scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PEDAGOGIK OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA INDIKATORLARGA ASOSLANGAN BOSHQARUV TIZIMINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI

Ulug'murodov, Elmurod

Abstract

The article explores ways to enhance the effectiveness of an indicator-based management system in pedagogical higher education institutions. The research process includes theoretical, analytical, and empirical stages. It is shown that management processes can be optimized, education quality improved, and resources used efficiently through indicators.

Full text

CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 136 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us PEDAGOGIK OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA INDIKATORLARGA ASOSLANGAN BOSHQARUV TIZIMINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI Ulug‘murodov Elmurod Berdimurod o‘g‘li Samarqand davlat pedagogika instituti PhD.dotsent [email protected] Annotatsiya: Maqolada pedagogik oliy ta’lim muassasalarida indikativ boshqaruvga asoslangan tizimning samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot jarayoni nazariy, tahliliy va empirik bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Indikatorlar orqali boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish, ta’lim sifatini oshirish va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash mumkinligi ko‘rsatildi. Kalit so‘zlar: indikativ boshqaruv, oliy ta’lim, indikatorlar, boshqaruv samaradorligi, pedagogik muassasa Аннотация: В статье рассматриваются пути повышения эффективности системы управленческого контроля на основе индикативного подхода в педагогических вузах. Процесс исследования включает теоретический, аналитический и эмпирический этапы. Показано, что с помощью индикаторов можно оптимизировать управленческие процессы, повысить качество образования и обеспечить эффективное использование ресурсов. Ключевые слова: индикативное управление, высшее образование, показатели, эффективность управления, педагогическое учреждение Abstract: The article explores ways to enhance the effectiveness of an indicator-based management system in pedagogical higher education institutions. The research process includes theoretical, analytical, and empirical stages. It is shown that management processes can be optimized, education quality improved, and resources used efficiently through indicators. Keywords: indicator-based management, higher education, indicators, management efficiency, pedagogical institution Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review): Pedagogika va boshqaruv sohasida indikativ boshqaruv tizimini rivojlantirish borasida bir qator olimlar samarali ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Masalan, Ibragimov I.U. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning tashkiliyiqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga bag‘ishlangan maqolalar muallifi bo‘lib, u zamonaviy ta’lim muassasalarida indikativ boshqaruvning ahamiyatini yoritadi. Kenjaboyev A.E. Kenjaboyev J.A. Masafaviy ta’lim samaradorligini oshirishda CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 137 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us pedagogik va onnovatsion texnologiyalardan foydalanishga oid tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi. Alijon Karimjonov “Pedagogik tizimni boshqarish masalalarini o‘rganib, boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan dissertatsiyalar yozgan. Karimova M.R. innovatsion boshqaruv yondashuvlari, jumladan indikativ boshqaruv tizimini tatbiq etish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borib, rahbarlarning malakasini oshirish uchun metodikalar ishlab chiqqan. Kenjaboev, Аbdusalim. “Pedagogık menejment va zamonavıy rahbar kompetentlıgi” bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda. Ushbu olimlarning ilmiy ishlari O‘zbekiston ta’lim tizimida indikativ boshqaruvni joriy etish va takomillashtirishda muhim nazariy va amaliy asos yaratmoqda[8,10,11] Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida indikatorlarga asoslangan boshqaruv tizimlarini samarali joriy etish usullarini o‘rganish va tahlil qilishdir Tadqiqot indikatorlarga asoslangan boshqaruv tizimlarining nazariy asoslari va amaldagi tajribalarini tushunish uchun keng qamrovli adabiyotlar sharhi bilan boshlanadi. Keyinchalik, oliy ta’lim muassasalarining rahbarlari, professoro‘qituvchilari va xodimlaridan ma’lumot yig‘ish uchun sifatli va kvantitativ usullar qo‘llaniladi. So‘rovnomalar va testlar boshqaruv ko‘nikmalari, motivatsiya va tizim samaradorligini o‘lchashga xizmat qilsa, intervyu va fokus-guruhlar boshqaruv jarayonlariga bo‘lgan munosabatlar hamda takliflarni o‘rganadi. Yig‘ilgan ma’lumotlar statistik va mavzuli tahlil qilinib, kuchli va zaif tomonlar hamda rivojlanish yo‘nalishlari aniqlanadi. Tanlangan muassasalarda indikatorlarga asoslangan boshqaruv vositalarini eksperimental joriy etish amalga oshiriladi va natijalari tajriba boshlanishi va tugashi holatlarida solishtiriladi. Yakuniy bosqichda esa samarali foydalanish va tizimni optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. [3,8,12]. Ushbu jadvalda pedagogika institutlarida indikativ boshqaruv tizimining samaradorligini baholash uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan turli test va metodlar taqdim etilgan. Har bir metodning asosiy maqsadi va qo‘llanilish sohasi ko‘rsatilgan bo‘lib, tadqiqot jarayonida qaysi yo‘nalishda foydalanish mumkinligi aniq ifodalangan. 1-jadval Pedagogik institut xodimlari o‘rtasida indikativ boshqaruv tizimining samaradorligi bo‘yicha so‘rovnoma natijalari (N=150) Savol/Yo‘nalish Juda rozi (%) Rozi (%) Neytral (%) Qisman rozi emas (%) Hech qachon rozi emas (%) CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 138 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 1. Indikatorlarga asoslangan boshqaruv tizimi samarali ishlaydi 35% 40% 15% 7% 3% 2. Indikativ boshqaruv orqali resurslardan samarali foydalanish ta’minlanadi 28% 45% 12% 10% 5% 3. Indikatorlar orqali ta’lim sifatini yaxshilash mumkin 30% 42% 18% 7% 3% 4. Rahbarlar indikatorlar asosida qaror qabul qilishda malakali 25% 38% 20% 12% 5% 5. Indikatorlar tizimi institut ichidagi shaffoflikni oshiradi 32% 40% 15% 8% 5% So‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatadiki, pedagogik institut xodimlarining ko‘pchiligi indikativ boshqaruv tizimini samarali deb baholaydi. Respondentlarning 70% dan ortig‘i indikatorlarga asoslangan boshqaruv orqali ta’lim sifatini oshirish va resurslardan samarali foydalanish mumkinligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, rahbarlarning indikatorlar asosida qaror qabul qilishdagi malakasi va tizimning shaffofligi bo‘yicha ba’zi xodimlarda neytral yoki tanqidiy fikrlar mavjud. Bu holat indikatorlarga asoslangan boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, rahbarlar malakasini oshirish va monitoring mexanizmlarini kuchaytirish zaruratini ko‘rsatadi. Umuman olganda, so‘rov natijalari indikativ boshqaruv tizimi pedagogik oliy ta’lim muassasalarida samaradorlikni oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash va boshqaruv jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash uchun muhim vosita ekanligini tasdiqlaydi. 2-jadval Xodimlarning indikativ boshqaruv tizimiga bo‘lgan bilim darajasi Bilim darajasi Respondentlar soni Foiz (%) Juda yaxshi 25 16,7% Yaxshi 60 40% O‘rtacha 45 30% Kam 15 10% Juda kam 5 3,3% CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 139 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Pedagogik institut xodimlari o‘rtasida indikativ boshqaruv tizimiga bo‘lgan bilim darajasi o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, 25 nafar xodim (16,7%) tizimni juda yaxshi tushunsa, 60 nafar (40%) xodim yaxshi biladi. O‘rtacha bilim darajasiga ega xodimlar 45 nafarni (30%) tashkil qiladi, kam bilimga ega xodimlar 15 nafar (10%), juda kam bilimga ega xodimlar esa 5 nafar (3,3%)ni tashkil etadi. Ushbu natijalar shuni ko‘rsatadiki, xodimlarning aksariyati indikativ boshqaruv tizimini yaxshi tushunadi, biroq tizimni mukammal qo‘llash va samaradorligini oshirish uchun o‘rtacha va kam bilimga ega xodimlar bilimini rivojlantirish, treninglar va seminarlar tashkil etish zarurati mavjud. 3-jadval Indikatorlar tizimidan foydalanish chastotasi Foydalanish chastotasi Respondentlar soni Foiz (%) Har kuni 20 13,3% Haftasiga bir necha marta 50 33,3% Oyda bir necha marta 40 26,7% Kamdan-kam 30 20% Hech qachon 10 6,7% Pedagogik institut xodimlari o‘rtasida indikatorlar tizimidan foydalanish chastotasi o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, xodimlarning 20 nafari (13,3%) tizimdan har kuni foydalanadi, 50 nafar (33,3%) haftasiga bir necha marta, 40 nafar (26,7%) esa oyda bir necha marta foydalanadi. Shu bilan birga, tizimdan kamdan-kam foydalanadiganlar 30 nafarni (20%), umuman foydalanmaydiganlar esa 10 nafarni (6,7%) tashkil qiladi. Ushbu natijalar shuni ko‘rsatadiki, indikatorlar tizimi xodimlar tomonidan faol qo‘llanilayotgan bo‘lsa-da, doimiy va muntazam foydalanish darajasi past. Bu esa tizim samaradorligini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilash uchun foydalanish chastotasini oshirish, monitoring va rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar joriy etish zaruratini ko‘rsatadi. XULOSALAR Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida indikativ boshqaruv tizimining samaradorligini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, xodimlarning aksariyati tizimni yaxshi yoki juda yaxshi tushunadi, biroq o‘rtacha yoki kam bilimga ega xodimlar ham mavjud. Bu esa tizim samaradorligini oshirish uchun xodimlarning indikatorlarga asoslangan boshqaruv bo‘yicha bilimini yanada rivojlantirish, muntazam treninglar va seminarlar tashkil etish zaruratini ko‘rsatadi. Shuningdek, indikatorlar tizimidan foydalanish chastotasi turlicha bo‘lib, haftasiga bir necha marta yoki oyda bir necha marta foydalanuvchilar ko‘p bo‘lsa-da, tizimni har kuni qo‘llash darajasi past, kamdan-kam yoki hech qachon foydalanadiganlar esa mavjud. Bu holat tizimdan doimiy va samarali CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 140 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us foydalanishni rag‘batlantirish, monitoring va motivatsion mexanizmlarni joriy etish muhimligini bildiradi. Umuman olganda, so‘rovnoma natijalari pedagogik oliy ta’lim muassasalarida indikativ boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish uchun xodimlarning bilimini rivojlantirish va tizimdan muntazam foydalanishni ta’minlash lozimligini ko‘rsatadi. Shu orqali ta’lim sifatini yaxshilash, resurslardan samarali foydalanish va boshqaruv jarayonlarida shaffoflikni oshirish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI (REFERENCES) 1. Sayidahmedov N. Ta’limda harakatlant iruvchi kuch. «Ma’rifat, 2008 yil, 16 5. Sharifxo’jayev.M, Abdullayev.Y. Menejment. Toshkent “O’qituvchi” 2001 6. www.ziyonet.uz. 2. Raxmonova, Manzura Shokirovna. "SMART - TEXNOLOGIYALAR"NING ILG'OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAGI O'RNI VA ILMIY - NAZARIY ASOSLARI "TA'LIM MENEJMENTI" FANI TAHLILIDA." March 11, 2024. https://doi.org/10.5281/zenodo.10806287. 3. Kejaboev, Аbdusalim. "PEDAGOGIK MENEJMENT VA ZAMONAVIY RAHBAR KOMPETENTLIGI." Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences. 3, S/5 (2023). http://dx.doi.org/10.47390/spi1342v3si5y2023n45. 4. Radjabova, Gavxar Umarovna Yo'ldoshev Ilxomjon Olimov Javoxirbek Omonjon o'g'li. "INNOVATSION PEDAGOGIK BOSHQARUV: ZAMONAVIY UMUMIY TA'LIM MAKTABIDA AMALGA OSHIRISH TAMOYILLARI VA YO'LLARI." May 12, 2024. https://doi.org/10.5281/zenodo.11182059. 5. Qirgʻizboyev, A.K. "YANGI O'ZBEKISTON TA'LIM MENEJMENTIDA PEDAGOGLAR MAQOMIGA O'ZIGA XOS YONDOSHUVLAR." March 11, 2024. https://doi.org/10.5281/zenodo.10802916.