scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FRONT ORTIDA MATONAT VA JASORAT KO'RSATGAN O'ZBEK AYOLLARI

Xoshimova Mushtariy Zokirjon qizi

Abstract

Ushbu maqola o‘zbek ayollarining ikkinchi jahon urushi frontlaridagi faoliyati, urush frontlarida ko‘rsatgan jasoratlari haqida ma’lumot beradi.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1137 FRONT ORTIDA MATONAT VA JASORAT KO‘RSATGAN O‘ZBEK AYOLLARI Xoshimova Mushtariy Zokirjon qizi Davlatobod tumani 95-maktab o‘qituvchisi [email protected] ANNOTATSIYA: Ushbu maqola o‘zbek ayollarining ikkinchi jahon urushi frontlaridagi faoliyati, urush frontlarida ko‘rsatgan jasoratlari haqida ma’lumot beradi. Kalit so‘zlar: Davlat mudofaa qo‘mitasi (DMQ), Qizil Armiya, “Qizil Yulduz”, “Vatan uchun” ordenlari, “Jasurligi uchun” medali. KIRISH. Insoniyat tarixiga nazar tashlasak, qanchadan-qancha voqea-hodisalarni bevosita ishtirokchisi sifatida boshidan kechirdi. Insoniyat XX asrda fan-texnika taraqqiyotida, ixtiro va kashfiyotlar bobida ancha muvafaqqiyatlarga erishdi. Jumladan, Ikkinchi jahon urushi butun insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan darajada azobuqubatlar, yo‘qotishlar va vayronagarchiliklar keltirdi. Bu urush jahonning yirik davlatlari tomonidan dunyoni iqtisodiy, siyosiy va hududiy hamda strategik jihatdan bo‘lib olish maqsadida olib borildi. Bu qirg‘in-barot urushning tashabbuskori sifatida fashistlar germaniyasi o‘zini yetarli darajada urush sharoitiga tayyorligini hisobga olib boshladi. Asosiy janglar Gitler Germaniyasi va Sovet davlati hududida olib borilganligi sababli O‘zbekiston ham ittifoq tarkibida bu urushda qatnashib o‘zining munosib jasoratlarini namoyon eta oldi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A .Karimov ta’kidlaganidek ”Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin,bu urushda qaysi g‘oya ostida va kimning izmi bilan olib borilgan bo‘lmasin, o‘z Vatani el-yurtining yorug‘ kelajagi, beg‘ubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bo‘lganlarni,o‘z umrlarini bevaqt xazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz. Bu achchiq, lekin oliy haqiqatni unutishga hech kimning haqqi yo‘q va bunga yo‘l ham bermaymiz. Urush yillari - O‘zbekiston tarixining uzviy bir qismi. Biz tariximizdan biror sahifani olib tashlamaymiz. Bu tarix –bizniki uni unutishga hech kimning haqqi yo‘q”. O‘zbek aholisi ko‘ngilli va ixtiyoriy ravishda urushga sararbar etilib, fashist bosqinchilariga qarshi kurashda bor kuch-shijoati,g‘ayati bilan qo‘liga qurol tutib,kurashga otlandi. Shuningdek, mard-jasur o‘g‘lonlar bilan birgalikda yurt ravnaqi uchun kurashgan, fidoyi va qahramon bo‘lgan mard-u maydon ayollar ham kurash olib bordilar. Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistonlik ayollar o‘zlarining vatanparvarligi, insonparvarligi va fidoyiligini namoyon etgan holda qahramonliklar ko‘rsatdi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov aytganidek: “Butun ma’rifiy dunyoda xotin–qizlar manfaati degan alohida masala bor va uni o‘rganish, yechimini topishga juda katta ahamiyat berilishi bejiz emas. Agar ayollarga yetarli e’tibor berilmasa, bunday jamiyatning kelajagi bo‘lmasligi haqida o‘ylaymanki, uzoq gapirib o‘tirishning hojati yo‘q”. Bu borada yaqin o‘tmish sovet davri tajribasini sinchiklab o‘rganish va undan zarur saboqlar ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1138 chiqarish muhim. Sovet davlati ham fashizmni dunyoga hukmronlik qilishiga qarshi , insoniyat boshiga keltirishi mumkin bo‘lgan falokatlarni oldini olish uchun kurashyapmiz degan g‘oya ostida kurashgan. Aslida ikki hukmron kuch ham dunyoga hukmronlikka intilib kurash olib borgan. 1941-yil 30-iyunda I.V.Stalin boshchiligidagi davlat mudofaa qo‘mitasi(DMQ) tuzilib ,barcha ishlar yagona shaxs qo‘lida to‘plandi.Tish-tirnog‘igacha qurollangan fashistlar Germaniyasi bilan kurash oson emaslini yaxshi bilardi. Sovet davlatini urush sharoitiga moslash uchun 1941-yil 3-iyulda Stalin radio orqali xalqqa murojat bilan chiqib,bor haqiqatni aytishga majbur bo‘ldi1 . Ushbu voqeadan so‘ng Sovet davlati o‘zining tarkibidagi barcha davlatlar, viloyatlar, tumanlar va qishloq okruglarida namoyish o‘tkazilib,xalqqa murojatlar qilinib, aholini urush sharoitiga moslab tayyorlash,bosqinchilarga qarshi kurashda mardonavorlik, vatanparlik tuyg‘usini kuchaytirib dushmanlarni vatan hududiga kiritmaslik uchun bor kuchshijoatini, fashistlarga qarshi nafrat bilan yurtini himoya qilish haqida da’vatlar qilinib, o‘z xalqini va barchani bu sharafli ishga chorlovchi namoyish bo‘ldi.Davlat Mudofaa Qo‘mitasining 1941-yil 18-sentabridagi “SSSR grajdanlariga harbiy ishni yoppasiga majburiy o‘tkazish to‘g‘risida “ gi qaroriga binoan “Sovet ittifoqining qurol ko‘tarishga qodir bo‘lgan har bir grajdani qo‘liga qurol olib , o‘z Vatanini himoya qilishga tayyor bo‘lib turishi lozim “ 2 .Bunga javoban ittifoq tarkibidagi barcha jasur o‘g‘lonlar,jumladan,o‘zbeklardan surxon vohasining 50 365 nafar mard o‘g‘lonlari hayot-mamot janglarida qo‘llariga qurol olib,dushmanga qarshi ayovsiz kurashdilar. Urushning dastlabki yillarida sovet hokimiyati o‘zining qat’iy talablari,zo‘ravonlik siyosati va markazga bo‘ysundirish uchun qat’iy va keskin choralarini amalga oshirdi. Darhaqiqat,qanday qilib bo‘lsa ham dushmanni mag‘lubiyatga uchratish uchun o‘zining Stalincha siyosatlari bilan oddiy xalq vakillaridan foydalandi. Garchi,bu adolatsiz ekanligini bilsalar-da. Shunday bo‘lishiga qaramasdan sovet davlati vakillari o‘zining oliy maqsadlari yo‘lida hech narsadan qaytmadilar. Bizga tarixdan ma’lumki, 1941-yilning 22-iyunida harbiy safarbarlik e’lon qilinib ,sovet ittifoqi tarkibidagi O‘zbekistonning yuragida o‘ti bor o‘g‘lonlari ham dastlabki yillarda 32-ming kishi frontga jo‘nash uchun ariza berdilar. 23-24-iyun kunlari Buxoro, Andijon, Namangan, Farg‘ona va boshqa shaharlarda namoyish bo‘lib o‘tdi. Qoraqalpog‘iston Nukusda ham 23-iyun kuni namoyish bo‘lib, ko‘plab aholi ko‘ngilli ravishda fashistlarga qarshi kurashga otlandi 3 . Urushning boshlarida O‘zbekistonlik ayollar urushga ketgan otalari , aka-ukalari va turmush o‘rtog‘lari o‘niga dala ishlarida ,jumladan, traktor haydash, paxta terimi umuman olganda ayollarga munosib ishlar bilan emas, balki og‘ir yumushlarni ham bajardi.1941-yilning 15-oktabriga qadar bo‘lgan vaqt mobaynida 800 nafar xotin-qiz “frontga ketgan yigitlarning o‘rnini olishi kerak”, degan chaqiriq bilan chiqdi. Dala ishlari, uy-yumushlari va bola tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lmasdan bosqinchilarga qarshi kurashda qo‘liga qurol tuta oladigan mard-u maydon ayollar ko‘payib,endilikda ular ham urush frontlarida fashistlarga qarshi kurashda jasur o‘g‘lonlar bilan birgalikda kurashishni or-nomus masalasi deb hisoblab, kurashga otlandi. 1941yil 5-iyulida Toshkent shahrining Oktabr rayonida miting bo‘lib, unda 15-ming xotin-qiz qatnashdi. Bu mitingda “Qimmatli opa-singillar!,“Hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib,sevimli Vatanimizni himoya qilaylik, dastgoh, transport, traktor va kombaynlarda ishlab erlarimiz ,akaukalarimizning o‘rnini bosaylik. Bu urushda hech kimni qo‘l qovushtirib o‘tirishga haqqi yo‘q. Biz front orqasida g‘alaba qozonamiz degan chaqiriqlari mavjud Ikkinchi jahon urushiga ishchilar, ziyolilar, xizmatchilar, san’atkor va qo‘shiqchilar,tibbiyot xodimlari va talaba yoshlar shuningdek, yuragida o‘ti bor har qanday insonlar safarbar etildi. Ular jonajon yurtini dushmanga bermaslik uchun bor kuchlarini ayamasdan kurashdilar. Urushning dastlabki yillaridayoq, Toshkent shahridan 100-ming yigit-qizlar frontga safarbar etildi. Boshqa viloyatlardan ham ko‘ngilli sifatida urushga otlanganlar mavjud. Jumladan, Samarqand viloyatidan frontga yuborishlarini so‘rab, 1316-kishi ariza bergan bo‘lsa , 1941-yil 4-avgustga kelib, ularning soni 2988 taga yetdi. Ularni 613 tasi xotin-qizlar edi .Vaholanki,har bir hududlarda bosqinchilarga qarshi kurashda qahr-u g‘azabga to‘la,urushga otlangan mard va jasur ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1139 ayollar bisyor edi. Darhaqiqat, ikkinchi jahon urushi frontlariga sanitariy(hamshira) xodimalar, teatr va san’at xodimlari, talaba qizlar va ularning jangovar dugonalari, shuningdek, yuragida Vatanga muhabbat hissi kuchli bo‘lgan mard-u maydon ayollar jangga otlanishdi.Vaholanki,ularning deyarli ko‘pchiligi ko‘ngilli sifatida urushga jo‘nadi. Birgina Shahrisabz shahridan urushning dastlabki bir necha kun ichida 1148 kishi harakatdagi armiyaga ixtiyoriy jo‘nadi, ulardan 10 tasi xotin –qizlar edi 8 .Joylarda aholini urush sharoitiga moslab tayyorlash va fashist bosqinchilariga qarshi targ‘ibottashviqot ishlari jadallashtirilganligi sababli,kurashga otlangan ayollar safi kengaydi.Jumladan,sovet ittifoqi 1941-1943-yillar mobaynida Toshkent viloyatidan 37-ming yigit-qizni Qizil Armiyaga yo‘lladi. Ana shulardan 10minggi Milliy qismlarga qabul qilindi. Fashist bosqinchilariga qarshi kurashda Sirdaryo viloyatining 15 252 nafar o‘g‘il –qizlari hayot-mamot janglariga otlandi.Toshkent viloyatidan ikkinchi jahon urushiga 200-ming o‘g‘il-qizlar safarbar etildi. Harbiy safarbarlikka javoban, Xorazm viloyatidan harbiy komissariyatga urush boshlanganidan bir necha kun o‘tar-o‘tmas 1156 ariza (shulardan 147 nafari xotinqizlardan iborat edi) tushdi. Viloyatning 1213 nafar xotinqizlari yangi ishlab chiqarish kasblarini o‘rgandilar va jangga otlanganlarning o‘rnilarida o‘zlarining faoliyatlarini namoyon eta boshladilar. Fashizmga qarshi olib borilgan dahshatli janglarda 67 300 nafardan ziyod xorazmliklar o‘zlarining aziz jonlarini ayashmasdan bu qonli kurashda ishtirok etishdi11. Sovet ittifoqi tarkibidagi jonajon yurtini himoya qilish uchun kurashga otlangan ayollardan biri Roza Ibrohimova edi. 1943-yilning yozida O‘zbekistondagi aloqachilik maktabini tugatib, Moskva yaqinidagi radio vazonga borib tushdi. Roza Ibrohimova Berlinni ishg‘ol qilish uchun bo‘lgan janglarda ishtirok etib munosib qahramonliklar namoyon eta oldi.Urushning birinchi haftasida farg‘onaliklardan urushga safarbar etishlarini so‘rab 1735 ariza (shundan 423 nafari xotin-qizlardan iborat edi) tushdi. Farg‘onada 8 ta sanitary otryadi (ularda 280 nafar xotin-qizlar o‘qidi )va Qo‘qonda 6 ta sanitar otryadi (ularda 220 nafar xotinqizlar o‘qidi) tuzildi. Urush yillarida farg‘onaliklardan bir necha yuz ming ko‘ngillilar fashizmga qarshi kurashda ishtirok etdilar. Sovet ittifoqi tarkibidagi aholining dushmanga qarshi nafrati ,qahr-g‘azabi kuchaydi. Shu jumladan,Andijondan hammasi bo‘lib , 97 ming kishi urushga safarbar etildi. Ularning ma’lum qismini ayollar tashkil etadi. Sovet ittifoqi dushmanga qarshi jangovar turish uchun tezlik bilan turli xildagi qaror-farmonlar ishlab chiqdi. 1941-yil 18sentabrdagi qaroriga binoan, “har bir qurol tutishga qodir bo‘lganlarga harbiy qurollar bilan tanishtirib, urush sharoitiga moslab tayyorlashdan” iborat edi.Bu jarayonda ayollar ham qurolyaroqlar bilan tanishib, harbiy usullarni o‘rganib ,yurt himoyasi uchun kurashga bel bog‘ladilar. Sovet davlati ittifoqi tarkibidagi barcha ayollar:turkman, qozoq, ozarbayjon, tojik, qirg‘iz va shuningdek, o‘zbek ayollari ham qahramonlik namoyon etdi. 1941-yilning qishida nemis armiyasining Ukraina va boshqa hududlarga hujumi bo‘ldi. Sovet davlati hududida yanada kuchli safarbarlik bo‘lib,unda boshqa xalq ayollari singari o‘zbek ayollari ham ishtirok etdi. Ularning qahramonligini e’tirof etgan.Xususan , Ukraina uchun olib borilgan janglarda Buxorodan Rahima Alimova degan komsomol qiz, ayniqsa, qahramonlik ko‘rsatmoqda deb yozgan edi potpolkovnik Savvin15.1943-yilning 18iyulidan 28-iyuligacha Shimoliy Dones daryosi qirg‘oqlarida Donbas uchun bo‘lgan, o‘nlab jang bo‘ldi. Shu vaqtda pulemyot va minomyot o‘qi ostida 97 yarador jangchi va ofitserga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatildi .1sentabrdan 21-sentabrgacha davom etgan, 20 kunlik hujum janglari vaqtida Rahima Alimova mardonavor harakat qildi. Bu safar 30 jangchi va ofitserni qurol-yarog‘i bilan jang maydonidan olib chiqib, zarur medisina yordami ko‘rsatildi.Hayot qolgan jangchi va ofitserlar Rahima Alimovaga hali-hali o‘z minnatdorchiliklarini bildiradilar. Shu kabi ayollardan Jamila Husainova ham harbiy tayyorgarlikdan so‘ng, Shimoliy Don daryosi bo‘yida jangga kirib, undan so‘ng janubiy-g‘arbiy front chizig‘ida, Ukrainani ozod qilishda qatnashdi. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1140 NATIJALAR VA MUHOKAMA. Sovet hukumatining tez orada vrach va hamshiralarni urush sharoitiga moslab tayyorlash ishlari jadallashtirib yuborildi. Xususan, 1941-yil oktabr oyida “Sanitariya mudofaasiga tayyorlan “nomli chaqirig‘i ham xalq tomonidan munosib qabul qilinib, joylarda qon quyish operatsiyasi, harbiy-dala operatsiyasni, jumladan, hamshiralar xirurg vrachlar bajaradigan ishlarni mashq qilib frontga jo‘nashga tayyorlandilar. Joylarda medisina xodimlari tayyorlaydigan o‘quv kurslari tashkil etildi.Jumladan, Toshkent va Samarqand meditsina institutlari 1941-yildan 1945yilgacha 3257 vrach tayyorladi, shuningdek, 4864 medisina xodimlari yetishish chiqdi. Vaholanki, 25 sanitar drujinasida 266 nafar tibbiyot hamshirasi tayyorlandi.Bu kabi o‘quv yurtlarini tamomlab, keyin frontga borib ,yarador jangchi va askarlarga tibbiy xizmat ko‘rsatildi.Mana shunday medisina xizmatining starshiy leytenant Sobira Majidova va Maryam Yusupova kabi najotbaxsh ayollarimiz o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsada yaralangan jangchi va ofitserlarni urush olovidan olib chiqdilar. Shuning uchun ham Sohibboyev ham Zuev va Mamatov kabi o‘nlab jangchilar o‘z hayotlarini saqlab qolgan opalarini hech qachon unutmaydilar. Sobira Majidova 1942-yilning qahraton qishida Il’men ko‘lidan uzoq bo‘lmagan joydagi yerto‘lalarda yarador jangchilarning jarohatiga mohirlik bilan malham qo‘yib,Desna sohillarida,Branyansk o‘rmonlarida jangchilar bilan bir qatorda botqoqliklar kechib,o‘zining jangovar ruhini namoyon etdi. 1941-yil institutni davolash fakultetini tamomlagan Muqaddam Ashrapova bilan birga uning dugonalari Anvara Muharramova, Po‘latoy Qodirova, Sobira Majidova lar ham urushga borib askarlarni saqlash uchun fidoyilik namoyon etdilar. Rahmat Hamroyeva uning yonidagi dugonalaridan Qumri va Saidalar ham aziz jonlarini ayamasdan bosqinchilarga qarshi kurash uchun frontga jo‘nab ketdilar. Rayhon Hamroyeva va uning hamrohlari jangchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatdilar. 1943yilning yanvar oyida bir guruh vrachlar Volga bo‘yida turgan qo‘shinlar safiga kelib qo‘shildi. Bu vrachlar orasida O‘zbekistonlik Ruqiya Ismoilova bo‘lib,u ham urush janggohlarida yaralangan askarlarga munosib yordam ko‘rsatdi. Ikkinchi jahon urushi frontlarida O‘zbekistonlik ayollar ittifoq tarkibidagi askar va zobitlarning aziz jonlarini asrashda o‘zbek qiziga xos bo‘lgan jasorat va qahramonliklarini namoyon eta oldilar. REFERENCES 1. Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. - T.: O‘zbekiston. 1996. T.3. - B.81. 2. Karimov I. A. O‘zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. I jild.- T.: O‘zbekiston,1996. - B.54. 3. Inoyatov H. G'alabaga qo‘shilgan hissa. - T. Fan, 1975. 4. O‘zbekiston tarixi ( 1917-1991) 2-kitob. -T.:O‘zbekiston, 2019. 5. Surxondaryo tarixi Tursunov S, Qobilov E, Murtazoev B, Pardayev T. - T.: Sharq, 2004. 6. Xotira Toshkent shahri. 1kitob. - T.: Qomuslar bosh tahririyati. -B.6. 7. Xotira Samarqand shahri.1kitob. - T.: Ibn Sino nomidagi matbaanashriyoti birlashmasi, 1994. 8. Yorbozorova Z. Ikkinchi jahon urushida o‘zbekistonlik xotinqizlarning faoliyati. B.M.I.Qarshi. 2013. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1141 9. Xotira Xorazm shahri.1kitob. - T.: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot. 1994.