MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINING "TIL VA NUTQ" MARKAZIDA TRANSFORMATSION JARAYONNI TASHKIL ETISH
Abstract
Bolalar maktab ta'limiga tayyor boʻlishi uchun ular nafaqat aqliy va ijtimoiy koʻnikmalarga, balki rivojlangan nutq va muloqot qobiliyatlariga ham ega boʻlishi zarur. Bu zarurat Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti”, “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturida aniq belgilangan. Ushbu jihatlar maqolada tahlil qilingan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 610 MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARINING “TIL VA NUTQ” MARKAZIDA TRANSFORMATSION JARAYONNI TASHKIL ETISH Erhanova Nasiba Absayitovna p.f.f.d. (PhD), Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti v.b. dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.17468763 Annotatsiya. Bolalar maktab taʼlimiga tayyor boʻlishi uchun ular nafaqat aqliy va ijtimoiy koʻnikmalarga, balki rivojlangan nutq va muloqot qobiliyatlariga ham ega boʻlishi zarur. Bu zarurat Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standarti”, “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturida aniq belgilangan. Ushbu jihatlar maqolada tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: nutq, kompetensiya, faollik, transformatsiya, muloqot, tanlash huquqi, didaktik resurs. ORGANIZATION OF THE TRANSFORMATION PROCESS IN THE “LANGUAGE AND SPEECH” CENTER OF PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS Annotation. In order for children to be ready for school education, they must have not only intellectual and social skills, but also developed speech and communication skills. This need is clearly defined in the “State Standard of Preschool Education and Upbringing”, “State Requirements for the Development of Children of Early and Preschool Age” and the “First Step” State Curriculum of the Republic of Uzbekistan. These aspects are analyzed in the article. Keywords: speech, competence, activity, transformation, communication, right to choose, didactic resource. ОРГАНИЗАЦИЯ ТРАНСФОРМАЦИОННОГО ПРОЦЕССА В ЦЕНТРЕ «ЯЗЫК И РЕЧЬ» ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ Аннотация. Для того чтобы дети были готовы к школьному обучению, они должны обладать не только интеллектуальными и социальными навыками, но и развитыми речевыми и коммуникативными способностями. Эта потребность четко обозначена в «Государственном стандарте дошкольного образования и воспитания», «Государственных требованиях к развитию детей раннего и дошкольного возраста» и Государственной учебной программе Республики Узбекистан «Первая ступень». Эти аспекты анализируются в статье. Ключевые слова: речь, компетентность, деятельность, трансформация, коммуникация, право выбора, дидактический ресурс. Bolalarning nutqiy salohiyatini rivojlantirishda ona tilidagi badiiy asarlar bilan tanishtirish ularning soʻz boyligini oshiribgina qolmay, balki axloqiy va maʼnaviy qadriyatlarni shakllantirishga ham xizmat qiladi. Bu jarayonda innovatsion taʼlim texnologiyalaridan foydalanish dolzarb ahamiyatga ega boʻlib, oʻquv jarayonining samaradorligini oshirish imkonini beradi. Biroq, barcha tarbiyachilar ham zamonaviy texnologiyalarni taʼlim jarayonida samarali qoʻllay olmayapti.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 611 Oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, bolalarning nutqiy faolligi anʼanaviy taʼlim shakllariga qaraganda noanʼanaviy, ijodiy yondashuvlar orqali yanada tez va samarali rivojlanadi. Shu bois, bolalarni keng qamrovli nutqiy faoliyatga jalb etish uchun badiiy adabiyotlarni innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida oʻrgatish metodikasi eng muhim va samarali usul hisoblanadi. Bu yondashuv bolalarning nutqiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash va ularning mustaqil fikrlashini kuchaytirishda muhim oʻrin tutadi. Bolalar nutqini rivojlantirishning zamonaviy usullari bolani faollashtirish, interaktivlik va motivatsiyani oshirishga qaratilgan. Ushbu usullar ragʻbatlantiruvchi taʼlim muhitini yaratish uchun multimedia resurslari, texnologiyalar va ijodkorlikni oʻz ichiga olish muhimligini tan oladi. Ushbu yondashuvlarni qoʻllash orqali pedagog-tarbiyachilar bolalarning eʼtiborini samarali tarzda jalb qilishlari, oʻquv jarayonini qiziqarli va samarali tarzda tashkil etishi mumkin. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining “Til va nutq” rivojlanish markazida olib boriladigan taʼlimiy oʻyinli faoliyatlar mazmuni ogʻzaki nutqni shakllantirish, ona tili va uning grammatik tuzilishini oʻzlashtirish, erkin fikr yuritish, savollar berish, ijodiy hikoyalar tuzish, sheʼriy matnlarni yodlash, xulosalar chiqarishga oʻrgatishni oʻz ichiga oladi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining “Til va nutq” markazida samarali taʼlimiy faoliyatni olib borish uchun eng muhim shart – bu toʻgʻri tashkil etilgan taʼlimiy muhit, bolalarda gapirish va ogʻzaki muloqotga kirishish istagi paydo boʻladigan koʻrgazmali-didaktik resurslar taʼminoti. Bunday xulosaga kelishimizga quyidagi faktorlarni asos qilib keltirish oʻrinli: – “Til va nutq” rivojlanish markazidagi barqaror metodik taʼminot tarbiyalanuvchilarning nutqiy salohiyatini maksimal darajada roʻyobga chiqarishni taʼminlaydi; – maktabga tayyorlov guruhi bolalari uchun oʻyinlar, oʻyinchoqlar, didaktik materiallar, oʻquv dasturiga mos boʻlishi bilan birga mazmunan boy, oʻzgaruvchan, koʻp funksiyali, mobil, foydalanish uchun xavfsiz boʻlishi; – “Til va nutq” rivojlanish markazi oʻquv dasturiga muvofiq metodik qoʻllanmalar, (shu jumladan multimediali taʼlimiy resurslar), oʻyinlar, didaktik-tarqatma materiallar bilan jihozlangan boʻlishi; – “Til va nutq” rivojlanish markazida olib boriladigan taʼlimiy oʻyinli faoliyatlarda mavzuga mos tarqatma va koʻrgazmali vositalar shu markazdagi bolalar soniga yetarli boʻlishi taʼlimiy jarayon vaqti va samaradorligi oʻrtasidagi proporsionallikni taʼminlaydi. “Til va nutq” markazida olib boriladigan taʼlimiy jarayonlar uchun zaruriy pedagogik shart-sharoitlar. Maktabga tayyorlov guruhi bolalari bilan olib boriladigan nutq oʻstirish taʼlimiy faoliyatlarida va “Til va nutq” markazida olib boriladigan taʼlimiy jarayonlar uchun zaruriy pedagogik shart-sharoitlar quyidagi komponentlarni oʻz ichiga oladi: – Pedagogning kasbiy tayyorgarligi; – Pedagogik vazifalarni belgilab olish; – Taʼlim mazmuniga mos material tanlash; – Rivojlantiruvchi-motivatsion taʼlimiy muhit yaratish. Quyida ushbu komponentlarga toʻxtalib oʻtamiz.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 612 Maktabga tayyorlov guruhi bolalari bilan nutq oʻstirish taʼlimiy va oʻyinli faoliyatini olib boruvchi pedagogning kasbiy tayyorgarligi quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi: Pedagogning kasbiy tayyorgarligi pedagogik faoliyatga tayyorlik darajasining sifati bilan belgilanadi. Pedagogik kasbiy tayyorgarlik tarkibida psixologik, psixofiziologik va jismoniy tayyorgarlik hamda ilmiy-nazariy va amaliy qobiliyatlarni kasbiy mahorat asosi sifatida koʻrsatish mumkin. Ushbu koʻp jabhali professional tayyorgarlikning eng birlamchilari sifatida pedagog-tarbiyachi nutqining ravonligi, ifodaliligi, taʼsirchanligi inobatga olinadi. Shuningdek rejalashtirilgan mavzu doirasida avvalgi mashgʻulotlardan farqli ravishda original va betakror taʼlim metodlarini qoʻllash mahorati qadrlanadi. Bolalarni nutq faoliyatiga jalb qilishda pedagog oʻz oldiga quyidagi pedagogik vazifalarni qoʻyishi zarur: – tarbiyalanuvchilarning nutqini rivojlantirishini ragʼbatlantirish; – bolalar nutqning mazmundorligiga eʼtibor qaratish; – gaplarning leksik-grammatik jihatlarini takomillashtirish; – nutq orqali yuqori aqliy funksiyalarni faollashtirish: xotira, diqqat, fikrlash. Ushbu vazifalarning barchasi oʻzaro bogʻliqdir, shu sabab nutq oʻstirish taʼlimiy faoliyatlarini tashkil qilishda bolalarning yosh xususiyatlariga koʻra taʼlimiy maqsadlar belgilab olinishi zarur. Taʼlim mazmuniga mos materialni tanlash amaliyoti quyidagilarni oʻz ichiga oladi: – avvalo mavzuli rejalashtirishda tavsiya etilgan badiiy va xalq ogʻzaki ijodi materiallarini topish, ular bilan yaqindan tanishish; – tavsiya etilgan materialning bolalar yosh xususiyatiga mosligini belgilash; – materialning shakli va mazmuniga koʻra metodik yondashuvlarni tanlash; – materialni tarbiyalanuvchilarga oʻrgatish strategiyasini ishlab chiqish va zaruriy didaktik vositalarni tayyorlash. Rivojlantiruvchi-motivatsion taʼlimiy muhit yaratish zamonaviy pedagogik amaliyotda alohida ahamiyatga ega. Sababi, maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼlimiy jarayonlarda bolalar nutqining motivatsiyasi har doim ham taʼminlanmaydi. Koʻpincha yangi material bilan tanishtirishda monoton usullar qoʻllaniladi. Lingvistik materialni bolalarning shaxsiy motivlarini hisobga olmasdan taqdim etish kuzatiladi. Tarbiyalanuvchilarning kognitiv rivojlanishi nazarda tutilsada, faol nutqqa jalb etish maqsadiga doim ham erishilmaydi. Guruhdagi oʻrtacha besh nafargacha boʻlgan notiq bolalarning doimiy faolligi qoʻllab-quvvatlanadi, biroq kam gapiradigan, tortinchoq, fikrlarini bayon etishdan uyaladigan bolalar ragʻbatlantirilmaydi. Ular eʼtiborning orqa fonida qolib ketadi. Bu kamchiliklarning barchasi bolalar nutqini oʻrgatishning yetarli darajada samarasizligiga olib keladi. Ushbu sabablarga koʻra maktabga tayyorlov guruhi bolalarining nutqiy faoliyatiga motivatsion yondashish strategiyasini tan olamiz. Tadqiqotimiz davomida tavsiya etgan metodik taʼminot materiallarida ham bevosita rivojlantiruvchi-motivatsion taʼlimiy muhit yaratishni nazarda tutdik. “Til va nutq” rivojlanish markazini tashkil etishda didaktik materiallar va jihozlar bolalar yoshiga mos boʻlishi, maktabga tayyorlov guruhi bolalarini oʻyin, oʻquv, tadqiqot va ijodiy faoliyatga undaydigan boʻlishi zarur.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 613 Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning mayda motorikasini rivojlantiradigan, faol muloqotga undaydigan qiziqarli va jalb etadigan didaktik ahamiyati yuqori boʻlishi talab etiladi. “Til va nutq” rivojlanish markazidagi “didaktik materiallarning koʻp funksiyaliligi quyidagilarni nazarda tutadi: – markazdagi barcha didaktik materiallardan, mebellardan, doska va AKT vositalaridan turli xil sharoit va muhitda foydalanish imkoniyati; – taʼlimiy muhitni tashkil etuvchi axborot-metodik maydoncha rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi, ragʻbatlantiruvchi, tashkiliy, kommunikativ funksiyalarni bajarishi, bolaning mustaqilligi va tashabbuskorligini rivojlantirish uchun ishlashi kerak. – “Til va nutq” rivojlanish markazidagi taʼlimiy materiallardan moslashuvchan va oʻzgaruvchan foydalanish imkoni boʻlishi; – “Til va nutq” rivojlanish markazidagi koʻrgazmali taʼlimiy resurslarning mobilligi, bolalar mustaqil ishlatishi, xohishlariga koʻra ijod qilishiga yoʻl berishi”. Ushbu axborot-metodik resurslar bolaning ehtiyojlari va manfaatlarini qondirishga xizmat qilishi kerak. Shundagina bola takroran yana “Til va nutq” rivojlanish markazida faoliyat olib borishni tanlashi va yangi maʼlumotlarga ega boʻlib boradi. “Til va nutq” markazida taʼlimiy muhitni tashkil qilishda tarbiyalanuvchilarning aqliy rivojlanish qonuniyatlarini, psixofiziologik va kommunikativ xususiyatlarini, umumiy va nutqni rivojlanish darajasini, shuningdek, hissiy rivojlanish koʻrsatkichlarini, oʻyin faoliyatining yetakchi rolini hisobga olish kerak. Zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rivojlanish markazlarini tashkil etish uchun kerakli maydon boʻlishi hisobga olinmoqda. Biroq, qurilganiga ancha yil boʻlgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ham “Til va nutq” markazida kerakli muhitni yaratishda dizaynerlik nuqtayi nazari bilan yondashib, taʼlimiy muhit ergonomikasini hisobga olgan holda ish tutish maqsadga muvofiq. “Til va nutq” rivojlanish markazining ajralmas atributi oʻyinchoq boʻlishi kerak. Sababi taʼlimiy maqsadda qoʻllanilganda oʻyinchoqlar tarbiyalanuvchilarga oʻzini oʻzi boshqarish, oʻzaro muloqotga qiziqish uygʻotish va nutq faolligini ragʻbatlantirish kabi muhim vazifalarini hal qiladigan betakror vositadir. Oʻyinchoq tanlashda bolaning yoshi va tafakkur xususiyatlari hisobga olinadi. Oʻyinchoqlar asosan: pedagogik, gigiyenik, badiiy talabga koʻra tanlanadi. Pedagogik talab: oʻyinchoq bolada nutqiy faollik ehtiyojini paydo qilishi, bolani ijtimoiylashtirishi, ijobiy, axloqiy tajriba toʻplashga yordam berishi, bolani faollikka boʻlgan intilishini qoniqtirishi kerak. Badiiy talablar: shakl, boʻyoq va bezaklar bilan har tomonlama uygʻunlashib, bir-birini rang va shakl jihatdan toʻldirishi oʻyinchoqning badiiy ifodaliligini oshiradi. Oʻyinchoq bolaning jismoniy, estetik tarbiyasida muhim ahamiyatga ega boʻlib, uning faol harakatga va muloqotga, tasvirlashga, tasavvurlarini soʻzlashga boʻlgan ehtiyojini qondiradi. “Til va nutq” rivojlanish markazida oʻyinchoqlarning didaktik, syujetli-obrazli, dekorativ turlari boʻlishi maqsadga muvofiq. “Til va nutq” rivojlanish markazidan oʻrin oladigan oʻyinlar katalogidan quyidagilar oʻrin olishi lozim: – ogʻzaki didaktik oʻyinlar. – nutqning tovush madaniyati boʻyicha, yaʼni fonemik eshitishni rivojlantirish uchun oʻyinlar;
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 614 – tabiat hodisalari tasvirlangan kartochkalar; – kasblar (gʻisht teruvchi, rassom, duradgor, dizayner, qishloq xoʻjaligi ishchilari, sartarosh, tikuvchi, harbiy, haydovchi, shifokor, oʻqituvchi) tasvirlangan rasmlar; – transport turlarining rasmlari; – buyuk siymolar plakatlari; – ob-havo va yil fasllari tasvirlari. “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari”ga koʻra “Til va nutq” rivojlanish markazida bolalarning ogʻzaki nutqining barcha tarkibiy qismlarini rivojlantirish nazarda tutiladi. Bunda bolalar bilan olib boriladigan oʻyin mashgʻulotlari nutqini shakllantirishning fiziologik va psixologik-pedagogik xususiyatlariga qatʼiy muvofiq belgilanadi. Bunda quyidagi jihatlarga eʼtibor qilish lozim: Dushanba kuni shu hafta oʻtiladigan mavzuga mos kitob va plakatlarni “Til va nutq” markaziga qoʻyish zarur. Ushbu koʻrgazmali materiallar bir oy davomida markazda qoladi. Yangi rasmlarning joylashtirilishi bilan bir vaqtda, eski rasmlar olib tashlanishi lozim. Bir haftalik nutq oʻstirish mavzularining har biri uchun 2-3 tadan koʻrgazmali material boʻlishi talab etiladi. Misol uchun “Yil fasllari” mavzusi uchun tabiat rasmi yoki peyzaj bilan birga aynan bolalarning qish faslidagi faoliyati tasvirlangan plakat tanlangani maʼqul. Shundagina bola uchun bu rasm tanish va yaqin hamda oʻz fikrlarini bildirishi uchun oson boʻladi. Tematik mavzularga mos ravishda resurs tanlashda milliy bayramlar, bobokalonlarimiz portetlari va ularning asarlariga ishlangan rasmlar va bolalar shoir va yozuvchilarining tugʻilgan kunlari va ular yozgan asarlarga murojaat etish nazarda tutilishi lozim. “Til va nutq” markazida “Mening sevimli kitobim” taqdimotini oʻtkazish ushbu rivojlanish markazining gavjumligi va doimiy ravishda bolalarni oʻziga tortishni taʼminlaydi. Bunda bolalar tomonidan uydan olib kelingan sevimli kitoblarining taqdimoti oʻtkazish va jarayonga ota-onalarni taklif etish bolalar nutqini oʻstirish va ularning bilganlarini omma oldida namoyish qilishga oʻrgatishda samarali usuldir. Ushbu ish oila bilan yaqin aloqada amalga oshirilgani uchun ham bolalar oʻzlarini his etadi va oʻzaro ikki tomonlama hamkorlik jonlanadi. Bunday taqdimotlarga bolalar oʻzlari haqida aytib beradigan rasmlar, oilaviy fotosuratlarni olib kelishi ham mumkin. Chunki bola oʻzi haqida xohlab gapiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi. – Toshkent, 2022. 2. Abdurahimova D.A. “Xalq ogʻzaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish”: pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati, T.:2020. 3. Babayeva D.R. “Nutq oʻstirish metodikasi”, “Fan va texnologiya”, 2009 y, 23-b. 4. Benjamin Samuel Bloom, American Psychologist 2002 by the American Psychological Association, Inc. 0003-066X/02/$5.00Vol. 57, No. 1, 63 DOI: 10.1037//0003066X.57.1.63 5. Berdaliyeva G.A. Maktabgacha taʼlim muassasalari nutq oʻstirish mashgʻulotlarida
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 615 bolalarni mustaqil fikrlashga oʻrgatish metodikasini takomillashtirish // ped.f.b.f.d. (PhD) ilmiy darajasini olish uchun diss.avtoreferati. – Toshkent: MTMRMQTMOI, 2019. – 48 b. 6. Erhanova N.A. Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar nutqini oʻstirishning noanʼanaviy usullari // “Xalq taʼlimi” jurnali, 6-son, 2023-yil, dekabr, 107-111 bet, ISSN 2181-7839, (13.00.00; № 214/2). 7. Erhanova N.A. “Oʻynaymiz, soʻzlaymiz” parsial dasturi // metodik qoʻllanma. – Toshkent, 2024. – “Evrika” NMU. 8. Erhanova N.A. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining nutqini oʻstirishga zamonaviy yondashuv// “INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY” jurnali, ISSN 2992-9024 (online) 2024, №3(2), (13.00.00; №350).