scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GLOBALIZATSIYA SHAROITIDA «YUMSHOQ KUCH»NING ISTIQBOLLARI VA YANGI TEXNOLOGIYALARNING ROLI

Qo'ziyev Alim Abrayqul o'g'li

Abstract

Mazkur maqolada globalizatsiya sharoitida “yumshoq kuch” konsepsiyasining mohiyati, uning yangi qirralari hamda istiqbollari nazariy va amaliy jihatdan tahlil etiladi. Ayniqsa, bugungi texnologiyalar asrida raqamli diplomatiya, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va ijtimoiy tarmoqlarning zamonaviy siyosiy jarayonlarda tutgan o‘rni yoritib beriladi. Shuningdek, madaniyat, ta’lim, ilm-fan va xalqaro hamkorlikning yumshoq kuch sifatidagi ta’siri misollar asosida ko‘rib chiqiladi. Maqolada globalizatsiya jarayonlari natijasida yuzaga kelayotgan siyosiy va ijtimoiy yumshoq kuchning imkoniyatlari bilan bir qatorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar, xususan, dezinformatsiya, manipulyatsiya va milliy identitetga tahdidlar ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida yangi texnologiyalar orqali yumshoq kuchni samarali qo‘llashning istiqbollari va takliflar ishlab chiqiladi.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1018 GLOBALIZATSIYA SHAROITIDA «YUMSHOQ KUCH»NING ISTIQBOLLARI VA YANGI TEXNOLOGIYALARNING ROLI Qo‘ziyev Alim Abrayqul o‘g‘li Alfraganus universiteti 2-kurs magistranti E-mail: [email protected] Annotatsiya. Mazkur maqolada globalizatsiya sharoitida “yumshoq kuch” konsepsiyasining mohiyati, uning yangi qirralari hamda istiqbollari nazariy va amaliy jihatdan tahlil etiladi. Ayniqsa, bugungi texnologiyalar asrida raqamli diplomatiya, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va ijtimoiy tarmoqlarning zamonaviy siyosiy jarayonlarda tutgan o‘rni yoritib beriladi. Shuningdek, madaniyat, ta’lim, ilm-fan va xalqaro hamkorlikning yumshoq kuch sifatidagi ta’siri misollar asosida ko‘rib chiqiladi. Maqolada globalizatsiya jarayonlari natijasida yuzaga kelayotgan siyosiy va ijtimoiy yumshoq kuchning imkoniyatlari bilan bir qatorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar, xususan, dezinformatsiya, manipulyatsiya va milliy identitetga tahdidlar ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida yangi texnologiyalar orqali yumshoq kuchni samarali qo‘llashning istiqbollari va takliflar ishlab chiqiladi. Kalit so‘zlar: Globalizatsiya, yumshoq kuch, qattiq kuch, raqamli diplomatiya, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, ijtimoiy tarmoqlar, xalqaro hamkorlik, madaniy diplomatiya, milliy imij. Аннотация. В данной статье анализируются сущность концепции «мягкой силы» в условиях глобализации, её новые аспекты, а также перспективы как с теоретической, так и с практической точек зрения. Особое внимание уделено роли цифровой дипломатии, информационных технологий, искусственного интеллекта и социальных сетей в современных политических процессах. Кроме того, рассматривается влияние культуры, образования, науки и международного сотрудничества как факторов мягкой силы на основе конкретных примеров. В статье также анализируются не только возможности политической и социальной мягкой силы в условиях глобализационных процессов, но и возможные угрозы, такие как дезинформация, манипуляции и вызовы национальной идентичности. В результате исследования вырабатываются предложения по эффективному использованию мягкой силы с помощью новых технологий. Ключевые слова: Глобализация, мягкая сила, жёсткая сила, цифровая дипломатия, информационные технологии, искусственный интеллект, социальные сети, международное сотрудничество, культурная дипломатия, национальный имидж. Abstract. This article analyzes the essence of the concept of “soft power” in the context of globalization, its new dimensions, and future prospects from both theoretical and practical perspectives. Special attention is given to the role of digital diplomacy, information technologies, artificial intelligence, and social media in contemporary political processes. Furthermore, the article examines the influence of culture, education, science, and international cooperation as key components of soft power, illustrated with specific examples. The study also addresses not only the opportunities of political and social soft power under globalization but also the potential risks, ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1019 including disinformation, manipulation, and threats to national identity. Based on the analysis, proposals are developed for the effective application of soft power through new technologies. Keywords: Globalization, soft power, hard power, digital diplomacy, information technologies, artificial intelligence, social media, international cooperation, cultural diplomacy, national image. KIRISH XXI asr global jarayonlar, raqamli texnologiyalar va axborot oqimlarining tezkor rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Globallashuv natijasida davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar tobora kuchayib, ularning ta’sir doirasi kengaymoqda. Bunday sharoitda an’anaviy “qattiq kuch” (hard power) – ya’ni harbiy qudrat yoki iqtisodiy bosim bilan cheklanib qolish yetarli emasligi yaqqol namoyon bo‘ldi. Aksincha, jamiyatlar ongiga, qadriyatlari va madaniyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi “yumshoq kuch” (soft power) mexanizmlaridan samarali foydalanish global siyosatning muhim vositasiga aylandi. “Yumshoq kuch” atamasini amerikalik siyosatshunos Jozef Nay (Joseph S. Nye) 1990-yillarda ilmiy muomalaga kiritgan. Uning ta’kidlashicha, davlatning xalqaro miqyosdagi nufuzi faqat harbiy yoki iqtisodiy salohiyat bilan emas, balki uning madaniy jozibadorligi, g‘oyalari va qadriyatlarini jahon jamoatchiligiga qabul qildira olish qobiliyati bilan ham belgilanadi. Masalan, AQSh o‘zining Gollivud mahsulotlari, ta’lim dasturlari (Fulbright, FLEX), texnologik kompaniyalari (Google, Apple, Microsoft) orqali butun dunyo yoshlari ongida ijobiy obraz shakllantira oldi. Bugungi kunda Xitoy ham “yumshoq kuch” siyosatini faol amalga oshirmoqda. Masalan, “Konfutsiy” institutlari orqali til va madaniyat targ‘iboti, xalqaro media tarmoqlari (“China Global Television Network”), shuningdek, “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusi orqali o‘zining global jozibadorligini oshirmoqda. Janubiy Koreya esa K-pop musiqasi, kino va seriallari yordamida “Korean Wave” fenomenini yaratib, qisqa vaqt ichida o‘zini global madaniy markaz sifatida namoyon etdi. Yangi texnologiyalar “yumshoq kuch”ni qo‘llashda mutlaqo yangi imkoniyatlar ochib berdi. Internet va ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Instagram, TikTok, X (Twitter)) davlatlarga o‘z brendini yaratish, jamoatchilik fikrini boshqarish va tezkor kommunikatsiya o‘rnatishda beqiyos imkoniyatlar bermoqda. Masalan, Turkiya so‘nggi yillarda “serial diplomatiyasi” orqali o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini butun dunyoga yoymoqda; O‘zbekiston esa xalqaro maydonda “Buyuk ipak yo‘li merosi”, “Sharq taronalari” festivali, xalqaro sport musobaqalari orqali o‘zining madaniy jozibadorligini namoyon qilmoqda. Shu bilan birga, globalizatsiya va texnologik rivojlanish yumshoq kuch siyosatiga yangi chaqiriqlarni ham yuzaga chiqarmoqda. Masalan, dezinformatsiya, feyk xabarlar, kiberxavfsizlik tahdidlari, algoritmik manipulyatsiyalar davlatlarning ichki va tashqi siyosatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 2020-yilgi AQSh prezidentlik saylovlari, Brexit jarayonida ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri, Rossiyaning informatsion urushlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Shunday qilib, globalizatsiya sharoitida “yumshoq kuch”ning istiqbollari uning madaniy, diplomatik va axborot salohiyati bilan chambarchas bog‘liq. Ayniqsa, yangi texnologiyalar yumshoq kuchni kuchaytiruvchi asosiy omilga aylanib, uni siyosiy jarayonlarning muhim ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1020 tarkibiy qismiga aylantirmoqda. Ushbu maqolada globalizatsiya sharoitida yumshoq kuchning nazariy asoslari, zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi hamda istiqbollari tahlil etiladi. Yumshoq kuch» tushunchasining nazariy asoslari 1.1. «Yumshoq kuch» atamasining paydo bo‘lishi “Yumshoq kuch” (Soft Power) tushunchasi ilk bor amerikalik siyosatshunos Jozef Nay tomonidan 1990-yilda chop etilgan “Bound to Lead: The Changing Nature of American Power” asarida ilmiy muomalaga kiritilgan. 2004-yilda esa uning “Soft Power: The Means to Success in World Politics” kitobi chop etilib, konsepsiya keng ilmiy jamoatchilik tomonidan qabul qilindi. Nayning fikricha, davlatning xalqaro maydondagi qudrati nafaqat harbiy kuch yoki iqtisodiy salohiyat orqali, balki uning madaniy jozibadorligi, qadriyatlari va siyosiy institutlarining ishonchliligi orqali ham belgilanadi. 1.2. “Qattiq kuch” va “yumshoq kuch”ning farqlari An’anaviy ravishda davlat qudrati “qattiq kuch” (hard power) – ya’ni harbiy kuch, iqtisodiy sanksiyalar, majburlash vositalari bilan o‘lchangan. Ammo globalizatsiya jarayonlari shuni ko‘rsatdiki, bu usullar ko‘p hollarda barqaror natija bermaydi. Masalan, Iroq yoki Afg‘onistonda qo‘llanilgan harbiy kuch qisqa muddatli natija bergani holda, uzoq muddatli siyosiy barqarorlikni ta’minlay olmadi. Aksincha, “yumshoq kuch” jamiyat ongiga, qadriyatlarga va madaniyatga ta’sir etish orqali natija beradi. Misol uchun: AQShning Gollivud filmlari va global brendlari (Nike, Coca-Cola, Apple) dunyo yoshlarini Amerikaning hayot tarzi va qadriyatlariga qiziqtirdi. Janubiy Koreyaning K-pop madaniyati butun dunyoda “Korean Wave” fenomenini yaratdi va mamlakat imijini ijobiy shakllantirdi. Turkiyaning seriallari va xalqaro festival diplomatiyasi davlatning yumshoq kuch salohiyatini kuchaytirdi. 1.3. “Yumshoq kuch”ning asosiy komponentlari Ilmiy adabiyotlarda yumshoq kuchning uchta asosiy manbasi ajratib ko‘rsatiladi: 1. Madaniyat – san’at, adabiyot, kino, musiqaning xalqaro ta’siri. Masalan, Fransiya – moda va gastronomiya, Yaponiya – anime va texnologiya orqali mashhur. 2. Siyosiy qadriyatlar va institutlar – demokratiya, inson huquqlari, ijtimoiy adolat kabi tamoyillar xalqaro maydonda mamlakatning nufuzini oshiradi. 3. Tashqi siyosat – adolatli, ochiq va ko‘p tomonlama hamkorlikka asoslangan siyosat boshqa mamlakatlar ishonchini mustahkamlaydi. Masalan, Skandinaviya davlatlarining tinchlikparvar tashqi siyosati bunga yorqin misoldir. 1.4. Globalizatsiya davrida nazariy yangilanish Global jarayonlar yumshoq kuch nazariyasini yangi qirralar bilan boyitdi. Bugun endi nafaqat madaniyat va qadriyatlar, balki axborot texnologiyalari, ijtimoiy tarmoqlar, sun’iy intellekt va ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1021 media platformalar ham yumshoq kuchning muhim omiliga aylandi. Bu esa “raqamli yumshoq kuch” (digital soft power) tushunchasini shakllantirdi. Metodologiya Mazkur tadqiqotda “yumshoq kuch” fenomenini globalizatsiya sharoitida ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish uchun kompleks yondashuv qo‘llanildi. Chunki mazkur tushuncha siyosatshunoslik, falsafa, sotsiologiya, axborot texnologiyalari va madaniyatshunoslik kabi turli sohalar bilan bevosita bog‘liqdir. 1. Nazariy asoslar Avvalo, J. Nayninig “Soft Power” konsepsiyasi tadqiqotning nazariy tayanchi sifatida tanlandi. Unga ko‘ra, davlatning qudrati nafaqat majburlash va iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish vositalarida, balki qadriyatlar, madaniyat va tashqi siyosiy jozibadorlikda ham namoyon bo‘ladi [1]. Shu bilan birga, zamonaviy globalizatsiya jarayonlari ushbu nazariyani yangi qirralar bilan boyitmoqda. Masalan, raqamli texnologiyalar, internet va ijtimoiy tarmoqlar yumshoq kuchni kuchaytiruvchi muhim omil sifatida qaralmoqda [2]. 2. Qiyosiy-tahliliy yondashuv Maqolada turli mamlakatlarning yumshoq kuch siyosati qiyosiy tahlil qilindi. Masalan, AQShning Gollivud va ta’lim dasturlari, Xitoyning “Konfutsiy institutlari”, Janubiy Koreyaning “Korean Wave” (Hallyu) fenomeni, Turkiyaning serial diplomatiyasi hamda O‘zbekistonning madaniy festival va xalqaro tashabbuslari qiyosiy tarzda o‘rganildi. Ushbu yondashuv turli mamlakatlarda yumshoq kuchni qo‘llashning samarali va samarasiz tomonlarini aniqlash imkonini berdi [3]. 3. Diskursiv tahlil Tadqiqotda xalqaro media, axborot oqimlari va ijtimoiy tarmoqlarda shakllanayotgan nutqiy diskurslar o‘rganildi. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda milliy imij yaratish, davlat brendingi va global PR kampaniyalarining jamiyat ongiga ta’siri diskursiv tahlil yordamida tadqiq etildi. Bu usul global siyosiy kommunikatsiyada yumshoq kuchning qanday ifodalanayotganini aniqlash imkonini berdi [4]. 4. Empirik manbalar Maqolada xalqaro tashkilotlar va tadqiqot markazlarining hisobotlari, reyting va statistik ma’lumotlaridan ham foydalanildi. Jumladan, Portland Soft Power 30 Index, Global Soft Power Index 2023 kabi reytinglar, shuningdek, UNESCO va BMTning ta’lim, madaniyat va texnologiya sohasidagi hisobotlari asosiy empirik manba bo‘lib xizmat qildi [5]. 5. Falsafiy-sotsiologik yondashuv Tadqiqot jarayonida falsafiy va sotsiologik tahlil usullaridan foydalanilib, yumshoq kuchning demokratik jarayonlarga, fuqarolik jamiyati institutlariga va milliy identitetga ta’siri baholandi. Bu yondashuv yordamida globalizatsiya sharoitida yumshoq kuchning nafaqat ijobiy, balki salbiy oqibatlari ham ochib berildi [6]. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1022 Tahlil va natijalar Globalizatsiya jarayonida “yumshoq kuch”ning ta’sirchanligi bevosita yangi texnologiyalar va axborot oqimlarining rivojlanishi bilan bog‘liq. Qiyosiy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yigirma yil ichida davlatlarning xalqaro nufuzi nafaqat iqtisodiy yoki harbiy ko‘rsatkichlar, balki ularning madaniy jozibadorligi, innovatsion salohiyati va xalqaro kommunikatsion siyosatiga ham chambarchas bog‘liq bo‘lib bormoqda. Birinchidan, AQSh, Xitoy va Janubiy Koreya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, “yumshoq kuch”ning samaradorligi madaniy diplomatiya va media orqali keng ommaga ta’sir ko‘rsatishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan, Janubiy Koreyaning K-pop va kino industriyasi natijasida 2022-yilda mamlakatning madaniy eksport hajmi 12 milliard AQSh dollaridan oshdi va bu uning xalqaro imijini sezilarli darajada mustahkamladi [7]. Ikkinchidan, Xitoyning “yumshoq kuch” siyosati ham sezilarli darajada kuchayib bormoqda. 2023-yil holatiga ko‘ra, dunyoning 160 dan ortiq mamlakatida 550 ta Konfutsiy instituti faoliyat yuritmoqda. Bu esa Xitoy tilini va madaniyatini global miqyosda targ‘ib qilish orqali uning xalqaro obro‘sini oshirishga xizmat qilmoqda [8]. Uchinchidan, yangi texnologiyalar yumshoq kuchni yanada ta’sirchan qildi. Sun’iy intellekt, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli diplomatiya vositalari yordamida davlatlar o‘z brendini tez va samarali targ‘ib qilmoqda. Masalan, Turkiya 2021-yilda “Diriliş: Ertuğrul” va boshqa tarixiy seriallari orqali 150 dan ortiq mamlakatlarda auditoriya to‘pladi, bu esa uning tashqi siyosatidagi ijobiy imijini mustahkamladi. O‘zbekiston ham “Sharq taronalari” festivali, xalqaro sport musobaqalari va raqamli media platformalari orqali o‘zining milliy brendini shakllantirmoqda. To‘rtinchidan, globalizatsiya “yumshoq kuch”ni kuchaytirish bilan birga, yangi xavf-xatarlarni ham yuzaga chiqarmoqda. Dezinformatsiya, soxta xabarlar, kiberxavfsizlik muammolari davlatlarning xalqaro obro‘siga putur yetkazishi mumkin. Masalan, 2016-yilgi AQSh prezidentlik saylovlari chog‘ida ijtimoiy tarmoqlardagi manipulyatsiya xalqaro siyosatda “axborot urushi” tushunchasini yuzaga chiqardi [9]. Shu sababli, yangi texnologiyalardan foydalanishda axloqiy tamoyillar va xalqaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Natija sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, globalizatsiya sharoitida “yumshoq kuch” konsepsiyasi madaniy va diplomatik vositalardan tashqari, endilikda yangi texnologiyalar bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanmoqda. Davlatlar uchun xalqaro nufuzni oshirishning eng samarali yo‘li — raqamli media, ta’lim, fan va madaniyat orqali jahon jamoatchiligi ongiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishdir. Xulosa va takliflar Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, globalizatsiya sharoitida “yumshoq kuch” konsepsiyasi davlatlarning xalqaro siyosatdagi eng samarali vositalaridan biriga aylanmoqda. Uning muvaffaqiyati ko‘proq madaniy diplomatiya, ta’lim, media va raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirilmoqda. AQSh, Xitoy, Janubiy Koreya va Turkiya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, raqamli axborot oqimlari, san’at, ta’lim dasturlari va xalqaro hamkorlik loyihalari “yumshoq kuch”ni kuchaytirishning asosiy mexanizmlaridir. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1023 Takliflar: O‘zbekiston uchun “raqamli diplomatiya strategiyasi”ni ishlab chiqish va davlat brendini global raqamli platformalarda faol targ‘ib etish. Madaniy meros va turizmni ilg‘or texnologiyalar yordamida (VR, AR, metaverse loyihalari) dunyo auditoriyasiga taqdim etish. Xorijiy universitetlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni kengaytirish orqali xalqaro ta’lim hamkorligini mustahkamlash. Yangi axborot xurujlariga qarshi turish va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha xalqaro tajriba va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. O‘zbekistonning milliy brendi sifatida “Sharq sivilizatsiyasi markazi” kontseptsiyasini ishlab chiqish va uni madaniy-diplomatik tashabbuslarda keng qo‘llash. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Nye, J. S. (2004). Soft Power: The Means to Success in World Politics. New York: PublicAffairs. 2. Melissen, J. (2005). The New Public Diplomacy: Soft Power in International Relations. Palgrave Macmillan. 3. Li, M. (2008). China Debates Soft Power. The Chinese Journal of International Politics, 2(2). 4. Castells, M. (2009). Communication Power. Oxford: Oxford University Press. 5. Brand Finance (2023). Global Soft Power Index 2023. London: Brand Finance Institute. 6. Keohane, R., & Nye, J. (2012). Power and Interdependence. Longman. 7. Korea Creative Content Agency (2023). Hallyu White Paper. Seoul. 8. Xinhua News Agency (2023). Confucius Institutes Expand Globally. Beijing. 9. Bradshaw, S., & Howard, P. (2019). The Global Disinformation Order: 2019 Global Inventory of Organized Social Media Manipulation. Oxford Internet Institute.