TABIIY FAN DARSINI O'TISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Abstract
Maqola “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tabiiy fan darsini o‘tishda interfaol metodlardan foydalanish” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, u zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida dars jarayonini samarali tashkil etish yo‘llarini yoritadi. Unda interfaol metodlarning mazmun-mohiyati, ularning o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1237 TABIIY FAN DARSINI O‘TISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH Qobilova Muattar Shukurjon qizi Ilmiy rahbar: I.Z. Akaboyev Namangan Davlat Universiteti talabasi [email protected] Annotatsiya: Maqola “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tabiiy fan darsini o‘tishda interfaol metodlardan foydalanish” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, u zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida dars jarayonini samarali tashkil etish yo‘llarini yoritadi. Unda interfaol metodlarning mazmun-mohiyati, ularning o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Kalit so‘zlari: metod, vosita, xalqaro matematika, olimpiada, ta’lim, pedagog, word well. USING INTERACTIVE METHODS IN TEACHING NATURAL SCIENCE Abstract: The article is devoted to the topic “The use of interactive methods in teaching natural science to primary school students”, which highlights the ways of effectively organizing the lesson process based on modern pedagogical approaches. It analyzes the essence of interactive methods, their importance in developing students' thinking, increasing their interest in the lesson, and forming practical skills. Keywords: method, tool, international mathematics, olympiad, education, pedagogue, word well. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В ПРЕПОДАВАНИИ ЕСТЕСТВОЗНАНИЯ Аннотация: Статья посвящена теме «Использование интерактивных методов в обучении естествознанию учащихся начальной школы», в которой рассматриваются способы эффективной организации урока на основе современных педагогических подходов. Анализируется сущность интерактивных методов, их значение в развитии мышления учащихся, повышении интереса к уроку и формировании практических навыков. Ключевые слова: метод, инструмент, международная математика, олимпиада, образование, педагог, слово хорошо. Uzluksiz ta’lim tizimida tashkil etilayotgan o’qitish jarayonlarini samaradorligini oshirishda pedagogik va axborot texnologiyalarini uyg’un holda foydalanish muhim vazifa sifatida belgilangan. Darhaqiqat axborotlar globallashgan davrda ta’lim tarbiya jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalangan holda o’qitish samaradorligini oshirish dolzarb muammo sanaladi. Pedagog-psixologlarimizning o’tkazgan tahlilariga ko’ra o’zlashtirilgan axborotlar oradan ikki hafta o’tgach, mustaqil o’qish orqali 10%, tinglash orqali 20%, ko’rish orqali 30%, namoyish qilish orqali 50%, baxs munozara, suhbat orqali 80%, amaliy bajarganda 90% eslab qolinar ekan. O’zbekiston mustaqillikga erishgandan so’ng ko’plab sohalar kabi ilm-fanda ham salohiyatli, ilimli kadrlar yetishib chiqmoqda. Biz buni xalqaro fan olimpiadalari, (Xalqaro
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1238 matematika, Mendeleyev olimpiadalari va boshqalar), tanlovlarda doimiy sovrindor bo’lmoqda. Aynan nazariy bilimlardan yaxshi natijalarga erishmoqda, lekin amaliyotda, amaliy bilimlari ancha orqada ekanligi oydinlashmoqda. Ayniqsa, aniq fanlar amaliyotda bajarib ko’rsatilsa, o’quvchi uning mohiyati, kelib chiqish sabab oqibatlarini o’quvchi yaxshi anglaydi. Ularni mustaqil bajarib ko’rishi tajribalar o’tkazishi ularni dunyoqarashini boyitadi, ijodkorlikka , o’z ustidan ishlashga, mustaqil fikrlashga undaydi. Bu esa ularning fan-ishlab chiqarish integratsiyalarning tezlashishiga, kengroq aytadigan bo’lsak ixtirolarning tezlashishi, yangiliklarning yaratilishiga olib keladi. Shu sababli ta’lim tizimida kompetensiya termini kirib keldi. Kompetensiya-mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik faoliyatda, o’zlariga tanish vaziyatlarda qo’llay olish qobilyatidir. Uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, mustaqil va ijobiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish asosida barkamolligini ta’minlash hisoblanadi. Ushbu muammolarni hal etishda innovatsion texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsion texnologiyalardan foydalanilgan darslar axborotlarga boy, ko’rgazmali, qiziqarli, interfaol (Jamoa bo’lib fikrlashga undaydi) bo’lib, darsda yuqori natijaga erishish uchun imkoniyat yaratadi. O’qituchi va o’quvchi talabalarning maqsaddan natijaga erishishda qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonnning asosiy maqsadlari, natijaga erishishga qaratilgan, bunda o’quvchi bilim saviyasi, sinf xarakteri, sharoitga qarab texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balkim kompyuter, tarqatmalar, chizmalar, plakatlar, adabiyotlar, oddiy bo‘r, og‘zaki tushuntirish. Bular o’qituvchi va o’quvchiga bog’liq. Dars jarayonidan oldin uni rejalashtirish zarur, eng asosiysi, o‘quvchining imkoniyati ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish zarur. Shundagina kerakli natijaga erishadi Xotira Metodi Boshlang‘ich sinflarda “Tabiiy fan” darsini o‘qitishda xotira metodining ahamiyati juda katta. Bu yoshdagi o‘quvchilar hali tafakkur jihatidan rivojlanish bosqichida bo‘lganliklari sababli, bilimlarni eslab qolish va amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish — o‘qitish jarayonining asosiy vazifalaridan biridir. Bu metodda turli shartlar vositasida o‘quvchilar xotirasi sinaladi mustahkamlash mashqlari olib boriladi. Tabiiy fanga oid atamalar o‘quvchilar tomonidan birmabir aytiladi, bir o‘quvchi aytgan atamaga boshqa o‘quvchi yana bir atama qo‘shib davom ettiradi. Keyingi o‘quvchi bu atamalarni tartibini buzmay boshqa atama qo‘shib aytishi, agar adashsa o‘yindan chiqishi kerak bo‘ladi Masalan : 2 – sinf tabiiy fan darsligidagi “ Yovvoyi hayvonlar “ mavzusini o‘tish uchun. 1 – o‘quvchi: sher ; 2 – o‘quvchi: sher, zebra; 3o‘quvchi: sher, zebra, yo‘lbars; 4 – o‘quvchi: sher, zebra, yo‘lbars, karkidon. Xotira metodining ahamiyati Asosiy tushunchalarni eslab qolish Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari “tirik organizmlar”, “mavsumlar”, “ob-havo”, “moddalar holati” kabi ko‘plab yangi tushunchalarni o‘zlashtirishadi. Xotira metodlari ularni yodda saqlashni osonlashtiradi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1239 Inter – bahs Metodi Bu metodda uyga berilgan topshiriqqa ko’ra o’quvchilar internetdan olingan tabiiy fanga oid ma’lumotlarni to’plab kelishadi. Bu ma’lumotlar yuzasidan bahsmunozara darsi tashkil etiladi. Bu mashg’ulotning asosiy maqsadi, sinfdagi passiv o’quvchilar ham ishtirok etishadi, o’quvchilarni global ekologik muammolar haqida ko’proq ma’lumot olishga bo’lgan qiziqishlarini ortadi erkin fikrlash va o’z fikrini himoya qilish ko’nikmalari shakllantiriladi bundan tashqari zamonaviy kamunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalari ortadi. Amaliy misol: Mavzu: “O‘simliklarning tabiatdagi roli” Bahs savoli: “O‘simliklar tabiatda hayvonlardan muhimroqmi?” Jarayon: • Ikkita guruhga bo‘linadi (ha va yo‘q deb fikr bildiruvchilar). • Guruhlar internetdan ilmiy maqolalar, rasmiy ma’lumotlar, tajribalar asosida dalillar to‘plashadi. • Har bir guruh o‘z nuqtai nazarini himoya qiladi. • O‘qituvchi muhokama yakunida umumlashma qiladi. Kamalak Metodi : Kamalak metodi – bu interaktiv o‘qitish usuli bo‘lib, unda o‘quvchilar tasviriy san’at (rasm chizish), bahs-munozara va tanqidiy fikrlash orqali dars mavzusini chuqurroq o‘zlashtiradi. Bu metod o‘quvchilarning kreativ tafakkuri, atrof-muhitga munosabati va kelajakka qarashlarini shakllantirishda ayniqsa samarali hisoblanadi. Kamalak metodi tasviriy san’at, ekologik ta’lim va interaktiv bahs texnikasining sintezi sifatida ko‘riladi. Bu yondashuv Gardnerning ko‘p qirrali intellekt nazariyasiga (Multiple Intelligences Theory) ham mos keladi, chunki u vizual-intellektual, interpersonal va naturalistik qobiliyatlarni birlashtiradi. Bu metod bahs-munozara shaklida tashkil etiladi. O’quvchilar oldiga “Siz kelajakda ekologiyani qanday tasavvur qilasiz?”, “Kelajakda shaharlarni qanday tasavvur qilasiz?” suratini chizing kabi topshiriqlar berilib, o’quvchilar ishlari baholanadi. Darsda qo‘llanishiga misol: Mavzu: “Tabiat va inson” Topshiriq: “Siz kelajakda ekologiyani qanday tasavvur qilasiz?” Jarayon: 1. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi. 2. Har bir guruh ekologiya, shaharsozlik,tabiatni muhofaza qilishga oid o‘z tasavvurlarini rasm orqali ifodalaydi. 3. Rasm chizilgandan so‘ng, guruhlar o‘z ishlarini tanish tirishadi va bahsmunozara olib boradi. 4. Baholashda ijodkorlik, mavzuga moslik, fikrning izchilligi va tashabbuskorlik inobatga olinadi. Metodning afzalliklari: Bolalar rasm va so‘z orqali o‘z g‘oyalarini erkin ifodalaydi, har bir rasm ustida bahs olib boriladi, bu esa tahliliy fikrni rivojlantiradim, guruhli ishlar orqali o‘quvchilar
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1240 o‘zaro muloqot va fikr almashishni o‘rganadi, tabiat va ekologiya mavzularida o‘ylashga undaydi. Metod yordamida o‘quvchilarning nutqini ravonlashadi va ulardagi leaderlik qobilyati kuchayadi ustaqil ijod qilishadi tasavvurlari boyiydi. “Wordwall” dasturi: Hozirgi zamonaviy ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarining o‘rni tobora ortib bormoqda. O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning faol ishtirokini ta’minlash va bilimlarni mustahkamlashda innovatsion dasturlardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shunday zamonaviy vositalardan biri — “Wordwell” dasturidir. “Wordwell” — bu interaktiv o‘quv platformasi bo‘lib, u asosan lug‘at boyligini oshirish, mavzularni mustahkamlash va o‘yin shaklida bilimlarni baholash imkonini beradi. Dasturda ko‘plab mavzular bo‘yicha so‘z o‘yinlari, viktorinalar, juftlik topish, krossvordlar, testlar mavjud. Ularni o‘qituvchi o‘z darsiga moslashtirib, real vaqt rejimida yoki mustaqil topshiriq sifatida o‘quvchilarga taqdim etishi mumkin. Tabiiy fan — o‘quvchilarda atrof-muhit, tabiat hodisalari va jonli organizmlar haqida dastlabki tushunchalarni shakllantiradigan muhim fan hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda bu fanni tushunarli va qiziqarli tarzda o‘tish o‘ta muhimdir. “Wordwell” dasturining bu boradagi foydali jihatlari quyidagilardan iborat: Dastur asosan o‘quvchilar bilimini sinash uchun ishlatilib bunda barcha amallar internet orqali amalga oshadi. Buning uchun dastlab dasturga o‘qituvchi tomonidan savollar joylanadi va o‘yin o‘vchilarga turli messenjeralar yordamida yuboriladi yoki sinf xonasiga o‘rnatilgan ekranda ko‘rsatilib sinf bilan ishlash ham mumkin. Wordwall dasturida ishlash uchun avval dasturdan ro‘yxatdan o‘tiladi, so‘ng o‘zingizga kerak bo‘lgan mavzuda o‘yinlar, turli kroswordlar, va infografikalar yaratish mumkin bo‘ladi. Dasturda ishlash o‘quvchilarda electron ta’lim vositalarida ishlash salohiyatini oshiradi va darsdan tashqari vaqtlarda ham vaqtini samarali o‘tgazishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdug‘aniyev I. “Geografiya darslarida ta’limning texnik vositalaridan foydalanish” O‘qtuvchi: 1990-yil. 2. Abduraxmonov B.M. “Geografiya ta’limida internet resurslaridan foydalanish samaralari” Namangan: 2005-yil. 3. 2-sinf “Tabiiy fanlar” darsligi Toshkent .: 2021 -yil 4. J.O.Tolipova. Pedagogik texnologiyalar – do‘stona muhit yaratish omili. 2005-yil. 5. T. Sh. Jalilova “Geografiya fanini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish. Mavzusida tayyorlagan uslubiy tavsiya” Namangan .: 2017 -yil. 6. “ Global ta’lim “ o‘qituvchilar uchun qo‘llanma.