TEXNOLOGIYA FANINI O'QITISHNING BUGUNGI KUNDAGI ZAMONAVIY TA'LIM TENDENSIYALARI
Abstract
Ushbu maqolada texnologiya fanini o‘qitishning zamonaviy ta’lim tendensiyalari hamda yangi metodikasi yoritib berish bilan bir qatorda, amaliy mashg‘ulotlarning ustuvorligi, zamonaviy ta’lim tizimi, loyihalashga asoslangan o‘qitish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, kasbga yo‘naltirish kabi muhim jihatlar tahlil qilingan. Shu bilan bir qatorda o‘quvchi va talabalarning shaxsiy rivojlanishiga ularning kasbiy faoliyatga tayyorlashga e’tibor qaratilgan. Maqolada baholashning yangi usullari, shaxsiy rivojlanish, hamda o‘z- o‘zini baholash ko‘rsatgichlari ko‘rib chiqilgan
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1163 TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHNING BUGUNGI KUNDAGI ZAMONAVIY TA’LIM TENDENSIYALARI G‘aniyeva Dilfuza A’lam qizi Shahrisabz davlat pedagogika instituti 1-bosqich magistranti E – mail: [email protected] Telefon raqam: +998918107178 Annotatsiya: Ushbu maqolada texnologiya fanini o‘qitishning zamonaviy ta’lim tendensiyalari hamda yangi metodikasi yoritib berish bilan bir qatorda, amaliy mashg‘ulotlarning ustuvorligi, zamonaviy ta’lim tizimi, loyihalashga asoslangan o‘qitish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, kasbga yo‘naltirish kabi muhim jihatlar tahlil qilingan. Shu bilan bir qatorda o‘quvchi va talabalarning shaxsiy rivojlanishiga ularning kasbiy faoliyatga tayyorlashga e’tibor qaratilgan. Maqolada baholashning yangi usullari, shaxsiy rivojlanish, hamda o‘zo‘zini baholash ko‘rsatgichlari ko‘rib chiqilgan Kalit so‘zlar: Texnologiya, tendensiya, kreativ fikr, innovatsiya, AKT, sun’iy intelekt, raqamli texnologiya, fan, amaliy mashg‘ulot, zamonaviy ta’lim Аннотация: В данной статье освещены современные тенденции преподавания учебной дисциплины “Технология” и новые методики обучения. Особое внимание уделено приоритету практических занятий, современной системе образования, обучению на основе проектирования, использованию современных технологий, а также профориентации. Наряду с этим проанализированы вопросы личностного развития учащихся и студентов, подготовки их к профессиональной деятельности. В статье также рассматриваются новые методы оценивания, личностное развитие и показатели самооценки. Ключевые слова: Технология, тенденция, креативная мысль, инновация, информационно-коммуникационные технологии (ИКТ), искусственный интеллект, цифровая технология, наука, практическое занятие, современное образование. Annotation: This article explores modern educational trends and new methodologies in teaching the subject of Technology. It analyzes key aspects such as the priority of practical training, the modern education system, project-based learning, the use of modern technologies, and career orientation. The article also emphasizes the personal development of students and their preparation for professional activities. Additionally, it examines new methods of assessment, personal growth, and self-evaluation indicators. Keywords: Technology, trends, creative thinking, innovation, ICT (Information and Communication Technology), artificial intelligence, digital technology, science, practical training, modern education Kirish: Bugungi globallashuv davrida fan va texnika jadal rivojlanib bormoqda. Jumladan, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, robototexnika, va boshqa qator ilg‘or texnologiyalari jamiyatimizning barcha sohalariga chuqur kirib bormoqda. Shu jarayonda ta’lim tizimining ham
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1164 asosiy vazifalari - zamon talablariga mos, raqobatbardosh, mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Bunday jarayonda texnologiya fanining o‘rni muhim rol o‘ynamoqda. Texnologiya fani talabalarga nafaqat, texnik ijodkorlik, balki muammolarni hal qilish yangi zamonaviy texnologiyalar innovatsion g‘oyalar, tanqidiy fikrlash kabi zamonaviy konpetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda o‘quvchi va talabalarga faqatgina nazariy bilim berish yetarli emas. Ularning ilmiy salohiyatini kengaytirish uchun amaliy ishlar olib borilishi lozim. Ta’lim jarayoni hayotiy vazifalar hamda innovatsion metodlarga asoslangan bo‘lishi lozim. Shu bois, bugungi kunda texnologiya fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim tendensiyalari keng qo‘llanilmoqda. Zamonaviy ta’limning asosiy tendensiyalari texnologiya fanini o‘qitishda yangi bosqichni boshlab beradi. Zamonaviy ta’lim tendensiyalari o‘quvchilarni faqatgina bilimga emas, balki hayotiy ko‘nikmalar, kreativ fikrlash, mustaqil izlanishlar hamda ijodkorlikka tayyorlashga yo‘naltirilgandir. Texnologiya fanini o‘qitishning yangi metodikasi zamonaviy ta’lim tendensiyalariga mos keladigan va o‘quvchilarning texnik ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlashlarini va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini hamda yangi texnologiyalar bilan ishlash, hamda ulardagi kreativlikni hamda ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bunda quyidagi bir qancha jihatlarga e’tibor qaratish lozim: Amaliy mashg‘ulotlarning ustuvorligi: yani o‘quv jarayonlarida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar olib borilishi bu o‘quvchi va talabarda yetarlicha ko‘nikma va malakalarni hosil qiladi. Darslarning asosiy qismni nazariy bilimlar bilan emas, balki amaliy mashg‘ulotlardan tashkil etish kerak. Amaliy mashg‘ulot – bu o‘quvchi yoki talabalarning olgan nazariy bilimlarini amalda sinab ko‘rish va hayoti davomida real sharoitda qo‘llash ko‘nikmalarini shakillantiruvchi o‘quv jarayonidir. Amaliy mashg‘ulotlarning maqsadi: Nazariy bilimlarni mustahkamlash va amalda qo‘llash Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish Talabalarda izlanuvchanlik, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakillantirish Innovatsion fikrlash va muammolarni hal qilish imkoniyatlarini beradi. Texnologiya fani asosan materiallar, gazlamalar, turli xildagi stanoklar hamda asbob uskunlar bilan ishlashdan iboratdir. Shu sababli o‘quvchi va talabalarda turli xil materiallar va asbob uskunalardan foydalanish va turli loyihalarni amalga oshirish orqali ko‘nikma va malakalarni hosil qilish lozim. Har bir dars jarayonida o‘quvchilarning qiziqishlari hamda qobiliyatlari va texnik ijodkorliklaridan foydalanib, ehtiyojlariga mos ravishda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish kerak. Interaktiv o‘qitish usullaridan foydalanish: Darslarda interaktiv o‘qitish usullaridan loyihalash, aqliy hujum, klaster usuli muammoli o‘qitish, guruhlarda ishlash va munozaralardan foydalanish lozim. Interaktiv usullardan foydalanishning afzalliklari: talabalarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi Bilimlarini mustahkamlaydi hamda amaliy ko‘nikmalarini shakillantiradi. Ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish va bahs munozaralarda nutqning rivojlanishini shakillantiradi. Bu usullar o‘quvchilarning faolligini oshiradi, ularda mustaqil fikrlash hamda o‘quvchi va talaba o‘rtasida do‘stona, ishonchli muhitni yaratadi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1165 Bugungi kunda har bir o‘quv jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish interaktiv o‘qitishning eng muhim qismidir. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)- bu kompyuter, internet, turli xildagi multimedia vositalari, ta’lim platformalari interaktiv doskalar orqali o‘qitish jarayonini yengillashtiruvchi texnologiyalardir. Uning qulayliklari bir qancha bo‘lib, jumladan masofaviy ta’limni shakillantirish, o‘quv materiallarini audio, video hamda slayd ko‘rinishida taqdim etish, mustaqil o‘rganish va yetarlicha tushunchalar hosil qilish imkonini yaratib beradi. Bunday yondashuvlar bugungi kunda ta’lim sifatini oshiradi. Talabalarda ko‘rish , eshitish orqali dars jarayonidagi faolligini oshiradi. Axborot madaniyati va texnik savodxonlikni rivojlantiradi. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish: Darslarda 3D-printerlar, robototexnika to‘plamlari,modellashtirish, sun’iy intellekt, dasturlash ta’limi va boshqa zamonaviy texnologiyalardan foydalanish lozim. Bu texnologiyalar o‘quvchilarda texnik qiziqish uyg‘otadi, kreativ fikrlashga hamda loyihalar yaratishga va ularning zamonaviy ishlab chiqarish bilan tanishishlariga yordam beradi. AKTdan foydalanish o‘quvchilarning axborotni izlash, tahlil qilish, undan tog‘ri foydalanish va taqdim etish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Texnologiya fani darslarida o‘quvchilarni turli xil texnik kasblar bilan tanishtirish hamda kasbiy yetuklik darajasini rivojlantirish lozim. O‘quvchilarga o‘zlarining qiziqishlari va qobiliyatlariga mos keladigan kasbni tanlashga ko‘maklashish lozim. O‘qituvchining roli: O‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki o‘quvchilarning texnik loyihalariga yo‘naltiruvchi, innovator, tashabbuskor, va yordam ko‘rsatuvchi bo‘lishi kerak. O‘qituvchi o‘quvchilarning ijodiy fikrlashlari, jamiyatdagi o‘zgarishlarga o‘quvchilarni tayyorlash, ijodkorlik va kreativlikni shakillantirish, mustaqil ishlashlarini esa rag‘batlantirishi lozim. O‘qituvchi doimiy ravishda o‘z kasbiy malakasini oshirishi, malaka va ko‘nikmalarini shakillantirishi zamonaviy metodlarni dars jarayonida qo‘llab borishi va talabalrga yangi bilimlarni doimiy ravishda berib borishi lozim. Texnologiya fanini o‘qitishning yangi metodikasi o‘quvchilarni zamonaviy ishlab chiqarishga tayyorlashga, ularda texnik ko‘nikmalar, ijodiy fikrlash va muammolarni hal qilish, yangi zamonaviy texnologiyalar bilan tanishishni, va uni amalda tatbiq qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlash: Zamonaviy ishlab chiqarish bilan tanishtirish: O‘quvchilarni zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, texnologiyalari, labaratoriyalar, robototexnika, va tendensiyalari bilan tanishtirish lozim.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1166 Kasbiy yo‘nalish berish: O‘quvchilarga turli xil texnik kasblar haqida ma’lumot berish, mehnat bozorining talablariga mos kompetensiyalar ilan tanishtirish, ularning qiziqishlari va qobiliyatlariga mos keladigan kasbni tanlashga ko‘maklashish lozim. Amaliy tajriba orttirish imkoniyatini yaratish: Korxonalar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish kasbiy seminarlar va treninglar loyihaviy ishlar orqali o‘quvchilarni amaliy tajriba orttirish imkoniyati bilan ta’minlash lozim. Tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish: O‘quvchilarga o‘z loyihalarini amalga oshirish, simulyatsiya , mehnat bozori talablarini tushuntirish , biznes-rejalar tuzish va o‘z mahsulotlarini sotish ko‘nikmalarini rivojlantirish lozim. Dasturlash va robototexnikani o‘rgatish: Zamonaviy ishlab chiqarishda dasturlash va robototexnika muhim rol o‘ynaydi, shuning uchun o‘quvchilarga bu sohalarda yani, kompyuter savodxonligini, raqamli texnologiyardan samarali foydalanish to‘grisida kerakli bilimlarni berish lozim. Xulosa va takliflar. Xulosa qilib aytganda, texnologiya fani bugungi kunda jadal suratlar bilan rivojlanib ta’lim tiziming ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bu jarayon talabalarda ijodkorlikni amaliy ko‘nikmalarni shakillantirishga yangi innovatsion, kreativ g‘oyalar yaratishga qaratilgan. Raqamli texnologiyalar robototexnika asoslari, loyiha asosida ta’lim va integratsiyalashgan yondashuvlar asosida tashkil etilgan darslar nazariy bilimlar bilan bir qatorda, real hayotdagi muammolarni hal qilish salohiyatini ham shakillantiradi. Zamonaviy ta’lim tendensiyalari shuni ko‘rsatadiki, texnologiya fani raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va ijodiy, kreativlikni rivojlantiruvchi fan sifatida shakillanmoqda. 3D modellashtirish sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, zamonaviy texnologiyalar va texnikalar o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirmoqda. Umuman olganda, texnologiya fanini zamonaviy ta’lim tendensiyalari asosida tashkil etish o‘quvchi talabalarning kreativ fikrlashini rivojlantirish, ijodkorlikka undash hamda raqobatbardosh yosh kadrlarni tayyorlash uchun muhim shart – sharoit yaratadi. Bu jarayonda esa bir qancha takliflar berish orqali ta’lim sifatini yanada oshirish mumkin. Jumladan, o‘quv dasturlarini takomillashtirish – yani raqamli iqtisodiyot va texnik taraqqiyot talablari asosida yangilanish lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Azizov, M. Zamonaviy ta’lim tizimida texnologiya fanining o‘rni: monografiya – Toshkent : TDPU nashriyoti, 2023. – 145 b. 2. Raxmonov, R. A. Texnologiya fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar: o‘quv-uslubiy qo‘llanma – Samarqand : SamDU nashriyoti, 2022. – 96 b. 3. G‘aniyeva, D. Texnologiya fanida loyihalash asosida o‘qitish metodlari Innovatsion ta’lim. – 2023. – N1. – B. 45–50. Internet manbalari: 1. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. – URL: https://ziyonet.uz 2. Oʻzbekiston taʼlim portali– URL: https://eduportal.uz