scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AYOL RAHBARLARNING PSIXOLOGIK PORTRETI: JAMIYATDAGI ROLI VA FAOLIYATDAGI TO'SIQLARI

Tursunova Parizoda Jamshid qizi

Abstract

Ushbu maqolada ayol rahbarlarning shaxsiy va psixologik xususiyatlari, ularning jamiyatdagi roli hamda duch keladigan ijtimoiy-psixologik to‘siqlar tahlil qilinadi. Shuningdek, rahbarlik faoliyatida gender tengligining ahamiyati, ayollarning boshqaruvda o‘z o‘rnini topishi va bu jarayonda ularni ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash zarurati ilmiy asosda yoritiladi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 585 AYOL RAHBARLARNING PSIXOLOGIK PORTRETI: JAMIYATDAGI ROLI VA FAOLIYATDAGI TO‘SIQLARI Tursunova Parizoda Jamshid qizi Yangi asr universiteti “Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishi talabasi. jamshidovnaparizoda@ gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.17468549 Annotatsiya. Ushbu maqolada ayol rahbarlarning shaxsiy va psixologik xususiyatlari, ularning jamiyatdagi roli hamda duch keladigan ijtimoiy-psixologik to‘siqlar tahlil qilinadi. Shuningdek, rahbarlik faoliyatida gender tengligining ahamiyati, ayollarning boshqaruvda o‘z o‘rnini topishi va bu jarayonda ularni ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash zarurati ilmiy asosda yoritiladi. Kalit so‘zlar: ayol rahbar, gender tengligi, ijtimoiy stereotip, psixologik to‘siq, yetakchilik, emotsional intellekt. THE PSYCHOLOGICAL PORTRAIT OF FEMALE LEADERS: THEIR ROLE IN SOCIETY AND THE BARRIERS IN THEIR PROFESSIONAL ACTIVITY Abstract. This article analyzes the personal and psychological characteristics of female leaders, their role in society, and the socio-psychological barriers they face. The study also highlights the importance of gender equality in leadership, the process of women finding their place in management, and the necessity of providing them with psychological support throughout this process based on scientific principles. Keywords: female leader, gender equality, social stereotype, psychological barrier, leadership, emotional intelligence. ПСИХОЛОГИЧЕСКИЙ ПОРТРЕТ ЖЕНЩИН-ЛИДЕРОВ: ИХ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ И ПРЕПЯТСТВИЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ Аннотация. В статье анализируются личностные и психологические характеристики женщин-лидеров, их роль в обществе и социально-психологические препятствия, с которыми они сталкиваются. Также освещается важность гендерного равенства в лидерстве, необходимость поиска женщинами своего места в управлении и необходимость оказания им психологической поддержки в этом процессе. Ключевые слова: женщина-лидер, гендерное равенство, социальный стереотип, психологический барьер, лидерство, эмоциональный интеллект. Kirish. Hozirgi globallashuv va ijtimoiy yangilanishlar davrida jamiyatda ayollar faoliyati tobora kengayib bormoqda. Siyosat, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan va boshqaruv sohalarida ayollar rahbarlik lavozimlarini egallayotganlari nafaqat gender tengligining natijasi, balki ularning intellektual, irodaviy va tashkiliy salohiyatining yuksak darajada ekanligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, rahbarlik faoliyati ayollar uchun nafaqat kasbiy yutuq, balki ruhiy barqarorlik, o‘ziga ishonch va psixologik muvozanatni saqlashni talab etuvchi jarayondir. Bugungi kunda ko‘plab jamiyatlarda ayol rahbarlar o‘z faoliyatida gender stereotiplari, ijtimoiy bosimlar, psixologik to‘siqlar va madaniy kutilmalar bilan to‘qnash keladilar. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 586 Ayrim hollarda, ayol rahbarning qat’iyligi “erkaklarcha”, yumshoqligi esa “zaiflik” sifatida talqin etiladi. Bu holat ayol shaxsining psixologik holatiga, o‘ziga bo‘lgan ishonchiga va yetakchilik qobiliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, rahbar ayollar odatda o‘z jamoasida emotsional intellekt, empatiya, adolat va hamjihatlik asosida boshqaruv olib boradilar. Shu bois, ularning shaxsiy-psixologik portretini o‘rganish nafaqat individual ruhiy holatni, balki jamiyatda gender tengligi darajasini aniqlash uchun ham muhim ilmiy masala hisoblanadi. Adabiyotlar tahlili va mushohada Ayol - bu nafaqat jamiyatning yuragi, balki rahbarlikda ham insoniylik, sabr va adolat timsoli. Ayol rahbarlar o‘z faoliyatida hissiyot va aql, empatiya va qat’iyat, yumshoqlik va mas’uliyatni uyg‘unlashtira oladilar. Ularning boshqaruv uslubi o‘ziga xos bo‘lib, jamoa ruhiyatini his etuvchi va ijtimoiy muvozanatni saqlovchi kuchga ega. Ular inson bilan ishlashda kuch emas, so‘z, tushunish va ishonch orqali natijaga erishadilar. Bunday rahbarlik insoniy qadriyatlarni ustuvor qo‘yadi, jamoani “tartib bilan emas, ruh bilan” boshqaradi. Ayol rahbarlarning jamiyatdagi roli - bu faqat lavozim yoki maqom emas, balki ijtimoiy o‘zgarishlarning ruhiy asosidir. Ular boshqaruvga mehr, mas’uliyat, estetik did va ma’naviylik olib kiradilar. Shuning uchun ham ayol rahbarlar bor joyda muhit iliq, muvozanatli va ijodiy bo‘ladi. Ular qarorlar qabul qilishda faqat natijani emas, inson omilini ham hisobga oladilar — bu esa zamonaviy boshqaruvning eng muhim mezonidir. Hozir, insonning jinsiy mansubligiga qaramay, kasb yoki lavozim pog‘onasida katta imkoniyatlar paydo bo‘layotganini ko‘ramiz. Respublikamizda tadbirkorlik va davlat boshqaruvi sohasida ayollarga katta yo‘l ochib berilmoqda. Bir necha yillar oldin rahbar so‘zi ko‘pincha erkak jinsi bilan ifodalangan va negadir, ayol rahbar idora etadigan sohalar, jumladan, maorif, sog‘liqni saqlash, aholiga xizmat ko‘rsatishdan nariga o‘tilmagan. Bugungi kunga kelib esa ayol rahbarlar deyarli barcha sohalarga kirib borishga ulgurishdi. Bu esa jamiyatda ayolning faolligi ortib borayotganidan, ularning rahbarlik qobiliyatlariga bo‘lgan e’tibor kuchayganidan dalolat beradi. Ayolning u yoki bu sohada boshqaruv lavozimini egallashi, ko‘p jihatdan, bu soha ayollarga mosmi yoki erkaklargami, degan savolga bog‘liq. Bir qator tadqiqotlar orqali aniqlanishicha, erkak va ayol aralash ishlaydigan guruhda ko‘pincha erkaklar tashabbusni o‘z qo‘llariga olar ekanlar. Tadqiqotchi Ye.Xollander tajribasiga ko‘ra, guruh doirasida hal etiladigan vazifani yechishda erkaklar ko‘proq maqbul yo‘l topa olishadi, ayol va erkaklardan iborat aralash guruhda esa ustunlikka intilishadi. Olimning tushuntirishicha, erkaklarga xos bunday xatti-harakat, ko‘p jihatdan, jamiyatda o‘rnatilgan normalar va erkaklar xulqiga oid ustanovka, ya’ni kutuvlardan kelib chiqadi. Bunday ustanovkalar asosidagi standartlar atrofdagilarning bo‘layotgan voqea-hodisalarni idrok etishiga ham katta ta’sir etadi 1 . Ammo, boshqa tadqiqotlarda bu holat biroz boshqacha yodashuv bilan izohlanadi. Masalan, taniqli olima F. Denmark o‘z izlanishlari asosida shunday xulosaga kelganki, boshqaruv sohalarida muvaffaqiyatga erishishda sezilarli jinsiy tafovutlar kuzatilmas ekan. Ayol va erkaklarning boshqaruv faoliyatidagi farq shundan iborat ekanki; “Ayollar - jamoadagi 1 Hayitov, О.Е. “Boshqaruv psixologiyasi”, Toshkent: «Istiqlol» nashriyoti, 2021. 87-bet ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 587 insoniy munosabatlarga ko‘proq e’tibor beradilar”. Erkak va ayollarga xos jinsiy psixologik farqning bo‘lishi tabiiy, lekin jamoa oldida turgan vazifani bajarish, ko‘zlangan maqsadga erishish borasida jinsiy tafovut deyarli kuzatilmaydi. Demak, ayollarda muvaffaqiyatga erishish ko‘p jihatdan shaxsiy fazilatlar, oila tarbiyasi va ijtimoiy tajribaning uyg‘unligiga bog‘liqdir. Bu jihatlar ularning rahbarlikdagi psixologik portretini shakllantiruvchi asosiy omillar hisoblanadi. Misol tariqasida, shaxsning ko‘pgina mehnatsevarlik fazilatlari jinsiy moyilliklar bilan emas, balki o‘rganishlar, ijtimoiy qadriyatlar, xarakterdagi xususiyatlarga asoslanadi. Asosan, insoniy munosabatlarga e’tibor qaratish, empatiya, ko‘ngilchanlik, boshqaruvda demokratik tamoyillarga suyanish ayollarda ko‘proq uchraydi. Shuni yoddan chiqarmasligimiz zarurki, bu ko‘rsatkichlar ma’lum darajada jamoa faolligiga ijobiy ta’sir etuvchi omillardir. Erkak rahbar asosiy diqqat-e’tiborini ishlab chiqarish muammolariga taalluqli vazifalarga qaratsa, ayol rahbar ko‘proq jamoaning ijtimoiy-psixologik jihatlariga, psixologik muhitni sog‘lomlashtirishga qaratadi. Ayol kishiga o‘ta muhim va og‘ir vazifa topshirilsa, u o‘zining “nozik jins”ga taalluqli ekanligini bahona qilishi ham mumkin, yoki jinsidan qat’i nazar, erkakchasiga ishga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirishib ketishi ham mumkin. Rahbar ayollarning bunday sifatlarga ega bo‘lishlari ularning nasldan o‘tgan qator maskulin sifatlariga ham bog‘liq. Boshqaruv faoliyatida ayollarning muvaffaqiyatga erishishi uchun ota-onalardan meros bo‘lib o‘tadigan qator maskulin sifatlar yordam beradi. S.S.Lomakinaning ilmiy izlanishlarida ota-onalardan meros bo‘lib o‘tadigan maskulin sifatlar keltirib o‘tiladi 2 . Ayollarning muvaffaqiyatga erishishi uchun otadan meros bo‘lib o‘tadigan sifatlar:  maqsadga intilish  intellektual xarakter  yetakchilik va ishbilarmonlik sifatlari  bilishga intilish, mehnatsevarlik  botirlik  kuchli xarakter  qattiq qo‘llik, mustaqillik  faollik, qat’iylik, optimism, vazifalarga yo‘nalganlik, o‘z-o‘ziga ishonch, qarorlar qabul qila olish Ayollarning muvaffaqiyatga erishishi uchun onadan meros bo‘lib o‘tadigan sifatlar:  maqsadga intilish  yetakchilik va ishbilarmonlik sifatlari, intellektual xarakter  kuchli xarakter, mehnatsevarlik  faollik, qattiq qo‘llik  mustaqillik, botirlik, bilishga intilish Atrofimizda muvoffaqiyatga erishayotgan ayollarni uchratayotgan bo‘lsakda, “Jamiyatda o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etish jarayonida turli to‘siqlarga duch kelayotgan ayollar yo‘q” deya olmaymiz. 2 Ломакина C.C. Феномен социално-психологического наследования у современных руководителей: Автореферат дис. ... канд. психол. наук: 19.00.05. - СПб., 2006.-С . 17. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 588 Eng avvalo, ijtimoiy stereotiplar – ya’ni ayolning faqatgina uy va oilaviy vazifalar bilan cheklanib qolishi haqidagi eski qarashlar – ularning rivojlanishiga halaqit beradi. Bunday fikrlar ayollarning o‘z kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini susaytiradi, faol ijtimoiy hayotga kirishishdan to‘xtatadi. Hozir texnika va texnalogiya asri. Ayollarning bo‘sh vaqti ortib bormoqda. Ularning ilm va salohiyatidan to‘g‘ri foydalanishimiz kerak. Bundan tashqari, mehnat bozorida tenglikning to‘liq ta’minlanmaganligi. Rahbarlik lavozimlarida ayollar ulushining pastligi ham muhim masalalardan biridir. Ko‘plab ayollar o‘z g‘oyalari va tashabbuslarini ilgari surishda iqtisodiy to‘siqlarga duch kelmoqdalar. Shuningdek, muzokaralar olib borishdagi qiyinchiliklar, ko‘tarilish imkoniyatlarining pastligi, ish va hayot muvozanatining yo‘qligi kabi muammolar rahbar ayollarning rivojlanishiga halaqit beradi. Xulosa va tavsiyalar Ayol rahbarlarning jamiyatdagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotgan bo‘lsa-da, hali ham gender tengligi to‘liq ta’minlanmagan. Shu sababli, psixologiya sohasi vakillari ayol rahbarlarni ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy stereotiplarni kamaytirish va ularning yetakchilik fazilatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Ayollarning faolligini oshirish, ularning psixologik barqarorligini kuchaytirish va yetakchilik salohiyatini yuzaga chiqarish - ijtimoiy taraqqiyotning muhim sharti hisoblanadi. Bu jarayonda birinchi navbatda ta’lim tizimida gender tengligini chuqurroq integratsiya qilish zarur. Har bir qiz bola o‘z qobiliyatini erta aniqlashi, uni rivojlantirish uchun zarur sharoitga ega bo‘lishi lozim. Shuningdek, ayollar uchun psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlari, turli xildagi dasturlar va yetakchi ayollar klublarini tashkil etish, ularning ruhiy barqarorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki rahbarlik faqat bilim emas, balki kuchli iroda, stressga bardoshlilik va o‘ziga ishonchni talab qiladi. Ayollarni iqtisodiy jihatdan mustaqil qilish ham ijtimoiy tenglik sari muhim qadamdir. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ularga grantlar ajratish, jamiyatda ularning faol ishtirokini rag‘batlantirish - real natijalarga olib keladi. Eng asosiysi, madaniyat va ommaviy ongda ayol shaxsiga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish lozim. Ayolning rahbar sifatida faol ishtiroki nafaqat mehnat jamoasiga, balki butun jamiyatga ijobiy energiya, mulohazali qarorlar va insonparvarlik madaniyatini olib kiradi. Ayol rahbarning muvaffaqiyati nafaqat o‘zining, balki jamiyatning rivojlanish darajasini ham aks ettiradi. Bugungi kunda dunyo gender tenglikni targ‘ib etar ekan, bu aslida ayolning imkoniyatlarini emas, balki butun insoniyatning potensialini ochish demakdir. Chunki ayol yuksalgan joyda jamiyat yuksaladi, ayol qadrlangan muhitda madaniyat gullaydi, ayol baxtli bo‘lgan jamiyatda tinchlik abadiy yashaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. О.Е.Hayitov, “Boshqaruv psixologiyasi” - Toshkent: “Istiqlol” nashriyoti, 2021. - 236 b. 2. C.C.Ломакина. Феномен социално-психологического наследования у современных руководителей: Автореферат дис.канд. психол. наук: 19.00.05. - СПб., 2006.- 3. Mahmudov.I “Boshqaruv psixologiyasi”. YUNAKS-PRINT. - Toshkent: 2005. -170 b