarini aks ettirishdagi roli yoritiladi. Maqolada Shahrisabz obidalarida uchraydigan epigrafik namunalar orqali Temuriylar davri san’atidagi diniy va ma’naviy qadriyatlar tizimi tahlil etiladi.

Full text

SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 147 SHAHRISABZ ME’MORIY OBIDALARIDAGI EPIGRAFIK BEZAKLAR TAHLILI 1Mirzayorova Guliruh Shuhrat qizi, 2Dosmetova Zuxra Shavkatovna 1Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn Instituti II bosqich magistranti, 2Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti professori, arx.f.n. https://doi.org/10.5281/zenodo.17463974 Annotatsiya. Mazkur maqolada Shahrisabz shahrida joylashgan o‘rta asr me’moriy yodgorliklarining epigrafik bezaklari ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda Oqsaroy, Dor ut-tilovat va Dor us-saodat majmualaridagi arab yozuvidagi naqshlar, Qur’on oyatlari hamda tarixiy yozuvlarning mazmuni va badiiy ifodasi o‘rganilgan. Shuningdek, epigrafik yozuvlarning me’moriy kompozitsiyadagi o‘rni, ularning g‘oyaviy-badiiy ahamiyati, shuningdek, o‘sha davr estetik qarashlarini aks ettirishdagi roli yoritiladi. Maqolada Shahrisabz obidalarida uchraydigan epigrafik namunalar orqali Temuriylar davri san’atidagi diniy va ma’naviy qadriyatlar tizimi tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: Shahrisabz, epigrafika, me’moriy obidalar, Oqsaroy, Dor ut-tilovat, Dor us-saodat, arab yozuvi, naqsh, Temuriylar davri. Аннотация: В статье проводится научный анализ эпиграфического декора средневековых памятников архитектуры, расположенных в городе Шахрисабзе. В статье исследуются содержание и художественное воплощение арабских вязей, аятов Корана и исторических надписей в комплексах Оксарой, Дор ут-тиловат и Дор уссаодат. Также освещается роль эпиграфических надписей в архитектурной композиции, их идейно-художественное значение, а также роль в отражении эстетических воззрений той эпохи. В статье анализируется система религиозных и духовных ценностей в искусстве эпохи Тимуридов на примере эпиграфических образцов, представленных в памятниках Шахрисабза. Ключевые слова: Шахрисабз, эпиграфика, памятники архитектуры, Оксарой, Дор ут-тиловат, Дор ус-саодат, арабская письменность, узор, период Тимуридов. Annotation: This article scientifically analyzes the epigraphic decorations of medieval architectural monuments located in the city of Shahrisabz. The study studies the content and artistic expression of Arabic script patterns, verses of the Quran, and historical inscriptions in the Oqsaroy, Dor ut-tilovat, and Dor us-saodat complexes. It also highlights the role of epigraphic inscriptions in architectural composition, their ideological and artistic significance, and their role in reflecting the aesthetic views of that era. The article analyzes the system of religious and spiritual values in the art of the Timurid era through epigraphic samples found in the monuments of Shahrisabz. Key words: Shahrisabz, epigraphy, architectural monuments, Oqsaroy, Dor ut-tilovat, Dor us-saodat, Arabic script, pattern, Timurid period. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 148 “Shahrisabz buyuk sarkarda va davlat arbobi, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur bobomiz kamolga yetgan mo‘tabar maskan sifatida ham dunyoga ma’lum va mashhurdir. Bu shahar qadim-qadimdan ulug‘ alloma va shoirlari, san’at va madaniyat ahli, qo‘li gul ustalari, mohir hunarmandlari bilan shuhrat qozonib keladi. Uning bag‘ridagi noyob me’moriy obidalar, nodir yodgorliklar bu haqiqatni yaqqol tasdiqlaydi.” 1 . Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston hududi qadimdan yuksak madaniyat va boy me’moriy meros beshigi bo‘lib kelgan. Ayniqsa, xalqimizning faxri bo‘lgan Shahrisabz shahri o‘zining ko‘hna tarixi, noyob me’morchilik yodgorliklari va badiiy bezaklari bilan ajralib turadi. Shahrisabz - o‘rta asrlarda Kesh deb nomlangan qadimgi Nautaka shahri. “Dilkash”, “Qubbatul ilm val-adab” tashbehlari bilan e’zozlangan bu shahar muayyan davrlarda taqdir taqozosi ila jahon tarixidagi ba’zan shonli, ba’zida esa fojiali muhim voqealar markazida bo‘lib keldi 2 . Shahar joylashuvi jihatidan qulay geografik holatga ega bo‘lib, qadimda Samarqand bilan Janubiy O‘zbekiston o‘rtasida muhim strategik va savdo yo‘li bo‘lgan. Aynan shu omillar Shahrisabzda me’moriy san’at va hunarmandchilikning yuksak darajada rivojlanishiga zamin yaratgan. XIV-XV asrlarda Amir Temur davrida Shahrisabz shaharsozlik va me’morchilik jihatidan o‘zining eng yuksak bosqichiga erishgan. Bu davrda bunyod etilgan yodgorliklar – Oqsaroy, Dor ut-tilovat va Dor us-saodat majmualari, Ko‘k Gumbaz masjidi – nafaqat o‘zining ulug‘vor me’moriy shakli, balki naqshlar va epigrafik bezaklarning boyligi bilan ham ajralib turadi. Shahrisabz obidalaridagi epigrafik yozuvlar nafaqat diniy va tarixiy mazmunga ega, balki ularning badiiy shakli, yozuv turlari, kompozitsion joylashuvi ham o‘z davrining estetik qarashlarini aks ettiradi. Ushbu yozuvlar orqali o‘sha davr ustalari Qur’on so‘zlarini, Allohga bo‘lgan e’tiqodni va saltanat g‘oyalarini go‘zal me’moriy shaklga joylay olganlar. Oqsaroy – O‘rta Osiyodagi o‘rta asrlarga oid buyuk me’moriy yodgorlik, Amir Temurning shaxsiy qarorgohi sifatida 1380-yillarda qurilgan ulkan saroy. Me’moriy-badiiy hashamatiga ko‘ra benazir bo‘lgan Oqsaroy qasrida O‘rta Osiyo me’morchiligining yuksak maktabiga xos xilma-xil uslubdagi bezaklar qo‘llanilgan. Bu naqshinkor va mayolikali sirkor g‘ishtdan iborat mozaikadir. Birgina o‘yma mozaikaning o‘zida yetti xil: ko‘k, lojuvard, qora, sariq, yashil, oq va tilla rang mavjud. Mayolika esa lojuvard, ko‘k, to‘q olcha rang, oq, g‘ishtinqizil va tilla rangda berilgan. G‘ishtin mozaika bilan asosan peshtoqning yuqori qismlari bezatilgan. Burchak minoralardagi Qur’oniy mazmundagi bitik ham g‘ishtin mozaika bilan yozilgan. Peshtoq va ayvonning ichki yon devorlariga nafis o‘yma mayolika va mozaika qo‘llangan. Ayrim uslublashtirilgan islimiy naqshlar gilama uslubida ishlangan 3 . 1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 6-sentabrda Shahrisabzda o‘tkazilgan Xalqaro maqom san’ati festivali ochilish marosimidagi nutqidan. 2 Shahrisabz: 2700: Ming yillar merosi: Albom/Mas’ul muharrir: H.Karomatov; Ilmiy muharrirlar: E. Rtveladze, A.Sagdullayev.-T.Sharq, 2002. 6-bet. 3 Shahrisabz: 2700: Ming yillar merosi: Albom/Mas’ul muharrir: H.Karomatov; Ilmiy muharrirlar: E. Rtveladze, A.Sagdullayev.-T.Sharq, 2002. 109-bet. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 149 Oqsaroy me’moriy bezaklari orasida xattotlik san’ati muhim o‘rinni egallaydi. Xattotlik san’ati butun bir inshootning ko‘rki bo‘lib kelmoqda. Chunki yozuvlar tarixdan xabar beribgina qolmay, binoga bezak ham berib turibdi. Oqsaroyda arab yozuvining ikki asosiy turi: kufiy va nasx xati ko‘p qo‘llanilgan. Nasx xati harflari jimjimador. Oqsaroy bezagida suls, muhaqqaq, rayhoniy va boshqa xatlar ham qo‘llanilgan 4 . Amir Temur va Temuriylar davrida esa naqshinkor bezak sifatida suls xati keng tarqalgan. Oqsaroy me’moriy bezaklardagi epigrafikalarni mozaika, mayolika, g‘ishtin mozaika ashyolarda ko‘p uchratamiz. Epigrafik bezaklar asosan ustunlarda, peshtoqlarda, minora devorlarida, arkasimon ravoqlarda, rozetka va frizlarda, kartushkarda, uch chorakli ustun zanjiralarda, burchak zanjira nim ustunlarida qo‘llanilgan. Yozuvlar to‘g‘ri to‘rtburchak, uchkurchak, kvadrat, oltiburchak shakllar ichiga mohirlik bilan joylashtirilgan. (1-2-rasmlar) 1-rasm. XIV asr. Shahrisabz. Oqsaroy. Oqsaroyda epigrafik yozuvlar peshtoqlarning yuqori qismida joylashib, bino tuzilmasining vertikal yo‘nalishini kuchaytiradi. Bu shakl orqali yozuvlar osmon va ilohiylik g‘oyasini ramziy tarzda aks ettiradi. 2-rasm. XIV asr. Shahrisabz. Oqsaroy. Dor ut-tilovat majmuasi XIV asr o‘rtalarida bunyod etilgan bo‘lib, Movarounnahr me’morchiligi tarixida muhim o‘rin egallaydi. Majmua Amir Temurning otasi Amir Tarag‘ay 4 Shahrisabz: 2700: Ming yillar merosi: Albom/Mas’ul muharrir: H.Karomatov; Ilmiy muharrirlar: E. Rtveladze, A.Sagdullayev.-T.Sharq, 2002. 111-bet. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 150 davrida tashkil topgan, keyinchalik Temuriylar davrida kengaytirilib, diniy-ma’rifiy markazga aylangan. “Dor ut-tilovat” arabcha so‘z bo‘lib, “Tilovat uyi”, ya’ni Qur’on o‘qish va diniy ta’lim berish maskani degan ma’noni anglatadi 5 . Majmua tarkibiga Ko‘kgumbaz masjidi, Shayx Shamsiddin Kulol maqbarasi, Gumbazi Sayyidon va boshqa diniy inshootlar kiradi. Bu binolarning me’moriy bezaklarida uchraydigan epigrafik yozuvlar o‘sha davr me’morchiligining ajralmas qismi bo‘lib, ular estetik bezak vositasi bilan bir qatorda diniy g‘oya va e’tiqod timsoli sifatida ham xizmat qilgan. Dor ut-tilovatdagi yozuvlarda asosan Qur’on oyatlari va duolar bitilgan. Eng ko‘p uchraydigan matnlardan biri – “Allohu la ilaha illa hu” (“Allohdan o‘zga iloh yo‘q”) kabi tavhid mazmunidagi oyatlardir. Bu yozuvlar binoning diniy mohiyatini ifodalaydi, ziyoratchilarga e’tiqod va poklik tuyg‘usini eslatadi. Epigrafik yozuvlar kufiy, suls va nasx xat turlarida bitilgan. Ayniqsa, suls xati gumbaz va peshtoq qismlarida keng qo‘llangan bo‘lib, uning nafis chiziqlari, geometrik uyg‘unligi va ritmik joylashuvi san’atkorlarning mahoratini namoyon etadi. Yozuvlar moviy, oq va qora rangli koshinlar bilan bezatilib, ularning o‘zaro uyg‘unligi umumiy kompozitsiyada muvozanat hosil qilgan 6 . Inshootlarning tashqi bezaklarida epigrafik bezaklar mozaika, mayolika va g‘ishtin mozaika ashyolarida qo‘llangan bo‘lsa, ichki interyeri devorlari ma’danli bo‘yoqlarga bo‘yalgan xandasaviy va islimiy naqshlar, epigrafik kompozitsiyalar bilan bezatilgan. (a) (b) 5 Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. — Toshkent: “Fan”, 1997. 6 G‘ulomov Ya. O‘rta asr O‘zbekiston me’morchiligi. — Toshkent: “Fan”, 1979. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 151 3rasm. XIV asr. Shahrisabz. Shayx Shamsiddin Kulol maqbarasining yog‘och eshigi. a - fiksatsiya holati, b - restavratsiya loyihasi. Bajardi muallif. Bundan tashqari Gumbazi Sayyidon maqbarasiga kiraverishda yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatilgan eshikda ham o‘ta nafis epigrafik yozuvlarni ko‘rishimiz mumkin. Eshik ikki tavaqali. Eshikning yuza tomoni naqshlar va har xil ikkala tavaqasi tepa qismidagi dilaklarga o‘yib ishlangan bitiklar bilan boyitilgan. Matn nasx xatida yozilgan, binobarin, bitikning joylashtirilishi muvaffaqiyatli chiqmagan. Ajratilgan yuza makonga joylashishi uchun ayrim harflar o‘lchamlari kichraytirilgan. Eshikda yozuv - “د ىارس وت راد ءادلاا ره ود ىارس” - forscha boʻlib uning tarjimasi quyidagicha, “Sening saroyingda har ikki saroy ibodatlar uyidir” 7 . Dor ut-tilovat majmuasidagi epigrafik yozuvlar XIV asr o‘zbek me’morchiligida islomiy g‘oyalar, badiiy bezak va ta’limiy mazmunning uyg‘unlashganini ko‘rsatadi. Bu yozuvlar orqali o‘sha davrda Qur’on oyatlari nafaqat diniy matn sifatida, balki me’moriy estetikaning asosiy tarkibiy elementi sifatida qo‘llanilganini ko‘rish mumkin. Ular xalqning e’tiqodi, san’atga bo‘lgan didi va ruhiy dunyoqarashini yoritadi. Shahrisabz shahrining markaziy qismida joylashgan Dor us-saodat majmuasi XIV asrda barpo etilgan bo‘lib, u Amir Temur va uning sulolasi uchun mo‘ljallangan dafn majmuasi hisoblanadi. “Dor us-saodat” arabcha atama bo‘lib, “Saodat maskani” yoki “Baxt uyi” degan ma’noni anglatadi 8 . Ushbu majmua Dor ut-tilovat majmuasi bilan bir davrda qurilgan bo‘lib, ular bir-birini ma’naviy va me’moriy jihatdan to‘ldiradi. Bu majmua tarkibiga Jahongir Mirzo (yoki Hazrati Imom) maqbarasi va Amir Temurning tosh sag‘anasi - daxmasi kiradi. Bu yerda epigrafik yozuvlar diniy mazmun bilan bir qatorda siyosiy ramziy ma’noga ham ega bo‘lgan. Jahongir Mirzo maqbarasining tashqi, ichki devorlari va gumbaz qismida, kirish eshigiga Qur’on oyatlari bitilgan. Yozuvlar suls va kufiy xatlarida ishlangan. Ular moviy va oq sirli koshinlar yordamida gumbaz, ravoq va devorlarda kompozitsion tarzda joylashtirilgan. Harflar o‘rtasidagi muvozanat, koshin naqshlarining ritmik takrori majmuaga sokinlik va ilohiylik ruhi bag‘ishlaydi. Jumladan, “Inna lillahi va inna ilayhi roji’un” (“Albatta biz Allohnikimiz va Unga qaytguvchimiz”) oyati marhumlarning dafn joylariga mos mazmunda ishlatilgan. Bundan tashqari, yozuvlar orasida “Al-mulk lillah” (“Barcha mulk Allohnikidir”) va “Al-baqo lillah” (“Abadiylik Allohnikidir”) kabi kalimalar ham uchraydi. 7 O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar: “Qashqadaryo”. Shahrisabz kitob-albomi / F. Abduxoliqov, B. Bobojonov, K. Rahimov, B. Aminov // O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi (O‘zMMA), 2022. 229-230-bet. 8 Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. — Toshkent: “Fan”, 1997. — B. 64–68. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 152 FOYDALANGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI Amir Temur daxmasi ichki manglay devorlari, marmardan yasalgan toshtobut, toshtobut ravoqlari devorlari, ular o‘rtasida joylashgan medalyon va kartushlar suls xatida Qur’on oyatlari, marhumlar ruhiga bag‘ishlab o‘qiladigan duolar bilan bezatilgan. Ular yuksak badiiy tosh o‘ymakorligi namunalaridan. (4-rasm) Shahrisabz me’moriy obidalarida uchraydigan epigrafik yozuvlar mazmuni va yozilish uslubiga ko‘ra uch asosiy guruhga ajratiladi: diniy mazmundagi, tarixiy-g‘oyaviy, va badiiybezakli yozuvlar. 4-rasm. XIV a. Shahrisabz. Dor us-saodat majmuasi. Amir Temur daxmasi. Diniy yozuvlar Qur’on oyatlari, hadislar va duo shaklidagi matnlardan iborat bo‘lib, ular asosan masjid, maqbara va madrasa devorlarida uchraydi. Dorut-Tilovat majmuasining Gumbazi Sayyidon masjidida “Bismillahir rohmanir rohim” va “Inna Allaha ma’as-sobirin” kabi oyatlar suls yozuvida ishlangan. Tarixiy yozuvlar ko‘pincha bino qurilish sanasi, me’mor ismi yoki hukmdor shon-shuhratini madh etuvchi iboralardan iborat. Oqsaroydagi mashhur yozuv – “Agar jannatda osmon bo‘lmasa, uni Temur qurgan Oqsaroyda topasan” – aynan shunday g‘oyaviy mazmunga ega bo‘lib, saltanat qudratini madh etadi. Badiiy-bezakli yozuvlar esa me’moriy naqshlar bilan uyg‘unlashgan holda, kufiy, suls, nasx uslublarida bajarilgan. Bu yozuvlarda nafaqat ma’no, balki shakl, rang va ritm uyg‘unligi muhim rol o‘ynaydi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Shahrisabz me’moriy obidalaridagi epigrafik bezaklar Temuriylar davrining diniy, estetik va madaniy qarashlarini mujassam etuvchi yuksak san’at namunalari hisoblanadi. Ular Qur’on oyatlari, duo va tarixiy yozuvlar orqali insonni ezgulikka, e’tiqodga va ma’naviyatga da’vat etadi. Epigrafik yozuvlar me’moriy kompozitsiyaning ajralmas qismi bo‘lib, binoning jismoniy tuzilmasi bilan ruhiy mazmuni o‘rtasida uyg‘unlik yaratadi. Shahrisabz obidalaridagi yozuvlar o‘zining badiiy nafisligi, rang va shakl uyg‘unligi bilan nafaqat o‘tmish san’atining namunasi, balki xalqimizning estetik tafakkuri va ruhiy dunyosini ifodalovchi milliy merosdir. 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 6-sentabrda Shahrisabzda o‘tkazilgan Xalqaro maqom san’ati festivali ochilish marosimidagi nutqidan. 2. Me’morchilik: darslik / М. M. Vaxitov, Sh. R. Mirzayev; 0‘zbekiston Respublikasi oliy va o ‘rta-maxsus ta ’lim vazirligi. - Toshkent Tafakkur. 3. Shahrisabz: 2700: Ming yillar merosi: Albom/Mas’ul muharrir: H.Karomatov; Ilmiy muharrirlar: E. Rtveladze, A.Sagdullayev.-T.Sharq, 2002. 4. O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar: “Qashqadaryo”. Shahrisabz kitob-albomi / F. Abduxoliqov, B. Bobojonov, K. Rahimov, B. Aminov // O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi (O‘zMMA), 2022. 5. Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. — Toshkent: “Fan”, 1997. 6. G‘ulomov Ya. O‘rta asr O‘zbekiston me’morchiligi. — Toshkent: “Fan”, 1979. 7. https://uz.wikipedia.org/wiki/Epigrafika 8. https://xabar.uz/uz/madaniyat/prezident-maqom-festivali-uchun-nega-aynan-shahrisabztanlangani?utm_source=chatgpt.com