Full text
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 144 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us TERMINOLOGIYADA OMONIMLIK VA POLISEMIYA MUNOSABATI Qarshiboyeva Yulduz Baxtiyor qizi Mirzaobod tumani 35-maktab o‘qituvchisi yulduzqarshiboyeva0[email protected]om Annotatsiya: Ushbu maqolada terminologiya tizimida omonimlik va polisemiya hodisalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat lingvistik hamda amaliy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Polisemiya – bir leksik birlikning ma’nolar jihatidan yaqin ko‘pma’noliligi, omonimiya esa shakl birligi asosida mustaqil ma’nolar mavjud bo‘lishi sifatida yoritiladi. Fanlararo terminologik tizimlarda ushbu hodisalar o‘rtasidagi chegaralarni belgilash zarurligi asoslab beriladi. Shu bilan birga, terminlarning kelib chiqish manbalari, sohaviy differensiallashuvi, kontekst ta’siri va normativ lug‘atlarda berilishi mezonlari asosida omonim terminlar va polisemik terminlarni farqlash usullari ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada tarjimashunoslik, leksikografiya va axborot texnologiyalari doirasida ushbu ikki hodisaning amaliy ahamiyati ochib berilgan bo‘lib, terminologik tizimni takomillashtirish uchun ilmiy asoslangan taklif va xulosalar ilgari suriladi. Kalit so‘zlar: omonimlik, polisemiya, terminologiya, leksik-semantik jarayon, kontekst, normativ lug‘at, sohaviy differensiallashuv, tarjimashunoslik, fanlararo terminlar Аннотация:В статье рассматриваются взаимосвязь и различия между омонимией и полисемией в терминологической системе узбекского языка. Полисемия трактуется как многозначность одной лексической единицы, а омонимия — как наличие нескольких самостоятельных значений при одинаковой форме. Особое внимание уделено необходимости точного разграничения этих явлений в научной и технической коммуникации, где термин должен выражать строго одно определённое понятие. Анализ осуществляется на основе семантических, этимологических, системных и контекстуальных критериев. Показана практическая значимость дифференциации омонимичных и полисемичных терминов для перевода, лексикографии и цифровых лингвистических технологий. В работе представлены выводы, направленные на совершенствование терминологического нормирования и повышение точности междисциплинарного общения. Ключевые слова: омонимия, полисемия, терминология, лексикосемантический процесс, контекст, нормативная лексикография, междисциплинарные термины, переводоведение
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 145 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Abstract: This article examines the relationship and distinctions between homonymy and polysemy within the terminology system of the Uzbek language. Polysemy is defined as the presence of multiple related meanings within a single lexical unit, whereas homonymy is characterized by identical forms assigned to completely independent meanings. The study highlights the importance of accurately differentiating these phenomena in scientific and technical communication, where each term must convey one clearly defined concept. The analysis employs semantic, etymological, systemic, and contextual criteria. Practical implications for translation studies, lexicography, and digital linguistic technologies are discussed. The findings underline the need for proper terminology standardization to ensure clarity and efficiency in interdisciplinary scientific discourse. Keywords: homonymy, polysemy, terminology, lexical-semantic process, context, terminological standardization, interdisciplinary terms, translation studies Tilshunoslikda omonimlik va polisemiya ko‘pincha bir-biriga yaqin va ba’zida chalkash tushuniladigan leksik-semantik hodisalar sirasiga kiradi. Xususan, terminologiyada bu ikki hodisa orasidagi farqlarni aniqlashtirish, ularning o‘ziga xosliklarini belgilash va taqqoslash ilmiy tahlil uchun muhim masaladir. Polisemiya – bu bir so‘zning ko‘p ma’noliligi, ya’ni u grammatik yoki semantik jihatdan bir birlik sifatida turli kontekstlarda bir-biriga yaqin, lekin farqlanuvchi ma’nolarni bildiradi. Omonimiya esa, buning aksincha, shaklan bir xil, lekin mutlaqo boshqa ma’noga ega bo‘lgan ikki yoki undan ortiq mustaqil birliklarning mavjudligidir. Shunday qilib, polisemiya semantik yaqinlikka, omonimiya esa semantik mustaqillikka asoslanadi. Terminologiyada esa ushbu ikki hodisa orasidagi chegaralarni aniq belgilash zarur. Chunki ilmiy va texnik matnlarda har bir atama faqat bitta aniqlangan ma’noni ifodalashi lozim. Atamaning ko‘pma’noliligi (polisemiyasi) ilmiy aniqlikni susaytiradi, omonimlik esa bir so‘zning turli fan sohalarida o‘ziga xos tushunchani ifodalashiga olib keladi. Misol uchun: “energiyа” termini fizikada – mexanik, issiqlik, elektr energiyasini bildirsa, biologiyada – hayotiy faoliyat manbai sifatida ishlatiladi. Bu holat omonimiyaga yaqinlashuvchi polisemiya sifatida talqin qilinadi. “modul” so‘zi matematikada – son qiymatini bildiradi, me’morchilikda – qurilish o‘lchovi, pedagogikada – o‘quv tarkibiy qismi. Bu esa klassik omonimiya misolidir. Bu jihatdan qaraganda, terminologiyada omonimlik va polisemiya ko‘proq “funksional-semantik” chegaralarda bir-biridan ajratiladi. Ya’ni, agar bitta termin turli kontekstlarda turlicha, lekin yaqin tushunchani bildirsa – bu polisemiyadir. Ammo
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 146 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us bir termin butunlay boshqa ilmiy sohaga mansub turli tushunchalarni bildirsa – bu omonimlikdir. Tilshunoslar bu ikki hodisa orasida quyidagi mezonlar orqali farqlash taklif qiladilar: Etimologik mezon – agar bir necha ma’no umumiy etimologik ildizga ega bo‘lsa, bu polisemiyadir. Aksincha, farqli kelib chiqishga ega bo‘lsa – bu omonimiyadir. Semantik yaqinlik mezoni – ma’nolar orasida semantik bog‘liqlik bo‘lsa, polisemiya, agar umuman bog‘liqlik bo‘lmasa – omonimiya. Sistemaviy birlik mezoni – lug‘atlarda so‘zning barcha ma’nolari bitta birlik ostida keltirilsa – polisemiya, alohida keltirilsa – omonimiya. Terminologiyada bu mezonlarga qo‘shimcha ravishda sohalararo kontekst mezoni ham kiritiladi. Bu degani, bir termin turli fan tarmoqlarida ishlatilganda, ularning kontekstual tavsifi, izohlanishi va metodologik yondashuvi e’tiborga olinadi. Shu jihatdan olganda, polisemiya hodisasi ko‘proq umumtil birliklarida ko‘rilsa, omonimiya esa aynan terminologiyada keng tarqalgan hodisadir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ayrim sohalarda atamalarni yaratishda polisemik birliklar termin sifatida olinadi va sohalashtiriladi. Bu holat sun’iy omonimiyaga olib keladi. Masalan, “potensial” so‘zi fizikada – kuchlanish imkoniyati, ijtimoiy fanlarda – intilish yoki salohiyat ma’nosida qo‘llanadi. Bu yerda semantik yaqinlik mavjud bo‘lsa-da, ilmiy doirada ularni farqlash zarurati bor. Tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan qaralganda, omonim terminlar va polisemik terminlar tarjimada turlicha yondashuvni talab qiladi. Agar polisemik atama tarjima qilinayotgan matn kontekstida yaqqol semantik maydonga ega bo‘lsa, u aniq tarjima qilinadi. Ammo omonim terminlar uchun kontekst yetarli bo‘lmaganda, tarjima xatolarga olib kelishi mumkin. Terminologik tizimda omonimlik va polisemiya hodisalarini ajratib tahlil qilish, bir qarashda nazariy masala bo‘lib tuyulsa-da, amalda u ilmiy-texnikaviy sohalar, tarjima amaliyoti, ta’lim tizimi va davlat til siyosatida dolzarb muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Zero, har bir fan sohasi o‘zining maxsus leksik tizimiga ega bo‘lib, u aniq, izchil va tushunarli atamalar vositasida quriladi. Shu bois, har qanday ma’no ikkiyoqlamaligi yoki xatolik xavfini tug‘diruvchi birliklar bu sohalarda aniqlikni buzadi, ilmiy ifodaning mantiqiy va funksional samaradorligiga putur yetkazadi. Bundan tashqari, omonim terminlar va polisemik terminlar o‘rtasidagi chegarani noaniq belgilash, ayniqsa fanlararo tadqiqotlarda va zamonaviy interaktiv texnologiyalarga asoslangan axborot bazalarida murakkablik tug‘diradi. Misol uchun, bir fan sohasida “massa” atamasi fizik mazmunga ega bo‘lsa, boshqa bir sohada u ijtimoiy guruhlar to‘plami ma’nosini anglatadi. Elektron lug‘atlarda yoki ilmiy maqolalarda bu ikki holat tafovutini aniq ifodalash uchun terminologik atributlar, ya’ni sohaviy belgilar, kontekstual izohlar, qisqartmalar, ko‘rsatkichlar kerak bo‘ladi.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 147 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Aks holda, avtomatik tarjima tizimlari yoki intellektual qidiruv mexanizmlari noto‘g‘ri natija chiqarishi mumkin. Shu o‘rinda shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, terminologiyada polisemiya ko‘p hollarda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. U aksincha, terminning umumxalq tilidan kirib kelishi, ya’ni avvalgi ma’lum bir asosiy ma’noning ilmiy maydonda funksional kengayishi natijasida yuzaga keladi. Bu holatda terminologik birlik umumiy lug‘aviy qatlamdan farq qilmaydi, lekin fan doirasida o‘ziga xos terminologik yuklamaga ega bo‘ladi. Masalan, “daraja” so‘zi: umumiy tilda: qiyalik yoki miqdor o‘lchovi sifatida, matematikada: sonning darajasi, ijtimoiy tilda: lavozim darajasi, pedagogikada: bilim darajasi, geologiyada: yer sathining darajasi kabi ishlatiladi. Ushbu ko‘rinishda so‘z birinchi navbatda polisemik birlik sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo agar u turli fan sohalarida mustaqil termin sifatida shakllansa va har biri o‘z sohasida aniqlik bilan belgilansa, u holda funktsional omonimlikka aylanadi. Shunday qilib, terminologik tizimda omonimlik va polisemiya orasidagi chegaralar ko‘pincha har bir atamaning sohaviy maqomi, semantik yuklamasi va kommunikativ kontekstiga qarab belgilanadi. Bu munosabatni aniq tahlil qilish uchun qiyosiy-lingvistik yondashuv samarali metod hisoblanadi. Jumladan, o‘zbek, rus, ingliz va boshqa tillardagi terminlar o‘rtasidagi omonimlik va polisemiya holatlari solishtirilganda, ularning shakl va mazmun jihatdan yaqinligi ko‘rinadi, ammo milliy til tizimiga kirgach, ular yangi ma’no yukini oladi. Bu esa tarjimashunoslik, leksikografiya va terminografiya uchun muhim ilmiy vazifalarni yuzaga keltiradi. Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, terminologik birliklar tizimida omonimlik va polisemiya masalalarini alohida-alohida emas, balki kompleks holda o‘rganish, ularning fanlararo va kontekstual tafovutlarini aniqlash, ayniqsa zamonaviy tilshunoslikda, o‘zbek tili uchun dolzarb hisoblanadi. Bu borada terminlarni tasniflash, normallashtirish, kodlash va elektron formatda taqdim etish ishlariga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Shuningdek, zamonaviy tilshunoslikda “terminologik maqom”, “semantik interfeys”, “interdisciplinary lexicon” kabi tushunchalar asosida yangi yondashuvlar shakllanmoqda. Ushbu tendensiyalar o‘zbek terminologik ilmiy maktabi oldiga ham yangicha nazariy va amaliy vazifalarni qo‘ymoqda. Terminologik tizimda omonimlik va polisemiya hodisalarining o‘zaro munosabatini tahlil qilishda shuni ham inobatga olish lozimki, ko‘plab atamalar avval umumiy til birliklari sifatida mavjud bo‘lgan va faqat keyinchalik ma’lum fan sohasi ehtiyoji bilan maxsus termin maqomini olgan. Bu jarayon esa, aksariyat hollarda, aynan
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 148 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us polisemiya orqali amalga oshadi. Umumtil so‘zining ilmiy ma’no yukiga ega bo‘lishi va fanga xos tushunchani ifodalashga xizmat qilishi natijasida terminologik ko‘pma’nolilik vujudga keladi. Vaqt o‘tishi bilan esa bu birlik boshqa sohada mutlaqo yangi ma’no kasb etib, mustaqil termin sifatida shakllanadi. Shunday hollarda polisemik birlik omonim termin bilan chegaralanadi. Bu holat, xususan, pedagogika, informatika, iqtisodiyot, biologiya va ijtimoiy fanlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan: “platforma” so‘zi transport tizimida – poyezd maydonchasi, axborot texnologiyalarida – dasturiy asos, siyosiy terminologiyada esa – mafkuraviy yo‘nalishlar majmui sifatida qo‘llaniladi. “aktiv” atamasi iqtisodda – muayyan mulk turi, psixologiyada – faol, ijtimoiyda – ilg‘or a’zo kabi ma’nolarda ishlatiladi. Bu kabi terminlar shaklan bir xil bo‘lsa-da, har biri o‘z sohasida to‘liq mustaqil semantik tizimga ega bo‘lib, ular orasidagi aloqadorlik yaqinlashuvchi emas, balki faqat tashqi shaklning o‘xshashligidadir. Shu sababli, bunday holatlarda biz funksional omonimiya haqida so‘z yuritamiz. Tilshunos olimlar (Sh.Rahmatullayev, M.Mirtojiyev, N.Zohidov, A.Mamayusupov va boshqalar) o‘z tadqiqotlarida ushbu ikki hodisani aniqlashtirish uchun tavsifiy, taqqosloviy, distributiv, kontekstual va transformatsion usullardan foydalanganlar. Ularning fikricha, terminologik birliklarning polisemik yoki omonimikligini aniqlash uchun quyidagi shartlar birgalikda tahlil qilinishi zarur: Kontekstual aniqlik – termin har bir qo‘llanish holatida o‘z sohasiga oid aniq tushunchani ifodalashi lozim; Ma’no mustaqilligi – agar ikki yoki undan ortiq ma’no orasida bog‘liqlik yo‘q bo‘lsa, ular omonim hisoblanadi; Sistemaviy yondashuv – terminlar har bir fan tarmog‘idagi terminologik tizim doirasida baholanadi; Normativ lug‘atlarda joylashuvi – omonim va polisemik birliklar rasmiy izohli va terminologik lug‘atlardagi taqdimotiga qarab ham ajratiladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, o‘zbek tilshunosligi va terminologiya fanida ham bu ikki hodisani o‘rganish orqali terminologik birliklarning semantik chegarasini aniqlashtirish, atamalar tizimini mukammallashtirish, fanlararo terminlar ziddiyatini bartaraf etish, kompyuter lingvistikasi va tarjima tizimlarining aniqligini oshirish kabi vazifalarni hal qilish mumkin. Ayniqsa, elektron lug‘atlar, korpus lingvistikasi, sun’iy intellekt asosidagi tarjima vositalari keng qo‘llanilayotgan hozirgi davrda terminologik omonimlik va polisemiya o‘rtasidagi munosabatlarni chuqur tahlil qilish amaliy tilshunoslikning dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ularning ilmiy tahlili orqali nafaqat tilning nazariy
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 149 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us imkoniyatlari kengayadi, balki terminologik adabiyotlar sifati ham yuqori darajaga ko‘tariladi. Shunday qilib, terminologiyada omonimlik va polisemiya – bu faqatgina leksik hodisalar emas, balki ularning tagida yotgan konseptual tafovutlar, mantiqiy kategoriya farqlari, fanlararo munosabatlar va funksional aniqlik zaruriyati turadi. Shu bois ularni chuqur va izchil o‘rganish, o‘zbek terminologiyasining taraqqiy etishi yo‘lida muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, terminologiyada omonimlik va polisemiya hodisalari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lishi bilan birga, ularni aniq farqlash ilmiy izchillik, uslubiy aniqlik va kommunikativ samaradorlikni ta’minlaydi. Omonim terminlar va polisemik terminlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash orqali terminologik tizimni takomillashtirish, izohli lug‘atlar sifatini oshirish va tarjimada yagona yondashuvlarni ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Quronboyeva M. O‘zbek tili leksikasi: nazariy va amaliy jihatlar. – Toshkent: TDPU, 2020. – B. 81–82 2. Qodirov N. Til va tafakkur: O‘zbek tilining semantik jihatlari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2016. – B. 72–75 3. Nazarov A. O‘zbek tilida omonim so‘zlarning semantik va funksional xususiyatlari. – Toshkent: Ma’naviyat, 2017. – B. 102 4. Nazarov Z. Tilshunoslik terminlari va ularning turlari. – Buxoro: BuxDU nashriyoti, 2023. – B. 56–59 5. Normatov H. Ijtimoiy fanlarda terminologik tafovutlar. – Toshkent: Tafakkur, 2023. – B. 88–91 6. Karimov D. Soha terminologiyasi va zamonaviy lingvistik yondashuvlar. – Toshkent: Fan, 2021. – B. 115–117 7. Komil o‘g, M. R. S., & Eshmurza oʻg‘li, Q. S. (2025). HISTORY OF COIN MILLING IN UZBEKISTAN: PERIODIC RESEARCH AND HISTORICALCULTURAL SIGNIFICANCE. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 6(51), 620-623. 8. Komil o‘g, M. R. S., & Gʻofurjonovna, S. D. U. (2025). AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DIPLOMATIYASI YANGI TADQIQOTLARDA. SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 8(4), 172-181. 9. Komil o‘g, M. R. S., & Gʻofurjonovna, S. D. U. (2025). AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DIPLOMATIYASI YANGI TADQIQOTLARDA. SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 8(4), 172-181. 10. RAXIMOVICH, N., MUTALLIB, I., & MA’RUFOV SHERZOD, K. O. G. (2022). HISTORICAL FACTORS THAT CONTRIBUTED TO THE
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 150 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us DEVELOPMENT OF SCIENCE AND CULTURE IN CENTRAL ASIA. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(4), 160165. 11. MA’RUFOV, S. (2025). SIRDARYO VILOYATI HUDUDIDAGI MANZILGOHLARNING O ‘RTA ASRLARDAGI MODDIY MADANIYATI XUSUSIDA YANGICHA QARASHLAR. ACTA NUUz, 1(1.2), 1.