scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TIL BILISH DARAJALARINING O'ZBEK TILI TA'LIMIGA TA'SIRI

Israfilov Doston

Full text

ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 1 TIL BILISH DARAJALARINING O‘ZBEK TILI TA’LIMIGA TA'SIRI Israfilov Doston Perfect-university o‘qituvchisi +99877 3911404 [email protected] Ma’lumki, til bilish darajasi — amaliy tilshunoslik, ikkinchi yoki xorijiy tilni o‘zlashtirish yo‘nalishidagi muhim konseptual ilmiy-amaliy yechimlardan biri bo‘lib, bu til o‘rganuvchining muayyan bir tilda qay darajada tushunish, gapirish, o‘qish va yozish qobiliyatini baholash va o‘qitish jarayonini standartlashtirish, shuningdek, til o‘rganish jarayonini tizimlashtirish, tartiblash va sertifikatlashtirishni osonlashtirish uchun ishlab chiqiladi 1 . Til bilish darajalari til o‘rganuvchi yoki foydalanuvchining turli muloqot kontekstlarida tilni samarali qo‘llay olish ko‘nikmasini aniqlovchi tizimli ramka bo‘lib, har bir daraja nutqiy kompetentlik me’zonlari bilan nisbiy chegaralanadi va butunning qismlari sifatida tasniflanadi. Til bilish darajalari fenomeni nazariy jihatdan ham tadqiq qilinadi. Xususan, N. Chomsky 2 til bilimlariga egalik (competence) va tildan amalda foydalanish 1 Council of Europe. Common European Framework of Reference for Languages: Learning, Teaching, Assessment. – Cambridge University Press, 2001. 2 Chomsky, N. – Aspects of the Theory of Syntax. MIT Press, 1965. ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 2 (performance) oʻrtasidagi farqni ajratib koʻrsatadi. Cummins 3 (1979) tomonidan ilgari surilgan asosiy shaxslararo muloqot koʻnikmalari (Basic Interpersonal Communicative Skills – BICS) va kognitiv akademik til bilish (Cognitive Academic Language Proficiency – CALP ) nazariyalarida til bilish darajalarining dastlabki tasniflari tavsiflanadi. Shu va boshqa ilmiy-nazariy asoslarga tayangan holda bugungi kunga qadar bir qator faol muloqot tillari uchun til bilish daraja ramkalari va ularga asoslangan baholash tizimlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular orasida tillarni o‘rgatish, o‘rganish, baholash bo‘yicha umumyevropa ilova ramkasi (the Common European Framework of Reference for Languages: Learning, Teaching, Assessment – CEFR), Amerika kengashining xorijiy tillarni o‘qitish shkalasi (the American Council on the Teaching of Foreign Languages scale – ACTFL), Xalqaro tillar bo‘yicha davlatlaro ishchi guruh (Interagency Language Roundtable scale – ILR), Kanada til mezonlari (The Canadian Language Benchmarks – CLB), Australiya til bilish ramkasi (The Australian Language Proficiency Framework) kabilarning ikkinchi/xorijiy til bilish daraja ramkalari amaliyotda faol foydalanilmoqda. Quyida ushbu darajala ramkalarining ayrimlarini qiyosiy tahlilga tortamiz. 3 Cummins, J. Cognitive/academic language proficiency, linguistic interdependence, and the optimum age question. TESOL Quarterly, 13(2), 1979. P - 175-187. ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 3 CEFR - tillarni o‘rgatish, o‘rganish, baholash bo‘yicha umumyevropa ilova ramkasi. Bu Yevropa Kengashi tomonidan bir qancha hamkor tashkilot va mutaxassislar ko‘magiga ishlab chiqilgan va Yevropa hamda undan tashqarida til o‘rganish, o‘qitish va baholash jarayonlari uchun tayanch asos yaratishga mo‘ljallangan va amaliyotda keng qo‘llaniladigan tizimdir. U barcha Yevropa tillarida til bilish darajalarini aniqlash uchun ishlatiladi hamda o‘rganuvchilarning har bir darajada tinglash, gapirish, o‘qish va yozishdan iborat to‘rt nutqiy ko‘nikmada nima qila olishlarini olti bosqichda o‘lchaydi. Yevropa Kengashi CEFR ramkasini yaratish orqali turli til va madaniyatga ega yevropaliklar o‘rtasidagi muloqot sifatini yaxshilash va bu orqali erkin harakatlanish, bevosita aloqa imkoniyatlarini oshirish va yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qiladi. Bu maqsad zamirida esa til o‘rgatish va o‘rganish mexanizlarini tadqiq qilish, xususan, o‘rganuvchilarning tildan foydalanish maqsadlari, bunda qanday bilim va ko‘nikmalarga egalik birlamchi zarurat ekanligi, til o‘rganish usullari va sabablari, o‘rganuvchilarning yoshi, jinsi, ijtimoiy va ta’limiy tajribasi, o‘rgatuvchilardan qanday bilim, ko‘nikma va tajribaga talab qilinishi, o‘quv resurslari va metodik vositalarning talab darajasi kabi bir qancha masalalarni ilmiy asoslash, emperik tajribalar asosida dalillash vazifalari yotardi.  A1 (Boshlang‘ich): Oddiy kundalik iboralar va eng asosiy gap shakllarini tushunadi va ishlata oladi, oddiy ehtiyojlarini qondira oladi. ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 4  A2 (Elementar): Tanish mavzular bo‘yicha oddiy va muntazam vazifalarda sodda va bevosita axborot almashinuvida ishtirok eta oladi.  B1 (O‘rta daraja): Til so‘zlashiladigan hududda sayohat paytida yuzaga keladigan ko‘pchilik vaziyatlarda muloqot qila oladi.  B2 (O‘rtadan yuqori daraja): Erkin va o‘z-o‘zidan muloqot qila oladi, bu esa doimiy ravishda ona tilida so‘zlashuvchilar bilan aloqada bo‘lish imkonini beradi.  C1 (Ilg‘or daraja): Murakkab mavzularda aniq, tuzilmalangan va batafsil matnlar yozishi, o‘z sohasi bo‘yicha fikr bildira oladi.  C2 (Yuqori malakali): Juda ravon, aniq va erkin tarzda fikr bildiradi, hatto murakkab vaziyatlarda ham nozik ma'nolarni ajrata oladi. CEFR ko‘plab mamlakatlarda til o‘rganish va baholash uchun asosiy referens ramka sifatida xizmat qiladi hamda o‘quv dasturlarini loyihalash, til bilish bo‘yicha maqsadlar qo‘yish va o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini baholashda keng qo‘llaniladi. Til bilish darajalari (beginner, intermediate, advanced) o‘zbek tili ta’limida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Har bir daraja o‘quvchining mavjud bilim, ko‘nikma va malakasini aniqlab, unga mos o‘qitish strategiyasini tanlash imkonini beradi. Boshlang‘ich bosqichda asosiy ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 5 maqsad — talaffuz, so‘z boyligi va oddiy grammatik tuzilmalarni o‘rgatish orqali kommunikativ tayyorgarlikni shakllantirishdir. O‘rta darajada o‘quvchilar tilning grammatik tizimini chuqurroq o‘zlashtirib, matn bilan ishlash, fikr bildirish va muloqotda mustaqil bo‘lishga o‘rganadilar. Bu bosqichda o‘qitish jarayoni tahlil, taqqoslash, va og‘zaki-nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi. Til o‘rganuvchilar real kommunikativ vaziyatlarda til vositalarini to‘g‘ri tanlab qo‘llashni mashq qiladilar. Yuqori darajada esa o‘quvchilarda o‘zbek tilining uslubiy, madaniy va pragmatik jihatlarini chuqur anglash, mustaqil tahlil qilish hamda ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalari shakllanadi. Bunday yondashuv o‘quvchilarning tilni nafaqat muloqot vositasi, balki milliy madaniyatni anglash va ifodalash vositasi sifatida o‘zlashtirishiga xizmat qiladi. Shu tariqa, til bilish darajalari o‘zbek tili ta’limining mazmuni, metodikasi va natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xulosa qilib aytganda, til bilish darajalari o‘zbek tili ta’limida o‘qitish mazmunini bosqichma-bosqich tashkil etish, o‘quvchilarning ehtiyoj va imkoniyatlariga mos metodlarni tanlash hamda ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 6 1. Council of Europe. Common European Framework of Reference for Languages: Learning, Teaching, Assessment. – Cambridge University Press, 2001. 2. Chomsky, N. – Aspects of the Theory of Syntax. MIT Press, 1965. 3. Cummins, J. Cognitive/academic language proficiency, linguistic interdependence, and the optimum age question. TESOL Quarterly, 13(2), 1979. P - 175-187.