XOLID HUSAYNIYNING HAYOTI VA IJODI, "SHAMOL ORTIDAN YUGURIB" ASARINING BIOGRAFIK METODGA KO'RA TAHLILI
Abstract
Maqolada asli afg‘onistonlik bo‘lgan yozuvchi Xolid Husayniy hayoti va ijodi, asarlaridagi o‘ziga xoslik haqida so‘z boradi. Maqoladan ko‘zlangan maqsad o‘zbek kitobxonlariga Xolid Husayniy asarlarining dunyoga kelish sabablari va asar voqealari yozuvchi hayoti bilan qanchalar bog‘liq ekanligini ko‘rsatib berishdan iborat. O‘zbek kitobxonlari orasida Xolid Husayniy asarlari haqida yaxlit, teran tushunchalarni uyg‘otish va uning asarlarini bilan yaqindan tanishtirish.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1204 XOLID HUSAYNIYNING HAYOTI VA IJODI, “SHAMOL ORTIDAN YUGURIB” ASARINING BIOGRAFIK METODGA KO’RA TAHLILI Axatova Dilnoza Allayor qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti Annotatsiya: Maqolada asli afg‘onistonlik bo‘lgan yozuvchi Xolid Husayniy hayoti va ijodi, asarlaridagi o‘ziga xoslik haqida so‘z boradi. Maqoladan ko‘zlangan maqsad o‘zbek kitobxonlariga Xolid Husayniy asarlarining dunyoga kelish sabablari va asar voqealari yozuvchi hayoti bilan qanchalar bog‘liq ekanligini ko‘rsatib berishdan iborat. O‘zbek kitobxonlari orasida Xolid Husayniy asarlari haqida yaxlit, teran tushunchalarni uyg‘otish va uning asarlarini bilan yaqindan tanishtirish. Kalit so‘zlar: biografik metod, Afg‘oniston, sovet istilosi, urush. Аннотация: В статье рассматриваются жизнь и творчество писателя Халида Хоссейни, родом из Афганистана, и самобытность его произведений. Цель статьи – показать узбекскому читателю причины появления произведений Халида Хоссейни и тесную связь событий, разворачивающихся в произведении, с жизнью писателя. Сформировать у узбекского читателя целостное, глубокое понимание творчества Халида Хоссейни и познакомить его с его произведениями. Ключевые слова: биографический метод, Афганистан, советская оккупация, война. Abstract: The article discusses the life and work of the writer Khalid Hosseini, who was originally from Afghanistan, and the uniqueness of his works. The aim of the article is to show Uzbek readers the reasons for the emergence of Khalid Hosseini's works and how closely the events of the work are connected with the writer's life. To awaken a holistic, deep understanding of Khalid Hosseini's works among Uzbek readers and to familiarize them with his works. Keywords: biographical method, Afghanistan, Soviet occupation, war. Kirish. XXI asrga kelib globallashuv jarayoni butun insoniyat hayotini jadal qamrab oldi. Bu jarayon insonlar hayotini yaxshilash bilan birga, turli siyosiy urushlar, diniy ziddiyatlar, inson huquqlarini buzilish holatlarini ham ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Afg‘onistonda sovet istilosi vaqtida boshlangan va hozirgi kunga kelib yanada avj olgan siyosiy va diniy urushlar ko‘plab begunoh insonlar, ayniqsa, yosh bolalarning bevaqt o‘limiga, ulardagi bolalik zavqining yo‘qolib borishiga sabab bo‘lmoqda. Afg‘onistondagi urushlar, ommaviy qirg‘inlar, ayollar huquqlari poymol etilishi va ularga qilinayotgan turli zo’ravonliklar, bolalardan bolalikning tortib olinishi, diniy ziddiyatlar bilan bog‘liq muammolar yozuvchilar asarlariga, adabiyotga ham ko‘chmay qolmadi. Ko‘plab ijodkorlar o‘z asarlarida Afg‘onistondagi murakkab va tahlikali hayotni yoritishgan. Ana shunday ijodkorlardan biri afg‘on-amerikalik sobiq shifokor va yozuvchi Xolid Husayniy bo‘lib, uning asarlari urush o‘choqlaridagi insonlar hayotini, vatanini tashlab boshqa joylarda yashashga majbur bo‘lganlar taqdirini va ichki kechinmalarini, har qanday vaziyatda ham insoniyligini saqlab qola olgan insonlarni mahorat bilan tasvirlaydi. Adabiyotlar tahlili. Asli Afg‘onistonlik bo‘lgan, keyinchalik Amrika fuqaroligini olgan Xolid Husayniy 1965-yil Afg‘onistonning Kobul shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. Otasi Afg‘oniston
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1205 Tashqi ishlar vazirligida faoliyat olib borgan. 1976-yilda otasi diplomatik lavozimi sabab Tehronga oilasi bilan ko‘chib o‘tadi. 1979-yilda uni Parij shahridagi Afg‘oniston elchixonasiga o‘tkazishadi. Oila ham Fransiyaga ko‘chib o‘tadi. Ayni shu yili Afg‘onistonda sovet istilosi boshlanadi va Xolid Husayniyning oilasi vataniga qayta olmaydi. 1980-yilda Xolid Husaniyning otasi AQSHdan siyosiy boshpana so‘rab, Kaliforniya shtatiga joylashadi. Xolid Husayniyning Amerikadagi hayoti ayni shu yillardan boshlanadi va ular Amerika fuqaroligini olishadi. Xolid Husayniy Amerikaga kelganda endigina 15 yoshda edi. Tahsilni Amerikada davom ettirdi. Keyinchalik esa, bialogiya va tibbiyot bo’yicha o‘qib, ichki kasalliklar shifokor bo‘lib faoliyat olib bora boshladi. Xolid Husayniy shifokor sifatida 10 yildan ortiq ishladi. Shifokor bo‘lishiga qaramay bo‘sh vaqtlarida hikoyalar yozib turardi. Husayniyning yozuvchilik faoliyati 2001yildan boshlanadi. 2003-yilda Husayniyning birinchi romani “The Kite Runner” (“Shamol ortidan yugurib”) nashr etildi. Asar katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Xolid Husayniy maskur asarida Amir va Hasan ismli bolalar orqali afg‘on bolalari hayoti, kechinmalari tasvirlanadi. Amir va Husayn orasidagi do‘stlik har bir bola qalbida haqiqiy do‘stlik, sadoqat nomli yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishda yordam beruvchi asardir. Qolaversa, asarda hasad, va’daga vafo, vijdon azobi, gunoh, tavba kabi mavzular ham o‘z ifodasini topgan. Asar bir necha bor New York Times jurnalidagi asarlar ro‘yxatida bir necha bor birinchilikni olgan.12007-yilda esa asar asosida film olindi. Xolid Husayniyning ilk romani 70 dan ortiq tillarga tarjima qilindi. Yozuvchini dunyoga tanitgan bu asar Afg‘onistom hayotining turli jihatlarini kitobxonga ochib beradi. “Xolid Husayniy 2007-yil Book Expo America nomli tadbirdagi nutqini shunday boshlaydi: Men Hindiston, London, Sidney, Parij, Arkanzas va dunyoning turli joylaridan xatlar oldim. Kitobimni o‘qiganlarni meni chin dildan qo‘llab-quvvatlashdi. Ularning ko‘pchiligi Afg‘onistonga yordam yuborish yo‘llarini so‘rashdi. Ba’zilar esa afg‘on yetimlarini farzandlikka olish istagini bildirishdi. Bu xatda men adabiyotning yagona, ammo beqiyos kuchini ko‘rdim”.2 Chindan ham, Xolid Husayniy o‘zining asari orqali adabiyotning kuchini yana bir bor ko‘rsatdi. Husayniy ilk asari shuhrat qozongach shifokorlikdan to‘liq yozuvchilik faoliyatiga o‘tdi. 2007yilda yozuvchining “A Thousand Splendid Suns” (“Ming quyosh shu’lasi”) asari nashrdan chiqdi. Bu asarda afg‘on ayollarining ayanchli taqdiri, tolibonlar bosqinidan keyingi davrlarda ayollar huquqlarining poymol etilishi tasvirlanadi. Bu asar ham kitobxonlar tomonidan yuksak baholanadi. Yozuvchining keyingi asari "And The Mountain Echoed" (“Togʻlar ham sado berdi”) 2013-yilda yozib tugallandi. 2018-yilda esa, "Sea Prayer" (“Dengiz duosi”) asari kitobxonlarga taqdim etildi. Xolid Husayniyning deyarli hamma asarlarida vatani tasviri beriladi. Qahramonlar esa Afgʻon ayollari, bolalarini oʻzida aks ettiradi. Maskur asarlarniboʻqish orqali Afgʻonistondagi vaziyatni bevosita oʻzimiz guvohi boʻlgandek mutolaa qilamiz. Husayniy asarlari koʻpgina tanqidchilar tomonidan yurakni titratuvchi adabiyot sifatida baholangan. Xolid Husayniyni vatandoshlarini asarlarida tasvirlash bilan bir qatorda hozirgi kunga qadar ularga moddiy yordam koʻrsatishga ham harakat qilib keladi. Hozirgi kunda Xolid 1New York Times Best Seller list, January 12, 2014. Retrieved February 11, 2015. 2"Negotiating the Self and the Other in Times of Globalization: Unveiling Afghan Lives through Select Novels of Khaled Hosseini | Ensemble"
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1206 Husayniy Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar boʻyicha oliy komissarligi (UNHCR)da yaxshi niyat elchisi sifatida faoliyat olib boradi. Yozuvchi "Khaled Hosseini Foundation" (“Xolid Husayniy jamgʻarmasi”) ni yoʻlga qoʻygan boʻlib unda yigʻilgan va asari orqali keladigan barcha pullar Afgʻonistondagi bolalar va ayollar uchun xolis taqdim etiladi. Xolid Husayniy bir necha yil bevosita oʻzi Suriya va Afgʻoniston qochoqlari bilan ishlab ularni huquqlarini himoya qilish, tinch hududlarga koʻchirish, zarur dori-darmonlar va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bilan shugʻullangan. Yozuvchi Afgʻonistondagi voqealarga bevosita oʻzi ham guvoh boʻlgan shaxs sifatida tasvirlarni juda aniq va yaqqol tasvirlaydi. U koʻpgina qochqinlar bilan boʻlgan suhbatlaridan olganlarini, shuningdek, oʻz boshidan kechirganlarini asarlariga koʻchiradi. Har bir asarda yozuvchi shaxsiy hayoti bilan bogʻliq tasvirlarni uchratish mumkin boʻlganidek, Husayniy asarlarida ham bu yaqqol seziladi. Shu oʻrinda birgina “Shamol ortidan yugurib” asarini biografik metodga koʻra tahlil qilar ekanmiz asar voqealarining koʻp qismlari yozuvchi hayoti bilan uzviy bogʻliqligini guvohi boʻlamiz va qiziqarli maʼlumotlarga duch kelamiz. Jumladan, Xolid Husayniy intervyularidan birida bolalik yillari Kobulda yashagan kezlari amakivachchalari bilan laylak koʻrinishidagi varrak uchirishgani bu Husayniyning eng yaxshi koʻrgan oʻyinlaridan biri ekani haqida aytib oʻtadi. Uning mashhur romani "Shamol ortidan yugurib" asarida ham aynan laylak koʻrinishidagi varrak uchirish musobaqasi va unda ikki doʻst Amir va Hasan ishtiroki tasvirlari va shu voqea bilan bogʻliq tasvirlar beriladi. Asarning eng qizgʻin nuqtasi sifatida ham ayni shu varrak uchirish musobaqasi va undan keyingi sodir boʻlgan voqealarni aytish mumkin. Asar qahramonlaridan biri Amir, otasi bilan vatanni tark etgan keyin yoki 30 yoshdan keyingina Afgʻonistonga qaytadi. Bu oʻrinda ham yozuvchi bevosita oʻz hayotini qahramonida aks ettiradi. Sababi Xolid Husayniy ham vatanini tark etgandan soʻng 2003-yilgacha ya'ni 38 yoshigacha qayta olmaydi. Ilk bor vataniga qaytib guvohi boʻlganlari ham kitoblarida tasvirlaganlaridan koʻra ogʻirroq ahvolda ekanini koʻrib aybdorlik hissi ila Amerikaga qaytadi. Ayni mana shu, Kobulga qilingan safari chogʻida guvohi boʻlgan voqealar keyinchalik Husayniyning yangi romani uchun gʻoya beradi. Koʻrganlari asosida yaratilgan asari "Ming quyosh shu'lasi" dunyoga keladi. Unda yozuvchi ta'biri bilan aytganda ikki ayol Maryam va Layloning chidab boʻlmas qiyinchiliklarga chidashi tasvirlangan voqealar oʻz ifodasini topgan. Yozuvchi bir necha bor oʻz yurti va asarlari haqida nufuzli gazeta jurnallarda, shuningdek ommaviy uchrashuvlarda soʻzlab beradi. Ana shunday nutqlaridan birida yozuvchi "Shamol ortidan yugurib" asaridagi Amir bilan otasi eski narsalar sotadigan bozorda sotuvchilik qilgan tasvirni soʻzlar ekan,"... men ham otam bilan shunday qilganman deya soʻzlab beradi. Shuning uchun romanda koʻp jihatdan oʻzimni koʻraman" – deydi yozuvchi. Biografik metodga koʻra tahlil qiladigan boʻlsak, asar yozuvchi hayoti bilan koʻp jihatdan bogʻliq ekanini koʻramiz. Xalosa qiladigan boʻlsak, Xolid Husayniy Afgʻoniston hayotini har tomonlama oʻz asarlarida yoritgan. Asarlari orqali Afgʻon madaniyatini, bu millatning oʻziga xos jihatlarini butun dunyoga tanitgan afgʻon yozuvchisi boʻlib qoladi. Yozuvchi butun umr vatani bilan birga boʻlishga uni qoʻllashga intilib kelmoqda. Shuningdek, bu haqida yozuvchi shunday deydi: ” Yozgan har bir satrlarim yoʻqotgan bolaligim va yoʻqolgan vatanimga maktubimdir". Albatta, har bir afgʻon Xolid Husayniy bilan faxrlanishi tabiiy. Shu oʻronda aytish joizki, Xolid Husaynining "Shamol ortidan yugurib " asarini har bir 15 yoshgacha boʻlgan oʻsmir albatta oʻqishi lozim. Chunki, bu asar bolada doʻstlik, hasad, va'daga vafo, gunoh, sadoqat, insoniylik kabi tushunchalarni teran anglab yetishida muhim ahamiyatga ega asardir.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1207 Foydalanilgan adabiyotlar: 1.A Critical Response to the Pashtun Bashing in The Kite Runner, by Nationalist Pashtun Rahmat Rabi Zirakyar". Dawat Independent Media Center (DIMC). Archived from the original on August 15, 2014 2."Negotiating the Self and the Other in Times of Globalization: Unveiling Afghan Lives through Select Novels of Khaled Hosseini | Ensemble" 3.Grossman, Lev (May 17, 2007). "The Kite Runner Author Returns Home". Time. ISSN 0040781X. Retrieved May 28, 2021 4.Miller, David (June 7, 2013). "Khaled Hosseni author of Kite Runner talks about his mistress: Writing". Loveland Magazine. Archived from the original on August 31, 2013. Retrieved August 4, 2013. 5."Khaled Hosseini, M.D. Biography and Interview". www.achievement.org. American Academy of Achievement. 6."Shamol ortidan yugurib" Xolid Husayniy 2020 7."Togʻlar ham sado berdi” Xolid Husayniy 2019 8.Kaur, Harmeet (August 21, 2021). "The author of 'The Kite Runner' has a message for anyone worried about Afghanistan". CNN. Retrieved August 22, 2021.