O'ZBЕKISTON ZAMONAVIY RANGTASVIR SAN'ATIDA MILLIY VA UNIVЕRSAL QADRIYATLAR
Abstract
Maqolada Yurtimizda tasviriy san’at, xususan rangtasvir san’atining rivojida zamonaviy o‘zbek rassomlarining muayyan tarixiy davr va milliy madaniyatning ulug‘ namoyondalari faoliyatiga qiziqishida, milliy madaniyat tarixidagi falsafiy dunyoqarash bilan bog‘liq yo‘nalish va oqimlarni talqin qilishda, o‘zbek rassomlari ijodida hozirgi davr voqeliknining aks etishida namoyon bo‘layotgani bayon etilgan.
Full text
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 172 O‘ZBЕKISTON ZAMONAVIY RANGTASVIR SAN’ATIDA MILLIY VA UNIVЕRSAL QADRIYATLAR Qosimova Sevara Vahobjonovna Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Chizmatasvir” kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17465061 Annotatsiya. Maqolada Yurtimizda tasviriy san’at, xususan rangtasvir san’atining rivojida zamonaviy o‘zbek rassomlarining muayyan tarixiy davr va milliy madaniyatning ulug‘ namoyondalari faoliyatiga qiziqishida, milliy madaniyat tarixidagi falsafiy dunyoqarash bilan bog‘liq yo‘nalish va oqimlarni talqin qilishda, o‘zbek rassomlari ijodida hozirgi davr voqeliknining aks etishida namoyon bo‘layotgani bayon etilgan. Kalit so‘zlar: global, ruhiyat, realizm, dekorativlik, texnologiya, pop-art, installyatsiya, perfomans. Аннотация. В статье рассказывается о развитии изобразительного искусства в нашей стране, в частности изобразительного искусства, в интересе современных узбекских художников к деятельности выдающихся деятелей определенной исторической эпохи и национальной культуры, в интерпретации направлений и течений, связанных с философским мировоззрением в истории национальной культуры, в отражении действительности современного периода в творчестве узбекских художников. Ключевые слова: глобальность, психика, реализм, декоративность, технологии, поп-арт, инсталляция, перфоманс. Annotation. The article describes the development of fine art in our country, in particular fine art, in the interest of modern Uzbek artists in the activities of prominent figures of a certain historical era and national culture, in the interpretation of trends and trends related to the philosophical worldview in the history of national culture, in the reflection of the reality of the modern period in the work of Uzbek artists. Keywords: globality, psyche, realism, decorativeness, technology, pop art, installation, performance. Dunyoda global iqtisodiy o‘zgarishlar jarayonida xalqlar san’atida milliy o‘zlikni saqlab qolishga e’tibor tobora kuchaymoqda va zamonaviy tasviriy san’at jahon madaniyatida kechayotgan zamonaviy integratsion jarayonlarni aks ettiruvchi asosiy segmentlardan biri hisoblanmoqda. Shu munosabat bilan zamonaviy tasviriy san’at sohasidagi jarayonlar va muammolarning yechimida xalqlarning ma’naviy va madaniy xususiyatlari hamda ijtimoiy nuqtai nazardan muhim mavzu – jahon san’atining o‘zagi va jahon badiiy san’atshunosligining ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan rangtasvir asarlarida rassom ruhiyatini aks ettirilishi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. So‘nggi yillarda Respublikamizda san’atshunoslar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda zamonaviy tasviriy san’atning rivojlanishiga ta’sir etayotgan muhim omillar va san’atshunoslikda yechimini kutayotgan ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston zamonaviy rangtasvir san’atida rassom ruhiyatini ochib berish zaruriyati tug‘ilmoqda.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 173 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3219-son qarorida qayd qilinganidek: “Bugungi kunda zamonaviy o‘zbek tasviriy san’atiga ko‘plab yosh iste’dod egalari kirib kelayotgani, turli yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkorlar, xususan, rassom va haykaltaroshlar, xalq ustalari ijodida yangicha mazmun va shakl, jahon san’at maydonidan munosib o‘rin egallashga intilish tendensiyalari ko‘zga tashlanayotganini ijobiy baholash lozim”. Bu borada mustaqillik davri O‘zbekiston rangtasvir san’atidagi yangi tendensiyalarni tahlil etish, zamonaviy rassomlar yaratgan asarlarda estetik konsepsiyalarini aniqlash, sotsrealizm san’atiga nisbatan tubdan o‘zgargan talqinini va majoziy, Sharq go‘zalligi g‘oyasi kesimida rassomlar tomonidan yaratilganini tahlil qilish dolzarbdir. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston rangtasvir san’ati benihoya yuksaldi. Bu davrda o‘zbek xalqining voqealarga boy tarixi aksariyat rassomlar uchun asosiy mavzuga aylandi. Turli darda yashab o‘tgan ulug‘ mutafakkirlar, musavvirlar, shoirlar ular uchun dunyoni anglashda, uning rang-barang ifodasini gavdalantirishda o‘ziga xos ma’naviy mezon bo‘lib qoldi. Ko‘pgina rassomlar hayot voqeligiga sinchkovlik bilan qarab, o‘z zamondoshlari – ko‘p millatli O‘zbekistonni mehnatkash insonlari, go‘zal tabiati, fan va madaniyat namoyandalarining obrazlarini yaratishdi. Yosh rassomlar esa XXI asr san’atiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi texnologiya va yangi ifoda vositalarini chuqur o‘zlashtirish yo‘lida izlanmoqdalar. Yurtimizda tasviriy san’at, xususan rangtasvir san’atining rivoji uchun hukumatimiz tomonidan ko‘plab me’yoriy-huquqiy hujjatlar imzolanayotgani e’tiborlidir. Jumladan, 2017 yil 16 avgustdagi PQ 3219-son “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, 2018 yil 28 noyabrdagi PQ4038-son “O‘zbekiston Respublikasi milliy madaniyatini yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”, 2018 yil 26 avgustdagi PQ-3920-son “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2020 yil 21 apreldagi PQ-4688-son “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaror hamda mazkur sohaga taalluqli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur maqola muayyan darajada xizmat qiladi. O‘zbekiston zamonaviy rangtasivir san’atida realistik yo‘nalish hali ham ustuvor bo‘lib turibdi. Bu yo‘nalish S.Abdullayev, A.Ikromjonov, S.Rahmetov, M.Fatkulin, M.Nuriddinov, V.Yenin, M.Toshmurodov, A.Aliqulov, A.Otaboyev, V.Troshina kabi rassomlarning ijodida asosiy o‘rin tutadi. A.Mirzayev, J.Izentayev, I.Shin, I.Mansurov, R.Shodiyev, L.Sodiqova, Ya.Salpinkidi, R.Xudoyberganov, S.Rahmonov kabilarning ijodida esa dekorativ yo‘nalish ravnaq topgan. Ayni chog‘da, turli yo‘nalishda asarlar yaratayotgan rassomlar ijodida hissiymajoziy badiiy tafakkur ham o‘sib kelayotgani, bu ularning asarlaridagi rangtasvir plastik izlanishlarda, voqelikka o‘zgacha nigoh bilan qarashda namoyon bo‘layotganini ham ta’kidlash joiz. Ayni holat, jumladan, J.Umarbekov, B.Jalolov, A.Isayev, G‘.Boymatov va boshqa bir qator rassomlarijodida kuzatiladi. Insonning ma’naviy-ruhiy olamini chuqur aks ettirishga intilish borasidagi avlodlar orasidagi vorisiylik 1990-yillarda san’atga kirib kelgan yoki shu paytda o‘z uslubini topgan rassomlar ijodida ko‘rinadi. L.Ibragimov, A.Nur, G‘.Qodirov, N.Imomov, M.Isanov, F.Axmadaliyev, B.Mahkamov, X.Ziyoxonov, Sh.Hakimov, Sh.Abdullayeva singari rassomlarning asarlarida esaan’analardagi nafaqat muayyan uslubiy belgilarga, balki ulardagi ona zamin, xalq, madaniyat, ruhiyat, milliy o‘ziga xoslik bilan bog‘liq ma’naviy-ruhiy olamga keng murojaat qilish seziladi.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 174 Mustaqillik davrida tarixiy-madaniy merosni idrok etishga intilish bir necha yo‘nalishda kechmoqda. Bu zamonaviy o‘zbek rassomlarining muayyan tarixiy davr va milliy madaniyatning ulug‘ namoyondalari faoliyatiga qiziqishida; milliy madaniyat tarixidagi falsafiy dunyoqarash bilan bog‘liq yo‘nalish va oqimlarni talqin qilishda; o‘zbek rassomlari ijodida hozirgi davr voqeliknining aks etishida namoyon bo‘lmoqda. 1980-yillarning ikkinchi yarmi – 2000-yillarda O‘zbekiston san’atida: pop-art, installyatsiya, perfomans, turli loyihalarning u yoki bu jihatlarini ifodalovchi postmodernistik yo‘nalishning yangi ko‘rinishlari paydo bo‘ldi va ravnaq topmoqda. Masalan, J.Usmonov, F.Axmadaliyev, S.Jabborov, M.Foziliy, M.Soshinaning asarlari obrazlar tuzilishida an’analar bilan “o‘yin” qilish emas, ifodalangan Sharqning o‘ziga xos madaniyatidagi asl ma’naviy an’analarini konseptualizm orqali tasvirlash yetakchilik qiladi. Bu jihatdan A.Nikolayev, V.Useinov, Sh.Abdumalikov, N.Sharafxo‘jayeva, D.Roziqov, B.Muxamedov kabi rassomlarning ijodi e’tiborli bo‘lib, ular zamonaviy g‘arb san’atidagi yangi texnologiyalar, yangi estetik usullarni o‘zlashtirishga intilishmoqda. Ularning ijodiy izlanishlari milliy poetika chegaralaridan oshib, uning badiiy his etish ufqlarini kengaytirmoqda. Ma’lumki, XX asr san’ati murakkab san’at bo‘lib, u o‘zida turli xalqlar san’ati, turli davr, har xil maktab, an’ana, uslublarni mujassamlashtirgan. XX asr san’ati ayni chog‘da bugungi davr kishisining borliqni idrok etishni gavdalantirgan zamonaviy san’atdir. A.Kris, G‘.Boymatov, N.Shoabdurahimov, B.Ismoilov, S.Kurtjemil, T.Ahmedov, I.Sandler, A.Tyurin, M.Qoraboyev, I.Valixo‘jayev, R.Akromov, M.Antonov, F.Gambarova kabi rassomlarning ijodida Yevropa san’atidagi turli davrlarga xos mavzu va uslublar namoyon bo‘ladi. Qator iste’dodli rassomlarning ijodida Sharq va G‘arb san’ati o‘zaro uyg‘unlashgan bo‘lib, ularning asarlarida akademik badiiy maktablarga xos umumiy belgilar modernizm san’ati o‘zaro yonma-yon turadi. Bu esa ularning asarlari universal transmilliy madaniyatga mansubligidan dalolat beradi. Ushbu madaniyatning mazmuni va tili yer sharining istalgan burchagidagi insonlar uchun birday tushunarlidir. XX asr turli xalqlarning har xil davrga mansub madaniy jarayonlariga e’tibor qaratish orqali an’analarning odatdagi chegarasini o‘zgartirib yubordi. Zamonaviy o‘zbek rassomlari “o‘ziniki” va “begona” tushunchasiga boshqacha qaralayotgan hozirgi paytda bu jihatdan ham “sayyora miqyosida mushohada yuritish”ga intilmoqda. Bugungi kunda iqtidorli yosh rassomlarni aniqlash, ularning samarali ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi faoliyatidagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Yosh iqtidorli rassomlar qatorida T.Karimov, Z.Sharipova, J.Izentayev, G‘.Ibragimov, Z.Mansurov, S.Jabborov, D.Roziqov, N.Sharofxo‘jayeva, D.Mamedova, K.Boboyev, T.Rahmetov, T.Fadeyeva, A.Lomanov, F.Axmadaliyev, A.Barkovskiy, V.Xapov, N.Latipova, S.Allaberganov kabilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. O‘zbekiston rangtasvir san’atidagi realistik yo‘nalish zamonaviy badiiy jarayonda o‘z mohiyatini saqlab turibdi. Mustaqillik sharofati bilan rangtasvir san’atidagi badiiy-uslubiy manzara yangi xususiyatlarga ega bo‘ldi va boyidi. Umuman olganda, XX asr oxiri O‘zbekiston rangtasvir san’atida ijtimoiy-shartli va umuman, ijtimoiy baholash tamoyillari o‘z ahamiyatini yo‘qotdi va aslida yo‘qqa chiqdi. Bugungi davr o‘zbek rassomlari ijodida jiddiy evrilishlar sodir bo‘lsmoqda. Yangi plastik yo‘g‘rilishlarda jo qilingan xayoliy ertagu dostonlar, xalq og‘zaki ijodi va matallardagi timsollar, syujetlar, turli xil rasm-rusm va marosimlar bilan bog‘liq belgilar hamda ramzlar rangtasvirning yangi bosqichini belgilab berdi. Hozirgi davrdagi o‘zbek rassomlarining ijodi zamonaviy tasviriy
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 175 san’atni boyitish bilan birga ko‘p jihatdan XXI asr istiqbolida uning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab berdi. O‘zbekiston rassomlari bugungi kunda tarixiy xotiralarni tiklash, o‘z badiiy merosini qayta mushohada qilish bilan birga jahon badiiy madaniyatining eng so‘nggi yutuqlarini o‘zlashtirmoqdalar. O‘zbekiston rangtasvirchilari zamonaviy jahon badiiy jarayonida munosib o‘rinni egallashga harakat qilib, ko‘pgina xalqaro anjumanlar, ko‘rgazmalar, festivallarda ishtirok etib o‘z asarlarini keng ommaga namoyish etmoqdalar. Buning ortida esa, yurtimizda rassomlarimizga yaratilayotgan keng ko‘lamdagi imkoniyatlar va sharoitlar turibdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Асқарова З. Ўзбекистон замонавий тасвирий санъатида аёллар образи. // Санъатшунослик фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. – Т.: К.Беҳзод номидаги МРДИ, 2021. – 150 б. 2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 16 августдаги “Ўзбекистон Бадиий академияси фаолиятини ривожлантириш ва янада такомиллаштириш тўғрисида”ги ПҚ-3219-сон қарори // “Халқ сўзи”, 2017 йил 17 август. 3. Ўзбекистон санъати (1991-2001 йиллар). //Таҳрир ҳайъати: Ҳ.Караматов, Н.Жўраев, Т.Қўзиев ва бошқалар. Илмий муҳаррир: А.Ҳакимов. – Т.: Шарқ, 2001. – 240 б. 4. Ўзбекистон тасвирий санъати. – М.: “ГАЛАРТ”, 2013. – 232 б. 5. Khjaniyozov R.Q. The Integral Role of Artists is the Development of Fine Arts. ARTS AND DESIGN, 2024 ISSN: 2660-6844, – B. 18-21. 6. Erkabayeva F.A Yangi Oʻzbekiston mahobatli rangtasvir sanʼatining bugungi kundagi taraqqiyot yoʻli, – RESEARCH AND EDUCATION, 2023. ISSN: 2181-3191. – B. 96-100 7. Vokhidova G.I. Cubism in Fine Arts – Innovation and Integrity, 2023. – ISSN: 2792-8268 – Р. 39-40 8. Abdumuminov S.M. TASVIRIY SAN’AT MANZARA JANRI INQILOBI,– 9. “PEDAGOGS” international research journal, 2025. ISSN: 2181-4027. 10. Allabergenov S.A. The Significance of Colors as an Emotional Factor in the Art of Painting. – USE: AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies, 2023. – ISSN (E): 2993-2157 – Р. 148-150