TURK DUNYOSI AMALIY BEZAK SAN'ATI: TARIX, ZAMONAVIYLIK VA KELAJAK
Abstract
O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida xalk amaliy san’ati turlari madaniy merosimizning serqirra qismini tashkil etadi. Kalit so‘zlar: amaliy san’at, milliy hunarmandchilik, usta, ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi, savatchilik, pichoqchilik, misgarlik, zardo‘zlik, bo‘yrachi, taqachi, gilamdo‘zlik, qulfsozlik, tunkasozlik, kigiz bosish, suyak o‘ymakorligi, kashtachilik, to‘quvchilik, rixtgarlik, etikdo‘zlik, toshtaroshlik va hokazo.
Full text
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 245 TURK DUNYOSI AMALIY BEZAK SAN’ATI: TARIX, ZAMONAVIYLIK VA KELAJAK Xaitov Eshmamat Xaqberdiyevich1, Azimov Farxod Teshaboyevich2 1Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, 2Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17465581 ANNOTATSIYA. O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida xalk amaliy san’ati turlari madaniy merosimizning serqirra qismini tashkil etadi. Kalit so‘zlar: amaliy san’at, milliy hunarmandchilik, usta, ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi, savatchilik, pichoqchilik, misgarlik, zardo‘zlik, bo‘yrachi, taqachi, gilamdo‘zlik, qulfsozlik, tunkasozlik, kigiz bosish, suyak o‘ymakorligi, kashtachilik, to‘quvchilik, rixtgarlik, etikdo‘zlik, toshtaroshlik va hokazo. АННОТАЦИЯ. Многогранные виды декоративно-прикладного искусства являются культурным наследием в многовековой истории узбекского народа. Ключевые слова: прикладное искусство, национальные ремесла, мастер, резьба по дереву, каменотёс, сапожничество, вязание, подковничство и т.д. ABSTRACT. In the centuries-old history of the Uzbek people, folk decorative arts are the most wonderful and popular part of our rich and colorful cultural heritage. Keywords: applied art, national, handicrafts, craftsman, potter, wood carving, basket weaving, knife making, coppersmithing, goldsmithing, weaving, carpet weaving, locksmithing, tuna weaving, felt pressing, bone carving, embroidery, weaving, knitting, embroidery, stone carving Turkiy xalq amaliy san’ati juda qadimiy san’at turi bo‘lib, u turkiy xalqlarning kundalik turmushi bilan keng va chambarchas bog‘langan. SHu bilan birga u mamlakatimizda qadimdan rivoj topgan hamda dunyoda o‘z o‘rniga ega. O‘zbek xalq amaliy san’ati yoshlarda milliy g‘ypypning shakllanishiga xizmat qiladi. Turkiy xalqlar amaliy san’atining dastlabki namunalari tosh asrida paydo bo‘lgan. Uyg‘onish davrigacha u uy hunari shaklida, keyinchalik esa xalq badiiy hunarmandchiligi tariqasida shakllangan. SHaharlarda amaliy-bezak buyumlari maxsus korxonalarda ishlab chiqiladigan bo‘ldi. O‘lkamiz zaminidagi tarix katlamlarini kazishlar natijasida topilgan yodgorliklarning guvoxlik berishicha, insonning jismga badiiy ishlov berishi usulida buyum yaratish faoliyati tosh asridayok boshlangan bulib, asrlar osha xozirgacha uzluksiz davom etib kelmokda. SHuning uchun yoshlarga boy milliy-madaniy tariximizni chuqur o‘rgatish, milliy qadriyatlarimiz, urfodatlarimiz, an’analarimiz, xalq hunarmandchiligimiz tarmoqlarini qayta tiklash va rivojlantirish kabi masalalar dolzarb mavzu hisoblanadi. Turkiy xalqlar amaliy san’ati qadimiyligi hamda boy madaniyati bilan butun dunyoga mashhur. Uning er usti va tuprok ostidagi qismi, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Toshkent, Farg‘ona va boshqa shaharlardagi har bir tarixiy obida, har bir xalq amaliy bezak san’ati namunasi bobokalonlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas, teran mazmunln va tarixiy bebaho
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 246 san’at asarlari, jahon madaniyatining durdonalaridan bo‘lgan badiiy va ma’naviy merosni tashkil etadi. Turkiy xalqlar amaliy san’atida turmushda foydalanish uchun tayyorlanadigan buyumlarning barchasi amaliy san’at turiga kiradi, deb bo‘lmaydi. Turmush uchun mo‘ljallangan kiyim-kechak, idish-tovoq amaliy san’at buyumiga aylanishi uchun ular yuksak badiiy saviyada bajarilishi lozim. Bunda ularning tuznlishi, shakli, bezak kompozitsiyasi, ranglari, materiallari nazarda tutiladi. Bu talablarga javob bermagan ashyolar hunarmandchilik buyumlari hisoblanadi. SHuningdek, tikuv mashinalari yordamnda tayyorlanadigan buyumlar ham amaliy san’at namunalari hisoblanmaydi. Jahondagi har bir xalqning o‘ziga xos amaliy-bezak san’ati bor. Masalan, Xitoyda chinnisozlik, Rossiyada matryoshka o‘yinchoqlarini yasash, Turkmanistonda gilamchilik, Boltiqbo‘yi mamlakatlarida dasturxon va sochiqlar tikish kabi. Turkiy xalqlar amaliy san’atida esa kulolchilik, mnsgarlik, chinnisozlik, kashtachilik va hokazolar taraqqiy etdi. SHuiisi diqqatga sazovorki, amaliy-bezak san’atida har-bir buyumni tayyorlashda o‘z texnologiyasi, ish uslubi, shakli, bezagi, materiali, rangi, o‘lchovlari bo‘ladi. SHundagina bunday buyumlar odamni hayajonlantiradi, to‘lqinlantiradi va zavq bag‘ishlaydi. Hozirgi paytda turkiy xalqlar amaliy san’ati ikki yo‘nalishda rivojlanmoqda: 1.Badiiy hunarmandchilik. Bu yo‘nalishga ayrim korxona, zavod, fabrikalar kiradi. Buxorodagi zardo‘zlik buyumlari, Xivadagi gilamdo‘zlik, Rishtondagi sopolsozlik korxonalari shular jumlasidandir. 2.Xalq amaliy-bezak san’ati. Bu yo‘nalishda asosan mustaqil ravishda ish olib borayotgan ustalar mahsulot ishlab chiqaradilar. Birinchi yo‘nalish bo‘yicha badiiy buyumlar ishlab chiqarish korxonalarida ko‘p nusxada tayyorlansa, alohida ustalar faoliyatida buyumlar soni nihoyatda cheklangan bo‘ladi. Bu esa ular badiiyligining yuqori bo‘lishiga olib keladi. Turkiy xalqlar amaliy san’atining janrlari, buyumlar tayyorlashda qo‘llaniladigan materiali, shakli, tuzilishi, rangi, bezagi, o‘lchovlari jihatidan bnr-biridan farq qiladi. Turkiy xalqlar amaliy san’atining yana bir muhim xarakterli belgilaridan biri – bu ming yillar davomida xalq ustalari ijodida shakllanib kelgan badiiy an’analar hisoblanadi. Bu xususiyat ko‘proq har bir xalqning yashayotgan muhiti, tabiati, shart-sh sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. CHunki amaliy san’at ustasi o‘z asarini yaratayotganida go‘zallikni tevarak-atrofdan, tabiatdan oladi. Masalan, o‘zbek xalq ustalari o‘z ishlarida toychoq, qo‘zichoq, tovus tasvirlarinn, shimoliy o‘lkalarning ustalari bug‘u, kiyik tasvirlarinn ishlaydilar. O‘zbekistonning eng qadimiy madaniyat o‘choqlari hisoblangan Buxoro va Samarqand so‘zanalari o‘zining rangdorligi, shakllarining turli-tumanligi va nihoyatda nozik tikilishi bilan farqlanadi. SHahrisabzlik ayollar tikkan kashtachilik buyumlari esa ko‘proq gilamni eslatadi. Dorpechlar o‘zbek xonadonlarida uy ichki devorlarining to‘r qismiga ilib qo‘yiladigan bezak sifatida foydalaniladi. Asrlar davomida orttirilgan madaniy va ma’naviy boyligimiz, xususan turkiy milliy xalq amaliy bezak san’atining eng ko‘p rivojlangan turlari – ganchkorlik, naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, toshtaroshlik, suyak o‘ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, eargarlik, kashtachilik, zardo‘zlik, gilamchilik kabilarning o‘ziga xos tomonlari, bajarish texnologiyasi, ustalarning haqiqiy asl nomlari, o‘ziga xos maktablari, yaratgan uslublari sobiq sho‘ro tuzumi davrida asta-sekin yo‘qolib ketish xavfi ostida qoldi.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 247 Lekin mustaqillik davrida mamlakatimizda xalqimizving asrlar bo‘yi yaratgan ijodiy mehnati natijasida yaratilgan amaliy bezak san’ati asarlarini ko‘z korachig‘idek asrash, qadrlash, ular orqali yoshlarni estetik tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar ochildi. Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, al Xorazmiy, Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Zaxiriddin Muhammad Bobur kabi jahonga mashhur olim, shoir va musavvirlar tomonidan yaratilgan asarlar insonni har tomonlama etuklikka chorlashi ham bejiz emas. Sohibqiron Amir Temur hunar va ilm egalari, yirik mutaxassis olimlar yordamiga tayanib matematika, geometriya, me’morchilik, astronomiya, adabiyot, tilshunoslik, tarix, musiqa, tasviriy san’at kabi sohalarni rivojlantirdi. SHaharlarda tosh hamda g‘ishtlik yo‘llar, keng, katta, ravon ko‘chalar qurdirdi. Bir-biridan mahobatli binolar soldirdi. Samarqandning Registon maydonidagi Ulug‘bek, SHerdor va Tillakori madrasalari, SHohizinda va Go‘ri Amir maqbaralari, Bibixonim masjidi, Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi, Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasi, SHahrisabzdagi Oqsaroy va boshqalar tarixiy yodgorliklar bugungi kunda beqiyos san’at namunalari sifatida dunyoga mashhurdir. XVIII asr oxiri – XIX asrlarda Qo‘qonda, Farg‘ona, Buxoro kabi shaharlardan etuk xalq ustalari etishib chiqdi. Misgarlik, naqqoshlik, ganchkorlik, chilangarlik va boshqa san’at turlari rivojlandi. O‘zbekiston qadimdan hunarmandlar markazi bo‘lgan. Masalan, kimning mahsuloti sifatli bo‘lsa, xalq o‘shaning ishlab chiqargan mahsulotini sotib olgan. SHuning uchun har bir usta sifatli mahsulot tayyorlagan. Ustalarning o‘z rastasi bo‘lgan. Biroq shunga qaramay, turkiy xalqlar amaliy san’ati milliy an’analarini qayta tiklash eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. CHunki dunyoda qanday hunar bo‘lmasin, albatta ustoz-shogirdlik an’analari bo‘ladi. Lekin ko‘p holatlarda, bunday an’analar yo‘qolib boryotganini ham tan olish kerak. Agar ustaning shogirdi bo‘lmasa, uni xuddi mevasiz daraxtga o‘xshatish mumkin. CHunki ustalarimiz o‘z hunarlarini avloddan-avlodga an’ana tariqasida o‘tkazishga mas’uldirlar. Bugungi kunda “Hunarmand” uyushmasi tomonidan usta-shogird maktablari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Usta hunarmand va shogird o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida shartnoma ishlab chiqilgan bo‘lib, endilikda usta va shogird o‘rtasidagi munosabatlar qonuniy kuchga kirdi. Uyushmaning barcha hududiy boshqarma va bo‘limlari tomonidan xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida mehnatga layoqatli va hunar egallash istagini bildirgan xotin-qizlarning ro‘yxati shakllantirilib, ularni ushbu sohaga kengroq jalb etish ishlari olib borilmoqda. Fransuz etnologiyasining ilmiy-nazariy asosi E.Dyurkgeymning fikricha, hunarmandchilik ishlab chiqarish rivojida o‘zaro hamkorlik va jamoaviylik o‘ziga xos o‘rin tutadi. Qadimdan bir xil kasb-xunar bilan shug‘ullanuvchi kishilar har xil uyushmalarga, korporatsiyalarga birlashishgan. Bunday korporatsiyalar Qadimgi Rimda bo‘lgan. Korporatsiyalarga uyushishning ildizi oilaga borib taqaladi. Lekin oiladan korporatsiyaning farqi, oila o‘z a’zolarini qarindosh-urug‘chilik asosida iqtisodiy va ma’naviy jihatdan birlashtiradi. Korporatsiya esa bir xil kasb-hunar, qiziqishdagi, avvalo moddiy qiziqish doirasida birlashtiradi. CHunki, har qanday hunarmand uchun oilasidan tashqari o‘z mahsulotini sotish uchun bozorlarda mijoz zarur bo‘ladi. SHuning uchun professional uyushmalarning zamirida nafaqat moddiy, shuningdek, ma’naviy, axloqiy faoliyat, qiziqish yotadi. CHunki inson o‘zi yashayotgan jamiyatda o‘z qiziqishlarini himoyalash, umumiy axloqiy hayot tarzida yashashdek maqsad yo‘lida ham birlashadilar deb ko‘rsatadi Dyurkgeym.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 248 Xulosa qiladigan bo‘lsak, bugungi kunda mamalakatimizda hunarmandchilik ishlab chiqarishining rivojlanishi mehnat taqsimotining turli xil ko‘rinishlardagi faoliyati tarzida olib borilmoqda va bu jamiyatda hunarmandchilik rivojiga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Ana shu ma’noda, hunarmandchilik qadimdan taraqqiy topgan, turli bejirim buyumlar yaratish, kundalik hayotda asqotadigan jihozlar tayyorlash, shu orqali o‘z mehnati bilan jamiyatga naf keltirish qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Ilgari O‘zbekistonda hunarmandlar tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yo‘nalishlari atigi 25 tacha bo‘lsa, endilikda ularning miqdori yuztadan oshib ketdi. Hozirgi paytda bu mahsulotlar ichki va tashqi bozor uchun ishlab chiqarilmoqda. Ular o‘zining sifati, badiiy jihatdan yuksakligi, tabiiyligi va milliy o‘zligimiz, tarixiy an’analarimizni o‘zida uyg‘unlashtiradi. Hunarmandchilik mahsulotlarini chetga eksport qilish va hunarmandlar faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ko‘rgazma va yarmarkalar o‘tkazilib kelinmoqda. Prezident qarori bilan “Hunarmand” uyushmasi huzurida savdo-xarid korxonalari tashkil etilgan bo‘lib, uyushma hunarmandchilik mahsulotlarini uzoqdagi tuman (shahar)lardan sotib oladi va yirik shaharlarga eksport qiladi. Uyushma ta’sischiligida “Sraft and art” MCHJ tashkil etilgan bo‘lib, mazkur korxona tomonidan Respublikaning turistik ob’ektlari, diqqatga sazovor joylari, hududlardagi hunarmandchilik markazlarida hamda bir qator bozorlarda “Art salon”lar tashkil qilingan. Ular amaliy va tasviriy san’at asarlarining savdo xarid ishlari bilan shug‘ullanadi, chet el vakolatxonalari, galereyalar va turistik firmalar bilan hamkorlikda ish olib boradi, chet ellarda o‘z filiallarini ochadi. Turkiy xalqlar amaliy san’atini qo‘llab-quvvatlash, uni rivojlantirish masalalari bugungi kunda hukumat darajasida olib borilmoqda. Jahon hunarmandchilik kengashining 2019 yilning 23 iyulidagi qaroriga ko‘ra, Qo‘qon shahriga yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha Hunarmandchilik shahri maqomi berilgan bo‘lib, joriy yilning 19-21 sentyabr kunlari Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida III Xalqaro hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tdi. Ushbu festival O‘zbekiston Prezidentining "Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida"gi hamda "Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosini o‘tkazish to‘g‘risida" qarorlari asosida tashkil etildi. Unda dunyoning yuzga yaqin davlatlaridan 300 dan ziyod 278 nafar xorijiy mehmonlar, shuningdek, respublikamizning barcha hududlaridan mahalliy hunarmandlar ishtirok etdi. Festival doirasida bir qator tadbirlar, festival ishtirokchilarining tantanali yurishlari, mahalliy va xorijiy hunarmandlarning mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi, ilmiy konferensiya, matbuot anjumanlari, xalqaro va o‘zbekistonlik hunarmand-dizaynerlar ishtirokidagi modalar namoyishi, xalq sayllari, qo‘g‘irchoqbozlik va dorbozlar tomoshalari, viloyatlar folklor jamoalari va madaniyat boshqarmalari konsert dasturlari, osh tanlovlari, mahalliy va xorijiy hunarmandlarning mahorat darslari va Qo‘qon shahrining madaniy-ko‘ngilochar joylari va turistik marshrutlari bo‘ylab sayohat o‘tkazildi. Ana shu xalqaro hunarmandchilik festivalining o‘tkazilishi natijalariga ko‘ra, Qo‘qon shahriga sayyohlar oqimi 10 barobarga, hunarmandlar soni 3,5 barobarga, mehmonxonalar 2,5 barobarga oshdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025 yil 1 iyulda qabul qilingan “Tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini yanada rivojlantirish va jahon miqyosida ommalashtirish, iste’dodli yosh rassomlarni qo‘llab-quvvatlash, badiiy ta’lim
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 249 sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirishda muhim bosqich bo‘ldi Unga ko‘ra, endilikda Kamoliddin Behzod nomidagi SHarq miniatyura san’ati muzeyi hududida qo‘shimcha bino quriladi. U erda milliy usulda qog‘oz tayyorlash bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonasi tashkil etiladi. Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi hududida qo‘shimcha 400 o‘rinli o‘quv binosi quriladi. SHu bilan birga mazkur maktab hududida 200 o‘rinli o‘quvchilar turar-joy binosi barpo etiladi. Toshkent Fotosuratlar uyida Multimedia markazi barpo etiladi. Badiiy ijodkorlar uyushmasi yosh a’zolari uchun rassomlar ijodiy ustaxonalari yo‘lga qo‘yiladi. 2026 yildan boshlab Badiiy akademiya hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining byudjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar va xalqaro grantlar hisobidan har yili tanlov asosida Rassomlik mahorati ustaxonasi stajyorlari, eng iste’dodli yosh rassom, haykaltarosh, dizayner, restavrator, san’atshunos va muzeyshunoslarni xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish va stajirovkaga yuborish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bugungi kunda “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining yuzlab ijodiy-ma’rifiy loyihalari bor. Tasviriy va amaliy san’at festivali, xalqaro biennalelar, TURKSOY rassomlarining xalqaro ko‘rgazmalari, “Toshkent quvonchlari” xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasi, ijodiy tanlovlar, bir-birini takrorlamaydigan ko‘rgazmalar, forum va anjumanlar o‘tkazilmoqda. Ushbu ijodiy loyihalar vositasida Turkiy xalqlar amaliy san’ati, milliy tasviriy san’atimizga oid ijodiy jarayonlar respublika va jahon miqyosida faol targ‘ib etilmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Bulatov S.S. O‘zbek xalq amaliy bezagi san’ati T.: Mehnat 2. Набиев М. Рангшунослик. Тошкент: Ўқитувчи, 1998. 3. Рахимов М. Художественная керамика Узбекистана. Тошкент, 1961. 4. Ростовцев Н.Н. Методика преподавания изобразительного искусства 5. O‘zbekiston amaliy san’at ensiklopediyasi I-tom. Toshkent. 2016. 6. История исскуств Узбекистана. Искусство. Г.А.Пугаченкова, Л.И.Ремпель.