scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

THE DEVELOPMENT OF ECOTOURISM AND ITS IMPACT ON FAMILY WELL-BEING

Choriyeva, Nargiza; Polvanov, Azim

Abstract

This article explores the development of ecotourism and its impact on the lives of local families. It highlights positive aspects such as increased economic activity, job creation, and the formation of ecological awareness among families. The paper also discusses Uzbekistan’s potential in the field of ecotourism and the prospects for its further development.

Full text

CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 141 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us EKOTURIZMNING RIVOJLANISHI VA UNING OILAVIY FAROVONLIKKA TA’SIRI РАЗВИТИЕ ЭКОТУРИЗМА И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА СЕМЕЙНОЕ БЛАГОПОЛУЧИЕ THE DEVELOPMENT OF ECOTOURISM AND ITS IMPACT ON FAMILY WELL-BEING Tarix fanlari Choriyeva Nargiza Ibotovna O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-bosqich tayanch doktoranti [email protected] +998931708807 Choriyeva Nargiza Ibotovna Phd student Uzbek State World Languages University Чориева Наргиза Иботовна базовый докторант Узбекский государственный университет мировых языков Polvanov Azim Kuchkarovich Toshkent Arxitektura -Qurilish Universiteti "Oʻzbek va xorijiy tillar" kafedrasi oʻqituvchisi polvanovazi[email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada ekoturizmning rivojlanishi va uning mahalliy oilalar hayotiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotda ekoturizm orqali oilalarda iqtisodiy faollikning oshishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, ekologik madaniyatning shakllanishi kabi ijobiy omillar yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning ekoturizm sohasidagi salohiyati va uni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar:ekoturizm, ekologik turizm, barqaror turizm, tabiiy hududlar, sayyohlik, O‘zbekiston, ekologik ong, milliy bog‘, qo‘riqxona, oila Annotation: This article explores the development of ecotourism and its impact on the lives of local families. It highlights positive aspects such as increased economic activity, job creation, and the formation of ecological awareness among families. The paper also discusses Uzbekistan’s potential in the field of ecotourism and the prospects for its further development. Keywords:ecotourism, sustainable tourism, green tourism, natural areas, travel, Uzbekistan, ecological awareness, national park, reserve, family Аннотация: В данной статье исследуется развитие экотуризма и его влияние на жизнь местных семей. В работе освещаются такие положительные аспекты, как рост экономической активности семей, создание новых рабочих мест, формирование экологической культуры. Также рассматриваются потенциал Узбекистана в сфере экотуризма и перспективы его развития. Ключевые слова:экотуризм, устойчивый туризм, зелёный туризм, природные зоны, туризм, Узбекистан, экологическое сознание, национальный парк, заповедник So‘nggi yillarda ekoturizm jadal sur’atlar bilan rivojlanib, nafaqat atrof-muhitni asrash, balki mahalliy aholining, ayniqsa, oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirishda muhim omilga aylanmoqda. Ekoturizmning oilalarga ta’siri ko‘plab yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: u bandlik darajasining oshishi, qo‘shimcha daromad manbalarining paydo bo‘lishi, ekologik madaniyatning shakllanishi, oilaviy bizneslarning rivojlanishi kabi jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada ekoturizmning rivojlanishi va uning oilalarga ta’siri masalasi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Ekologik muhofaza, barqaror rivojlanish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari global miqyosda dolzarb mavzulardan biriga aylandi. Shunday sharoitda ekoturizm – inson salbiy ta’siri cheklangan tabiiy hududlarga ekologik jihatdan ongli sayohat qilish shakli sifatida alohida e’tibor qozonmoqda. Ushbu CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 142 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us turizm shakli nafaqat tabiatni asrash, balki mahalliy aholiga foyda keltirish, sayyohlar ongini ekologik tarbiyalash kabi vazifalarni ham o‘z ichiga oladi. Ekoturizm ( ekoturizm, yashil turizm ) - antropogen ta'sirga nisbatan ta'sirlanmagan tabiiy hududlarga tashrif buyurishga qaratilgan barqaror[en] turizmning bir shakl.[1] Ekoturizm bu — tabiiy muhitni asrash, mahalliy aholiga foyda keltirish va sayohatchilarni ekologik ongli ravishda sayohat qilishga o‘rgatish maqsadini ko‘zlagan turizm shaklidir. U asosan milliy bog‘lar, qo‘riqxonalar, tabiiy landshaftlar kabi o‘ziga xos hududlarda amalga oshiriladi.[2, B.256] Ekoturizm uchta asosiy mezonni o’z ichiga oladi. Asosiy sayyohlarni jalb qiluvchi joylar tabiiy (masalan, flora, fauna, geologik xususiyatlar) bo’lib quyidagi tarkibi madaniy muhitning o’ziga xos xususiyatlari hisoblanadi. Resurslarni o’rganish va tushunishga qaratilgan bo’lib, sayyohlar va boshqa tashrif buyuradigan hudud, jismoniy va madaniy muhitga yumshoq ta’sir ko’rsatadi. Ekoturizm tushunchasi bilan bog’liq bo’lishi kerak. Hozirgi vaqtda ekoturizm zonalariga tashrif buyuradigan sayyohlar soni dunyoda yildan-yilga oshib bormoqda. Sayyohlar hashamatli binolar va antiqa shaharlar o’rnida tabiiy muhitni, tabiatni ko’rishga intilishmoqda. Sayyohlar ekoturizm zonalari qulay bo’lgan Laos, Keniya, Tanzaniya, Ekvador, Kosta-Rika, Nepal, Avstraliya, Yangi Zellandiya va Janubiy Afrika Respublikasidagi tabiiy muhitga (landshaft) bo'lganligi jalb qilmoqda. Yevropa va AQSHning rivojlanayotgan mamalakatlariga ekoturistlar dunyo bo'yicha eng ko’p sayohat qilishadi. Ekoturizm jahon iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo’lib, ekspertlarning fikricha dunyoda ekoturizmning jadal o’sish sur'atlari so'nggi 20-30 yil ichida yuqori darajada rivojlandi.[3, B.104] BMT 2002-yilni “Xalqaro ekoturizm” yili deb e’lon qildi. Hozirga kelib ekoturizm xalqaro hamjamiyatda sayyoramiz tabiatini saqlab qolish va uni muhofaza qilishga bag’ishlangan tadqiqotlari xalqaro miqyosda kuchayib bordi. Ushbu yo’nalishda birgina 1999-yilda 400 dan ortiq ilmiy maqolalar xalqaro miqyosda tan olingan nashriyotlarda chop etildi. 2001-yil Rossiyada ekoturizm assotsatsiyasi tashkil etildi. Ekoturizmning regional miqyosda turizmni dasturiy asos sifatida rivojlangan davri 1990-2000 yillarni o’z ichiga oladi. XX asr 90-yillarining boshlarida “ekoturizm” xalqaro mintaqaviy va milliy miqyosda rasmiy maqomga ega bo’ldi. Ayni shu yillar Yevropada xalqaro ekoturtizm ittifoqi ish boshladi.[4, B.106] Rivojlanib borayotgan mamlakatning turizl1l industriyasi asosan tabiiy yoki ekologik turizm hisobiga amalga oshirilmoqda. Ekspertlarning ma' I ul110tlariga qaraganda ekoturizlll sayyohl ik bozorining 10-20 % qamrab olgan, o'sish sur'ati esa umumiy turizm industriyasining o'sish sur'atidan 2-3 marotaba oshib ketgan.[5] Mamlakatimizning sayyohlik imkoniyatlari juda xilma-xil va boy: bu Ugam-Chotqol milliy bog‘i, Amudaryo deltasidagi to‘qay o‘rmonlari, yaqinda sayyohlar uchun ochilgan, sayyoramizda hayot paydo bo‘lganidan dalolat beradigan Kitob qo‘riqxonasi, Orol dengizi yaqinidagi “ekologik ofat” mintaqasi, dasht va Qizilqum cho‘llari, Nurota tog‘lari, Aydarko‘l ko‘li va tabiatimizning boshqa ko‘plab ajoyibotlari.(6, B.29) Adabiyotlarda keltirib o’tilganki ekoturizm “yashil”, “xlorofill”, “landshaft”, “tabiiy turizm” iboralari bilan ham tilga olinadi. Mutaxassislar tahliliga ko‘ra, ekoturizmning hududiy farqlari ham ularning iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarini belgilaydi.[7, B.172] Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ekoturizm-zamonaviy turizmning barqaror, ekologik jihatdan mas'uliyatli shaklidir. U tabiiy muhitni asrash, mahalliy aholining turmush darajasini oshirish, hamda sayyohlar ekologik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Dunyoda ekoturizmga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda va u turizm industriyasining eng tez rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biriga aylangan. O‘zbekiston esa o‘zining tabiiy zaxiralari, muhofaza etilgan hududlari va boy biologik xilma-xilligi bilan bu yo‘nalishda katta salohiyatga ega. Shu sababli, ekoturizmni rivojlantirish orqali mamlakatimiz nafaqat ekologik barqarorlikni ta'minlashi, balki iqtisodiy jihatdan ham yangi imkoniyatlar ochishi mumkin. Ekoturizm zamonaviy turizmning barqaror va ekologik jihatdan mas’uliyatli shakli bo‘lib, u nafaqat tabiatni asrashga, balki mahalliy oilalarning turmush darajasini yaxshilashga ham xizmat qiladi. Ekoturizm oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirib, ularni ijtimoiy faol hayotga jalb etadi. O‘zbekistonda mavjud tabiiy va madaniy zaxiralar ushbu turizm yo‘nalishini yanada rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega. Shunday ekan, ekoturizmni qo‘llab-quvvatlash orqali biz nafaqat ekologik, balki ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka ham erishamiz. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 143 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Foydalanilgan adabiyotlar: 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Ekologik_turizm 2. Azimov M.Ekoturizm:Tabiat va Turizmning uyg’unlikda rivojlanishi. "Экономика и социум" №8(123) 2024, B.256 3. Jabborova M. Ekoturizm tushunchasining kelib chiqish tarixi va ta’rifi. "Экономика и социум" №8(123) 2024, B.104 4. Jabborova M. Ekoturizm tushunchasining kelib chiqish tarixi va ta’rifi. "Экономика и социум" №8(123) 2024, B.106 5. https://uzbekistan.travel/uz/v/ekoturizm/ 6. Hamidov O., Norchayev A., Ekoturizm. Toshkent, B.29 7. Xasanova N, Xalilova M. O’zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish orqali mamlakatimizda turizm sohalarini yanada rivojlantirish. International Journal of Science and Technology ISSN 3030-3443 Volume 1, Issue 16, May. 2024, B.172