YOSHLAR ESTETIK DIDI VA MA'NAVIY DUNYOQARASHINI YUKSALTIRISHDA TASVIRIY SAN'ATINING AHAMIYATI
Abstract
Maqolada san’at asarlarining vazifasi unda yoshlarning estetik didi, ma’naviy kamolotini yuksaltirishga hizmat qilish, ularning intilishlarini, tuyg’u va tafakkurlarini ifodalash hususan tasviriy san’atning inson ruhini tarbiyalashdagi, yangi avlodga tarbiya berish ishidagi ahamiy ati to’g’risida to’htalib o’tilgan. Shuningdek, jamiyatda shahs madaniyatini kamol toptirishda o’zining me’yoriy qadriyatlarini belgilashda va shahsning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishdagi san’atning o’rni va ahamiyati borasida hulosalar berilgan.
Full text
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 241 YOSHLAR ESTETIK DIDI VA MA’NAVIY DUNYOQARASHINI YUKSALTIRISHDA TASVIRIY SAN’ATINING AHAMIYATI Vohidova Gulruh Inomjonovna Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Chizmatasvir” kafedrasi katta o’qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17465547 Annotasiya. Maqolada san’at asarlarining vazifasi unda yoshlarning estetik didi, ma’naviy kamolotini yuksaltirishga hizmat qilish, ularning intilishlarini, tuyg’u va tafakkurlarini ifodalash hususan tasviriy san’atning inson ruhini tarbiyalashdagi, yangi avlodga tarbiya berish ishidagi ahamiy ati to’g’risida to’htalib o’tilgan. Shuningdek, jamiyatda shahs madaniyatini kamol toptirishda o’zining me’yoriy qadriyatlarini belgilashda va shahsning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishdagi san’atning o’rni va ahamiyati borasida hulosalar berilgan. Kalit so’zlar: falsafiy g’oya, fantastik o’braz, tasviriy san’at, badiiy obraz. Аннотация. В статье рассматривается роль произведений искусства в формировании эстетического вкуса и духовного развития молодёжи, в выражении их стремлений, чувств и мышления. Особое внимание уделено значению изобразительного искусства в воспитании человеческой души и в процессе формирования нового поколения. Также приведены выводы о роли и значении искусства в определении нормативных ценностей общества, в развитии личной культуры и удовлетворении духовных потребностей человека. Ключевые слова: философская идея, фантастический образ, изобразительное искусство, художественный образ. Annotation. The article discusses the role of works of art in enhancing the aesthetic taste and spiritual development of young people, as well as in expressing their aspirations, emotions, and thoughts. Particular attention is paid to the importance of visual art in nurturing the human soul and educating the new generation. The article also provides conclusions about the role and significance of art in defining societal values, fostering personal culture, and fulfilling the spiritual needs of individuals. Keywords: philosophical idea, fantastic image, visual art, artistic image. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi kundan-kunga ravnaq topib, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olmoqda. Jahon hamjamiyatida o’ziga hos va mos yo’lni tanlab olgan yurtimizning Markaziy Osiyoda yagona davlat deb tan olinganligi ham bejiz emas albatta. Jamiyatning barcha qatlamlarida, hamma sohalarida tub ozgarishlar yuz bermoqda kecha bilan bugungi kunning taraqqiyot yo’li ham tubdan farq qiladi. Bugungi rivojlangan davirda milliy mafkura va milliy foya masalalari jamiyat miqyosiga ko’tarilganligi ham bejiz emas. Jamiyatimiz a’zolari, hususan yoshlar kamolotini ta’minlash ularda estetik did, milliy g’oyani shakillantirishda tasviriy san’at asarlari muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu jarayonni yuksaltirishda albatta ijodkorlarning o’rni beqiyosdir. Shu o’rinda ta’kidlab o’tish lozimki, insonning estetik didi ma’naviy kamoloti shu jamiyat madaniyati darajasida namoyon bo’lgan. Shu sababli estetik did tarbiyasiga doim e’tibor
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 242 qaratilgan. Chunki faqat yuksak estetik did egasigina haqiqiy erkin fikrlash salohiyatiga, dunyoni go’zallik orqali ko’ra bilish qobilyatiga ega bo’la oladi. Bugungi kunda yosh avlodni har tomonlama barkamol inson sifatida tarbiyalash, ularning estetik didi va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish dolzarb masalalardan biridir. Shu jarayonda san’at, ayniqsa tasviriy san’at alohida ahamiyatga ega. Chunki tasviriy san’at inson qalbiga bevosita ta’sir etib, unda go‘zallikka mehr, nafislikni anglash, tabiat va jamiyatdagi uyg‘unlikni his etish tuyg‘ularini uyg‘otadi. Tasviriy san’at insonni nafaqat estetik jihatdan tarbiyalaydi, balki uning tafakkuri, idroki va tasavvur doirasini kengaytiradi. Rassomlar yaratgan asarlar orqali yoshlar hayotning turli tomonlarini, inson ruhiyatining nozik qatlamlarini ko‘ra oladilar. Shu tariqa ular go‘zallikni ko‘rish, his qilish va qadrlash madaniyatiga ega bo‘ladilar. Tasviriy san’at asarlari inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Rassom tomonidan yaratilgan oddiy manzara ham, agar u chin yurakdan yaratilgan bo‘lsa, tomoshabinda chuqur hayajon, faxr yoki mehr tuyg‘usini uyg‘otadi. Bu esa yoshlarni ezgulik, mehr-oqibat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi. San’at insonni fikrlashga, voqelikni teranroq anglashga undaydi. Yoshlar turli davr rassomlarining ijodini o‘rganish orqali tarix, madaniyat va insoniyat taraqqiyoti haqida chuqur bilimga ega bo‘ladilar. Shu orqali ularning ma’naviy dunyoqarashi boyiydi, estetik qarashlari shakllanadi. Shuning uchun ham yoshlarda san’at va madaniyat vositalari orqali estetik didni chuqur shakillantirish yurtimizning kelajak poydevorini mustahkamlashning asosi hisoblanadi. Rassom o’z asarlarida, ezgulik va insoniylik kabi o’lmas g’oyalarini bosh maqsad qilib qo’ysa, ularni badiiy mahorat bilan ifoda eta olsa, hech shubhasiz, madaniyat va san’at ham ma’naviy yuksalishga hizmat qilib, o’zining ijtimoiy vazifasini to’liq ado etishga erishgan boladi. Tasviriy san’at insonnig murakkab aql-zakovati, tafakkurini, tabiatda sodir bo’lib turadigan katta-kichik o’zgarishlarni, uzluksiz falsafiy g’oyalar va fantastik o’brazlarni ta’sirchan ifodalashga qodir. Unda hodisa, voqea va ko’rinishlar doirasining to’laligi turli yo’nalishdagi janrlar orqali ochib beriladi. O’tmishdagi ota-bobolarimiz yaratgan san’at asarlari, ularda ifodalangan tasvirlar, ilgari surilgan g’oyalar, qolaversa o’sha davr ijodkor odamlarning hayoti va ijodi faqatgina o’tmishning jonli guvohi bo’lib qolmay, hozirgi zamon kishisini milliylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Halqimiz qalbiga yo’l topishda san’at asarlari har tomonlama ta’sirchan, qudratli kuchga ega. Ularning vazifasi millionlab yoshlarning estetik didi, ma’naviy kamolotini yuksaltirishga hizmat qilish, ularning intilishlarini, tuyg’u va tafakkurlarini ifodalash, kishilarning ma’naviy ahloqi vositasi bo’lib hizmat qilishdir. Bu borada Tasviriy san’atning inson ruhini tarbiyalashdagi, yangi avlodga tarbiya berish ishidagi ahamiyati katta. Har bir jamiyat shahs madaniyatini kamol toptirishda o’zining me’yoriy qadriyatlarini belgilaydi va shahsning ma’naviy ehtiyojlarini ta’minlaydi. Jamiyat bilan shahsning o’zaro munosabati, shahsning erkinligi, uning huquq va burchlari, insoniy qadriyatlar haqidagi muammo barcha tarihiy davrlardagi muhim masala hisoblangan. Shunday ekan, bu san’at turining jamiyat hayotidagi o’rni beqiyosdir. Mamlakatimizda yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy tarbiyani takomillashtirish, uning milliy zaminini
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 243 mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Davlatimiz kuch qudratini, halqimizning tinch-osuda turmushini, vatan va millatga bo’lgan mehr-muhabbatini tarannum etuvchi tasviriy san’at asarlari bunyod etilayotgan ulug’vor inshootlar devorlarini bezabgina qolmay, yoshlarda ezgulik va insoniylik g’oyalari bilan yo’g’rilgan holda ma’naviy yuksalishga hizmat qilmoqda. Bu borada keyingi yillarda yaratilgan ko’plab yosh rassomlar yaratayotgan san’at asarlarini misol keltirishimiz mumkin. Tasviriy san’at asarlari orqali yoshlarda vizual tasavvur hosil bo’ladi. Shu sababli tasviriy san’at asarlari tomoshabinga kuchliroq ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa yoshlarda ko’p marotaba mutolaa qilgan narsani rangtasvir asarlarini ko’rib tushunishi va osonroq mushohada qilishi mumkin. Buyuk ajdodlar, ulug’ daholarimiz hayoti, buyuk ishlarini tasvirlovchi ko’plab rangtasvir asarlarini keltirish mumkin. Bugungi kunda rassomlarning ijod vositalarining yangi imkoniyatlarini qidirib topishga bo’lgan yondoshuvlari sezilarli darajada faollashdi. San’at-insonning hayotini va uning rang-barang sohalarini tasvirlash yo’li bilan yoshlar ijtimoiy hayotidagi ma’naviy-ahloqiy munosabatlarini ham gavdalantirgan bo’ladi. San’atda tasvirlangan badiiy obrazlar va voqealarning ijtimoiy ahamiyati ularning jamiyat a’zolari va yoshlarni ma’naviy tarbiyalashning oqilona ehtiyojlari, maqsad va vazifalari bilan uzviy bog’langandir. Ma’naviyat garchand yoshlar hulq-atvorini tartibga soladigan umumiylik bo’lsa-da, san’atga kuchli ta’sir ko’rsatsa-da, san’atning badiiy-estetik o’ziga hosligi shuning o’zi bilan cheklanib qolmaydi. Shu ma’noda aytish mumkunki, olamni inson ma’naviyligini go’zallik va hunuklik, ulug’vorlik va pastkashlik, fojeaviylik negizida qarab chiqadigan estetik tamoyil ustuvor o’rin tutadi. San’atkor dunyoni, avvalo, estetik nuqtai nazardan idrok etadi va baholaydi, voqeylikdan latofat izlaydi. U boshqalar ko’rmagan yoki fahmlay olmagan nafosatni ko’radi va idrok etadi. Narsalardagi go’zallikni sevadi. Ardoqlaydi uni o’zgalar shu qatorda yoshlar bilan baham ko’rishga oshiqadi. Bu jarayonni amalga oshirishga yoshlar ongiga milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni singdirish uchun biz juda katta boy merosga egamiz. Zero, jamiyat a’zosi bo’lgan har bir kishining ahloqsizligi jamiyatga qay darajada zarar etkazsa, yahshi ahloqli kishilar uning ravnaqiga shuncha hissa qo’shadilar. Muhtasar qilib aytganda, ohirgi yillarda estetik did, ma’naviy kamolot, tarbiya sohasida amalga oshirgan, ko’lami va mohiyatiga ko’ra ulkan ishlarimiz biz ko’zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech kimdan kam bo’lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun halqimizning ma’naviy yuksalishi yo’lida mustahkam zamin yaratdi, desak, hato bo’lmaydi. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, estetik did, ma’naviy kamolot, milliy tarbiya har qanday jamiyat va mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalash va ularning ma’naviy barkamolligini shakillantirish vazifasi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligi hech kimga sir emas. ADABIYOTLAR 1. “O’zbekiston san’ati”. T.: 2001.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 244 2. Aliqulov H. Gumanistik meros va shahs ma’naviy kamoloti. –Toshkent: Falsafa va huquq. 2006. 3. Agzamhodjaeva S.S. Ijtimoiy ideal va O’zbekistonda ma’naviy taraqqiyot muammolari: fals.fan.dokt.dis –Toshkent. O’zMu, 2008 – 365b; 4. Jumaboyev Y. O’zbekistonda falsafa va ahloqiy fikrlar taraqqiyoti tarihidan. O’qituvchi, T,: 1997. 5. Yoshlar muammolari va ularning echimi: holat va istiqbol. II – Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Toshkent: Yangi asr avlodi.2003. – 200 b. 6. Jaborov M. Komil inson g’oyasi: tarihiy-falsafiy tahlil – Toshkent. 7. Madaliyeva Sh.O. Milliy mentalitet va demokratik tafakkur (XX asr saboqlari va XXI asr istiqbollari). –Falsafa va huquq instituti nashriyoti, T.: 2007. 8. Muhtarov A. Shahs tarbiyasida milliy g’oya, ehtiyoj va manfaatlar uyg’unligi. –Yangi asr avlodi. T.: 2003. Khujaniyozov R.Q. Fine lines Uzbekistan painting art. – Art and design Social Science, 2022. – B. 8-11. 9. Khjaniyozov R.Q. The Integral Role of Artists is the Development of Fine Arts. ARTS AN D DESIGN, 2024 ISSN: 2660-6844, – B. 18-21. 10.Erkabayeva F.A Yangi Oʻzbekiston mahobatli rangtasvir sanʼatining bugungi kundagi taraqqiyot yoʻli, – RESEARCH AND EDUCATION, 2023. ISSN: 2181-3191. – B. 96-100 10. Allabergenov S.A. The Significance of Colors as an Emotional Factor in the Art of Painting. – USE: AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies, 2023. – ISSN (E): 2993-2157 – Р. 148-150 11. Mahmudov B.T. Perception of Miniature Works through an Artistic Image. – USE: IJNRAS, 2023. – ISSN: 2751-756X. – Р. 179-182 12. Makhmudov B.T. The artist's psychological perception of colors, Innovation and Integrity, 2023. – ISSN: 2792-8268. 13. Umirzakov R.R. Imagination allows a person to realize many projects. – European Journal of Innovation in Nonformal Education, 2023. – ISSN - 2795-8612. – Р. 158-161 14. Nasritdinov A.Sh. Дизайнда ёруғлик ва рангларнинг аҳамияти, – Innovative Development in Educational Activities, 2024. ISSN: 2181-3523. Abdumuminov S.M. TASVIRIY SAN’AT MANZARA JANRI INQILOBI,– “PEDAGOGS” international research journal, 2025. ISSN: 2181-4027.