Full text
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 211 O‘ZBEKISTON AMALIY SAN’ATIDA USTOZ-SHOGIRD MAKTABI: TARIXIY MEROS VA ZAMONAVIY RIVOJLANISH Shukurova L.Sh. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, Toshkent, O‘zbekiston. https://doi.org/10.5281/zenodo.17465263 Annotatsiya. Tarixda hunarmandchilik buyumlari eng muhim manbalardan biri hisoblanadi. Chunki aynan shu asarlar orqali biz xalqning kundalik turmush tarzi, didi, iqtisodiy darajasi va ijtimoiy mavqeini ko‘rish bilan birga, ularning orzu-umidlari va e’tiqodini ham anglaymiz. Shuningdek, hunarmandchilik buyumlari orqali davlatlararo munosabatlarni, savdo yo‘llarining yo‘nalishini va xalqlar madaniy aloqalarini ham tasavvur qilish mumkin. Ya’ni, bir qarashda maishiy ehtiyoj uchun yaratilgan buyumlar aslida butun bir xalqning tarixi, ma’naviyati va taraqqiyotidan xabar beruvchi jonli guvoh sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur maqolada amaliy bezak san’atining ta’lim va tarbiya jarayonlaridagi o‘rni, yoshlarni kasbga yo‘naltirishda ustoz-shogird an’anasining ahamiyati hamda milliy merosni asrab-avaylash masalalari yoritilgan. Unda hunarmandchilik turlarining tarixiy rivoji va ularning xalq turmushidagi o‘rni tahlil etilgan. Prezident farmon va qarorlari asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, yosh avlodni hunarga jalb qilish va milliy qadriyatlarni targ‘ib etish yo‘nalishidagi ishlarga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida amaliy san’atning madaniy hayotdagi ahamiyati ochib berilgan. Kalit so‘zlar: amaliy bezak san’ati, hunarmandchilik, ustoz-shogird an’anasi, yoshlar tarbiyasi, milliy meros, ta’lim, islohotlar, Buxoro, zardo‘zlik, ganchkorlik. Abstract. In history, handicraft products are considered one of the most important sources. Through these works, we can observe not only the daily lifestyle, taste, economic level, and social status of people, but also understand their aspirations and beliefs. In addition, handicraft items make it possible to imagine interstate relations, trade routes, and cultural exchanges among peoples. Thus, objects seemingly created for household needs actually emerge as living witnesses that reflect the history, spirituality, and development of an entire nation. This article highlights the role of applied decorative art in education and upbringing, the importance of the master-apprentice tradition in guiding youth toward professions, as well as issues of preserving national heritage. It analyzes the historical development of various types of handicrafts and their place in the everyday life of the people. Special attention is given to reforms carried out on the basis of Presidential decrees and resolutions aimed at involving the younger generation in crafts and promoting national values. Furthermore, the article reveals the cultural significance of applied art in the context of modern socio-economic reforms. Keywords: applied decorative art, handicrafts, master-apprentice tradition, youth education, national heritage, education, reforms, Bukhara, gold embroidery, ganch carving. Аннотация. В истории изделия народных ремёсел считаются одним из важнейших источников. Именно через эти произведения можно увидеть повседневный
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 212 образ жизни народа, его вкус, экономический уровень и социальный статус, а также понять его устремления и верования. Кроме того, изделия ремесленников позволяют представить межгосударственные отношения, направление торговых путей и культурные связи между народами. То есть вещи, созданные на первый взгляд для бытовых нужд, на самом деле выступают живыми свидетелями истории, духовности и развития целого народа. В данной статье освещается роль декоративно-прикладного искусства в процессах образования и воспитания, значение традиции «устоз–шогирд» в профессиональной ориентации молодежи, а также вопросы сохранения национального наследия. Анализируется историческое развитие различных видов ремёсел и их место в жизни народа. Особое внимание уделено реформам, проводимым на основе указов и постановлений Президента, направленным на привлечение молодежи к ремеслу и продвижение национальных ценностей. Наряду с этим раскрывается значение декоративно-прикладного искусства в культурной жизни в условиях современных социально-экономических реформ. Ключевые слова: декоративно-прикладное искусство, ремесленничество, традиция «устоз-шогирд», воспитание молодежи, национальное наследие, образование, реформы, Бухара, золотошвейное искусство, ганчикорство. Amaliyotda san’atning turli yo‘nalishlari ichida amaliy bezak san’ati alohida o‘rin tutadi. U nafaqat estetik zavq uyg‘otadi, balki xalqning turmush tarzi, madaniyati va ma’naviyatini ham namoyon etadi. Mustaqillikdan keyin O‘zbekistonda amaliy bezak san’atiga bo‘lgan e’tibor yangi bosqichga ko‘tarilib, uni asrab-avaylash, qayta tiklash va keng targ‘ib qilish davlat siyosati darajasiga chiqdi. Bugungi kunda amaliy bezak san’atini o‘rganishda ta’lim tizimi va yoshlar tarbiyasi masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, ustoz-shogird maktabi an’analari zamonaviy ta’lim jarayoni bilan uyg‘unlashib, yangi avlod ijodkorlari yetishib chiqishida muhim o‘rin tutmoqda [1, b.16]. Hunarmandchilikning turli yo‘nalishlarida – zargarlik, ganch o‘ymakorligi, yog`och o‘ymakorligi, naqqoshlik, kandakorlik, zardo‘zlik, kashtachilik, kulolchilik kabi sohalarda ustozlardan ilm va mahorat o‘rganib, o‘z navbatida shogirdlar tayyorlash jarayoni asrlar davomida yo‘lga qo‘yilgan. Shu nuqtayi nazardan, amaliy bezak san’atida ta’lim tizimini takomillashtirish, yosh avlodni milliy merosga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ustoz-shogird maktabining an’anaviy va zamonaviy shakllarini chuqur tadqiq etish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir. So‘nggi yillarda yurtimizda amaliy san’at va hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan [9, b.4]. Bu borada qabul qilingan Prezident farmon va qarorlari soha taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarilishida asosiy huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan, 2017 yil 17 noyabrdagi PF–5242-sonli farmon hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, mahalliy maktablarning o‘ziga xosligini saqlab qolish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Shuningdek, 2020 yil 21 apreldagi PQ–4688-son qaror amaliy va tasviriy san’at sohasida samaradorlikni oshirish, ta’lim muassasalarida yoshlarni amaliy san’at sirlariga jalb qilish va ustoz-shogird maktabini institutsional jihatdan rivojlantirishga xizmat qildi. 2023 yil 12 iyundagi PF–91-son farmon aholining hunarmandchilikka keng jalb etilishi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar uchun qulay sharoit yaratilishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, bugungi kunda yosh avlodning amaliy bezak san’atiga
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 213 qiziqishini kuchaytirdi [11, b.4]. Eng so‘nggi tashabbus sifatida, 2025 yil 21 avgustdagi PQ–260son qaror bilan Buxoroda xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi o‘tkazish belgilandi. Bu tashabbus amaliy bezak san’ati, hunarmandchilik va kreativ iqtisodiyot uyg‘unligini ta’minlab, ustoz-shogird maktablari va yosh ijodkorlarning jahon maydoniga chiqishi uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Dunyoda har bir xalqning o‘ziga xos amaliy bezak san’ati mavjud bo‘lib, u xalq yashaydigan hudud, urf-odat, dunyoqarash va hatto iqlim sharoiti bilan chambarchas bog‘liq. Shunday yuksak an’analar orasida Markaziy Osiyo, ayniqsa Buxoro amaliy san’at maktabi asrlar davomida jahonga mashhur bo‘lib kelmoqda. Ota-bobolarimiz qurgan inshootlar, ularni bezagan naqqosh va ganchkor ustalarning asarlari bugungi kunda ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Hozirgi kunda yurtimizda amaliy san’at sohasini rivojlantirish va targ‘ib qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda hunarmandchilikni faqat iqtisodiy sohaning bir tarmog‘i sifatida emas, balki ma’naviy meros, ma’rifat va tarbiya manbai sifatida qarash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, yosh avlodni mehnatsevar, teran didli, ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashda ustoz-shogird maktabi beqiyos o‘rin tutadi. Zero, ustoz faqatgina kasb sirlarini o‘rgatib qolmay, balki shogirdga hayotiy tajribasini, insoniy fazilatlarini ham meros qilib qoldiradi. Hunar egallash jarayonida shogird nafaqat mehnat qurollaridan foydalanishni, balki halol mehnat qilishni, sabr-toqatli bo‘lishni, mashaqqatlardan qo‘rqmasdan oldinga intilishni, jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishni ham o‘rganadi. Shu boisdan ham ustoz-shogird an’analari yoshlarni nafaqat mahoratli hunarmand, balki yetuk shaxs sifatida shakllantirishda muhim omil bo‘lib kelgan. Ustoz va shogird o‘rtasidagi munosabatlar xalq orasida “yozilmagan qonun” sifatida asrlar davomida shakllanib, mukammal tizimga aylangan. Bu tizimning asosida hurmat, ishonch va e’tiqod yotadi. Shogird ustozining har bir so‘zi, ishorasi va amaliy ko‘rsatmasidan saboq olgan, uning duosi va roziligini olibgina mustaqil faoliyat boshlashga haqli bo‘lgan. Roziliksiz boshlangan ish esa samarasiz hisoblangan, chunki xalq orasida “ustozning duosi” kasbning barakasi sifatida qabul qilingan. Mazkur an’ana deyarli barcha hunar sohalarida – naqqoshlik, ganchkorlik, kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi, zardo‘zlik, kandakorlik, kashtachilik kabi yo‘nalishlarda uzluksiz davom etib kelgan. Har bir hunar turi o‘ziga xos ustozlik maktabiga ega bo‘lib, shogirdlar bu jarayonda nafaqat texnik ko‘nikmalarni, balki kasb odobini, mijoz bilan munosabat odobini, jamiyat oldidagi mas’uliyatni ham o‘zlashtirgan. Shu tariqa, ustoz-shogird maktabi hunarning davomiyligini, milliy qadriyatlarning asrab-avaylanishini va avlodlar uzviyligining ta’minlanishini kafolatlab kelgan. Amaliyotda “miyonbandon” yoki “bel bog‘lash” marosimi orqali shogirdning hunarda yetuklik darajasiga erishgani e’tirof etilib, u haqiqiy usta sifatida jamiyatda tan olingan. Bunday marosimlar faqatgina kasbiy mahoratni tasdiqlash emas, balki tarbiya, odob-axloq va ma’naviyatning muhim qismi sifatida qaralgan. Bu jarayon shogird uchun hayotiy burilish nuqtasi bo‘lib, uning kelajak faoliyatida mustaqil usta sifatida jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga yo‘l ochgan. Alisher Navoiy ham hunar va ustozning bebaho ahamiyatini ta’kidlab, “Hunarni asrabon netgumdir, oxir, Olib tuproqqami ketgumdir, oxir!” degan misralarida hunarni qadrlash, uni avaylab-asrash va shogirdlarga o‘rgatish insoniy burch ekanini alohida qayd etgan. Bu fikrlar
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 214 hunarning nafaqat moddiy manfaat, balki ma’naviy meros sifatida qadrlanishi lozimligini ko‘rsatadi. Shuningdek, xalqimiz orasida mashhur “Ustoz ko‘rmagan shogird – har maqomga yo‘rg‘alar” degan hikmatli ibora ham bejiz aytilmagan. Bu naql ustozning o‘rni va shogirdning unga bo‘lgan ehtiyoji naqadar ulkanligini anglatadi. Chunki ustozsiz hunar mukammal egallanmaydi, hunarsiz esa inson jamiyatda mustahkam o‘rin egallashi qiyin. Demak, hunarni ustoz orqali o‘rganish, uni avloddan-avlodga yetkazish nafaqat kasbiy mahoratni rivojlantirish, balki milliy qadriyatlarning davomiyligini ta’minlashda ham beqiyos ahamiyat kasb etadi.[9, b.32]. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘tmishdan meros bo‘lib kelayotgan ustoz-shogird maktabi bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan, balki zamonaviy islohotlar tufayli yanada yangi mazmun kasb etmoqda. Ushbu maktab nafaqat hunar o‘rgatishning samarali vositasi, balki yoshlarni ma’naviy, axloqiy va estetik jihatdan kamolga yetkazishning ham eng qadimiy va samarali tizimi hisoblanadi. Prezident qarorlari va davlat dasturlari amaliy san’atni qo‘llabquvvatlash, hunarmandlarni rag‘batlantirish, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va ustozlar merosini asrab-avaylashga keng imkoniyat yaratmoqda. Bu huquqiy asoslar tufayli ustoz-shogird maktabining tarixiy an’analari zamonaviy ta’lim va innovatsion yondashuvlar bilan uyg‘unlashib, yangi avlod ijodkorlarini tarbiyalash jarayonida muhim omilga aylanmoqda. Mazkur jarayon yoshlarning amaliy san’atga qiziqishini kuchaytiribgina qolmay, milliy merosimizning uzluksizligini ta’minlaydi, ularni global madaniy makon bilan bog‘laydi va xalqaro maydonga olib chiqadi. Shu bilan birga, ustoz-shogird an’analari orqali yoshlar sabrtoqat, halollik, mehnatsevarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va jamiyat oldida mas’uliyat kabi yuksak insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam etadi. Shu bois amaliy bezak san’atida ta’lim va ustoz-shogird maktabi milliy madaniyatimizni asrab-avaylash, uni rivojlantirish va jahon miqyosida targ‘ib qilishning eng samarali yo‘llaridan biri bo‘lib qolmoqda. Kelajakda ushbu tizimni chuqur tadqiq etish, uning zamonaviy shakllarini ishlab chiqish va yoshlar ongiga singdirish milliy madaniyatimizning yanada yuksalishiga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Bulatov S., Fayo‘zov Sh., Yo‘ldashev X. Yetuk mutaxassislar tayyorlashda “ustoz – shogird” an’analaridan foydalanish. Monografiya. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2010. – 228 b. 2. Булатов М. Мавзолей Саманидов. Ташкент: Издательство литературы и искусства, 1976.–128 c. 3. Денике Б. П. Архитектурный орнамент Средней Азии. М.Л., 1939. – 224 с. 4. Muratov X.X., Jabbarov R.R. Amaliy va badiiy bezak san’ati. O‘quv qo‘llnma. Toshkent: “Ijod-Print” nashriyoti, 2020. – 162 b. 5. 6. To‘xsanova V. Amaliy sаn’аt turlari. O‘quv qo‘llnma. – Buxoro: “Durdona” nashriyoti, 2020. – 224 b. 7. To‘raev H. Buxoro tarixi. o‘quv qo‘llanma – Buxoro: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti, 2020. – 320 b.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 215 8. Shukurova L.Sh. XVIII-XX asr boshida Buxoro xonligi va amirligidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar - Buxaro amaliy san’ati rivojining tamoyili sifatida. Monografiya. – Farg‘ona: 2024. –118 b. 9. Shukurova L.Sh. Amaliy bezak san’ati. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: «IJOD NASHR», 2025. – 240 b. 10. Shukurova L.Sh. XVIII asr o‘rtalari XX-asr boshlarida buxoro amaliy san’ati. Monografiya. – Buxoro: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti, 2025. – 156 b. 11. Shukurova L.Sh. XVIII asr o‘rtalari – XX asr boshlarida Buxoro amaliy san’ati. San’atshunoslik fanlari nomzodi diss. … – Namangan, 2021. – 145 b.