scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TEZHIB SAN'ATI: KECHA VA BUGUN

Yo'ldasheva Mahfuza Rafiqjon qizi

Abstract

Mazkur maqola Sharq kitob san’ati an’analarida muhim o‘rin tutuvchi tezhib san’ati tarixiga bag‘ishlangan. Unda tezhib san’atining IX–XII asrlardagi shakllanish jarayonlari, Temuriylar davrida yuksalishi, Boburiylar saroyida Hindistonda taraqqiyoti, shuningdek, Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklaridagi rivoji haqida ma’lumotlar keltirilgan. XX asrda tezhib san’ati yo‘qolish xavfi ostida qolgan bo‘lsa-da, mustaqillikdan keyin milliy merosning muhim qismi sifatida qayta tiklangani tahlil etiladi. Tezhib san’atining asosiy unsurlari — girih va islimiy naqshlar, oltin suvi, tabiiy bo‘yoqlardan foydalanish alohida o‘rganilgan. Tadqiqotda tezhib san’ati Sharq xalqlarining badiiy tafakkuri va estetik qadriyatlarini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi.

Full text

SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 270 TEZHIB SAN’ATI: KECHA VA BUGUN Yo’ldasheva Mahfuza Rafiqjon qizi K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 17.00.06-Muzeyshunoslik : Tarixiy – madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash mutahasisligi 2-kurs mustaqil izlanuvchisi (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.17470776 Annotatsiya . Mazkur maqola Sharq kitob san’ati an’analarida muhim o‘rin tutuvchi tezhib san’ati tarixiga bag‘ishlangan. Unda tezhib san’atining IX–XII asrlardagi shakllanish jarayonlari, Temuriylar davrida yuksalishi, Boburiylar saroyida Hindistonda taraqqiyoti, shuningdek, Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklaridagi rivoji haqida ma’lumotlar keltirilgan. XX asrda tezhib san’ati yo‘qolish xavfi ostida qolgan bo‘lsa-da, mustaqillikdan keyin milliy merosning muhim qismi sifatida qayta tiklangani tahlil etiladi. Tezhib san’atining asosiy unsurlari — girih va islimiy naqshlar, oltin suvi, tabiiy bo‘yoqlardan foydalanish alohida o‘rganilgan. Tadqiqotda tezhib san’ati Sharq xalqlarining badiiy tafakkuri va estetik qadriyatlarini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Kalit so‘zlar: Tezhib san’ati, qo‘lyozma kitoblar, islimiy naqshlar, girih naqshlar, oltin suvi, kitob san’ati, Temuriylar davri, Boburiylar davri, Markaziy Osiyo, badiiy meros, restavratsiya, miniatyura san’ati, Sharq madaniyati, estetik qadriyatlar. Аннотация. Данная статья посвящена истории искусства тездаба (тезхиба), занимающего важное место в традициях книжного искусства Востока. В работе рассматриваются процессы формирования тездаба в IX–XII вв., его расцвет в эпоху Тимуридов, развитие в империи Бабуридов в Индии, а также особенности в Бухарском, Хивинском и Кокандском ханствах. Отмечается, что в XX веке это искусство оказалось под угрозой исчезновения, однако в период независимости было восстановлено как значимая часть национального культурного наследия. Основные элементы тездаба — гирих и ислими орнаменты, золочение, использование натуральных красок — подвергнуты отдельному анализу. В исследовании показана роль тездаба в формировании художественного мышления и эстетических ценностей народов Востока. Ключевые слова. Искусство тезхиба, рукописные книги, ислими орнаменты, гирих орнаменты, золочение, книжное искусство, эпоха Тимуридов, эпоха Бабуридов, Центральная Азия, художественное наследие, реставрация, миниатюра, культура Востока, эстетические ценности. Abstract. This article is devoted to the history of Tezhib art, which holds a significant place in the traditions of Eastern book art. It examines the early formation of Tezhib in the 9th– 12th centuries, its flourishing during the Timurid period, development under the Mughal Empire in India, and its continuation in the Bukhara, Khiva, and Kokand Khanates. Although Tezhib art faced the threat of decline in the 20th century, it was revived after independence as an essential part of national cultural heritage. The study highlights the main features of Tezhib — girih (geometric) and islimi (floral) ornaments, gilding, and the use of natural pigments. It emphasizes the role of Tezhib in shaping the artistic thought and aesthetic values of Eastern societies. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 271 Keywords: Tezhib art, manuscript books, islimi ornaments, girih patterns, gilding, book art, Timurid period, Mughal era, Central Asia, cultural heritage, restoration, miniature art, Eastern culture, aesthetic values Sharq madaniy merosida kitobot san’ati alohida o‘rin egallaydi. Qo‘lyozmalarni badiiy bezash san’ati - tezhib (arabcha “zahab” – oltin so‘zidan) yozma manbalarning ilmiy qiymatini, ularning estetik jozibasini ham oshirgan. Dastlab tezhib Qur’oni karim nusxalari, hadis to‘plamlari va diniy asarlarni bezashda qo‘llanilgan bo‘lsa, keyinchalik adabiy va tarixiy qo‘lyozmalarda ham keng tarqalgan. Tezhib san’ati Sharq xalqlarining estetikasi, badiiy didi va ma’naviy olamini ifodalovchi yuksak san’at turi sifatida qadrlanadi. IX–XII asrlarda islom madaniyati taraqqiyoti jarayonida shakllangan tezhib san’ati keyinchalik Temuriylar davrida Samarqand, Hirot, Buxoro kabi madaniy markazlarda eng yuqori darajada rivojlandi. Tezhib ustalari geometrik naqshlar (girih), o‘simliksimon bezaklar (islimiy), oltin suvi va tabiiy bo‘yoqlar yordamida kitob sahifalarini san’at asariga aylantirib, beqiyos san’at asarlarini yaratdilar. Bugungi kunda tezhib san’ati milliy madaniy merosning muhim tarkibiy qismi sifatida qayta tiklanmoqda. Uni chuqur ilmiy o‘rganish, restavratsiya jarayonlariga tatbiq etish hamda zamonaviy dizayn va dekorativ san’atda qo‘llash dolzarb vazifalardan biri hisoblanmoqda. Tezhib san’atining ilk namunalarini IX–XII asrlarda shakllangan Qur’oni karim nusxalarida ko‘rish mumkin. Bu davrda asosan oddiy geometrik naqshlar va ranglarning uyg‘unligiga asoslangan bezaklardan foydalanilgan. XIV–XV asrlarda Temuriylar davrida tezhib san’ati eng yuqori cho‘qqiga chiqdi. Samarqand va Hirotda Ulug‘bek, Boysunqur Mirzo homiyligida ilmiy va san’at maktablari tashkil topib, qo‘lyozmalar bezagida oltin, ko‘k, yashil, qizil kabi ranglarning uyg‘unligidan keng foydalanildi. Bu davr tezhiblari mukammal kompozitsiya, simmetriya va ranglarning nozik uyg‘unligi bilan ajralib turadi. XVI–XVII asrlarda tezhib san’ati Hindiston hududiga kirib bordi. Boburiylar saroyida miniatyura bilan uyg‘unlashgan nafis tezhib maktabi shakllandi, qo‘lyozmalarida islimiy naqshlar, gul tasvirlari va oltin bilan ishlov keng qo‘llanilgan. Markaziy Osiyo xonliklarida ham tezhib san’ati davom etdi. Buxoro, Xiva va Qo‘qon maktablarida diniy va adabiy qo‘lyozmalar xalqona uslublar bilan bezatildi. Naqshlarda ko‘proq milliy o‘ziga xoslik sezilib, oltin va tabiiy bo‘yoqlar asosiy vosita bo‘lib qoldi. Mustaqillikdan keyin milliy merosga bo‘lgan qiziqish ortib, tezhib san’ati qayta tiklandi. Bugungi kunda u nafaqat muzey va kutubxonalarda restavratsiya qilinmoqda, balki zamonaviy dizayn, amaliy san’at va xalqaro ko‘rgazmalarda ham o‘z o‘rnini topmoqda. Xulosa Tezhib san’ati Sharq xalqlarining yuksak estetik tafakkurini ifodalovchi san’at turi sifatida asrlar davomida rivojlanib keldi. U dastlab diniy qo‘lyozmalarda qo‘llanilgan bo‘lsa, keyinchalik dunyoviy adabiyot va tarixiy asarlarni ham ziynatlashga xizmat qildi. Temuriylar davrida mukammallikka erishgan tezhib maktablari keyinchalik Hindiston, Turkiya va boshqa hududlarga ham tarqaldi. Bugungi kunda tezhib san’ati milliy o‘zlikni anglash, tarixiy qo‘lyozmalarni asrabavaylash va kelajak avlodga yetkazishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Uni ilmiy asosda o‘rganish, zamonaviy restavratsiya va texnologiyalar yordamida qo‘llash nafaqat o‘zbek, balki jahon madaniy merosini boyitishga xizmat qiladi. Shu sababli, tezhib san’atini chuqur tadqiq SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 272 qilish va uni amaliy hayotga joriy etish madaniyatshunoslik va muzeyshunoslikning dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2023‑yilda Tezhib san’ati O‘zbekiston, Ozarbayjon, Eron, Tojikiston va Turkiya tomonidan UNESCO Butunjahon Nomoddiy Madaniy Merosi ro‘yxatiga kiritildi . Zamonaviy ustalar va akademik muassasalar orqali bu san’at hozirgi kunda ham saqlanib kelinmoqda. Rasmiy va noformal ta’lim orqali yoshlar hunarga o‘rgatilmoqda. Tezhib darslari O‘zbekistonda, Turkiyada va AQShda ham ochilmoqda (Rayyan Center kabi) . Suratlar, miniaturalar, sahna bezaklari va hatto zamonaviy san’at asarlarida Tezhib elementlari keng qo‘llanilmoqda. Tezhib ustalari chiziqlarni “nafas bilan chiziladigan chiziq” deb tariflashadi. Sababi, chiziq chizilayotganda nafas olinmaydi. Shunda chiziq aniq va tekis chiziladi.Hhar bir rumiy, hatayi, motiflar o’z ramzlariga egadir. Bugungi kunda tezhib san’atida ijod qilayotgan san’at ustalari yangi va eski uslublar o‘rtasida muvozanatni saqlashga harakat qilmoqdalar. Xulosa Bugun tezhib san’ati jahon bo‘ylab ilmiy va ta’limiy markazlarda mashhur bo‘lmoqda. Masalan, Deen Arts Foundation tashkiloti orqali ingliz tilida “Islamic Manuscript Illumination” dasturlari va kurslari joriy etilgan bo‘lib, ushbu maktablar orqali O‘rta Osiyo, Turkiya va boshqa hududlarda tezhib san’ati modern shakllarda o‘rgatilmoqda . 2023-yilda Tezhib san’ati UNESCO tomonidan Nomoddiy Madaniy Meros ro‘yxatiga kiritilishi bu san’atni xalqaro miqyosda himoyalash va rivojlantirishga katta turtki berdi. Mazkur ro‘yxatga kiritishdan so‘ng an’anaviy bilimlar, teknikalar, materiallar va mahoratlar yuksak e’tirof etilmoqda . Samarqand, Buxoro va Toshkent kabi shaharlar bugungi san’at maydonida tezhib ustalari, jamg‘armalar va Orfiy markazlar orqali faol ishlamoqda. Instagram va boshqa platformalarda yangi nazariy va amaliy ijodlar namoyon qilinyapti; masalan, Deen Arts kompaniyasi o‘zining Samarqanddagi o‘quv va ijodiy dasturlari bilan ajralib turadi . Tezhib san’ati bugungi kunda zamonaviy san’at shakllariga kirib bormoqda: eng oddiy kitoblardan tortib, surat, grafika, teatr, reklama va boshqa san’at turlarida keng qo‘llanmoqda. Shuningdek, turk va pokistonlik san’atkorlar, masalan Ayshegul Chebi, Fatma Ulusoy, Tehreem Pasha kabi ijodkorlar orqali an’anaviy texnikalar zamon talablari bilan qo‘llanilmoqda . Ta’limda innovatsiya: mashg‘ulotlar video darslar, onlayn kurslar va global seminarlar orqali kengaymoqda, bu esa tezhibni yoshlar orasida kengroq joriy etishga xizmat qilmoqda . FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. UNESCO ICH Nomination & Decision – Art of illumination: Təzhib/Tazhib/... va qaror matni 2023 yil ro‘yxatga olish to‘g‘risida 2. Islamic Manuscript Illumination – Deen Arts Foundation – tezhib san’ati tarixi va texnikasi haqidagi ta’riflar 3. Ottoman illumination – Wikipedia – Usmoniy davridagi naqsh uslublari va bezak turlari 4. Tezhip art in Istanbul – A History of Istanbul – Istanbuldagi Tezhip san’ati markazlari va ustozlar faoliyati 5. Anisa Ozalp – Tezhip san’atiga ijodiy yondashuv – motiflar, ramziy mənosi, chiziq falsafasi va texnikalar 6. Rayyan Center kurslari – Tezhib ta’limining bugungi shakllari, amaliy mashg‘ulotlar SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 273 7. Instagram postlar (O‘zbekiston va Tezhib master‑classlari) – zamonaviy amaliy faoliyatlarni o‘z ichiga oladi 8. UNESCO: Art of Illumination: Tazhib, Tezhip, Naqqoshlik (2023) 9. Deen Arts Foundation – Islamic Manuscript Illumination: global kurslar, zamonaviy ta’lim loyihalari 10. UNESCO Nomination File (2023) – Tezhib san’ati Nomoddiy Madaniy Meros ro‘yxatiga kiritilishi haqidagi rasmiy hujjat 11. Instagram / Deen Arts Samarkand reels: zamonaviy ijod namunalari va o‘quv jarayonlari 12. Bayt Al Fann maqolasi – Tehreem Pasha: to‘liq san’atga bag‘ishlangan zamonaviy ustozning ma’ruzasi 13. Instagram postlar – 23K oltin bilan ishlangan tezhib namunasi: amaliy ijod mahsuli