scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QASHQADARYO KASHTACHILIGI RIVOJINING TARIXIY VA MADANIY ASOSLARI

Н.И.Абдуллаева

Abstract

Qashqadaryo mintaqasida badiiy hunarmandchilikning tarixiy ildizlari qadimgi davrlarga, xususan, Miloddan avvalgi va milodiy davrlar orasidagi o‘zgarishlarga taqaladi. Mintaqa tarixida ko‘plab yirik madaniyatlar va davlatlarning mavjudligi, jumladan, Xorazm, Buxoro va Samarqand kabi qadimiy markazlar bu hududning hunarmandchilik san'atining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatganligi to‘g‘risida so‘z boradi.

Full text

SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 274 QASHQADARYO KASHTACHILIGI RIVOJINING TARIXIY VA MADANIY ASOSLARI Н.И.Абдуллаева Ижтимоий ва сиёсий фанлар институти АРМ бошлиғи 2-курс мустақил изланувчи https://doi.org/10.5281/zenodo.17470807 Аннотация. Qashqadaryo mintaqasida badiiy hunarmandchilikning tarixiy ildizlari qadimgi davrlarga, xususan, Miloddan avvalgi va milodiy davrlar orasidagi o‘zgarishlarga taqaladi. Mintaqa tarixida ko‘plab yirik madaniyatlar va davlatlarning mavjudligi, jumladan, Xorazm, Buxoro va Samarqand kabi qadimiy markazlar bu hududning hunarmandchilik san'atining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatganligi to‘g‘risida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Kashtachilik, kashtaduz, an’ana, so‘zana, iroqi, kanava, yurma chok, Аннотация. Исторические корни художественных ремёсел Кашкадарьинской области восходят к глубокой древности, особенно к переходному периоду между до н. э. и н. э. История региона свидетельствует о наличии здесь многих крупных культур и государств, включая такие древние центры, как Хорезм, Бухара и Самарканд, которые оказали значительное влияние на развитие ремесленного искусства этого региона. Ключевые слова: Вышивка, сюзана, ироки, канава, прогулка, обыча, традица. Аnnotation. The historical roots of the artistic crafts of the Kashkadarya region go back to ancient times, especially to the transition period between BC and AD. The region's history testifies to the presence of many major cultures and states, including ancient centers such as Khorezm, Bukhara, and Samarkand, which had a significant influence on the development of the region's handicrafts. Keywords: Embroidery, suzana, iroki, ditch, walk. Oʻzbekiston hududidagi asosiy badiiy kashtachilik maktablari XVIII-asr oxiri XIX-asr boshlarida oltita shaharda: Nurota, Samarqand, Shahrisabz, Toshkent, Fargʻona va Buxoroda shakllangan. San'at XX-asr boshlarida o'zining rivojlanish cho'qqisiga chiqdi, ammo bugungi kungacha hunarmandchilik madaniyatining bir qismi bo'lib qolmoqda. Qashqadaryo viloyati Qashqadaryo havzasida Pomir-Oloy tog‘ tizmasining g‘arbiy yon bag‘irlarida joylashgan. Viloyatning umumiy maydoni 28 400 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Viloyatda 2 029 000 kishi istiqomat qiladi, aholining 73% dan ortig‘i qishloqlarda. Qashqadaryo viloyati ma’muriy markazi Qarshi boʻlgan 14 ma’muriy tumanga bo‘lingan. Qarshi shahrida 177 ming aholi istiqomat qiladi. Boshqa yirik shaharlar: Shahrisabz, Kitob, Kosonsoy, Muborak, Yakkabog‘, Go‘zor, Chiroqchi, Qamashi, Dehqonobod va b. 1 Qabilalararo, millatlararo va xalqaro nikohlar, ijtimoiy aloqalar va o‘zaro ta’sirlar bu mintaqa uchun juda xarakterlidir va uning madaniy landshaftining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, an’anaviy hunarmandchilikning badiiy xususiyatlarini belgilaydi. 1 А.Хакимов. Традиционная вышивка Кашкадарьи. Статия Тошкент – 2008. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 275 Xalq amaliy san’ati O‘zbekiston hududidagi barcha viloyat va tumanlarida, azim shaharlar va chekka qishloqlarida rivojlangan. O‘zbek xalq amaliy san’atining turlari kirib bormagan biror xonadon yoki inshoot yo‘q. Chunki bizning xalqimiz san’atni jon-dilidan sevadi, uni ardoqlaydi. Bu borada kashtachilik san’atini alohida ta’kidlamay ilojimiz yo‘q. Chunki serquyosh o‘lkamizning qaysi burchagiga bormang bir-biridan jozibador naqsh namunalarini uchratasiz. Katta – katta me’moriy obidalardan tortib, kichik-kichik masjidlarning shift va devorlarigacha ajoyib san’at asarlari bilan ziynatlanganligini ko‘rasiz. Ayniqsa, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Shaxrisabz, Xiva, Qo‘qon, Andijon, Namangan va boshqa hududlardagi naqshinkor imoratlar dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda. Bu naqshlarning ipak matolarida o‘z aksini topishi esa, alohida e’tiborga sozovordir. O‘zbekiston mustaqilikka erishgach milliy madaniy an’analarga, jumladan, amaliy san’at asarlariga qiziqish juda kuchaydi. Mustaqil O‘zbekistonning amaliy san’atida dunyo san’atining ilg‘or an’analari va milliy madaniy merosning yuksak namunalariga xos yorqin jihatlar uyg‘unlashgan. Mustaqillik sharofati bilan milliy qadriyatlarimiz qayta tiklandi, moddiy va madaniy-ma’naviy marifiy merosimizga munosabat tubdan yaxshi tomonlarga o‘zgardi. So‘zimizning isbotiga ko‘ra, Prezidentning 2023 yil 12 iyundagi “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shartsharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan ro‘yxatga ko‘ra, Shahrisabzdagi xalqaro festival va Kasbidagi yirik ko‘rgazmaning tashkil etilishi va o‘tkazilishi uchun viloyat hokimligi, Madaniyat va turizm vazirligi hamda “Hunarmand” uyushmasi mas’ul hisoblanadi. Umuman olganda, farmonning ilovalaridan birida keltirilgan mazkur ro‘yxatdan respublikamizning barcha hududlarida o‘tkaziladigan 30 ga yaqin tadbir, shu jumladan, Xorazm viloyati Xiva shahridagi “Gilamlarga bitilgan tarix” gilamchilik ko‘rgazmasi (2023 yil avgust), “O‘zbekiston sovg‘alari” milliy suvenirlar va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi (2023 yil avgust), Andijon shahridagi “Milliy qo‘g‘irchoqlar — milliy qadriyatlar ko‘zgusi” nomli respublika festivali (2023 yil sentabr), Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalqaro “O‘tov” hunarmandchilik festivali (2023 yil oktabr) o‘rin olgan. 2 Shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Turkiya, Indoneziya, Hindiston, Malayziya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa davlatlarda tashkil etiladigan xalqaro ko‘rgazma va festivallarda O‘zbekiston hunarmandlarining ishtirokini ta’minlash vazifasi ham qo‘yilgan. 3 Bundan ko‘rinib turibdiki, yurtboshimizning asrlar osha rivojlanib kelayotgan o‘zbek xalq an’analarini qayta tiklashga va ularni kelajak avlodga to‘laligicha rivojlantirib, etkazib berishga katta yo‘l ochib berdi. Ayniqsa, bu ezgu ishlar zamiri, asriy an’analarga ega bo‘lgan amaliy san’at turlariga yoshlarni jalb etish katta tarbiyaviy ahamiyatga egaligi bilan diqqatga sazovordir. Qashqadaryo mintaqasida badiiy hunarmandchilikning tarixiy ildizlari qadimgi davrlarga, xususan, Miloddan avvalgi va milodiy davrlar orasidagi o‘zgarishlarga taqaladi. Mintaqa tarixida ko‘plab yirik madaniyatlar va davlatlarning mavjudligi, jumladan, Xorazm, Buxoro va Samarqand kabi qadimiy markazlar bu hududning hunarmandchilik san'atining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Qashqadaryo viloyatidagi badiiy hunarmandchilikning rivojlanishiga 2 Rahimov, T. (2006). O‘zbekistonning badiiy hunarmandchiligi: Tarix va zamonaviylik. Tashkent: O‘zbekiston. 3 2023 yil 12 iyundagi “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 276 tabiiy resurslarning mavjudligi ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan, masalan, to‘qimachilikda ishlatiladigan matolar uchun zarur bo‘lgan xom ashyolar. 4 O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi”. 5 Mazkur san’at turini Qashqadaryo misolida tahlil qiladigan bo‘lsak, qadimdan viloyat xotin-qizlari gilamdo‘zlik, milliy kashtachilik – so‘zana tikish bilan shug‘ullangan. Quvonarlisi, bugun viloyat mehmonlari Shahrisabzning tarixiy hududi yoki Qarshi shahrini ziyorat qilib, nafaqat kashtachilik namoyishini tomosha qilish, balki tajribali hunarmandlar rahbarligida birikki chok tikib ham ko‘rishga o‘rinib ko‘rishlari qiziqishlarni yanada boyitgan. Qashqadaryo viloyatining anʼanaviy kashtachiligi Shahrisabz va unga yaqin qishloqlarda rivojlangan “Iroki” kashtachiligi haqidagi nashrlardan maʼlum. Shu bilan birga, Qashqadaryoning boshqa hududlarida, asosan, O‘zbekiston uchun an’anaviy bo‘lgan “bo‘sma” texnikasida tikilgan kashtachilik yaqin vaqtlargacha deyarli o‘rganilmagan edi. XIX asr va XX asr boshlariga mansub bo‘lgan naqshlar ko‘plab osori-atiqalarda saqlanib qolgan. Jumladan kashtachilik namunalarida xam o‘z aksini topadi. Matolardagi naqshlar o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lsa-da, naqshlarida ko‘proq rus kashta elementlari ham unda-munda uchrab turadi. Chunki o‘sha davrlarda usta naqqoshlar ish ahtarib boshqa shaharlarga borar edilar yoki buyurtma bo‘yicha boshqa shaharlarga borib, naqsh bilan binolarni bezatar edilar. Lekin bu davrda, Shaxrisabzda o‘ziga xos kashtachilik maktabi rivoj topgan. Kashtado‘zlar o‘z kashtalarida o‘simliksimon (islimiy) va gulli girix naqshlarini keng qo‘llaganlar. Kompozitsiyalarning simmetriyali bo‘lishi prinsipiga amal qilganlar. Qashqadaryo kashtalarining boshqa kashtachilik maktablaridan shunisi bilan farqlanadiki, bu naqshlar tabiatga yaqin, erkin ishlangan. Shu bilan birga, voha naqshlari boshqa naqshlardan ranglarining kontrastligi bilan ham farqlanadi. Qadimiy xalq kashtachilik an’analari ko‘p avlodlarning ixtirochilik urinishlari natijasida rivojlanib, nihoyatda uzoq va keng ildizlarga egaligi, qishloq joylarida asosan ayollar tomonidan tikilgan kashtalar oddiy, lekin mukammal texnikada ishlab chiqilganligini anglatadi. Yirik ko‘rgazmalarda ush bu amaliy san’at namunalarining ranglar, shakllar, nozik naqsh kombinatsiyalari va ijodiy bezaklari mukammal yorqinligini namoyish etib kelmoqda. Xulosa qilib shuni aytish lozimki, xalq amaliy san’ati namunalari avloddan -avlodga o‘tar ekan u nafaqat sayqallanib, balki yuksak qadr-qimmatga egaligi bilan xarakterlidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. А.Хакимов. В.Файзиева. Ўзбекистон Давлат санъат музейи ноёб хазинасидан Ўзбекистон амалий санъати Тошкент 2014. 2. А.А.Хакимов. Традиционная вышивка Кашкадарьи. Статия 3. Тошкент – 2008 4. Rahimov, T. (2006). O‘zbekistonning badiiy hunarmandchiligi: Tarix va zamonaviylik. Tashkent: O‘zbekiston. 4 Mustafoev, M. (2011). Qashqadaryo mintaqasining xalq hunarmandchiligi. Samarkand: Samarqand davlat universiteti. 5 Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори,18.02.2022 йилдаги ПҚ-136-сон SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 277 5. 2023 yil 12 iyundagi “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni. 6. Murodov, S. (2009). Qashqadaryo viloyatining xalq hunarlari. Qarshi: Qashqadaryo davlat universiteti. 7. Shamsiev, S. (2014). O‘zbek kashtachilik san'ati. Tashkent: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi.