scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA MATEMATIKANING O'RNI

Azizova Ziroat Baxodirovna

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishning umumiy didaktik tamoyillari, matematika ta’limiy faoliyatlarini o‘tkazishga qo‘yilgan talablar haqida ma’lomotlar berib borilgan.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 7 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA MATEMATIKANING O‘RNI Azizova Ziroat Baxodirovna Qo‘qon davlat universiteti o`qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17472568 Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishning umumiy didaktik tamoyillari, matematika ta’limiy faoliyatlarini o‘tkazishga qo‘yilgan talablar haqida ma’lomotlar berib borilgan. Kalit so’zlar: matematik tasavvurlar, didaktik tamoyillar, maktabgacha ta’lim tashkiloti, turli yosh guruhlari, ilmiylik tamoyili, nazariya va amaliyotning birligi tamoyili, ko‘rsatmalilik tamoyili, sistemalilik, ketma-ketlik va mustahkamlilik tamoyili, individual yondashish tamoyili, mashg‘ulot, didaktik talablar. Аннотация. В статье изложены сведения об общих дидактических принципах формирования математических представлений у детей дошкольного возраста и требованиях к проведению математической образовательной деятельности. Ключевые слова: математические понятия, дидактические принципы, организация дошкольного образования, разновозрастные группы, принцип научности, принцип единства теории и практики, принцип обучения, принцип системности, последовательности и системности, принцип индивидуального подхода, обучение, дидактические требования. Annotation. This article provides information on the general didactic principles of forming mathematical ideas in preschool children, the requirements for conducting mathematical educational activities. Keywords: mathematical ideas, didactic principles, preschool education organization, different age groups, the principle of scientificity, the principle of unity of theory and practice, the principle of instruction, the principle of systematicity, sequence and consistency, the principle of an individual approach, training, didactic requirements. Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishning umumiy didaktik tamoyillari. Bolalarning elementar matematik tasavvurlarini shakllantirishda quyidagi didaktik tamoyillarga asoslaniladi: 1. Ilmiylik tamoyili. Bu tamoyil maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganiladigan faktlarni ular fanda qanday yoritiladigan bo‘lsa, shunga moslab yoritishni talab qiladi, ya’ni biz ilmiylik to‘g‘risida gapirar ekanmiz, birinchi navbatda, berilayotgan bilim mazmuni ilmiylik asosida tuzilgan bo‘lishiga e’tibor qaratishimiz kerak. 2. Nazariya va amaliyotning birligi tamoyili. Bu tamoyil berilgan nazariy bilimlarning hayotga, amaliyotga bog‘lanishini butun choralar bilan kengaytira borishni talab qiladi. Matematik nazariyadan bevosita har xil mashq va masalalarni yechishga o‘tish yo‘li bilan bu tamoyil keng suratda amalga oshiriladi. Haqiqatan ham yosh bolalarga har kuni ko‘zi bilan ko‘rib yurgan xonada, ko‘chada, uydagi narsalar bilan bog‘langan holda mashg‘ulot o‘tish, ya’ni bilim berish lozim, chunki bu bolalarning tez tushinib olishiga, o‘zlashtirishiga yordam beradi. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 8 3. Ko‘rsatmalilik tamoyili. Bolalar tafakkurining aniqlikdan abstraktlikka qarab rivojlanish xususiyatlariga bog‘liqdir. Matematikani o‘qitishdan asosiy maqsad – mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iboratdir; biroq matematikani o‘qitish aniq fakt va obrazlardan ajralmasligi, aksincha, har qanday masalani o‘rganishi shu aniq fakt va obrazlarni tekshirishdan boshlash kerak. Ko‘rgazmalilik o‘quv materialini o‘zlashtirishni osonlashtiradi va bilimning mustahkam bo‘lishiga yordam beradi. Masalan, doira haqida gapirganimizda bolaning har biriga doirachalardan berib qo‘yib bolalar ikki qo‘llari orasida ushlab ko‘rishlari kerak. Uning dumaloq ekanini, tekis ekanini qo‘l uchidagi bolaning hamma analizatorlari qatnashgan holda eslarida yaxshiroq qol adi. 4. Bilimlarni o‘zlashtirishda sistemalilik, ketma-ketlik va mustahkamlilik tamoyili. Matematikada materialni sistemali bayon etishning ahamiyati juda katta, chunki matematikada ayrim faktlar orasidagi mantiqiy bog‘lanishlar g‘oyat muhimdir. Bolalarga berilayotgan bilim parcha-parcha bo‘lib qolmay, bir-biri bilan bog‘langan holda oson misollardan boshlanib astasekin murakkablashtirib borilishi lozim. Puxta o‘zlashtirish esa matematikada, ayniqsa, katta ahamiyatga egadir. Matematik tushunchalar o‘zaro shu qadar bog‘langanki, majburiy minimumning biror qisminigina bilmagan taqdirda ham bolalar o‘z bilimlarini hayotda foydalana olmay qoladilar va matematik bilim olishni davom ettirish qiyinroq bo‘ladi. Matematikada son va sanoq, kattalik, geometrik figuralar, tevarak-atrofni bilish, vaqtni chamalash malakalarini puxta egallashning ham ahamiyati juda katta. Ayniqsa, matematikada boshqa fanlardagiga qaraganda ham, dasturning biror qismini yaxshi o‘zlashtirmasdan va malakani yaxshi mustahkamlamasdan turib, muvaffaqiyat bilan oldinga qarab borish mumkin emas. 5. Individual yondashish tamoyili. Bu tamoyil bolalarning yosh xususiyatlarini, ya’ni qobiliyatlarini, psixologiyasini hisobga olish kerak, degan talablardan kelib chiqadi va bu tamoyil matematikani o‘qitish davrida amalga oshirilishi shart. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematik tasavvurlarini rivojlantirish ishlarini tashkil etish. Matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishning asosiy shakli ta’limiy o‘yinli faoliyatdir. Dastur vazifalarining ko‘pchilik qismi ta’limiy oyinli faoliyatlarda hal qilinadi. Bolalarda ma’lum izchillikda tasavvurlar shakllantiriladi, zarur malaka va ko‘nikmalar hosil qilinadi. Ta’limiy oyinli faoliyatlarda va kundalik hayotda didaktik o‘yinlardan hamda o‘yinmashqlardan keng foydlaniladi. Ta’limiy oyinli faoliyatlardan tashqari vaqtlarda o‘yinlar tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi, chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. ta’limiy oyinli faoliyatlarda bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok etishga mo‘ljallangan quyidagi interfaol usullardan foydalaniladi: • Qisqa hikoya • Tushuntirish • Ko‘rsatish • Kichik guruhlarda ishlash (guruhiy ish) • Juftlikda ishlash • Galereyaga sayr • Muammoli vaziyat • Savol - javob • Rag‘batlantirish • Amaliy ish • Ijodkorlik • Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin • Masala tuzish, yechimni topish • Grafik diktant Bu usullar mashg‘ulotlarda almashinib kelgan holda qo‘llangan. O‘zbekiston Maktabgacha ta’limi vazirligi bu dasturni respublikamizning o‘ziga xos tomonlarini: iqlimi, jugrofiy, iqtisodiy, madaniy, milliy sharoitlarini 33 hisobga olib, uni qayta ishlab chiqdi. Dastur tug‘ilgandan to yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar egallashi lozim bo‘lgan bilim va malakalar hajmini o‘z ichiga oladi. U maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning psixologik-fiziologik va o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda ularni har tomonlama kamol toptirishni nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyani pedagog-tarbiyachi amalga oshiradi. U pedagogik jarayonda markaziy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun tarbiyachi o‘z sohasini chuqur bilishi, har xil metodik vositalarni yaxshi egallagan, puxta pedagogik-psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. Shu REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 9 bilan bir qatorda, mutaxassislik bo‘yicha fanlarni, jumladan, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, «Ilk qadam»davlat dasturini, Davlat ta’lim standartlarini, bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fani va boshqalarni puxta egallagan bo‘lishi lozimdir Maktabga borish davriga kelib bolalar to‘plam va son, shakl va kattalik haqida o‘zaro bog‘langan bilimlarni nisbatan ko‘proq egallagan bo‘lishlari zarur. Matematika mashg‘ulotlarining didaktik talablari. Matematika ta’limiy faoliyatlarani o‘tkazishga qo‘yilgan talablar quyidagicha: 1. Matematika ta’limiy faoliyatlarida son-sanoq bo‘limi bilan bir qatorda dasturning boshqa bo‘limlarini ham rejalashtirish, son-sanoq bo‘limidagi dastur vazifasi hamma mashg‘ulotlarda ham asosiy o‘rinni egallashi kerak. 2. Har bir ta’limiy faoliyatlarda ikki-uch dastur vazifasi rejalashtiriladi. Birinchisi yangi, keyingilari takroriy. 3. Olti-sakkiz ta’limiy faoliyatldan keyin takroriy usulda ta’limiy faoliyatlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi. 4. Matematika ta`limiy faoliyatlarida eng asosiy o‘rgatish usuli ko‘rgazmali o‘rgatish usulidir. O‘rgatish usulida harakatli o‘yin, didaktik o‘yin usullari katta o‘rin egallaydi. 5. Matematika ta’limiy faoliyatlarida dastur mazmuni ko‘rgazmali materiallar asosida bolalarga tushuntirib boriladi. 6. Ikkinchi kichik va o‘rta guruhda mashg‘ulotlarni yakunlashda tarbiyachi dastur mazmunida bolalarga tushunarli so‘zlar bilan umumlashtirib aytib beradi. 7. Katta va tayyorlov guruhida bolalar ishtirokida umumlashtiriladi. Ta’lim faoliyatlarini tashkil etishda tarbiyachidan quyidagilar talab etiladi: 1. Bolalarning ilmiy, psixologik, pedagogik taraqqiyoti xususiyatlari asoslari qonuniyatlarini bilish. 2. Bolalarni matematik tasavvurlari taraqqiyotidagi ilmiy sistemani bilish. 3. Har bir yosh guruhidagi elementar matematika tasavvurlarini o‘rgatish dasturini, ya’ni ish mazmunini bilish. 4. Bolalarni o‘rgatish metodik usullarini egallash, ya’ni ishni qanday olib borish. 5. O‘rgatish dasturi materialini egallash faqat maxsus ta’limiy faoliyatlardagina amalga oshirilishini bilish. 6. Har bir ta’limiy faoliyatda son-sanoq faoliyati bilan birgalikda boshqa matematik tushunchalar: kattalik, shakl, tevarak-atrof, vaqt tushunchasini rejalashtirishni bilish. 7. Ta’lim faoliyatlari didaktik tamoyil asosida tuzilishini bilish. 8. Ta’lim faoliyatlarida turli analizatorlardan keng foydalanish. 9. Ko‘rgazmali materiallardan keng foydalanish eng asosiy shartsharoitlardan biri ekanligini bilish. 10. Har bir bolaning tarqatma material bilan ishlashi har bir ta`lim faoliyatlarining asosiy sharti ekanligini bilishi kerak. Matematikadan ta`lim faoliyati haftaning ma’lum bir kunida o‘tkazilishi kerak FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mirziyоyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va оlijanоb xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: “О‘zbekistоn”, 2017. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 10 to‘g‘risida”gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son 3. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2021. – 464 bet 4. AZ Baxodirovna, XDY Qizi, RKE Qizi, “Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda tasviriy faoliyatning ahamiyati”- Science and innovation, 2024 Special Issue 31 34-37 b 5. AZ Bahodirovna, SCQ Qizi, ADD Qizi BОLALARNING MAKTABGA PSIXОLОGIK TAYYORGARLIGI Science and innovation 3 (Special Issue 31), 194-196 2024 6. Muminova, G. "HONORARY WOMEN IN UZBEK ART." Science and Innovation 1.6 (2022): 244-247.b 7. NG Malikovna, V Gulshoda JISMONIY HARAKATLAR TEATRI VOSITASIDA MOTORIK FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISHDA KREATIV YONDASHUVLAR Actual Problems in Higher Education in the Era of Globalization … 8. GM Nazirova, E Nazorat, S Sug’diyona BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGLARINI KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH Science and innovation 3 (Special Issue 31), 107-110b 9. GM Nazirova, G Xilola TA'LIM METODLARI VA VOSITALARI Science and innovation 3 (Special Issue 31), 111-117b 10. З.Б. Азизова. IMPROVING STUDENTS INDEPENDENT WORK IN THE CREDITMODULE SYSTEM. Актуальные научные исследования в современном мире, 209212.2021 11. AZ Bahodirovna.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING IJTIMOIY VA SHAXSIY TA'LIMITafakkur manzili, 2023 52-58 b 12. AZ Baxodirovna, ADE Qizi, JXI Qizi TA’LIMIGA TAYYORLASHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARScience and innovation, 2024 187-193 b 13. Азизова Зироат. «КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ ПОДГОТОВКИ ДЕТЕЙ К СОЦИАЛЬНОЙ ЗАЩИТЕ» Журнал молодого исследователя 1 (5) 404-410, 2022 14. Азизова Зироат Баходировна «ЗНАЧЕНИЕ ОРГАНИЗАЦИИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ДЕТЕЙ ПРИ ПОДГОТОВКЕ К ШКОЛЕ». Репозиторий открытого доступа 9.11 (2022): 236-240. ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ В МИРОВОЙ НАУКЕ 2022 Бостон, США 53 15. З. Азизова, З. Абдуразакова «Правовые и педагогические основы подготовки детей к осуществлению социальной защиты» Журнал молодых ученых 1(5) 395-403.2022