scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ZAMONAVIY DIZAYNDA TASVIRIY SAN'ATNING OʻRNI

Umurzakova Munisa Miratxamovna

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy dizaynda tasviriy san'atning tutgan o‘rni, uning estetik, badiiy va amaliy ahamiyati yoritilgan. Tasviriy san'at dizayn jarayonidan nafaqat estetik ko‘rinish, balki ma’naviy-axloqiy mazmun berishda ham muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Maqolada san'at va dizayn o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, ularning inson hayotiga va ruhiyatiga ta’siri, zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi ilmiy tahlil etilgan.

Full text

SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 235 ZAMONAVIY DIZAYNDA TASVIRIY SANʼATNING OʻRNI Umurzakova Munisa Miratxamovna O‘qituvchi Toshkent Arxitektura Qurilish Universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.17465509 Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy dizaynda tasviriy sanʼatning tutgan o‘rni, uning estetik, badiiy va amaliy ahamiyati yoritilgan. Tasviriy sanʼat dizayn jarayonidan nafaqat estetik ko‘rinish, balki ma’naviy-axloqiy mazmun berishda ham muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Maqolada sanʼat va dizayn o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, ularning inson hayotiga va ruhiyatiga ta’siri, zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi ilmiy tahlil etilgan. Аннотация. В данной статье рассмотрена роль изобразительного искусства в современном дизайне, его эстетическое, художественное и практическое значение. Изобразительное искусство в процессе дизайна выступает не только как средство эстетического оформления, но и как инструмент передачи духовно-нравственного содержания. В статье анализируется взаимосвязь искусства и дизайна, их влияние на жизнь человека и гармония с современными технологиями. Abstract. This article explores the role of visual arts in modern design, highlighting its aesthetic, artistic, and practical significance. In the design process, visual arts serve not only as a means of aesthetic representation but also as an instrument for conveying moral and spiritual values. The study analyzes the interrelation between art and design, their influence on human life, and their integration with modern technologies. Kalit so‘zlar: Tasviriy sanʼat, dizayn, estetika, texnologiya, kompozitsiya, vizual madaniyat. Bugungi globallashuv va texnologiyalar davrida inson hayotining deyarli barcha jabhalarida dizayn atamasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dizayn nafaqat go’zallik, zamonaviylik, amaliy qulaylik, balki estetik zavq berish vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Bu jarayonda tasviriy san’at asosiy manba sifatida maydonga chiqadi. Chunki dizaynning badiiy, kompozitsion va g’oyaviy yechimlari tasviriy san’atsiz to’liq shakllanmaydi va o’z ifodasini mukammal ko’rsatib bera olmaydi. Dizayn (inglizcha: design-“loyiha”, “chizma”, “rasm”)- narsalar muhitini estetik va funsional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifodalovchi termin. Dizayn faoliyati tarkibiga keng iste’mol buyumlari, texnika, sanoat sohalari, jamoat va turar joy binolari barpo etish va jihozlash, moda va boshqa ko’plab sohalarni qamrab oladi. Dizayn atamasi 20 asr boshlarida yuzaga kelib, 1930-yillarda maxsus faoliyat turi sifatida G’arbiy Yevropa va AQSHda shakllandi. 1980-yil 2-yarmidan dizaynning faoliyat doirasi kengaydi. Insoniyat tarixida tasviriy sanʼat nafaqat badiiy ifoda vositasi, balki madaniyat, tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi muhim omil sifatida namoyon bo‘lgan. Hozirgi davrda dizayn sohasi inson faoliyatining barcha jabhalarida keng qo‘llanilmoqda va uning mazmunida tasviriy sanʼatning o‘rni beqiyosdir. Zamonaviy dizayn sanʼatni texnologiya bilan uyg‘unlashtirgan holda, estetik zavq bag‘ishlaydi, insonning hayot sifatini oshiradi va ma’naviy boylikni ta’minlaydi. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 236 Tasviriy san’at va dizaynning uzviy bog’liqligi: tasviriy san’at insoniyat madaniyatining qadimiy qatlamlaridan biridir. Uning rang, shakl, ritm va kompozitsiya kabi elementlari zamonaviy dizaynning poydevorini tashkil etadi. Grafik dizayn, interyer, eksteryer, moda, reklama va raqamli texnologiyalar asosidagi loyihalarda tasviriy san’at tamoyillaridan keng foydalaniladi. Estetik qadriyat va funksional uyg’unlik: dizaynning asosiy maqsadiqulaylik, zamonaviylik va estetikani uyg’unlashtirishdir. Tasviriy san’at esa bu uyg’unlikni ta’minlaydigan asosiy omil bo’lib, u mahsulotning vizual jozibadorligini oshiradi. Zamonaviy dizaynda tasviriy sanʼatning funksiyalari: Estetik vazifa – insonni go‘zallikka oshno qilish, muhitni estetik boyitish. Ma’naviy vazifa – milliy qadriyatlar, madaniy merosni ifodalash va targ‘ib etish. Amaliy vazifa – qulaylik, funksionallik va texnologik imkoniyatlarni uyg‘unlashtirish. Kommunikativ vazifa – obraz orqali g‘oyani tez va samarali yetkazish. Raqamli texnologiyalar davrida tasviriy sanʼat: XXI asrda dizayn sohasi raqamli texnologiyalar bilan bevosita bog‘liq va raqamli texnologiyalar rivoji tasviriy san’atning yangi bosqichini yaratdi. Grafik dizayn, 3D-modellashtirish, animatsiya, virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalari tasviriy sanʼat tamoyillariga asoslanadi. Bunda ranglar uyg‘unligi, kompozitsiya, vizual metafora kabi elementlar asosiy rol o‘ynaydi. Grafik dasturlar, 3Dmodellashtirish va animatsiya san’ati orqali dizaynda innovatsion yondashuvlar paydo bo’ldi. Virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalari ham dizayn va san’atni yanada integratsiyalashuviga katta yordam bermoqda. Inson psixologiyasi va vizual ta’sir: tasviriy san’at elementlari inson psixologiyasiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Ranglar uyg’unligi, shakl va fakturalarning to’g’ri tanlanishi tomoshabinda iliqlik, qulaylik, motivatsiya va aksincha ruhiyatni tushiruvchi holatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois zamonaviy dizayn loyihalarida tasviriy san’at vositalaridan ongli ravishda foydalanish muhimdir. Masalan, interyer dizaynida rang tanlovi va yorug’lik kompozitsiyasi inson kayfiyatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Sanʼatdagi shakl, rang, chiziq, kompozitsiya kabi elementlar dizayn asosini tashkil qiladi. Dizayner o‘z g‘oyasini hayotga tatbiq etishda tasviriy sanʼatdan ilhomoladi, undan metodik asos sifatida foydalanadi. Inson hayotidagi ahamiyati: Dizayn va sanʼat uyg‘unlashuvi inson hayotining barcha sohalarida seziladi. Kundalik buyumlar dizaynidan tortib, arxitektura, interyer, kiyim-kechak, reklama va multimedia mahsulotlarigacha sanʼatning ta’siri namoyon bo‘ladi. Bu esa inson estetik didini shakllantiradi, ma’naviy olamini boyitadi. O‘zbekiston tajribasida sanʼat va dizayn uyg‘unligi: O‘zbekistonda dizayn sohasi milliy sanʼat an’analari bilan uyg‘unlashib rivojlanmoqda. Naqqoshlik, miniatyura, amaliy sanʼat turlari zamonaviy dizaynda o‘z aksini topmoqda. Milliy naqsh va ornamentlar, interyer dizayni, libos dizayni va grafika yo‘nalishlarida keng qo‘llanilmoqda. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki zamonaviy dizayn tasviriy san’atsiz to’liq shakllanishi mumkin emas. Tasviriy san’at dizaynga estetik, falsafiy va madaniy mazmun bag’ishlaydi. U orqali insonlar nafaqat qulaylikka, balki ruhiy boylikka va estetik go’zallikni his qishga ham ega bo’ladilar. Shu sababdan dizaynerlar tasviriy san’at bilimlariga ega bo’lishi ularni amaliyotda samarali qo’llay olishi bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar davrida ham tasviriy sanʼat o‘z qadrini yo‘qotmay, balki yangi shakllarda rivojlanmoqda. Shunday ekan, dizaynni tasviriy sanʼatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 237 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Gombrich E. H. Sanʼat tarixi. – London: Phaidon, 2012. 2. Arnheim R. Art and Visual Perception. – Berkeley: University of California Press, 2004. 3. Ching F. D. K. Design Drawing. – Wiley, 2015. 4. Lidwell W., Holden K., Butler J. Universal Principles of Design. – Rockport Publishers, 2010. 5. Itten J. The Elements of Color. – Wiley, 2001. 6. O‘zbekiston Respublikasi Sanʼat akademiyasi materiallari. – Toshkent, 2020. 7. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent, 2021. 8. Sayfullayev Sh. Tasviriy sanʼat asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018. 9. Kandinskiy V. O Duhovnom v iskusstve. – Moskva, 2010. 10. Munari B. Design as Art. – Penguin Books, 2008. 11. Farhodova M. Dizayn va tasviriy sanʼat. – Toshkent: Sanʼat, 2019. 12. Barnard M. Art, Design and Visual Culture. – Palgrave Macmillan, 1998.