scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYACHI-PEDAGOGLARNING HISSIY KOMPETENTSIYASINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI

Jovmirzaeva Nargiza Quvondiqovna

Abstract

Mazkur maqolada maktabgacha taʻlim tashkilotlarida tarbiyachi-pedagoglarning emotsional kompetentsiyasini shakllantirish mexanizmlari, his-tuygʻularni boshqarish, muloqot, bolalar bilan ishlashda emotsiyaning tarbiyachi-pedagoglar faoliyatidagi oʻrni tahlil qilingan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 607 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYACHI-PEDAGOGLARNING HISSIY KOMPETENTSIYASINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI Jovmirzaeva Nargiza Quvondiqovna https://doi.org/10.5281/zenodo.17468710 Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha taʻlim tashkilotlarida tarbiyachipedagoglarning emotsional kompetentsiyasini shakllantirish mexanizmlari, his-tuygʻularni boshqarish, muloqot, bolalar bilan ishlashda emotsiyaning tarbiyachi-pedagoglar faoliyatidagi oʻrni tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Emotsiya, xis-tuyg'u, malaka, shakllantirish, munosabat, yondashuv, muloqot, bolalar, ijobiy natija, samarali metodlar, texnologiya, tamoyil. ФАКТОРЫ ФОРМИРОВАНИЯ ЭМОЦИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ВОСПИТАТЕЛЕЙ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ Аннотация. В данной статье анализируются механизмы формирования эмоциональной компетентности педагогов дошкольных образовательных организаций, управление эмоциями, общением, роль эмоций в работе педагогов-педагогов по работе с детьми. Ключевые слова: Эмоция, чувство, компетентность, формирование, отношение, подход, общение, дети, положительный результат, эффективные методы, технология, принцип. FACTORS FORMING THE EMOTIONAL COMPETENCE OF EDUCATORS IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS Abstract. This article analyzes the mechanisms of developing emotional competence of teachers in preschool educational organizations, managing emotions, communication, the role of emotions in the work of teachers working with children. Keywords: Emotion, feeling, competence, formation, attitude, approach, communication, children, positive result, effective methods, technology, principle. His-tuyg'ular dunyosi inson hayotining barcha jabhalariga – boshqa odamlar bilan munosabatlarga, faoliyatga, muloqot va idrokga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Tarbiyachining kasbiy faoliyati yuqori hissiy intensivlik va stressga moyillik bilan ajralib turadi. Psixologlarning ta'kidlashicha, his-tuyg'ularni samarasiz boshqarish nevrozlarga, odamning aqliy, somatik, jismoniy sog'lig'ining buzilishiga va natijada faoliyat va hayot sifatining pasayishiga olib keladi. Pedagog-tarbiyachilarning hissiy kompetentsiyasini rivojlantirish bir qator omillar evaziga shakllanadi. Xususan, birinchi omil – bu o'z his-tuyg'ularini va hissiyolarini tan olish va tushunishdir. Emotsional ongning eng yuqori darajasi insonning nafaqat his-tuyg'ularni idrok etishi va tasvirlashi, balki uning paydo bo'lish sabablarini ham tushunishi bilan tavsiflanadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 608 Emotsional kompetentsiyaga ega bo'lgan pedagoglar stressli vaziyatlarni boshqalarga qaraganda osonroq yengishadi va tezda hissiy muvozanatni tiklaydilar 1 . Nazariya va amaliyot shuni ko'rsatadiki, hissiy jihatdan barkamol tarbiyachi pedagogik improvizatsiya va ijodkorlik qobiliyatiga ega bo'ladi va bu omil pedagogni professional sifatida tavsiflaydi. O'zining professionalligi va mahoratida u o'ziga ishonch, hissiy sherik topadi. Ishonch va improvizatsiya pedagogik faoliyatdagi stressning oldini olishda eng samarali vosita hisoblanadi. O'zining va boshqa odamlarning his-tuyg'ularidan xabardor bo'lgan malakali tarbiyachipedagog ularga qanday munosabatda bo'lishidan qat'i nazar, ularni ijobiy qabul qiladi va professional manba sifatida ko'radi. Yuqori darajadagi hissiy kompetentsiyaga ega bo'lgan tarbiyachilar o'zlarini, o'z qadriyatlarini, ehtiyojlarini yaxshi bilishadi va ularga muvofiq yashaydilar. Kasbiy faoliyatni amalga oshirish va munosabatlarni o'rnatish o'z-o'zidan muvofiqlik holatida sodir bo'ladi. Bunday pedagog-tarbiyachilar ochiqlikka asoslangan munosabatlarni quradilar. Ular jamoada hamda guruh bolalari o'rtasida ijobiy his-tuyg'ularni uyg'otishga va ulardagi eng yaxshi holatlarni ochib berishga qodir. Bunday pedagoglar ijobiy ta'sir qilishni ya'ni qo'llab-quvvatlash, ilhomlantirish, rivojlanish taktikasini tanlaydilar. Pedagogik muloqot – tarbiyachi faoliyatining uzviy va qismidir. Shuning uchun hissiy kompetentsiya muhim ahamiyatga ega, bu hissiy kelishuvga, konstruktiv muloqotga yordam beradi va vaziyatdan, ular qanchalik noqulay bo'lishidan qat'i nazar ijobiy munosabatlarni saqlab qolishga imkon beradi. Bu o'z-o'zidan tarbiyachilar, ota-onalar, hamkasblar va ta'lim muassasasi rahbariyati bilan muloqotni uyg'unlashtirish shartidir. Tarbiyachi hissiy kompetentsiyani mustaqil ravishda ham rivojlantirishi mumkin. Buning uchun hozirgi vaqtda keng tarqalgan texnikalarni qo'llash muhimdir: his-tuyg'ularni aniqlash; hissiyotlar manbasini aniqlash; reaktsiyaning eng mos turini tanlay olish. Bunda his-tuyg'ular va hissiyotlarning ahamiyatini va ularning har bir inson hayotida qanday rol o'ynashini bilish kerak. Emotsional kompetentlik bu – pedagogning salbiy omillarga dosh berish, hissiy qo'zg'alish holatini yengish va stressdan keyin tezda ruhiy muvozanat holatiga qaytish qobiliyati. Empatiya esa boshqalarning hissiy holatini aks ettirish va tushunish, boshqasiga hamdardlik, faol yordam berish xulq-atvorini o'z ichiga oladi. Ushbu xususiyatlaprga ega pedagog tarbiyalanuvchilarga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Xususan, bolalar quyidagi xususiyatlarga ega bo'lgan pedagoglarni afzal ko'rishlari isbotlangan: 1. Insoniy fazilatlar – mehribon, xushchaqchaq, mas'uliyatli. 2. Tashkiliy fazilatlar – adolatli, halol, boshqalarga hurmat ko'rsatadigan. 3. Uddaburonlik fazilatlari – faoliyatga undovchi, qiziqishlarni inobatga oluvchi. 4. Tashqi ko'rinishi – yaxshi kiyingan, yoqimli ovoz, muloyim qarashga ega. Hissiy jihatdan barkamol pedagog ta'limiy improvizatsiya va ijodkorlik qobiliyatiga, har qanday faoliyatni qiziqarli qilish mahoratiga egaligi bilan ajralib turadi. 1 Сергиенко Е. А., Ветрова И. И., Волочков А. А., Попов А. Ю. Адаптация теста Дж. Мэйера, П. Сэловея и Д. Карузо «Эмоциональный интеллект» на русскоязычной выборке // Психологический журнал. 2010. Т. 31. № 1. С. 121–139. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 609 Bolalar bilan birgalikdagi faoliyat jarayonida emotsional kompetentli pedagog quyidagi usullardan foydalanadi: – guruhda ijobiy hissiy muhit yaratish; – bolalarga to'g'ri yondashuvni topish va ularning individual va psixologik-yosh xususiyatlarini bilish; – bola bilan muloqot qilishda ko'z bilan verbal aloqa qilish zarurligini anglash; – tashkilotchilik qobiliyatlari ko'nikma va malakalariga ega bo'lish; - “passiv” bolalar soni tobora kamayib borishini ta'minlash; – bolalarning birgalikdagi faoliyatini rag'batlantirish; – bolalarga o'z his-tuyg'ularini nomlash va ular bilan muhokama qilish; – hissiy stress holatida bolalarning e'tiborini neytral faoliyatga (rasm chizish, ochiq o'yin) o'tkazish. Bularning barchasi bolalarning hissiy intellektini rivojlanishiga olib keladi. Yuqoridagi ta'kidlangan emotsional kompetentlik talablariga rioya qilish tarbiyachi pedagogning psixologik malaka darajasini oshirishga yordam beradi. Agar tarbiyachi emotsional yetuk bo'lsa, psixologik kompetensiyasi yetarlicha tez shakllanadi va uning kasbiy faoliyatida bolalar bilan til topishi osonroq bo'ladi. Shuningdek, emotsional kompetentsiyani rivojlantirish ijodiy individuallikni rivojlantirish, pedagogik yangiliklarga sezgirlikni shakllantirish, o'zgaruvchan pedagogik muhitga moslashishni ham ta'minlaydi. Adabiyotlar ro'yxati: 1. Xushnаzаrovа M.N. “Mаktаbgаchа tаʼlim tаshkilotlаri tаrbiyаchilаrining kаsbiy kompetensiyаsini tаkomillаshtirish” Pedаgogikа fаnlаri boʻyichа fаlsаfа doktori (PhD) dissertаtsiyаsi аvtoreferаti. –Toshkent 2021. 2. Xoʻjаqulov A. “Mаktаbgаchа tаʼlim tаshkiloti tаrbiyаlаnuvchilаridа oilаgа nisbаtаn qаdriyаtli munosаbаtni shаkllаntirish” Pedаgogikа fаnlаri boʻyichа fаlsаfа doktori (PhD) dissertаtsiyаsi аvtoreferаti . –Toshkent 2020. 3. Е.К.Хакимова, дисс. автореферат на тему “Формирование эмоциональной компетентности у будущих педагогов-психологов”, Казань, 2018. 4. Сергиенко Е. А., Ветрова И. И., Волочков А. А., Попов А. Ю. Адаптация теста Дж. Мэйера, П. Сэловея и Д. Карузо «Эмоциональный интеллект» на русскоязычной выборке // Психологический журнал. 2010. Т. 31. № 1. С. 121–139. 5. Н.А.Рыбакова Эмоциональная компетентность педагога: сущностная характеристика / Н.А. Рыбакова // Педагогика. Вопросы теории и практики.2019. С. 190-195.