scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OʻZBEKISTONDA INKLYUZIV TA'LIMNING JORIY ETILISHI INKLYUZIV TA'LIMGA OID BOLALARNI DUNYOQARASHINI OSHIRISHDA TASVIRIY SAN'AT ASARLARINING ROLI

Abdusattarova, Munavvarxon Abdurahmon qizi

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni joriy etilish. Inklyuziv ta’limga moyil bolalarni dunyoqarashini shakillantirishda tasviriy san’at asarlarining roli. Tasviriy san’at orqali bolalar atrof-muhitni, madaniyatni va o‘zlarini anglashni o‘rganishda bolalarning hissiy, aqliy va madaniy rivojlanishida muhim vosita ekanligi haqda so‘z boradi.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 194 DOI: https://10.5281/zenodo.17467006 OʻZBEKISTONDA INKLYUZIV TA’LIMNING JORIY ETILISHI INKLYUZIV TA’LIMGA OID BOLALARNI DUNYOQARASHINI OSHIRISHDA TASVIRIY SAN’AT ASARLARINING ROLI Abdusattarova Munavvarxon Abdurahmon qizi Namangan shahar 85umumiy o‘rta ta’lim maktabining Tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi E-mail: abdusattorovamunavvarxo[email protected]om ANNOTATSIYA Ushbu maqolada O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni joriy etilish. Inklyuziv ta’limga moyil bolalarni dunyoqarashini shakillantirishda tasviriy san’at asarlarining roli. Tasviriy san’at orqali bolalar atrof-muhitni, madaniyatni va o‘zlarini anglashni o‘rganishda bolalarning hissiy, aqliy va madaniy rivojlanishida muhim vosita ekanligi haqda so‘z boradi. Kalit so‘zi: Ta’lim, intilish, bolalar, inklyuziv, strategiya, hulq-atvor ehtiyoj, tenglik, san’at, ijodkorlik АННОТАЦИЯ В статье рассматривается внедрение инклюзивного образования в Узбекистане. Роль изобразительного искусства в формировании мировоззрения детей, склонных к инклюзивному образованию. Изобразительное искусство является важным инструментом эмоционального, интеллектуального и культурного развития детей, познания ими окружающего мира, культуры и самосознания. ABSTRACT This article discusses the introduction of inclusive education in Uzbekistan. The role of visual arts in shaping the worldview of children who are inclined to inclusive education. Visual arts are an important tool in the emotional, intellectual and cultural development of children in learning about the environment, culture and self-awareness. . “Odamda qanday tashxis ekanligi muhim emas. Unga hurmat bilan munosabatda boʻlish va munosib hayot imkonini berish kerak!” Mariya Sibulskaya. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 195 Jahon ta’limi amaliyotida ta’lim oluvchilar ehtiyojlariga moslashuvchan o‘quv muhitini yaratish, variativ o‘quv dasturlaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin ortmoqda. BMT ning ta’lim sohasidagi siyosati yo‘nalishlaridan biri bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari xilma-xilligini hisobga olgan holda ta’limberishni nazarda tutadigan inklyuziv ta’lim g‘oyalarini ishtirokchi davlatlar tomonidan keng amalga oshirilishini ta’minlash hisoblanadi. YUNESOning inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan dasturlari alohida ta’lim extiyoji bo‘lgan bolalar va kattalar uchun xavfsiz va qulay ta’limni ta’minlashga qaratilgan me’yorlar, standartlar hamda intellektual hamkorlikni modernizatsiyalashga yo‘naltirilmoqda. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida belgilangan ijtimoiy tenglik qoidalarini amalga oshirishda ta’limning barcha uchun ochiqligini, gender jihatdan tenglikka asoslanganligini ta’minlovchi mexanizmlarini amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda inklyuziv ta’limni ta’lim oluvchilarning ijtimoiy ehtiyojlari va shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida tashkil etishning huquqiy–me’yorlari ishlab chiqilgan. “Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni tashkil etish maqsadida ta’lim muassasalari moddiy texnika bazasini mustahkamlash, o‘quv dasturlarini adaptivlashtirish, sog‘lomlashtiruvchi sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish hamda bu jarayonga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash” kabi muhim vazifalar belgilandi. Boshlang‘ich ta’limda o‘qitish sifatini yaxshilash, o‘quvchilarning imkoniyatlariga mos, davlat ta’lim standartlari me’yorlari inobatga olingan o‘quv muhitini samarali tashkil etish, bu jarayonda tashkilotlar va jamoat institutlari hamkorligini kuchaytirish yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur ijtimoiy-pedagogik masalalarni hal etishda ta’lim, sog‘liqni saqlash va mahalla tashkilotlarining imkoniyati cheklangan bolalarni sifatli ta’lim xizmatlari bilan ta’minlash borasidagi o‘zaro manfaatli hamkorligi talab etiladi. Bu esa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida metodik mahorat, kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning klasterli yondashuvlari, tashkiliy omillari, pedagogik-psixologik shart-sharoitlari, inklyuziv sinflarda darslarni tashkil etishga qo‘yiladigan didaktik talablarni aniqlashtirishni taqozo etadi. Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamdaumumta’lim maktablarini nogiron bolalarga moslashtirishni ko‘zda tutadigan, ijtimoiyadolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayondir. Inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli, nogiron bolalar ham faqat maxsus maktablarda emas, balki sog‘lom bolalar o‘qiydigan umumta’lim maktablarida ham ta’lim-tarbiya olishlari mumkin ekanligini e’tirof etadi. Buning uchun esa maktab ham, o‘qituvchi-tarbiyachilar ham INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 196 inklyuziv ta’lim tizimiga tayyor bo‘lishi, maktab darajasi, jismoniy sharoit va o‘qishga imkon omillari shu ta’lim talablariga to‘la javob beradi. Har qanday imkoniyatga ega bolalar uchun teng ta’lim olish tizimi hech kimni kamsitmaslik va har kimga mos ta’lim berish tamoyillari UNESCO va BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi Inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari har bir bolaning teng ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash Imkoniyati cheklangan bolalar uchun mos ta’lim sharoitlarini yaratish. Jamiyatda inklyuziv madaniyatni shakllantirish pedagog va psixologlarni maxsus tayyorlash Inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari hech kimni kamsitmaslik va ta’limga teng huquq berish Individual yondashuv va maxsus usullardan oydalanish. Jismoniy va ruhiy imkoniyatlarga mos muhit yaratish oilalar va jamiyat bilan hamkorlik qilish Inklyuziv ta’limning ijtimoiy ahamiyati jamiyatda kamsitish va ajratish holatlarini kamaytiradi nogironligi bor insonlarga ta’lim olish huquqini kafolatlaydi ijtimoiy integratsiya va inklyuzivlikni kuchaytiradi. O‘qituvchilarning Inklyuziv ta’limdagi ro`li professional rivojlanish va maxsus tayyorgarlik zarurati muntazam treninglar va seminarlar orqali malaka oshirish .Motivatsiya va ta’lim muassasalarining qo‘llab-quvvatlashi muhimligi UNICEF va hukumat hamkorligi “Ishonch 2030” loyihasi doirasida 50 ta namunaviy maktabda inklyuziv texnologiyalar joriy etilmoqda Maktab binolarini universal loyihalash orqali nogiron bolalar uchun qulay infratuzilma yaratish 2027 yilgacha yangi va ta’mirlangan maktablarning 20% da inklyuziv sharoitlar ta’minlanadi Inklyuziv ta’limda zamonaviy yondashuvlar o‘qituvchilarga individual yondashuv va didaktik metodlarni o‘rgatish keng qamrovli psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimlari . O‘quv jarayonida texnologiyalar va maxsus metodikalardan foydalanish Inklyuziv ta’limning rivojlanish bosqichlari maxsus ta’limdan inklyuziv ta’limga o‘tish (O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar tajribasi) Maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha inklyuziv yondashuvlarni kengaytirish. Jamiyat va ta’lim tizimida inklyuziv madaniyatni mustahkamlash Inklyuziv ta’lim – kelajak ta’limi. Har bir bola uchun teng imkoniyat yaratish – jamiyat taraqqiyotining kaliti o‘qituvchilar, ota-onalar va hukumatning birgalikdagi sa’y-harakatlari zarur Inklyuziv ta’lim orqali barqaror va adolatli ta’lim tizimini barpo etamiz. Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim tarbiyasiga yetuk ixtisoslik va kasb-xunar egalashlari “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun ijrosi doirasida ta’lim tizimi tubdan islox qilinib, yangicha yashash, yangicha fikirlash yo‘lida samarali yutuqlarga erishilmoqda. XXI asr – yangi shubhasiz texnologiyalar asri. Mazkur davrda zamonaviy texnologiyalarga oid bilim, malaka va ko‘ninikmalarga ega bo‘lmay turib keng qamrovli kasbiy sifatlarga ega kadrlarni tayyorlab bo‘lmaydi. O‘quvchilarning zamon talabi darajasidagi bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari ularni keying faoliyatga tayyorligining bosh me’zoni hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, bugungi kunda zamonaviy ta’limning maqsad va INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 197 vazifalari ham o‘zgarib bormoqda. Chunki, ta’limga zamonaviy yondoshuv asosidagina o‘quvchi shaxsining to‘la rivojlanishi, tez o‘zgaruvchan dunyodagi turli mashaqqatlar va chaqiruvlarga har taraflama tayyor bo‘lishi, ijodiy fikrlashini rivojlantirish, ulkan axborot makonida axborotlarni tanqidiy nuqtai nazaridan to‘g‘ri izlash, tanlab olish, oldida yuzaga kelgan mauammolarni nafaqat ko‘ra bilish, balki ularni ifodalash va hal eta olish kabi masalalrga yechim toppish mumkin. Shuning uchun ham Yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbuslari bilan yangi davrga qadam qo‘yish asnosida keng fikrlash doirasiga ega, bilimlarni chuqur egallagan, sohasida yetuk va davr talabiga javob bera oladigan shaxslarga bo‘lgan etibor ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida modernizatsiyalangan va sifatli tashkil etilgan ta’limni joriy etish masalasini ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Hozirgi davr nuqtai nazaridan kelib chiqib bunday talablarga javob bera oladigan va yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan shaxsni shakllantirishda quyida mezonlarni tashkil etilish muhim ahamiyat kasb etadi: Bolalar dunyoqarashi ularning fikrlash, his-tuyg‘ulari va ijtimoiy munosabatlarini shakllantiradi.Tasviriy san’at orqali bolalar atrof-muhitni, madaniyatni va o‘zlarini anglashni o‘rganadilarSan’at asarlari bolalarning ma’naviy va madaniy rivojlanishida beqiyos ahamiyatga ega Kelajak avlodni barkamol, ijodkor va dunyoqarashi keng insonlar qilib tarbiyalashda san’atning o‘rni yanada oshirilishi lozim . XULOSA Xulosa qilib aytadigin bo‘lsak Tasviriy san’at fani umumiy o‘rta ta’lim fanlari ichida ma’naviy sog‘lom avlod tarbiyasi masalasini ijobiy hal etishda keng imkoniyatlarga ega. Tasviriy san’at darslarida san’at va san’atkor olami, san’atning ijtimoiy vazifasi va o‘ziga xos xususiyati, uning tasviriy ifodaviy vositalarini o‘rganib borish orqali o‘quvchilar atrof muhit, tasviriy, amaliy san’at va me’morchilikdagi go‘zalliklarni ko‘ra bilish, qadrlash va muhofaza qilishni o‘rganib boradilar. O‘quv fanining bosh maqsadi o‘quvchilarda estetik madaniyatni va badiiy tafakkurni yuksaltirish hamda tasviriy savodxonlikni tarbiyalashdan iborat. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni (2023-yil 23-sentyabr qabul qilingan). https://lex.uz/docs/- 5013007 2. Mirziyoyev Sh. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo‘lini qat’iy davom ettiramiz // «Xalq so‘zi» gazetasi, 2021 yil 7 noyabr, №238 3. O‘zbekiston Respublikasining qonuni “Maxsus tarbiyaga INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 198 muhtojligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida” 2020-yil 15-oktabr, O‘RQ-641son. https://lex.uz/ru/docs/5049549 4. O‘zbezkiston Respublikasining qonuni “Maxsus tarbiyaga muhtojlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani (Nyu-York, 2006-yil 13-dekabr) ratifikatsiya qilish haqida” 2021-yil 7-iyun, O‘RQ 695-son. https://lex.uz/ru/docs/5447430. 5. Ziyonet.wwwww.com 6. Inklyuziv ta’lim nazariyasi va metodikasi. F.U Qodirov. D.A Po‘latov Tosh.2022y.