Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 16 MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA ILK YOSHDAGI BOLALAR TA LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI Esonova Malohat Akilovna1, Meliboyeva Muzayana2 1Qo‘qon DU dotsenti, 2Qo‘qon DU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17472723 Insonning hayot yo‘lida ilk uch yil eng muhim davr hisoblanadi. Chunki aynan shu davrda bola nutq, tafakkur, hissiyot, ijtimoiy munosabatlar va mustaqil harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantira boshlaydi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilk yoshdagi bolalar ta’limi mazmuni puxta o‘ylangan bo‘lishi, bolaning tabiiy rivojlanish bosqichlariga mos tarzda tashkil etilishi talab etiladi.1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davrda bola atrof-muhitni faol kuzatadi, taqlid qiladi va eslab qoladi. Bola nutq orqali o‘z fikrini ifodalay boshlaydi.Kichik motorika (qo‘l harakatlari), umumiy motorika (yurish, sakrash, yugurish) jadal rivojlanadi.Shu bois ta’lim mazmuni bolaning jismoniy, aqliy va nutqiy rivojini uyg‘un qo‘llabquvvatlashi zarurTa’lim mazmunini amalga oshirish shakllari •Kundalik faoliyat jarayonida (ovqatlanish, kiyinish, gigiyena). •O‘yin faoliyatida (didaktik, harakatli, rolli o‘yinlar). •Maxsus mashg‘ulotlarda (nutq rivojlantirish, musiqiy mashg‘ulot, rasm, konstruktor). •Bayram va tadbirlarda (kichik sahna chiqishlari, mavsumiy ko‘rgazmalar). Bugungi kunda maktabgacha tallim yoshidagi bolalar bilan ishlash jarayonida asosiy e'tibor ularning axloqi va ular bilab o'tkaziladigan turli xildagi faoliyatlarga garatilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulq-atvor qoidalari orasida insonparvarlik muhim o'rin tutadi. kichik bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayoga butunlay moslashmaganligi hisobga olgan holda ish tutiladi. Bola ulgaygan sari uning mustaqilligi, ijtimoiy hayotga moslashuvchanligi oshib boradi. O'z navbatida ta'limtarbiyaviy ishlarning mazmuni, vazifalari, vositalari, ijtimoiy agentlar, ijtimoiy muhitlar o'zgaradi. Bolalaming bilishga bo'lgan ehtiyojlari ta'lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi. Ijtimoiytarixiy tajribani o'zlashtirish asosan faol ish jarayonlarida ro'y beradi. 2 Ta’limni tashkil etish shakllari Kundalik hayotiy faoliyat jarayonida ta’lim •Bola odatdagi hayotiy jarayonlar (ovqatlanish, kiyinish, gigiyena) davomida o‘rgatiladi.Masalan: qoshiqni tutish, qo‘lni yuvish, kiyimni yechish-kiyish. Shu orqali mustaqillik, gigiyena madaniyati, tartib-intizom shakllanadi.Faoliyatni olib borishda bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatgaega. Faoliyat orqali bolalar o'que malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta'lim berish natijasida bilimga giziqishlar rivojlana boradi. Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar birbirlariga faol ta'sir etishadi, o'z tashabbusi, topog'onligini namoyon qilish imkoniyati tug'iladi. Bolalar oldiga umumiy zor berishning talab etuvchi vazifa qo'yilganda birgalikda qayg'urishadi, jamoatchilik hissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikdabajarish, umumiy raqs-o'yinlarini ijro etish, badiy asarlarni eshitish, o'qishda paydo bo'lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning biriashgan do'stona jamoasini yaratishga yordam
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 17 beradi.Faoliyatda talim berish orqali bolalarda maktabdagi o'qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o'zini tuta olish, mehnat qilishga ntilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to'g'ri sifatlar hosil qilinadi.Faoliyatlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy g'oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e'tibor beriladi.Faoliyatda tarbiya vazifalari hal etiladi. Faoliyat bolalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib ma'lum izchillikda olib boriladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhda hafta davomida o'kaziladigan faoliyatlar soni va vaqti belgilab qo'yilgan. Tayyorlov guruhlarida faoliyatlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik, bilimga qiziquehanlik, faol ta-fakkur qilish, taqqoslash,umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarbiyalab boriladi. Bollardakuzatuvchanlik,javobgarlik, xissi takomillashtirilib boriladi, ularda mehnat qilish malakasi va xohishi tarbiyalanadi. 3.Ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlar Bugungi kunda xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy yondashgan holda amaliyotda joriy etish, zamon talabiga mos ravishda me'yoriy hujjatlar, o'quv-metodik adabiyotlar, o'quv metodik majmualarni ishlab chiqish, ilg'or xorijiy tajriba asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining rahbar va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo yicha sohaga oid bilim va ko'nikmalarni shakllantirish vazifalari dolzarb masalalar sirasiga kiritilmoqda. Innovatsion faoliyatga asoslangan pedagogik yondashuvlar va nazariyalar yangiliklarni yaratish, tatbiq etish va ulardan foydalanishning yaxlit, maqsadga yo'naltirilgan faoliyatga aylanishini talab etmoqda. Pedagoglarning innovatsion faoliyati bolalarning mustaqilligi, giziquchanligini oshirish, ularda ijodiy tafakkurni rivojlantirish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish imkoniyatini izlab topish ko'nikmasini shakllantirishga xizmat gilishi lozim. Shundagina pedagoglar o'z kuchlariga ishonib bolalarning o'zgaruvchan vaziyatlarda aniq faoliyat ko'rsata olishlariga ko'maklashadilar. Shu bilan bir qatorda ular bolalarning ota-onalarini maktabgacha ta lim tashkiloti hayotida faol ishtirok etishga jalb etadilar. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni sifatli ta'lim bilan ta'minash uchun ta'lim jarayonini modernizatsiyalash nihoyatda zarur hisoblanadi. Buning uchun bolani ijtimoiy hayotga tayyorlashga xizmat giladigan barcha pedagogik texnologiyalarni uyg'unlashtirish va o'zaro mujassamlashtirish talab etiladi. Maktabgacha ta'limning sifati ta'limning keyingi bosqichlarida bolalarning bilimlarni sifatli o'zlashtirishlarini kafolatlaydi. Buning uchun maktabgacha ta lim tashkilotlarini modernizatsiyalashga oid yagona talablarni ishlab chiqish, ushbu talablar sifatli ta lim va tayanch ko'nikmalarni hosil gilishni nazarda tutadi. Bu talablar asosida bolalarga ta'lim berish erta bolalik davridan boshlanadi va uzluksiz davom etadi. Xulosa qilib ayatilganda ta’limni tashkil etishda yosh avlodga bilim berish jarayonida yangi mazmun va mohiyatga ega bo'lgan insonparvarlik tamoyillariga asoslangan, yaratuvchanlik, ijodkorlikka intilish hissi bilan yo'g'rilgan ta'lim-tarbiya berish, komil inson shaxsini yetuklikka yo'naltirish oliy maqsadimiz ekanligini bilishimiz lozim. Binobarin, O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib borilayogan islohotlar ta'lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo'nalishga burdi. Demak, ta'lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, pedagogik jarayonning ham yangilanishi tabiiydir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli shaxs manfaatlarini ta'minlashga xizmat qiladi.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 18 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Abdullayeva D. Maktabgacha ta’limda nutq o‘stirish metodikasi. — Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020. 2. Boymatova A.G., Djumabayeva M.B., Aliyeva K.S. “Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari” moduli bo‘yicha O‘quv-uslubiy majmua. –T.: TDPU, 2018. 3. Leontyev A.N. Deятельность. Сознание. Личность. — Moskva: Nauka, 1977. 4. Sultonova N.A., O`zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning kelajak istiqbollari. International Scientific and Practical Conference, 2023/11/30., 4-7. https://www.conferenceseries.info/index.php/education 5. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Kadyrova Nasibakhon., Impact of the Internet in the Conditions of Global Processes on Spirituality and Health of Youth., INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION., 2022/12/29., 1/6. p165-168 6. Sultonova N Anvarovna Some Aspects of the Maria Montessori Method in the Education of Preschool Children., International Journal of Inclusive And Sustainable Education 1, 2022., p169-173 7. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Issues of Education during the Oriental Renaissance., International journal of inclusive and sustainable education., 2022, 1/5 p301-305 8. Umaraliyeva X.X. Maktabgacha yosh davridagi bolalarda psixologik rivojlanishida nutqning ahamiyati. https://scienceresearch.uz/index.php/iv/article/view/938/1730 9. Vygotskiy L.S. Psixologiya razvitiya rechi u detey. — Moskva: Pedagogika, 1982.